yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Vaxshiy... shoir

Do‘rmondagi ijod uyi oshxonasida ovqatlanib o‘tirgan edik, gurung asnosida kimdir shunday deb qoldi:
– Hindistonda biz tomonlardan borib qolgan bir shoir bor ekan. Taxallusi ham g‘alati – «Urfiy» emish. «Urf» degani «modniy» ma’nosida bo‘lsa kerak-da, qiziq...
– Aslida ko‘pchilik tug‘ilgan yurtini o‘ziga taxallus qilib oladi, – dedi yana kimdir. – Masalan, Xorazmiy, Samarqandiy, Andijoniy degandek...
Shu tarzda gurung davom etayotgan edi, Shukur aka birdan «piq» etib kulib yubordi. Hammamiz «yalt» etib unga qaradik. Shukur aka kulgining sababini izohlab, shunday dedi:
– Mabodo, Vaxshlik odam shoir bo‘lib qolsa, taxallusi... Vaxshiy bo‘larkan-da?

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Halokat

O‘n sakkizinchi maktab ma’muriyatining direktoridan tortib qo­rovuligacha hammasining paytavasiga qurt tushdi – komissiya kelarmish. Kelganida ham tuman yoki viloyatdan emas, naq respublikadan! Bunday paytda hamma o‘z vazifasini a’lo darajada bajarib qo‘yishi shart. To‘g‘ri-da, bunaqa oliy tekshiruv maktab tashkil etilgandan beri ozib-yozib bir kelsa-yu, munosib kutib olinmasa, nima degan gap?! Xuddi shu “Munosib kutib olish” masalasini hal qilish ustida chuqur bosh qotirayotgan direktor – Nurali Eraliyevich nimqorong‘i kabinetiga qamalib olgancha o‘yga cho‘mib o‘tirardi.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Jurnalimiz muqovasidagi sportchini taniganlar bormi?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

8-yanvar O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavallud topgan kun!

Oltiariqliklar

Taniqli jurnalist Shuhrat Jabborov bir kuni Anvar Obidjonni uchratib qolib, so‘raydi:
– Anvar aka! Nega Oltiariqqa ish yuzasidan sira telefon qilib bo‘lmaydi? Negadir telefonlar doimo band.
– Oltiariqliklar dunyo bilan gaplashishadi, shuning uchun telefonlari doimo band bo‘ladi! – deydi shoir faxr bilan.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#NishondaSIZ

“Birodarlik”dagi birodarlarimizga!
Alifboga bot-bot osilavermasdan bugungi imlo holatimizni yaxshilab olsak bo‘lardi. Tosh shaharning qaysi burchagidan mo‘ralamang, ona tilimizdagi nomlarni topish anqoning urug‘idek gap. Topganimiz ham… “Birodarlik” mahallasidagi birodarlarimizga ozgina e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz!

Toshkent shahar Mirobod tumani “Birodarlik" mahallasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Vatanim

Yurtim deya chekib na’ralar,
Maydon kechib qonlar yutgan el.
Farzandining umrini tilab,
O‘z jonini unga tutgan el.

Tarixingga boqqum hayrat-la,
Ko‘zlarimga ko‘rinar chiroq.
Mag‘rib hali osmon bilmasdi,
Ulug‘beging yulduz topgan choq.

Bu yer uzra asrlar osha,
Qancha umr topibdi sayqal.
Suving ichgan jahongiringga,
Qo‘yishibdi oltindan haykal.

Qancha kulfat o‘tdi boshingdan,
Toptab seni badaviy arab.
Lek bo‘yningni hech qilmading xam,
Buyukdirsan bu kun shu sabab.

Dorilomon kunlarga yetib,
Sayr etyapmiz gulgun chamanni.
Tur, tengdoshim, bizlar bo‘lmasak,
Kim gullatgay ona Vatanni!

Nodirjon NE’MATOV
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti talabasi

"Yoshlik"/2022/2

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ёзувчиларнинг адабий ўзанларига марҳамат:

Алфайз -
@perezagruzka_2021

Азизбек Норов -
@kitob_xiyoboni

Бахтиёр Абдуғафур -
@Baxtiyor_Abdugafur

Байрам Али -
@BeshinchiTomon

Дўстбек Сулаймонов -
@nasr_uz

Жавлон Жовлиев -
@javlonjovliyev

Жуманазар Йўлдош -
@Jumanazar_Yuldash

Манзура Абдуллаева -
@sayhunqizi

Моҳира Эшпўлатова -
@Altruistning_qizi

Неъмат Арслон - @amalgama_asar

Нодирабегим Иброҳимова -
@mittihaqiqatlar

Нурилла Чори -
@Yozuvchi83

Нурали Қаҳрамон -
@santuagaraoflibrary

Санжарбек Икромов -
@Sanjar_Ikrom

Рахшона Аҳмедова  -
@raxshonaahmedova

Тилланисо -
@tillanisoen

Фозил Фарҳод -
@fozilfarhod

Фурқат Алимардон -
@mezonlar

Шавкат Дўстмуҳаммад -
@katarsis_kundalik

Шерзод Ортиқов -
@SherzodOrtiqov

Шерзод Комил Халил -
@Sherzodkomilkhalil

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Iroda RAHMONALIYEVA

* * *
Arg‘uvon nur poyandozlarin,
Chizar ekan buyuk bir Naqqosh.
O‘n sakkiz yosh qizday iymanib,
Ufq ortiga yo‘l olar quyosh...

Shamsim, ko‘zing bunchalar g‘arib?
Ulardan nur tomchilar behol.
Milliard yilki seni axtarib,
Yulduz to‘kar ko‘zidan hilol...

Quyilarkan ko‘zimga ranglar,
Xotirimda ne bor, yo‘q bo‘lar.
Miltillagan qorachiqlarim
Lovillar-da, qora cho‘g‘ bo‘lar...

Yangilanar xotirang izi,
Kiprigimga tomchi terilgay.
Ular kabi bizga, azizim,
Ko‘rishmaslik sharti berilgan...

"Yoshlik"/2022/2

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ijtimoiy tarmoqdan olingan ushbu videoda Yaponiyada tong sahardan kitob olishga navbat turgan insonlarni koʻrish mumkin

“Bunaqa holatlar biz uchun erish tuyulishi tabiiy. Chunki biz ilm uchun vaqtimizni sarflashga erinamiz. Biroq, kallayi saharlab osh desa uyqumizdan voz kechib boʻlsa ham boraveramiz. Fojiamiz ham aslida shunda”, deyiladi izohlardan birida.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlik_kelajakning_xaloskoridir

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_tarjimondan

Sergey Yesenin

***
Men kim? Ulug‘ orzu shaydosi,
Baxtsiz qo‘shiq kuylaguchi tor,
Hayot yo‘lim o‘tarman bosib,
O‘zgalardek birma-bir, dildor.

Bo‘sa olmoq eski odatim,
Lablarimni tanir ko‘p jonon,
Va, go‘yoki bir gulxan yoqib,
Muhabbatdan so‘zlayman shodon:

“Butun umr”, “ikkimiz”, “jonim”,
Tuyg‘ularga uzatsang gar qo‘l,
Chin ko‘ngildan sevgan insonni,
Haqiqatni topmoqlik mushkul.

Og‘ir olmas buni yuragim,
O‘z o‘tida kuydirmaydi g‘am,
Sen men uchun yaralgan qayin,
Tegishlisan o‘zgalarga ham.

O‘zim uchun izlab yelkadosh,
Chin og‘riqqa talpinganim on,
Jazmanlardan qilmagayman rashk,
Qarg‘amasman seni hech qachon.

Men kim? Faqatgina orzumand,
Baxtli qo‘shiq izlaguchi tor,
Sevgan edim, axir, seni ham,
O‘zgalarni sevgandek, dildor.

1925

Rus tilidan Feruz Ne’matullayev tarjimasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlik_kelajakning_xaloskoridir

INJU DIYOR UCHUN

Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.

Yoshlik – bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik – kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.

Mo‘tabar onalar – xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir – yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.

Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.

Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.

1983-yil, noyabr

Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
Taqdir yo‘llarida ikkimiz hamroh,
Oh urma, ey ko‘ngil, yetar endi, bas.
Ko‘ksim senga tordir, bilaman, biroq
U samo bo‘lsa ham, baribir qafas.

Sokinman, sapchiysan tinmay behuda,
Bir dam chekinmadi oradan yotlik.
Ayt-chi, kimga og‘ir? Yo‘lning so‘ngida
Meni o‘lim kutar, seni – ozodlik.

Humoyun Quvondiqov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Muxlisga

Orning kuchi, savlati

Ushbu qissa 1988-yilda yozilgan. “Yoshlik” jurnalida ishlay boshlaganimga ikki yil bo‘lgan, mazkur jurnalda ketma-ket turkum hikoyalarim, boshqa gazeta va jurnallarda, tag‘in radioda hikoyalarim bosilib-o‘qilib turar, yosh yozuvchi sifatida tanilib borayotgan, ammo hali qissa yozmagan edim…

Agar ushbu asar kaminaniki emas, boshqa muallifniki bo‘lgan taqdirda ham, qo‘limga tushsa qiziqib o‘qib chiqqan bo‘lardim. G‘aroyib, yumshoq va qattiq fe’li, lekin hech kimga o‘xshamas, qonimga qoni tutash qarindosh odamlar. Mabodo tirik bo‘lganlarida ham, ke, qo‘y, Sobir, eski gaplar bu, mana, zamon o‘zgardi, farovon yashayotibmiz, bolalarning topish-tutishi yaxshi, nevara-chevaralar ham yayrab yashayapti, nima bo‘lsa o‘sha zamonda qolib ketdi”, deyishardi.
Ha, oriyatli odamlar. Birgina “uyat bo‘ladi” degan so‘zning kuchi juda katta edi. Orsizlikdan o‘lim a’lo tuyilgan.
Bugungi zamondoshlarga ham o‘sha “eski gaplar”ni eslatging yoxud yoshlarga “labbay, taqsir, nima dedingiz?!” deb qo‘yging keladi...
Muallif

Izoh
: Jurnalimizning 11-12-sonida marhum adibimiz Sobir O‘narning “O‘g‘rilar” degan qissasini o‘qishingiz mumkin!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qatra

Pichoq

Kitobi chiqqan muallif uyiga shoshildi. Xursandchiligini suyukli xotini bilan baham ko‘rishni istadi.
– Mana kitobim! – dedi yuzida quvonch balqib.
– Qancha pul berishdi? – dedi xotin qosh chimirib.

"Yoshlik" 2022/2

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Abdulla – sher!

Kunlardan bir kun Do‘rmonda istiqomat qilayotgan Aziz aka zerikib, gurunglashish uchun shoir Abdulla Sherning chorbog‘iga aylanib boradi. Sharpani eshitgach, yo‘lak adog‘ida yelkasiga chopon tashlagan shoir ko‘rinadi. U bilan ketma-ket kichkinagina laycha kuchuk ham tinimsiz akillagancha egasining ortidan ergashib kelaveradi. Temir panjara oldida hol-ahvol so‘rasharkan, Aziz aka laychaga qarab, shunday so‘z o‘yini qiladi.
– Qanchalik akillamagin, sen baribir laychasan, Abdulla esa – sher!

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Kutilmagan uchrashuv

Yaqinda Davlatbekning to‘yi bo‘ladi. Ertalab unashtirilgan qizi bilan bozorga tushgan va ancha charchagandi. Unga jo‘natilgan sarpolar oddiy va o‘ziga yarashmagan. Ertalabdan shu masalada quda tomon bilan biroz gap-so‘zga ham borib qoldi. Oqibatda, o‘zining hisobidan sarpo qilishga qaror qildi. Har holda mahalla oldidagi obro‘-e’tibor va qo‘ni-qo‘shnining fikri ham muhim. Ayniqsa, bu masalada ayollardan ehtiyot bo‘lish kerak.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Kalsiy

Uydan kasalxonaga kelayotganimda otam meni opichlab ko‘taradi. Uning yuzi ko‘rinmaydi. Faqat hansirab nafas olishi eshitiladi. Yukxaltamni orqalab ortimizdan kelayotgan onam yig‘lab yubormaslik uchun zo‘raki iljayadi, o‘zicha nimalarnidir gapirib nasihat qiladi. Shu zayl u ko‘cha boshidagi taksilar turadigan joygacha bizga ergashib keladi. Keyin otam ikkimiz mashinaga o‘tirib jo‘naymiz. Onam hamon yukxaltamni ko‘tarib turganday bir tomonga qiyshayib, ortimizdan qarab qoladi. Har safar onamni ana shu alfozda xotirlayman.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Nega doktorlikni yoqlamagan?

Ustoz Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmida ham, tanqidchilikda ham nufuzi juda baland, taniqli olim hisoblanar edi. Kunlardan bir kuni taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva ustozdan so‘rab qoladi:
− Ozodjon¸ nega haligacha doktorlikni yoqlamagansiz?
Ustoz bu gapga juda chiroyli javob qiladi:
− Shuyam doktormi, degandan ko‘ra hali ham nomzod bo‘lib yuribdimi, degan gap yoqimliroq.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Nega saratonda tug‘ilgan?

Ustoz Ozod Sharafiddinov mavridi kelganda har qanday holatda gap nishabini hazilga burar, davradagilarni kuldirar edi.
Kunlardan bir kun shoir va tarjimon Usmon Qo‘chqorning ellik yilligi nishonlanayotgan tadbirda so‘zga chiqib, shunday deydi:
– Usmon avvalo yaxshi inson, yaxshi shoir va yaxshi tarjimon. Lekin men hozir boshqa narsa haqida gapirmoqchiman. Qarang, shunday esli-hushli, yaxshi yigit boshqa vaqt qurib qolgandek avji saratonda – 18-iyulda tug‘ilibdi. Nahotki, buxorolik bo‘la turib, 18-iyulning hamma narsani jizg‘anak qilib, kuydirishini bilmagan bo‘lsa?!..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Muhiddin Abdusamad 1982-yili 5-yanvarda Sirdaro viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy univesitetining jurnalistika fakulteti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zMU qoshidagi Oliy Adabiyot kursini tamomlagan. 2005-yili bo‘lib o‘tgan IX an’anaviy Zomin anjumani g‘olibi. “Onajon”, “U”, “Parvozga shay daraxt”, “Uchayotgan kipriklar” she’riy to‘plamlari nashr etilgan. She’rlari ingliz, rus, ozarbayjon, qozoq tillariga tarjima qilingan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Kutish

Yo‘llar uzilmadi qadaming tegib,
Ko‘zim derazaga qorishib ketdi.
Soxta yo‘lovchilar kirib ko‘zimga,
Zulmat cho‘mgan dilim yorishib ketdi.

Sendan visolingni qilmayman talab,
Sendan diydoringni qilmayman tama.
Ammo shuni faqat tushuntirib ket,
Sening qiyofangga kirganmi hamma?

👉Davomi...
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Qo‘rqinch

Erk va’dasi qullarga tegar,
Baxt va’dasi baxti yo‘qlarga.
Boshini tik tutganlar egar,
Ochlik qo‘rqinch qorni to‘qlarga.
Malaybozor, yalinchli gaplar,
Halollikdan bong urar o‘g‘ri.
Panalaydi mardlik deganlar,
Pastlab kelar laychalar, to‘g‘ri.
Qishloqilar shaharga shoshar,
Shahar ko‘rgan o‘zga elatga.
Shu tariqa dovonlar osha
Aybmas, do‘nib bo‘ldi illatga.
Kambag‘allik oliy maqomdir,
“Shukr qil”, deb jar solar boylar.
Qamoq yashash uchun imkondir,
Qo‘lingnimas, tilingni boylar.
Boshidan bir sanab o‘tayin,
Erk – qullarga, baxtsizlarga – baxt.
Men ham buni yozdim atayin,
Tilsizlarni so‘z qilar karaxt.

Shahrizod SHODIYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Sartarosh haqi

Davrada sartarosh haqining kutilmaganda ko‘tarilib ketgani haqida bahs davom etardi. Ustoz Ozod aka suhbatga qo‘shilib shunday dedi:
– Yaqinda tanish sartaroshga taqir boshimni ko‘rsatib iddao qildim:
– Ukajon, endi mendan ikki barobar kamroq haq olsangiz ham bo‘laveradi. Mana qarang, sochimning hammasi to‘kilib ketgan
– Ustoz, men boshingizdagi sochlarni qidirib topganim uchun haq olaman, xolos! − dedi sartarosh meni tang qoldirib.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Arxiv

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ishora

Ajriqdan soʻradilar:

– Nega qishda ham koʻkarib chiqmaysan?
Ajriq chuqur xoʻrsinib javob berdi:
– Soʻrama, birodar! Koʻklamda koʻkarib nima hurmat koʻribmizki, yana qishda ham koʻkarsak!

"Hikmatli latifalar va nishonga urilgan soʻzlar" kitobidan!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_qalbi

Xurshid Davron

ONA TILIM

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

O‘zbek xalqi o‘zini va o‘zligini qadrlashi kerak – munosabat

Prezidentimiz aytganlaridek, “Agar biz bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “o‘zbekistonlik”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak” og‘ziga kuchi yetmaydigan g‘alamislarga munosib javob berishimiz kerak.

Batafsil
: https://oyina.uz/uz/article/2377

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Boqiy_satr

Ular sening darajangga chiqisha olmasa ham, sen ularning darajasiga tushma!

Jaloliddin Rumiy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал