Ham yashashga oshiqadi, ham his etishga shoshadi. K.Vyazemskiy Sayt: http://Izlam.uz
Ertangi taqdimotimiz Milliy Gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida boʻlib oʻtadi.
Kirish rasmdagi binoning orqa tomonidan.
Lokatsiya
📚 IZLAM | 11.01.2025 11:00
0⃣1️⃣ Furqat Alimardon, “Qorakuya”
0⃣2⃣ Bayram Ali, “Bosiriq”
0⃣3⃣ Gulhayo Anorova, “Avron”
0⃣4⃣ Jumanazar Yo'ldosh, “Sir”
0⃣5⃣ Gulrang, “Gulqaychi”
0⃣6⃣ Mansur Jumayev, “Biz kutgan fasl”
0⃣7⃣ Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz”
0⃣8⃣ Muhammadxon Yusupov, “Deraza ortida”
0⃣9⃣ MohiRa, “Qirq birinchi kun”
1⃣0⃣ Sevara Alijonova, “Mahkum sayohati”
1⃣1⃣ Najmiddin Ermatov, “Turon sog'inchi”
1⃣2⃣ Shahriyor Shavkat, “Ham”
1⃣3⃣ Nozima Habibullayeva, “Nafas”
1⃣4⃣ Suhrob Ziyo, “Daryo”
1⃣5⃣ Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘”
To‘plam narxi: 457 000 so‘m 370 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Мен сенда кўрган аёзни ҳеч бир баҳорга алмашмайман!
@shomuz - Yo‘limiz bir!
Sarhisob òrnida
O’tgan 2024-yilni tahlil qilishga yil so’ngida ko’p vaqtim bo’ldi. Butun yilni stressda yashagan bo’lsam, kutganimga zid so’ngi biroz xotirjamlik bilan kechdi. Bunda o’tgan yilda turib bergan, 2025 ga tirik yetib kelgan O’zimdan chin dildan minnatdorman! Xatolari tajriba berdi, yutuqlari o’ziga ishonch berdi - xullas, shunchaki kun kechirmadim.
2024-yil uchun tuzilgan reja 90 foizga bajarildi, amalga oshdi. “Bo’lmaganlari” menga bog’liq bòlmadi. Xudoning menga berganiga shukur, bermaganlarida bir xayr kòrdim.
O’tgan yilda ko’plab nashrlarda yozganlarim bosildi, e’lon qilindi, tv ko’rsatuv, eshittirish, podkastlarda mehmon bo’ldim, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini oldim, yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo’ldim, Izlam to’plamida “Qirq birinchi kun” kitobim chiqdi, attestatsiyadan o’tib 2-toifali pedagog bo’ldim, Milliyda magistraturada o’qishni boshladim, deyarli hamma viloyatlarda va bitta chet davlatida sayohatda bo’ldim, juda ko’p yaxshi do’stlar orttirdim, odamlarni tanidim, ular meni tanishdi, o’rgandim, o’rgattim - o’z-o’zimdan qoniqish topdim. (Qisqa muddatga bo’lsada)
Bu yil og’ir o’tdi.
O’zimdan o’tganini o’zim bildim. Lekin faqat natijaga qarab yurdim, ichimga qochib berkinmadim, hech kim va hech nimadan qo’rqmadim. Boshimga sinov kelganida men yaqinlarim deb hisoblaganlarim asil yuzini ko’rsatdi va shu bahona atrofimdagilarni bir elakdan o’tkazib saralab oldim. Bu juda muhim kerakli jarayon men sizlarga aytsam. Men kuchliroq bo’ldim, jamiyatda nimanidir òzgartira olishimga ishonch uyĝondi, hayotimda oilam va men qurajak oila eng muhim asos ekanligiga amin bo’ldim, o’zligimni saqlab qolish uchun kurashda yutib chiqdim. Yo’qotganlarim ko’p bo’ldi, o’xshamagan, umidlarim o’zini oqlamagan ishlar o’tdi. Qadrsizlikning achchiq ta’mini totdim. Lekin, hozirgi kuchni his etishim uchun yana shu og’riqlarni yashash kerak bo’lsa, ikkilanmay yashab o’tardim. Asosiysi achinmayapman hech biriga. Men to’g’ri yashadim.
Bilasizlar fbni bir yil avvalgi postlarni eslatadigan yoqimli funksiyasi bor.
U menga bir yil avvalgi yozuvchilar uyushmasida bòlib òtgan birinchi kitobim taqdimotini eslatdi. Unga meni tabriklagani ammajonlarim, katatam (dadamning katta akasi), katatamning qizi Nargiza opamlar kelgan edi. Juda xursand bòlgan edim, kutmagandim kelishlarini...
Ming afsuski, shu suratda sizlar kòrib turgan katatam bugun oramizda yòq. Oilamizning boshi edi, birlashtirib, yiĝib, yòl-yòriq kòrsatib, yordam berib turardi, mehribon, halim, yaxshi odam edi. Hammamizni òqishga, oilamizga munosib yashashga ruhlantirib turardi...
Yangi yilga har kim òzicha rejalar tuzib qòyadi, kimdir esa yòq, shunchaki oqimga òzini tashlab qòyadi. Har ikki holatdayam atrofingizdagi odamlarni òlishi mumkinligi, qayta kòrmasligingiz mumkinligi, nimagadir ulgurishingiz kerakligi yodingizda tursin. Yillik rejaga diydorlarni qòshing.
Oxiratingiz obod bòlsin katata, siz yaxshi yashadingiz🤲
Anjumanning birinchi kuni Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari nigohida.
https://youtu.be/VYc3HbGGwTw?si=xkudbArTxlM06i9D
HAMDARDLIK
(Ozarbayjon uchoği halokatiga bağishlanadi)
Allohga omonat etilmish har jon,
Dilda omonatning yodi boshlandi,
Qozoq tuproğida yongan uchoqning,
Menim yuragimda dodi boshlandi.
Ozarim ozori —mening ozorim,
Portlagan uchoqday portladi zorim,
Sening-da, mening-da turk erur borim,
Turklikning yana faryodi boshlandi.
Kuylangan kuylarning kuygan qanoti,
Bir kun Turk böladi dunyoning oti,
Ungacha, qardoshim, tik tut saboti,
Endi xayol qurmoq choği boshlandi.
Sizga salom bölsin, ey shahid jonlar,
Örtaga chiqqanda sirlar, ayonlar,
Bizniki böladi barcha osmonlar,
Yolğon saltanatlar bota boshladi.
Birlikda motam-u, bayram-töyimiz,
Yurtimiz, shahrimiz, söqoq, köyimiz,
Tilimiz, sözimiz, xayol, öyimiz:
Orzuning she'rda bunyodi boshlandi.
Suhrob ZIYO.
26.12.2024.
Baku — Lankaron
t.me/suhrob_ziyo1
Bugun shoir Shodmonqul Salom tuģilgan kun
Tangrim, meni “yo‘q” de so‘raganlarga,
Manzilimni o‘chir yuraklaridan.
Tush ko‘rganday bo‘lsin bul qari morboz,
Sira ko‘rinmayin istaklarida.
Yo‘q, qo‘l siltamadim, tushundim xolos,
Asli erta chiqdi mening savodim.
Buncha ko‘ngli nozik ko‘ngil bergansan!
Ruhimning taqvosin buzdi hayotim.
Tangrim, karaming keng, qattiq yashirgin,
Odam bo‘yi yetmas joylaring borku.
Qushlarning tushiga meni yashirgin,
Va’dangda tug‘ilmay yashash ham borku!
Yuragim sovqotdi, nazar qil, Egam,
So‘raganimni ber, so‘rmagandan qo‘rq!
Ustimni yopib qo‘y, ochilmas qilib,
Bilasan — ustimni ochgiligi yo‘q!
⚡️ Shoir Najmiddin Ermatovning she‘riy konsertiga borolmaganlar uchun.
8-daqiqalarida sarģayib chiqib qolishim mumkin, ehtiyot bo‘lasizlar😂
O‘zim o‘qimasam ham shunchaki xabardor qilib qo‘ygandim. Sababchi bo‘lganimdan xursandman, malades, o‘qib-izlanishdan hech qachon to‘xtab qolmang😘
Читать полностью…МоҳиРа “Қирқ биринчи кун”
ҳамма йўллар римга элтади. ўзбек адабиётида эса ҳамма йўллар насрга чорлайди, ҳатто ўқувчини ҳам. бугун ўзбек адабиёти катта наср учун уруғ бермоқчидек туйилади. навбатдаги изламда янги ёзувчилар борлиги одамни хурсанд қилади, шулардан бири МоҳиРа; унинг Қирқ биринчи кунини ўқиб чиқдим.
китоб 14 та ҳикоя ва эсселардан иборат, улар битта катта насрий асарни эслатиб юборади, чунки уларда битта одамни, битта кайфиятни, битта ритмни ҳис қилиш мумкин. бу кейинчалик романга асос бўлса ажабмас.
катена илдизга қайтишга уриниш. авлодлар ўз аждодлари устига чиққиб осмон тоқига қўл узатаётадилар, шу боис ҳар бир ижодкор ўз илдизига назар солиши бу яхши жараён. бундан катенага ўхшаган эссе-мактублар яралади.
китоб ном олган алоҳида ҳикоя: қирқ биринчи кун. у ўзида эврилиш элементини жо этган. нозима деган қизнинг умуртқасидан мана қирқ кунки, қанот ўсиб чиқяпти. бу маркеснинг улкан қанотли мўйсафид ҳикоясини эслатиб юборади, аммо маркесда мўйсафиднинг қаноти аввалдан бор эди, у бир ёмғирли тунда қулаб тушади, қирқ биринчи кундаги нозима эса "касал". у одамнинг янги эволюцияси, қанотли варианти.
муаллиф воқеа нимадан бошлангани ҳақида гапирмайди, нозима улкан илмий-тиббий марказнинг еттинчи қаватида кенг ойнаванд хонасидаги катта кўзгуга тикилиб ўтиради. у елкасида кундан кун каттароқ бўлиб ўсаётган қанотларига қарайди, улар худди фариштаники каби оппоқ. аммо қиз қанотларни қабул қила олмайди, бу унинг учун худонинг неъмати эмас, аксинча, синови, жазоси. бу қанотлар уни маҳлуққа, доим ўрганиш зарур бўлган аллақандай лаборатория каламушига айлантирган. кейинроқ унинг ҳамшираси, ота-онаси муносабатидан ҳам худди шу фикр яққолроқ кўрсатилади. у бутун жамиятдан четлатилган, нафақат четлатилган, балки ихоталанган маҳлуқча ролини охиригача ўйнашни истамайди. аллақачон бу ҳолатдан зериккан, аввало у уйидагиларни соғинган, ва уларни кўриш бу ҳолатни ўзгартиради деб ўйлайди. аммо охир оқибат, у бу борада ҳам умидини узишга мажбур бўлади. у ҳаммадан кетганда, ёлғизликда қанотларини қабул қилади, улар унинг оёғини ердан узадилару, аммо узоқларга олиб кетмай, бир нуқтада муаллақ тутадилар.
ҳикоя ўз қанотларини қабул қилолмаётган қиз ҳақидамас. алоҳидалик бу эгонинг бир қисми, ҳамма ўзини алоҳида санайди бу дунёда. муаллифнинг бу ерда атроф муҳит одамга қандай таъсир қилиши ҳақидаги фикрлари берилади. у бир қизчага қанот ёпиштириб, унинг атрофидагилар қандай муносабат қилишларини кўрсатмоқчи. ахир бу қизнинг орқасидан ҳамма оёғи куйган товуққа ўхшаб югуряпти. ота-онаси: бу ёғи ўзбекчилик албатта; қанча профессорлар (улар илмда янгилик қилишмоқчи, ахир битта қизни орқасидан инсон эволюциясида янги одам боласи яратиб, тарихда қолса бўлади); юраги ярим йигит; қўни-қўшнилар; ҳатто меҳрибон ҳамшира ҳам. улар учун бу ненормалликнинг ортидан ўзига яраша минус ва плюслар ўсиб чиқяпти ва улар ўзининг фойдасига кўра ҳаракат қилишдан бошқа чораси йўқ. қизнинг охир оқибат учиб муаллақ қотишини ҳам шу билан асосласа бўлади, яъни у ўзига нисбатан бунақа муносабат билан учиб кетолмасди. бу меҳрсизлик, иккиюзламачилик ҳеч қайси одамни тепага кўтармайди, аксинча, ерга, шу одамлар ва шу жамият ичига михлаб қўяди.
ёзувчининг бошқа ҳикояларига тўхталиб ўтолмайман, аммо муҳим хусусият: жамият ҳақидаги хулосалари ҳақида гапирмасам бўлмайди. бу иккиюзламачиликка бўлган аёвсиз норизолик. яна оғриқлар, ҳа улар бироз бўрттиртлган каби кўринади менга, аммо оғриқсиз одам дардсиз кесак.
бу МоҳиРанинг иккинчи китоби, ўзи айтганидек бу ҳали бошланиши. унга катта парвозлар тилайман, қаҳрамони каби муаллақ қолмасин, учсин
Sizga aytar so‘zimiz bor!
🔗https://youtu.be/uyysriTkZGk
Izlam turkumidagi ijodkorlarning telegramdagi ijodiy kanallari:
1-mavsum
Azizbek Norov @kitob_xiyoboni
Tillaniso @TillanisoEN
Xurshid Abdurashid @xurshidabdurashid
Jontemir @jontemir_t
Feruza Xayrullayeva @FeruzaXayrullayeva
Madina Norchayeva @Madina_Norchayeva
Muhammad Siddiq @Muhammad_Siddiq
Mirzohid @bobil_kutubxonasi
2-mavsum
Furqat Alimardon @f_alimardonqoralamalari
Bayram Ali @BeshinchiTomon
Sevara Alijonova @sevara_alijonova
Mansur Jumayev @Mansur_Jumayev
Najmiddin Ermatov @Najmiddin_Ermatov
MehrNoz Abbosova @mehrnoz_abbos
MohiRa @Altruistning_qizi
Nozima Habibullayeva @Nozima_Habibullayeva
Suhrob Ziyo @suhrob_ziyo1
Jaloliddin Sayyid @jaloliddinsayid
Gulhayo Anorova @GulhayoAVRON
Shahriyor Shavkat @shahriyor_shavkat
Jumanazar Yo‘ldosh @Jumanazar_Yuldash
Rahmat Bobojon @Rahmat_Bobojon
📚 @akademnashr
#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.
#YuzmaYuz
#Loyiha
Loyihamizni ilk soni boshlanmoqda🙃😊
Iqtidorli, izlanuvchan talaba - yoshlarimiz uchun "Yuzma - yuz" loyihasi doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi, taniqli yozuvchi Mohira Eshpoʻlatova tomonidan mahorat darsi bo'lib o'tadi.
📚Barcha ijodkor talabalarni ushbu mahorat darsiga taklif e'tamiz!
Umumiy emas, sizlarni alohida taklif qilgim keldi.
Kelinglar, ijodkorlar bilan diydor, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, dastxat vaqti, fotosessiyalar bo‘lib o‘tadi.
Bunday yiģinlar kamdan kam bo‘ladi, shuning uchun qo‘ldan chiqarmang.
💥 Yaqinroq keling! Uzoq kutilgan yil hodisasi - "Izlam-2" taqdimotiga oz fursat qoldi!
Kelmasangiz nimalardan bebahra qolishingizni bilasizmi? 🤫
— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash;
— mualliflardan maxsus dasxatlar olish;
— "Izlam" kitoblarini xarid qilish;
Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz! Boshqa rejalaringizni ortga surib turing😊
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi
📘 @akademnashr
Bugun men juda ham hurmat qiladigan serqirra ijodkor, aktyor, shoir, samimiy va yaxshi inson Erkin Bozorovning tuĝilgan kuni.
Chin dildan tabriklayman!
Xalq va adabiyot o'rtasidagi kòprik bòlayotganingiz uchun, sòzga hurmat va muhabbatingiz uchun katta rahmat.
Ozarbayjonda 25-26-dekabr kunlari “Turk dunyosining yosh ijodkorlarining Lankaron anjumani” bo’lib o’tdi. Biz tarjimonsiz, qiyinchiliksiz, o’z tilimizda so’zlashib, fikr almashdik.
Men yana bir bor turkiy xalqlarning ildizi, madaniyati, tili, orzu-yu armonlari mushtarakligiga guvoh bo’ldim.
Quyidagi videoda chuvash va o’zbek tillarining bir-biriga qanchalik yaqinligini ko’rishingiz mumkin.
Videoda: Chuvashistonlik shoira Nataliya Gerasimova va men.
Operator va montaj ustasi shoir Suhrob Ziyo
Ochiq derazadan tetiklantiradigan sovuq va toza havo kirib turibdi, qushlar shovqini, qayerdandir futbol òynayotgan bolalarning ovozi kelyapti, uyda hech kim yòq, yolĝizsan, tinchlik va qalbingda kuchli oĝriq. Yozish uchun qulay bunday ideal va baxtli soatlar juda-juda kam bòladi.
Читать полностью…Shu kunlarda shoir Suhrob Ziyo va yozuvchi MohiRa Ozarboyjonda boʻlib oʻtayotgan Turk dunyosi yosh yozarlarining Lankaron anjumanida ishtirok etishmoqda.
Anjuman doirasida ijodkorlar Ozarbayjon xalq shoiri Sobir Rustamxonliga “Izlam” turkumidan oʻrin olgan mualliflik kitoblarini hadya etishdi.
@akademnashr
Ertalabdan menga gul sovgʻa qilishdi, shundan beri kayfiyatim koʻtarinki🥰
Bir-biringizni tabassumingizga sababchi boʻling💜
#Эскирмассўзлар
📌 Аслида одамларнинг бир-бирига айтадиган гаплари йўқ, қачон бўлмасин улар ўзи ва ўз ташвишлари ҳақида гапираётган бўлишади.
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Yozayotgan odam his qilganini 100/50 ini sòzga yuklab, òquvchisiga yetkazib berolsayam katta gap.
Qanday qilib shunday erka, mas'uliyatsiz, dalli, dangasa bòla turib shuncha ĝamni kòtara oldim?!
41-kunni òqib yuragim siqildi deganlari uchun, shunchaki mundarija qaradim, tòĝri kelgan joylaridan varaqlab ochib òqiyapman. Faqat oĝriq, oĝriq, oĝriq... Esingga tushadi yozishga turtki bòlgan fojialar. Qanday kòtardim hammasini men? Va qanday unuttim?
Men hurmat qiladigan kam sonli san‘atkorlar tandemidan yaxshi klip.
San‘at ijtimoiylashib ketyapti deb qo‘rqaman ham bir tomondan ommaga ta‘sir qilishda bu yo‘l eng yaxshi yo‘lligini bilib, ularni qo‘llab-quvvatlayman ham.
Chidash kerak- sinovlarga, mehnatga, oģriqlarga, kasallikda...
Ammo, aslo zulmga, haqsizlikka emas.
Ko‘ringlar va baho beringlar. Fikrlaringizni izohda qoldiring.
#kitobli_yakshanba
#izlam
Yoniq shoira Gulhayo Anorovani bilganlar biladi, bilmaganlar kitobli yakshanbamizda bilvoladi))
“Avron” kitobi haqida gaplashamiz, muallifdan she’rlar eshitamiz. Savollarimizni tayyorlab turaylik.
xarid
@mehrnoz_abbos
Anchadan beri anonim suhbat qilmagandim.
Botga sababini sòrab yozishibdi.
Shunchaki bu doiradagi odamlarning anonim sòraydigani ham aytadigani ham qolmadi deb hisobladim.
Savollar deyarli bir xil, shaxsiy hayotim haqida. Hikoyalar esa alohida dunyo. Sizlarning òzingizning muammoyingiz bor, dardingiz bor. Men javobsiz qoldirmaganim uchun bòlsa kerak ta'sirli hayotiy hikoyalar kòp keladi.
Hafta yakunini anonim chat bilan yakunlamoqchiman xullas.
Menga yaxshi odamlar, yaxshiliklar va meni maqtab yozinglar yaxshilar😂
http://t.me/anonaskbot?start=emcnm
San‘at institutida o‘qiydiganlar, kelinglar shu kuni gaplashamiz
Читать полностью…Бугун шоир ва таржимон Чори Аваз таваллуд топган кун (1957–1992)
Эшик тақиллади
Эшик тақиллади.
Келди.
У келди...
Очаман... Бошқа.
Киринг. Киради. Кетади.
Эшик тақиллади.
У келди. У...
Очаман...
Бу ҳам мени соғинган одам.
Ия келинг. Қани келинг.
Киради. Кетади.
Эшик тақиллади.
Ҳайрият келди...
Очаман...
Ҳеч ким йўқ.
Балки беркингандир у бирор ёққа.
Йўқ. Ҳеч ким йўқ.
Эшик тақиллайди.
Ойлар ўтади...
Эшик тақиллайди.
Йиллар ўтади...
Эшик тақиллайди.
Соғинганлар келиб кетади...
Эшигингдан кутган одаминг кириб келмас экан ҳеч қачон...
Қўлларингдан келса, келмаса – кутган одамингга айлан...
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram