feruzaxayrullayeva | Неотсортированное

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Подписаться на канал

Feruza Xayrullayeva

Bayramimiz muborak, Turon qizlari!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bayram uchun eng go’zal hadya bo’ldi man uchun!🔥

Cho’lponni tinglaymiz bahorning ilk kunlarida! Art House Hamsaga tashakkur bu katta qadam uchun!

Biletlar uchun bu yerga yozing.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ramazon muborak!

Iloho ruhimizni o’zidek poklasin, balandliklar, yorug’liklar keltirsin hayotimizga!

Seni intiq kutdik, sen ham go’zal kel, ey, sevgili oy!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Qirolicha – O‘zim II😁

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Birgina yaxshi odam, bir og’iz to’g’ri nasihat — butun umrga dars!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hech qachon o'zimga kerakli narsani so'rab ololmaganman. O'ta kerak bo'lganida so'raganimdan keyin o'zimni shu qadar noqulay his qilganimdan bir dunyo gap qalashtirib yuboraman ortidan. Natijada mavzu unutiladi, lekin ichimda bo'shliq qoladi. Shuning uchun ham tortinmay so'ray oladiganlarga havasim keladi, ammo bu bora-bora kasbga aylanib borishini ko'rish azob beradiyam. O'ylab qarasam, faqat she'rda so'ray olarkanman hech nimani o'ylamay. Balki bu faqat she'r – ozodlik, foshlik bo'lgani uchundir.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ming kitobdan yaxshi xabar. Asanov haqiqatdan ham yaxshi nomzod. Nazirbek Xudoyorov ham "Asaxiy"da uzoq yildan beri ishlarkan, demak, ishini yaxshi biladi. Xalq uchun manfaatli bo‘lsin ilohim!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

* * *

Худоё, Аёлга куч бер, Худоё,
Қирқ жонига қирқ минг жаллод тикмиш дор.
Қачондир қўллари гул эди унинг
Бугун елкасида қушлар ини бор.

Худоё, аёлга ишқ бер,
Жунун бер
Ўз умри ичинда бўлмасин талош.
Йўл бер, кўзларидан томчи-томчилаб.
Сўнгида Ўзингга этувчи йўлдош.

Жангларга ташласанг
Зафар бер, шон бер
Зулм арқонига танғилмасидан.
Гар болам деб ўлса, қайтадан жон бер,
Иймон бер нафсига енгилмасидан.

Сўнгсиз тоқат берма,
Ўтдай исён бер
Севги бер шу ўтни ўчиргунингча.
Бир Одам кўксидан мутлақ қўрғон бер
Токи ҳузурингга кўчиргунингча.
Худоё,
Аёлга куч бер
!

/channel/Madina_Norchayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yine döner yüce günler,
Hun’un Tanrı ömrünü ver.
Ayrılığa düşmeyelim,
Bir olalım, birleşelim!

Yine döner yüce günler,
Hun’un Tanrı ömrünü ver.
Ayrılığa düşmeyelim,
Bir olalım, birleşelim!
Hayat devam etmektedir,
Zaman hızla geçmektedir.
Geleceğe yönel, Turan,
Gökte bir güneş sönmesin.
Kaldır hadi nerde başın.
Yurdun için doğulasın.
Turan oğlu uyumasın.
Bayrağımız yıkılmasın
Yine döner yüce günler,
Hun’un Tanrı ömrünü ver.
Ayrılığa düşmeyelim,
Bir olalım, birleşelim!
Kimler sizi esir etti?
Hey, İdil’in oğulları!
Tekrar doğan cesur yiğit,
Kaynasın deli Türk kanı!
Kaynarsa eğer Türk kanı,
Karanlığın kalmaz şanı.
Altın güneş ışık saçar,
Nuru kaplar tüm cihanı.
Kaynarsa eğer Türk kanı,
Karanlığın kalmaz şanı.
Bütün dünya silkelenir,
Güneşinin parladığı anı.
Parçalansa yurt yakası
Nerde kalır, can ve başı,
Uyuma hey, kendine gel,
Ey Turan’ın toprakları.
Görünmezse halk dehası,
Her düşmana yem olası.
Uyuma hey, kendine gel
Ey Turan’ın torunları!
Su-ateşten yaratılan,
Baba Turan, bala Turan.
Kurtar bu köhne zamanı,
Kara gece kanadından!
Kalksın gökten kara bulut
Gitsin zülmün karanlığı!!!
Sesi nerde Gökbörünün?
Göçü nerde bozkırların?
Kaldır nerde sancağımız?
Dalgalansın bayrağımız
Sisler yine dağılmaz mı?
Turan tekrar doğulmaz mı?
Yine döner ulu günler,
Hun’un Tanrı ömrünü ver.
Dilsiz olan ata ruhu
Diril haydi! Diril haydi!
Yine döner yüce günler,
Hun’un Tanrı ömrünü ver.
Ayrılığa düşmeyelim,
Bir olalım, birleşelim!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

MehrNozimga

Dunyoga suhbat uchun kelganmiz,
Qay bir darajadan soʻng
faqat suhbat boʻlar ehtiyojimiz.
Duolarimiz,
namozlarimiz,
sheʼrlarimiz,
yaratgan suratlarimiz suhbatdir asli.
Hamma oʻz tilida suhbat qilar balki –
nonvoy non yopa turib,
temirchi temirlardan buyum yasarkan...
Hatto xudosizlar shubha qilarkan –
izlanarkan suhbat istaydi,
ularning suhbat tili bu.

Biz hamma narsaga toʻyamiz,
ammo suhbatga emas.
Avval yaqinlaring bilan,
bora-bora faqat U bilan
soʻzlar,
koʻzlar,
ishoralar,
sukunatlar aro boʻlib boradi.

Suhbat uchun kelganmiz biz,
kel, suhbatlashaylik…

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Millat onalari shunday holatdayam o'qirkan, bolasiga ilm berarkan, she'r yozarkan, she'r o'qirkan, bu xalq, bu millat o'lmaydi! Madinam, to'xtamayotganing, jasorating uchun-da sen bilan faxrlanaman!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kun qahramoni!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Syurprizlarimiz davom etadi 😍

"Izlam"ning birinchi va ikkinchi mavsumidagi jami 24 kitob yangi dizayn va qattiq muqovada maxsus bir nusxada nashr etildi.

Ertaga Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadigan "Fonus" adabiy kechasida ushbu maxsus to‘plam auksionga qo‘yiladi.

Albatta, keling. "Izlam" maxsus to‘plami egasiga aylanish imkonini qo‘ldan boy bermang.

Aytgancha, to‘plamni qanchaga baholaysiz?


📚 @akademnashr

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi

✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, Izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.

📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.

👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (41.3160556,69.2954717,13z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38aef51b50c0eda7:0x1ef4e0e3a79a0726!2zTmV3IFV6YmVraXN0YW4gVW5pdmVyc2l0eSwg0YPQu9C40YbQsCDQnNC-0LLQsNGA0L7Rg9C90L3QsNGF0YDQsCAxLCBUYXNoa2VudCwg0KPQt9Cx0LXQutC40YHRgtCw0L0!8m2!3d41.3160556!4d69.2954717!16s%2Fg%2F11pv0fm547!3m5!1s0x38aef51b50c0eda7:0x1ef4e0e3a79a0726!8m2!3d41.3160556!4d69.2954717!16s%2Fg%2F11pv0fm547?hl=ru-uz">Movarounnahr ko'chasi 1)

Men o’zimni sendan izladim

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sollanar shotutning barglari,
Shaharning uyqusi bug‘lanar.
Kishvarim,
Savsarim,
Qaysarim,
Yelkamni keltirdim –
Yig‘lama!..

Banoras bulutlar bir sipo,
Tomchilar havoda tig‘lanar.
Shundog‘am fususim behisob,
Yelkamni keltirdim –
Yig‘lama!..

Xayolning sochlari
sarsari
shamolning shavqida dog‘lanar.
Ey maning ko‘zyoshi kavsarim,
Yelkamni keltirdim –
Yig‘lama!..

Adirda aprelning naysoni
Taqmoqda sabuhiy sirg‘alar…
Shabnamim,
Gʻizolim,
Sha’bonim,
Yelkamni keltirdim –
Yig‘lama!..

Shaxriyor Shavkat

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

#bayram_tuhfasi

Turonning halol, mard va jasur malikalari timsolida zamonamizning dilbar ayollariga bag‘ishlanadi!
Buyuk onalar obrazini yaratgan shoira singillarimizdan minnatdormiz!

👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.me/uzbtariximtrk

Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
🌐 Instagram
Facebook
📹You Tube

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ba'zan tuyg'ularingni ifodalashga so'z topolmay qolasan, shunaqa vaqtlar holingni "izohlaydigan" she'r qidirasan. Opa, shunday hollarimda sizda topaman men ularni. Har ayolga, o'zimga-da sizdagi jasoratdan so'ragan bo'lardim! Har insonga ruhingizdagi erkdan so'ragan bo'lardim. Qadim Samarqand minorlaridek baland, mag'rur ruh esh bo'laversin umringizga!

40 dan keyin...

Garchi hali yashaganim yo‘q,
Umr o‘tdi suvdek, xayoldek.
Sochlarimni yig‘aman endi,
Aqlin yig‘ib olgan ayoldek.

Ha, bahormas kuzga o‘xshayman,
Sochlarimni o‘ynamas shamol.
Lekin endi ichimda yashar,
Bir ulug‘vor, dilbar Guljamol. 

Va besamar kurashlar ichra,
Toliqqandek jismim, sabotim.
Garchi yovqur To‘maris kabi,
Ot ustida o‘tdi xayotim...

Goh pariman, goh parishonman,
Osmondaman oydek, hiloldek.
... Va aqlimni yig‘ib olaman,
Sochlarini yig‘gan ayoldek.

Guljamol Asqarova

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Opa dunyoga insonlarga farishtalar bo'lishini eslatib turish uchun kelgandek tuyiladi ba'zan. Bu qadar xokisorlik, bu qadar ichkinlikni ko'rib odam bolasi shunday bo'lishiga ishonging kelmaydi chunki. Opa, baland dunyoyingiz pasaymasin hech! Sizni yaxshi ko'ramiz, uzoq yashang, ko'p-ko'p yozing!

* * *
To‘rtta eshik bergan dunyo shamolga,
Mangu halanchak u, halovat uchun.
Mangu so‘roqlar bor, mangu savolga,
Meni qayoqlarga haydaydi bugun.

Ertakchi tag‘in ham etolmadi man,
Qorabotir yana o‘yinni buzdi.
Shamol borayotgan yo‘lday beso‘zman,
Qonim yuragimga nimalar chizdi?

Garchi tanimaydi quyosh hech kimni,
Peshonam yorilsa, ko‘zimda choram.
Axir, ozordaman, aya ko‘nglimni,
Kaftlarimga botib yig‘lagan yaram.

Bir chetida kuz bor edi bahorning,
Bir chetida qish bor edi saraton.
Poyida turibman eng katta dorning –
O‘zimni o‘zimdan qutqar, ey Osmon!

© Nargiza ODINAYeVA

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kun xabari!

Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan bitiruvchilar ham davlat tilidan imtihon topshiradi.

Bo'larkan-ku!😎

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

– Tomoshabinga yoqishga harakat qiladiganlar hech qachon haqiqiy ijodkor boʻla olmaydi. U tomonga biroz, bu tomonga biroz murosa qilinadigan joyda shaxsiyat yoʻqoladi. Bir marta murosa qildingizmi, tamom. Menimcha, haqiqiy sanʼatkor boʻlish yo boʻlmasliging – oʻzingga yoqqani uchun qilyapsanmi yoki boshqalarga yoqish uchun harakat qilyapsanmi – shu narsaga bogʻliq.

– Men Pinokkio bilan hamfikrman, u qoʻgʻirchoq boʻlishni emas, “tirik bola“ boʻlishni, yaʼni, oʻzi boʻlishni xohlaydi. Men ham homiy qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlgim kelmaydi...

– Filmlarim Shveysariya soatlariday tayyorlanmaydi. Xichkok senariylariga ham oʻxshamaydi. Men unaqa aniqlik bilan ishlamayman.

– Insonning ijodi “men“ining davomi. Bu taʼrif meniki emas, lekin unga qoʻshilaman.

Buyuk rejissor Fellining iqrorlarini o'qishni tavsiya qilaman. U faqat rejissorlar haqida gapirmagan...

https://oyina.uz/uz/article/3541

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Shanba kuni shaxsiy ishlar sabab shoshilinch Samarqandga ketishimga to’g’ri keldi va man uchun qadrli bo’lgan “mafiozlar”ning yig’iniga borolmadim, afsuski.

Ammo, so’z beraman keyingi taqdimotlarida albatta, yoningizda bo’laman! Jamiyat “Aks”ini topaversin sizda! Har biringizni ich-ichdan yaxshi ko’raman! (Shahzodni yaqindan tanib olsam bo’ldi endi😁)

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Orfey fobiyasi. U Yunon mifologiyasidagi mohir musiqachi va shoir bo‘lib, bu fobiya uning sevgi fojeasi sharafiga nomlangan. Unda bayon qilinishicha, Erudika shilqim Satirning ta’qibidan qochayotgan vaqt bexosdan ilonlar uyasini bosib oladi. Shunda tovonini ilon chaqadi va u vafot etadi. Orfey suyuklisini hayotga qaytarish uchun marhumlar mamlakatiga borib uning hukumdori Aid va uning rafiqasi Persefonaga dardini bayon etib yolvoradi. Aid va Persefonaning rahmi kelib bir shart bilan Erudikani hayotga qaytarishga rozi bo‘ladilar. Shart shunday edi: Orfey oldinda ketishi, ortidan Erudika ergashishi va tiriklar dunyosiga chiqmagunga qadar Orfey ortiga o‘girilmasligi kerak edi. Manzilga yetar chog‘da Orfey ortimdan Erudika kelmayotgan bo‘lsa-chi, Aid va Persefona meni aldagandir, degan shubha bilan ortiga o‘giriladi. Shunda Erudikaning ruhi yana marhumlar makoniga uchib ketadi. Bu fobiya, sevgan odamini yo‘qotishdan yoki o‘z sevgisi uchun oxirigacha kurashishdan qo‘rqishni anglatadi.

***
Ofeliya fobiyasi. Bu nom ham Shekspirning “Hamlet” asaridan olingan bo‘lib, u Hamletning sevgilisi edi. Bu fobiya ichki hissiyotlarning noaniqligi, ruhiy iztiroblar va muhabbati arishidan qo‘rqishni anglatadi. Ofelia fobiyasi ko‘pincha hissiy injiqlik, tushkunlik yoki sevgi uchun o‘zligini yo‘qotishdan qo‘rqishni bildiradi.

Shunaqa qo'rquvlar haqida bu maqolada o'qishingiz mumkin.


@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

🎸Bahorga kirishdan avval ko'nglingizni yuksaltib olish uchun go'zal imkon! Ohista Jamshid va DalaHast guruhidan betakror konsert kutyapti bizni.

21-fevral 20:00 da Art House Hamsada ko'rishamiz. Teatrga borganlar bilishadi, joylar soni cheklangan, shuning uchun tezroq harakat qilishingizni tavsiya qilaman.

Chiptalar uchun: @ArtHouseHamsa ga yozing. Birinchi marta borayotganlar uchun manzil mana bu yerda juda aniq qilib tushuntirilgan.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tomirlaringgacha kirib borib, silkitib-silkitib yuboradi…

Kaynarsa eğer Türk kanı,
Karanlığın kalmaz şanı.
Bütün dünya silkelenir,
Güneşinin parladığı anı.
Parçalansa yurt yakası
Nerde kalır, can ve başı,
Uyuma hey, kendine gel,
Ey Turan’ın toprakları.
Görünmezse halk dehası,
Her düşmana yem olası.
Uyuma hey, kendine gel
Ey Turan’ın torunları!


@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

🔥Shok! 14-fevralga Boburning shaxsan o‘zidan sovg’a oldim!

Asli hech kimga aytmoqchi emasdim, ammo ichimga sig’dirolmadim)) To’plamning shunaqa sifatli chiqishida Boburniyam hissasi katta. 22-fevralda bo’ladigan taqdimot uning ham taqdimoti. Chunki u o’zbek nashr dunyosida o’zining uslubini yaratayotgan dizayner.

“Aks” esa yilning eng yaxshi, eng omadli to’plamlaridan biri bo’lishiga ishonchim komil. Mualliflarning har birining bizga aytadigan alohida gaplari, zamonning rost nafasi bor kitoblarda. Adabiyotga esa turfa fikrlar kerak. Shuchun agar hali sotib olmagan bo’lsangiz, taqdimotga borib, mualliflar dasxati bilan olishni tavsiya qilaman.

Xullas, taqdimotga boring, ko’rishamiz!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yangi O‘zbekiston universitetida “Akademnashr” chiqargan “Izlam” to‘plamlarining maxsus nashri kimoshdi savdosida sotildi. Kitoblarni 12 mln so‘mga sotildi. Auksionda universitet talabasi Nurali Karimov g‘olib chiqdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Akademnashr” rahbari Sanjar Nazar edi — 11,5 mln so‘m taklif qilgandilar :)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bugun kelish esdan chiqmasin)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ichimga bir o't tushgan... Ko'proq bilgim, o'qigim kelyapti, shunaqa narsalarni ko'p-ko'p bilish, yaratish, anglash uchun...

https://www.youtube.com/watch?v=Qp8wSwxYKVQ

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mana bu yerda yoqimli sovg'achalar ulashishyaptikan)

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Biz ko‘rmagan filmlar,
Biz bormagan konsertlar,
Biz yurmagan yo‘llar,
Biz gaplashmagan gaplar
Bugun hayotimni yorqinroq qilar.

Sening vaqting yo‘q edi mudom,
Mening jur'atim.
Bilasanmi, bugun
Bir-biriga suyanganicha
Jaz tinglayotgan juftlikni ko‘rdim.
Yoshligini eslardi ular,
Muhabbatini.
Va bu muhabbat,
Bu yoshlik
ikkisiniki edi.
O‘ylanib qoldim,
Sen kimga suyanib,
Eslaysan "Yulduzli yoz"ni
Men konsert ko‘ryotib,
Yig‘laganimdek ko‘zlaring eslab.

Ammo bu u qadar muhim ham emas,
Ahamiyatlisi, vaqt o‘tib har ne o‘zgarar. Va dunyo yangidan tug‘ar bolalarini.
Yangi ertaklar,
Yangi qo‘shiqlar,
Yangi filmlar yaralar.

Sen esa qachondir
Bir-biringga suyangancha
Konsert tinglaydigan bir odam tani.
Asli shudir yolg‘on dunyoning
Bittagina rost mohiyati.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…
Подписаться на канал