yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali

1962

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Saytimiz: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali

#hikoya

Qirq birinchi kun

Kun allaqachon yoyilib ketganiga qaramay, Nozima shifoxonaning derazasi kunchiqarga qaragan xonasida yolg‘iz o‘zi tashqariga termulgancha, yonboshlab yotardi. Xona keng, yorug‘ va barcha qulayliklarga ega; devoridan tortib jihozlarigacha, pardalaridan tortib choyshablarigacha moviy tusda edi. Nozima go‘yo uxlayotgandek ko‘rinar, uzun qora sochlari parishon, tartibsiz sochilgancha butun yostig‘ini qoplagandi. Qo‘sh qanotlarining biri keng yotoqdan pastga tushib, polga tegay-tegay deb turar, ikkinchisi esa xuddi ustiga chopon tashlab qo‘yilgan kabi uni tizzasigacha yopib turardi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#tavallud

Bugun - yozuvchi Nurilla Chori tavallud topgan kun.

Tashvishi yo‘q odamlar (hikoya)


Bozirgan chavandoz dog‘da qoldi…
Qizg‘aldoqning adog‘idan ko‘ndalangiga Tagsaroy oqadi. Tagsaroyning kungay beti qari lalmi (el shunday ataydi), qiblasi suvot – tayoq suqsang barg yozadi. Zamoni charxifalak bo‘lib ketgan bu kunda qozi ham, mirshab ham, do‘xtir ham tish-tirnog‘i bilan yerga tarmashgan. Yerga yetmaganlari moliniyam, joniniyam bozorga urgan. Bozorga bor – baxtingni ko‘r. Baxtini nimaning evaziga ko‘radi, bunisini o‘zlari bilishmasa – biz bilmaymiz!

🔗 batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#tilak

"Yoshlik" jurnali 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barchangizni tabriklaydi.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

Tun

Sukunat choyshabi jiqqa hòl bòlmish,
Soyni shaloplatib chòmiladi oy.
Kechaning kòkdagi marvaridlari
Ushbu nafosatga qòshadi chiroy.

Shu munir oqshomda seni esladim,
Yuragimni tildi achchiq iztirob.
Kòzimdan yulduzdek tomdi hislarim,
Qaydasan, azizim? Javob ber, javob...

Zulmatni poralab borar tòlin oy,
Poralanib borar oshiq yuragim.
Olamda borligim bilmading-mi sen,
Yetib bormadimi, asov tilagim!

Balki, unutgansan òtli hislarim,
Asli begonadir senga bu alam!
Aytgin, kòryapsanmi huv yulduzlarni,
Tuyyapsanmi, tunning ovozin sen ham?

Bildingmi, nedan hòl sukut choyshabi
Bilmaysan – bilganlar Xudoga yaqin.
Mening hayotimning kechalarini
Shul sabab yoritar ishq degan chaqin.

Mahliyoxon UMURZOQOVA

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nazm

Derazangni chertganida yomg‘ir-u shamol

Derazangni chertganida yomg‘ir-u shamol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg‘iz ayol.
Uzun tunlar qiynaganda cheki yo‘q xayol,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

To‘kilganda dardim kabi barg-u xazonlar,
Ko‘z oldingni to‘sganida qora to‘zonlar,
Sog‘inchingni yashirolmay subhi azonlar,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Qizarganda shaftolining oq g‘unchalari,
Bog‘chalarda sarg‘ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari,
Meni yodga olurmisan, ey yolg‘iz ayol?!

Derazangni chertganida yomg‘iru shamol,
Og‘ushiga olganida cheki yo‘q xayol,
Sochlaringdan sirg‘alarkan qirmizi ro‘mol,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Yodlaringga olurmisan sirli damlarni,
Yodlaringga olurmisan shirin g‘amlarni,
Yoqib qo‘yib tun qo‘ynida yoki shamlarni
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Xurshid Davron

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

Armiya va tarbiya

Sirojiddin Sayyid,
Oliy Majlis Senati a’zosi,
Oʻzbekiston xalq shoiri


📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#Bir_kuni

Ilhom parisi qachon keladi?

Shoir Ikrom Otamurod va Nosirjon Toshmatov sirdaryolik shoir Rustam Eminning taklifiga ko‘ra Guliston shahridagi kollejlardan biriga ijodiy uchrashuvga borishadi. Uchrashuvning she’rxonlik qismi tugagach, navbat savol-javobga keladi. Ma’lumki, ayni balog‘at yoshidagi yigit-qizlarni shoirlarning she’rlaridan ham ko‘ra, shaxsiy hayotlari, ilk muhabbatlari, sevgi haqidagi she’rlarining yozilish tarixi ko‘proq qiziqtiradi. Shu kabi savollar avj pallasiga kirganida, o‘quvchilardan biri har uchchala shoirga “Ilhom parisi sizni qachon yo‘qlaydi?” deya savol beradi. Bu savolga dastlab Ikromjon va Rustam Eminlar javob qaytarishadi. Nosirjonning javobi o‘ziga xos bo‘ladi:
– Ilhom parisi kennoyingiz uyda yo‘qligida keladi...

Sh.Otabek

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#tavallud

5-mart shoira Farida AFRО‘Z tavallud topgan kun!

* * *
Bizni sog‘inganlar omon bo‘lsinlar,
Bizni unutganni unutmoq kerak,
Mayli fe’limizni yomon desinlar,
Bizni kutmaganni kutmoq ne kerak.

Bizni sog‘inganga tilaymiz to‘zim
Va bir tong yelarmiz shabboda bo‘lib
Tomog‘imda bo‘zim tirnoqda bo‘zim
Dardlar ham sitilgay bir kurtak bo‘lib.

Bizni unutganni unutdik biz ham
Garchi xohlasakda kelmas xushlarga
Hatto ko‘z gavhari bo‘lolmas malham
Yetti uxlasakda kirmas tushlarga.

Unutmoq matonat, unutmoq azob
Xotira umidlar jangida talash.
Faqat bizga baxtdir bizga iztirob
Bizga ichikkanga ichikib yashash.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#tavallud

5-mart – shoira Guljamol ASQAROVA tavallud topgan kun!

* * *
Sog‘insak qaytadi quvonchlarimiz
Chorlasak qaytadi hattoki g‘amlar
Birodar, yalinu yolvor, ketkazma
Hecham qaytmas ekan ketgan odamlar.

Qushlar qaytib kelar sog‘inib yurtni,
To‘lqinlar qaytadi sohillariga.
Yomg‘irlar samoni aylanib kelib,
Qaytgusi zaminning bag‘irlariga.

Shuning-chun sen odam yo‘qotma, qalbim,
Hatto tiz cho‘ksa ham sen deb olamlar.
Bu dunyoga qaytib kelmaganidek,
Qalbingga ham qaytib kelmas odamlar.


📱Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

***
Aka, bu shaharning devorlari ko‘p.
Bir taskin izlayman yupanmoq uchun.
Halovat bilmagan izdihom ichra
Ohang lazzatini tinglayman beun.

Kenglikda ulg‘aygan ruhim, vujudim
Balki yuragingga solgan xavotir.
Menga erk berguvchi og‘riqlar balki,
Onam ko‘zlaridan tomchilayotir.

Osmonning so‘nggiga yetmaydi nigoh,
Oy yog‘du to‘kadi simto‘rlar aro.
Hammaga quchog‘in ochgan shahardek,
Mening peshonam oq, yozig‘i qaro.

Aka, bu shaharning devorlari ko‘p,
Bir taskin izlayman yupanmoq uchun.

Gulhayo Anorova – sizni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganingiz bilan tabriklaymiz. “Yoshlik” jurnali jamoasi kelgusi ijodingizga yuksak parvozlar tilaydi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱 Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

***
Tugadim, tugatdim, tinmadim goho,
Siyladim o‘zimni dunyolar bilan.
Asradim baxtlardan ikki ko‘zimni,
Tegramda chayqalib raqs tushdi tuman.

Savolsiz izillab sang‘idim uzoq,
Jumboqlar mushtladi ma’sum boshimga.
O‘zimni atadim eng mushfiq odam
Yolvorib borganda yorning qoshiga.

To‘kildim, uzildim, titildim davom,
Mavjud dardlarimga yukingan ko‘yi.
Ko‘nglimni o‘zimcha kemirdim tinsiz –
Mendan kelaverdi g‘amlarning bo‘yi.

Boshimni qo‘ygani vujud topmadim,
Onam tizzasidan uzildim tamom.
Xayolga ergashib, hayot sovruldi,
Otam o‘ylaridan tong otgan oqshom.

Borarim, so‘rorim, bo‘zlarim O‘zi,
Peshonam bog‘ladim maysalar bilan.
Chechaklar tergali qirlar izladim –
Tushimda tebranar lolalar hamon.

Tutildim, sitildim, bitildim qadar
Yozolgan qo‘shiqni kuyladim faqat!
Men tunga atalgan emasdim, ammo,
Tonggacha yetmadi mendagi toqat...

Tinmadim, bilmadim, ko‘nmadim davom...

Feruza XAYRULLAYEVA

📱Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#jarayon

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida “Yoshlik” jurnali tahririyatida amaliyot chogʻi boʻlib oʻtgan davra suhbatidan lavhalar.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#qatra

Ilhom

Ertalabdan, balki, kechasidan bulutlar ko‘z yoshi mayda-mayda tomchilardi. Hovli aylanib yursam, sharros quyib yubordi yomg‘ir.
Ajabo, yomg‘ir shitirlashi go‘zal kuydek ruhimni erkaladi, quyoshdek yoritdi.
Yomg‘ir kabi qog‘oz uzra quyila boshladi so‘zlar. Ilhom atalmish pari shu bo‘lsa, ajabmas!

“Yoshlik” / 2023 / 9

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#bu_qiziq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bo‘m-bo‘sh ko‘chalarda
shamollar kezinar,
maysalar unar,
yovvoyi gullarning ochilar chiroyi.
Xayolan uzooqqa otlanib,
Sen sevgan tushuniksiz tilda
boshlayman xirgoyi.
Ufqlar tomonga ko‘zlarim tiksam,
Maysalar labiga qadasam yoshlar,
Muallaq dunyoning bir chekkasida,
Mening derazamni poylaydi qushlar.
O, ma’sum qushlar ham ko‘zyoshlarin
hovuchimga to‘kar, hech yo‘q shu bilan
tushlarim yuvilib o‘tar suv bilan…
…Bo‘m-bo‘sh ko‘chalarda,
Qonlar kechib kelar
beayov shomlar,
g‘amgin soyalarni to‘shagan ko‘kning
kengliklari aro tag‘in kimgadir,
bir nafaslik havo qiladi yo‘qlik.
Bu gal ochilmagan namozshomgullar,
Poyiga yiqilar birma-bir tunning.
Kimlardir yangidan ertaklar aytar,
Kimlardir yangidan boshlaydi kunni. . .
Men esa,
gardlarin yuvgancha derazalarning,
sen sevgan tushuniksiz tilda,
boshlayman xirgoyi,
Barini unutib hech yo‘q shu bilan,
baxtli ko‘ra olsak edi dunyoni...

Zulxumor Orifjonova

“Yoshlik” 2021 / 9

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nazim

Olimlarning rafiqalariga

Siz mohi tobonsiz, malaksiz, pari,
Eng ulkan dahriylar topingan sanam.
Siz buyuk davrimning fidoyilari,
Ahli donishlarga eng munis hamdam.

Olimning uyini charogon etgan,
Mehr-u shafqatingiz, yurak taftingiz.
U olim kitobin bitgan chogida,
Yelkasida bolgan ilik kaftingiz.

Sevgan yoringizga jon fido aylab,
Parvona bolursiz kecha-yu kunduz.
Sizning nomingizni olsa ne ajab,
Osmon Jadvalida bir talay yulduz.

Kimyogar yangi bir zarra kashf etsa,
Bu ijod boisi bolgan, hoynahoy.
Stolning chetiga siz qoyib ketgan,
Bir chaqmoq qand bilan bir piyola choy.

Yulduzlar qoyniga samoviy yoldan,
Parvoz qilar ekan buyuk tafakkur.
Olimlar zehnining charogi bolgan
Munis ayajonlar, Sizga tashakkur.

Erkin VOHIDOV

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nazm

***
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog‘ingga to‘l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o‘girib, sho‘r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Talpinasan astagina va qo‘yasan bosh,
Mingyillikdir ko‘zlaringda javdiragan yosh,
Gunohkorlar ming-u bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o‘ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Halima Xudoyberdiyeva

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

Adabiyot – bu ustma-ust taqilgan soxta niqoblar shodasini yechib, asl – chin qiyofa bilan qolish baxti, sirlashish saodatidir. Bunday saodat mavjud ekan, jamiyat ham, inson ham o‘zini og‘ir, bedavo ruhiy kasallardan himo­yalangan hisoblanadi…

Ulug`bek HAMDAM

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#hikoya

Meni sevib…


Qalbingga bu tuyg‘u ruxsatsiz kirib kelganini, hali omonat ekanligini ham bilaman! U qo‘rqqancha, ming xijolat tortib ko‘zlaringdan joy olgan, eski shaharning nuragan qadim devorlari orasidan yo‘l qidirib turgan xorijlik mehmon kabi begona edi senga. Hayotingga suqilib kirib olgan yangi va ishonchsiz tuyg‘udan titroqda eding! O‘zing tushunmayotgan, seni uyaltirayotgan, hatto xayolingga surbetlarcha kirishga urinayotgan, lekin rangini ham, bo‘yini ham aniq chizib berolmaydigan ixtiyorsiz narsa edi. U senga yoqimsiz va bir paytda yangiligi, sehri, shirasi, adoqsiz savollari bilan xush yoqayotgandi ham.

👉davomi...

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Sog‘inchlarni sotding beayov,
Oq ko‘nglimni aylabon bozor.
Kecha baxt deb sotgan qayg‘ungga
Bugun yana o‘zim xaridor.

Boshing urma, aylama jabr,
Og‘riqlardan bezgan yurak bu.
Dard ufurgan suronlaringdan,
Qo‘y, uyquga ketmasin mangu.

Joningni ham solma bozorga,
Kokillarim bo‘lmasin beor.
Gul qizlarning qarg‘ishi tekkan
Yuragingga menman xaridor!


Guliruxsor Ummatova

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#mulohaza

Kitob o‘g‘risi

Ko‘zlari ko‘zoynakning borligidanmi, yo o‘zi shunday kattami, bilmayman, kosasidan chiqqudek ko‘rinaveradi. Men bu amakini, o‘ziga aytmang-u, boyo‘g‘liga o‘xshataman: haybatli, burunlari katta va qo‘rqinchli!

👉davomi...

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#munosabat

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida She’riyat kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Taniqli shoir Aziz Saidning “Yoshlik” jurnali va unda chop etilgan she’rlar toʻgrisidagi fikrlarini eshitishingiz mumkin.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#hikoya

QOTIL

– …Bu bir paytlar hashar yo‘li bilan qurilgan yozgi klub edi: odamlar oqib keladigan hind kinolari qo‘yilardi (“Ayyorlikka qarshi makkorlik”mi, “Makkorlikka qarshi ayyorlik”mi degan kinodagi yarim-yalang‘och hind go‘zallarining jununvash raqslarini jon-jahonini unutgan ko‘yi, og‘zi ochilib tomosha qilayotgan Bektemir tog‘am nogoh alam bilan do‘ppisini tizzasiga urgancha “Eh! Mana hayot!..” deya hayqirib yuborgan joy bu). So‘ng bunaqa tomoshalar urfdan chiqib, ovul ahli uy-uyida shig‘illatib video ko‘rishga o‘tgach, bino huvillab qoldi. Shu mahallari qo‘lida pul o‘ynayotgan tadbirkorlardan biri o‘zicha qaydadir “kim oshdi” savdosi uyushtiribdi-yu, klubni kepak bahosiga sotib olib qo‘­­yibdi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#noma

Shovqinli sukunat


Assalomu alaykum, “Yoshlik” o‘quvchilari! Sizlarning qatoringizda men ham jurnalning 6–7-sonlarida yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” qissasini o‘qidim.
O‘sha kunlardan buyon ko‘z oldimda rahmatli otam surati jonlandi. Yozuvchi xuddi mening otamni yaqindan tanigan-bilgandek, bir ajoyib qissa yozibdi. Qissani o‘qib otam bilan suhbatlashgandek, u kishini yana bir bor ko‘rgandek bir olam taassurot oldim.
Shu bois, tahririyatga ushbu maktubni yo‘llashga jur’at qildim.

👉davomi...

📱Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#retro

✍️Asqad Muxtor she’riyatida umr va inson mohiyati

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor salmoqli qissayu romanlar, badiiy tarjimalar, ko‘plab o‘tkir publitsistik maqolalar barobarida she’riyatda ham yetuk asarlar yaratdi. Ayniqsa, o‘zbek falsafiy-intellektual lirikasi taraqqiyotida uning hissasi katta bo‘ldi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#eslaganda
Qanday tarqatasiz?

Erkin Vohidov: – Yetmishinchi yillarda she’riyat ham, otaxon shoirimiz G‘afur G‘ulom nomi bilan atalgan nashriyot ham gurkiragan, lekin ana shu nashriyotning ayni she’riyat bo‘limida ishlar pachava edi. Bo‘limda Mirtemir domla, Abdulla Orif va kamina ishlardik. Domla shogirdlardan, Abdullajon muxlislardan, men shaxmatdan ortmas edik. Qo‘lyozmalar vaqtida topshirilmagan, korrekturalar o‘qilmagan, plan bajarilmagan, hamma ish o‘lda-jo‘lda. Nashriyot direktori bir majlisda zarda bilan, she’riyat bo‘limini yopish, tarqatish kerak, degan. O‘shanda zo‘r javob aytilgan edi: “Tarqatish uchun avval yig‘ish kerak. Uch xodimni to‘plab bo‘lmasa, qanday tarqatasiz?”

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#moziyga_qaytib

1982-yil 3-son muqovasi va mundarijasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#qutlov

3-mart – shoira Iroda Umarova tavallud topgan kun!

* * *
Xiyobonda surat chizar musavvir,
Ham suyuk mashg‘ulot, ham baharnav pul.
Sokin o‘tar edi sidirg‘a kunlar,
Grafika uzra unguncha bir gul.

U gul o‘tirarkan ro‘baro‘sida,
Layli kokillari qalamdan qochib,
Bexabar, kulgichin piyolasida
Sayyod ko‘zlarga ishq yubordi sochib.

Termilib va bundan xijolat bo‘lib
Chizarkan, qog‘ozday titrardi qalbi.
Ko‘zlarni, qoshlarni to‘qirdi mayin,
Qalam – barmoqlarin birovi kabi.

Surat bitdi, afsus…
Mamnun kulimsib
Pulin uzatdi gul, jim oldi mahzun.
Shunday savdo bo‘ldi – kim pulga surat,
Kim suratga oldi barmoqlar hidin.

Gul ketdi, suratin ko‘tarib xurram,
Ortidan intizor qoldi bir surat.
Harir etaklarin nasimlaridan
Gurillab-gurillab yondi muhabbat.

Kunlar o‘tayotir hanuz sidirg‘a,
Yillar chig‘anog‘i ichra mitti sir –
Xiyobonda ishlar, ko‘rib qolay deb
Qalbiga chizilgan gulni musavvir.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

Yana bahor keldi seni so‘roqlab...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#iqtibos

Kitob degan narsa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk mo‘jizadir. Inson bor ekan, kitob ham qay bir shaklda yashayveradi.

* * *
Ma’rifatli odam uchun o‘z xalqining kitobga jo qilgan ijod durdonalaridan ko‘ra qimmatliroq boylik bo‘lmaydi.

* * *
San’atdagi estetik boylikni mukammal his qilgandagina san’at asarini to‘g‘ri baholay olish mumkin.

Ozod ShARAFIDDINOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал