Kattaqo'rg'onlik Nurali Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)
#nazm #tarjima
GO‘DAK NOLASI
Volidam yig‘ladi, padarim birla,
Xavfli dunyoda tug‘ildim nogoh.
Ojiz, belibos, yuksak tovush-la,
Abr ichra yashirin shaytondek e-voh.
Depsindim otamning otash qo‘lida,
Mayin ipak o‘ramdan qutulmoqqa shay,
Charchadim - xorib va juda toldim,
Tanladim oxir, onam siynasin arang.
©Uilyam Bleyk
P.s: bir nashriyot chiqargan kitobda shu she'rni qirqib tashlashibdi, qiziqib tarjima qilvordim)
Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.
Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.
Abu Bakr Fozilov — @phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”
Temur Tangriberganov — @timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern — "Parij XX asrda"
Raxshona Ahmedova — @RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk — "Onamni asra"
Samandar Nazirjonov — @stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge — "Iblislar qotili"
Ma'rufjon Ochilov — @marufjonblogi
Tarjima qilgan asari — Endi Veyer – "Marslik"
Nazarbek Nazarov — @bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb — "Qora Oqqush"
Nurali Qahramon — @santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg — "Uvvos"
Nodira Ibrohimova — @mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf — "Shaxsiy xona"
Alisher Fayzullayev — @perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan — "Daho"
Shohrux Usmonov — @usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren — "Uzunpaypoq Peppi"
Mirzohid Muzaffar — @bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin — "Taxtlar oʻyini"
Ilhom Salimov — @salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo — "Londondan muhabbat ila"
Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing
#xabar
"Bookbloger jamiyati" va "Kitob doira" kanali birgalikda qadrli yozuvchi Madlen Millerning "Kirka" asarini muhokamasini tashkil etishdi. Muhokama bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da bo‘lib o‘tadi. Barcha kitobsevarlarni kutib qolamiz.
Hurmat ila S.N.K
#javob
Dovdirab 1360-24=1336 ku deb yozayotgan avliyolar, darslikda 24 yosh deb xato yozilganligi aniq.
Birinchidan, Temur davrida yosh hisobi hijriy yil taqvimiga ko‘ra yuritilgan, bu har yil 10-12 kungacha farq qiladi degani.
Ikkinchidan, tarixchilar hijriy yil chiqarish formulasiga ko‘ra milodiy yillarni hisoblashadi, bu esa ba'zida 10 yildan 50 yilgacha bo‘lgan farqlarni keltirib chiqaradi.
Temur, Tug‘luq Temur kelganda 34 yosh bo‘lgani aniq ma'lumot. Zafarnomada ham, boshqa solnomalarda ham ko‘rishingiz mumkin.
Amir Temur 24 yoshida vatanni qutqargan deb xursand bo‘lib yurmanglar endi xullas❤️
#muhim
Aynan shu sabab tufayli Amir Temur o‘zini xon deb e'lon qilolmagan, davlatni doim amir sifatida boshqargan. Legitimlashtirish shuning uchun ham muhim azizlar)
#nazm #xotira #bağishlov
🩸🅰️🩸🩸🫵🩸
Subhidam shum xabar keltirdi sabo,
Sabiydek begunoh, sabiydek ma'sum,
Qon yutsa, sharob deb aldagan dunyo,
Ufuq yorilganin alqama bir zum.
Kelayotir qara, o‘shal darchadan,
Ulug‘ shoirlarning, muborak ruhi,
Tabassum etishib nechun barchaga,
Olib ketayotirlar Mansurning ruhin.
Ortiga bir bora boqmadi nega,
Nega aytolmadi ketish sababin,
Qarzga olganmidi yo Robbim sendan,
O‘ttiz uch yillik shoir matlabin.
"Quduqda hojasin kutgan Yusufdek",*
Ortingdan qoldirib keting ullaring,
Farzandin dog‘ida basir Yoqubdek,
Ko‘z yosh to‘kayotir besas she'rlaring.
Humodek kezarding zaminda hayhot,
Uzdilar qanoting qurultoylarda,
Endi senga yotdir, bu zolim hayot,
Mangu parvoz et chamanzorlarda.
Subhidam shum xabar keltirdi sabo,
Sabiydek begunoh, sabiydek ma'sum...
*Mansur Jumayev satri
#qiziq
Avjini oxiriga olib qo‘yay, hozir manov haykalcha 1 600 ta ayolni qanday eplagani va Temur bobomizni bunga javobi haqida😇
#review #en🇬🇧
😢"The Vegetarian" (Chimxo‘r xotin)🔞
👩🦳Han Kang🇰🇷
Bir inson kitob yozmog‘i, uni nashrga tayyorlatmog‘i, kitobxon u asarni qabul qilmog‘i, dunyo tili bo‘lmish inglizchaga yosh bir qiz tomonidan tarjima etilishi, ingliz tilidagi nashrni ko‘pchilik nashriyotlar qabul qilmaganliklari uchun o‘zi pul to‘plab, nashriyot ochib, chop etish, keyin esa avvaliga Xalqaro Booker, so‘ng Nobel mukofotlariga yozuvchi va asar sazovor bo‘lishi uchun kamida yigirma yilga yaqin vaqt ketadi... sen esa bunday muhtasham asarni ikki soatga qolmay tugatasan.
Asar nomidan ma'lumki vegetarian ayol haqida. Kitob muallifi Han Kang janubiy koreyalik, koreys va o‘zbek madaniyatlari esa juda uyqash, tili, dini boshqa, ammo tabulari ayni, dardlari ayni, muammolari ayni, mutlaq ayni(bir xil). Ayniqsa otaning oilada bosh roldaligi, ro‘l undaligi va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi jinsiy yaqinlik(insest)ni taqiqlanganligi va boshqa bir qator bizdagi stereotiplarda buni ko‘rishimiz mumkin. Balki shuning uchundir asar tez o‘qildi, ammo uqishga ko‘p vaqt sarflandi.
Kitob uch qismdan iborat. Go‘yo inson hayotining uch fasli singari, inson shaxsiyatning uch muhim elementi kabi. Lekin bu uch qismni tahlil qilmoqdan avval, asar qahramoniga to‘xtalib o‘taman. 영혜 (Young Hye) - koreyschada aniq bir ma'no kasb etmaydigan ism, ammo hanja (xitoy harflari) bilan taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak:
•"영" (Yeong) "abadiy" yoki "gul" degan ma'noni anglatadiYozuvchilar qahramonga ism tanlayotgan paytida, asosan asar mohiyati va ruhini unga singdirishga harakat qilishida. Masalan Martin Idenda, Martin - samarali, Iden esa o‘zlikni anglab yetmoq degan ma'nolarni anglatadi, xuddi asar so‘ngida Martin samarali harakatlari ila o‘zligini topgani kabi. Han Kang ham qahramoniga bejizga gul nafisligini tuhfa etmaydi, bu nom asar mohiyati - substansiyasini anglatadi.
•"혜" (Hye) esa ko'pincha "nafosat" yoki "donishmandlik" ma'nosini bildiradi.
#review
😀"Xudolar, avliyolar va odamlar"🔞
🧓🏻Iso Jabborov
Xushyor bo‘l, ishonmaslikni o‘rgan. Fanning barcha mohiyati shunda!
©Epixarm
#shunchaki
Zevs yaxshi bachcha bo‘lmagan degandim, ishonmagandinglar)
#asardan_parcha
"Har kun xo‘rsinish, har kecha ko‘z yoshi, har oy dod- faryodlar, har yili g‘am-g‘ussa: men chaqirdim o‘z xudoyimni, lekin ko‘rsatmadi u menga yuzin. O‘z ma'budamga qilsam-da sajda, boqmadi u menga ko‘rsatib ko‘zin... qanday noxaq bu dunyo! Podshoga hurmat oliy himmat, deb berdim men ta'lim. Ammo xudoga ne manzur bila olmayman. Chunki inson ma'qul deb bilgan narsa xudoga qabih seziladi, kishi ko‘nglini ranjitgan narsani parvardigor xayrixohlik deb biladi. Osmondagi xudolar erkini kim biladi? G‘oyib qismati - qorong‘ulik, uni hech kim bilarmikan? Qanday qilib, biz, bandalari, xudo yo‘lini tushunamiz?"
©"Jafokash taqvodor qissasi", qadim shumer bitiklaridan parcha
#iqtibos
Prometey - filosofiya kalendaridagi eng oliyjanob avliyo va jafokash kishi.
©Karl Marks
#luğat
Izdihom - tirbandlik
Qoyim - tik turuvchi
G‘ayur - rashkchi, jonkuyar, tirishqoq
Nigohbonlik - qorovullik
Qursoq - oshqozon
Yoqavayron - abgor
Sol - quyosh
Bo‘nak - avans
Pajmurda - g‘amgin
Hajiqiz - qo‘rqoq
Borgoh - qabulxona
Mubham - noaniq
Ichkinlik - ichki sezim
Mengzalmoq - o‘xshamoq
Qunishmoq - junjikmoq
Yakrang - rang turi
Sopolak - kichkina sopol parchasi
Tos - lagan, tog‘ora
Sanqi - bekorchi
Nahs - musibat, nopok narsa
Momaguldurak - momaqaldiroq
To‘ppak - g‘ujun
Purtalosh - serxavotir
Maxzan - ombor
Tarh - loyiha
Harna - har nima
Doxil - ichki
Ulgi - o‘rnak
Zumurrad - zumrad rang
Handasaviy - geometrik
Alfoz - so‘z yoki ibora
Qonolud - qizil rang
Badkirdor - razil
Qo‘pmoq - tik turmoq, sodir bo‘lmoq
Badastir - ma'lum tarzda
©Pol Oster, "Nyu-York trilogiyasi"dagi so‘zlar,
Mutarjim: Mirzohid Muzaffar
#dialog_review
🌹"Kirka"
👀Madlen Miller
- Mahin, men Madlen Millerni ilk bor siz sababli kashf etgandim. O‘shanda uning qalamiga mansub "The Song of Achilles" asarini tuhfa etgan edingiz. Yozuvchining soha mutaxassisi ekanligi, mifologiya va badiiyat o‘rtasida ko‘prik yaratganligi meni hayratga solgan edi. Kirka menga shu taassurotlarni qayta jonlantirdi. Lekin bu safar ona tilida o‘qiganim sababli yanada zavqli bo‘ldi deb o‘ylayman. Balki bu tarjimonning mahoratidir, nima deysiz?
- Balki, lekin yozuvchi uslubi boshida quruqdek tuyulgani uchun qiziqqanimdan boshqa tildagisiga (rus tili) murojaat qildim. O‘zbekchasi rus tilidagiga qaraganda jonli, jo‘shqin ekan. Yozuvchi uslubiyati esa ko‘nglimga o‘tirmadi. Xayolimda afsonalar, iloh va qahramonlar boshqa tomondan gavdalanaverdi. Sizda uslubi bo‘yicha qanday taassurot qoldi?
- Uslub ajib, ayniqsa yunon mifologiyasi asosiy unsur bo‘lganligi sababli juda ham fusunkor. Menimcha eng katta yutuq, asrlar davomida yovuz sanalgan qahramonning ichki olamidan dunyoga nazar tashlay olishimizga yozuvchi imkon yaratib berganidir. Kirkani bilgan, tanigan hech bir tirik zot uni e'zozlamaydi asli, lekin kitobxon asarni o‘qib bo‘lgach, eng ko‘p Kirkaga muhabbat qo‘yadi. Kirkaning muhabbat tarixi ham g‘aroyib, Freyd nazariyalari bilan tahlil qilgulik, shunday emasmi?
- Tahlil qilsak bo‘ladi. Ammo aynan Kirkaga muhabbat qo‘ya olmadim. Asar qahramoni ekani rost. Biroq bu darajada jabrdiyda, qurbon rolida bo‘lishi ba’zi joylarda odamni zeriktiradi.
- Sizga qaysi qahramon ko‘proq yoqdi. Shaxsan menga Hermes. Siz Atwood'ni Penelopa haqidagi asarini o‘qigan edingiz, Kirkadagi Penelopa bilan Atwood'dagi Penelopa bir-biriga o‘xshaydimi, yoki qaysidir biri boshqachami?
- Kirka va Penelopani qiyoslaydigan bo‘lsak hayotiy yo‘li, kuchi, o‘z ustida tinmay ishlagani, hamda unga berilgan jazoda yer tishlab o‘tirmay oldinga qadam tashlagani uchun Kirka ustunlik qiladi. Asar tomonlama esa - ko‘pchilikni xabari bor Atwood uslubi yoqadi, shu sabab asar borasida Penelopiadni ustunlayman. Qahramonlarga keladigan bo‘lsak Odisseyning o‘g‘illari ko‘proq e’tiborimni tortdi. Ikkisi ham nima istashini yaxshi bilishadi, istaklari yo‘lidan qaytmaydi.
- Men Kirkani o‘qib turib, uni Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim" romani bosh qahramoni Skarlet O'haraga o‘xshatdim, siz aytganingizdek bu qahramon, ayol qahramon, juda irodali va maqsadiga albatta yetishadi biloxir. Telegon esa ko‘proq Drayzerning "Sarmoyador" asaridagi Frenkka, Telemax esa Turgenevning Bazaroviga mengziydi. Sizda ham shunday qiyoslashlar bo‘ldimi, qaysidir sizga qadrli qahramoningizni boshqa olamdagi nusxasini uchratgandek his qildingizmi, masalan Alini?
- Ali jaydari, qiziqqon edi. Qaysidir ma’noda Telegon deyishim mumkindir, lekin Telegon aqlli. Doimiy beriladigan savollari, yangi narsani o‘rganishga chanqoqligi, mehnatsevarligi bilan ancha ustun. Kirka qaysidir ma’noda - orolda bir o‘zi yashashi, shunchaki osmonga termulib yotmasdan harakat qilgani, hayotini yaxshilaganini Robinsonga o‘xshatgan joyim ham bo‘ldi. Biroq Kirkaning doimiy ravishda xayoli-yu fikrlarida dunyo markazi bo‘lish, nishlar maydoni timsol gapirishi qurbon rolidamasmikan, degan fikr ham uyg‘otdi.
- Bir so‘z bilan aytganda, asar juda ham yengil, undan qandaydir betakror uslub, yoki purviqor syujetni kutmaslik kerak, kitobxon do‘stlarimizga esa, agar oralarida yunon mifologiyasi va feministik adabiyotga qiziquvchilar bo‘lsa, albatta o‘qishni tavsiya qilamiz.
- Ha, asarni o‘qish mobaynida zerikish va varaqlash holati bo‘ldi. Oddiy va yengil yozilgani sababdir. Sodda gap qurilmalari, uslubiyati jo‘n, agar boshqa yozuvchi ijodlari bilan aralashtirilsa bittada ajratib olish qiyin.
Hurmat va ehtirom ila Mahin & S.N.K
P.s: 2024-yil o‘qilgan 30-kitob
P.s.s: yangi usuldagi revyu shakli yoqdimi sizga, o‘z munosabatingiz bildirishni unutmang❤️
#photo_by Santuagara
#asardan_parcha
Hayotdagi eng qiyin narsa - o‘zinga sodiq qolish.
©Abdulrazzoq Gurnah, "🩸🅰️🩸🩸🅰️🩸"
#xat #dostoyevskiy
Sen bilan tanishganimga to‘rt yil bo‘ldi. Shu to‘rt yil davomida sening qanchadan qancha mafkuralaring shaxsiy egoyim bilan kurashdi va alaloqibat ko‘pida sen g‘olib chiqding...)
Aslida insonlarni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash ham, tug‘ilgan kun nishonlashni ham yoqtirmayman. Go‘yo bu ish senga yaqin insonning o‘tkinchi olamni tark etishiga yana bir qadam yaqinlashgani ustidan kulgandek bo‘ladi. Ammo bugun sening tug‘ilgan kuning o‘zgacha, senda o‘limdan qo‘rqish xavfi yo‘q Fedya. Chunki avlodlar asrlar o‘tsada sening xotiring uchun kichik sham yoqishga ham qodirlar. 203 yoshing muborak bo‘lsin. Men esa kolleksiyamdagi o‘n beshta kitobingni barini o‘qishga so‘z beraman❤️
Hurmat ila S.N.K
#review
🎀🎀🎀"Zafar yo‘li"🎀🎀🎀
🩸Amir Temur
Mening farog‘atda tug‘ilgan barcha farzandlarim, qudratga to‘la qarindoshlarim, sultonlar, amirlar va vazirlar hammalari bilsinlarkim, men Alloh taolo tomonidan barcha insonlarga rahnamo qilib yuborilganman, u menga saltanat ato qildi va taxtimni mustahkam etdi!
#qiziq #muhim
G‘alati, juda g‘alati, bir tomonda Amir Temur o‘zi Tug‘luq Temurni Movarounnahrga taklif qilib o‘tirsa-yu, bir yerda bostirib kirdi desa, yana 24 yosh deb yozganiga o‘laymi, 34 yoshlik Temurni😀
#tavsiya #film
"Sweet November" — 2001-yilda chiqarilgan romantik drama filmi. Filmda Keanu Reeves va Charlize Theron bosh rollarni ijro etadilar. Hikoya, bir-biriga umidsizlik va sevgi orqali bog‘langan ikki inson — Nelson (Keanu Reeves) va Sara (Charlize Theron) o‘rtasidagi munosabatlar haqida.
Sara, har bir oylik davrda yangi insonlar bilan uchrashishni maqsad qilib qo‘yadi va Nelsonni o‘zining noyabr oyidagi "mijoz"i sifatida tanlaydi. Ular bir-birlariga yaqinlashib, hayotlaridagi muammolarni hal qilishga harakat qilishadi. Film romantik va hissiy sahnalar bilan to‘la bo‘lib, sevgi, hayot va o‘zgarishlar haqida chuqur fikr yuritishingiz sabab bo‘lar balki. Men kam film ko‘raman, lekin yaxshi film ko‘raman, unutmang buni)
Maroqli tomosha✨️
#muhim
Amir Temurga ilk bor anal jinsiy aloqa 14 yoshida taklif etilgan. Keyinchalik, umri davomida ham bu hol bir necha bor davom etgan, shuning uchun Temur davlatida bu ish o‘lim bilan yakunlangan do‘stlar, bilarmidingiz)
#qiziq
O‘zi biz o‘zbeklaram chataq bo‘lganmizda😁, 400 ta qiz-a?!
#javob
Sabr qilinglar, birozdan keyin muallif va kitob nomini aytaman, ungacha Xoja Ahror Valiy qanday qilib Ulug‘bek Ko‘ragoniyga o‘lim farmonini chiqarganini o‘ylab turinglar)
#shunchaki
Falastin va G‘azo tarafdorlari uchun post, tarix takrorlanadi)
#xarid #tavsiya
Sentabrda Jek Londonning 10 tomlik saylanmasi, Shohnomaning 70-yillardagi nashri, Usmon Azimning she'riy to‘plami, yangi izohli lug‘at, Zohid Vohidov asarlar to‘plami va Istanbulga borganimda olib kelgan turk va ingliz tilidagi kitoblar: Orhan Pamukning besh kitobi, mifologiya va tasavvuf lug‘atlarini xarid qilgan edim. Oktabrda esa faqat "The Vegetarian"ni olibman)
Aytmoqchi bo‘lganim, ko‘p kitobni Jahongir va Dostondan olar edim, afsuski qandaydir menga noma'lum sababga ko‘ra kanal o‘chib ketibdi. Yangidan ayri-ayri kanal ochishibdi, qo‘shilish esingizdan chiqmasin, men esa noyabrga xarid qilgani "wishlist" yarataman. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
@Xazinalar_ombori
@Jahon_kitoblari_olami
@santuagaraoflibrary
#iqtibos
Tabiat kuchlari ibtidoiy odamga qandaydir yod, sirli, ezuvchi bir narsa boʻlib koʻrinadi. Madaniy xalqlarning hammasi bosib oʻtadigan ma'lum bosqichda ibtidoiy odam tabiat kuchlarini jonlantirib tasavvur qilish yoʻli bilan ularga koʻnikib qoladi. Xuddi ana shunday jonlantirib tasavvur qilishga intilish hamma joyda xudolarni yaratadi.
©Fridirix Engels
#review
🏙"Nyu-York trilogiyasi"🔞
🧓🏻Pol Oster
Dunyoda juda ham kam yozuvchilargina ilk asarlari bilan shuhrat qozonishadi. Bugun mutolasini nihoyasiga yetkazgan kitobim muallifi esa nafaqat ilk ishi bilan dovrug‘ qozongan, balki bu asari orqali butun dunyo adabiyot tizimining yangi, postmodernistik chizgilarini ham yaratib bera olgan. Gap amerikalik adib Pol Oster va uning "Nyu-York trilogiyasi" detektiv romani haqida bormoqda. Asarni men detektiv demagan bo‘lardim, chunki u tom ma'noda falsafiy bir qissadir.
Bobil minorasi haqida eshitgandirsizlar. Qadimda butun bashariyat ko‘kka yetmoqlik uchun inshootni qurishni boshlagan, ulardan kimdir ilohiy kuchga, kimdir esa uning inkoriga va yana kimlardir o‘zlaricha bir nimalarga intilishgan. Lekin minora qulaydi va uchdan bir qismigina saqlanib qoladi. Shu saqlanib qolgan qismning soyasida ham inson zoti uch kun yayov yo‘l yurishi mumkin emish. Gap Bobil minorasining qulashi va Nyu-Yorkning qayta Bobil minorasiga evrilishi to‘g‘risida.
Asar qahramoni katta Stilman, aynan shu ish ustida tajribalar olib boradi, barcha uchun umum bo‘lgan yakka lisonni yaratmoqqa bel bog‘laydi. Lekin postmoderstik hayotning izdihomli ko‘chalari bunga imkon berarmikan? Stilman boshlagan ish Bobil minorasi qulagani singari bo‘lmasmikan? Aynan shunday hayajonli azart kitobxonni asarni ikkinchi qismini o‘qishga ham majbur qiladi. "Sharpalar" kitobida go‘yo biz ro‘y bergan voqealarni ranglar ishtirokida qayta jonlantiramiz, ularga boshqa bir kunjakdan nigoh tashlaymiz. Va...
Asarni o‘qish davomida yuzaga kelgan jamiki savollarimizga uchinchi kitob o‘z javoblarini tutqazadi. Eng tushunarli va tushunarsizlik ham shunda. Asarni o‘qib turib siz atom bombasi portlashidek bir ulug‘ jarayonga guvoh bo‘lmoqlikni istaysiz, ammo yozuvchi shunday jajji harflar ila sizni o‘z jumlalarining labirintidan olib o‘tar ekan, Yason singari Minotavr hamlasidan qutulib qolishingiz hech gap emas.
Asarni miriqib o‘qidim, ayniqsa "Shisha shahar"ni, "Sharpalar"da biroz qiynaldim, lekin "Qulflangan xona" bir xo‘plamdan yutgulik darajada tez o‘qildi. Men Kuinnni ham, Piter Stilman, uning otasi va xotinini ham, Oq, Qora, Moviyni, shu bilan birga Fansho, uning do‘sti, xotini, o‘g‘li Benni ham juda yoqtirib qoldim, biroq asarning haqiqiy qahramoni Pol Oster qalbimdan chuqur joy egalladi, kamida yil kashfiyoti.
Uning boshqa asarlarini ham mutola qilmoq istagi jo‘sh urmoqda. Bunday kitob uchun avvalo ulug‘ nosir Osterga, mohir noshir Ma‘mura opa va iste'dodli mutarjim Mirzohid Muzaffarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va barchaga bu kitobni albatta o‘qib chiqishni tavsiya qilaman. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
P.s: 2024-yil o‘qilgan 31-kitob
#photo_by Santuagara
#eŋpanj
YANGI SAV
"Bookblogerlar jamiyati" a'zolari tomonidan tarjima qilingan eng yaxshi besh asar:
Anna Dostoyevskaya - "Xotiralar". Anna Dostoyevskaya bu asarda o‘z hayoti, oilasi va mashhur zavjasi Fyodor Dostoyevskiy bilan bog‘liq xotirotlarini biz bilan bo‘lishadi. U oilaviy, shaxsiy identitet va Dostoyevskiy merosining ta'siri kabi mavzularni yoritadi. Asar o‘zbek tiliga Nodirabegim Ibrohimova tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon rus, ingliz tillaridan shu paytga qadar Roal Dalning "Mehribon va bahaybat dev", Uinston Grumning "Forrest Gamp" va Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" singari o‘nga yaqin kitoblarni o‘zbek kitobxoniga taqdim etgan.
Sara Jio - "Londondan muhabbat ila". Roman sevgi, umid va o‘tmish bilan bog‘liq hikoyalarni o‘rganadi, Londonda joylashgan va turli qahramonlarning hayotlari orqali o‘zaro aloqalarini va ulardagi hissiyotlarni tasvirlaydi. Asar o‘zbek tiliga Ilhom Salimov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon turk tilidan shu paytga qadar Bahodir Yenishehiro‘g‘lining "Antikvarchi", Asli Sanjarning "Haram" va Zulfu Livanelining "Baliqchi va o‘g‘li" singari yigirmadan ortiq kitoblarni o‘zbek kitobxoniga taqdim etgan.
Nassim Taleb - "Qora oqqush". Kitob kutilmagan voqealar va ularning hayotimizdagi ta'siri haqida. Unda "qora oqqush" atamasi kutilmagan, ammo katta ta'sir ko‘rsatadigan hodisalarni anglatadi.Taleb, bunday hodisalar insoniyat tarixida qanday o‘zgarishlar keltirib chiqarishini va ularga tayyorgarlik ko‘rishning qiyinligini tahlil qiladi. Asar o‘zbek tiliga Nazarbek Nazarov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon rus, ingliz tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Tomas Eriksonning "Atrof to‘la ahmoqlar" kitobini o‘zbek kitobxoniga taqdim etdi.
Tomas Eliot - "Bepusht zamin". XX asr adabiyotining eng muhim va ta'sirchan asarlaridan biridir. Ushbu she'riy asar insoniyatning ma'naviy inqirozi, urush va qashshoqlikdan keyingi hayot, shuningdek, zamonaviy jamiyatdagi ma'nosizlik va iztirob haqida chuqur fikrlarni o‘z ichiga oladi. Asar o‘zbek tiliga Mirzohid Muzaffar tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon ingliz, turk, ispan va rus tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Madlen Millerning "Kirka" va Pol Osterning "Nyu-York trilogiyasi" kitoblarini o‘zbek kitobxoniga taqdim etdi.
Jubron Halil Jubron - "Devona". Kitob inson ruhining chuqur qatlamlarini, erkinlik va sevgi izlanishlarini ifodalaydi. Ushbu asarda Jubron, devona obrazida, jamiyatning odatiy qoidalari va cheklovlariga qarshi chiqadi. Unda hayotning ma'nosi, sevgi, ijod va insonning o‘z-o‘zini anglash jarayonlari haqida chuqur mulohazalar bilan to‘la. Asar o‘zbek tiliga Shohrux Usmonov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon ingliz, rus, xitoy tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Roal Dalning "Mo‘jizaviy barmoq" va Harper Lining "Tasbeh daraxti soyasida" kitoblarini o‘zbek kitobxonlariga taqdim etishi kutilmoqda.
Xo‘sh siz bu asarlarni o‘qiganmisiz, bookblogerlarning tarjimonlik mahoratini qanday baholaysiz, ulardan qanday tarjima asarlarni kutmoqdasiz, sizga qaysi tarjima va tarjimon ko‘proq yoqadi, o‘z fikr, hamda munosabatlaringizni bildirishingiz mumkin. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
🕊/🌚/🏆/❤️/🎃
#yangilik
Kirkaning revyusini ikki bookbloger birga dialog shaklida yozdik, kim deb o‘ylaysiz?