yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Ramazon

Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.

Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.

Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.

Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.

Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.

Orif Tolib

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya


OQAR SUV

Mening orzu-maqsadlarim katta edi. Bugun emas, ertadan boshlayman derdim.
Yillar o‘tdi, erta ham keldi...
Ko‘zguga boqqanimda undan bir mo‘ysafid qarab turardi...

Muzaffar Ikromov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

AYRILIQ

U kechki ovqatni suzmoqchi bo‘lsa, har doim 8 ta qoshiqni dasturxonga qo‘yardi. Bir yildan oshdi, u qo‘yadigan qoshiqlarning soni bittaga kamaygan...

Laylo Sobir qizi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikmat

***
... – yovuzlik, zulm, nohaqlikning tomirini qanday quritish mumkin?
– Faqat marhamat, kechirish, yomonlikni unutish bilan...

Anar. "Ko‘zmunchoq" qissasidan.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***
Qo‘llarimga qizil olov tutqazdi u,
Million yillar sovqotmasam kerak endi.
Ishonchimni yutib, dilin yutqazdi u
Ko‘ksimdagi ko‘ksidagi yurak endi.

Men nomini bilmaydigan ranglar bilan
Siyratimni chizib berdi samolarga.
U kuyladi, ohanglarga aylandim-u
Havolarga singib ketdim, havolarga.

Bir musaffo so‘zlar oqdi ko‘zlarimdan
Bu kuz buncha yashilikka ko‘milgandir
Yanog‘imdan, qarog‘imdan, so‘rog‘imdan
Quyosh uzib olsa bo‘lar tandir - tandir.

Qadamlari qutlug‘midi yo shunchalik
O‘ylarimdan tomirimga ko‘chdi farah.
O‘n sakkiz ming olam bilan jimirladik
Shivirladi qulog‘imga ismini Baxt!

Nozima HABIBULLAYEVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Rashk

Sud zali.
Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman!
Xotin: – Men ajrashaman!
Sudya: – Qaroringiz qat’iymi?
Er-xotin: – Qat’iy!
Ularning nikohi qonun yo‘li bilan bekor qilindi!
Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi.
– Kim u? Erkakning ovozimi? Nega telefon qiladi?
– Bilmadim... O‘zingiz nega sud davomida kotiba qizdan ko‘zingizni uzmadingiz?

Nilufar Sapayeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Eng zerikarli kun

Ko‘cha butkul huvillab qoldi,
Chiqmagansan bugun uyingdan.
Borliq og‘ir xayolga toldi –
Parishondir sening o‘yingda.

Avtobuslar, metro poyezdi
Sudraladi garangsib boshi.
Yer bag‘rini beayov ezdi
Zerikishning zil-zambil toshi.

Daydib yurar ayoz sarg‘arib,
Xira tortgan qunishib quyosh.
Ma’yus turar daraxtlar g‘arib,
Osmon tayyor to‘kmoqqa ko‘zyosh.

Har bir lahza asrlarga teng –
Kalavada qotgan tugunday.
Insoniyat tarixida eng
Zerikarli kun o‘tdi shunday.

Azizbek ANVAR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Chorlov

Mironshoh Nurmatov “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olibi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

Derazangni chertganida yomg‘ir-u shamol

Derazangni chertganida yomg‘iru shamol,
Meni yodga olurmisan, ey yolg‘iz ayol.
Uzun tunlar qiynaganda cheki yo‘q xayol,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

To‘kilganda dardim kabi bargu xazonlar,
Ko‘z oldingni to‘sganida qora to‘zonlar,
Sog‘inchingni yashirolmay subhi azonlar,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Qizarganda shaftolining oq g‘unchalari,
Bog‘chalarda sarg‘ayganda kuz chechaklari,
Kuz shomlari, yoz tunlari, qish kechalari,
Meni yodga olurmisan, ey yolg‘iz ayol?!

Derazangni chertganida yomg‘iru shamol,
Og‘ushiga olganida cheki yo‘q xayol,
Sochlaringdan sirg‘alarkan qirmizi ro‘mol,
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Yodlaringga olurmisan sirli damlarni,
Yodlaringga olurmisan shirin g‘amlarni,
Yoqib qo‘yib tun qo‘ynida yoki shamlarni
Meni yodga olurmisan, ey go‘zal ayol?!

Xurshid Davron

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

ORZU

Orzu, yetolmading manzilga hanuz,
Hali bahorgacha biroz muddat bor.
Dalalar uyqisin oshirib tag‘in,
Erta-indin yog‘ar yana laylak qor.

Sovuq tunlar dilbar xayol qo‘ynida,
Nolalar qilgandi mahzun shoir ham.
Orzu, sen yurishdan to‘xtama sira,
Shahdam qadam tashla oldinga har dam.

To‘xtama, charchagan saboting “dam ol”,
Deya yalinsa ham ko‘zini yoshlab.
Tengsiz jonbozliging shunda egangga,
Bir kuni bahorni keladi boshlab.

✍🏻Yaxshilik SHUHRAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

“Qachon she’r yozaman?”

Ijodkor ahlini eng ko‘p o‘ylantiradigan muammolar Nosirjonga ham begona emas, ya’ni, mol-davlating ko‘-o‘p bo‘lsa-yu, tiq etgan shovqin kirmaydigan salqingina xonaga kirvolib, kechayu kunduz ijod qilsang. U shu orzusini amalga oshirish uchun o‘ttiz uch yoshigacha ketmon chopib, dehqonchilik qiladi. Lekin, boyib ketmaydi, ochdan o‘lmaydi. Orzusi amalga oshavermagach, bir kuni ustozi Abdulla Sherga maslahat soladi:
– Ustoz, shu yaxshigina bir uy-joyim bo‘lsa, qo‘rada yigirma-o‘ttizta mol-qo‘yim, ana boringki, bankda juda ko‘p bo‘lmasa ham, ro‘zg‘orni tebratishga yetadigan, “bolalab”, o‘z-o‘zidan ko‘payib yotadigan picha pulim bo‘lsa, ana undan keyin yotvolib faqat she’r yozardim... Negadir sira o‘xshamayapti-da...
– Hozir necha yoshdasan? – so‘raydi ustozi.
– O‘ttiz uchda.
– Sen aytayotgan sharoit shoirlarning bir umrlik orzusi-ku.
– Unda qachon she’r yozaman?..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mitti_hikoya


Yolg‘izlik

Ayol uyg‘oniboq soatga qaradi: «yana kech qoladigan bo‘ldim». O‘zini koyigancha apil-tapil nonushta qildi, bekat tomon shoshildi. Shaharda mashinalar qatnovi siyrak, bekatda ham odam yo‘q edi. Ayol birdan bugun yakshanba − dam olish kuni ekanini esladi.
Avvaliga o‘z ustidan obdon kuldi, so‘ngra ma’yuslandi, ko‘zlari yoshga to‘ldi.

Oqil To‘raqul

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Ilhom parisi qachon keladi?

Shoir Ikrom Otamurod va Nosirjon Toshmatov sirdaryolik shoir Rustam Eminning taklifiga ko‘ra Guliston shahridagi kollejlardan biriga ijodiy uchrashuvga borishadi. Uchrashuvning she’rxonlik qismi tugagach, navbat savol-javobga keladi. Ma’lumki, ayni balog‘at yoshidagi yigit-qizlarni shoirlarning she’rlaridan ham ko‘ra, shaxsiy hayotlari, ilk muhabbatlari, sevgi haqidagi she’rlarining yozilish tarixi ko‘proq qiziqtiradi. Shu kabi savollar avj pallasiga kirganida, o‘quvchilardan biri har uchchala shoirga “Ilhom parisi sizni qachon yo‘qlaydi?” deya savol beradi. Bu savolga dastlab Ikromjon va Rustam Eminlar javob qaytarishadi. Nosirjonning javobi o‘ziga xos bo‘ladi:
– Ilhom parisi kennoyingiz uyda yo‘qligida keladi...

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tuhfa

“Yoshlik” jurnali shoira Guljamol Asqarovani tavallud kuni bilan tabriklaydi! Ozodlikday bitta ozod so‘z tilaymiz!

"Yoshlik" 1999-yil 5-son

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

***
Yomg‘ir suvini ich, qorga cho‘zil-yot,
Zaminni sog‘inib suvsirar tana.
Stol ustin to‘zit, qog‘ozlarni yoy,
Ruhingni tartiblar, tartibsiz xona.

O‘yna. Quvna mayli, xohla faryod chek, –
Yurak o‘z o‘qidan chiqib ketsin, – kul.
Osmonni quchoqla, qo‘yib yubormay,
Qanotga aylansin vujuding butkul.

Va ko‘zingni och-u, chuqur nafas ol,
Bir qultum suv bilan o‘tmishingni yut.
Samoviy parvozing esla, yodga sol,
Shu his bilan yasha, qolganin unut.

Ruhingni iplarin qo‘yib yubor bas...

Saloydinova Mahliyo

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#fikr_mulohaza

Hozir bizda shunday jarayon ketyapti: istiqlol bergan erkinlik tufayli milliy adabiyotimiz daryosi to‘lib-toshib oqyapti, bu oqimda xas-xashaklar, ko‘pig-u quyqalar behisob. Didli kitobxon hafsalasini pir qiladigan xashaki “ijod namunalari” bilan barobar, gavharga arzigulik badiiy topilmalar ham yo‘q emas.

Umarali Normatov

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Alpomish

To‘rt tomonga qochib ketar vaqt,
To‘rt tomondan siqib kelar choh.
Bilmam, qayda qolib ketgan baxt,
Bilmam, qaydan topib kelar oh.

Oyog‘imdan past kelgan botqoq
Bugun hatto boshimdan oshdi.
Bor vujudim taslim bo‘lgan chog‘,
Bir yuragim yuksakka shoshdi.

Umidlarim bir-bir uzilgan,
Tavbaning ham yo‘qdir keragi.
Ilinj bilan ko‘kka cho‘zilgan
Qo‘llarimda titrar yuragim.

Achchiq-achchiq so‘zlar chordevor,
Tishim o‘tmas saboqlariga.
Bu yurakning yetmog‘i dushvor
Cho‘loq g‘ozning oyoqlariga.

Yetti yillab zulmatda yotdim,
Bir uchqunlik hayot ber, Xudo.
Yuragimni yuksakka otdim,
Yuragimga qanot ber, Xudo!


Elbek ERKIN


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Iqror

***
"Haqiqat bizni o‘ldirmasligi uchun bizga san'at berilgan".

Fridirix NITShE

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kun_hikmati

BUGUNNING OTASI

Ishdan charchab qaytgan ota uyga kelib ko‘rpachaga cho‘kdi-yu, qadrdon telefonidagi “ijtimoiy ummon”ga kallasi bilan sho‘ng‘idi.
Atrofidagi allaqanday shovqinlarga e’tibor bermasdi. “Ummon”dagi o‘rtoqlarining hazillari, rasmlar, videolar, eh! Bu olamning qiziqdan-qiziq hikoya-yu, latifalari...
Birdan katta falokat ro‘y berdi. Telefonning quvvati tugadi. Qarasa, xalaqit berayotgan shovqin dasturxon tuzatib, undan hol-ahvol so‘rayotgan xotini-yu, telefon tutib turgan otaning rasmini o‘zicha chizayotgan jajji qizalog‘i ekan.

Zarnigor YORMURODOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Nе’mat

Ramazon – mashaqqat, sinovlar oyi,
O‘ttiz qorong‘u kun, o‘ttiz yorug‘ tun.
Tonglar nasib etdi toza havoyu
Bulbulning ovozin saharlik uchun.

Achchiq so‘z chiqmaydur – yopiqdir og‘zim,
Birovga qadalib tikilmoq tamom.
Ko‘ngil to‘q, ruh yengil.
Xushbaxtman o‘zim –
Gul isin iftorlik uchun berdi shom.

Behzod Fazliddin

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

“Tajohilul orif” – Barcha jonkuyar ustozlarga bagʻishlanadi

Video Oyina.uz sayti tomonidan sunʼiy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlandi.

Sheʼr muallifi: Bobur Elmurod


Videoni 4K sifatda koʻrish:
https://www.youtube.com/watch?v=Y7yNOO9MlqI

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Bulut sepib turar suv oftobada –
Uch kunlik kelinday yaltirab tusi,
Eng shirin hislarga tutgancha badan,
Shahar qilib olar tonggacha g‘usl.

U nozik qaltirab, ohis, mastona
Chayib olar ekan nozik tanini
Men oyna ortidan lablarim qonab
Kuzatdim Toshkentning cho‘milganini.

Derazani ochsam ehtiros – tashim,
O‘n olti yashardek qayta suyundim.
Men uxlayolmadim. Shahar tezlashib,
Hech kim uyg‘onmasdan burun kiyindi.

Endi to‘qson kunlik bahoriy chilla
Va shuncha kezadi namiqqan tuyg‘u.
Ko‘pirgan bulutlar tuyqus shitirlab
Oynaning ortiga bermaydi uyqu.

Islom Ali

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***
Bahorim, bog‘larda kulavermasdan,
Kelib, bag‘rimda ham bir jilmayib qo‘y.
Zora seningdagi hayot nafasdan
Ko'nglim erib, yana ishqlar cho'zsa bo‘y.

Tog‘-u toshlarni qo‘y, qir-adirni ham
Kel, o'zimga kelgin — ko‘ksimda lola.
Sinfdoshni sevgan damga bo'l malham:
U turmush yoshida, men hali bola...

Ariq bo‘ylariga burkayvermay gul,
Purkayver kul bo‘lay qancha tafting bor.
Kimniki suysam bas, kuyganman nuqul
Kulganmas hech taqdir, menga baxt yubor.

Ko‘kragimga tegsin shamollaring-ay,
O‘ksima, gar bo‘lsa yomg‘irlar yoshing.
Taftidan lahzada parlanib ketgay,
Ko‘ksima qo‘ysang bas hu osmon boshing.

Bahorim, bog‘larda kulavermasdan,
Kelib, bag‘rimda ham bir jilmayib qo‘y...

Shukur LATIF

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tilak

Abdul Aziz:

Ayol – bu mehribon onaizor!
Ayol – bu dardkash singil!
Ayol – bu sevikli yor!
Ayol – muqaddas xilqat!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

***
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog‘ingga to‘l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o‘girib, sho‘r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Talpinasan astagina va qo‘yasan bosh,
Mingyillikdir ko‘zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o‘ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Halima Xudoyberdiyeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bildirgi

O‘ZBEK YOZUVCHI VA SHOIRLARNING TELEGRAMDAGI KANALLARI RO‘YXATI:

Abdulaziz Ahmad - @Ijoddardi
Aziz Nur - @dilistoon
Aziz Said - @vaqt_manzili
Alisher Fayzullayev - @perezagruzka_2021
Aliya Temuriyzoda - @UmidimSendan
Anvar Botir - @Seningdirman
Arjumandbegim - @Arjumandbegim
A’zam O‘ktam - @Azam_Uktam_ijodi
A’zam Obid - @adabiykoprik
Ahmad Ali Muhammad - @ahmadalimuhammad
Baxtiniso Mahmudova - @baxtiniso
Bashorat Otajonova - @Bashorat_Otajonova
Behzod Fazliddin - @Behzod_Fazliddin
Bobur Elmurod - @Bobur_Elmurod
Guljamol Asqarova - @Guljamol_Asqarova
Guli Nigor Avazova - @guliinigor
Gulnoz Mo‘minova - @dil_siniqlari
Gulrux Xudoyorova - @Gulrux_Xudoyorova_ijodi
Go‘zal Ro‘ziyeva - @anordonalari_uz
Dadaxon Muhammadiev - @dadaxonmuhammadiy
Dilmurod Do‘st - @Dil_Dost
Dilobar Asliddin qizi - @dil_undovi
Dilora Xoliqova - @Aytolmagan_dilim
Erkin A’zam - @e_azam
Javlon Jovliyev - @javlonjovliyev
Jontemir - @Jontemir_t
Jumanazar Yo‘ldosh - @Jumanazar_Yuldash
Zulxumor Orifjonova - @zulxumor_orifjonova
Ikrom Iskandar - @Ikrom_Iskandar_ijodi
Iroda Umarova - @GarashaliKungil
Iroda Xolbekova - @gullayotganyurak
Iqbol Mirzo - @Iqbol_Mirzo_ijodi
Kumush O‘sarova - @kumushOYingiz
Kumush Abdusalomova - @kumush_abdusalomova
Kumushbibi - @Kumush_esse_hikoya
Laylo Sobir qizi - @meningquyoshlidunyoyim
Lobar Xayrullaeva - @xayrliuz
Madina Norchayeva - @Madina_Norchayeva
Manzura Abdullayeva - @sayhunqizi
Mansur Jumayev - @Mansur_Jumayev
Mastura Bo‘riyeva - @NasrNazmNavo
Matnazar Abdulhakim - @M_Abdulhakim
Mahliyo Umurzoqova - @mahliyoxon_umurzoqova
Mehrinoz Abbosova - @abbosova_mehrinoz
Mirzo Kenjabek - @mirzo_kenjabek
Mirzohid Muzaffar - @Bobil_kutubxonasi
Mohira Eshpo‘latova - @Odamlar_orasidan
Mufarrida - @Mufarridaa
Muhammad Siddiq - @Muhammad_Siddiq
Navro‘za - @navroza_m
Najmiddin Ermatov - @Najmiddin_ERMATOV
Nargiza Asadova - @Nargiza_Asad
Nargiza Odinayeva - @Nargiza_Odinayeva_ijodi
Nasrullo Ergash - @xayol_soyasi
Nafisa Omon - @nafisaomon
Nigora G‘aniyeva - @shunchaki_kayfiyat_uchun
Niyatullo Elbek- @Qalb_yoli
Nodira Nazar - @nodiranazar
Nodirabegim Ibrohimova - @mittihaqiqatlar
Nozima Xabibullaeva - @Nozima_Habibullayeva
Nosirjon Jo‘rayev - @Nosirjon_Jorayev
Nuriddin Ziyo - @ijoduyi
Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi - @NURIYAXONIM_UZ
Orif Tolib - @oriftolib
Otabek Bakirov - @otabekbaxtiyor
Parizoda Ro‘ziboyeva - @parizodaruziboyeva
Raxshona Ahmedova - @kitobxonam
Rahmat Bobojon - @Rahmat_Bobojon
Rustam Mirvohid - @Rustam_MIRVOKHID
Sevara Alijonova - @Sevaraalijonova
Sitorabonu Shomurodova - @sitorabonu_audiolar
Suhrob Ziyo - @suhrob_ziyo1
Tillaniso - @tillanisoen
Usmon Azim - @usmon_azim
Farida Afro‘z - @Farida_Afroz
Farhod Eshon - @literaman
Feruza Xayrullayeva - @FeruzaXayrullayeva
Xosiyat Rustamova - @xosiyat_rustamova
Xurshid Abdurashid - @xurshidabdurashid
Xushnudbek - @Xushnudbek_kutubxonasi
Chori Avaz - @choriavaz
Cho‘lpon Ergash - @Cholpon_Ergash
Shahzod Karimov - @Sheyxzod_ijod
Shahzod Ergashaliyev - @ilhomlar
Shahriyor Shavkat - @shahriyor_shavkat
Sherzod Komil Xalil - @Sherzodkomilkhalil
Shodmonqul Salom - @Shodmonqul_SALOM
Shohrux Usmonov - @sheriston
Shohsanam Nishonova - @Shohsanam_Nishonova
Shuhrat Orif - @shomuz
Ezo Ismatova - @Sarvarovna
E’zoza Obidjonova - @ezoza_obidjonova
Yulduz O‘rmonova - @yulduz_ormanova
Halima Xudoyberdiyeva - @Halima_Xudoyberdiyeva_ijodi

@yozuvchiuz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bu dil-ki, lahzalar yonib bormoqda,
G‘amimdan g‘am dardi qonib bormoqda,
Ishqimni tuproqdan olib bormoqda,
Nechun yig‘layursan, ey shirin azob.

Ishq deya Haq tomon boqib o‘tdilar,
Bir go‘zal termulib oqib o‘tdilar,
Oshiqlar ruhimni yoqib o‘tdilar,
Nechun yig‘layursan, ey shirin azob.

Ey ruhi osmonim, jismimda jonim,
Nur hilol yo‘llagan, ko‘kdagi mohim,
Qachon tinch bo‘larkan bu o‘tli ohim,
Nechun yig‘layursan, ey shirin azob.


Xayrulla XOLTO‘RAYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

* * *
Anhor labida juft-juft soyalar,
Jilmayib o‘taman ko‘z qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.

Yo‘q-yo‘q, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq o‘tida mast.
Men bunday damlarni yo‘lga termulib,
Intizor o‘tkazdim har on, har nafas.

Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qo‘liga,
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tunu kun qaradim yorning yo‘liga.

Hali begonaydik ajralishganda,
Ko‘rishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.

Saida Zunnunova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал