⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli”da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti burchagidan videolavha.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI
2024 yil 18 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori N.F. Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining institut bosqichi bahorgi mavsumining to'rtinchi tur o'yini o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda institut talabalaridan iborat jami 28 ta jamoa qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.
"Zakovat" intellektual o'yinning mazkur turi natijalariga ko'ra "Katta og'a", "Liderlar", "Intellektual" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib ushbu oʻyinda eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich
⚡️СТУДЕНТЫ ИЗ КАЗАХСТАНА ПРОШЛИ ОБУЧЕНИЕ В ТАШПМИ
В рамках успешной реализации договора о сотрудничестве между Ташкентским педиатрическим институтом и Медицинским университетом Караганды (Казахстан) и с целью развития программы академической мобильности группа студентов 5-го курса, обучающихся по программе «Общая Медицина» НАО «Медицинский университет Караганда» прошли обучение в Ташкентском педиатрическом медицинском институте.
Обучение будущих специалистов проходило в период с 8 по 19 апреля 2024 года на кафедре Внутренние болезни, нефрологии и гемодиализа.
В течении обучающего периода студентами были прослушаны современные лекции, проведены практические занятия с применением интерактивных методов обучения, симуляционные тренинги, а также студенты активно участвовали на курации пациентов в отделениях и на операциях.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
⚡️TOSHPTI OLIMLARI ITALIYADA XALQARO KONGRЕSSDA ISHTIROK ETMOQDA
2024 yil 17-20 aprel kunlari Italiyaning Napoli shaxrida Yevropa Bolalar urologlari jamiyatining (ESPU) 34 kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu kongressda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Akmal Raxmatullayev, Urologiya, bolalar urologiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Saidanvar Agzamxodjayev va kafedra xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida ko‘zda tutilgan maqsad nafaqat amalga oshirilayotgan amaliyotlar borasida ma’ruzalar bilan qatnashish, balki O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan va o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bolalar urologiyasi sohasini yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida bajarilayotgan barcha yuqori texnologik amaliyotlarning bajarilishini o‘rganish va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, hududiy mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
⚡️DIQQAT YANGILIK
Bugun 19-aprel soat 20:00 da kanalimiz orqali Ovozli chat boʻlib oʻtadi.
Unda siz institutimizda talabalar uchun ajratilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, talabalar portfoliosi, ta'lim tizimida boʻlayotgan jarayonlar
va boshqa koʻplab oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin .
Ovozli chatimizda spiker sifatida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi - O'zbekiston yoshlar ittifoqining institudagi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi Abidov Xasanxo'ja Alisherovich hamda Institutimiz Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari ishtirok etadi.
_
⚡️ВНИМАНИЕ НОВОСТЬ
Сегодня 19 апреля, в 20:00 на нашем канале пройдёт Аудио-подкаст
Во время подкаста будут затронуты темы Материального Поощрения Студентов, Портфолио студентов ТашПМИ, процессы происходящие в системе образования. Кроме того вы сможете получить ответы на многие другие вопросы, которые вас интересуют.
Спикером нашего Аудио-подкаста является Советник ректора по вопросам молодёжной политики — Лидер первичной организации Союза молодёжи Узбекистана в институте Абидов Хасанходжа Алишерович, при участии Координаторов Союза Молодежи.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
TOSHPTI XON-ATLAS FESTIVALIDA ISHTIROK ETDI
2024-yil 17-aprel kuni "O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish" maqsadida Xon-atlas festivali bo’lib o’tdi.
Unda institutning xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari va talaba-qizlar faol ishtirok etildilar.
Milliy liboslar xalqning asriy anʼanalarini mujassam va tarannum etgan muhim vosita hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda oʻz ifodasini topib kelayotgani bilan yanada qadrli va ahamiyatlidir.
@tashpmi_yoshlar
@tashpmi_press
🎯 GOOOOOL
🌏 Osiyo kubogi U-23 | 1-tur
🇺🇿 O'zbekiston 1:0 Malayziya 🇲🇾
⚽️ Gol: Jasurbek 11 (p)
📺 @Futbol_tv rasmiy sahifasi
#so‘ragan_edingiz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik ta’til olish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing.
00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?
🎞HD variantda ko‘rish
👉Matn shaklida o‘qish
Bizni kuzating
⚡️TALABALARNI MODDIY RAG’BATLANTIRISH UCHUN TANLOV E'LON QILINDI
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2023/2024 o'quv yilining 1-chi semestri natijalariga ko'ra talabalarni moddiy rag'batlantirish uchun tanlov e'lon qiladi.
Eslatib oʻtamiz, “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasi ishga tushirilgandan beri talabalarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi toʻliq elektron formatga oʻtkazildi. Endilikda o‘z yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirish yoki belgilangan qoidalarga muvofiq moddiy yordam olishni xohlovchi talabalar ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va o'z yutuqlari to'g'risidagi tegishli hujjatlarni yuklashlari hamda ularni yangilab turishlari lozim bo'ladi.
Talabalarni rag‘batlantirish uchun hujjatlarni yuklashning muddati 2024-yil 25 aprelgacha.
Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz, quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz lozim:
1. “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasida ro‘yxatga olishning barcha bosqichlaridan o‘ting va shaxsiy akkauntingizni oching;
2. Shaxsiy akkauntingizdagi rag'batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarni o’rganib chiqing;
3. Shaxsiy akkauntingizdan foydalangan holda, 2023/2024 o‘quv yilining 1-chi semestridagi faoliyatingiz natijalariga ko‘ra moddiy rag'batlantirish olish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning elektron shakllarini (sertifikatlar, diplomlar, maqolalar, tezislar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) rag'batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarga muvofiq yuklang (PDF formatida imzolangan va muhrlangan holda);
Yuklangan hujjatlarning nomlari quyidagi tamoyilga muvofiq yozilishi lozim:
F.I.Sh._hujjat shakli_berilganligi sababi
Misollar:
– diplom – Abdullayev A.A._diplom_1-oʻrin_xalqaro olimpiada
– sertifikat – Abdullayev A.A._sertifikat_IELTS_7.0
- Maqola - Abdullayev A.A._maqola_xorijiy_OAK
– Tezis – Abdullayev A.A._tezis_xalqaro konferensiya
Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.
MUHIM! Har semestr va o‘quv yili yakunida platformada institutning TOP-50 eng muvaffaqiyatli talabalarining ochiq ro‘yxati shakllantirilib, institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.
Ushbu platformadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “ToshPTI talabalar portfoliosi” elektron platformasidan foydalanish boʻyicha video yo'riqnomalar tayyorlandi, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://cloud.tashpmi.uz/s/TYDiXLpZqdy3s3g
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
📣 📣 📣 Chorshanba 17.04.2024
"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ⚽️ Mini futbol turi bo'cha 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
⚠️ Talablar
Jamoalar bir xil rangdagi sport formasida bo'lishlari talab qilinadi.
Jamoalar o'z vaqtida kelishlar shart, o'z vaqtida kelmagan jamoalarga mag'lubiyat yoziladi.
▶️⌛️⌛️da Institut sport zalida bo'lib o'tadi
📣 📣📣 Dushanba kuni (15.04.20024)
"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining 🏓 Stol tennis turi bo'cha 4-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarni o'z vaqtida kelishlarini talab qilinadi.
O'z vaqtida kelmagan ishtirokchilarga mag'lubiyat yoziladi.
Bugun “Zakovat”da FINAL
Soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi 2024-yil bahorgi mavsumining final o‘yinida ishtirok etadi.
Tomosha qilish qattiq tavsiya qilinadi :)
Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga, soat 22:10 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
Anjuman Axborot xati
_
Информационное письмо конференции
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⏺🟥🟥🟥 #tavallud_kun
🔻 Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi!
🟡 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz. Bu yil, buyuk davlat arbobi o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.
🇺🇿 Mamlakatimizda harbiy vatanparlik yo’nalishidagi tanlov va musobaqalar Temur bobomizning nomi ila atalishi ham biz yoshlar uchun faxr tuyg’usini beradi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turadi.
✈️Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov boshchiligida institut professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Ma'naviy-ma'rifiy tafbirda folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etib, gʻazal, sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar aytib, adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini namoyon etuvchi koʻrgazmalar tashkil etilgan.
Shuningdek, sayilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahridagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari, Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li (Berdaq)ning hayoti va ijodini targ‘ib qiladigan materiallar, sahna-ko'rinishlar va adibning ijodidan parchalar o'qib eshittirilmoqda.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan burchak ko'plab tadbir ishtirokchilarining qiziqishini uyg'otmoqda va e'tiborini tortmoqda.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA
“BREYN RING ” INTELLEKTUAL TURNIRI O'TKAZILDI
2024 yil 16 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti "Talabalar Bahori" festival doirasida, Intellektual loyihalar koordinatori N.F.Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Breyn Ring" intellektual turniri o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda 20 ta institut talabalaridan iborat jamoalar qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.
"Breyn Ring" intellektual turnir natijalariga ko'ra:
"Katta og'a", "Intellektual", "Pentagon" va "Primus" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich
⚡️УЧЕНЫЕ ТАШПМИ ПРИНИМАЮТ УЧАСТИЕ В МЕЖДУНАРОДНОМ КОНГРЕССЕ В ИТАЛИИ
С 17 по 20 апреля 2024 года в Италии, в городе Неаполе проходит 34-й конгресс Европейского Общества детских урологов (ESPU).
На этом конгрессе заведующий кафедрой факультетской детской хирургии Ташкентского педиатрического медицинского института, д.м.н. Акмал Рахматуллаев, заведующий кафедрой урологии, детской урологии, д.м.н. Сайданвар Агзамходжаев и сотрудники кафедры выступают с лекциями.
Целью визита является выступление на конгрессе о результатах проводимых практических работ, а также дальнейшее развитие службы детской урологии Узбекистана, изучение и внедрение в практику всех высокотехнологичных и передовых мировых практик на территории Республики Узбекистан, подготовке и переподготовке региональных специалистов.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a'zolari - yo'nalish va fakultet koordinatorlari bilan tanishing:
Rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi - institut Yoshlar yetakchisi:
Abidov Xasanxodja Alisherovich - Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi assistenti.
Telefon: +998909149966
@khasanabidov
Intellektual loyihalar koordinatori:
Norqo'ziyeva Fotima Ne'matullo qizi - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 505-1P-guruhi talabasi.
Telefon: +998933061881
@tanimiysiz_baribir
Besh tashabbus loyihalari koordinatori:
Sidiqjonova Muattar Farhodjon qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi talabasi.
Telefon: +998934949574
@sidiqjonovamuattar
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori:
Abdugʻaniyev Fazliddin Muhiddin oʻgʻli - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 320-1P-guruhi talabasi.
Telefon : +998931234578
@fazliddin_muxiddinovich
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori:
Matkarimov Bekmurod Bardimurotovich - Tibbiy-pedagokika va davolash fakultetining 401-DI-guruhi talabasi.
Telefon: +998979297555
@drMatkarimov
"Yoshlar daftari" va Metsenatlik dasturi koordinatori:
Abdulaxatov Abror Oʻrazali oʻgʻli - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 312-1P-guruhi tabalasi.
Telefon: +998901066618
@Abdulakhatov_11
Talaba qizlar koordinatori:
Nabiyeva Zuxraxon Ibrohim qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi tabalasi.
Telefon: +998946865586
@nabiyeva_zuxraxon
1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti koordinatori:
Isomiddinov Alijon Olimjon o'g'li - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 514-1P-guruhi talabasi.
Telefon: +998911342828
@isomiddinovalijon
2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti koordinatori:
Badriddinov Fazliddin Madaminxon o'g'li - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 410-2P-guruhi talabasi.
Telefon: +998901199601
@Badriddinov
Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti koordinatori:
Bo’riboyeva Sangina Akrom qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi tabalasi.
Telefon: +998931045422
@saanginak
Oliy hamshiralik ishi yo'nalishi koordinatori:
Pazilova Iroda Muzaffar qizi - Oliy malakali hamshira fakultetining 202-OHI-guruhi talabasi.
Telefon: +998935601501
@withloveiroda
Magistratura koordinatori:
Hamdamov Javlonbek Baxtiyor o’g’li - Magistraturaning "Otorinolaringologiya" mutaxassisligi bo'ycha 2-bosqich talabasi.
Telefon: +998915080404
@JavlonKhamdamov
@tashpmi_press 🤩
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
TOSHPTIDA AYOL-XODIMLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2024-yil 15-aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xotin-qizlar Maslahat Kengashi a'zolari va psixolog ishtirokida xodimlar uchun davra suhbati o'tkazildi.
Yig'ilishning maqsadi,ayni damda ayollarni qiynayotgan savollari, muammolarini atroflicha o'rganish, yechim topishdan iborat bo'ldi.
Uchrashuvda ayol xodimlar uchun tibbiy ko'riklarni tashkil etish, jumladan nefrolog va boshqa mutaxassislar konsultasiyalarini tashkil etish taklifi bildirildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “KIMYO”, “BIOLOGIYA”, “FIZIKA” HAMDA “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANLARIDAN O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI
Oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun joriy yilning 1-10-iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2024-yil 1-10-iyun kunlari o‘tkaziladi.
Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:
🔹"Kimyo" fani bo‘yicha – Toshkent kimyo texnologiya instituti;
🔹"Fizika" va "Biologiya" fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
🔹"Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
❗️Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy
sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.
☝️Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari mumkin.
☝️Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️ "MEN UMRIMNI SHU XALQQA TIKKANMAN!"
Xudo menga sogʻlik berib, umr bersa, bizda kambagʻallik va ishsizlik boʻlmaydi. Nimaga desangiz, bunga men 7 yil umrimni tikdim. Tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli boʻlsin, nevaralari sogʻlom tugʻilsin, maktabi ishlasin, yoʻllari ravon boʻlsin deb ishga keldim.
📣 📣 📣 17-Aprel Chorshanba kuni "Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ♟Shaxmat va shashka turi bo'cha o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarni o'z vaqtida kelishlarini talab qilinadi.
O'z vaqtida kelmagan ishtirokchilarga mag'lubiyat yoziladi.
⚡️ОБЪЯВЛЕН КОНКУРС ДЛЯ МАТЕРИАЛЬНОГО ПООЩРЕНИЯ СТУДЕНТОВ
Ташкентский педиатрический медицинский институт объявляет конкурс для материального поощрения по итогам 1-го семестра 2023/2024 учебного года.
Напомним, что с момента запуска электронной платформе "Портфолио студента ТашПМИ" система материального поощрения студентов полностью переходит в электронный формат. Теперь, студентам, желающим получить материальное поощрение за собственные достижения или материальную помощь по установленным правилам, необходимо пройти регистрацию и загрузить, а в последующем и обновлять на платформе соответствующие подтверждающие документы.
Срок подачи заявок для поощрения студентов – до 25 апреля 2024 года.
Если Вы желаете получить поощрение от института в виде надбавки к стипендии, Вам необходимо:
1. Пройти все этапы регистрации и открыть аккаунт на электронной платформе "Портфолио студента ТашПМИ" по ссылке - https://sp.tashpmi.uz;
2. Изучить соты по направлениям критерий поощрения в личном аккаунте;
3. При помощи личного аккаунта загрузить электронные формы документов, которые являются основанием для получения надбавки к стипендии по итогам деятельности за 1-й семестр 2023/2024 учебного года (сертификаты, дипломы, статьи, тезисы и другие подтверждающие документы) согласно сотам по направлениям критерий поощрения (в подписанном и заверенном печатью виде в формате PDF);
Названия загружаемых файлов должны быть написаны по следующему принципу:
Ф.И.О._форма документа_причина получения
Примеры:
— диплом — Абдуллаев А.А._диплом_1 место_международная олимпиада
— сертифкат — Абдуллаев А.А._сертификат_IELTS_7,0
— Статья — Абдуллаев А.А._статья_зарубежная_ВАК
— Тезис — Абдуллаев А.А._тезис_международная конференция
Примечание: * — при подаче документов студент несёт личную ответственность за подлинность информации и заявленных документов. При фальсификации информации и/или документов результаты отбора будут аннулированы и будут применены меры наказания по отношению к студенту в соответствии с установленным законодательством.
ВАЖНО! По итогам каждого семестра и учебного года на платформе будет формироваться открытый список ТОП-50 лучших студентов института, которые будут поощряться руководством института ценными призами.
С целью облегчения пользования данной платформой были подготовлены видеоинструкции по пользованию электронной платформой "Портфолио студента ТашПМИ", ознакомиться с которыми можно пройдя по ссылке ниже:
https://cloud.tashpmi.uz/s/TYDiXLpZqdy3s3g
За дополнительной информацией можно обратиться в первичную организацию Союза молодежи Узбекистана в институте, заместителям деканов и тьюторам факультетов.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
Qadrli yoshlar, endi kitob o'qib sovg'asiga elektromobil yutib olishingiz mumkin!
“Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etayotganini ma'lum qilamiz. Endilikda, barcha adabiyotlarni siz nafaqat elektron shaklda o'qishingiz balki “Mutolaa” ilovasi orqali audioshaklda ham tinglashingiz mumkin. Final g‘oliblariga esa Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi.
🤝Imkoniyatdan samarali foydalanib hoziroq @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
😊 “Mutolaa” ilovasini yuklab olish:
Play Market | App Store
SMM maktabda dars o‘tish uchun o‘qituvchilar qidirilmoqda. Oylik 10-15 mln so‘m!
Quyidagi asosiy talablar mavjud:
- Toshkent shahrida yashash va ofisga kelib ishlay olish;
- SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Sohaning nazariyasi va amaliyotini chuqur tushunish;
- Xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
- Talabalar ham ishga olinadi, faqat bu yil o‘qishni tamomlaydigan, bitiruvchi kurs bo‘lishlari lozim.
Qanday imkoniyatlar taklif etiladi?
- Doimiy ish;
- O‘rtacha 10-15 mln so‘m oylik-maosh;
- Shinam ofis va ahil jamoa;
- O‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar.
Ish vaqti har kuni 8 soatni tashkil etadi (ertalabdan kechgacha). Shoshiling, vakant joylar soni cheklangan. Nomzodlar quyidagi link orqali ariza yuborishlari mumkin.
Ariza yuborish uchun: https://forms.gle/G31Dv6YwnCe8hJn47
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️TOSHPTIDA TALABALAR ILMIY JAMIYATINING ILMIY ANJUMANI BO'LIB O'TADI
Hurmatli tibbiyot OTMlari talabalari!
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti barchangizni Talabalar ilmiy jamiyatining “Bugungi kun ilmiy izlanishlari yoshlar nigohida - 2024” mavzusıda Xalqaro ishtirok bilan 52-Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanning asosiy yo'nalishlari:
• Klinik fanlar
• Tibbiy-profilaktik fanlar
• Ijtimoiy-gumanitar fanlar
• Biologik va fundamental fanlar
O'tkazish sanasi: 2024-yil 10-may.
O'tkazish shakli: gibrid (oflayn va onlayn).
O'tkazish joyi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bog'ishamol ko'chasi, 223-uy, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Anjumanda ishtirok etish shakllari:
- ma'ruza (10-12 ta slayd) – 6 daqiqa;
- poster ma'ruza (1 ta slayd) – 6 daqiqa;
- tezisni chop etish (bitta muallif 2 ta tezis bilan ishtirok eta oladi).
Dokladlar/poster dokaldlar 2024-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi.
Tezislar 2024-yil 5-mayga qadar qabul qilinadi.
Anjuman qatnashchilari uchun "Eng yaxshi ma'ruza", "Eng yaxshi poster ma'ruza", "Eng yaxshi poster tezis" nominatsiyalari bo'yicha tanlovlar o'tkaziladi.
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang - anjumanda faol ishtirok eting va g'oliblikni qo'lga kiriting!
Anjuman Axborot xati quyida ilova qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi aloqalar bo'yicha mas'ul shaxs bilan bog'lanishingizni so'raymiz:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i - Karimova Ziyoda Kushbayevna
+998-97-704-61-82
_
⚡️В ТАШПМИ ПРОЙДЁТ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ СТУДЕНЧЕСКОГО НАУЧНОГО ОБЩЕСТВА
Уважаемые студенты медицинских ВУЗов!
Ташкентский педиатрический медицинский институт приглашает Вас принять участие в работе 52-й Республиканской научно-практической конференции Студенческого научного общества (СНО) с международным участием на тему «Сегодняшние научные исследования глазами молодёжи - 2024».
Основные направления конференции:
• Клинические науки
• Медико-профилактические науки
• Социально-гуманитарные науки
• Биологические и фундаментальные науки
Дата проведения: 10 мая 2024 года.
Формат проведения: гибридный (офлайн и онлайн).
Место проведения: Республика Узбекистан, г. Ташкент, ул. Богишамол, 223, Ташкентский педиатрический медицинский институт.
Формы участия в конференции:
- доклад (10-12 слайдов) – 6 минут;
- постерный доклад (1 слайд) – 6 минут;
- публикация тезисов (один автор может принимать участие с тезисами по 2 направлениям).
Доклады принимаются до 30 апреля 2024 года.
Тезисы принимаются до 5 мая 2024 года.
Среди участников конференции будут проведены конкурсы по номинациям "Лучший доклад", "Лучший постерный доклад", "Лучший тезис".
Не упустите свой шанс - принимайте активное участие в работе конференции и станьте победителем!
Информационное письмо конференции приведено ниже.
Для дополнительной информации просим связаться с ответственным по контактам ниже:
Начальник отдела организации научно- исследовательской деятельности одаренных студентов - Каримова Зиёда Кушбаевна
+998-97-704-61-82
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi
Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:
🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
🔹11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
👉 In English
👉 На русском
Bizni kuzating