uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.

Jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.

Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jarima ballarini hisoblash tartibi:

▫️jarima ballari tizimi "E-jarimaball" moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi;
▫️haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni istalgan paytda "E-jarimaball" tizimi orqali olishlari mumkin;
▫️haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sakkiz ballga teng bo‘lganda "SMS" xabar yuborish yo‘li bilan ogohlantiriladi;
▫️sud tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilsa, jarima ballari huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy, Braziliya, Misr, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Kuba, Venesuela yetakchilari va boshqalar ham qatnashdi.

G‘alaba paradi yakunida O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik g‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga o‘rnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugungi tinch, ozod va erkin hayot uchun o‘zining aziz jonini ham ayamasdan kurashgan fidoyi insonlarning oldida doimo qarzdormiz.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qutlug‘ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.


Tabrik matni — https://uza.uz/posts/718088

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endi Senat Oliy sud sudyaligiga nomzodlar haqida xulosa ham beradi – qonun loyihasi

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat tomonidan ishlab chiqilgan "Oliy Majlis Senatining Reglamenti to‘g‘risida"gi Qonunning 21-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyihada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarning faoliyati bilan tanishish va unga baho berish, ular haqida xulosa bildirish amaliyotini joriy qilish nazarda tutilmoqda (Hozirda Senatining konstitutsiyaviy vakolatlari faqat nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklangan).

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 12-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 880,35 soʻm (– 29,80)
1 EUR 14 535,47 soʻm (– 125,30)
1 RUB 156,68 soʻm (– 3,10)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

O.Xolbayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

FVV matbuot xizmatining O‘zAga xabar berishicha, hodisa oqibatida ushbu mahallada joylashgan 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan. Shundan taxminan 30 tasida xonadonning ichiga, qolgan 70 ta holatda esa tomorqasiga suv kirgan.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to'liq nazoratga olingan, holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Bugun, 8-may kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Sarvontepa mahallasi, Nayman qishlog‘ida Janubiy Farg‘ona kanalining suv sathi ko‘tarilishi sababli suv toshqini hodisasi kuzatildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Respublika, viloyat va tuman darajasida bemorlarga yo‘llanma berish tizimi o‘zgaradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Namangan davlat universitetiga rektor tayinlandi

Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi tizim sinovdan o‘tkaziladigan hududlarda oilaviy shifokorlar va hamshiralarning bazaviy oyligi oshiriladi, ustamalar joriy qilinadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8–9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adxam Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 8-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 910,15 soʻm (– 14,77)
1 EUR 14 660,77 soʻm (+ 40,10)
1 RUB 159,78 soʻm (– 0,16)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish doirasida XXR Raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Vetnam Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi To Lam, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
 
O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi "Millat fidoyilari" xiyobonida bo‘ldi va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining oilalari bilan suhbatlashdi. Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari bilan ham samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Buloqboshi tumani, Sarvontepa mahallasida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi.

Toshqin natijasida zarar ko‘rgan hududlarni qisqa muddatda ta’mirlab, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ishchi-kuchi va texnikalar jalb qilingan.

Talafot ko‘rgan xonadonlar aniqlanib, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi hamda "Xotira nuri" kompozitsiyasi bilan tanishdi.

Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

G‘oyat og‘ir sharoitga qaramay, xalqimiz urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan.

Bular chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va shonli g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Bu qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qoʻshimcha ma'lumot: hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning texnikalari yordamida suv oqimini pasaytirish va kirgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to'liq nazoratga olingan, holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi TASHKENT TECH texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida ma'lum qilishicha, yoshlar o‘rtasida texnik ta’limning nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda.

TASHKENT TECH Toshkent davlat texnika universiteti negizida Boston Consulting Group ko‘magida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Ushbu loyiha jahonning ilg‘or amaliyotlarini sanoat va innovatsion rivojlanishimiz ehtiyojlariga moslashtirgan holda integratsiya qilish imkonini beradi.

"Strategik vazifamiz yuksak xalqaro standartlarga mos yangi avlod universitetini yaratishdir. Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz.

TASHKENT TECH shunchaki oliy o‘quv yurti emas, balki O‘zbekistonning texnologik suvereniteti va barqaror industrial o‘sishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, deb ishonaman",

 – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda.

Ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz.

O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Karimova Eʻzozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini qanday o‘zgarishi Ishtixon tumani misolida tushuntirib berildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Kansler rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan o‘tgan hamda muhim hamkor bo‘lgan Germaniya bilan ko‘p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta’kidlangan.

"Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan "yashil" iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga aminman",

— deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mutasaddilarga Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Urganch tibbiyot oliygohlariga moliyaviy mustaqillik berish, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Urganch tibbiyot oliygohlari klinikasini ham ularning tarkibiy tuzilmasiga o‘tkazish topshirildi.

Oliygohlarning tegishli kafedralari klinika bo‘limlaridagi davolash ishlarini boshqaradi.

Tibbiyot oliygohlari rektorlari
o‘z tizimidagi klinik bazasi bo‘lgan boshqa muassasalarni ham ta’mirlash-jihozlashga mas’ul bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi

Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.

Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan o‘tadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал