440459
Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
🎓 Amity University Tashkent’da so‘nggi qabul davom etmoqda
Mandat natijasi kutilganidek bo‘lmagan abituriyentlarda ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.
B2 darajasiga teng ingliz tili natijasiga ega abituriyentlar suhbat asosida qabul qilinadi. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar esa universitetning ichki imtihonida ishtirok etishlari mumkin.
Universitetda:
— bakalavriat bo‘yicha 7 ta, magistratura bo‘yicha 1 ta ta’lim yo‘nalishi;
— xalqaro diplom;
— 100 foizgacha ta’lim granti;
— 89 foiz xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim olish imkoniyati mavjud.
😊Mentalaba.uz platformasi orqali 30 dan ortiq universitet talabasi bo‘lishingiz mumkin
Davlat OTMlariga kira olmadingizmi? Xafa bo‘lishga shoshilmang!
Sizda hali ham 30 dan ortiq universitetda talaba bo‘lish imkoniyati mavjud! 🚀
Bunda sizga Mentalaba.uz platformasi yordam beradi. Platformada ro‘yxatdan o‘ting va talaba bo‘lish baxtiga erishing!
👉 HOZIROQ HUJJAT TOPSHIRING VA ERTAGA TALABA BOʻLING!
Murojaat uchun: +998939085222 | @mentalaba_help
Telegram bot | Telegram kanal | Instagram | Reklama
❗️Tadbirkorning arizasi belgilangan muddatda ko’rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda uning foydasiga hal qilingan hisoblanadi
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan
#abituriyent
UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim.
Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan:
🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball;
🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball;
🔺Namangan (texnika) — 32 ball;
🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball;
🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball.
O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan:
🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball;
🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball;
🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball.
❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi?
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (/channel/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
ZAFAR HOSHIMOV: FARZAND TARBIYASI, “KORZINKA” VA CHEKLARDAGI MUAMMOLAR | Lolazor podcast
📱 https://youtu.be/FMVy4a_HXWo
Podkastimizning 67,99-sonida “KorzinkaUz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov mehmon bo‘ldi.
Biz taniqli tadbirkor bilan farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar, Rossiya–Ukraina urushi, “Korzinka” tizimi, boshqa supermarketlar bilan raqobat, cheklar muammosi hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik.
🎧 Podkastni tinglash uchun:
📱 Spotify
📱 Apple Podcasts
📱 Yandex
Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda xonadondagi yong‘inni o‘chirish vaqtida 7 kishining hayotini saqlab qolgan, ammo tom qismining to‘satdan qulab tushishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan FVV qutqaruvchisi, kapitan Boburmirzo Pardayev Samarqandda dafn etildi.
Harbiy an’analarga ko‘ra, xodim sharafiga o‘q uzildi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?
#abituriyent
❌JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.
Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.
Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.
❓Ball sotib olsa bo’ladimi?
Boshqa yo’nalishga 1 ball yetmabdi, endi ball sotib olsam bo’ladimi, deb ham so’rashadi. Bunaqa amaliyot yo’q. Hech qanaqa ball sotib olib bo’lmaydi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev mashhur sportchi va murabbiy Risqiyev Rufat Asadovich vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Butun hayotini bokschilik faoliyatiga bag‘ishlagan buyuk sportchi, yoshlarning mehribon ustozi, samimiy va kamtarin inson Rufat Risqiyevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.
Avgust oyi oxirigacha TMC Institute’ning barcha yo‘nalishlari uchun 50% gacha grantlar!
Grantlar asosida kontrakt narxlari:
• Masofaviy ta’lim — yiliga 9 mln so‘mdan;
• Kunduzgi ta’lim — yiliga 10 mln so‘mdan;
• Xalqaro yo‘nalishlar — yiliga 15 mln so‘mdan.
DTM test natijangiz bo‘lsa, TMC Institute’ga hujjat topshirib, imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyatidan foydalaning.
O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang va hujjatlaringizni hoziroq topshiring.
🏳️ @tmcadmin
🖥 Roʻyxatdan oʻtish
☎️ +998 71 207 00 32
📄 Litsenziya (№ 366862, 23.08.2024-y.)
Telegram | Instagram | LinkedIn | Reklama
Afsonaviy bokschi, 1974-yil o’zbek bokschilari ichida ilk bor Jahon chempionligini qo’lga kiritgan Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
👉 @xushnudbek 👈
🫥 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida qabul davom etmoqda
Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida qabul davom etmoqda!
Ingliz tilida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
✅ Agroiqtisodiyot;
✅ Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi;
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi;
✅ Agrologistika;
✅ Biznes boshqaruvi.
Oʻzbek tilida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
✅ Iqtisodiyot;
✅ Agronomiya;
✅ Oziq-ovqat texnologiyasi;
✅ Biologiya.
🇬🇧 Bitiruvchilar chet elda o‘qib, malaka oshirib, Buyuk Britaniya diplomini qo‘lga kiritishi mumkin.
Hujjatlar UNIVERSITET PLATFORMASI orqali onlayn topshiriladi.
📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori (07.05.2022-yil)
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ +998555170071
☎️ +998999810919
📩 @iau_2022
Website | Telegram | Instagram | iau_2022?si=NyLq07h0RGaTFIpC">YouTube | Facebook | Reklama
‼️MANDAT CHIQDI
#abituriyent
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi.
👉 @xushnudbek 👈
BMBA (DTM) natijangiz 100 balldan balandmi - AIFU universitetida grantlarga ega bo'ling
Davlat oliygohlarida o'tish ballari qabul yakunlangach shakllanadi — yuqori ball ham grantni kafolatlamaydi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida ballingizga ko'ra grantlarni hoziroq bilasiz:
— 180 balldan — suhbat asosida 100% grant;
— 100 balldan — bakalavriatning barcha yo'nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab);
— 70 balldan — qayta imtihonsiz qabul.
✅ AIFUda:
• 260 ta grant — umumiy qiymati 5,1 mlrd soʻm;
• 2 diplom bilan tamomlash (Fransiya, Oʻzbekiston);
• 9 davlatda talaba almashinuvi, ish va sayohat dasturlari;
• Karyera markazi — amaliyot va ishga joylashish;
• Toshkent va Chirchiq shaharlarida o'quv binolari.
❗️Energetika vazirligi:
Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.
Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Qarshi xalqaro universitetida talabalar uchun ko‘plab imtiyozlar mavjud!
Qarshi xalqaro universitetida talaba bo‘lish — sifatli ta’lim bilan birga, qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlarga ega bo‘lish demak.
🎓 Universitetda abituriyentlar uchun quyidagi vaucher va chegirmalar taqdim etiladi:
• O‘qituvchi farzandlariga — 1 000 000 so‘mlik vaucher;
• Farrosh farzandlariga — 2 000 000 so‘mlik vaucher;
• B1–C1 sertifikat egalari uchun — 500 000–1 200 000 so‘mgacha vaucher;
• Kontrakt to‘lovini 100% amalga oshirganlar uchun — 800 000 so‘m chegirma;
• "Do‘stimga tavsiya" loyihasi uchun — 1 000 000 so‘m vaucher;
• Turkiyaga ikki kishilik vaucher.
Siz ham Qarshi xalqaro universiteti talabasi bo‘lib, ta’lim bilan birga ushbu imtiyoz va imkoniyatlardan foydalaning!
🔹Yoʻnalishlar haqida batafsil
🔹Roʻyxatdan oʻtish uchun
🔹Admin bilan bogʻlanish
📑Litsenziya (№327633 29.07.2022-y.)
📞 (55)-055-99-44
📞 (55)-500-99-44
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | kiu_uz">YouTube | Reklama
Berdiyev Sherzod Jumanazarovich – Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bungacha Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasiga o‘tish ballari e’lon qilindi
#abituriyent
Kvota ajratilgan 8 ta tashkilot ro‘yxati, kvotalar soni hamda o‘tish bali yiqoridagi rasmda berilgan.
Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyaga to‘g‘ri kelgan — 68 ball. Bu grant uchun minimal o‘tish balining chegarasi. Ya’ni 68 dan kam olganlar shundoq ham grantga tavsiya qilinmaydi. Demak, katta ehtimol bilan Milliy gvardiya uchun ajratilgan 731 ta kvota to‘lmay qolgan bo‘lsa kerak. Xullas, 68 balldan oshira olgan Milliy gvardiya xodimlarining barcha farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida — 167 ball.
Lekin boshqa jihati ham bor, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlari uchun 1 ming 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi berilgan va u yerda o‘tish bali 78,6 ball bo‘lgan. Ya’ni 78,6 balldan oshirgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Shunaqa gaplar. Buyoqda esa 189 ball bilan kimlardir kontraktga kiryapti, kimlardir esa 183 ball bilan o‘qishdan yiqilyapti.
A — adolat!
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilayotgan 8 ta savolga javoblar:
#abituriyent
1-qism:
1️⃣ Magistratura javobi qachon chiqadi?
2️⃣ O‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishga super-kontrakt qila oladimi?
3️⃣ Tibbiyot yo‘nalishlariga super-kontrakt yopildimi?
4️⃣ Nega imtiyozim qo‘shilmadi?
2-qism:
5️⃣ Oltinchi yo‘nalishga onlayn ariza topshiriladimi?
6️⃣ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota bormi?
7️⃣ 56,7 balldan kam ball olganlar super-kontrakt qila oladimi?
8️⃣ Nega talabalar turar joyiga 1-kurslar ariza topshira olmayapti?
👉 @xushnudbek 👈
🎓 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetiga qabul davom etmoqda
Mandat natijasi kutilganidek bo‘lmadimi? Xavotir olmang, talaba bo‘lish uchun hali imkoniyat bor.
📌 Davlat test sinovlarida 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetiga qo‘shimcha imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.
📌 Bundan past natija qayd etganlar esa TIFT universitetining onlayn yoki oflayn ichki imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka qabul qilinish imkoniyatiga ega.
Universitet quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
✅ 27 ta bakalavriat yo‘nalishi;
✅ 11 ta magistratura mutaxassisligi;
✅ 500 ta grant o‘rinlari;
✅ Xalqaro almashinuv dasturlari🇰🇷🇲🇾🇪🇺🇵🇱🇷🇺🇦🇿
✅ Dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik;
✅ Zamonaviy ta’lim va davlat namunasidagi diplom.
❗️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab qabul qilinadi
#abituriyent
📥 Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
🔰 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
📄 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
🗓️ Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
DTM natijasi bilan Afrasiab University talabasi bo‘lish mumkin
DTM natijasi kutilganidek bo‘lmagan yoki grantga kira olmagan abituriyentlar o‘qishni bir yilga qoldirishi shart emas.
Afrasiab University’da DTM balli asosida talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.
Universitetda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda. Talabalarga zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyati taklif etiladi.
🔵Bakalavr ta'lim yo'nalishlari
🔵Magistratura mutaxassisliklari
📌 Hujjatlarni onlayn topshirish mumkin:
— qabul.afrasiabedu.uz
— my.uzbmb.uz
Litsenziya (№ 1716369, 30.12.2022)
☎️ Murojaat uchun:
+998 78 122 77 70
+998 55 510 27 77
Web sayt | Instagram | isfi_uzb?si=nLaQO7ge8fk-OMbs">Youtube | Telegram | Reklama
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?
#abituriyent
❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.
Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.
Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k (imtiyoz), yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan suratda ko‘rinib turibdiki, 160,7 ball to‘plagan abituriyent o’zi tanlagan beshta yo‘nalishning uchinchisiga talabalikka qabul qilingan. Demak, endi u uchinchi yo‘nalishda o‘qishi kerak bo‘ladi, boshqasiga almashtira olmaydi.
Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda yong‘inni o‘chirish vaqtida FVV qutqaruvchisi halok bo‘ldi
15-avgust kuni soat 03:41 da Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida “112” tizimiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan FVV qutqaruvchilari yong‘inni bartaraf etish bilan birga xonadondagi aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qolgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida FVV Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining oʻrinbosari — guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev halok bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi marhum qutqaruvchining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Kontraktdagi 100 nafar talabalar uchun 1 mlrd so’mlik grant e’lon qildik
Yoshlar ishlari agentligining bir qator loyihalari, jumladan, Ibrat farzandlari, Mutolaa, Ustoz AI, UzChess, UzCombinator, Ko‘mak, Yoshlar Ventures bilan o‘tgan yilgi qiziq kelishuvimizni davom ettiradigan bo‘ldik.
Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalar haqida obunachilarimizga yangiliklar, ma’lumotlar berib boraman. Boshqacha aytganda targ’ib qilaman.
Evaziga esa ulardan 100 nafar ehtiyojmand, intiluvchan va bilimli talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishlarini so’radim.
Shunday qilib, kelishuvimiz miqdori jami naq 1 milliard so’mni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xuddi shunday kelishuv asosida 52 nafar talabaga 8 mln so‘mdan, jami 416 mln so‘mlik grant to‘lab bergan edik.
Kutilganidek, yuklamalar soni keskin oshib ketgani hisobiga uzbmb.uz sayti qotib ishlayapti. Lekin, asosiysi, sayt sekin bo‘lsa ham ishlab turibdi, butunlay ochmay qolgani yo‘q.
Maslahatim, biroz sabr qilasiz, tushunaman, bu hozir siz uchun juda qiyin ish...
👉 @xushnudbek 👈
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi
🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
❗️2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi
Prezident sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuvda “Odil sudlov — 2030” strategiyasi loyihasi bilan tanishdi.
Strategiyada 57 ta vazifa, uni amalga oshirish boʻyicha 2026-2028-yillarga moʻljallangan Harakatlar dasturida 160 ta aniq chora-tadbir hamda 2030-yilga qadar erishilishi lozim boʻlgan 33 ta maqsad belgilangan.
Strategiyaga ko‘ra:
➖ 2030-yilgacha zaruratga qarab deyarli barcha tuman va shaharlarda fuqarolik sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖ barcha sudlarda murojaat topshirish va raqamli xizmatlardan foydalanish “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etiladi;
➖ 2028-yildan sudyalarni tashkiliy vazifalardan ozod qilish uchun “sud ma’murchiligi” instituti joriy etiladi;
➖ sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizini elektron shaklda berish va sud majlislarining 100 foizini audioyozuv orqali qayd etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun ochiq “Pretsedentlar reyestri” yuritilishi, tergov bosqichida inson huquqlari kafolatlarini kuchaytirish hamda mediatsiya va yarashuv mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti 80 foizga tiklandi
Hozirda qolgan hududlarda ham elektr ta’minotini to‘liq tiklash ishlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
O’zbekistonda gaz va elektr uzilishlari biznesning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda — Markaziy bank
Markaziy bank tahlillariga ko’ra, 2026-yilning II choragi yakunlari bo’yicha tadbirkorlarning 64 foizi (bir yil avval 61 foiz edi) biznes sharoiti yaxshilanganini bildirgan, 82 foizi esa o‘rta muddatda iqtisodiyot yaxshilanishini kutmoqda.
Biroq to’liq quvvatda ishlay olmagan tadbirkorlik subyektlarida gaz va elektr uzilishlari, talab pastligi, yoqilg‘i narxlarining oshishi va logistika muammolari asosiy cheklovlar bo‘lib qolmoqda.
Mazkur so’rovnomada iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 2 ming 391 nafar tadbirkor ishtirok etgan.
👉 @xushnudbek 👈