134891
Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Geydar Aliyev" ordeni, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandilar.
@alisher_sadullaev
Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan?
Yaponiyaning toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan.
Ko‘pchilik havas qiladigan yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim turibdi.
Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan. Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham. Shu bilan birga, odamlarning o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar yaratilgan.
Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi.
Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda.
@alisher_sadullaev
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi.
@alisher_sadullaev
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi?
Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz.
Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar?
Izoh qoldiring.
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring.
Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish!
📅 1–31-avgust
Yuborish: tashabbus.yito.uz
O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi
Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi.
G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi.
Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Sirdaryo viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.
O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.
Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Navoiy viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.
O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.
Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Startuplar uchun imkoniyat @uzcombinator yangi mavsumni boshladi.
Birinchi mavsumda loyihalar $1 mln atrofida sarmoya jalb qila olishgan edi.
Hoziroq ro’yxatdan o’ting: @uzcombinator
Jizzax viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.
O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.
Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Tug’ilganimda dadam 32 yoshda ekanlar. Oradan 32 yil o’tibdi.
Bugun men ham 32 yoshga to’ldim, dadam esa 64 yoshdalar. Hayotning ana shunday go’zal tilsimlari bor ekan. “Ot o’rnini toy bosar”, deganlaridek, o’g’lim MuhammadAli ham yaqinda bir yoshga to’ldi.
Ortga nazar tashlasam, ota-onam, opalarim, yaqinlarim va oilam bilan hayotning past-u baland sinovlarini bosib o’tibmiz. Har bir qadam, har bir sinov bugungi kunimiz uchun muhim saboq bo’lganini yanada chuqurroq his qilaman.
Taqdir taqozosi bilan bugun Prezidentimiz jamoasida yoshlar uchun mas’ul vazifada xizmat qilyapman. O’ylab qarasam, o’tgan bir yilning qariyb 200 kunini hududlarda xizmat safarlarida o’tkazibman. Yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va tashabbuslarini tinglayapmiz, yangi g’oya va loyihalar ustida ishlayapmiz. Oldimizda hali amalga oshiradigan ishlarimiz juda ko’p.
Intizom, qat’iyat, kreativlik, ochiqlik va Prezidentimizning doimiy qo’llab-quvvatlashi bilan O’zbekiston yoshlari manfaatlari yo’lida yanada katta marralarni ko’zlayapmiz. Bu mas’uliyatli yo’lda oilam, turmush o’rtog’im, farzandlarim, ota-onam, jamoamiz, aziz yoshlarimiz va sizlarning ishonchingiz hamda yordamingiz menga kuch bag’ishlaydi.
Bugungi tug’ilgan kunim munosabati bilan yo’llagan samimiy tabriklaringiz, ezgu tilaklaringiz va iliq so’zlaringiz uchun barchangizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Rahmat sizlarga, azizlar!
⚡️ @sherdor_games akseleratorini boshladik
O’zbekistonda yaratilgan o’yinlarni dunyo bozoriga olib chiqish vaqti keldi.
45 kun davomida:
• $1,000 stipendiya
• Tajribali mentorlar
• Prototip → tayyor mahsulot
• Demo Day (investorlar, o’yin sanoati noshirlari)
• Steam uchun tayyorgarlik
Izohlaringizni kutaman
Batafsil: @sherdor_games
Yoshlar ishlari agentligining qaysi loyihasi sizga ko’proq yoqadi?
Читать полностью…
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
#Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh mahalladagi yoshlar yetakchilari quyidagi medallar bilan taqdirlandilar:
«Kelajak bunyodkori» medali:
G‘aniyev Doston Farxod o‘g‘li - Qamashi tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
Jumabekov Elbek Fazilbek o‘g‘li - Taxiatosh tumanidagi «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shoyo‘ldoshova Billura Shoxaydar qizi - Parkent tumanidagi «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali:
Orifova Mubina Faxriddin qizi - Uychi tumanidagi «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati
Barcha taqdirlangan yoshlar yetakchilarimizni hamda tizimimizdagi barcha xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklayman.
@alisher_sadullaev
Obodlik va mehr-saxovat har bir xonadondan boshlanadi
Yurtimizda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovlariga start berildi.
Bu kabi tashabbuslar har bir mahallada ozodalik, birdamlik va obodlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
— “Eng fayzli hovli” — fayz va ozodalik namunasi;
— “Eng obod ko‘cha” — ko‘rkamlik va hamjihatlik namunasi;
— “Eng namunali mahalla” — obodlik va tashabbuskorlik namunasi.
Tanlov quyi bosqichlardan boshlanib, tuman, shahar va hududiy bosqichlarda davom etadi.
Barcha tashabbuskor yoshlarimiz va yurtdoshlarimizni o‘z mahallalaridagi obodonlashtirish ishlarida faol bo‘lib, tanlovda qatnashishga chaqiraman!
Batafsil ma’lumot uchun mahallangizdagi “yettilik”ka murojaat qilishingiz mumkin.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi bilan tanishdilar.
Shu yerning o‘zida davlatimiz rahbari Xorazm viloyati jamoatchiligi vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Suhbatda keyingi yillarda vohada ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, odamlarning turmush tarzi va tafakkuridagi yangilanishlar haqida so‘z bordi. Qadimiy Xorazm zaminida Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik, taraqqiyot va yangilanish ruhi tobora yaqqol namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi.
Viloyatning boy tarixi va an’analarini asrab-avaylagan holda uni zamonaviy, obod va farovon hududga aylantirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, samarali mehnati va faol tashabbuslari uchun bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.
Ganiyev Boisxon Basitovich — “Bek va Lola” loyihasi bosh prodyuseri va “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida mamlakatimiz rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi, mehnati va tashabbuslari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Boisxon Basitovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklayman. Kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Mukofot muborak bo‘lsin!
@alisher_sadullaev
Bu kitobni har bir O‘zbekiston farzandi o‘qishi shart
Abdurauf Fitratning “Hind sayyohining qissasi” asarini o‘qib, bir narsaga amin bo‘ldim: ba’zi kitoblar yozilgan davridan ancha uzoq yashaydi.
Fitrat Buxoroning buyuk ilmiy merosini, shu bilan birga jaholat, ma’rifatning zaiflashuvi, noto‘g‘ri boshqaruv va poraxo‘rlik kabi muammolarni ochiq ko‘rsatadi. U ta’lim, ilm, adolat va zamonaviy boshqaruvsiz jamiyat taraqqiy eta olmasligini ta’kidlaydi.
Eng muhimi, u bizga shuni eslatadi: buyuk tarix bilan faxrlanishning o‘zi yetarli emas. Ajdodlarimizning ilm va taraqqiyotga intilishini davom ettirishimiz kerak.
👉https://mutolaa.com/davra/post/439851
⚡️Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrigi e’lon qilindi
Men butun O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: xalqimizning sizlarga bo‘lgan yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlaning, yangi bilim hamda texnologiyalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing va kasbingiz bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassis bo‘lib yetishing! - deyiladi Prezident tabrigida
@alisher_sadullaev
Toshkent viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.
O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.
Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
Mutolaa jamoasi safiga kirishni, katta kitobxonlik loyihayalarini amalga oshirishni xohlaysizmi?
Ko’plab iste‘dodli yoshlar @mutolaaxona loyihasida ishlashni orzu qilishadi.
Shu sababli @oltinovozlaruz loyihasi ishga tushdi. Marhamat, jamoamizga qo’shiling.
Batafsil: @oltinovozlaruz
🇺🇿Bugun Prezidentimiz Bekobodga safari davomida “Xos yoz” kanali bo‘yi va Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari bu yerda sportchi va ijodkor yoshlar bilan suhbatlashdi.
@alisher_sadullaev
#Tayinlov
⚡️Bugun jamoamiz uchun juda quvonchli kun! Yoshlar ishlari agentligida yonma-yon mehnat qilgan, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga bosh qosh bo‘lgan qadrdon hamkasbimiz Dilnozaxon Kattaxanova Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Davlatimiz rahbarining yosh kadrlarga bildirayotgan bu yuksak ishonchi barchamizga katta g‘urur va kuch bag‘ishlaydi. Dilnozaxon Sobir qiziga ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda ulkan zafarlar tilayman!
@alisher_sadullaev
⚡️ @ustozai_elchilari loyihasini boshladik
Mutlaqo bepul 1 haftalik oromgoh:
• Eng kuchli mentorlar
• Eng bilimli yoshlar davrasi
• Eng zamonaviy oromgoh
Hoziroq vazifalarni bajarishga kirishib, yo’llanma hamda qimmatli sovg’alarni qo’lga kiriting.
@ustozai_elchilari
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
#Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
🇺🇿Eng faol va tashabbuskor yoshlar davlatimiz rahbari tomonidan taqdirlandi
#Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun