#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "A beggar" ("Tilanchi") hikoyasi Misrning "Life magazine" adabiy jurnali saytida e'lon qilindi.
https://mebusiness.ae/en/news/show/87909
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilida "A beggar" ("Tilanchi") hikoyasi Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.
https://sindhcourier.com/a-beggar-a-short-story-from-uzbekistan/
@Jumanazar_Yuldash
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimot jarayonidan tayyorlangan video lavha.
🎬 Ushbu video "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" to‘garagi a'zosi, maktabning 11-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy tomonidan tayyorlandi.
📱Marhamat tomosha qilishingiz mumkin.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimotidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Diqqat_eʻlon
#Kitob_taqdimoti
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING KITOB TAQDIMOTIGA MARHAMAT!
📖 Aziz vohadoshlar! Ogahiy nomidagi ijod maktabida katta adabiyot bayramiga marhamat.
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
📚 Barcha ijodga begona bo‘lmagan aziz muhiblarimizni adabiyot bayramiga taklif etamiz!
🕰 Barchangizni joriy yil 19-yanvar soat 15:00 da Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da bo‘lib o‘tadi.
🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
***
Bilmam necha yillar g'addor tuzumning
O‘tkir tig'laridan tomib turgan
Necha ajdodimning qutlug' qonlari.
Jonlari ustida tig' qayrab turgan
Bo‘g‘zidan olishga shay turgan qo‘llar.
Hatto so‘nggi kalomi halqumda qolib,
Joynamoz ustida qulatgan o‘qdan.
G'aribalar faryodi yurtni tutganda
Manfurlar qadahso‘z-la ichishardi may!
Jirkanch g'alabasin nishonlab shodon...
Kimlardir do‘zax koloniyalarida
O'pkasi zax yeb chirib bitganlar,
Yorin quchog'iga ololmay ketgan.
Gunohin bilmayin yumilgan ko‘zlar...
(Yurtni sevish gunohmidi yo?!...)
Tag'in kimlar qon qaqshab,
madorsiz, holsiz –
Shaxtalarda oltin qazardi.
O‘zin yo‘q qilishga otlangan kuchning
Boyishi uchun qilardi mehnat!
Holbuki, yo‘q edi boshqa bir chora,
Jodiga tiqilgandi necha ming boshlar...
Ularning achinarli, mudhish qismati
Battol, qattol shohlar qo‘lida edi!..
Barmoq uchi qimirlar – nozik ishora,
Qaysidir sho‘rlikning yostig'i qurir,
Yostig'i qurigan sho‘rlik ortida
Yetim avlod qoladi – ichikib, bo‘zlab...
Qancha jolalarga sababkor davr,
Davronlarning zo‘ri deb alqangandi u,
Qora matodan kafanlar bichib,
Zulukday odamlar qonin so‘rgandi...
Har qanday istibdod topajak yakun,
Yovuz niyatlarning puchligi bordir.
Dunyoda Adolat degan tangri bor,
Mazlumlar qoni ham topgandir javob!..
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#OAV_biz_haqimizda
📺 2024-yilning 7-yanvar kungi "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Navnihol" ijodiy to'garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldosh haqida lavha namoyish etildi. Unda "Ro‘yo" kitobi, erishilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritildi, taniqli ustoz adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shuhrat Matkarim yosh yozuvchining ijodi xususida fikr-mulohazalarini bayon etdi.
✅ Marhamat, siz ham tinglab tomosha qiling.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
🗣Диққат!
Ўзликни англашга, негативларни сублимациялаштириб, ўсишга, ривожланишга ҳавасингиз борми? Унда биз бу орзуйингизни рўёбга чиқаришга ёрдам берамиз.
Ёш ёзувчи ва олима Манзура Абдуллаева яқинда янги канал очди.
Манзил: /channel/+xsolumvbC1RlOTFi
Ёзувчиларнинг адабий ўзанларига марҳамат:
Алфайз - @perezagruzka_2021
Азизбек Норов - @kitob_xiyoboni
Бахтиёр Абдуғафур - @Baxtiyor_Abdugafur
Байрам Али - @BeshinchiTomon
Дўстбек Сулаймонов - @nasr_uz
Жавлон Жовлиев - @javlonjovliyev
Жуманазар Йўлдош - @Jumanazar_Yuldash
Манзура Абдуллаева - @sayhunqizi
Моҳира Эшпўлатова - @Altruistning_qizi
Неъмат Арслон - @amalgama_asar
Нодирабегим Иброҳимова - @mittihaqiqatlar
Нурилла Чори - @Yozuvchi83
Нурали Қаҳрамон - @santuagaraoflibrary
Санжарбек Икромов - @Sanjar_Ikrom
Рахшона Аҳмедова - @raxshonaahmedova
Тилланисо - @tillanisoen
Фозил Фарҳод - @fozilfarhod
Фурқат Алимардон - @mezonlar
Шавкат Дўстмуҳаммад - @katarsis_kundalik
Шерзод Ортиқов -
@SherzodOrtiqov
Шерзод Комил Халил -@Sherzodkomilkhalil
#tavsiya
Ta'tilda o‘zbek adiblari hayoti haqidagi badiiy filmlarni tomosha qiling:
1. Said va Saida (badiiy film) - https://youtu.be/PaBVsCcTOII?si=jusmx5kHENF5DdU5
2. Abdulla Oripov (badiiy film) - https://youtu.be/00tsk6_ipp4?si=VY-E_5LxSKs1L0_Z
3. Muqimiy (badiiy film) - https://youtu.be/eMp0V70jjmM?si=KF8P97NGna3Mb9N9
4. Avloniy (badiiy film) - https://youtu.be/0IYdi-9aJZM?si=J0enepkGTmKuEzjk
5. Ibrat (badiiy film) - https://youtu.be/4Rb3ZXcfr3o?si=2qT-Zwgz69WtsOpj
6. Mahmudxo'ja Behbudiy (badiiy film) - https://youtu.be/L5AGLvhGMK4?si=ULcDKfCaxwj3I_g7
7. Muhabbat bahori (Hamid Olimjon va Zulfiya haqida badiiy film) - https://youtu.be/ZEZYFc6r60w?si=pf2dVuF7FWyV7tEg
P/s: Men biladiganlar shular ekan, yana bilguvchilar bo‘lsa kommentariydan yozing.
@Jumanazar_Yuldash
#bayram_tabrigi
Assalomu alaykum, aziz yaqinlarim! Sizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan samimiy tabriklayman! Oilangizda tinchlik, xotirjamlik, farovonlik hukm sursin. Yangi yil bir dunyo baxt va omad olib kelsin!
Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
Ахборот 24 | «Биринчи китобим» лойиҳаси доирасида китоблар тақдимоти
#28dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#xushxabar
Barchani kitob taqdimotiga taklif qilamiz!
Manzil: Toshkent shahri Milliy bog‘ metro bekati Yozuvchilar uyushmasi
@Jumanazar_Yuldash
#hikoya
Gunohkor odam
(Hikoya)
–...Bilasizmi, meni nima qiynaydi? O‘lim emas, xudbinlarcha o‘tkazgan o‘tmishim qayg‘uga soladi meni...
https://telegra.ph/Gunohkor-odam-12-13
@Jumanazar_Yuldash
***
Tushimda
xayolimni yeyar edi bir odam
ishtaha bilan
Xayolim oz qoldi...
Tugadi nihoyat xayolim
Xayolsiz qoldim
– Shirin ekanmi? – dedim
unga tikilib.
U labini yalab dedi:
– Mazasini bilmadim,
Lekin qornim to‘ymadi...
Yana nimang bor yeyishga?
– Orzu, Umid, Ishonch, Vijdon...
– Orzu qanday?
– Orzularimdan oling unda,
Shiringina, ushalmagan...
U orzularimni ham yeya boshladi
ishtaha bilan...
Orzusiz qoldim
– Yana nimang bor?..
Qo‘rqib uyg'onib ketdim...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Qirdagi qizg‘aldoqlar" hikoyasi "Ezgulik" elektron respublika adabiy-badiiy gazetasida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning vyetnam tilida "Truyen Ngan" ("Uy") hikoyasi vyetnam adabiy saytida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
https://www.nhavanvacuocsong.net/truyen-ngan-jumanazar-yuldash-uzbekistan/
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimotidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
📖 JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
📅 Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚 Taqdimotga mehmon sifatida ijodkorning ustozlari taniqli adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shuhrat Matkarim, "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri, jurnalist Sherjon Masharipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Shirin Soburova, shuningdek, qahramonimizning yaqin oila a'zolari tashrif buyurdilar.
✴️ Taqdimotda maktab direktori Sarvar Abdullayev va tashrif buyurgan mehmonlar kitob bilan muallifni samimiy tabriklab o‘tdilar.
➡️ Shundan so‘ng, maktabning to‘garak a'zolari tomonidan taqdimot, Jumanazar Yo‘ldosh qalamiga mansub "Oppoq qor" hikoyasi asosida sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
🔻Ko‘tarinki shukuhda o‘tgan taqdimot haqiqiy adabiyot bayramiga aylandi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
***
Kaftlarimni ochdim parishon,
Bir yaproq qoʻndi kaftimga
Sargʻaygan va moʻrt...
U qoʻshildi oʻychanligimga.
– Sen qaysi daraxtdan tushding?
– dedim bo'lib xiyol hayron.
Atrofimga tikildim,
Yon-verimda yoʻq edi daraxt...
– Yo shamol eltdimi seni,
Nogahonda qoʻzgʻalgan?
Yo boʻldingmi gʻoyibdan paydo?
Shunda meni gʻamga botirib,
Bir soʻz aytdi yaproq ham mahzun:
– Koʻngil daraxtingning yaprogʻiman men...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#munosabat
Наср йўналишида хоразмлик ижодкор Жуманазар Йўлдошнинг “Рўё” китоби чоп этилди. Жуманазар Йўлдош ҳикоялари бу лойиҳага танлаб олинишининг сабаби уларда анъанавий мавзуларнинг ўзига хос талқинидир. Муаллиф ўз ёзганларида психологик ҳолатларни тасвирлайди, жумладан “Ёлғизланиш истаги” ҳикоясида бу истак айнан одамларга, интилиш оқибатида пайдо бўлишини,бир кучукнинг ўлимдан аввалги ҳолати мисолида жуда ичкин бир тарзда тасвир этади. Муаллиф сукунатга ҳам катта юк юклайди, ундан моҳирлик билан фойдаланиб, инсон руҳий ҳолатини таъсирчан ифодалайди. “Ишқдан эзилганнинг мактуби”даги ҳолатни муаллиф ўзи яшаб ўтгани аниқ. Бўлмаса ҳеч кимникига ўхшамаган, олифта алвидолардан фарқли тарзда “Сиз нотўғри йўлдан боряпсиз. Ҳаётингиз бошдан оёқ хато. Нафратланаман. Сизга ўхшаб қолишни истамайман”, деб айтмаган, ҳайқирмаган бўларди. “Уй” ҳикоясидаги уй образи жуда ўзгача тақлин этилган. Уйнинг бошқа образлар билан моҳирона уйғунлаштирилгани китобхонни ўйга солади.
Маъмура Зоҳидова,
Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
7-yanvar kungi "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh haqida lavha namoyish etildi. Unda "Ro‘yo" kitobi, erishilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritildi, taniqli ustoz adib Shuhrat Matkarim yosh yozuvchining ijodi xususida fikr-mulohazalarini bayon etdi.
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Weißer Schnee" ("Oppoq qor") hikoyasi "FanFiction" nemis adabiy saytida e'lon qilindi.
Weißer Schnee, von Jhumanasar Yuldosch
FanFiktion.de
https://www.fanfiktion.de/s/6579a47d000f1a092170028a/1
@Jumanazar_Yuldash
#kitobdan
"Ro‘yo"ning so‘zboshi muallifi rahmatli Luqmon Bo‘rixon edi.
@Jumanazar_Yuldash
#sarhisob
Yil boshida tugagan yil bo‘yicha sarhisob:
1. Rossiyaning "Kamerton" adabiy jurnalida "Девушка, любившая Есенина" ("Yeseninni sevgan qiz") hikoyam e'lon qilindi.
2. "Yoshlik" jurnalida "Uy" hikoyam o‘rin oldi.
3. Pokistonning "Sindh courier" adabiy saytida "A house" ("Uy") hikoyam e'lon qilindi.
4. "Yoshlar ovozi", "Ezgu so‘z", "Xiva tongi" gazetalarida hikoya va she'rlarim bosildi.
5. "Raven cage", "Articlass monthly" xalqaro jurnallarida hikoyalarim chop etildi.
6. "Красное яблоко" ("Qizil olma") rus tilida chop etilgan to‘plamdan hikoyam o‘rin oldi.
7. "Vatan taraqqiyotiga mening hissa" respublika tanlovida 1-o‘rin oldim.
8. Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasida "Ro‘yo" nomi bilan kitobim chop etildi.
9. Ellikka yaqin badiiy asarlar mutolaa qildim, o‘nlab hikoyalar yozdim.
Eng asosiysi, 2023-yilda boshim ikkita bo‘ldi! 😏
Xullas, garchi kutganimdek samarali bo‘lmagan bo‘lsa-da o‘tayotgan yil menga ko‘p narsa berdi.
Ba'zi o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar bo‘ldi...
Go‘zal topishlar bo‘ldi!
Oldimizdagi yil ko‘p quvonchli hodisalar bo‘lishini, qayg‘uli hodisalar bo‘lmasligini, hayotimdagi asosiy yillardan bo‘lishini umid qilib qolaman.
@Jumanazar_Yuldash
#Xushxabar
#Birinchi_kitobim
📍 Joriy yilning 27-dekabr sanasida Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida 25 nafar yosh ijodkorlarning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📖 Loyihadan yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" nomli kitobi ham o‘rin olgan.
📚 Yosh nosirimizning ilk kitobi "Adabiyot" nashriyoti tomonidan 5000 nusxada chop etildi.
@Jumanazar_Yuldash
***
Tushlarimda yashayman...
Xudoyimning nafasi tekkan
Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan
Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar
Nurlariga chayilar tonglar.
Tushlarimda yashayman...
Unda ko‘zlar sug'ormaydi
g'am niholini
Manglaylarga bosilmas
tolesiz tamg'a!..
Qalbda xitob qilguvchi
g'ussalar ham gung...
Tushlarimda yashayman...
Unda ishq degani – oppoq kabutar
Dildan dilga eltar
mehr – mujdalar
Unga tikilganning yuzlarida
balqir tabassum...
Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal...
Sochlari – tunmisol
Ko‘zlari – tunmisol
Lablarida gul misol
ifor taratar ismim...
Tushlarimda yashayman...
Unda yurakka
Kinli nigoh – tig'larini qadaydigan kimsa yo'q,
Kimsa yo‘q
nafrat neligin biladigan va
oqibat neligini bilmaydigan hech!..
Tushlarimda yashayman –
oddiy hayotmas!
Ozor neligini bilmasman unda,
Sokin xalovatni tuyarman unda...
Uyg'onishni istamay sira
Tushlarimda yashayman baxtli...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh ijodkor Jumanazar Yo‘ldoshning she'rlari "Xiva tongi" gazetasining yangi sonida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
#kechinma
Ba'zi insonlar unutilishga va sog'inishga mahkumlar...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash