Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportida yurtimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni kutib oldi.
Ikki davlat rahbarlari o’rtasidagi oliy darajadagi muzokaralarda faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish eʼtibor markazida bo‘lishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇶🇦 Prezident farmoniga ko‘ra, Qatar Davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI
Bakalavriat yo’nalishlari 14 ta:
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Boshlang'ich ta'lim
🔹 Maktabgacha ta'lim
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
🔹 Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
🔹 Tarix
🔹 Jismoniy madaniyat
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔹 Davolash ishi
🔹 Stomatologiya
🔹 Farmatsiya
🔹 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
🔹 Konchilik ishi
Magistratura yo’nalishlari 3 ta:
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Boshlang’ich ta’lim
🎓 Kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998553050009
🔻 Ro’yxatdan o’tish uchun:
🌐 Veb-sayt: www.oxu.uz
📱 Telegram: @oxu_uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74. (Mo’ljal Avtovakzal)Ta’lim reklamasi
❗️RASMAN: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
➖Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov, Xalq demokratik partiyasi;
➖Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi;
➖Robaxon Anvarovna Maxmudova, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi;
➖Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
🏫 Manba
Ma’lumot uchun: “Milliy tiklanish” partiyasi saylovga nomzod ko‘rsatmadi va O‘zLiDeP nomzodini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ 7-iyundan O‘zbekiston Prezidentligiga saylovoldi tashviqotlari boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Shoyim Boʻtayev. Qarz (hikoya)
Izoh: Talaba ta’tilda tez-tez uyiga qatnab turadi. Bir safar qishloqdoshlari uni Anatoliy ismli yigit bilan tanishtirishadi. Tolik laqabli bu yigitning maqsadi noma’lum, hamma undan shubhalanadi. To’g’ri-da, tog’ etagidagi olis qishloqda u nima qilib yuribdi?
Tolik qanday yigit edi o’zi? Talaba jumboqning tagiga yetadimi?
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/shoyim-butayev-qarz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/shoyim-butayev-qarz
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Chilonzor IIB binosida vafot etgan shaxs bo’yicha Bosh prokuratura bayonoti
Fuqaro X.T.ning vafot etganligi yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, X.T. cho‘ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22-may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limiga olib kelingan.
Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg‘ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan. Shiferning chetki qismi sinishi oqibatida X.T. bosh qismi bilan yerning beton qoplamasiga qulab tushgan.
Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan.
Chilonzor tumani prokurori boshchiligidagi guruh tomonidan shu kunning o‘zida hodisa sodir bo‘lgan bino va atrof-muhit joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilgan, tegishli guvohlar va ishga aloqador barcha xodimlarning ko‘rsatmalari olingan.
X.T. ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29-may kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g‘anning lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi.
👉 @xushnudbek 👈
So’nggi paytlarda biror ma’lumotni qoʻshiq, aniqrog’i rep orqali yetkazish urfga kirmoqda. Yuqoridagi qo’shiq ham mukofot jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi President Tech Award tanlovi haqida ekan.
Qo‘shiqni reper Konsta aytgan. Klipda koʻplab taniqli blogerlarni ham koʻrish mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa uchun arizalar qabuli davom etmoqda, lekin vaqt kam qolgan. Shunday ekan, awards.gov.uz sayti yoki @PresidentTechAward Telegram kanali orqali shartlar bilan tanishing va roʻyxatdan oʻtishga shoshiling!
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun Anqara shahrida bo’ladigan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
👍👍👍👍👍
Yapon sifati O'zbekistonda!
😎 Xonadon, ofis yoki baland binolar uchun sovutgich izlayapsizmi? Unda Akfa Build taqdim etadigan Shivaki mahsulotlari xizmatingizda!
✅ Assortimentimizdan:
— chiller;
— fankoil;
— multisplit tizimi;
— kanalli va kassetali sovutish tizimini xarid qilishingiz mumkin.
Eng muhimi, ishonchli❗️
Buyurtma berishga shoshiling ⬇️
📞 95-323-33-33
📞 95-325-55-55
Instagram | Telegram | Website | Reklama
Suvning qadri yo'q
Bir tomonda yurtimizda suv taqchilligi fojiaviy holatda ekanligi, agar tegishli choralar ko‘rilmasa, uzoq 100 yilda emas, balki yaqin kelajakda suvsizlikdan butun jamiyat azob chekishi mumkinligi haqida bong uriladi, yana boshqa tomonda esa ayrim masʼullar mashinalar qatnoviga xalaqit bermasin degan vaj bilan suvni bemalol ko‘chaga oqizaverish haqida topshiriq beradi.
Chunki bizda suvning qadri yo‘q. Ham moddiy, ham maʼnaviy tomondan suv biz uchun eng qadrsiz neʼmatlardan biri. "Suv tekin" degan o‘ta noto‘g‘ri ibora ham deyarli butun jamiyatning ongini zaharlab bo‘lgan. Suvni isrof qilgani uchun vijdoni qiynaladigan insonni kunduzi chiroq yoqib topolmaysiz. Yuqoridagi rasmdagi holat milliondan bir misol xolos. Aslida har qadamda shunaqa.
Tag‘in bu ishlarning barchasi butun dunyodagi eng katta ekologik fojialardan biri bo‘lgan Orol dengizi qurishi yuz bergan davlatda bo‘lmoqda. Ko‘z oldimizda butun boshli yirik suv havzasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi, bu esa aholi salomatligi, hudud ekotizimiga o‘ta jiddiy zarar yetkazmoqda, ammo bundan bir gramm ham xulosa chiqarganimiz yo‘q. Tovba, aslida biz eng suvni qadrlaydigan jamiyatlardan biri bo‘lishimiz kerak edi. Lekin ming afsuski unday emas...
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda Green University oliygohi tashkil etiladi
Prezident farmoni (PF–81-son, 31.05.2023 y.) bilan:
➖ Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasiga mas’ul bo‘lgan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritildi;
➖ 1-iyuldan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi hamda “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati joriy etiladi;
🎓 Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Kontrakt toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
➖ to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖ va qayta tiklangan talabalar uchun.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).
👉 @xushnudbek 👈
Hurmatli abituriyentlar!
🌐 Japan Digital University'da kuzgi semestr uchun qabul davom etmoqda.
😀 3 ta universitet diplomini qo'lga kiritish;
😀 2-kursdan boshlab co-working amaliyotini o'tash;
🔺O'qishni tamomlab, Yaponiya davlatidagi kompaniyalarda ishlash imkoniyati.
Siz ham oliygohimizda bebaho yutuqlarga erishib, yuqori marralarni zabt eting!
Kirish imtihonlarida hech qanday til sertifikati talab etilmaydi!
(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)
HUJJAT topshirish👈
📞: +998712000595
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Ta'lim reklamasi
Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqand shahriga keldi.
Oliy martabali mehmonni kutib olish marosimi “O’zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda ko’rsatilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi, kvotalar hali tasdiqlanmadi
#abituriyent
Qoidaga ko‘ra, OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.
Maʼlumot uchun: joriy yildan boshlab Prezident qarori asosida faqat byudjet kvotalari tasdiqlanadi. Kontrakt kvotalari esa moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlarida esa tegishli bo’ysunuvdagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
5 sutkaga qamalgan qashqadaryolik blogerlar faoliyatini tugatganini e’lon qilishdi
29-may kuni 5 sutkaga qamalgan blogerlar Umid Karimov va Maqsud Muzaffarov ozodlikka chiqqach, bugun o’z faoliyatini yakunlaganini e’lon qilishdi. Bunga sabab qilib suddagi nohaqlikni keltirishmoqda.
GazetaUz blogerlar bilan bog‘lanib, vaziyat yuzasidan izoh olibdi.
«Faoliyatimni yakunlashimda bo‘lib o‘tgan voqealarning aloqasi bor. Bir narsaga achindim, sud zaliga kirganimdan keyin sudyadan bodikamerani ko‘rishlarini juda ko‘p iltimos qildim. Lekin u buni inobatga olmadi. Sudyaga xodimni urmaganim, so‘kmaganim, haqorat qilmaganimni aytdim. Sud zalida televizor bor, bodikameradagi videoyozuvlarni qo‘yib berishlarini so‘radim, biroq inobatga olishmadi», — dedi Umid Karimov.
«Advokat so‘raganimda ham javob bo‘lmadi. Tanish yuristga telefon qilib, jarayonda ZOOM orqali ishtirok etishini taʼminlab berishlarini so‘radim. Afsuski, birortasi qanoatlantirilmadi. Bekorga 5 sutka berib, chiqarib yubordi. Faoliyatimni shuning uchun tugatmoqchiman. Bizni qonun himoya qiladi, deb o‘ylagan ekanmiz…», — dedi bloger.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Qashqadaryo IIB bergan izohga ko‘ra, 29-may kuni Shahrisabz shahri IIB YHXB maʼmuriy binosi oldida blogerlar A.Abdullayev hamda M.Muzafarovga tegishli 2 ta oq rangli davlat raqam belgisi yechilgan, barcha oynalari to‘liq qoraytirilgan (Abdullayevning mashinasida hatto oldi “lobovoy” oynasi ham qoraytirilgan bo‘lgan va tonirovkaga ruxsati ham bo‘lmagan) hamda ruxsatsiz qayta jihozlangan (serena, yorituvchi qurilma va orqa kapotiga maxsus antenna o‘rnatilgan) Gentra avtomashinalarida o‘tirgan payti ichki ishlar xodimlari ularni tekshirgani kelgan. Shundan so‘ng tegishli hujjatlar so‘ralganda, o‘rtada nizo kelib chiqqani, blogerlar IIO xodimlariga hurmatsizlik va bepisandlik qilgani aytiladi. Lekin blogerlar bu gaplarni inkor qilib, bodikamera yozuvlarini jamoatchilikka ko‘rsatishini, shunda haqiqat yuzaga chiqishini aytib kelishmoqda.
Shundan so‘ng, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumani sudida o‘sha kunning o‘zida 3 nafar bloger Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning turli moddalari bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va har biriga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
UPT — tejamkor pul oʻtkazmalari tizimi!
💳 UPT butun dunyo bo'ylab tez va xavfsiz pul o'tkazmalarini ta'minlaydi. Turkiya va yaqin xorijdagi pul o'tkazmalari uchun past to'lov amal qiladi.
💸 Tizim naqd pul o'tkazmalarini, bank hisobvarag'idan, bank kartasidan va hamyonidan adolatli narxlarda va valyuta marjasi bilan taklif qiladi. UPT tizimi butun dunyo bo'ylab 400 000 dan ortiq xizmat ko'rsatish punktlariga ega va keng UPT tarmog'i tufayli foydalanuvchilar Internet, mobil ilova yoki xizmat ko'rsatish punktlari orqali pul yuborishlari yoki qabul qilishlari mumkin.
🤝 UPT O'zbekistondagi Xalq banki, Trastbank, Qishloq qurilish bank, Garant bank, shuningdek, Agrobank bilan bir necha soniya ichida barcha O'zbekiston kartalariga karta orqali pul o'tkazish uchun hamkorlik qiladi.
Instagram | Instagram | Ilova | Veb-sayt | Reklama
❗️Bolalarni nazoratsiz qoldirmang!
Kecha Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalida cho‘milmoqchi bo‘lgan 16 yoshli bola cho‘kib ketgan. Qidiruv ishlari natijasida bolaning jasadi topilgan.
PS: ming afsuski, yoz mavsumida cho’kib ketgan bolalar haqida xabarlar tez-tez uchraydi. Ota-onalardan farzandlariga yanada e’tiborli bo‘lishlarini, ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur joylarda cho‘milmasliklarini qat’iy nazorat qilishlarini so’rab qolardik.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, Qatar Davlati Amirining yurtimizga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yildan ziyod tarixida birinchisi bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
🇹🇷 Turkiyaning Karabuk Davlat universiteti 2023-2024-o'quv yili uchun qabul eʼlon qildi
Xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajadagi bilimlarni egallab, oʻz kasbingizning ustasi boʻlmoqchimisiz? Unda Karabuk universitetiga marhamat.
📚 FAKULTETLAR:
➖ Biznes boshqaruv;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Kompyuter muhandisligi;
➖ Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi;
➖ Energiya tizimlari muhandisligi;
➖ Mashinasozlik va avto injiniring;
➖ Temiryoʻl sohalari;
➖ Arxitektura;
➖ Gastronomiya va pazandachilik;
➖ Oliy hamshiralik va akusherlik ishi;
➖ Oʻqituvchilik;
➖ Islomshunoslik;
➖ Kino, televideniye, radio;
➖ Jurnalistika.
✅ Xalqaro diplom;
✅ Universitet hududidagi qulay va arzon yotoqxona;
✅ Hamyonbop kontrakt;
✅ Xalqaro muhit.
❗️ “Perevod”, sirtqi va onlayn taʼlim mavjud emas. Taʼlim turk va ingliz tilida olib boriladi.
☎️ Maʼlumot uchun: +998933996060 | +998933836660
Telegram: @Karabuk123 va @Asiatour_1Ta’lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Odisha shtatida ro‘y bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
👉 @xushnudbek 👈
Hindistonning Odisha shtatida 2 ta yo’lovchi va 1 ta yuk, jami 3 ta poyezd to’qnashib ketgan. Natijada hozirgacha 300 ga yaqin inson vafot etgani xabar qilinmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Deputatlarning yomon qarori. Aniqrog’i deputatlar qo’li bilan qilinayotgan noto’g’ri qaror
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun egiluvchan tariflarning qo‘llanilishi keyinga qoldirilibdi. Aniqrog’i 1-avgustdan amalga kiritilar ekan.
Aslida Prezidentning 16-fevraldagi qaroriga ko’ra, Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqining egiluvchan (moslashuvchan) tariflarini joriy etish tizimi 1-apreldan amalga oshirilishi kerak edi.
O’zlari mustaqil qaror qabul qilish shijoatiga ega bo’lmagan (lekin qonunan huquqi bor, faqat foydalanishmaydi) deputatlar o’z-o’zidan Prezident qarorida belgilangan qoidani ortga surmasligi, bunga jur’ati yetmasligi aniq. Demak, katta ehtimol bilan shunaqa topshiriq bo’lgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu bo’yicha quyidagicha fikr bildirmoqda:
“Siyosiy tadbirlar va siyosiy jarayonlarni deb o‘ta muhim iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy qarorlarni keyinga qoldirishdan O‘zbekiston faqat yutqazadi va yutqazib kelmoqda. Uzoqqa bormaylik, energetika islohoti 2019-yilda amalga oshirilganida biz bu qadar ham siyosiy, ham iqtisodiy suverenitetga xavflar jamlangan jarlik yoqasiga kelib qolmagan bo‘lardik. Avvaliga parlament saylovlari, keyin pandemiya, keyin prezident saylovi, keyin shimolda yuz bergan provokatsiya, keyin referendum o‘tkazish deya keyinga surib kelinayotgan hayotiy muhim islohotdan yutqazganimiz hajmini hech kim hisoblab ko‘rgani yo‘q.
Qayd etish zarurki, bugun amalga oshirilishi lozim ishlarni bugunning o’zida amalga oshirish bo‘yicha Davlat rahbarida to‘liq va to‘kis mandat bor. Xalqning qo‘llovi ham. Shu ma’noda, juda katta mablag‘ hisobiga yangilanayotgan jamoat transporti samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun yangi tariflarga o‘tishning ahamiyatini pensionerdan talabagacha hamma tushunib turibdi. Shunday vaziyatda jamoat transportidagi egiluvchan tariflarining keyinga surilishi yana 5-10 avtobus qiymatidagi ziyondan boshqa narsa bo‘lmaydi.
O‘tgan yili “oldinda muhim siyosiy tadbir bor”, deya 1-iyundan g‘alla narxlarining erkinlashtirilishi yuz bermaganida, bu bo‘yicha irodali qaror qabul qilinmaganida, non narxini, un narxini pasaytirib turish kerak degan anomal telbaliklar haliyam davom etayotgan bo‘lardi. Ko‘ringki, bugun hech kim un narxiniyam, non narxiniyam eslayotgani yo‘q, hammasini bozorning o‘zi muvozanatga solmoqda”, — deydi Otabek Bakirov.
👉 @xushnudbek 👈
Yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi:
➖kam taʼminlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;
➖keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
➖aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash;
➖nogironligi bo‘lgan shaxslarni imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini taʼminlash;
➖nogironligi bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish;
➖og‘ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;
➖ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;
➖tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish;
➖yetim va chin yetimlar bilan manzilli ishlash;
➖ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini ko‘rsatish.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Jahon banki tomonidan eʼlon qilingan qo‘shma bayonotda, Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilishini olqishlagan.
👉 @xushnudbek 👈
Avvalroq xabar berganimizdek, yurtimizda “Suvchilar maktabi” o‘z ishini boshladi. Suv bilan bog‘liq muammolar, uni tejashga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy qilish masalasida davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan Agrobank tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent irrigatsiya universiteti bilan hamkorlikda start berilgan yangi o‘quv kurslarida 60 000 fermer va 4 000 nafar maxsus xodim (miroblar)ni o‘qitish rejalashtirilgan.
Hozirgi ekologik sharoitda suv resurslari bilan bog‘liq har qanday katta yoki kichik loyihalar bizga juda zarur.
👉 @xushnudbek 👈
Kichik va o‘rta biznes “Ready4Trade” dasturi doirasida xalqaro savdo munosabatlarini olib borish ko‘nikmalarini bepul oshirishi mumkin
17-may kuni Xalqaro savdo markazi (XSM), BMT va JST qo‘shma agentligi Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston) press-anjuman davomida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan “Ready4Trade Markaziy Osiyo” loyihasi natijalarini taqdim qildi.
Batafsil: https://goo.su/1oTFz
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘quv dasturi bo‘yicha O‘zbekistondagi hamkor hisoblanadi, UzExport Academy onlayn o‘quv platformasi orqali barcha istovchilar uchun eksport jarayoni va xalqaro savdo bo‘yicha bepul o‘qish imkoniyati taqdim etilmoqda: https://uzexport.learning-solutions.cloud/?lang=uzReklama
Jurnalist talabalar uchun ta’lim granti g’oliblari aniqlandi
100 ga yaqin arizalar orasidan munosib deb topilgan 25 nafar nomzodga jami 75 mln so’mlik mablag’ to’lov-kontraktini qoplash uchun to’liq o’tkazib berildi.
G’oliblar quyidagi oliygohlarda tahsil olishadi:
— O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
— Qoraqalpoq davlat universiteti;
— O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
— O‘zbekiston Milliy universiteti;
— Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ta’lim granti g’oliblarning 13 nafari qizlar, 12 nafari yigitlar bo’lishdi.
G’olib bo’lgan barcha talabalarning kelgusi o’qishlarida omad tilayman.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli qarori bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori edi.
Adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muhammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈