oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

35758

🏦 Buxoro shahridagi yetakchi Universitet ✔️ Bakalavr, magistratura va doktorantura ✔️ 88 ta yo‘nalish ✔️Zamonaviy infrastruktura 📋Davlat Diplomi 📞 +998 55 305 00 09 🌐https://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi): https://bit.ly/4dpCTt4

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi!

💙Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlariga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrifning asosiy maqsadixalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash.

🇬🇧 Delegatsiya Sussex Universitetida kampus hayoti, ta’lim tizimi va ilmiy markazlar bilan tanishib, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

📝 Essex Universitetida dual/joint dasturlar, qo‘shma ilmiy loyihalar va talaba almashinuvi yo‘nalishlarida kelishuvlarga erishildi.

🌟 Greenwich Universitetida xalqaro ta’lim amaliyotlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qo‘shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.

🏫 Aberystwyth Universitetida kampus infratuzilmasi bilan tanishuv o‘tkazilib, ta’lim sifati, ilmiy hamkorlik va malaka oshirish bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqildi.

🎯 Tashriflar Osiyo Xalqaro Universiteti va Britaniya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, talaba va yosh olimlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo xalqaro universitetida Buxoro Zakovat klubi hamkorligida Zakovat intelektual loyihasi – Rektor Kubogi Finali Yakunlandi!

Osiyo xalqaro universitetda qizg‘in muhokamalar va intelektual bellashuvlarga boy boʻlgan Zakovat intelektual loyihasining final bosqichi – Rektor Kubogi bo‘lib o‘tdi.

Aql va topqirlik bellashuvida g‘olib bo‘lgan jamoalar:
🥇 1-o‘rin – 1-JM-23 jamoasi
🥈 2-o‘rin – 14-FT(I)-24 jamoasi
🥉3-o‘rin – 3-IQ-24 “Sirius” jamoasi


🏆G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!Ularning tashabbusi, bilimga chanqoqligi va faolligi universitetimiz faxridir.

🔖Zakovat – aql va zukkolik maydoni!
Kelgusi intellektual loyihalarda barcha jamoalarga ulkan omad tilaymiz!


🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Bugun — 22-noyabr, Xalqaro Psixologlar Kuni!
Osiyo Xalqaro Universitetida ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirdan yorqin lavhalarni taqdim etamiz.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙 Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura qabul bo'lib o'tdi!

🎓 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik dasturlari uchun qabul jarayonlari rasman bo'lib o'tdi.

🔍 Nomzodlar uchun kirish imtihonlari, ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar va suhbatlar belgilangan tartibda o‘tkazildi. Jarayon Osiyo Xalqaro Universiteti ilmiy kengashi va malakali ekspertlar tomonidan adolatli va shaffof mezonlar asosida tashkil etildi.

🔹 Nomzodlarning ilmiy tayyorgarligi, tadqiqot mavzusi bo‘yicha kompetensiyasi va mustaqil izlanish olib borish salohiyati chuqur baholandi.
🔹 Qabul jarayonlari Osiyo Xalqaro Universitetining ilmiy-innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashni maqsad qiladi.

💫 Ilmiy faoliyatni davom ettirmoqchi bo‘lganlar uchun ushbu bosqich — katta imkoniyatlar sari qo‘yiladigan muhim qadamdir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Ayni damda Osiyo Xalqaro Universitetida "Konchilik, neft va gazni qayta ishlash, energetika, temir yo‘l va kimyo sanoati muammolari hamda innovatsion va dasturiy yechimlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Ko‘plab abituriyentlar universitet tanlash jarayonida qiynaladi.

🤓 Keling, oliygoh tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan eng muhim 5 omilni birga ko‘rib chiqamiz.


📌 Grant va stipendiya imkoniyatlari
Imkoniyat mavjud bo‘lgan universitetda natija ham yuqori bo‘ladi.

📌 Tajribali professor-o‘qituvchilar
Malakali ustozlar sizga darsliklarda uchramaydigan real bilim va ko‘nikmalarni bera oladi. Tajribasiz o‘qituvchi esa vaqt yo‘qotish bilan barobar.

📌 Kuchli infratuzilma
Zamonaviy sharoit, laboratoriyalar, texnologiyalar va kampus muhiti — natijaning sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

📌 Real amaliyot imkoniyatlari
Nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanganda foydali bo‘ladi. Amaliyot qanchalik real bo‘lsa, kelajakdagi muvaffaqiyat shunchalik oson bo‘ladi.

📌 Xalqaro muhit va almashinuv dasturlari
Chet ellik talabalar, almashinuv dasturlari va til amaliyoti sizni global fikrlaydigan mutaxassisga aylantiradi. Bugungi bozor raqobatbardosh bo‘lgani uchun global muhitda o‘sish juda muhim.


Tanlovingizni sizni rivojlantira oladigan oliygohdan boshlang!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Iqtisodiyot va Pedagogika fakultetlarida ta’lim jarayonidan lavhalar

💙Osiyo Xalqaro Universitetining navbatdagi videolavhasida Iqtisodiyot hamda Pedagogika fakultetlarida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlaridan mazmunli lahzalar taqdim etiladi.

🔹Talabalar nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy topshiriqlar, interaktiv metodlar va innovatsion ta’lim yondashuvlari orqali kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.

💫Ushbu jarayonlar — Osiyo Xalqaro Universitetida sifatli ta’lim, ilg‘or pedagogika va zamonaviy akademik muhitga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🕔 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari darsga kech qolsa… haqiqat yoki bahona?

💙Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari orasida darsga kech qolish hodisasi tez-tez uchraydi. Har safar yangi va ijodiy bahona topiladi: transport, ish yoki kutilmagan holatlar… Har bir bahona o‘ziga xos va ba’zida hazil-mutoyiba bilan uyg‘un bo‘ladi.

😄Siz-chi darsga kech qolganingizda qanday bahona topasiz?

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining Rektor kubogi — final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Qizlar himoyasi — jamiyat kelajagi!

💙Osiyo Xalqaro Universitetida “Ayol va qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish va ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish” mavzusida qizlar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📝Tadbirda Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Davronova Shaxlo Farmonovna hamda universitet inspektori, leytenant Jumayeva Gulbahor Erkin qizi ishtirok etib, qizlarga muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berdilar.

🔹Uchrashuv davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
• psixologik va ijtimoiy muammolarni oldini olish,
• mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish,
• odob-ahloq normalariga rioya qilish,
• ayollar va qizlarning huquqiy himoyasi,
• ijtimoiy faollikni oshirish,
• turli salbiy holatlarning oldini olish.


🌟Tadbir qizlar uchun foydali bo‘lib, ular ruhiy bosim yoki ijtimoiy muammolar yuzaga kelganda universitetning mas’ul shaxslariga murojaat qilishi mumkinligi uqtirildi.

💫Uchrashuv natijasida talabalarda o‘z huquqlarini bilish, ulardan to‘g‘ri maqsadda foydalanish va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 “Ilm-Fan Iftixori” sovrindorlari — faxrimiz va g‘ururimiz!

Osiyo xalqaro universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda yuqori natijalarga erishib, o‘z bilim va intilishlarini amalda namoyon etdilar.

🏅 “Ilm-Fan Iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan talabalar:

15-Stom-23: Tillayev Ulug‘bek, Dilmurodov Sherzod, G‘offurjonov Diyorbek, Naimova Ruxshona, Raxmatov Mironshox
14-Dav-24: Muxiddinov Sarvarjon, Hasanboyeva Sevinchoy
5-Stom-24: Rizoqulova Durdona


Ularning ushbu yutug‘i — tinimsiz mehnati, izlanishlari va ilmiy salohiyatining yorqin ifodasidir.

🌟 Bu muvaffaqiyat ularga yanada baland marralar sari yo‘l ochishiga ishonamiz. Biz esa bunday iste’dodli talabalar bilan faxrlanamiz!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida respublika ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi!

🌍 Osiyo Xalqaro Universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitish metodologiyasini modernizatsiya qilish muammolari: mahalliy va xorijiy tajribalar” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🧭 Tadbirda mamlakatning turli hududlaridan kelgan olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar xorijiy tillar ta’limida zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar.

🎯 Anjuman doirasida xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, samarali metodik yechimlar ishlab chiqish va til o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📺 Batafsil lavhalar va intervyular — Istiqlol TV reportajida!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

🕊 Bugun — xalqimizning mustaqillik, birlik va ozodlikka bo‘lgan intilishlarini mujassam etgan muqaddas Davlat bayrog‘imiz qabul qilingan sana. Undagi har bir rang — buyuk tariximiz, ulug‘ maqsadlarimiz va porloq kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchimiz timsolidir.

💙 Osiyo Xalqaro Universiteti ushbu qutlug‘ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Bayrog‘imiz doimo yurtimiz osmonida yuksak hilpirab, xalqimizga faxr va g‘urur bag‘ishlab tursin!

Yurtimiz ravnaqi, Vatanimiz sha’ni hamisha ulug‘ bo‘lsin!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura qabul jarayonlari boshlandi!

🎓O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-son qaroriga muvofiq, Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik dasturlariga qabul jarayonlari rasmiy ravishda boshlandi.

💡Hozirda nomzodlar uchun kirish imtihonlari, ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar va suhbatlar tasdiqlangan tartib asosida o‘tkazilmoqda. Jarayonlar universitetning ilmiy kengashi, tegishli kafedralar va malakali ekspertlar ishtirokida yuqori talab va mezonlar asosida tashkil etilmoqda.

🔹 Ushbu bosqichda nomzodlarning ilmiy salohiyati, tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayyorgarligi, analitik fikrlashi hamda doktorantura dasturida mustaqil ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlari chuqur baholanmoqda.

🔹 Qabul jarayonlari Osiyo Xalqaro Universitetining ilmiy-innovatsion rivojlanish konsepsiyasi doirasida, zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar yetishtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

💫Ilmiy daraja olish yoki akademik faoliyatni davom ettirishni maqsad qilgan nomzodlar uchun ushbu jarayon — yangi imkoniyatlar va professional rivoj sari muhim qadamdir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 17 noyabr – Xalqaro Talabalar kuni!

🧑‍🎓 Hurmatli talabalar!
Sizning maqsadlaringiz, intilishlaringiz va bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz kelajak taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Har bir yutug‘ingiz, har bir izlanishingiz – jamiyatimiz ravnaqiga qo‘shilayotgan muhim hissadir.

💙Osiyo Xalqaro Universiteti sizning yoshlik jasoratingiz, izlanuvchanligingiz va qat’iyatingizni qadrlaydi.
Bugungi mehnatingiz ertangi yutuqlaringizga zamin yaratadi. O‘z ustingizda ishlang, bilim va tajriba orttirishda davom eting, chunki kelajakni aynan sizlar bunyod etasiz.

🎓 Xalqaro Talabalar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!
Sizga mustahkam iroda, ulkan marralar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz.


🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Osiyo Xalqaro Universiteti va Maxtumquli nomidagi Turkmaniston Davlat Universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi!

🎓Osiyo Xalqaro Universiteti va Maxtumquli nomidagi Turkmaniston Davlat Universiteti (Magtymguly Turkmen State University) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil kengayib bormoqda. Tomonlar istiqbolli loyihalar, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish borasida samarali muzokaralar olib bormoqda.

📥Oktabr oyida Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining mazkur universitetda o‘tkazilgan olimpiadada ishtiroki ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Tashrif doirasidagi faol ishtirok uchun Turkmaniston tomoni Osiyo Xalqaro Universiteti rahbariyatiga minnatdorlik maktubi hamda do‘stlik ramzi sifatida sovg‘alar taqdim etdi. Bu e’tibor o‘zaro hurmat va yaqin hamkorlikning yorqin ifodasidir.

💡Shuningdek, har ikki universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limlari kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, rasmiy shartnomalar imzolash va qo‘shma ilmiy hamda ta’lim loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq rejalar belgilab oldi. Ushbu tashabbuslar ta’lim va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlarni yaratib, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


📝Osiyo Xalqaro Universiteti va Maxtumquli nomidagi universitet o‘rtasidagi ushbu aloqalar nafaqat akademik, balki madaniy va ilmiy almashinuv yo‘nalishlarida ham katta salohiyatga ega. Tomonlar talabalar va ilmiy xodimlar uchun qo‘shma dasturlar, konferensiyalar va tadqiqot loyihalarini rivojlantirishda faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

💫Bu hamkorlik ikki oliygohning nafaqat bugungi yutug‘i, balki kelajak avlodlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 22-noyabr – Xalqaro Psixologlar kuni!

🧠 Bugun inson ruhiyatini chuqur o‘rganib, har bir qalbning ichki olamiga noziklik bilan yondashadigan, jamiyatda ma’naviy barqarorlik va ruhiy sog‘lomlikni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan barcha fidoyi psixologlarni bayram bilan tabriklaymiz.

💙Osiyo Xalqaro Universitetining aziz talabalari!
Siz psixologiya sohasida egallayotgan bilim va malakalaringiz kelajakda ko‘plab insonlarning ruhiy farovonligini ta’minlashda, muammolarni yengib o‘tishida va o‘z hayot yo‘lini topishida beqiyos ahamiyatga ega bo‘ladi.

⚡️Kelajak psixologlari sifatida sizning har bir izlanishingiz, har bir amaliyotingiz va o‘rganayotgan har bir yangi metodikangiz jamiyatda sog‘lom fikr, sog‘lom ruhiyat va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

🔡Sizlardan faxrlanamiz va ta’lim yo‘lingizda, kelajak kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌟 Ilmingiz barakali, kuchingiz mustahkam bo‘lsin!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalarining sevimli joylari!

Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari orasida “OXUdagi eng yoqtirgan joyingiz qayer?” degan savol bilan mini-so‘rovnoma o‘tkazildi. Talabalar universitetdagi bir qator joylarni o‘ziga xos muhit va imkoniyatlari bilan alohida e’tirof etishdi.

🔹 Kirish eshigi va kampus atmosferasi – talabalarni eng ko‘p ruhlantiradigan joylardan biri.
🔹 Kutubxona – tinchlik, ilm va resurslarga boy muhit.
🔹 Faollar zali – har kuni o‘tadigan tadbirlar bilan talabalar hayotiga fayz qo‘shadi.
🔹 Universitet hovlisi – dam olish va muloqot uchun eng qulay maskan.
🔹 Kompyuter xonalari – zamonaviy texnika va tezkor internet imkoniyatlari bilan ahamiyatli.
🔹 Laboratoriyalar – amaliy o‘quv jarayonlari uchun muhim.
🔹 Konsert va madaniy tadbirlar maydoni – talabalar sevgan ijodiy maydon.
🔹 Fotozona va English Club – kreativ muhit va rivojlanish imkoniyatlari bilan mashhur.


Osiyo Xalqaro Universiteti kampusi — har bir talaba o‘zini rivojlantira oladigan ochiq va ilhomlantiruvchi makondir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙 Osiyo Xalqaro Universitetida XXI-asr Renessansi!

🎓Iqtisodiyot va pedagogika fakultetining sirtqi ta’lim bosqichida tahsil olayotgan Maktabgacha ta’lim va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Notiqlik mahorati” nomli seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-treningning asosiy maqsadi — bo‘lajak pedagoglarda nutq madaniyati, sahna madaniyati, ishonchli va ravon muloqot yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdir.

✍️ Mazkur trening talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga, kelajakda yetuk pedagog sifatida faoliyat yuritishlariga mustahkam zamin yaratishga xizmat qildi.

💡 Osiyo Xalqaro Universiteti — zamonaviy bilim, innovatsiya va mahorat maskani!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi qadimiy va nufuzli Greenwich Universitetiga tashrif buyurdi!

💙Buyuk Britaniyaga amaliy tashrif davomida London markazida joylashgan, qadimiy va nufuzli universitetlardan biri bo‘lgan University of Greenwichga tashrif amalga oshirildi. Delegatsiyamiz va Greenwich universiteti allaqachon yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, ushbu tashrif oldingi hamkorlik ishlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔹Uchrashuv davomida Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi Greenwich universiteti professorlari Matthew Johns va Simon Dye bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hozirgacha olib borilayotgan loyihalarni kengaytirish va Greenwich tajribasidan foydalangan holda Yevropa ta’lim shakllarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

🔹Ma’lumot o‘rnida: Greenwich universiteti professorlari boshchiligida 2026-yil bahorida yirik loyiha rejalashtirilayotgani ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik darajasining yuqori ekanligidan dalolat beradi.

💡Kunning ikkinchi yarmida mezbon universitet tashabbusi bilan kampus hududida ekskursiya uyushtirildi va universitet tarixi hamda ta’lim tajribasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

💫Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Osiyo Xalqaro Universiteti bo‘ylab sayohat!

➡️ Bugun siz bilan Osiyo Xalqaro Universiteti bôylab qiziqarli ekskursiya qilamiz!
Har bir binoda sizni o‘ziga xos muhit, yangi kashfiyotlar va kutilmagan taassurotlar kutmoqda.⚡️

Universitet atmosferasini his qiling — bu yerda har bir qadam ilm, ilhom va orzular bilan hamnafas.

🚀Osiyo Xalqaro Universiteti yo‘laklari sizni yangi imkoniyatlar sari yetaklaydi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌍 GLOBAL FUTURE EXPO 2025 — Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro maydonda!

🇺🇸🇨🇦🇬🇧🇹🇭 Xalqaro ta’lim bo‘yicha eng yirik ko‘rgazma

💙15-noyabr kuni Osiyo Xalqaro Universiteti Xalqaro talabalar fakulteti dekani Dr. Kishan Bhandari hamda Xalqaro aloqalar va xalqaro talabalar fakulteti mutaxassisi Shaxzod Saloydinov Toshkent shahrida o‘tkazilgan Global Future Expo 2025 tadbirida ishtirok etdilar.

💫Mazkur ko‘rgazmada dunyoning yetakchi ta’lim ekspertlari bilan quyidagi yo‘nalishlarda bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratildi:

🇺🇸 AQSh — universitetlarga qabul, kreditlarni ko‘chirish, akademik yo‘nalishlar
🇨🇦 Kanada — ta’lim tizimi, xalqaro talabalarning karyera imkoniyatlari
🇬🇧 Buyuk Britaniya — kreativlik, liderlik, kreditlarni ko‘chirish imkoniyatlari
🇹🇭 Tailand — turizm, mehmondo‘stlik va xalqaro karera imkoniyatlari


💡Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining mazkur ishtiroki — o‘quvchilarimiz uchun global ta’lim eshiklarini kengaytirish, xalqaro hamkorliklarni mustahkamlash va yangi akademik hamda professional imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

🌍Osiyo Xalqaro Universiteti — talabalari uchun global imkoniyatlarni yanada kengaytirishda davom etadi!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Osiyo Xalqaro Universiteti Talabalari bilan Podcast!

💙Bugungi podkastimizda Osiyo Xalqaro Universitetining faol talabalari bilan suhbatlashdik. Talabalar universitetimiz haqida o‘z tajribalari va fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

Talabalar biz bilan fikrlarini bo‘lishdilar:

💬Osiyo Xalqaro Universitetini birinchi marta qayerdan eshitganingiz?
Ko‘pchilik universitetni internet va ijtimoiy tarmoqlar, do‘stlar tavsiyasidan bilishgan.

💬Nima uchun aynan Osiyo Xalqaro Universitetini tanladingiz?
Talabalar xalqaro standartlarga mos ta’lim, sifatli o‘qituvchilar, zamonaviy o‘quv dasturlari va amaliyot imkoniyatlari tufayli Osiyo Xalqaro Universitetini tanlashganini ta’kidlashdi.

💬Osiyo Xalqaro Universitetining afzalliklari nimalardan iborat?
Talabalar universitetdagi bilim va amaliyot uyg‘unligi, qulay o‘quv muhit va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini katta afzallik deb hisoblashadi.

💬Baholash tizimi va o‘qituvchilarning munosabati haqida so‘ralganda:
Talabalar baholash tizimi adolatli va shaffof ekanini, o‘qituvchilar esa talabalar bilan do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi munosabatda bo‘lishlarini alohida ta’kidlashdi.


💫Podkast davomida barcha talabalar Osiyo Xalqaro Universitetini ijobiy baholab, sifatli ta’limini yuqori qadrlashdi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning nufuzli Aberystwyth Universitetiga tashrif buyurdi!

🎓Buyuk Britaniyaga tashrif doirasida Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining navbatdagi manzili — Qirollik tarkibidagi Uelsda joylashgan Aberystwyth Universiteti bo‘ldi. Tashrif iliq va samimiy muhitda o‘tdi.

🤝Universitetning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori boshchiligida Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi Xalqaro hamkorliklar bo‘limi boshlig‘i Harriet Howse hamda Xalqaro talabalar qabul jarayonlarini boshqaruvchi Francesca Carey bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

💡Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan:
📌birgalikda ilmiy maqolalar chop etish,
📌ilmiy izlanishlar doirasida qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish,
📌akademik almashinuvni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


💫Shuningdek, 2026-yildan boshlab qo‘shma xalqaro konferensiyalar va anjumanlarni o‘tkazish, hamda boshqa ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Turizm yo‘nalishini bitirgach, qanday sohalarda faoliyat yuritish mumkinligini bilasizmi?
Keling, buni birgalikda ko‘rib chiqamiz.


🔹 Turistik xizmat va mehmonxona sohasi:
• Turoperator
• Mehmonxona administratori
• Turistik xizmatlar bo‘yicha menejer

🔹 Transport va logistika sohasi:
• Aviakassir
• Turistik logistika menejeri
• Aeroportda yordamchi mutaxassis

🔹 Davlat va xalqaro tashkilotlar:
• Turizm inspektori
• UNESCO, USAID kabi loyihalarda analitik yoki assistent

🔹 Madaniyat va tadbirlar sohasi:
• Tadbir tashkilotchisi
• Turistik markaz rahbari

🔹 Marketing va media yo‘nalishi:
• Turizm marketingi bo‘yicha menejer
• Turizm blogeri

🔹 Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar:
• Turizm fanlari o‘qituvchisi
• Akademik maslahatchi
• Turizm siyosati bo‘yicha ekspert


Turizm — bu shunchaki yo‘l emas, bu hayot tarzi.
Osiyo Xalqaro Universiteti bilan siz o‘z kelajagingizga mustahkam chipta olasiz.


🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Talabalar uchun eng zarur narsa nima?

💡 Videoda Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari o‘z fikrlarini bildirishdi va eng muhim narsalarni sanab o‘tishdi.
📝 Har bir javob — talabalik hayotining rang-barang jihatlarini ochib beradi: ba’zilari bilim va kitoblarni, boshqalari do‘stlar va qo‘llab-quvvatlashni eng zarur deb hisoblashdi.

🔥 Talabalik — bu nafaqat dars va kitoblar, balki do‘stlik, tajriba va hayotiy qobiliyatlarni rivojlantirish davridir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 Osiyo Xalqaro Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

💙Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, undagi rang va ramzlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy dasturlar namoyish etildi.

🎓Bayramona yig‘ilish yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿 Davlat bayrog‘i — xalqimizning g‘ururi, iftixori va mustaqillik timsolidir.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Talabalar kuni: Sizning kuningiz qanday o‘tdi?

💙Bugun Osiyo Xalqaro Universiteti talabalaridan so‘radik: Talabalar kunini qanday boshladingiz, bu kun sizda qanday taassurot qoldirdi va uni kimlar bilan nishonlamoqdasiz?

🎓Talabalarimizning javoblaridan ma’lum bo‘ldiki, ushbu kun ko‘pchilik uchun universitet hayotidagi eng iliq va esda qolarli lahzalardan biri bo‘ldi. Talabalar o‘z kayfiyatlarini faol, quvnoq va ijobiy ruhda deb ta’riflashdi. Ko‘plari bayramni do‘stlari, kursdoshlar va fakultet hamkasblari bilan birgalikda nishonlab, universitetdagi madaniy va ilmiy muhitdan ilhom oldilar.

💫Ushbu bayram talabalarning universitet hayotidagi faol ishtiroki va shijoatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓Sirtqi ta’lim samaralari: nazariy bilimdan amaliy faoliyatga!

💙Bugungi videomizda Osiyo Xalqaro Universitetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalari o‘zining 5 yillik o‘qish davridagi yo‘lini, o‘zgarishlarini va erishgan natijalarini eslab o‘tishdi.

📚“Osiyo Xalqaro Universitetidagi ta’lim sizni real ish faoliyatiga tayyorladi deb o‘ylaysizmi?” — degan savolga talabalar bir ovozdan “Ha!” deb javob berishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Osiyo Xalqaro Universitetida o‘qish davomida o‘z sohasiga oid chuqur nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va ish tajribasini qo‘lga kiritishgan.

💼Amaliyot jarayonlari, ustozlar bilan ishlash, real loyihalarda ishtirok etish — bularning barchasi ularni kasbiy hayotga tayyorlab, ishonch va tajriba baxsh etgan.

💫Bu nafaqat o‘quv yillari, balki hayot saboqlari, yutuqlar va o‘sish davri bo‘ldi.

🌟Osiyo Xalqaro Universiteti sirtqi ta’lim bitiruvchilari endi o‘z sohalarida tayyor mutaxassislar sifatida yangi bosqichga qadam qo‘yishmoqda!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️⚡️⚡️Osiyo Xalqaro Universiteti Xorazm filialining rasmiy litsenziyaga ega bo‘lganini faxr bilan e’lon qilamiz!

💙 Hurmatli abituriyentlar, ota-onalar va Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari!
Osiyo Xalqaro Universitetining Xorazmdagi filiali endilikda rasmiy tarzda faoliyat yuritishga litsenziya asosida ruxsat oldi. Bu esa sizga taqdim etiladigan ta’lim sifati, diplomning yurtimizning barcha hududlarida tan olinishi hamda xalqaro standartlarga mos o‘qish jarayoni to‘liq kafolatlanganini anglatadi.

🎓Ta’lim yo‘nalishlari:

📌 35 ta bakalavr, 📌 14 ta magistratura,
📌25 ta ordinatura📌11 ta doktorantura


🏛 Infratuzilma va imkoniyatlar:
🧠3 ta zamonaviy o‘quv binolari
🧠Klinik bazalar va amaliyot markazlari
🧠Keng qamrovli kutubxona
🧠Sport zali
🧠Simulyatsion laboratoriyalar


📍 Xorazm viloyatida faoliyatimiz rasman boshlandi!

Bu — ta’lim olmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigidir. Biz bilan birga kelajagingizni mustahkam poydevor bilan boshlang!

🌍Osiyo Xalqaro Universiteti — sizning muvaffaqiyatingiz yo‘lida ishonchli hamroh!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel