universitet_yoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Подписаться на канал

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#uchrashuv
#zakovat

Hurmatli talabalar! Joriy yilning 25-sentabr kuni "Zakovat" NNT ning faollari hamda intellektual oʻyinlar boʻyicha mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Barchangizni taklif qilamiz.

P.S. Tadbir vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida alohida e'lon qilinadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

#kasting

Hurmatli iqtidorli va tashabbuskor talabalar! Ertaga soat 11:00 da 300-xonada (avvalgi 308-ma'ruzalar zalida) "Besh tashabbus markazi" dagi to'garaklarga mas'ullik hamda " Quvnoqlar va zukkolar", "Talabalar teatr studiyalari" uchun kasting boʻlib oʻtadi. Qiziqqan barchani taklif qilamiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#yengillik

Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga:

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Olingan xabarlarga ko’ra, tez orada super-kontrakt bo’yicha ayrim tartiblar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bunda beshta yo’nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo’nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo’nalishga mumkin), shuningdek ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo’nalishda super-kontraktda o’qish huquqi berilishi mumkin.

Tasdiqlangach, qo’shimcha xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#uzbekschool #tilimizuchun

“Oʻzbek maktabi” nafaqat xorijda, balki mamlakatimiz ichida ham milliy tilimizni targʻib qilish, uning jozibasini koʻrsatish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda. Beqiyos soʻz va iboralarimizning ma’nolarini, tilimiz tarixi va milliy qadriyatlarimiz aks etgan media mahsulotlar sizga ham manzur boʻlishi aniq.
“Oʻzbek maktabi” tomonidan yaratilgan darsliklar ham qiyosi boʻlmagan, yuqori sifat va aniq metodik tizim asosida tuzilgani bilan qimmatlidir.
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:

Instagram

Facebook

Twitter

uzbekschool">YouTube

Bepul videodarslar

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Talabalar uchun taʼlim krediti rasmiylashtirishda yengillik

"Xalq Banki" haftaning dam olish kunlari ham (9-10 va 16-17-sentyabr) taʼlim krediti uchun arizalarni barcha filiallar boʻylab qabul qilishini maʼlum qildi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"Yosh kitobxon" tanlovining 2023-yilgi bosqichlarini oʻtkazish muddati

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❓4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

➖ o‘tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2 barobari;

➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;

➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalish necha barobarligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga 2023/2024 o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari e'lon qilindi!

Batafsil 👉https://tsuull.uz/uz/content/magistratura-natijalari-bilan-tanishing

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Студия 24 | Нурбой Жабборов - «Дўстлик» ордени соҳиби билан суҳбат
#3sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Rasmiy

1-bosqich kunduzgi ta'lim shaklida talabalikka tavsiya etilgan talabalarni 4-sentabr kuni soat 8:30da universitetning asosiy darvozasi (Alisher Navoiy haykali taraf) oldiga kelishlari so‘raladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

I kurs talabalariga Talabalar turar joyi tarqatish jarayoni oʻz nihoyasiga yetdi. Ularning xonalari taqsimlandi.

P.S. Talabalar turar joyiga joylashish uchun kelgan I kurs talabalari yo'llanma va shartnomani chiqarilgan nusxada olib kelishlarini soʻraymiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ijara_xonadoni

Muqimiy mahallasida universitetimiz talaba qizlari uchun ijara uyi mavjud. Sharoiti yaxshi, ta'mirdan chiqqan va karavotlar bilan jihozlangan.

Bog'lanish uchun tel:

1) 93 292 53 79
2) 97 319 36 99

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Assalomu alaykum!
🧐🧐🧐🧐 Yangi o'quv yilidan boshlab ingliz tilini mukammal ravishda o'rganmoqchisiz?
👌👌👌👌👌Unda bu taklif aynan siz uchun!
✅✅✅✅ IELTS va Multilevel (CEFR) imtihonlariga biz bilan tayyorlaning!
Siz kursimizda:
⭐️GRAMMAR 📒 ( IELTS va CEFR uchun grammatik qoidalar)
⭐️LISTENING 🎧( IELTS, Multilevel savol turlari)
⭐️READING 📖 ( IELTS, Multilevel savol turlari)
⭐️SPEAKING 🗣( tez va oson gapirish)
⭐️WRITING 📝 ( Xat, essay, task 1 turlari)
✅ Instructor
Samandar Yusupov (IELTS 7.0, CEFR certificate, master of literary studies, holder of Prezident's scholarship) grammar, listening and reading (listening7.5)
Our results: IELTS 6.0 (1 student), CEFR B2 (2 students), CEFR B1 ( 2 students)

✅ Haftada 3 kun dars
✅ Narx hamyonbop (300 ming)
✅ IELTS va Multilevel imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish
Our location: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Murojaat uchun:
1.@YusupovSamandar ( +998916925642)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

➖ Urganch - Toshkent
➖ Xiva - Toshkent
➖ Buxoro - Toshkent
➖ Toshkent - Gʻijduvon
➖ Toshkent - Qorako‘l
➖ Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Transport vazirligi

@masofatalim

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Kontrakt toʻlovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma
➖➖➖

Видеоинструкция по возврату 12% подоходного налога при оплате по договору
➖➖➖

Video instruction on the refund of 12% income tax when paying under the contract


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Sizlarni "Xattotlik san'ati" ko'rgazmasiga taklif qilamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#raqamli_universitet

📍 Aziz talabalar!
2-/3-/4-bosqich talabalari uchun fanlar blokidagi fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan.
Universitetimiz rasmiy veb-sayti (www.tsuull.uz)da tanlov fanlar bilan tanishib, tanlashingiz mumkin.

Yoʻnaltma: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe4Qe2IJAPopQTTpkiX0r6zHo5AWnFwt0dLQa87Uq8Fk3BGAQ/viewform

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#talabamiz_faxrimiz

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an ishtirokida yoshlar va yosh sportchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda universitetimiz magistri, Ibrat farzandlari loyihasining turk tili boʻyicha oʻqituvchisi Aziza Shokirova ham tarjimon sifatida ishtirok etmoqda!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#akademik_faollik #ochiq_muloqot

📍 Universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov universitetning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔗 Batafsil

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Super-kontraktga ariza berishga shoshilmanglar. Hozirda kontrakt.edu.uz saytida texnik ishlar ketmoqda, tez orada to’laqonli ishga tushadi. Hovliqmasdan, vahima qilmasdan, ozgina kutib turasizlar, to’liq ishga tushishi bilan, xabar qilinadi.

Super-kontraktga ariza yuborib qo’yganlar bo’lsa, ular ham xavotir olmasin, agar xato ketgan bo’lsa, keyin yana to’g’rilash mumkin bo’ladi.

Ozgina sabr.

1-kursga kirganlar va yuqori kurs talabalari esa bemalol kontrakt olishlari mumkin, ularda hech qanaqa muammo yo’q.


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#rasmiy

To‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-bosqichga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori bosqichda to'lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak.

Endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktyabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#xushxabar

Oʻzbek filologiyasi fakultetining III kurs talabasi Shohsanam Hazratqulova Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan "Kitobxon yoshlar" onlayn tanlovining respublika bosqichida faxrli I oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shohsanamni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#yangi_oʻquv_yili #TTJ

📌 4-sentabrdan yangi oʻquv yili boshlanadi. Joriy yilgi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUga qabul qilingan birinchi bosqich talabalarining bir guruhi universitet talabalar turar joylariga kelib joylashishdi.
💻 Bu yil ilk bor TTJ uchun arizalar my.gov.uz saytida onlayn qabul qilindi. Belgilangan mezonlar asosida turar joylar taqsimlandi.
🛏 Hozirga qadar 200 ga yaqin talaba TTJga joylashdi.
Eng muhimi, ota-onalar ham talabalar ham xursand!

Bizni tarmoqlarda kuzating👇


Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Tushuntirish

Hozir koʻplab I kurs talabalaridan arizasi "jarayonda" statusida turgani haqida koʻplab savollar kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 376-son Qaroriga muvofiq, ushbu talabalarning arizasi navbatga qoʻyiladi. Talabalar turar joyidan qaysidir talaba arizasini bekor qilgan holda chiqib ketsa, my.gov.uz tizimi avtomatik ravishda keyingi navbatdagi arizachiga talabalar turar joyi taqdim etadi.

Demak, hozir "jarayonda" statusidagi talabalar TTJ uchun navbatga qoʻyilgan!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

☝️Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

​​Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Bugun xalqimiz uchun eng aziz va eng ulug' bayram - mustaqillik kuni. Buyuk Amir Temurning “Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay” degan ko‘hna falasafasi barcha ezgu ishlarning ibtidosiga ishoradir. Xuddi shu ma’noda, Mustaqillik xalqimiz uchun yangi tarixiy davrning boshlanishi bo‘ldi. Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Darhaqiqat, istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Aynan shu imkoniyatlardan biri, shubhasiz, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi bo'ldi. Universitetimiz mamlakatimizda va xorijda o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatini ilmiy o'rganish, targ'ib qilish, shu sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Biz ushbu maqsad yo'lida dadil odimlamoqdamiz. So'nggi yetti yildagi erishgan natijalarimiz, amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol dalilidir.
Universitetimiz pedagogik jamoasining ilmiy salohiyati yildan yilga oshib, safimiz yosh va umidli kadrlar bilan kengayib bormoqda. Bizning bitiruvchilarimiz mamlakatimiz va xorijda o'zlarining ilmiy, pedagogik faoliyatlarini olib borib, katta muvaffaqiyatlarga ham erishmoqdalar. Bundan tashqari joriy yilda talabalarimiz safiga yana ko'plab iqtidorli, ijodkor, intiluvchan yoshlar qabul qilindi.
Dilimizni quvnatadigan shunday natijalarning barchasini bizga mustaqillik bergan cheksiz imkoniyatlar samarasi deya baholash mumkin.
Aziz hamkasblar va talabalar!
Yana bir bora barchangizni ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklayman. Kelgusi yil shunday shodiyonalarda qatorimizdan xato boʻlmay, bir-birimizni qutlash barchamizga nasib etsin!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, filologiya fanlari doktori, profess
or

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Qabul2023 #Apellatsiya

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

✅ 2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Инсон қадри ва меҳнати улуғланган юрт! (+видео)

📍
https://uza.uz/posts/515883

🎥 https://youtu.be/AhQGIjFzDn8

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…
Подписаться на канал