universitet_yoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Подписаться на канал

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Assalomu alaykum!

📌 Yozning jazirama issigʻida salqin uyingizda oʻtirib, onlayn turk tilini oʻrganing! Oʻrganganda ham, biz bilan oʻrganing. Afsus qilmaysiz!

🔴A1 daraja guruhlarimiz uchun qabullar davom etmoqda. 02.08.2023 (Chorshanba) kuni soat 22:00'da  (Toshkent vaqti bilan) birinchi sinov  darsimiz boʻlib oʻtadi.

❗️Qolaversa, sizda A2, B1, B2, darajadan davom ettirish imkoniyati ham bor.


Doʻstlaringizga ham yuborib qoʻying! 😄😉

👉🏽 Toʻliq maʼlumot uchun @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin.

Natija va xabarlarni koʻrish uchun kanalni kuzatib borishni unutmang: 👇
@NumonNasrullayev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari uchun oʻtkazilgan imtihonlarning yakuniy natijasi

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" mavzusida respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Batafsil: http://oyina.uz/uz/announcement/86

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari uchun 28-iyul kuni boʻlib oʻtgan imtihon natijalari bilan tanishing!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://docs.google.com/forms/d/18vE4ScIkv61tiuNjiRDt5_gPkDLIbTJZGsz7SEnjRkk/edit?ts=64c219fb&pli=1

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, sevimli yozuvchimiz Luqmon Bo'rixon 58 yoshida vafot etdi.

Olloh rahmatiga olsin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#tabrik
#Shuhrat_Sirojiddin

2018-yil. Talaba boʻlish orzusida erta-yu kech oʻqib, kuyib-pishib yurgan kezlarim. Balki, shu uchun oʻsha paytlar ancha jizzaki boʻlib qolgandirman. Insho natijalari e'lon qilindi. 47.5 ball olibman. Juda yaxshi natija. Lekin shunda ham appelatsiya bergim keldi (insho yozish uchun 1 oy, appelatsiyaga 3 oy tayyorlangan edim-da😄) . Appelatsiyaga kirib chiqdim, qaytyotgan yoʻlimda Shuhrat Samariddinovich oldimdan chiqib, natija nima boʻldi deb soʻradilar. Aytsam, barakalla, demak, Siz ijodkor yigit ekansiz deb matbuot kotibiga mendan intervyu olishni topshirdilar. Domla bilan ilk va samimiy uchrashuvimiz shu boʻldi. Olloh nasib qilib, universitetga qabul qilindim. Rektor bilan uchrashuv tashkil etildi. Rektor bizga telefon raqamlari, telegram manzillarigacha berdilar. Hamma hayratda, chunki oliy ta'limda o'qigan koʻplab tanishlarimiz rektorini hech qachon koʻrmaganini, oldiga kirib boʻlmasligini aytishar edi. Bizda esa buning mutlaqo teskarisi.
1-kursimda ancha faolligim sabab tezda tilga tushdim. Domla keyin meni chaqirdilar-da, Yoshlar yetakchisi boʻling dedilar. Taklifni bir tomondan quvonch, bir tomondan hadik bilan qabul qildim. Chunki domlaning juda talabchan ekani, har bir mayda detalga ham jiddiy e'tibor berishi qulog'imga chalinar edi. Ishni boshlab oldim. Lekin boshida juda qiynaldim. Aniqrogʻi, 3-4 oy deyarli samarali ish qilolmadim. Ilmiy kengashda hisobot berdim. Domla chunonam po'stagimni qoqdi. Keyin yoʻlda koʻrib qolib, Siz shunaqa gaplar eshitib pishasiz, yaxshiroq va samarali harakat qiling dedilar. Shunaqa samimiy gapirdilar, kayfiyatim koʻtarilib ketdi. Mana shundan buyon, Ollohga shukur, qoʻldan kelgancha shu jamoada ishlab mehnat qilyapmiz.
Domlaning strategik qarorlari, harakatlari tufayli yoshgina universitet milliy reytingda ochilganiga 50,70 yil boʻlgan tajribali OTMlarni ortda qoldirdi. Bir nechta xalqaro reytingga kirdi. Universitet tom ma'noda "millat universiteti"ga aylandi.
Domla, tug'ilgan kuningiz muborak boʻlsin. Ollohdan Sizga uzoq umr, mustahkam sog'liq tilayman. Millat adabiyoti, tili, ma'naviyati, ta'limi yoʻlidagi harakatlaringiz samarasini koʻrib yurish nasib aylasin!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimiz professori Nurboy Jabborov Zomin yosh ijodkorlar seminari ishtirokchilariga ma'ruza o'tmoqda.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

"Stipendiatlikka qadam" mentorlik kursi

GrantGO loyihasi sizlar uchun foydali va qiziqarli bo'luvchi yana bir mentorlik kursi — nomdor stipendiyalarga tayyorgarlik va hujjat topshirish kursini taqdim etadi!

Kurs Prezident stipendianti va boshqa ko'plab yutuqlarga erishgan "Effort Team" a'zosi — Mohiyaxon Uzoqova tomonidan olib boriladi va nomdor stipendiyalarga to'g'ri hujjat tayyorlashdan boshlab, respublika sinov imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishgacha barcha jarayonlarga tayyorlaydi.

Kurs strukturasi
➡️ Asosiy kontent oldindan yozib olingan video darslar ko'rinishida
➡️ Ishtirokchilar bilan haftada kamida 2 marta jonli muloqotlar tashkil qilinadi
➡️ Ishtirokchilar hujjatlari alohida tekshirib, kerakli tuzatish va maslahatlar beriladi
➡️ Boshqa kerakli yordam va imtihonlarga tayyorlanish uchun manbalar taqdim qilinadi

Kurs rejasi
➡️ Nomdor stipendiyalar va kerakli hujjatlar haqida barcha ma'lumot
➡️ Kerakli hujjatlarni tayyorlash
➡️ Ilmiy ishlarni chop ettirish mumkin nashrlar va qatnashish mumkin bo'lgan tanlovlar
➡️ Ijodiy va respublika bosqichidagi imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish

Mentor haqida ma'lumot
➡️ Prezident Stipendiyasi g'olibasi (2021-22 o'quv yillari)
➡️ Birinchi xususiy stipendiya - Registon stipendiyasi g‘olibasi (2022)
➡️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” startap tanlovi respublika bosqichi g‘olibasi (2023)
➡️ Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi (NSP) g‘olibasi (2022);
➡️ DAAD stipendiyasi yarim finalchisi (2022);
➡️ Xorijliklar uchun “O‘zbek tili A2” darsligi hammualifi (2023);
➡️ “Korpus lingvistikasi” o‘quv qo‘llanmasi hammualifi (2023);
➡️ Va yana ko'plab boshqa yutuqlar egasi

Kurs narxlari
➡️ Uchinchi kurs va undan yuqori bosqichlar uchun: 299,000 so'm 249,000 so'm
➡️ Birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun: 249,000 so'm 199,000 so'm
➡️ Chegirmalar 23-iyul 23:59 gacha to'lov qilishda amal qiladi

Kurs boshlanish sanasi
🗓 19.07.2023

Murojaat uchun
📞 @effort_uz

#mentorship #nomdorstipendiyalar

Telegram | Instagram | grantgouz">YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2023-yil 20-iyul — OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang. Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, tezroq bir qarorga keling.

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 20-iyul kuni 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.

✅ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni va ma’lumotlaringizni sinchiklab tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: t.me/BaholashUz/5835

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qabul_2023
#infografika

⚡️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

15-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 615 ming 647 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 323 ming 039 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 292 ming 608 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Vanihoyat Nargiza opamning kitobi chiqdi! O‘zlaridan ko‘ra ko‘proq kutdim men bu kunni)

Kitob narxi 50 ming so‘m. Qattiq muqova, she’rlar ham lotin, ham krillda.

Shoshilinglar, kitoblar soni rostdan cheklangan.

P/S: Sovg’a qilinmaydi, arzon qilinmaydi. Tanish-bilishchilik qilinmaydi))
Puli yig’ilib muallifga tiyinma-tiyin topshiriladi.

Sotib olmoqchi bo‘lganlar Inobat Ahatova @I_A_95 ga yozsin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Zakovat qaldirg'ochlari uchun ajoyib yangilik.

● Sizda Zakovatga oid biror savol bormi?

● Yaxshi bilimdon bo'lish uchun ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

● Savolga javob topishda uni qanday muhokama qilish kerak?

Ana shunday bir nechta savollarga javob olishni uchun biz universitetimiz bitiruvchisi, Zakovat klubi Professional ligasining Benom jamoasi a'zosi, Teleo'yinlarda Abbos Salaydinov jamoasi tarkibida bahrogi mavsum finalchisi, 2022-yil Zakovat+ kanali talqiniga ko'ra "Yil kashfiyoti" Muhammadxo'ja Ahmedov bilan ovozli chat orqali podkast o'tkazish niyatidamiz. O'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishni istasangiz ertaga ya'ni Seshanba kuni soat 21:00 da ToshDO'TAU Zakovat kanalida bo'ladigan ovozli chatimizga qo'shiling.

Shuningdek mehmonimiz tomonidan eng yaxshi deb topilgan savol muallifiga kitob sovg'a qilamiz.

Kanalimiz: /channel/TSUULL_Zakovat_klubi

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

"Boburnoma" asarining italyancha tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot marosimi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tdi. ‌‌

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Qadrli talaba qizlar, kim ayni damda Toshkent shahrida bo‘lsa, sizlarni 11-iyul soat 13.30 universitetimizda bo‘ladigan Koreyaning Hosan universiteti professorlari mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darsi dasturi quyidagicha:
1. CPR (Cardiopulmonary Resuscitation) tibbiyot hamshiralik bo'limi tomonidan tibbiy yordam ko'rsatish.
2. Beauty Design - Korean make-up, nail art, hair cut style kabilar
3. K-Food - Korean food, dessert kabilar.

Mutlaqo tekin!!!

Bunaqasi hali bo‘lmagan, ishonavering.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari uchun talabgorlarni baholash jarayonidan lavhalar

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalarining bugun yakuniy bosqichi - suhbat jarayoni boʻlib oʻtmoqda. Jarayon barcha uchun ochiq.
Manzil: Oʻzbek filologiyasi fakulteti, 215-auditoriya.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#anjuman_2023

AXBOROT XATI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi F-204-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2023-yilda adabiyot, madaniyat va sanʼat, ilm-fan sohalari atoqli namoyondalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib etish dasturi”ning ijrosini ta’minlash maqsadda hamda o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, shoir va nosir G'afur G'ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan ulugʻ adib adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, uning asarlari misolida adabiyotshunoslikning dolzarb muammolarini tahlil qilish maqsadida

2023-yil 20-sentabr kuni soat 10:00 da

«G'AFUR G'ULOM IJODIY MEROSINING O'ZBEK VA JAHON ADABIY-ESTETIK TAFAKKURI TARAQQIYOTIDAGI O'RNI »
mavzusida xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan.
Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar qabul qilinadi:

🔹 G'afur G'ulom va o'zbek she'riyati (maqola yuborish uchun: Oripova N. ga murojaat qilishingiz mumkin @Nurli9817 yoki +998900471017)
🔹 G'afur G'ulom va o'zbek nasri (maqola yuborish uchun: Ergasheva H. ga murojaat qilishingiz mumkin @Habiba_Ergasheva yoki +998 97 461 87 08)
🔹 Poetik nutq va uslub masalalari (maqola yuborish uchun: Ergasheva H. ga murojaat qilishingiz mumkin @Habiba_Ergasheva yoki +998 97 461 87 08)
🔹 G'afur G'ulom va dunyo adabiyoti (maqola yuborish uchun: Ergasheva H. ga murojaat qilishingiz mumkin @Habiba_Ergasheva yoki +998 97 461 87 08)
🔹 Zamonaviy adabiy jarayon va adabiyotshunoslik masalalari (maqola yuborish uchun: Oripova N. ga murojaat qilishingiz mumkin @Nurli9817 yoki +998900471017)
🔹Adabiy publitsistika va tarjima masalalari (maqola yuborish uchun: Oripova N. ga murojaat qilishingiz mumkin @Nurli9817 yoki +998900471017)

Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz va barcha turkiy tillar.

Materiallar (maqola, tezislar) qabul qilish muddati: 2023-yilning 3-sentabriga qadar qabul qilinadi.

Konferensiyada malakali professor-o'qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar faol ishtirok etishi so'raladi.Tashkiliy qo‘mita maqolalarni saralash huquqiga ega. Saralashdan o'tmagan va talablarga javob bermaydigan maqolalar to'plamga kiritilmaydi. Matnda keltirilgan dalillarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflar javob beradi. Konferensiya materiallarini to‘plam holida nashr etish va anjuman ishtirokchilariga sertifikat berish rejalashtirilgan. Maqolalar bepul qabul qilinadi.
Anjumanda ishtirok etish shakli: anjuman online\offline shaklda tashkil qilinadi. Xorijlik mutaxassislar va viloyatlardagi ishtirokchilarning ma’ruzalari onlayn tarzda tinglanadi.

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar: Maqolalar eng kamida 5 sahifa bo‘lishi talab etiladi. Maqola matni doc. formatida, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 shriftida tayyorlanadi. Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari maqola berilayotgan tilda va ingliz tilida beriladi. Maqola sarlavhasidan keyin muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi hamda elektron manzili ko‘rsatiladi.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: manba havolasi katta qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi. Masalan: [Normatov U., 2010; 112]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida matn so‘nggida beriladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari uchun imtihon jarayonlari boshlandi. Kun davomida imtihon natijalarini e'lon qilamiz. Bizni kuzatib boring!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#foydali #repost

🤔 Taqriz qanday yoziladi?

Kecha bir kishi mendan oʻqigan narsalarim boʻyicha taqriz yozmoqchiman, deb maslahat soʻradi. Rosti, men nimaiki yozilmasin, ijodiy yondashish tarafdoriman. Ammo, koʻplab xalqaro platformalarda (masalan, Goodreads kabi) taqriz yozishning oʻz qolipi, qonun-qoidalari bor. Qolaversa, avvaliga shu yoʻlda oʻrganib, keyin erkin va ijodiy yozishga oʻtilsa, yanayam yaxshi.

Shu sababdan avvalroq tayyorlagan postimni qayta ulashyapman. Kimgadir foydasi tegsa, mamnunman. Yana kimdir taqriz yozishni bilmay ikkilanayotgan boʻlsa, shu postni yuborsangiz boʻladi.

Suratlarda eng muhim jihatlar qisqa va loʻnda qilib bayon etilgan.

@usmonosphere

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🇺🇿 66 yoshingiz muborak bo’lsin, janob Prezident!

O’zbekistonimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, yurtimizning barqarorligini mustahkamlash yo’lidagi betinim harakatlaringizda sizga kuch-quvvat tilaymiz. Yoshlarga bildirayotgan ishonchingizni albatta oqlaymiz, yosh avlodning rivojlanishi uchun har jabhada yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdormiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Yangi o'quv yilida TTJga joylashmoqchi bo'lgan yuqori kurs (II, III, IV kurs) talabalari diqqatiga!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida
2023/2024-o‘quv yili uchun yuqori kurs talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. Onlayn arizalar joriy yilning 19-30-iyul kunlari qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Yuqori kurs talabalarini Talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);
👉 Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);
👉 boquvchisini yo'qotgan talabalar
👉 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🔰
Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur mezonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga joylashish uchun Yangi o'quv yilida TTJga joylashmoqchi bo'lgan yuqori kurs talabalari diqqatiga!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida
2023/2024-o‘quv yili uchun yuqori kurs talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. Onlayn arizalar joriy yilning 19-30-iyul kunlari qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Yuqori kurs talabalarini Talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);
👉 Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);
👉 boquvchisini yo'qotgan talabalar;
👉 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🔰
Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur mezonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga joylashish uchun https://docs.google.com/forms/d/1dnXaoWyXPUk8EG-ae_BNogGcP6COCYGj1TycKKQiOXw/viewform?pli=1&pli=1&edit_requested=true manziliga onlayn ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari lozim.

♻️ Shuningdek, talabalar asoslovchi hujjatlar bilan onlayn ariza topshirganligi bo'yicha fakultetlarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlarini ogohlantirib qo'yishlari kerak.

❗️ESLATMA: Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar asosida TTJga joylashish ishlari kechki, sirtqi ta’lim shakllarida tahsil oluvchi talabalarga TATBIQ ETILMAYDI.

IZOH:
Qabul jarayonlaridan keyin TTJlarga, avvalo, 1-bosqich talabalari joylashadi. Yangi o'quv yili boshlanish davrida boshqa bosqich talabalarining yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJlari taqsimotini hozirdan, ya'ni iyul oyidan tashkil qilish boshlandi. Onlayn ariza berish natijasida TTJdan joy yetmay qolgan talabalar uchun ijara xonadonlari ro'yxati shakllantirilmoqda. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'riladi.

P.S.
30-iyuldan keyin yuborilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi hamda komissiya TTJdan qarzdorligi mavjud yoki TTJ qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan talabalarning arizasini ko‘rib chiqmasdan rad etish huquqiga ega .

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❗❗❗Magistratura, Doktorantura talabasi bo'lishni istaysizu lekin til sertifikatingiz yo'qmi?
❗❗❗Siz uchun yangilik malakali Turk tili o'qituvchisidan 3 oyda turk tilini o'rganing va sertifikatni qo'lga kiriting
📍Manzil : CHILONZOR metro
❗❗❗Ofline va online guruhlar mavjud.
Shoshiling avgust oyidan yangi guruhlarga ham darslar boshlanadi, OKTABRdagi imtixonga ulguring
📌MUROJAAT UCHUN @Melek_0209
+99893 052 58 38
+99893 264 19 08

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

📹 transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni qayta tiklash yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️ MAGISTRATURAGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN TALAB DARAJASIDAGI CHET TILI SERTIFIKATI OLISHGA ULGURMADINGIZMI?

SIZDA YANA BIR IMKONIYAT BOR!!!

ETS Global tashkilotining TOEFL iTP sinovlarida qatnashing, kerakli natijani qayd qiling va sertifikatga ega bo’ling.

⏰ 2023-yil 18-iyul ⏰
📍 Qoʻqon shahri
🛒 Sinov narxi 1.200.000 soʻm.


🌐 Sinovlarga roʻyxatdan oʻtish tartibi:

1. UPAY va Payme ilovalari orqali Toʻlovlar boʻlimidan Taʼlim (Образование) boʻlimiga kirib Qoʻqon chet tillar akademiyasini tanlang, Familiya, ismi-sharifingizni pasport boʻyicha yozib, kerakli summani kiritib, toʻlovni amalga oshiring.
2. Pasport nusxasi va toʻlov kvitansiyasini telefon raqamingizni koʻrsatgan holda telegram orqali @KAFLadmin2 ga joʻnating.

📞 Aloqa:
+998906277008
@KAFLadmin2 (telegram)
/channel/kafluz (telegram kanal)

Imtihon bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanma:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Shavkat Mirziyoyev quyidagicha qasamyod qabul qildi:

“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi. Unga Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘i topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida boʻlib oʻtadi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Prezident Shavkat Mirziyoev:

Bor bilim va tajribamni, kuch-g'ayratimni mehnatkash, mard va olijanob xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun safarbar etishga, bu yo'lda, kerak bo'lsa, jonimni ham fido qilishga tayyorman!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

O‘zbekistonda prezidentlik saylovi yakunlanib, byulletenlar sanalmoqda

“Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi saylov uchastkalaridan birida boʻlib, varaqalarni sanash jarayonini kuzatdi.

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

Читать полностью…
Подписаться на канал