TOSHPTIDA YUNUSOBOD TUMANI MAHALLARIDA ISTIQOMAT QILUVCHI FAXRIYLAR TAQDIRLADNI
2024-yil 7-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Xotira abadiy – Qadr muqaddas!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli vatandoshlarimiz, urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylar xotirasi yod etildi va bugun umrguzaronlik qilayotgan faxriylarning mehnati e’tirof etildi.
Bayramona ruhda o'tgan tadbirda institutga biriktirilgan “Uvaysiy”, “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Bobodehqon” va “Sevinch” mahallalaridan taklif etilgan faxriylarga institutning esdalik sovg‘alari ulashildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон урушида жон фидо қилган юртдошларимиз хотирасига ҳурмат бажо келтирди
—
Президент Шавкат Мирзиёев отдал дань уважения памяти соотечественников, погибших во Второй мировой войне
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTIDA "SHARAF LENTASI" BILAN ULAHISH AKSIYASI O'TKAZILDI
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ertalabdan bugungi tinch va osuda hayotimizga shukronalik, vatanga, ona-yurtga bo‘lgan muhabbat hislarini uyg‘otish maqsadida «Sharaf lentasi» bilan ulashish aksiyasini o‘tkazildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar ko‘tarinki ruhda "Sharaf lentasi"ni qabul qildilar va fotosuratlarga tushdilar.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
HEMIS tizimida talabalar uchun qanday qulayliklar bor❓
📹 Batafsil javob videolavhada
📲 HEMIS Ilovasini yuklash
📲 Telegram bot
Bizni kuzating
⚡️ОТКРЫВАЕМ НАБОР В ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЙ КОНКУРС "ЗАКОВАТ" СРЕДИ ЕВРОГРУПП
Все, кто желает продуктивно провести свое время и потратить его на горячие дискуссии и споры, это объявление для вас
🤵♂️"ЗАКОВАТ "пройдёт 14 мая, в АРМ (Ахборот Ресурс Маркази) после пар. 16:00
Главный организатор этого проекта: член первичной организации Союза Молодежи Узбекистана при Ташкентском педиатрическом медицинском институте координатор интеллектуальных проектов - Норкузиева Фатима
Турамуродова Асаль
🔗Команды желающие принять участие, могут зарегистрироваться по ссылке...
https://forms.gle/EKAWcu3CHVkQoe6z5
Регистрация начинается 27.04.2024 в 10:00✅
Регистрация закончится 13.05.2024 в 22:00❌
В каждой группе будет
с 4 до 6 участников!!
🏆Победители вознаграждаются 🎁
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
⚡️МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ АСТАНА И ТАШПМИ: ОБЩНОСТЬ ВЗГЛЯДОВ И ИНТЕРЕСОВ.
Кафедра Иностранных языков ТашПМИ организовала международные учебные занятия и мастер классы в рамках сотрудничества с Кафедрой филологических дисциплин НАО «Медицинский Университет Астана». Ведущие эксперты из Казахстана - заведующая кафедрой к.п.н. Жарикова Д.Р. и старший преподаватель Бабаджанова Г.Ж. в настоящее время начали свою деятельность в ТашПМИ согласно плану визита по академической мобильности. Для студентов 1 и 2 курсов будут предоставлены лекции и практические занятия по английскому языку; также планируется проведение семинаров и мастер-классов для преподавателей с демонстрацией образовательных технологий и современных методик.
Первые дни визита проходят в ракурсе обмена мнениями и обсуждений вопросов образовательного процесса, повышения научного потенциала и дальнейшего плодотворного сотрудничества между ВУЗами и кафедрами. Намечаются дальнейшие шаги по расширению деятельности в данном направлении.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press🤩
📣 📣 📣 2-May Chorshanba kuni institutimiz Yoshlar ittifoqi, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda ToshPTI sport klubi tomonidan tashkillangan "Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining
😀🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 turlari bo'yicha yakuniy o'yinlar bo'lib o'tdi.
Natijalar:
O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda
🥇 Boymaxmadov B
Arun Saharan
Abduholiqóv Safullo
🥈Mamatarimov Jaxongir
Usenov Oljas
Saidolimov Saidkomil
🥉Akramov Asror
Utkirov Timur
Beknazarov Davron
⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Kanalga ulanish:
@uzauz
⚡️TOSHPTI TALABALARI “AVITSENNA IZDOSHLARI” XALQARO FAN OLIMPIADASIDA G‘OLIB BO’LDI
2024-yil 16-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Avitsenna izdoshlari” tibbiyot OTMlari talabalarining IV-Xalqaro onlayn fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.
Olimpiadada Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir guruh faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1. Kaipbergenov Muxammed - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5‐bosqich talabasi – “Anesteziologiya va reanimatologiya” fanidan 1-o'rin.
Ilmiy rahbar: Anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi assistenti Shakarova M.U.
2. Utemuratova Dilbar – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 5-bosqich talabasi – “Yuqumli kasalliklar” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Maksudova L.I.
3. Orziqulova O'g'iloy – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 5-bosqich talabasi – “Sud tibbiyoti” fanidan 2-o'rin.
Ilmiy rahbar: Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi dotsenti Kuziyev O.J.
4. Hamitov Yosinxon - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 5-bosqich talabasi - “Nevrologiya” fanidan 2-oʻrin.
Ilmiy rahbar: Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti, t.f.d. Omonova U.T.
5. O'ralova Madina - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 1-bosqich talabasi – “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan 3-o'rin.
Ilmiy rahbar: Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi Nabiyeva J.R.
6. Nartadjiyeva Sabina – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 1-bosqich talabasi – “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan 3-o'rin.
Ilmiy rahbar: Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti, p.f.n. Sharipova F.I.
7. Roʻzaliyeva Navroʻza – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 3-bosqich talabasi – “Patologik fiziologiya” fanidan 3 o'rin.
Ilmiy rahbar: Gistologiya, patologik fiziologiya kafedrasi assistenti Juldibayeva S.J.
8. Ernazarova Lola – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 5-bosqich talabasi – “Anesteziologiya va reanimatologiya” fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbari: Anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi kafedrasi assistenti. PhD Ismailova M.U.
9. Isabekova Raziya – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 3-bosqich talabasi – “Anesteziologiya va reanimatologiya” fanidan 3 o'rin,
Ilmiy rahbar: Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti Ashurova G.Z.
10. Egamberdiyeva Dilshoda – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 2-bosqich talabasi – “Biokimyo” fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbar: Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi assistenti Rashidova D.A.
11. Egamberdiyev Muhammadibrohim – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 1-bosqich talabasi – “Normal fiziologiya” fanidan “For active participation” nominatsiyasi g‘olibi.
Ilmiy rahbar: Farmakologiya, fiziologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Babadjanova F.A.
12. Ovlaqulov Azizbek – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi – “Biokimyo” fanidan "Brilliant perspective" nominatsiyasi g‘olibi.
Ilmiy rahbar: Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi assistenti, PhD Muxamedova S.N.
13. Bobokulov Abduulloh – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 1-bosqich talabasi – “Tibbiy kimyo” fanidan “Best interpritatsiya” nominatsiyasi g‘olibi.
Ilmiy rahbar: Tibbiy va biologik kimyo tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi dotsenti, Ikramova Z.A.
14. Mirzayeva Munisa – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 5-bosqich talabasi – “Pediatriya” fanidan nominasiya g'olibi.
Ilmiy rahbar: Fakultet pediatriyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Axrarova F.M.
15. Eshonboboyev Firdavs - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Nevrologiya” fanidan “Brilliant Perspective” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedra mudiri, professor, t.f.d. Majidova Y.N.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
O'zbekiston finalda!
Bugun U-23 Osiyo kubogi finalida U-23 olimpiya terma jamoamiz U-23 Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
🏟 Uchrashuv 3-may Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Jassim bin Hamad Stadium” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin.
✊🏻Yigitlar omad yor bo‘lsin!
TOSHPTI RЕKTORI VA RЕSPUBLIKA NЕFROLOGIYA MARKAZI DIRЕKTORI ANDIJON VILOYATIDA XIZMAT SAFARIDA
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Botir Daminov boshchiligida institut va markaz xodimlaridan iborat shifokorlar jamoasi 2024-yil 2-4 may kunlari Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘lmoqda.
Xizmat safari davomida institut va markaz mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qurg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi, Qurg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasining 59-son Qishloq oylaviy poliklinikasi, Andijon viloyati kup tarmoqli tibbiyot markazining maslaxat poliklinikasi, Andijon viloyatining 5-son poliklinikasi, Andijon viloyatining 8-son poliklinikasi, Andijon viloyatining 7-son poliklinikasiga o‘rganish ishlarini amalga oshirish, aholimizga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashish, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari, markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar hamda shifoxonalarda mahalliy aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, joylarda shifokorlar va tibbiyot xodimlariga amaliy va metodik yordam qilish maqsadida tashrif buyurildi.
Oliygoh va markaz mutaxassislari joylarda aholimizga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashish maqsadida Qashqadaryo viloyatining mahalla va tibbiyot muassasalarida 50 nafardan ziyod bemorlarni yuqori malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, o‘z maslahatlarini berib amaliy jarayonda faol ishtirok etmoqdalar.
Poytaxtlik mutaxassislar tomonidan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va poliknikalarda faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq urolog, nefrolog va gemodializ bo‘yicha shifokor-mutaxassislari hamda poliknikalardagi UASH va patronaj xamshiralarga “Surunkali buyrak kasalligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillari bor kasallar bilan ishlash va kasallikni erta profilaktikasi” mavzusida seminar mashg‘ulot o‘tkazildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
“Ilm-fan oromgohi” uchun qabul boshlandi!
👥“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi - tibbiyot soha yo’nalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi yosh ayol-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish.
📍Loyiha: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, “Yoshlar‘” oromgohida 27-may - 2-iyun kunlari tashkil etiladi.
🔗Ishtirok etish uchun quyidagi havolani to’ldiring: google_havola
Deadline: 24.05.2024
#mahalla_yangiliklari
Shoir va adiblar kitobxonlar bilan uchrashdi.
🗓 01.05.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
📺 Bizning mahalla:
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Uztv.tv
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.
Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
ILMIY LOYIHALAR UCHUN "O’ZBEKISTON–XITOY" XALQARO QO’SHMA TANLOVI E’LON QILINADI
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innvatsion rivojlanish agentiligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma tanlovi 87-turi eʼlon qilinadi.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Hujayra va molekulyar biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
2. Tibbiy-genetik va ekofiziologik tadqiqotlar (Tibbiyot fanlari);
3. Energiyatejamkor avtomatlashtirilgan tizimlar (Texnika fanlari);
4. Materialshunoslik va qurilish materiallari (Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari, Texnika fanlari);
5. Oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyalari (Kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari);
6. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Texnika fanlari);
7. Astronomiya (Matematika, fizika va mexanika fanlari);
8. Geologiya (Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
9. Yangi dori vositalari va ularning taʼsir mexanizmlarini oʻrganish (Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
10. Qishloq xoʻjaligi (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari, Kimyo fanlari).
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagidagini bildirgan ilmiy jamoa Xitoy tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim.
Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 1-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TOSHPTI PEDAGOGLARI VA TALABALARI XOTIRA MAYDONI VA G'ALABA BOG'IGA BORDILAR
9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari guruh murabbiylari, tyutorlar rahbarligida “Ajdodlar ruxini shod etib” shiori ostida G‘alaba bog‘i, "Shon-sharaf" davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, xotira maydonlariga tashriflar uyushtirildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
“XOTIRA ABADIY – QADR MUQADDAS!”
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr-insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etish olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Ayni kunlarda mamlakatimizda bu bayram yuqori kayfiyat va shukuhda nishonlanmoqda hamda sana munosabati bilan 2024-yil 7-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Xotira abadiy – Qadr muqaddas!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli vatandoshlarimiz, urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylar xotirasi yod etildi va bugun umrguzaronlik qilayotgan faxriylarning mehnati e’tirof etildi.
Bayram tadbiri yakunida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 3 nafar xodimga “Yodnoma”, 3 nafar faxriy professor-o‘qituvchiga “Qadrnoma mehnat faxriysi”, 10 nafar professor-o‘qituvchiga “Qadrnoma” va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Shuningdek, institutga biriktirilgan “Uvaysiy”, “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Bobodehqon” va “Sevinch” mahallalaridan taklif etilgan faxriylarga ham institutning esdalik sovg‘alari ulashildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#E’lon #Ovozli_chat
⚡️Bugun, soat 11:30 da mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tadi
Unda qabul talablari bilan bog‘liq barcha savollaringizga vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari javob berishadi.
Eslatma: mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar phd.mininnovation.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
🔊Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉 /channel/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19
Bizni kuzating
#9_май_Хотира_ва_қадрлаш_куни
Эл хизматига бахшида умр
Хотира — инсон вафотидан кейинги умр дейишади. Шу боис ҳар бир инсон ҳаёти давомида ўзидан яхши ном, эзгу амаллар билан безатилган ибратли бир хотира қолдиришга интилади. Бироқ, бу шундай заҳматли йўлки, улкан сабр-бардош эгаларигина машаққат ва меҳнатга бахшида умрлари эвазига мақсадларига етадилар. Ана шундай шонли, шарафли ва эзгу амалларга тўла ибратли хотира эгаларидан бири – Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси академиги, тиббиёт фанлари доктори, профессор, “Адолат” социал-демократик партиясининг жонкуяр, фидойи ташаббускорлари Турғунпўлат Даминовдир.
📣 📣 📣 Chorshanba 8.05.2024
"Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ⚽️ Mini futbol turi bo'yicha o'yinlar bo'lib o'tadi.
Pentagon → Lochin
India → Harvard
Jizzax Bars→ XT2
O'zbekiston → Senator
⚠️ Talablar
Jamoalar bir xil rangdagi sport formasida bo'lishlari talab qilinadi.
Jamoalar o'z vaqtida kelishlar shart, o'z vaqtida kelmagan jamoalarga mag'lubiyat yoziladi.
▶️⌛️⌛️da Institut sport zalida bo'lib o'tadi
⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA “SHAXSIY O‘YIN” INTELLEKTUAL TURNIRI O'TKAZILDI
2024 yil 4 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti "Talabalar Bahori" festival doirasida, Intellektual loyihalar koordinatori N.F.Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Shaxsiy o'yin" intellektual turniri o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda 30 dan ortiq institut talabalari qatnashib, o‘z bilimlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.
"Shaxsiy o'yin" intellektual turnir natijalariga ko'ra:
Tashimbetov Otabek
Xoliqulov Bobur
Xasanova Aziza
Azizov Alisher
Otabekova Mohigul
Hamroqulov Ramziddinlar yetakchilikni qo'lga kiritib eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.
@tashpmi_yoshlar
@tashpmi_press
@daminovbotirturgunpulatovich
📣 📣 📣 6-May Chorshanba kuni institutimiz Yoshlar ittifoqi, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda ToshPTI sport klubi tomonidan tashkillangan "Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining
🏓 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 turlari bo'yicha yakuniy o'yinlar bo'lib o'tdi.
Natijalar:
O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda
🥇 Berdikarimov S
🥈 Mamatov M
🥉Habibullayev A
Qizlar o'rtasidagi bahslarda
🥇Nigmadjanova M
🥈Marufxonova S
🥉 Baysariyeva Sh
❗️“Hacknovation-2024” hakatoniga taklif qilamiz!
Toshkent shahridagi Amity universiteti va O‘zbekiston IT-hamjamiyati tomonidan “Hacknovation-2024” tashkil etiladi. Tadbirda jamoalar 10 ta zamonaviy mavzular bo‘yicha bugungi texnologik landshaftdagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalari bilan qatnashadi.
Musobaqa ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
• Universitet/sanoat
• Maktab
Jamoalarga qo‘yiladigan talablar:
👉🏼 Jamoa jami 5 kishidan, shu jumladan kamida bitta ayol ishtirokchidan iborat bo‘lishi shart;
👉🏼 Jamoa bitta murabbiy mentorga ega bo‘lishi mumkin;
👉🏼Jamoa o‘zi va loyihasi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda oldindan ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
⏳Ro‘yxatdan o‘tish 12-mayga qadar davom etadi. Jamoaning barcha a’zolari 18–19-may kunlari shaxsan ishtirok etishlari kerak.
💵 G‘oliblarni pul mukofotlari kutmoqda:
• Universitet/sanoat
🥇1-o‘rin – 1500$
🥈2-o‘rin – 1000$
🥉3-o‘rin – 700$
• Maktab
🥇1-o‘rin – 500$
➡️ Batafsil
Qo‘shimcha ma’lumot: +998 99-404-02-98
👉🏼Ro‘yxatdan o‘tish
Bizni kuzating
⚡️TOSHPTI VOLONTYORLIK MARKAZI MDH VOLONTYORLAR FORUMIDA ISHTIROK ETDI
Joriy yilning 3-4-may kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarining volontyorlar forumi tashkil qilindi.
Ushbu forumda Toshkent pediatriya tibbiyot institining Volontyorlik markazi hamda volontyorlari faol ishtirok etdilar.
Forum doirasida MDH davlatlarining volontyorlik tashkilotlari rahbarlarining o’zaro tajriba almashinuvi, yurtimizdagi turli volontyorlik guruhlarining taqdimotlari bo’lib o’tdi.
_
⚡️ЦЕНТР ВОЛОНТЁРСТВА ТАШПМИ ПРИНЯЛ УЧАСТИЕ В ФОРУМЕ ВОЛОНТЁРОВ СНГ
3-4 мая текущего года в столичном Дворце творчества молодежи был организован форум волонтёров стран Содружества Независимых Государств.
В работе форума активное участие принял Центр волонтёрства и волонтёры Ташкентского педиатрического медицинского института.
В рамках форума состоялся обмен опытом между руководителями волонтёрских организаций стран СНГ, презентации различных волонтёрских групп в нашей стране.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TOSHPTIDA TALABA-QIZLAR BILAN SUHBAT TASHKIL ETILDI
2024-yil 2-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xotin-qizlar Maslahat Kengashi a'zolari, Yunusobod tumani 4-sonli YIB XQMB katta inspektori, leytenant Ernazarova R.U., "Posira" mahalla Xotin-qizlar faoli Kabirova S.A. va talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Yig'ilishning maqsadi ayol-qizlarning huquqlarini tushuntirish, tazyiq va zo'ravonlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo'ldi.
Suhbat davomida talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi
🔈 Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.
STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz.
✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️
⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz.
Batafsil: @iqtidorly
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Yangi O`zbekiston
#15feb #uzbekiston
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🌎🌍🪐💫⭐️ 12:30
“Ma’rifat ulashib” loyihasi “zakovat” va osh chempionatiga ulanib ketdi
2.05.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE
ILMIY LOYIHALAR UCHUN "O’ZBEKISTON–BELARUS" XALQARO QO’SHMA TANLOVI E’LON QILINADI
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innvatsion rivojlanish agentiligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalarni qabul qilish uchun “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovi 88-turi eʼlon qilinadi.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish)
2. Texnika fanlari (Texnika fanlari);
3. Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
4. Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
5. Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari);
6. Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
7. Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari).
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagidagini bildirgan ilmiy jamoa Belarus tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim.
Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi (tanlovga bajarilishi ikki yilga moʻljallangan fundamental loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi ikki yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi).
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2024-yil 2-may kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 329-sonli umumta’lim maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, bolalar shoirasi, publitsist, dramaturg, kinossenarist, tarjimon Kavsar Turdiyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi tashkil etildi.
Adabiy ruhda o‘tgan loyiha mobaynida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotlar olib bordi.
Ma’lumot o‘rnida, Kavsar Turdiyevaning yozgan ssenariylari asosida “Zumrad va Qimmat”, “Susambil”, “Irkitvoy va Kirketjon”, “Sumalak va ming tilak” kabi bir qator multfilmlari suratga olingan. 300 dan ortiq qoʻshiqlar matni muallifi. Uning sheʼrlari asosida yozilgan qoʻshiqlar katta ommaviy tadbirlarda va tantanalarda ijro etilgan.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press