@iQtidorly - yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ularni tizimli qoʻllab-quvvatlash platformasi! https://t.me/boost/iqtidorly
🧠 Asosdan fikrlash: Kechki fikrlar
Ko‘pchilik “hamma shunaqa qiladi” degan fikr bilan qaror qabul qiladi. Lekin dunyoni o‘zgartirgan odamlar bunday yo‘ldan bormagan.
Asosdan fikrlash — bu biror muammoni yoki fikrni “oldingi tajribalarga” emas, balki
eng asosiy, inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatlarga
asoslab tahlil qilish.
Hozir biz STEM camp formatini yangilamoqchimiz. Oldingiday qilish oson, lekin biz
“Nega shunaqa bo‘lishi kerak?”
deb so‘radik. Va bu yo’lda izlanishlarimiz davom etmoqda. Biz unutib qo’yganimiz yo’q.
🏖 iQtidorlylaaar hormanglar? 😎
📹 Bugun sizlarga aynan dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan ajoyib podcast tavsiyasini ulashmoqchimiz.
Bu yil El-Yurt Umidi fondiga hujjat topshirayotgan uka-singillarimiz uchun ayni muddao!
iQtidorly doimo sizlarning muvaffaqiyatlaringiz uchun yoningizda.
☀️ Hayrli tong do'stlar! ☀️
Yodingizda bo'lsa, iQtidorly STEM Camp uchun timsol (logo) dizayni bo‘yicha kichik ijodiy tanlov e’lon qilgan edik.
🫶 Barcha ishtirokchilarga o‘z ijodkorligi, g‘oyalari va faolliklari uchun samimiy minnatdorligimizni bildiramiz!
🔥 O‘zbekiston 2:0!
GOOOL! Ikkinchi to‘p darvozada! 🇺🇿
Maydon bizniki, g‘alaba ruhi osmonga ko‘tarildi! Muxlislar baland ovozda, bir ovozda:
O‘ZBEKISTON! Bu yigitlar – haqiqiy g‘oliblar! 💪🇺🇿
iQtidorly endilikda dunyodagi eng nufuzli ingliz tili olimpiadalaridan biri — English Language Olympics (ELO) bilan rasmiy hamkorlikni boshladi! 🌍🇺🇿
ELO — bu Yaqin Sharq va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan, turli yoshdagi ishtirokchilarni birlashtiruvchi xalqaro ingliz tili olimpiadasi bo‘lib, nafaqat til bilimini, balki ijtimoiy tadqiqot loyihasi, jamoaviy ishlash, teatr sahnalashtirish, va yetakchilik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Agar siz:
✅ Universitet talabasi bo‘lsangiz
✅ Ingliz tilida yuqori darajada erkin muloqot qilsangiz
✅ Xalqaro sahnada O‘zbekiston sharafini himoya qilishni istasangiz
— unda bu imkoniyat aynan siz uchun! O'z jamoangizni tuzib turing!
⚡️ ⚡️ ⚡️
Aytgancha, STEM Camp 2025 tashkiliy jamoasiga hujjat topshirganlar uchun javoblar email orqali yuborilmoqda. Bugun kechgacha barchaga javoblar boradi.
Yaqin orada, bayramlar ortidan STEM CAMP 2025 uchun ham qabul ochiladi!
Bugungi muborak Arafa kuni bilan barchani tabriklaymiz – yangi ilm va imkoniyatlar sari yo‘lingiz ochiq bo‘lsin! Duoda bo'lamiz! 🌟Читать полностью…
Hurmatli ariza topshirgan ishtirokchilar va iQtidorly hamjamiyati a’zolari!
🙏 Birinchi navbatda, sabringiz va ishonchingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
🤝 YPIP dasturi orqali iqtidorli stajyorlarni tanlab olish va jamoaga qo‘shish ishlari olib borildi.
🏢 Biz Nest One, Tashkent Citydagi yangi ofisimizga ko‘chib o‘tdik – bu esa tashkiliy jarayonlarni biroz cho‘zdi.
📊 Strategik hamkorlar bilan uchrashuvlar, kelishuvlar va qo‘shma rejalarning muhokamasi davom etmoqda.
🕰 Iltimos, shoshib qolmang – har bir qadam sifatli va foydali bo‘lishi uchun harakatdamiz!
↗️ Saralash jarayonlaridan ilk professional "insightlar"
📌 700+ dan ortiq arizalar orasidan eng iqtidorlilarni aniqlash jarayoni ayni damda qizgʻin davom etmoqda. Arizalar iqtidor, tajriba va berilgan rol (mentor, PM, koordinatsiya, media va h.k.) uchun zarur kompetensiyalar asosida baholanmoqda.
🎓 Ariza topshirganlar orasida PDP University, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Yangi O‘zbekiston Universiteti kabi nufuzli oliy o‘quv yurtlari talabalari ko‘pchilikni tashkil etgan. Xorazm, Farg‘ona, Buxoro va Toshkent shaharlari eng faol hududlar sifatida ajralib turibdi.
⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bekvalola">Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. BeruniySarguzashtlari">Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. yashilmakonuz">Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. KhanAcademyUzbek">Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. MilliyKaraoke">Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!
@alisher_sadullaev
😎 iQtidorly dizaynerlar omonmisizlar?
Shu desangiz, kecha tashkiliy jamoa bilan uchrashuvda iQtidorly STEM Camp 2025 uchun timsol/ramz (logotip) yaratish istagi tug‘ilib qoldi. Agar siz grafik dizayner bo‘lsangiz — professional yoki havaskor — o‘z ijodingizni sinab ko‘rishingiz uchun ajoyib imkoniyat!
Bu e’londi dizayner yoki marketing sohasidagi do‘stlaringiz bilan albatta ulashib qo’ying! Portfolio uchun eng zo’r - opportunity!
📣 Qabul tugashiga deyarli 24 soat qoldi!
⚡️ Oʻz imkoniyatlaringizni qo'ldan boy bermang. So'nggi daqiqalarda ariza topshirish uchun vaqt bor. Shoshiling!
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: Ariza
⚠️ Muddat: 15-may, 23:59 gacha.
✔️ Qoʻshimcha ma’lumot va savollar uchun bizga murojaat qiling!
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🎉 ELO International 2025 Yopilish Marosimi 🎉
Ayni damda, 10-may kuni, Amman shahridagi Applied Science Private Universityda ELO International 2025 musobaqasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tashkiliy jamoani o’ziga bitta oromgoh qilsa bo’ladiku STEM TOT ⚡️⚡️⚡️
2 kun ichida + 300 professional yoshlar tashkiliy ishlarda yordamlashaman deb ariza qoldirishdi. Ishonch va qiziqish uchun katta rahmat.
Qabul davom etadi… 😇🤓
⚡️ Ariza topshirish ⚡️
iQtidorly Camp 2025 tashkil etishga homiy bo’laman deb, lekin uyalib turgan aka-opalar, ilm-fanga xissa qo’shaman degan tadbirkorlar, behijolat aloqaga chiqaversangiz bo’ladi? 😎 🙌
✉️ iqtidorly@gmail.com / 997214262
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🔔 "IQtidorli" 3-oromgohi uchun tashkiliy jamoaga tanlov e’lon qilinadi!
STEM fanlariga mehr qo‘ygan, ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishni istagan, tajriba orttirishni va yoshlar orasida ijobiy o‘zgarishlar qilishni xohlagan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🧩 Biz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli va mas’uliyatli yoshlarni tashkiliy jamoamizga qabul qilamiz:
😮 Mentorlar – ishtirokchilarni yo‘naltirib boruvchi, bilim va ilhom ulashuvchi
😮 Koordinatorlar – tartib, jamoaviy ish va rejalashtirish uchun javobgar
😮 Tashkiliy jamoa a’zolari – oromgohni muvaffaqiyatli o‘tkazishda faol ishtirok etuvchilar
😮 Tadbir tashkilotchilari – kreativ g‘oya va qiziqarli mashg‘ulotlarni tashkil etuvchilar
😮 Media jamoasi – suratga olish, videomontaj, kontent tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar yuritishda ishtirok etuvchilar
⚡️Ajoyib yangilik
Yaqin kunlarda top universitetlarga kirish bo'yicha oromgohga qabul e'lon qilinadi @top100_uni.
- Dasturga eng kuchli, eng bilimdon hamda dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qimoqchi bo'lgan yoshlar qabul qilinadi.
- Eng muhimi, oromgohdagi barcha xarajatlar Prezidentimizning yoshlar uchun tashkil etib bergan jamg'armalari tomonidan qoplab beriladi.
- Mentorlar ham dunyoning eng zo'r universitetlarida ta'lim olayotgan talabalar bo'lishadi.
Bu shunchaki qoyilmaqom!
Yangilikni eng birinchilardan bo'lib bilish uchun ushbu xabarni do'stlaringizga yetkazishni unutmang.
@alisher_sadullaev
⚡️Alisher Sa’dullaev – Stanforddagi ilk qadamlari
🇺🇿 Bizning faxrimiz, yoshlar uchun ilhom manbai, iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shgan Alisher Sa’dullaev hozirda Stanford Executive Program (SEP) ishtirokchisi sifatida AQSHda bilim olayaptilar. Ular bu safar nafaqat shaxsiy rivojlanish uchun, balki O‘zbekiston yoshlariga global bilimlar olib kirish uchun yo‘lga chiqdilar.
4️⃣4️⃣4️⃣ iQtidorlylar jamoasi!
🧠 Matematika faniga qiziqadigan 5-7-sinflar o‘quvchilari uchun ajoyib imkoniyat!
Bizning hamkorimiz bilan birgalikda 3-sinfdan 6-sinfgacha ingliz tili va matematikadan yaxshi bilimga ega iqtidorli o‘quvchilarni “Fun & Math Day” tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Tadbirda Janubiy Koreyaning Gifted Talents Centerdan mehmon professorlar va iqtidorli o‘quvchilar ham qatnashadilar. Ishtirokchilar xalqaro guruhlarga bo‘linib, madaniyat va matematikani o‘rganish bo‘yicha birgalikda faoliyat olib boradilar.
Iltimos, o‘z uka-singillarizni ham tavsiya etishda yordam bering — ishtirokchilar Toshkent va Toshkent viloyati hududida yashashi qulay, chunki tadbir aynan Toshkentda o‘tkaziladi.
iQtidorlylar siz uchun yana bir Gooool 🇺🇿
3:0 😅⚡️⚡️⚡️⚡️
⚽️ 90' (+2) Sergeev
⚽️ 86' Shomurodov
⚽️ 28' Turgunboev ⚽️
G'alaba muborak barchaga!
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🇺🇿 O'zbekiston - Qatar o'yinida 1:0 hisob ochildi. O'zbekiston oldinda! 🇺🇿
Tashkiliy jamoa uchun suhbatlar davom etmoqda. Bugun ishtirok etgan mentorlar jamoasiga katta rahmat. Yakuniy natijalar tez orada e'lon qilinadi.
🛠 TECHNOCAMP 2025 – Kelajak ixtirochilari uchun oromgoh boshlandi!
👉 http://t.me/technocamp2025
Hurmatli iQtidorlylar, do'stlarimiz Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etilayotgan bepul TechnoCamp oromgohi 9-16 yoshdagi texnika va muhandislikka qiziquvchi yoshlar uchun arizalarni qabul qilishni boshladi!
⚠️ CV, Tajriba va Motivation Letter haqida 3 muhim tavsiya!!!
Tashkiliy jamoa saralashiga kelib tushgan ko‘plab arizalar va suhbatlar asosida quyidagi muhim "insight" bilan o‘rtoqlashmoqchimiz. Bu maslahatlar ayniqsa grant, internship yoki professional loyihalarga murojaat qilayotganlar uchun foydali bo‘ladi.
Iltimos, uni to‘liq ChatGPT yoki sun’iy intellekt vositalarida yozmang. Har bir jumlaga o‘zingiz mehr bersangiz, uni ham o'qiydigan insonlar bo'ladi. Sun’iy va umumiy yozilgan matn darrov seziladi — bu esa siz haqingizda ko'rsmasdan masofadan turib noto‘g‘ri taassurot qoldirishi mumkin.
Qisqa, lekin kuchli iboralar va raqamlar ishlating.
❌ “Ko‘plab loyihalarda qatnashganman”
✅ “2023-yilda 7 ta loyiha boshqarganman, shulardan 2 tasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan.”
Aniqlik – ishonchlilikni oshiradi.
Shuningdek, loyihada qatnashishni o'zi kamlik qiladi, aynan nima vazifada bo'lganingiz
,
qanday qiyinchiliklarni yengagingiz qiziq.
Siz nimani istaysiz? Loyiha sizga nima beradi va siz unga nima bera olasiz?
Agar "storytellingiz" kuchli bo‘lsa, albatta foydalaning. Muhimi — matn o‘quvchini "scroll" qilmasdan, "diqqat bilan o‘qishga" majbur qilsin.
iQtidorly — rasmiy "host" kompaniyalari qatorida!
Har yili minglab yoshlar, o'z orzu qilgan stajirovkalarini kutadilar, O'zbekistonda ham shunday imkoniyatlarni biri sifatida yoshlar orasida Young Professional Internship Program (YPIP) loyihasi e'tirof etilar edi.
🚀 Bu yilgi stajyorlardan omadlilari biz bilan birga o‘sishadi, o‘rganishadi va kelajak iqtidor egalarini tayyorlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishadi.
1 donagina boost 🤩 yetmayapti…
⚡️iQtidorly storylarni ham ulashib turardik!
Qo’llab yuboraman deganlar bo’lsa:
/channel/boost/iqtidorly
“Sharing is caring”Читать полностью…
🔔 Hurmatli ishtirokchilar
✅ Oromgoh tashkiliy jamoasi uchun qabul jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Oromgoh tashkiliy jamoasiga ariza topshirganlar 700+ dan ortdi va jamoada saralash jarayonlari boshlandi.
Loyihaga qiziqish bildirganingiz va ishtiyoqingiz uchun minnatdormiz.
❗️Javoblar 15 kunda e’lon qilinadi.
🌟 Telegram | Instagram | LinkedIn
🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasining tarixiy yutuqlari
📍20+ mamlakat va 150+ jamoa ishtirokidagi xalqaro ELO International musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi yutuqlarga erishdi:
🎖
O‘zbekiston terma jamoasi
musobaqaning eng kuchli TOP 3 lik jamoalari qatoridan joy oldi va xalqaro miqyosda Ingliz tili fanidan o‘z salohiyatini namoyon etdilar.
🇺🇿 ELO International 2025’da O‘zbekistonlik o‘quvchilar!
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirda Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan ELO (English Language Olympia) xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda! Bu musobaqa ingliz tilini ijodiy, jamoaviy va amaliy jihatdan namoyish etish uchun ajoyib maydon:
Bu yutuq nafaqat hozirgi ishtirokchilar uchun, balki minglab yoshlarimizga ilhom manbai bo‘ladi.
ELO-2025 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yurtimizdan birinchi marotaba Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO International)ga Fan olimpiada markazi O’zbekiston terma jamoasini, “eng brilliant” “eng iQtidorly” o’quvchi bolajonlarni olib yo’l oldik.
Omad tilab qolasizlar tengdoshlaringizga 🐝
Top 100 Uni Campga qabul ochilibdi 🔥🔥🔥
Bu ajoyib imkoniyat do'stlar! Albatta boring!
⚡️ Ariza topshirish ⚡️
iQtidorly Camp 2025 ham tashkil etamizmi? 😎 🙌
Erta tonggacha 1000 ta izoh bo'lsa tashkiliy jamoaga qabul ochvoramiz 🔥😁
🤖 Sun’iy intellekt: Bugun va Kelajakda
iQtidorly jamoasi sizni aziz hamkorimiz School 21 tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etadi!
🔗 Sun’iy intellekt va mashina o‘rganish
🔗 Raqamli iqtisodiyot
🔗 Yashil texnologiyalar
🔗 Robototexnika
🔗 Kiberxavfsizlik
🔗 SI etikasi