#tibbiyot
💊Bugun, Qibray tumani tibbiyot birlashmasi hamda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 24-OP hududida joylashgan "Ko'prikboshi" mahallasida fuqarolar uchun tibbiy ko'rik bo'lib o'tmoqda.
🔬Tibbiy korik davomida fuqarolar tor doiradagi mutaxassislar xirurg, nevropatolog, ginekolog,kardiolog, oftal'molog, lor, allergolog, terapevt, endokrinolog, pediatr, travmatolog, UASh hamda diagnostik tekshiruvlar (uzi, rentgen, ekg, laborator tekshiruvidan) o'tkazilmoqda.
📌Tibbiyot xodimlari bugunning o‘zida 324 nafar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziildi.
🟢Shuningdek, sog'lom turmush tarziga rioya etish, to'g'ri ovqatlanish hamda zararli odatlarni inson organizmiga salbiy ta'siri haqida keng tushunchalar va zarur tavsiyalar berilmoqda.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#tuhfa
Tuman aholisining og‘iri yanada yengil bo‘lmoqda
🔹Fuqarolarning kunlik yumushlarini amalga oshirish va ish joylariga o‘z vaqtida yetib borishlari, xavfsiz hamda zamonaviy transport vositalaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda.
🚍Bugun, bu kabi ishlarning davomi sifatida "O‘nqo‘rg‘on-Food city" savdo majmuasi yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi 128-avtobus faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🔸Yonalishning ochilishi mahalladagi yoshu-qarini birdek xursand qilgan bo‘lsa, aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini xaridi uchun ham qulaylik yaratildi.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ facebook/ Instagram/
#telenigoh
🛣Ma'lumki, joriy yilda Qibray tumanida aholiga qulaylik yaratish, ta'mirtalab yo'llarga asfalt qoplamasini yotqizish, piyodalar yo'lakchasi barpo etish va tungi yoritgichlar o'rnatish kabi ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
🎞Xususan, tumandagi 4K699 umumfodalanuv yo'lida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari haqida batafsil "Nurafshon TV" telekanali lavhasida tanishing.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ facebook/ Instagram/
#bildirish
Qibray tumani Elektr tarmoqlari korxonasi ma'lum qiladi.
⚡️Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli TP -323 da eski simlarni yangi sip kabelga almashtrilishi sababli bugun soat 17:00ga qadar "Navbahor" mahallasida elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.
Dispetcherlik xizmati tel:
☎️70/202-07-15; 95/194-03-82, 95/194-01-83
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibray TETK uzr so‘raydi.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#yoshlar_festivali
🪅Tumandagi 5 mingga yaqin yoshlarni o‘zida jamlagan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" yoshlar festivali barchaning xotirasiga katta taassurotlar bilan muhrlandi.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ Instagram/
🗳 Заполнение бюллетеня для голосования на референдуме Республики Узбекистан
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#befarqemasman
Зайнаб Дайибекова, қиличбоз:
— Қиличбозликни яхши кўрадиган одам мусобақа вақтида тез муносабат билдириш, қарор қабул қилиш ва дарҳол ҳаракат қилиш зарурлигини билади. Камдан кам жойларда вазият шу қадар тезлик билан ўзгаради. Шу сабабли биз тўғри танлов қадрини яхши биламиз. Чунки фақат у шоҳсупа томон етаклайди. 30 апрель. Биз бефарқ эмасмиз!
@menbefarqemasman
#huquqiy_maslahat
Referendum nima, uni saylovdan farqi nimada hamda
unda kimlar ishtirok etadi...
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi halqimiz tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan hujjat bo‘ldi. Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitutsiyaning moddalari ko‘payishi, normalari hajmi oshishi kutilmoqda.
Aslida referendum nima va uni saylovdan farqi nimada...
— «Referendum» (lot. referendum — bildirilishi kerak bo‘lgan) — umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shaklidir, bevosita demokratiyaning muhim vositasi hisoblanadi.
Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum o‘tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo‘yiladi.
Referendumda kimlar ishtirok etadi?
— Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab, fuqarolarning referendumda qatnashish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Referendumda ovoz berish tartibi qanday?
— Referendumda ovoz berish byulleteni fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ko‘rsatilgan belgilardan birini qo‘yadi.
To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a'zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra, yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablar bilan ovoz berish binosiga kela olmasa, ularning iltimosiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qibray tuman sudining raisi S.Dusmanov
Yangilanayotgan Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytiriladi
➖inson uning sha'ni, qadr qimmatini kamsitishga yo'l qo'yilmasligi aniq belgilanilmoqda
➖Inson qadri uchun g'oyasi Yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘z aksini topgan.
Siz ham befarq bo‘lmang.
#befarq_emasman #befarqemasman
@otabeksobitov
#bayram
🌸Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tayotgan Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari bolajonlarga milliy urf-odatlarni anglash bilan bir qatorda ularga olam-olam quvonch ulashmoqda.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ Instagram/
#befarqemasman
Бобоёр Тўраев, психолог:
— Юртимиздаги сиёсий, ижтимоий, иқтисодий аҳвол, оддий халқнинг яшаш шароити, маоши, саломатлиги, бандлиги, равон йўллар кимга боғлиқ? Коррупция, бюрократия, монополия, таниш-билишчилик, непотизм кимга боғлиқ? Бу — фақат президент, ҳукумат, депутатларга боғлиқми? Менимча, буларнинг ҳаммаси ўзимизга боғлиқ.
Азиз юртдошим, ўз ҳақ-ҳуқуқларимиз, эркинликларимиз кафолатланиши, қонунчиликдаги ўзгаришлар, ислоҳотлар бизнинг ҳаракатимизга, фаоллигимизга, иштирокимизга боғлиқ. Ўзбекистондаги конституциявий ўзгаришларга мен #befarqemasman! Сиз ҳам бефарқ бўлманг!
@menbefarqemasman
Президент раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш бўйича асосий вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
Охирги икки йилда жаҳонда озиқ-овқат инфляцияси йилига 15-20 фоиздан пасаймаётгани, ўсимлик ёғи, сут ва гўштнинг жаҳон нархи сўнгги 30 йилдаги, дон маҳсулотлари ва шакар эса сўнгги 10 йилдаги энг юқори даражага кўтарилгани қайд этилди.
Экспорт-импортда логистика, ўғит ва ёқилғи харажатлари ошиб кетгани ҳам озиқ-овқат нархларига ўз таъсирини кўрсатаяпти. Таҳлилларга кўра, бу ҳолат 2023 йилда ҳам, келгуси йилларда ҳам сақланиб қолади.
Мамлакатимизда озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришга 200 минг гектар ер ажратилгани, 500 минг гектар қўшимча ерлар оборотга киритилгани ички бозордаги нарх-навони барқарор ушлаб туриш ва экспортни кўпайтиришга хизмат қилмоқда.
- Лекин, аҳолимиз сони ўсиб бораётгани, жаҳондаги нобарқарор вазият, логистикадаги узилишлар озиқ-овқатни кўпайтириш бўйича олдимизга янада катта вазифаларни қўймоқда, - деди давлатимиз раҳбари.
Шу муносабат билан вилоят, туман ҳокимлари озиқ-овқатни кўпайтириш, одамларни банд қилиш бўйича қўшимча имкониятларни излаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.
Facebook|Instagram|Twitter
#jarayon
Qaror doirasida harakat xavfsizligi ta'minlanish va haydovchilarga qulaylik yaratish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda
🚦Xususan, PQ-408-sonli qaroriga asosan "Ahillik" mahallasidagi markaziy Universitet va K.Behzod ko‘chasi tutashmasida (5-maktabga kiruvchi ko‘cha) yo‘l belgisi va harakat xavsizligini ta'minlash uchun svetofor o‘rnatildi.
Ma'lumot o‘rnida, hozirda Universitet ko‘chasidagi ko‘prikda ta'mirlash ishlari olib birilayotganligi sababli makzur ko‘chada vaqtincha avtomobillar qatnovi kamaygan.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#befarqemasman
O'zbekiston yoshlar mamlakati.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga tegishli juda ham ko’p normalar belgilangan. Har bir norma yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shu sababli, Yoshlar parlamenti a‘zolari, xususan, Men o'z taqdirimga, kelajagimga va Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman. Sizni ham befarq bo'lmaslikka, Referendumda o’z ovozingizni berishga chorlab qolaman.
@Nodirbek_Murodov
#jarayon
Prezidentimizning 408-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar evaziga mahallalardagi ichki ko‘chalarni ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichga keldi
🚧Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida yo'lsozlar tomonidan ichki yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🛣Jumladan, Ramazon oyi arafasida 1-sektorga qarashli "Yangi hayot" va "Ziyokor" mahallalarining 2,5 kmga yaqin ichki ko‘chalari to‘liq asfaltlashtirilgan bo‘lsa, "Obod" (3-sektor)mahallasida 1,9 km yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi.
✅Shuningdek, 4-sektor hududidagi "Yoshlik" mahallasida 1,5 km umumfoydalanuv (4K693a) yo‘li asfaltlashtirilib aholiga qulaylik yaratildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi
Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:
➖ 21-aprel, juma — Hayit bayrami;
➖ 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
➖ 24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
👉 @xushnudbek 👈
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI
🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).
🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#befarqemasman
Улуғбек Рашитов, таэквондо бўйича Олимпиада чемпиони:
— Ўзингиз ҳаётингизда кўришни истаган ўзгаришларга айланинг. Ҳеч ким ва ҳеч қачон сиз учун танлов қилмайди. Сизда энг яхши мураббий ва жамоа бўлиши мумкин. Бироқ охир-оқибат ўзингиз қарор қабул қилишингиз керак. Яшаш ўзгариш деганидир. Ўзгариш олдинга юриш ва ғалаба қозонишни англатади. Мен бошқачасига яшашни билмайман! 30 апрель — биз бефарқ эмасмиз!
@menbefarqemasman
#yoshlar_festivali
Qibray tuman hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o'tkazilgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" yoshlar festival "Zo'r TV" telekanalining "Bu Kun" informatsion dasturida.
✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ /facebook/ Instagram/
#befarqemasman
Исроил Мадримов, бокс бўйича Осиё чемпиони:
— Вақт одамларни ўзгартирадими? Ҳа! Вақт ҳаммасини ўзгартиради. Бироқ спортда фақат вақтга таяниш мумкин эмас. Акс ҳолда вақтни бой бериш мумкин!
30 апрель — биз бефарқ эмасмиз!
@menbefarqemasman
🗳 Ўзбекистон Республикаси Референдумида овоз бериш бюллетенини тўлдириш тартиби
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#tadbir
🔹Ma'lum qilganimizdek, Qibray tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi xotin-qizlar uchun "Bo‘ston" sihatgohida "Ayolni e'zozlagan yurt" shiori ostida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir, yigi'lganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish qatorida, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va berilayotgan e'tibor haqida ko'plab ma'lumotlarga ham ega bo'ldilar.
♻️Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Z.Mirgaziyeva, Qibray tuman sektor rahbarlari, ko'p yillardan buyon rahbarlik lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan faol xotin-qizlar va boshqa soha vakillari ishtirok etdilar.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
/telegram/ facebook/ Instagram/
#befarqemasman
Behro‘z Berdalov:
“Men oliy ta’lim vakili sifatida barcha talabalarni referendumda faol ishtirok etishlariga chaqirib qolaman”.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!
☑️Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.
📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
🛑Hurmatli fuqarolar❗️
✅ Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
#befarqemasman
Дилшода Норбоева, Мактабгача ва таълими вазирлиги бошқарма бошлиғи:
— Ўқувчилик пайтларимни эсласам, икки чорак давомида мактабда таълим олиш ўрнига пахта даласида пахта териш билан машғул бўлардик. Талабалик давримда ҳам худди шу ҳолат такрорланган. Ўқитувчи бўлиб ишлай бошлаганимида мажбурий меҳнатга жалб этилардик. Ойлигимизни мажбурий обуналарга сарфлашимизга тўғри келарди.
Ҳозирда давлат раҳбарининг сиёсий иродаси билан ўқитувчилар бу каби ҳолатлардан қутулди. Бугун ўқитувчилар фақат ўзининг иш фаолияти билан шуғулланмоқда. Конституцияга киритилаётган ўзгаришларда ўқитувчиларнинг шаъни, қадр-қиммати, унинг ижтимоий ва иқтисодий фаровонлиги давлат томонидан кафолатлаб қўйилмоқда. Бу ўзгаришларга #befarqemasman!
@menbefarqemasman
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам наращивания производства продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.
#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Энди жарималарни вақтлироқ тўласа, чегирма берилади
Президентнинг тегишли қарорига (ПҚ-99, 23.03.2023й) кўра, 2023 йил 1 майдан бошлаб маъмурий ҳуқуқбузарликлар бўйича қўлланилган жаримани ихтиёрий тўлаш тизими янада соддалаштирилади. Унга кўра:
✅ ҳуқуқбузар унга жарима солиш тўғрисидаги қарор топширилган кундан бошлаб 15 кун ичида жарима миқдорининг 50 фоизини, 30 кун ичида 70 фоизини ихтиёрий равишда тўлаган тақдирда, у жариманинг қолган қисмини тўлашдан озод қилинади;
✅ мазкур тартиб суд қарорларига асосан қўлланиладиган жарималарга нисбатан ҳам татбиқ этилади.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам увеличения заготовки продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.
Facebook|Instagram|Twitter
#befarqemasman
“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi kubogi ishtirokchilari ta’limga, iqtisodiyotga, ekologiyaga, siyosatga befarq emasliklarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 43 ta jamoa hamda 300 nafardan oshiq bilimdonlar ishtirok etdi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Jarayon #Foto
Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Vatanimizning yuksak unvon va medallari, shuningdek, maxsus koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga mukofotlar topshirildi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter