13388
Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.
100% elektrik yaxta va uchar dronlar. Odamsiz boshqariladi. Avatar filmini eslatdi.
@paiziev24
O‘tgan hafta o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlari ochiq internetga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Bir nechta kompaniya esa bu xabarlarni rad etishga urindi.
21-oktabr kuni AI yordamida dunyodagi veb-saytlarning qariyb 70 foizida ishlatiladigan PHP dasturlash texnologiyasida PHP2Shell deb nomlangan ikkita o‘ta jiddiy xavfsizlik zaifligi aniqlangani e’lon qilindi.
Bu zaifliklar orqali xakerlar ayrim serverlar boshqaruvini masofadan turib, hatto login va parolsiz qo‘lga olishi, maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin.
Eng qizig‘i, bu zaifliklar PHP kodida o‘n yildan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lgan. Shuncha yil davomida minglab dasturchilar va xavfsizlik mutaxassislari e’tiboridan chetda qolgan muammolarni AI yordamida aniqlash va ulardan foydalanish mumkinligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi.
AI tobora ko‘proq xavfsizlik zaifliklarini aniqlamoqda. Ilgari topish uchun yillar talab qilinadigan muammolarni endi ancha tezroq topish imkoniyati paydo bo‘lyapti.
Hozirgi zamonda istalgan kompaniya yoki davlat tashkilotining ma’lumotlari ochiq internetga chiqib ketgani haqida eshitsam, hayron qolmayman.
Chunki bugungi axborot xavfsizligi tizimlarining katta qismi AI’dan oldingi davr tahdidlariga qarshi qurilgan. Endi esa hujumchilarning imkoniyatlari tubdan o‘zgarmoqda.
AI davrida eski xavfsizlik yondashuvlari bilan ma’lumotlarni himoya qilish tobora qiyinlashadi.
Eng katta muammo shundaki, AI nafaqat himoyachilarning, balki xakerlarning ham imkoniyatlarini bir necha barobar oshirmoqda.
@paiziev24
Koreyaning Incheon aeroportida Shanxayga reysimni kutyapman. Xuddi kelajakka tushib qolgandek his qilyapman.
Aeroport dizayni Clean Futurism stilida - oppoq, yaltiroq yuzalar, shisha, minimalizm, raqamli ekranlar, robotlar va mukammal tartib. Apple mahsulotlariga o’xshash dizayn.
San Franciscoda esa Dystopian future dizaynini kuzatasiz. Matrix filmidek, Waymo madhinalari, uysiz odamlar.
@paiziev24
Va nihoyat, O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishlay boshladi! O‘zbekiston kartamni Apple Pay’ga qo‘sha oldim.
@paiziev24
Nazarboyev Universiteti
Astanadagi Nazarboyev Universitetida seminar berish nasib qildi. Bu universitet haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘plab do‘stlarim u yerda ishlagan yoki doktorantura qilgan, bittasi esa qisqa muddat professor ham bo‘lgan. Lekin qanday dargoh ekanini o‘zim borib ko‘rgandagina chinakam tasavvur qildim.
Avvalo, universitet juda katta. Ko‘p kampuslarda bo‘lganman, ammo bunday bahaybat binolarni (aeroportdek) kam ko‘rganman. Binolarning deyarli barchasi bir-biriga ulangan. Kampus falsafasi menga Singapurdagi Nanyang texnologiya universitetini biroz eslatdi. Bu yerda tibbiyot klasteri (tibbiyot markazi, fakulteti va shifoxonasi - u ham alohida bir shaharcha ekan) haqida emas, asosiy kampus haqida gapiryapman. Maydoni 200 gektarga yaqin, talabalarning deyarli hammasi kampusda yashaydi. Kutubxonalardan tortib sport inshootlarigacha, sharoitlar, takror aytaman, dunyo darajasida.
Biroq meni hayratga solgan narsa binolar emas, odamlar bo‘ldi. Bu yerda o‘ta yuqori malakali professor va tadqiqotchilar ishlar ekan. Dunyoning deyarli barcha burchagidan kelgan yuzlab postdok va professorlar bor. Ijtimoiy fanlar fakultetiga domlalarni jalb qilishda Viskonsin universiteti, biznes maktabiga esa Dyuk universiteti yordam bergan. Ya’ni biznes maktabiga ishga olinayotgan professorlar suhbat uchun Shimoliy Karolinaga, Dyukka borishgan.
Universitet qurish o‘ta qiyin va qimmat ish, chunki universitet binolardan emas, odamlardan, ya’ni olimlardan tashkil topadi. Olimlarni olib kelish oson emas. Shu sababli yangi universitetni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish kamdan-kam mamlakatga nasib etadi. Nazarboyev Universiteti buni uddaladi desak bo‘ladi, chunki olimlarining sifati xalqaro miqyosda raqobatbardosh.
Talabalar sifati ham juda yuqori ekan. Domlalarning aytishicha, talabalarning aksariyati bepul grant asosida o‘qishga kirgan o‘ta tirishqoq, iste’dodli va mehnatkash yoshlar. Ko‘p joylarda domlalar o‘z talabalari haqida bunday gapirmaydi.
Seminarim biznes maktabida bo‘ldi. Ularda iqtisodiyot va biznes maktabi birlashtirilgan ekan, shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar ham keldi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyadan ekan. Bir paytlar Botir aka bilan podkastda Rossiyadan olimlarni O‘zbekiston universitetlariga jalb qilish kerak, deb gaplashgan edik. Nazarboyev Universiteti buni amalda qilibdi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, universitetning davlat byudjetidan oladigan yillik mablag‘i taxminan 100 million dollar. 12 yil oldin bu raqam 300 million dollar atrofida bo‘lgan. Katta ehtimol bilan kapital investitsiyalar yakunlanib, hozir asosan operatsion xarajatlar qolgan.
Albatta, muammolar hali ko‘p. To‘liq tenure tizimi hanuz joriy etilmagan, ya’ni professorlar muddatli kontraktlarda ishlaydi. Bu olimlar uchun noqulay, garchi universitet amalda kontraktlarni uzaytirib kelayotgan bo‘lsa-da. Turli korrupsiya mojarolari haqida ham gaplar ko‘p. Lekin umumlashtirib aytmoqchimanki, mintaqamizda bunday ulkan loyiha hali bo‘lmagan. Markaziy Osiyoda ilm-fan markazining barpo etilishi mutlaqo yangi hodisa.
Universitet rahbariyati bilan suhbatda bildimki, Yangi O‘zbekiston Universitetidan ular bilan bog‘lanishgan va bir necha uchrashuvlar ham bo‘lgan ekan. Balki kelajakda, aynan shu darajada bo‘lmasa ham, bizda ham shunday yaxshi universitet paydo bo‘lar. Mamlakatga kuchli universitet o‘ta zarur.
Rostini aytsam, “yuqsin, yuqsin” deb qaytdim. Markaziy Osiyoda bunday dargohning mavjudligi o‘zbekistonliklar uchun ham katta imkoniyat. Balki talabalarimiz u yerga ko‘proq borib o‘qir, domlalarimiz borib fikr almashar. O‘zbekistonning kelajagi uchun shunday universitetlar bo‘lishi va ular bilan yaqin aloqa o‘rnatish juda muhim.
«Буни ўзбекчада тушунтириб бўлмайди.» «Ўзбекчасини тушунмадим, русчасини беринг.»
Бу гапларни неча марта эшитгансиз? Ман кўп марта эшитганман.
1989 йил 21 октябрь, яъни бугундан 37 йил олдин ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган. Мақом берилди. Лекин тил фикрлаш тилига айландими?
Жорж Оруэлл инсон онгини жиловлаш учун унга фикрлашни тақиқлаш шарт эмаслигини яхши англаган. Бунинг учун тилни, одамлар қайси сўзлар ёрдамида фикрлаётганини назорат қилиш кифоя...
«1984» да Оруэлл шундай бир жамиятни тасвирлайдики, унда ҳокимият фақат одамлар нима қилаётганини эмас, ҳатто нима ўйлаётганини ҳам ўз измига солишга интилади.
Бунга эришиш йўлида эса энг даҳшатли қуролдан — тилдан фойдаланади.
Романдаги тузум «янгитил»ни (newspeak) ўйлаб топади. Бу атайин қашшоқлаштирилган тил бўлиб, ундан маълум тушунчаларни ифодалашга имкон берувчи сўзлар босқичма-босқич йўқотиб борилади.
Мақсад оддий: сўз бўлмаса, фикр ҳам туғилмайди. Фикр шакллантириш учун эса уни тушунишга, ифодалашга ёрдам берадиган тил керак...
Сўз — фикрнинг қўли. Сўзи йўқ фикр ҳеч нарсани ушлай олмайди.
Сўзларни назорат қилган кимса эса бошқаларнинг дунёни қандай идрок этишини белгилаб беради.
Тил энди воқеликни ифодалашга эмас, уни яшириш ва ниқоблашга хизмат қиларди. Оруэллнинг "Newspeak"ида сўзлар ўчириб ташланган. Бизда сўзлар тақиқланмади. Улардан соҳалар тортиб олинди.
Оруэлл фантастикасида биз яшаганмиз деса ҳам бўлади. Фақат бир фарқи бор: янгитилда сўзлар ўчириб ташланган. Бизда сўзлар тақиқланмади. Улардан соҳалар тортиб олинди. Оруэллга намуна бўлган совет ўлкасида аста-секинлик билан ўзбек тилини ошхона тилига айлантиришган. Тилни ўлдириш шарт эмас. Уни ошхонага қамаб қўйиш кифоя. Натижада илм-фан, технология, тараққиёт, замонавийлик ўзбек тилида қийин англанган. Оддий ўзбекка мураккаброқ матнни ўзбек тилидан кўра бировнинг тилида ўқиш осонроқ бўлган. Илм-фан учун яратилган "парникдаги илмий ўзбек тили" ва кўчада ишлатиладиган ҳақиқий ўзбек тили ўртасида жарлик пайдо бўлган. Тил вақт ўтган сари фикр ифодаси учун ноқулай бўлиб борган.
Буни ортидан ўзганинг тилисиз ишлолмайдиган шифокор-у олимдан тортиб, сиёсатчи-ю инженергача бўлган мамлакат тақдирини ҳал қиладиган синф шаклланган.
Байроқ кўтариб, унинг буюклиги ҳақида шеър ўқиб тилни ривожлантириб бўлмайди. Уни бойитиш, унда хоҳлаган соҳада фикрини ифода этишни соддалаштириш, тилни қулай қилиш ва бойитишдир. Унинг ортида мамлакатнинг кучли иқтисодиёти турса янада яхши. 70 йил орқага қайтиб, корейс тилини одамлар бутун дунёда хоҳлаб ўрганади деса ҳеч ким ишонмасди. 1930 йиллар охиридан 1945 йилгача япон мустамлакаси даврида корейс тили ўз юртидаги мактаблардан сиқиб чиқарилган, одамлар япон исмларини олишга мажбурланган. Яъни 80 йил олдин ўз уйида бўғилган тил бугун дунё хоҳлаб ўрганадиган тилга айланган.
10 йилда анча қадам ташланди: валюта эркинлашди, чегаралар очилди, бизнесга йўл очилди, эркинликлар берилди. Муаммоларимиз ҳали етарли, лекин қадамма-қадам ривожланаётган давлатга айландик. Тилимизнинг аҳамияти ҳам 10 йил олдингидан анча ошди. Олдинга қилинадигани ҳали ҳам кўп.
Лекин, тилимизни, халқимизни ривожлантиришнинг муҳим йўли тилимизни ҳам бойитиш орқали ўтади. Ишлатилмаган асбоб занглайди, ишлатилмаган тил қашшоқлашади. Тилимизда контент кўпайиши, контентлар ўртасида рақобат орқасидан сифат пайдо бўлиши мана шу бойитишнинг энг осон йўли.
Тилни бойитиш шиор билан эмас, иш билан бўлади.
Кеча Халқ банки билан яна 42 та китоб нашр этиш бўйича шартнома имзолаганимизни эълон қилдик. Аввалги 60 таси билан бирга, биргина банк ҳомийлигида ўзбек тилида чиққан китобларимиз сони 102 тага етади. Ҳар бир китоб тилимизга янги тушунчалар, янги сўзлар ва ўзбекча фикрлаш учун янги имконият олиб киради. Ҳар бир китоб тилимиз уйига қўшилган янги хона.
Буни Асахий жамоасининг шу йўлдаги катта ютуғи деб биламан. Бу ишда ёнимизда турган Халқ банкига алоҳида раҳмат.
Бугунги ўзбек тили байрами билан Асахий жамоасини, барча китобхонларни, она халқимизни табриклайман. Тилимизни бойитиш, уни тараққиёт тилига айлантириш бизнинг вазифамиз.
Тилни боболардан мерос олганмиз, деймиз. Аслида уни неваралардан қарзга олганмиз.
50 йилдан кейин дунё бугунги корейс, япон ёки хитой тили каби бизнинг тилимизни ҳам ўз хоҳиши билан ўрганишини тилаб қоламан.
Kumdir shu hamma dumaloq videolarni bitta qilib bersada…
Читать полностью…
Product Manager - Numeo One (AI Operating System for carriers)
Numeo · Tashkent office · Full-time
Numeo is building the AI operating system for trucking carriers: dispatch, back office, and payments in one place. Numeo One, our AI-operating systems, is live and helping small and mid-sized fleets run their business with agents instead of spreadsheets.
What you’ll do
- Own the product roadmap end to end, from discovery to launch
- Talk to carriers and owner-operators every week and turn their workflows into product
- Design agentic flows (onboarding, load management, settlements, reporting) with engineering in the US and Tashkent
- Ship fast, measure adoption, and iterate
You might be a fit if you
- Have experience in product management, or come from a Big 4 accounting firm
- Have a questioning mind and love getting to the “why” behind how things work
- Communicate clearly, in writing and with customers
- Enjoy customer development: interviewing users, spotting patterns, and turning them into product decisions
Nice to have
- Experience in trucking or logistics
Why Numeo
VC-backed, real customers, and a big, under-served market.
Apply: beck@numeo.ai
@paiziev24
Bitta kompaniyaning AI data-markazlari butun O‘zbekiston ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan ko‘proq iste’mol qilishi mumkin.
Bugun Ilon Mask SpaceX kompaniyasining AI data-markazlari quvvatini keskin oshirish rejasini e’lon qildi:
• 2026-yil oxirigacha — 3 gigavatt (GW)
• 2027-yil oxirigacha — 13 gigavatt (GW)
Taqqoslash uchun, 2025-yilda butun O‘zbekistonda 86,7 milliard kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu o‘rtacha 9,9 GW quvvat degani.
Agar SpaceX’ning 13 GW quvvatli data-markazlari yil davomida uzluksiz to‘liq quvvatda ishlasa, 114 milliard kWh energiya talab qiladi.
Bu O‘zbekistonning 2025-yildagi jami elektr ishlab chiqarish hajmidan 31% ko‘p.
Albatta, 13 GW hozirgi iste’mol emas, 2027-yil uchun rejalashtirilgan hisoblash quvvati. Haqiqiy elektr sarfi boshqacha bo‘lishi mumkin.
Lekin raqamlarning o‘zi hayratlanarli. Bitta kompaniyaning sun’iy intellekt infratuzilmasi butun bir mamlakatning elektr ishlab chiqarish hajmi bilan taqqoslanadigan darajaga yetmoqda.
https://www.youtube.com/live/lVNHybwudXI
@paiziev24
AI agentlar kundalik hayotimizni qanday osonlashtiryapti?
Kecha velosiped haydab yurganimda chap tarafdagi tezlik almashtirgich ishlamay qolganini sezdim.
Yo‘lda yaqinroq velosiped ustaxonasiga kirib, tuzattirmoqchi bo‘ldim. Shu payt velosipedni Sports Basement do‘konidan olganim esimga tushdi. Balki hali kafolati bordir?
Lekin qachon sotib olganimni, kafolat muddati qancha ekanini eslolmadim.
Shunda Instinct AI agentimdan so‘radim: velosipedimning chap tezlik almashtirgichi ishlamayapti, bu kafolatga kiradimi?
Instinct o‘zi mustaqil ravishda:
Gmail pochtamdan velosipedni sotib olganim haqidagi chekni topdi.
Qachon sotib olganimni va aniq modelini aniqladi.
Velosipedda qaysi Shimano groupset o‘rnatilganini tekshirdi.
Shimano ishlab chiqaruvchisining kafolat shartlarini o‘rgandi.
Sports Basement saytiga kirib, ularning ham kafolat shartlarini tekshirdi.
Va menga qisqa, tushunarli javob berdi. Oddiy sozlash ishlari kafolatga kirmasligi mumkin, lekin detalning o‘zi nosoz bo‘lsa, kafolat hali amal qiladi.
Bu ma’lumotlarni o‘zim topishim uchun kamida 20–30 daqiqa vaqt ketardi. To‘g‘risi, erinib, umuman tekshirmasdim ham. Shunchaki yaqin ustaxonaga borib, pul to‘lab tuzattirardim.
Instinct esa birgina savolim asosida barcha tekshiruvlarni o‘zi bajarib, vaqtimni tejadi va ortiqcha xarajat qilishimning oldini olishga yordam berdi.
Sports Basement Redwood ga bordim va menga bepulga tez tuzatib berishdi.
AI’ning haqiqiy foydasi kundalik hayotdagi shunday kichik vazifalarda yaqqol ko‘rinadi.
@paiziev24
Qonunlar kuchlilar manfaatini emas, kuchsizlarning huquqlarini himoya qilganda jamiyat rivojlanadi.
Express24’ni rivojlantirgan yillarimizda minglab kuryerlar bilan ishladik. Ularning mehnati qanchalik og‘irligini, ko‘pincha o‘z huquqlarini himoya qilish qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman.
Oddiy kuryerning huquqi restoran manfaatidan ustun qo‘yilgani va qonun amalda ishlagani quvonarli holat. Qonun oldida hamma teng bo‘lishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/18/sidewalk/
@paiziev24
Vatandoshlarni vatandan tashqarida, jamiyat bosimidan uzoqda kuzatish qiziq.
@paiziev24
Yangi Tesla Roadster taqdimoti. Mashina emas, fantastika.
0 - 100 km/soatga chiqishga 0.81 sekund.
@paiziev24
AI assistentlarni maqtab yozgan postimni ko‘rgan ayolim: “Ayting, eng ko‘p ishni men qilaman”, dedi.
Haqiqatan ham shunday. Oilada ko’p muhim vazifalar unda. Hammamizni birlashtirib turadigan inson rafiqam.
Hozircha hech qaysi AI agentga unga ishonganchalik ishona olmayman.
@paiziev24
Numeo shu yilning may oyida o’z mobil ilovasini chiqargan edi, bugungi kunda foydalanuvchilar soni 40,000 dan oshdi. Biz mobil ilova ichida navigatsiya ham qo’shdik. Asosiy maqsad, haydovchini qayerga ketayotganini bilish va u borayotgan joyda AI agentlarimiz orqali yuk izlash.
/channel/numeoai/162
https://www.youtube.com/shorts/6bYnDckji28
@paiziev24
Bugun Xitoyning AutoFlight kompaniyasiga tashrif buyurdik. Ular kelajak transporti — uchuvchi elektromobillar va elektr samolyotlarini ishlab chiqarishmoqda.
AutoFlight ishlab chiqarayotgan transport vositalari eVTOL (Electric Vertical Take-Off and Landing) deb ataladi. Bunday samolyotlar vertolyot kabi vertikal uchib-qo‘na oladi, havoda esa oddiy samolyot kabi qanotlari yordamida harakatlanadi. Hammasi elektr energiyasi hisobiga ishlaydi.
Bugun kompaniyada 1 100 dan ortiq xodim ishlaydi, ularning 60% dan ko‘prog‘i muhandislar. Kompaniya dunyo bo‘ylab 1 400 dan ortiq patent arizasini topshirgan.
Menga eng qiziq tuyulgani — Xitoyda bunday murakkab texnologiyalar ustida ishlayotgan kompaniyalar endi shunchaki prototip namoyish qilish bilan cheklanmayapti. Ular sertifikatlash, ishlab chiqarish va real tijoriy foydalanish bosqichlariga o‘tishmoqda.
Bundan 10 yil oldin uchuvchi taksilar fantastik filmlardagi g‘oya edi. Hozir esa ular asta-sekin real transport sanoatiga aylanmoqda.
Birinchi suratda kompaniya asoschisi bilan rasm. U maroq bilan kompaniya missiyasi haqida aytib berdi.
Videoni ko’ring.
Stanford hamjamiyatining eng zo’r tomoni, shunday ekslyuziv uchrashuvlarga eshik ochadi.
@paiziev24
Keyingi 4 kun Shanghaida Stanford Executive Program Reunionidaman. Xitoydagi SEP bitiruvchilari juda qiziq dastur tuzishibdi.
@paiziev24
IT oursourcing bozori kichraya boshladi. Birinchi kichrayotgan segment bu call center operatorlari va dasturlash.
/channel/prof_kamilov/232
@paiziev24
Yangi bilim olishning bir necha yo‘li bor: kitob o‘qish, o‘quv dargohlarida tahsil olish va postlardagi izohlarni o‘qish.
@paiziev24
Qozog‘iston AI infratuzilmasiga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda. Biz-chi?
Bugun, 23-oktabr kuni, NVIDIA asoschisi va CEOsi Jensen Huang Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘iston Yekibastuz shahrida Data Center Valley — 1 gigavattgacha kengayishi rejalashtirilgan ulkan data-markazlar klasterini qurmoqda. Loyihaga milliardlab dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Yana bir muhim voqea: 15-oktabr kuni Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubidan o‘tkazilgan 380 km uzunlikdagi optik tolali kabelni ishga tushirdi. Bu Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan yangi internet yo‘nalishi.
Nima uchun bu juda muhim?
Bugungi kunda Markaziy Osiyo internet infratuzilmasining katta qismi Rossiya orqali o’tadigan xalqaro yo‘nalishlarga bog‘liq. Bu esa Yevropa va Amerika kompaniyalarining mintaqamizda data-markazlar qurishi uchun geosiyosiy va texnik risklarni oshiradi.
Ikkinchi muammo — latency, ya’ni ma’lumot almashishdagi kechikish. Ayniqsa, real vaqt rejimida ishlaydigan AI xizmatlari uchun bu juda muhim. Shuning uchun xalqaro kompaniyalar ko‘pincha infratuzilmasi rivojlangan boshqa hududlarni tanlaydi.
Qozog‘iston bu ikki muammoni bir vaqtda hal qilishga harakat qilyapti: bir tomondan global internetga muqobil ulanish yo‘llarini yaratmoqda, ikkinchi tomondan arzonroq energiya va katta hisoblash quvvatlarini taklif qilmoqda.
Nima uchun compute shunchalik muhim?
Menimcha, yaqin kelajakda davlatlarning raqobatbardoshligi ularning sun’iy intellektni qanchalik tez va chuqur joriy qila olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ilgari sanoat rivojlanishi uchun elektr energiyasi, yo‘llar va zavodlar kerak bo‘lgan bo‘lsa, AI davrida intellektual mehnatning asosiy resurslaridan biri — hisoblash quvvati.
AI modellarini yaratish, o‘qitish va ishlatish uchun katta miqdorda compute kerak. Bu quvvatga arzon, tez va ishonchli kirish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar texnologik jihatdan boshqalarga qaram bo‘lib qolishi mumkin.
O‘zbekiston qayerda?
Bizda ham harakatlar boshlandi. NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushirildi, yangi data-markazlar ochilmoqda. Lekin xalqaro miqyos bilan solishtirganda, hisoblash infratuzilmamizning ko‘lami hali kichik.
Bugun ko‘plab kompaniyalarimiz AI xizmatlarini xorijdagi, asosan Amerika kompaniyalari infratuzilmasi orqali ishlatmoqda. Buning uchun chet elga pul to‘laymiz va boshqa mamlakatlarning texnologik infratuzilmasiga bog‘lanib qolamiz.
Yana bir muhim masala: ChatGPT yoki boshqa AI chatlardan foydalanish hali kompaniyada AI joriy qilinganini anglatmaydi. Haqiqiy transformatsiya — AI biznes jarayonlari, davlat xizmatlari, ishlab chiqarish, tibbiyot va ta’limning ichiga kirib, real ishlarni bajarishni boshlaganida yuz beradi.
Buning uchun esa faqat dasturchilar emas, kuchli infratuzilma, compute, sifatli ma’lumotlar va katta investitsiyalar kerak.
Qozog‘iston kelajakda AI infratuzilmasini boshqa davlatlarga eksport qiladigan markazga aylanishga harakat qilyapti.
Biz esa faqat AI xizmatlarini iste’mol qiladigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak.
AI davrida eng katta boyliklardan biri — intellektual mehnatni yaratish va masshtablash imkoniyati. Bu imkoniyatning poydevori esa compute.
Menimcha, O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishga investitsiyalarni keskin oshirish, xalqaro internet yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mahalliy AI infratuzilmasiga xususiy investorlarni jalb qilish strategik zaruratga aylanmoqda.
Chunki bugun AI infratuzilmasiga investitsiya qilayotgan davlatlar ertangi iqtisodiyot uchun poydevor yaratmoqda.
@paiziev24
Maktab qanday bo‘lishi kerak?
Kecha Palo Altodagi Alpha School xususiy maktabining Open Doors tadbirida bo‘ldim. Bu maktab haqida avval eshitgan edim. Meni, ayniqsa, uning an’anaviy ta’limdan farq qiladigan yondashuvi qiziqtirdi. O‘g‘lim Kamron uchun qiziqib bordim, hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga qaror qildim.
Alpha School’ning ta’lim falsafasi ancha noodatiy. Bu yerda an’anaviy ma’nodagi o‘qituvchilar yo‘q — ularning o‘rnida guide, ya’ni yo‘l ko‘rsatuvchilar ishlaydi. Ta’lim jarayoni har bir o‘quvchining individual ehtiyojlariga moslashtirilgan, darslar esa o‘yinlashtirish (gamification) tamoyillari asosida tashkil etilgan.
Eng qizig‘i, maktab bolalar bog‘chasidan tortib 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni qamrab oladi. Palo Altodagi kampus esa atigi 440 kvadrat metr atrofidagi binoda joylashgan. Shuncha yosh toifasidagi bolalar bir makonda o‘qiydi, o‘rganadi va o‘ynaydi.
Men uchun bu biroz paradoksal ko‘rindi: odatda, yiliga $75,000 to‘lanadigan xususiy maktab deganda, ko‘z oldimizga katta kampus, sport maydonlari, laboratoriyalar va ko‘plab sinfxonalar keladi. Bu yerda esa asosiy urg‘u binoga emas, ta’lim modeliga berilgan.
Lekin tadbirning eng esda qolarli qismi boshqa bo‘ldi.
Maktab haqida ota-onalarga ma’lumot berish uchun direktor yoki ma’muriyat vakillari emas, maktabning o‘zida o‘qiydigan to‘rt nafar o‘quvchi chiqish qildi. Ota-onalar savollar berishdi, bolalar esa maktab, o‘qish uslubi va o‘z tajribalari haqida javob berishdi.
Menga aynan shu jihat kuchli taassurot qoldirdi. Chunki maktab o‘zini qanday reklama qilishi mumkinligi bir masala, u yerda o‘qiyotgan bolalarning o‘z tajribasini qanday tushuntirishi esa boshqa masala. Albatta, bu bolalarning fikrlari maktab haqida to‘liq xulosa chiqarish uchun yetarli emas. Lekin ularning o‘zlari taqdimot qilishi — juda qiziqarli yondashuv.
Kelajak maktablari qanday bo’lishi kerak? O’zbekistonga bunday modelni qo’llasa bo’ladimi?
@paiziev24
Progressiv va talantli ta’lim vaziri yordamchilarini ko’rish quvonarli.
/channel/makarenko_channel/9261
@paiziev24
Bizneslar marketingda ko‘p qiladigan xatolardan biri - boshqa kompaniyalarda yaxshi ishlagan usullarni o‘z biznesida ham qo‘llashga urinish.
Aslida, kichik biznes uchun samarali bo‘lgan marketing katta kompaniyada ishlamasligi mumkin. Yoki aksincha, yirik brendlar ishlatadigan marketing instrumentlari kichik biznes uchun shunchaki ortiqcha xarajat bo‘lishi mumkin.
Lokals Marketing jamoasi O‘zbekistondagi 157 mingdan ortiq kompaniya ma’lumotlarini tahlil qilib, 54 nafar tadbirkor va rahbar bilan suhbatlashib, qiziqarli tadqiqot tayyorlabdi.
Tadqiqotning asosiy xulosasi: marketing strategiyasi biznesning rivojlanish bosqichiga mos bo‘lishi kerak.
Ular bizneslarni 7 bosqichga ajratib, har biri uchun qaysi marketing kanallari samarali bo‘lishi, qanday jamoa kerakligi, qancha byudjet ajratish va nimalarga pul sarflamaslik kerakligini ko‘rsatishgan.
Menimcha, tadbirkorlar uchun foydali material. Ayniqsa, marketingga pul sarflayotgan, lekin natijasini tushunmayotganlar uchun.
Saytda tadqiqotni PDF shaklida o‘qish yoki testdan o‘tib, biznesingiz qaysi bosqichda ekanini aniqlash mumkin.
https://lokals.uz/ru/insights/7-qadam
@paiziev24
Birinchi marta Tesla’ga 2015-yili Moskvadagi ko‘rgazmada o‘tirgan edim. 2017-yili Tesla Model 3’ni taqdim qildi. U o‘sha vaqt uchun juda ilg‘or dizayn va texnik xususiyatlarga ega edi.
2020-yili bizga birinchi Tesla Model 3’ni avtosalonlar olib kelishganda, hali servis yoki zaryadlash stansiyalari yo‘q edi. Olishdan avval: «Buzilib qolsa, nima bo‘ladi?» deb o‘yladim. Keyin: «Bir marta hayday, buzilib qolib, tuzatib bo‘lmasa ham roziman», deb sotib oldim.
Undan keyin oilamizda bir necha Tesla oldik. Eng yoqadigan modelim shu kungacha Model 3. Uning dizayni va dinamikasi yoqadi.
Boshqa mashinalar sotib olganingizdan keyin deyarli yaxshilanmasa, Tesla’ning asosiy farqi shundaki, u dasturiy ta’minot yangilanishlari orqali yaxshilanib boradi.
Hali ham shu mashinani tavsiya qilaman.
@paiziev24
Tesla marketing ham ustasi. Hali aniq chiqish sanasi belgilanmagan va narhi noma’lum mashinani olishga navbatga turish uchun $250.000 pul olayapti.
@paiziev24
Yandex data markazlaridagi muammolar MyTaxiga minglab yangi haydovchilar va mijozlarni olib keldi.
@paiziev24
Silikon Vodiysidagi ayrim konferensiya va ko’rgazmalar aktual emas.
Eski obro’si bilan haligacha odam yig’a oladi.
@paiziev24
Aytishlaricha, Ukraina oxirgi kunlarda Rossiyadagi ba'zi data markazlarga xujum qilib ularni ishdan chiqarishi ortidan Rossiya territoriyasidan chiqadigan botlar traffigi keskin qisqaribdi - yarmi qisqaribdi deyishmoqda. Ya'ni, ijtimoiy tarmoqlarda ham sezilmoqda ekan. Nafaqat AQSh, balki Germaniyadagi AfD atrofida traffik ham keskin qisqarib ketibdi (bu ma'lumotlarga keyinroq aniqlik kiritishar balki).
Eng qizig'i bu AQShda o'ta muhim hisoblanadigan oraliq saylovlaridan oldin bo'lmoqda. Ma'lumki Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ta'siri botlar orqali, dezinformatsiya va propaganda edi (bu 10+ yillik mavzu).
Neftni qayta ishlab chiqarish zavodlarga bo'lgan xujumlar o'z yo'liga, lekin endi Ukrainani AQSh ichki saylovlariga aralashishda ham ayblashga urunishmasa bo'ldi. Lekin, urina olishmaydi - chunki Ukrainani bunda ayblash de-fakto Rossiya territoriyasidan AQSh saylovlariga qaratilgan bot/dezinformatsiya kampaniyasi borligini tan olishdir.
Esingizda bo'lsa, Oq uyda Ukraina rahbariga qarata sizlarning qo'lingizda hech qanday karta yo'q deb, ustidagi kiyimini kalaka qilishgandi. Ukrainada kartalar bor ekan.
@uzbekonomics