20123
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot
Emmanuel va Gabriel bunga javob berishibdi.
Ularning tadqiqotlarining kamchiliklari, va natijalari haqida baxslar, shubhalar ming yildan beri bor edi, AI davridan oldin ham. Ya'ni, istalgan tadqiqotda bo'lgan va topiladigan kamchilik kabi.
Muammo aynan nega hozir bu ko'tarilib keng tarqatilayotganida. Platforma egasi Musk bundan manfaatini bilsa bo'ladi, Kaliforniyada 6 kundan so'ng bo'ladigan boylarga qo'shimcha soliq haqida ovoz berishdan oldin uning fikriga go'yoki foydali dalil bo'ldi. Tyler Cowen bunga qo'shilib kerosin sepishi kerak emasdi, menimcha. Ayniqsa o'zi ham Zuckman va Saez tadqiqotlarini azaldan baxs qilib keladigan odam sifatida.
https://x.com/gabriel_zucman/status/2115853565730205847
@uzbekonomics
Sun'iy intellekt poygasida asosiy muammo bu pul.
AI uchun zarur bo'lgan ulkan data-markazlar va boshqa infratuzilmani moliyalashtirish tobora qimmatlashmoqda. Ayrim loyihalar bo'yicha qarz foizlari 10 foizdan oshgan. Banklar esa bu qarzlar bilan bog'liq risklarni boshqa investorlarga o'tkazishda qiynalmoqda ekan.
Yirik texnologiya kompaniyalarining qarzlarini qaytarmaslik xavfidan himoyalanish narxi (CDS) keskin oshayotganini ko'rish mumkin. Ya'ni investorlar ularning qarzlarini qaytara olmaslik xavfini yuqoriroq baholay boshlagan.
Bu albatta AI pufagi yorilayotganini anglatmaydi. Lekin, AIning kelajakda katta daromad keltirishi mumkinligi haqida muhim savollar bor. O'sha kelajakkacha yetib borish uchun zarur bo'lgan trillionlab dollarlik investitsiyalarni kim va qanday shartlarda moliyalashtiradi degan savol masalan.
Gap texnologiya muvaffaqiyatli ekanligida emas, balki unga tikilgan investitsiyalarning katta qismi zarar bilan yakunlanishi haqida. Qarz olish va kapital jalb qilishning qimmatlashuvi AI infratuzilmasiga investitsiyalarni sezilarli darajada sekinlashtiradiganga o'xshaydi.
Yana kim bilsin.
@uzbekonomics
Yaxshi yangilik ekan: /channel/davletovuz/26917
@uzbekonomics
Agar Sam Bankman-Fried qamoqqa tushmaganida...
Kecha Claude sun'iy intellektini yaratgan Anthropic kompaniyasi IPO qilayotgani haqida yozgandim. Kompaniya qiymati 1,5–2 trillion dollarga yetishi mumkin.
Esingizda bo'lsa, FTX kriptobirjasi asoschisi Sam Bankman-Fried (SBF) mijozlarining milliardlab dollar mablag'larini o'zlashtirgani uchun 25 yilga qamalgan edi. Bu haqida bir necha yil oldin shu kanalimda ham, podkastimizda ham gaplashganmiz.
Xullas, SBF 2022-yilda mijozlarning pulini olib Anthropicga 500 million dollar investitsiya kiritgan. Agar bu ulush bugungacha saqlanganida taxminan 40-60 milliard dollarga baholanishi mumkin edi. Ya'ni dastlabki investitsiyadan 80-100 baravar daromad! Venchur investitsiyalar tarixidagi eng katta yutuq bo'lishi mumkin edi.
Lekin, SBF jinoyatda ayblanib, FTX bankrot bo'lgach, uning Anthropicdagi ulushi 2024-yilda 1,3 milliard dollarga sotildi. Tushgan mablag' mijozlar oldidagi qarzlarni qoplashga yo'naltirildi. Ya'ni mijozlar pullarini qaytarib olishdi.
Agar SBF mijozlarning pullarini ishlatib, Anthropicga kiritgan investitsiyasidan 50 milliard dollar ishlab olganida, mijozlar uni firibgar emas, eng daho investor deb atashardi balki.
Lekin albatta bu yerda hindsight bias- natijani bilgandan keyin o'tmishdagi qarorni boshqacha baholash- juda qiziq.
Aytmoqchimanki, investitsiyaning muvaffaqiyatli chiqishi boshqalarning pulini ruxsatsiz, noqonuniy ishlatishni oqlamaydi. Qolaversa, mijozlar investitsiyadan tushgan barcha foydaning avtomatik egasiga aylanmaydi.
Xulosa balki shunday: yaxshi investitsiya qarori bilan yaxshi boshqaruv bir xil narsa emas. Natija qanchalik yaxshi bo'lmasin, unga qanday erishilgani ham muhim.
SBF esa juda omadsiz bo'lib qoldi, o'ziga juda alam qilayotgan bo'lsa kerak. Agar FTX birjasi yana 1 yil ishlab berganida, yangi administratsiya kelishini kutganda bormi.... Hozirgi bo'layotgan "grifting" ko'lamini ko'rib, yoqasini ushlayotgan bo'lsa kerak.
@uzbekonomics
Anthropic kompaniyasi o'z aksiyalarini fond birjasida ommaviy savdoga chiqarish (IPO) uchun AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) rasmiy hujjat topshiribdi. Bu kompaniyaning aksiyalarini keng jamoatchilikka sotish yo'lidagi dastlabki rasmiy qadamlardan biri.
https://www.ft.com/content/4b2b9c0e-adfb-4362-800f-950f5b905984?syn-25a6b1a6=1
Qizig'i, korxonaning S-1 formasida “biz insoniyatning yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lishimiz mumkin” deyishibdi.
Menimcha, bunday risk faktorni tilga olgan birinchi IPO qilayotgan korxona bo'lsa kerak.
@uzbekonomics
Aytgancha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio yaqinda O'zbekistonga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev va ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuvda AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik, xususan, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi aloqalar haqida gapirar ekan, Dallasdagi Texas universitetini ham alohida tilga olibdi.
Rubio ilg'or ilmiy va texnologik hamkorlikka misol sifatida UT Dallas va Samarqand kvant markazi (Samarkand Quantum Center) o'rtasidagi aloqalarni keltiribdi.
https://www.state.gov/releases/office-of-the-spokesman/2026/10/secretary-of-state-marco-rubio-at-the-u-s-uzbekistan-business-and-investment-council/
Eshitib xursand bo'ldim.
Umid qilamanki, ikki mamlakat universitetlari o'rtasidagi ilmiy hamkorlik, tadbiqotlar bundan keyin ham kengayib boradi.
@uzbekonomics
Internet, kiber xavfsizlik masalasi har qachongidan aktual bo'lib qolibdi, ayniqsa bank sohasida.
Bugun ikkita maqolaga ko'zim tushib qoldi. Birinchisi, AQShdagi bir qancha banklar mijozlarning shaxsiy hisoblariga, kabinetlariga AI agent orqali kirishlar va mijoz nomidan undan so'ramasdan qaror qabul qilishga urinishlar ko'paygani haqida xabar berishmoqda. Bank of America, Morgan Stanley va Wells Fargo kabi banklarga masalan Metaning Muse va shunga o'xshash agentlar kirayotgani ko'payibdi.
Menimcha, bank/moliya hisoblaringizga turli AI agentlarga "dostup" bermaganingiz ma'qul. Berib kelayotgan bo'lsangiz ham, endi buni iloji bo'lmay qolsa kerak. Banklar bunday agentlarga "dostupni" aniq yopadi.
Menga qachondir "agentic bank run" ko'ramizmi yo'qmi degan savol qiziq.
Ikkinchisi, FTda o'z agentingni bilib ol ma'nosidagi maqolasi. Komplayns prinsipi bo'lgan KYC (know your customer) o'rniga endi KYA (know your agent) muhimroq bo'lib qoldi deyilmoqda.
@uzbekonomics
Financial Timesda Afrika haqida juda qiziq maqola chiqibdi. Unda qit'adagi shiddat bilan o'sayotgan urbanizatsiya haqida gap boradi.
Urbanizatsiya o'sishning muhim omili.
https://www.ft.com/content/5203e527-ebdd-45d2-9019-6c440b4c4e93?syn-25a6b1a6=1
@uzbekonomics
O'zbekiston pochtasini modernizatsiya qilish, xususiy kapital va tajribani jalb etish zarurligiga shubha yo'q.
Lekin, bu chet ellik xususiy korxona o'zi logistika va elektron savdo bozorining ishtirokchisi. Endi u boshqa kompaniyalarga ham xizmat ko'rsatadigan milliy pochta operatorining boshqaruvida bo'lar ekan. Iqtisodchi sifatida hayolga birinchi bo'lib manfaatlar to'qnashuvichi degan savol keladi. Bunday vaziyatda kompaniyaning barcha mijozlariga teng munosabatda bo'linishi, tijoriy qarorlar qanday xolis qabul qilishi o'rinli savol.
Muhimi, istalgan mamlakatning milliy pochta tizimi oddiy tijorat korxonasi emas. U mamlakatning strategik infratuzilmasi, millionlab fuqarolar va korxonalarning ma'lumotlari bilan ishlaydi. Ayniqsa hozirgi, aynan shu kunlardagi geosiyosiy vaziyatda sanksiya xatarlari, texnologik qaramlik va ma'lumotlar xavfsizligi masalalarini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Bu xatarlar baholanishi muhim. Ishonchli boshqaruv evaziga olinadigan narsalarni bu xatarlarsiz ham boshqalardan olish mumkin edi deb o'ylayman.
Korporativ boshqaruvda, mulk kimga tegishli ekanidan tashqari, uning nomidan kim qaror qabul qilishi, kimning manfaatini ko'zlashi va kimga hisob berishi ham birdek ahamiyatli.
@uzbekonomics
Kanalimda kiberxavfsizlik haqida alohida rubrika ham ochsam bo'lar ekan. Texnologiyalar rivojlangani sari xavfsizlik deganda nimani tushunishimiz kerakligi ham o'zgarib bormoqda ekan.
1. Bugun OpenAI muhandisi kompaniya rahbarlari majlis o'tkazadigan xonadagi televizor ortiga yashirin ovoz yozish qurilmasini o'rnatganlikda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar chiqdi.
Bu xonada yangi AI modellari, hali ommaga e'lon qilinmagan mahsulotlar, tadqiqotlar va kompaniyaning strategik rejalari muhokama qilinar ekan. Ayblovga ko'ra, xodim shu suhbatlarni yashirincha yozib olishga uringan.
Qizig'i, qurilmani aniqlash va tekshirishda OpenAI o'zining AI modellaridan foydalangan ekan, ya'ni sun'iy intellekt ishlab chiqaradigan kompaniyaga josuslik qilishga urinishni ham sun'iy intellekt yordamida fosh qilishgan. Lekin undan ham qizig'i, hibsga olingan ishchi qanday qilib bu uskunani qayerga o'rtanishni ham ChatGPTdan so'rab keyin qilgan ekan. Hozir OpenAI ofisida har bir ishchini potensial josus sifatida ko'rishayotgan bo'lsa kerak-a?
2. Kuni kecha Fransiyada yuzlab supermarketlarning internetga ulangan sovutish tizimlari xakerlar hujumiga uchragandi. Xakerlar muzlatkichlarning haroratini 80°C gacha ko'tarishgan. Natijada tonnalab oziq-ovqat yaroqsiz holga kelgan, ayrim do'konlarda hatto yong‘'nlar ham bo'lgan. Hujumga sovutish uskunalarini boshqaradigan dasturiy ta'minotdagi xavfsizlik zaifliklari imkon beribdi.
Xullas, biri televizor ortiga diktofon yashiradi, boshqasi internet orqali muzlatkichlarni isitadi.
@uzbekonomics
Hozirgi zamonda iqtisodiyot tuzilishi o'zgargan. Faqat neft/gazni quvurlardan haydash orqali emas, balki ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash, saqlash butun boshli mamlakatlar iqtisodiyoti va insonlari kundalik hayotinining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Qaysi mamlakatda istiqomat qilishingizdan qat'iy nazar buni o'z tanangizda his qilib turgan bo'lsangiz kerak.
AQShning ham oxirigi yillardagi iqtisodiy o'sishiga aynan AIga bo'lgan ulkan kapital sarmoyalar yordam bermoqda.
Hozirda butun dunyoda AI/data markaz infratuzilmasini qurishga poyga ketmoqda. Xotira chiplari, yarimo'tkazgichlarga, va umuman data markaz infratuzilmasiga kerak bo'lgan barcha tovarlarga talab keskin oshib ketgan, taklif esa chegaralangan. Natijada data markazni qurish juda qimmat, va qurish juda uzoq davom etadigan sarmoyadir.
Aynan shunday chip, texnologiyalarga bo'lgan buyurtmalar yillar oldinga qilib qo'yiladi. Bozorda katta hyperscaler korxonalar shu uskunalarga raqobatlashayotgan bir paytda Rossiyada data markazlarni qayta qurish, tez tiklash deyarli imkonsizdek tuyilmoqda. Pul ham yordam bermaydi. "Chip kerakmi? Unda marhamat, navbatning oxiri anavi yerda" deb ko'rsatishadi bozorda. Agar bozorga kira olsa ham.
@uzbekonomics
Aytishlaricha, Ukraina oxirgi kunlarda Rossiyadagi ba'zi data markazlarga xujum qilib ularni ishdan chiqarishi ortidan Rossiya territoriyasidan chiqadigan botlar traffigi keskin qisqaribdi - yarmi qisqaribdi deyishmoqda. Ya'ni, ijtimoiy tarmoqlarda ham sezilmoqda ekan. Nafaqat AQSh, balki Germaniyadagi AfD atrofida traffik ham keskin qisqarib ketibdi (bu ma'lumotlarga keyinroq aniqlik kiritishar balki).
Eng qizig'i bu AQShda o'ta muhim hisoblanadigan oraliq saylovlaridan oldin bo'lmoqda. Ma'lumki Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ta'siri trollar fabrikasidagi botlar orqali, dezinformatsiya va propaganda edi (bu 10+ yillik mavzu).
Neftni qayta ishlab chiqarish zavodlarga bo'lgan xujumlar o'z yo'liga, lekin endi Ukrainani AQSh ichki saylovlariga aralashishda ham ayblashga urunishmasa bo'ldi. Lekin, urina olishmaydi - chunki Ukrainani bunda ayblash de-fakto Rossiya territoriyasidan AQSh saylovlariga qaratilgan bot/dezinformatsiya kampaniyasi borligini tan olishdir.
Esingizda bo'lsa, Oq uyda Ukraina rahbariga qarata sizlarning qo'lingizda hech qanday karta yo'q deb, ustidagi kiyimini kalaka qilishgandi. Ukrainada kartalar bor ekan.
@uzbekonomics
AQShda shu kunlarda juda g'alati ishlar bo'lyapti.
Birinchidan, AQShda o'lim jazosiga hukm qilingan shaxsning oxirgi marta omma oldida qatl etilishi 100 yil oldin amalga oshirilgan ekan. Shu yuz yil o'tib birinchisini qilishga kecha buyruq berishibdi. Eng muhimi, bir guruh qurollanganlar tomonidan otib o'ldirilish (firing squad) lavhasini jonli, online efirga berishmoqchi ekan. Hamma ko'rsin deb. Pentagon shuni tasdiqlabdi.
Jinoyatchi javobgarlikka tortilishi boshqa va uni butun dunyoga jonli efirda ko'rsatilishi esa umuman boshqa narsa. Birinchi haqida gap ketmayapti bu yerda. Ommaviy qatl degan narsa faqat Shimoliy Koreya bilan Eronda qolgan ekan. Lekin, hatto ularda ham jonli efirda ko'rsatmaydi. Daxshata?
Ikkinchidan, bugun prezident Tramp end AQSh Rossiyadan neft sotib oladi, deb tantanali e'lon qilibdi. Butun boshli Yevropa mamlakatlari yillar davomida sanksiya tufayli neft/gazni ancha qimmatroqqa sotib olib kelishayotgan edi, urush mashinasiga ziyon bo'lsin, bu ofat tezroq tugasin deb. Yaqinda AQSh Kongressi ham Lindsay Graham nomli qonunni chiqargan edi, Rossiyadan neft sotib oladigan mamlakatlarga 100% tarif bojini qo'yamiz deb.
Endi esa AQSh o'zi qo'ygan sanksiyani vaqtincha bekor qilib turamiz, neftni Rossiyadan sotib olamiz demoqda.
Bu yerda bir nechta narsa muhim:
1) AQShda saylov mavsumi. Amaldagi hokimiyat yutqazishi oydinlashmoqda. Benzin, oziq-ovqat ancha qimmatlagan. Yagona sabablar bu Eronga qarshi ahmoqona urush va tariflar. Shularni bekor qilish, to'xtatish o'rniga elektoratga "mana sizlarga yangi neft manbasini topib keldik" deyishmoqchi.
2) Rossiyadan bozorga chiqishga ruxsat berilgan neftning ulushi AQSh va global iste'molining 1 foiziga ham yetmaydi. Bundan tashqari, Rossiyaning o'zi qiynalmoqda, ichkarida benzin/neft ratsionida yashab, neftni qayta ishlash zavodlariga bo'layotgan dron xujumlardan. Ya'ni qandaydir bu ramziy kelishuvdek.
3) Neftni narxi ertaga tushmasa, Oklahomadagi fermer sotib oladigan benzin saylovgacha tushmaganida Oq uy aybni endi kimga to'nkaydi? Albatta yopiq Hormuzga emas balki Ukrainaga. Ukraina o'sha neftni qayta ishlash zavodlariga qiladigan muntazam xujumlarini davom ettirsa Oq uy Ukraina endi bizga/bozorga xujum qilmoqda deydi.
4) Neft qimmat narxga chiqqanda, sanksiyani yumshatish va buni tantanaladi tarzda e'lon qilish, "Rossiya bizga qiyin vaziaytga tushib qolganimizda neft sotadigan bo'ldi" deyish nafaqat AQSh davlati tobora jiddiysizlashib borayotganidan darak beradi, balki urush mashinasini to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirishga, uni davom ettirishga ham olib keladi. Tug'ilgan kunida telefon qilib, tabriklab, sanksiyalarni ham yumshatib beribdi. Sharmanda.
5) Boshlab qo'ygan urushni xato deb tan olib, chekinishni istamasa masalan o'sha kerak bo'lgan neftni Kanadadan keladigan importni sal oshirish evaziga ham qoplasa bo'lar edi. Yo'q. Kanada AQSh adminlari uchun dushmandan ham battar bo'lib qolgan. Juda g'alati ishlar.
@uzbekonomics
MrBeastni O'zbekistonga taklif qilishibdi. Dunyoning eng mashhur blogerlaridan biri orqali mamlakatimizni yuz millionlab odamlarga tanishtirish albatta yaxshi.
Lekin menda bir eksperimental taklif bor. MrBeastga Toshkentdan Buxoroga yoki Xivaga bir kunda borib-qaytishni mustaqil rejalashtirib ko'rishni taklif qilaylik. Poyezd yoki samolyot chiptalarini o'zi qidirsin, sotib olsin, ertalab borib, shaharni aylanib, kechqurun qaytishga harakat qilsin. Yoki Xivaga safarini oddiy sayyoh kabi o'zi tashkil qilsin. Hech qanday maxsus samolyot, VIP xizmat, tashkilotchilarning yordamisiz. Oddiy xorijlik sayyoh duch keladigan sharoitda, masalan.
Shunda chiptalar topiladimi, qatnovlar jadvali qulaymi, to'lov qilish osonmi, bir shahardan boshqasiga borish qancha vaqt va pul talab qiladi degan savollarga javob va eng muhimi uning ustida ishlashga undov paydo bo'ladi. Mahalliy bloger aytdi nima, dunyoning #1 blogeri aytsa boshqachada.
Menimcha, bunday tajriba mamlakatimizni reklama qilishdan ham foydaliroq bo'lishi mumkin. Chunki u nafaqat oddiy sayyohlar duch keladigan muammolarni balki o'zbekistonliklarning ham yumushini ko'rsatib beradi. Balki shu orqali yuqoridagi postlarimda (1, 2) aytgan masalalarni biroz bo'lsa ham hal qilib olardik.
Aymoqchimanki, yuz millionlab odamlarga "O'zbekistonga keling, Samarqandni, Buxoroni, Xivani ko'ring", deb reklama qilishimiz yaxshi albatta. Lekin o'sha odamlar kelganidan keyin shaharlarimiz o'rtasida erkin, xavfsiz va qulay harakatlana olmasa (chipta borligi, kunlik qatnov, to'lov vhkz), reklamaning iqtisodiy samarasi ham cheklanib qoladi.
Shu orada o'ylab qoldim. Dunyoning boshqa eng katta inflyuenserlaridan biri bo'lgan "ishowspeed" O'zbekistonga ham bir kun aniq keladi, bu vaqt masalasi. Lekin, unga ham oddiy sayyoh sifatida aylanish, kelish imkonini bersak aeroportdan ham o'ta olmasligi, kiritilmasligi mumkin. Chunki, uning jamoasi ko'chada yurib strim qilayotganda doimo Startlink internet/modemini ko'tarib yurishadi, foydalanishadi. O'zbekistonga esa, bilishim bo'yicha, Starlinkni olib kirish mumkin emas.
@uzbekonomics
O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishda katta sakrash qilishi uchun zarur bo'lgan omillardan biri bu mamlakat ichidagi va tashqi dunyo bilan transport aloqalarini keskin yaxshilash deb hisoblayman.
Bizga mamlakat ichida ko'proq va tez-tez qatnaydigan poyezdlar, ichki aviaqatnovlar, arzon aviakompaniyalar, xorijga ko'proq to'g'ridan-to'g'ri reyslar, ochiq aeroportlar va, eng muhimi, raqobat kerak. Nega bu iqtisodiyot uchun muhim?
Masalan, Toshkentdagi tadbirkor ertalab Urganchga uchib, bir nechta uchrashuv o'tkazib, kechqurun uyiga qayta olsa, bunday safarni bemalol rejalashtiradi. Ammo bitta uchrashuv uchun ikki-uch kunini sarflashi kerak bo'lsa-chi? Ehtimol, umuman bormaydi. Yoki, shartli Namangandagi ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini Buxoro yoki Nukusdagi xaridorga tez, arzon va ishonchli yetkazib bera olmasa, uning bozori cheklanib qoladi.
Biz yo‘qotayotgan narsa faqat vaqt yoki qimmat chipta puli emas. Balki umuman amalga oshmay qolayotgan uchrashuvlar, shartnomalar, investitsiyalar, savdo va hamkorliklardir. Eng yomoni, bunday iqtisodiy yo'qotishlarni statistikada ko'rinmaydi. Chunki bu faoliyatlar hech qachon yuz bermagan. Natijada firmalar kengayish, ixtisoslashish, ko'proq mijozlarga xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish miqyosi hisobiga xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yo‘qotadi. Transport xarajatlari kamayib imkoniyatlar kengaysa, bir viloyatdagi korxonalar boshqa viloyatlardagi xaridorlar uchun ham raqobatlasha boshlaydi. Iste'molchilarning tanlovi kengayadi. Firmalarda narxni pasaytirish, sifatni oshirish va samaraliroq ishlashga rag'bat kuchayadi.
Yana bir misol turizmni olaylik. Chet ellik sayyoh O‘zbekistonga kelib Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg'onani ko'rmoqchi. Lekin shaharlar orasidagi qatnovlar siyrak, jadvallar noqulay yoki chiptalar qimmat bo'lsa (topa olsa, sotib olish tizimi bu yana alohida bosh og'riq masalasi), to'rtta shahar o'rniga ikkitasiga borishi mumkin. Yoki umuman boshqa mamlakatni tanlaydi. Bunda yo'qotish faqat sotilmagan poyezd yoki samolyot chiptasi emas. Mehmonxonalar, restoranlar, gidlar, taksichilar va mahalliy tadbirkorlarning ololmay qolgan daromadlari ham bor. Bitta qulay transport aloqasi bir vaqtning o'zida bir nechta sohada iqtisodiy faollikni oshirishi mumkin.
Xalqaro aloqalarda ham xuddi shunday. O'zbekistonga kelmoqchi bo'lgan investor, tadbirkor yoki mutaxassis uchun to'g'ridan-to'g'ri reyslarning mavjudligi, ularning narxi va qatnovlar soni muhim. Biror shaharga yetib borish uchun bir necha marta samolyot almashtirish, ortiqcha kun va pul sarflash kerak bo'lsa, ayrim safarlar umuman amalga oshmaydi. Xalqaro transport aloqalarining sustligi nafaqat sayyohlar, balki investitsiya, bilim va biznes aloqalari uchun ham to'siqdir.
@uzbekonomics
Internetda, ijtimoiy tarmoqlardagi istalgan investitsion maslahatlarga ehtiyot bo'lgan yaxshi.
Aslida, bunday investitsion maslahat berish faoliyati ko'p mamlakatlarda tartibga solinadi. Haq evaziga professional investitsion maslahat beruvchilar odatda tegishli ro'yxatdan/sertifikatsiyadan o'tishi, investitsiyalarni pul evaziga targ'ib qilayotganlar esa o'z manfaatdorligini oshkor qilishi shart.
Masalan, bir necha yil oldin Kim Kardashian o'z instagram sahifasida kripto instrumentni targ'ib qila turib unda o'z moliyaviy manfaati borligini (reklama uchun pul olgan) oshkor qilmagani uchun regulyator tomonidan 1.3 million dollar jarimaga tortilgan edi.
Sabab shundaki, maslahat berish oson. Siz pulingizni yo'qotsangiz, maslahat bergan odam odatda hech narsa yoqotmaydi. Shuning uchun boshqalarning ishonchi va obro'siga emas, o'zi tekshirgan ma'lumotlarga tayanib qaror qilgan maqsadga muvofiq. Tabiiyki barcha investorlarda bunday imkoniyat bo'lmaydi. Shuning uchun davlat va regulyatorlar maslahat berish faoliyatini tartibga solishidan maqsad - investorlarni himoya qilish.
@uzbekonomics
Bir yil o'tib yangilangan grafik ekan.
Doiralar va chiziqlar ko'payib ketibdi.
@uzbekonomics
Kasb tanlayotganlarga maslahat: elektrik bo'ling. Aynan AI zamonida ularga talab, masalan dasturchilardan ham ko'proqqa o'xshamoqda.
Anthropic kecha e'lon qilgan IPO hujjatlarida kompaniyaning rivojlanishiga to'sqinlik qilaytogan xatarlardan biri sifatida elektrchilar, texnik mutaxassislar va boshqa malakali ustalarning yetishmasligini alohida qayd etgan.
Sun'iy intellektni rivojlantirish uchun ulkan data-markazlar qurish kerak. Ularni qurish uchun esa elektrchilar yetishmayapti. Ayniqsa AQShda.
Xullas, AI ko‘plab kasblarni o'zgartirishi mumkin, lekin AI uni amalga oshirishi uchun avval o'ziga ham elektrchi kerak ekan.
@uzbekonomics
Moliyaviy hisobotlarni o'qishni bilish nega muhim?
Bugun dunyo bo'ylab minglab investorlar, tahlilchilar, jurnalistlar va boshqa qiziquvchilar IPO qilayotgan Anthropicning S-1 formasini, moliyaviy hisobotlarini o'qib, kompaniyaning asl moliyaviy ahvolini tushunishga harakat qilishmoqda. Nafaqat Anthropic biznesini, balki butun sun'iy intellekt sanoatining iqtisodiyoti qanday ishlayotganini tushunishga harakat qilishmoqda.
Anthropic qancha daromad topmoqda? Daromadi qanchalik tez o‘smoqda? Xarajatlari o'zi qancha? Foyda ko'ryaptimi yoki zarardami? Qancha naqd pul sarflayapti va cash flow qanday? Biznes modeli uzoq muddatda qanchalik barqaror? Kompaniya qanday moliyaviy xatarlarga duch kelmoqda?
Bu savollarga javob topish uchun kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini- balans, foyda va zararlar hamda pul oqimlari to'g'risidagi hisobotlarni o'qish va tushunishni bilish kerak.
Ko'pchilik o'ylagandek buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tushunish faqat buxgalter yoki auditorlar uchun zarur bilim emas. Bu investor, tadbirkor, iqtisodchi, jurnalist va umuman biznes olamida nima sodir bo'layotganini tushunmoqchi bo'lgan har bir inson uchun muhim ko'nikma.
Xullas, kompaniyalarning kelajagi haqida balandparvoz va'dalar, katta prognozlar va shov-shuvli yangiliklar ko'p bo'ladi. Ammo biznes ortidagi haqiqiy iqtisodiyotni, oshxonasini tushunish uchun moliyaviy hisobotlarni o'qiy va tahlil qila olish kerak.
https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/2130357/000162828026067168/anthropicpbc-sx1.htm
@uzbekonomics
Nazarboyev Universiteti
Astanadagi Nazarboyev Universitetida seminar berish nasib qildi. Bu universitet haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘plab do‘stlarim u yerda ishlagan yoki doktorantura qilgan, bittasi esa qisqa muddat professor ham bo‘lgan. Lekin qanday dargoh ekanini o‘zim borib ko‘rgandagina chinakam tasavvur qildim.
Avvalo, universitet juda katta. Ko‘p kampuslarda bo‘lganman, ammo bunday bahaybat binolarni (aeroportdek) kam ko‘rganman. Binolarning deyarli barchasi bir-biriga ulangan. Kampus falsafasi menga Singapurdagi Nanyang texnologiya universitetini biroz eslatdi. Bu yerda tibbiyot klasteri (tibbiyot markazi, fakulteti va shifoxonasi - u ham alohida bir shaharcha ekan) haqida emas, asosiy kampus haqida gapiryapman. Maydoni 200 gektarga yaqin, talabalarning deyarli hammasi kampusda yashaydi. Kutubxonalardan tortib sport inshootlarigacha, sharoitlar, takror aytaman, dunyo darajasida.
Biroq meni hayratga solgan narsa binolar emas, odamlar bo‘ldi. Bu yerda o‘ta yuqori malakali professor va tadqiqotchilar ishlar ekan. Dunyoning deyarli barcha burchagidan kelgan yuzlab postdok va professorlar bor. Ijtimoiy fanlar fakultetiga domlalarni jalb qilishda Viskonsin universiteti, biznes maktabiga esa Dyuk universiteti yordam bergan. Ya’ni biznes maktabiga ishga olinayotgan professorlar suhbat uchun Shimoliy Karolinaga, Dyukka borishgan.
Universitet qurish o‘ta qiyin va qimmat ish, chunki universitet binolardan emas, odamlardan, ya’ni olimlardan tashkil topadi. Olimlarni olib kelish oson emas. Shu sababli yangi universitetni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish kamdan-kam mamlakatga nasib etadi. Nazarboyev Universiteti buni uddaladi desak bo‘ladi, chunki olimlarining sifati xalqaro miqyosda raqobatbardosh.
Talabalar sifati ham juda yuqori ekan. Domlalarning aytishicha, talabalarning aksariyati bepul grant asosida o‘qishga kirgan o‘ta tirishqoq, iste’dodli va mehnatkash yoshlar. Ko‘p joylarda domlalar o‘z talabalari haqida bunday gapirmaydi.
Seminarim biznes maktabida bo‘ldi. Ularda iqtisodiyot va biznes maktabi birlashtirilgan ekan, shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar ham keldi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyadan ekan. Bir paytlar Botir aka bilan podkastda Rossiyadan olimlarni O‘zbekiston universitetlariga jalb qilish kerak, deb gaplashgan edik. Nazarboyev Universiteti buni amalda qilibdi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, universitetning davlat byudjetidan oladigan yillik mablag‘i taxminan 100 million dollar. 12 yil oldin bu raqam 300 million dollar atrofida bo‘lgan. Katta ehtimol bilan kapital investitsiyalar yakunlanib, hozir asosan operatsion xarajatlar qolgan.
Albatta, muammolar hali ko‘p. To‘liq tenure tizimi hanuz joriy etilmagan, ya’ni professorlar muddatli kontraktlarda ishlaydi. Bu olimlar uchun noqulay, garchi universitet amalda kontraktlarni uzaytirib kelayotgan bo‘lsa-da. Turli korrupsiya mojarolari haqida ham gaplar ko‘p. Lekin umumlashtirib aytmoqchimanki, mintaqamizda bunday ulkan loyiha hali bo‘lmagan. Markaziy Osiyoda ilm-fan markazining barpo etilishi mutlaqo yangi hodisa.
Universitet rahbariyati bilan suhbatda bildimki, Yangi O‘zbekiston Universitetidan ular bilan bog‘lanishgan va bir necha uchrashuvlar ham bo‘lgan ekan. Balki kelajakda, aynan shu darajada bo‘lmasa ham, bizda ham shunday yaxshi universitet paydo bo‘lar. Mamlakatga kuchli universitet o‘ta zarur.
Rostini aytsam, “yuqsin, yuqsin” deb qaytdim. Markaziy Osiyoda bunday dargohning mavjudligi o‘zbekistonliklar uchun ham katta imkoniyat. Balki talabalarimiz u yerga ko‘proq borib o‘qir, domlalarimiz borib fikr almashar. O‘zbekistonning kelajagi uchun shunday universitetlar bo‘lishi va ular bilan yaqin aloqa o‘rnatish juda muhim.
George Soros degan personajning haqiqiy ismi Elon Musk ekan.
Oraliq saylovlarining o'zida yarim milliard dollar sarflabdi, o'z nomzodlarini saylatish uchun:
https://thehill.com/homenews/campaign/6167594-elon-musk-midterm-spending/
@uzbekonomics
Dunyoning eng tez o'sayotgan shaharlari Afrikada. Yiliga ikkita Londonga to'g'ri keladigan miqyosda shaharlar o'sayotgan ekan.
Bundan oldin ham bo'lishgan edim, kutilmalarga ko'ra 2050 yilga kelib dunyoda tug'ilishlarning deyarli yarimi Afrikaga to'g'ri kelar ekan.
@uzbekonomics
Tobora respublikachilar, amaldagi hokimiyat partiyasi AQShda yaqinda bo'ladigan oraliq saylovlarda Kongressni/Senatni berib qo'yadiganga o'xshaydi.
Asossiz urushlar/tariflar natijasida narx-navo oshib ketganini parda bilan yopib bo'lmaydi.
Demak, boshqa fon kerak. Eronga urush yana jadallasharmikan? Qayerdadir qandaydir notinchlik o'rinli tasodif bo'lib qoladigandek.
@uzbekonomics
Nega?
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/14/uzpost-wildberries/
@uzbekonomics
Iqtisod bo'yicha Nobel mukofotini Hall bilan Woodford olibdi.
Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini esa Nobel qo'mitaning o'ziga berish kerak ekan. Mikro bilan makroiqtisodiyotchilarni ikkalasini bittada xursand qilishgani uchun: for microeconomic foundations of macroeconomic stabilisation
@uzbekonomics
Kecha "Rossiyaning neftini himoya qilish" bu amerikaning manfaatlari deyishgandi.
Ertaga endi Rossiyaning data markazlarini Ukrainadan himoya qilish amerikaning manfaati deb chiqishsa hech gap emas.
Ungacha esa amerikaliklar "internetimiz botlardan tozalanib qolganiga shukr" deyishmoqda:
https://x.com/McFaul/status/2109400237580419362
@uzbekonomics
Aytgan edimku... Yarim kun ham o'tmadi. AQSh xullas bu urushda yovuzlik tarafda.
https://apnews.com/article/russia-ukraine-war-trump-putin-diesel-228ccf74b2848c1ff0ac23f038b37512
Ukrainadan ko'ra AQShga yangisi ko'proq kerak.
@uzbekonomics
O'zbekistonni dunyoga emas, O'zbekistonni avvalo o'zimizga ko'rsatish muhimroq deb hisoblayman. Barcha imkoniyatlarini ham, masalalarini ham. Buning uchun MrBeastdan ham foydalansa bo'ladi - bilmagan holda.
Shartli Oklahomada va Nebraskada yashaydigan MrBeastning obunachisi O'zbekiston haqida bilib olib birrovga O'zbekistonga kelib-ketganidan ko'ra, Toshkentda o'tirganlar yoki qaror qabul qiluvchilar MrBeast orqali O'zbekistondagi ba'zi masalalar haqida bilib olishi menimcha ancha muhimroq va ahamiyatliroq.
Masalan, MrBeast Toshkentda svetofori yo'q trassalardan o'tib ko'rsin piyoda sifatida (good luck, my friend). Bir-ikki hafta yashab ko'rsin, IMEI bilan to'qnashib ko'rsin. Masalan deymanda.
Ya'ni, MrBeast yoki O'zbekistonga kelgan istalgan katta inflyuenserning o'zbekistonliklar uchun ham foydasini ovolaylik demoqchiman.
@uzbekonomics
Yana bir muhim jihat bu iqtisodiy ixtisoslashuv. Har bir viloyatda barcha xizmatlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish tarmoqlari birdek rivojlanishi deyarli imkonsiz. Masalan, bir shahardagi muhandislik kompaniyasi boshqa viloyatlardagi korxonalarga ham xizmat ko'rsata olishi, Toshkentdagi professor Samarqand yoki Qarshiga borib bir kunlik seminar o'tkazib qaytishi, viloyatdagi tadbirkor esa boshqa shahardagi mutaxassis bilan muntazam ishlashi mumkin. Buning uchun shaharlar bir-biriga iqtisodiy jihatdan yaqin bo'lishi kerak. Aks holda har bir hudud o'z ichki imkoniyatlari bilan cheklanib qoladi. Bu esa mehnat taqsimoti va unumdorlik o'sishini cheklaydi.
Aytmoqchimanki, O'zbekiston iqtisodiyoti chinakam yaxlit bozorga aylanishi kerak. Shartli Nukusdagi, Termizdagi yoki Urganchdagi tadbirkorning iqtisodiy imkoniyatlari faqat geografik joylashuvi sababli cheklanib qolmasligi kerak. Albatta, har bir yo'nalishga samolyot uchirish yoki davlat hisobidan zarariga qatnovlarni ko'paytirish kerak demoqchi emasman. Talab, xarajat va iqtisodiy foydani hisoblash zarur. Lekin raqobatga yo‘l ochish, yangi tashuvchilarning bozorga kirishini yengillashtirish, aeroportlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, temiryo'l va aviaqatnovlarda qulayroq jadvallar yaratish kerak. Masalan, Havo yo'llarida sifat va narxni yaxshilashning yagona yo'li uning bozorida raqobatga imkon berishdir. Ko'proq lowcost tashuvchilar bo'lsa, ko'proq aviakompaniyalar O'zbekistonga ucha olsa, bozorda raqobat paydo bo'lsa shunda mavjud korxonalarda ham rivojlanishga rag'bat bo'ladi.
Transportdagi tezlik bilan birga qatnovlar soni, qulay jadval, narx va ishonchlilik ham juda muhim. Ikki shahar orasida poyezd yoki samolyot borligining o'zi yetmaydi. Haftasiga ikki marta uchadigan samolyot bilan kuniga bir necha marta uchadigan samolyotning iqtisodiy ahamiyati bir xil emas. Transportni shunchaki odamlarni bir joydan ikkinchi joyga olib boradigan xizmat deb emas, yangi iqtisodiy faoliyat, savdo, investitsiya, raqobat va imkoniyatlar yaratadigan infratuzilma deb ko'rishimiz kerak. O'zbekistonning geografik masofalarini qisqartira olmasmiz lekin shaharlarimiz orasidagi iqtisodiy masofani keskin qisqartirishimiz mumkin.
@uzbekonomics
Vdud'ning yangi intervyusi chiqibdi.
Wall Street Journalning amerikalik jurnalisti, Evan Gershkovich bilan. Esingizda bo'lsa, Evanni Rossiya josuslikda ayblab 16 yilga qamab qo'ygandi. Bir yildan keyin chiqqandi.
Oxirgacha ko'rmadim, lekin intervyu Bruklinda sur'atga olinayotganini bilib Toshkent Supermarketidan lavha bo'lishini bashorat qilgandim. To'g'ri topibman. Toshkent Supermarketiga grechka va plombirni qidirib kirishgan bo'lsa ham, o'zimizning palov, sariq sabzi va yopgan non haqida ham suhbatlashishibdi.
https://youtu.be/FBdWhpmRAPk?si=WDrAp11YOEsMIW7E&t=2727
@uzbekonomics