kungil_kundaligi | Неотсортированное

Telegram-канал kungil_kundaligi - Кўнгил кундалиги

117

© Мурожаат учун: @Mening_pochtam_bot Бошқа каналларимиз: 👉 @turtliklar 👉 @sport_xabarlari

Подписаться на канал

Кўнгил кундалиги

Ayol kishi teskari gapiradi... )

💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

🚲 Qochoq velosipedchi hoji

Suratdagi turkiyalik kishi Mehmet Neshet 1964 yilda o‘z velosipedida Hajga bormoqchi bo‘ladi, lekin buni hech kimga bildirmaydi.

Cho‘ntagida atigi 66 lirasi bor. Zotan, yo‘lda unga ko‘p pul kerak emas. Va’z qiladigan joylarda uning oldiga dasturxon yoziladi.

U Jilvego‘zu chegara punktiga kelib, 1952 yilgi pasportini ko‘rsatadi. Lekin unga chegaradan o‘tib, narigi davlatlarda qiynalmasligi uchun 5000 liraga valyuta sotib olish kerakligi aytiladi. Ammo puli yo‘qligi sababli chegaradan o‘tolmaydi.

Yo‘lovchi niyatidan qaytmaydi. Chegaradan uzoqlashib, sim to‘siqlardan velosipedini otib, o‘zi ham sakrab, Suriya tarafga o‘tib oladi. Velosipedini tizzasida ushlagancha, mina maydonidan eson-omon o‘tib, Suriya yo‘llariga chiqib oladi. U velosipedda yurar va tez harakat qilardi. Iordaniya poytaxti Ammonga yetib, dam olgach, tanishlari bilan ko‘rishib qoladi.

“Bu yerdan uyog‘iga sahroda qiynalasan, biz bilan yur”, deyishadi tanishlari. Avvaliga qabul qilmaydi, lekin tanishlari uni ko‘ndirishadi. Velosipedini Ammonda bir kishiga omonat qoldirib, yo‘lda davom etadi. Makkaga avtobusda yetib keladi va Haj amallarini ado etadi.

Qaytishda u avtobusni o‘tkazib yuboradi. U yo‘l-yo‘lakay avtobusdan avtobusga o‘tib, Ammonga yetib boradi. Velosipedda Iordaniya va Suriyadan o‘tgandan keyin Turkiya chegarasiga yetib keladi. “Har qalay o‘z yurtimga kevoldim” deb chegaradan o‘tmoqchi bo‘ladi. U yerda chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun hibsga olinadi.

Tergovga olib borilgan Mehmet Neshet amaki “Agar bu ishim jinoyat bo‘lsa, Baytullohni ko‘rgani bordim. Men kofir bo‘lish uchun yo‘lga chiqqanim yo‘q, nima qilsangiz ham qilavering”, deydi va jazosiga rozi bo‘ladi.

Mehmet Neshet O‘zning velosiped safari prokurorning e’tiborini tortadi. Prokuror iltimosiga binoan velosipedchining surati olinadi. "Hurriyat" gazetasi esa o‘sha suratni chop etib, bu haqida xabar beradi. Oilasi bu voqeani gazetadan bilib, uning oldiga boradi, lekin qaytarib kelishning iloji bo‘lmaydi. Mehmet Neshet amaki 27 kun qamoqda o‘tirganidan keyin oqlanadi va uyiga jo‘natiladi.

Uzoq qarindoshlari va qishloqdoshlari hoji Mehmet Neshet O‘z haqida doimo "Yo‘lda o‘lib ketadi, vafot xabari keladi", deb aytishardi. Ammo uning o‘limi ular aytganidek bo‘lmadi.

Vafotidan bir kun avval qishlog‘idagi to‘rtta choyxonaga borib, “Ertaga mening bayramim” deb hammaga choy ulashadi. Ertasi kuni, 1976 yil 19 fevralda bomdod payti o‘z uyida osoyishta holatda vafot etadi. Alloh rahmatiga olsin.

Turkchadan Davronbek Tojialiyev tarjimasi

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

📌 Harom luqma yeyayotgan inson oxiratdagi jazosidan avval, bu dunyoning o'zida ham quyidagi jazolarni oladi:

✅️1. Topganidan baraka ketadi
✅️2. Duosi, ibodati ijobat bo'lmaydi
✅️3. Ular zulm qilgan mazlumlarning unga nisbatan qilgan duosini Alloh ijobat qilib qo'yadi (hatto u mushrik bo'lsa ham)
✅️4. Alloh unga muhlat beradi, ammo bee'tibor qoldirmaydi.
✅️5. Haromdan topgan pul evaziga qilingan yaxshiliklari qabul bo'lmaydi.

📹 Manba
💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Rashk

Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Sa’d ibn Uboda: «Agar ayolimni biror kishi bilan ko‘rib qolsam, uni qilichning tig‘ini ko‘ndalang qilmay chopib tashlayman», dedi. Bu gap Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib borgan edi, u zot: «Sa’dning rashkchiligiga ajablanyapsizmi? Men undan ham rashkliroqman. Alloh esa mendan ham rashkliroqdir», dedilar».

Buxoriy va Muslim rivoyati

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Bir hakim zotdan «Sabr nima?» deb so‘rashdi. «Baloga giriftor bo‘lsang ham, qalbingada «Alhamdulillah»ni takrorlab turmog‘ing», dedi u.

@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Internetdan bemalol hamma narsani ko'rish imkoniyati bo'lgan bu zamon uchun aytilgan so'zlar

@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Alloh taolo birinchi bo‘lib nimani yaratdi?

@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Бир фақир айтади: – Биз узоқ йиллар фақат йиғладик, фақат дард чекдик. Биров эътибор ҳам бермади. Лекин бир марта табассум қилган эдик бизни расмга олиб, унга шундай изоҳ ёздилар:
– «Бахтли бўлиш учун бой бўлиш шарт эмас»!

@IkromSharif

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

... Seni biror kishi yomon tomonga o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yma. Ishon, sening namunali ishlaring ularni qiziqtirmaydiganlar garchi o‘zlarini boshqacha ko‘rsatishsa-da, seni ehtirom qilishadi. Ularning jizzakiligiga sabab shuki, sen ularga o‘z yaxshiliklaring bilan doimo yomon ekanliklarini eslatib turasan. Agar sen ularga qo‘shilib yomonliklar qilsang, ular hayot yo‘lida sen bilan yo‘ldosh bo‘lishgani uchun seni ehtirom qilishmaydi. Ishon!

© “Tonggi suhbatlar”dan

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

...Gohida ayol kishi erkakning o‘rnini olmoqchi bo‘ladi. U buni rag‘bat bilan emas, majburlikdan qiladi. Agar ish uning qo‘lida bo‘lganida o‘zining rolidan boshqa rolni o‘ynashni istamagan bo‘lar edi. Agar istasangiz xohlagan ishni qilishlari bilan maqtanadigan ayollardan so‘rab ko‘ring. Ular o‘zlarini qizg‘anadigan, rashk qiladigan erkakka muhtoj ekanliklarini aytishadi. Istagan narsalari bor bo‘lsa-da, sevgan erkaklari sovg‘a berishini istashlarini tan olishadi. Ularning sochlarini begona qo‘l ushlaganda, ularni himoya qilib, hatto jinoyat qilishga tayyor erlari bo‘lishiga dunyoni almashtirib yuborishadi.

© "Tonggi suhbatlar" kitobidan

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

15 aprel — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tug‘ilgan kun

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh xotiralariga bag‘ishlangan hujjatli filmni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.

🎞 1-qism      |  🎞    2-qism

💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 28-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 26-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 24-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 22-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Nega psixologiya kurslariga asosan ayollar boradi?

Baxtli bo'lish sirlari kabi kurslarda erkaklar deyarli bormaydi?

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Grija (Bel og'rig'i)ga Qur'on bilan shifo topgan Qashqadaryolik yurtdoshimiz hikoyasi

(Boshqalarga ham manfaati tegib qolar deya ulashishni lozim topdik. Yaqinlaringizga ulashing)

💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Otalar eshiting!
Farzandining ilm olishi uchun sog'lig'idan kechgan ota...

(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning otalarini o'rtog'i aytib bergan voqea)

© Manba

💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Kuyov tanlash

Nuh ibn Ibrohim qizini turmushga bermoqchi bo‘lib, majusiy qo‘shnisidan maslahat so‘rabdi. Qo‘shnisi: “Vo ajabo! Hamma sendan maslahat so‘raydi, sen esa mendan maslahat so‘rayapsanmi?!” debdi. Nuh: “Menga maslahat kerak-da”, debdi. Majusiy: “Fors podshohi Kisro mol-dunyoni tanlar edi. Rum podshohi Qaysar go‘zallikni tanlar edi. Arab raislari nasl-nasabni tanlar edi. Sizlarning yo‘lboshchingiz Muhammad dinni tanlar edi. Kimga ergashishni o‘zing tanla”, debdi.

© "Solihlar gulshani"dan
----
💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Bir a’robiy tuya so‘ydi va xotiniga:

- Onamga sonini ber, - dedi.
- Sonida go‘sht ko‘p bo‘ladi-ku.
- Mayli, unda qo‘lini beraqol.
- Eng shirin joyini-ya. Yaxshisi bo‘ynini bera qolaman.
- Bo‘ynini o‘zingning oilangga olib qol, - dedi a’robiy va xotinini taloq qildi.

Kim aytgan bo‘lsa ham to‘g‘ri aytgan ekan: "Xotinning tili uzaysa, eri bilan o‘tadigan kunlari qisqaradi".

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi.

Ikrom Sharif sahifasidan olindi.


💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

"Suratga o‘tib ketdik, siyrat qolib ketdi".

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov 1990-1994 yillardagi haj va umra amalini ado etganlar bilan bugungi kundagi bu amalni bajarayotganlar o‘rtasidagi farq haqida so‘zladi.

Shuningdek, Ka'bani ichida nikoh uzugi taqib, zam-zam suvini urishtirib(kimlargadir taqlid qilib) ichgan sevishganlarga munosabat bildirdi.

@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

📖 NOMA’LUM QAHRAMONLAR

Qur’oni karimda noma’lum qahramonlar bor. Ularning ismi zikr qilinmagan, kim ekanligi ham aytilmagan. Ammo ular hal qiluvchi o‘rinda qahramonlik qilishgan, haq tomon bo‘lishgan, haqqa yordam berishgan. Agar ular o‘z paytida masalaga aralashishmasa ish og‘ir bo‘lishi aniq edi.

Quyidagi oyatlar haqida tafakkur qiling:

1. Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: "Ey Muso! Aniqki, a’yonlar seni o‘ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket. Albatta men senga nasihat qilguvchilardaman", dedi. (Qasas surasi- 20 oyat)

2. Fir’avn ahlidan bo‘lgan, iymonini yashirib yuradigan bir kishi: Bir odamni "Alloh Robbimdir" degani uchun o‘ldirasizmi?! Vaholanki u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg‘onchi bo‘lsa yolg‘oni o‘ziga zarar, agar rostgo‘y bo‘lsa unda u va’da qilayotgan ba’zi musibatlar sizga yetadi. Albatta Alloh isrofchi va kazzob bo‘lgan kishini hidoyat qilmas.(Gʻofir surasi- 28 oyat).


3. "Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: " Ey qavm! Yuborilgan payg‘ambarlarga ergashing", dedi".(Yosin surasi- 20 oyat).


4. "Ulardan (Allohdan) qo‘rqadiganlardan bo‘lgan va Alloh ularga ne’mat ato etgan ikki kishi: "Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsangiz albatta g‘olib bo‘lasizlar. Agar moʻmin bo‘lsangiz Allohga tavakkul qiling", deyishdi.(Moida surasi- 23 oyat).


Bu insonlarni hech kim tanimaydi. Hatto qur’on ham ularni zikr qilar ekan noaniq qilib bir chetdan zikr qilib o‘tib ketadi. Ularni hodisalarning qalbida emas deb his qilasan. Ularning maxfiy qo‘shinlar ekanini anglaysan. Ular hech kim tanimaydigan rijollardir. Shuning uchun qur’on ularning ismiga emas, amaliga e’tibor qaratadi.

Ularga o‘xshaganlar har zamon va har makonda bor. Ular shuhrat ortidan quvishmaydi. Nur yoki faxr ortidan tushishmaydi. Balki haqni haq qilishga harakat qilishadi. Qorong‘ulikdan turib bunga erishishishadi. Shuning uchun ham Alloh taolo bizga ularning ismini zikr qilmadi. Gohida ism hech narsani anglatmaydi. Alloh bizga ularning sifatini zikr qildi. Ularning sifati "rijol" dir. Qorong‘ulikdan turib, kishilarga o‘zini bildirmasdan ummatga, dinga xizmat qilayotgan, haqni haq qilishga intilayotgan rijollarga salomlar bo‘lsin!

© Abdulqodir SAMARQANDIY
✈️ @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

💬... Eng go‘zal tanlov sen uni yaxshi ko‘radigan, U ham seni yaxshi ko‘radigan shaxsdir. Ammo senda bu ikkisidan birini tanlash ixtiyori bo‘lsa, seni yaxshi ko‘radigan kishini tanla. Qalbingga uni sevishni o‘rgat. Bir tomondan bo‘lgan muhabbat xorlikdir.


💬... Agar senda qalbing va qadringdan birini tanlash ixtiyori berilsa, hech to‘xtamasdan qadringni tanlayver. Zero, qadridan voz kechganlar oshiq bo‘lishga munosib bo‘lmagan kishilardir. Seni sevgan kishi hech qachon seni bunday tanlov oldida qo‘ymaydi.


© “Tonggi suhbatlar”dan

💬@mutolaa_sehri

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh imom Sha’biyni qozilikka qo‘ydi. Sha’biy hazilkash, shirinso‘z va nuktadon kishi edi. Bir kishi uning oldiga kelib soqolga mas'h tortish haqida so‘radi. Sha’biy: “Barmoqlaring bilan mas'h tortasan», – dedi. Shunda u kishi: “Unda soqollarim ho‘l bo‘lmaydimi deb qo‘rqaman”, — dedi. Sha’biy unga: «Unda soqolingni kechqurun suvga ivitib qo‘y», — dedi.)

© “Tonggi suhbatlar”dan
___
💬@kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

Биз 500-1000 йиллар аввал яшаб ўтган аждодларимизнинг 7 ёшдан Қуръони Каримни ёддан билганликлари ҳақида китобларда ўқирдик.

Бугун ҳам ана шундай фарзанд тарбиялаётган ота-оналар бор. Алҳамдулиллаҳ улар кўп юртимизда. Ана шундай тарбияга кўрган ёшларимизни асрашимиз керак.

Юқоридаги видео ана шундай оилалардан бирининг фарзандлари ҳақида

💬 @kungil_kundaligi

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 27-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 25-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 23-кун

Читать полностью…

Кўнгил кундалиги

@islomuz_kanal #Рамазон

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

«Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топур» - 21-кун

Читать полностью…
Подписаться на канал