© Мурожаат учун: @Mening_pochtam_bot Бошқа каналларимиз: 👉 @turtliklar 👉 @sport_xabarlari
Ovrupodagi bir shaharchaning imomi xizmatga har kuni avtobusda qatnar ekan. Kunlarning birida odatdagiday kira haqini to‘labdi (taxminan "marka" deylik). Bir marka uzatsa, haydovchi chipta bilan to‘rt marka qaytaribdi. Bundan imom taajjublanib, o‘ylanibdi: “Men adashib bir marka o‘rniga besh marka berdimmi yo haydovchi men uzatgan bir markani besh marka deb o‘ylab, qaytim qaytardimi?". Imom shu holatda qaytim pulni ushlaganicha turib qolibdi.
Haydovchi esa unga sinov nazari bilan o‘g‘rincha qarab-qarab qo‘yarmish. Imom o‘ylay-o‘ylay: "Men emas, haydovchi adashgan. Agar bu ish gumon bo‘lsa, uning foydasiga hal bo‘lishi kerak. Agar pulni olsam, haromga yo‘l berib qo‘yish ehtimolim bor. Hazrati Umarning (roziallohu anhu): "𝑩𝒊𝒛 𝒉𝒂𝒓𝒐𝒎 𝒊𝒔𝒉 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒅𝒂𝒏 𝒒𝒐‘𝒓𝒒𝒊𝒃, 𝒐‘𝒏𝒕𝒂 𝒉𝒂𝒍𝒐𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒕𝒐‘𝒒𝒒𝒊𝒛𝒕𝒂𝒔𝒊𝒏𝒊 𝒕𝒂𝒓𝒌 𝒆𝒕𝒂𝒓𝒅𝒊𝒌", deganlari, Abdulloh ibn Muborakning (roziallohu anhu): “𝑺𝒉𝒖𝒃𝒉𝒂𝒍𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒅𝒊𝒓𝒉𝒂𝒎𝒏𝒊 𝒕𝒂𝒓𝒌 𝒆𝒕𝒊𝒔𝒉𝒊𝒎 𝒚𝒖𝒛 𝒎𝒊𝒏𝒈 𝒅𝒊𝒓𝒉𝒂𝒎 𝒔𝒂𝒅𝒂𝒒𝒂 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊𝒎𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐‘𝒓𝒂 𝒂𝒇𝒛𝒂𝒍𝒓𝒐𝒒𝒅𝒊𝒓”, degan hikmatlarga amal qilmasam, men qanday musulmon bo‘ldim?!", deb qaytimni haydovchiga uzatibdi. Manzilga yetib, tushmoqchi bo‘lganida haydovchi uni to‘xtatibdi:
- Meni do‘stlarim Islomni qabul etishga da’vat qilishayotgan edi. Kechagi jum’a masjidingizga olib borishdi. Halollik haqida chiroyli gapirdingiz. Men kalima keltirishga ruhan tayyor bo‘lib qoldim. Lekin: “Shoshilma, bu odamning gaplari chiroyli, amali-chi?", deb sinamoqchi bo‘lib, sizga ortiqcha qaytim bergan edim. Siz haqingizda yomon gumonda bo‘lganim uchun uzr so‘rayman, Alloh oldida esa tavba qilaman, deb kalima keltiribdi.
Imom uzrni qabul qilib, yangi birodari bilan quchoqlab ko‘risha turib: "Allohim, O‘zingga shukr! Adashib, shu pulni olganimda bir bandangning Islomga kirishiga to‘g‘anoq bo‘lib qolarkanman-a!", deb shukrlar qilibdi.
Bu kabi voqealarni tez-tez eslab, yoshlarga aytib turishimiz kerak. Chunki Sovet jamiyati yo‘q bo‘lgani bilan xudosizlarning shogirdlari hali tirik.
© 𝗦𝗵𝗲𝗿𝗸𝗼𝗻 𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿𝗶𝘆𝗻𝗶𝗻𝗴 "𝗗𝗼'𝗹𝘃𝗼𝗿 𝘆𝗶𝗴𝗶𝘁" 𝗸𝗶𝘁𝗼𝗯𝗶𝗱𝗮𝗻
__
𝖪𝗂𝗍𝗈𝖻𝖽𝖺 𝖻𝗎 𝗄𝖺𝖻𝗂 𝗂𝖻𝗋𝖺𝗍𝗅𝗂 𝗏𝗈𝗊𝖾𝖺𝗅𝖺𝗋𝖽𝖺𝗇 𝗍𝖺𝗌𝗁𝗊𝖺𝗋𝗂 𝗆𝗎𝖺𝗅𝗅𝗂𝖿𝗇𝗂𝗇𝗀 𝖻𝗈𝖻𝗈𝗌𝗂 𝖠𝖻𝖽𝗎𝗅𝗅𝖺 𝖰𝗈𝖽𝗂𝗋𝗂𝗒 𝖺𝗒𝗍𝗂𝖻 𝖻𝖾𝗋𝗀𝖺𝗇 𝗁𝗂𝗄𝗈𝗒𝖺𝗅𝖺𝗋, 𝗌𝗁𝗎𝗇𝗂𝗇𝗀𝖽𝖾𝗄 𝖰𝗈𝖽𝗂𝗋𝗂𝗒 𝖿𝖺𝗋𝗓𝖺𝗇𝖽𝗅𝖺𝗋𝗂, 𝗇𝖺𝖻𝗂𝗋𝖺𝗅𝖺𝗋𝗂, 𝗓𝖺𝗆𝗈𝗇𝖽𝗈𝗌𝗁𝗅𝖺𝗋𝗂 𝗄𝗈'𝗋𝗀𝖺𝗇 𝖾𝗌𝗁𝗂𝗍𝗀𝖺𝗇 𝗏𝗈𝗊𝖾𝖺𝗅𝖺𝗋 𝗃𝖺𝗆𝗅𝖺𝗇𝗀𝖺𝗇. 𝖪𝗂𝗍𝗈𝖻𝗑𝗈𝗇𝗅𝖺𝗋𝗀𝖺 𝖻𝗎 𝗄𝗂𝗍𝗈𝖻𝗇𝗂 𝖺𝗅𝖻𝖺𝗍𝗍𝖺 𝗈𝗅𝗂𝖻 𝗈'𝗊𝗂𝗌𝗁𝗇𝗂 𝗍𝖺𝗏𝗌𝗂𝗒𝖺 𝗊𝗂𝗅𝖺𝗆𝖺𝗇.
💬 @komiljon_aslonov
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan masjidda o‘tirgan edilar. Ularga dedilar:
- 𝑯𝒐𝒛𝒊𝒓 𝒔𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒉𝒖𝒛𝒖𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒋𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕 𝒂𝒉𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒊𝒔𝒉𝒊 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒂𝒅𝒊!
Shu payt ansorlardan bir kishi chiqdi. Uning soqollaridan tahoratining suvlari oqib turar edi.
Ertasi kuni ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga dedilar:
- 𝑯𝒐𝒛𝒊𝒓 𝒔𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒉𝒖𝒛𝒖𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒋𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕 𝒂𝒉𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒊𝒔𝒉𝒊 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒂𝒅𝒊!
Yana kechagi ansoriy kirib keldi.
Uchinchi kuni bo‘lganda yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- 𝑯𝒐𝒛𝒊𝒓 𝒔𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒉𝒖𝒛𝒖𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒋𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕 𝒂𝒉𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒊𝒔𝒉𝒊 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒂𝒅𝒊! — dedilar.
Masjidga yana o‘sha ansoriy kirib keldi!
Masjiddan tarqalgach, Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhu o‘sha ansoriydan so‘radi:
- Men otam bilan xusumatlashib qoldim. Uch kecha uning uyiga kirmaslikka qasam ichdim. Shu uch kunda senikida qolsam bo‘ladimi?
Ansoriy:
- Marhabo! Xush kelibsan!-dedi.
Abdulloh uning uyida uch kun turdi. Ansoriy kechasi ham, kunduzi ham biror-bir ortiqcha nafl ibodat qilmadi. Faqatgina kechasi uyg‘onganida Allohni zikr qilib qo‘yar edi. Toki muazzin bomdodga azon aytgunicha ana shu holatda tong ottirdi. So‘ngra turib bomdodni o‘qidi!
Uch kun o‘tganidan so‘ng Abdulloh uning qiladigan amallarini oz deb o‘yladi va ansoriyga dedi:
- Men bilan otam o‘rtasida hech qanday xusumat va kelishmovchilik bo‘lmagan edi. Ammo uch kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi kiradi!», dedilar. O‘sha uch kunda ham sen kirib kelding. Sen bunga nima bilan erishganingni bilmoqchi bo‘ldim!
Ansoriy dedi:
- 𝑲𝒐‘𝒓𝒊𝒃 𝒕𝒖𝒓𝒈𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈𝒅𝒆𝒌 𝒐𝒓𝒕𝒊𝒒𝒄𝒉𝒂 𝒂𝒎𝒂𝒍𝒊𝒎 𝒚𝒐‘𝒒. 𝑨𝒎𝒎𝒐 𝒎𝒆𝒏𝒅𝒂 𝒎𝒐ʻ𝒎𝒊𝒏-𝒎𝒖𝒔𝒖𝒍𝒎𝒐𝒏𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒏𝒊𝒔𝒃𝒂𝒕𝒂𝒏 𝒈‘𝒂𝒔𝒉-𝒂𝒍𝒅𝒐𝒗 𝒚𝒐‘𝒒, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒖𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒃𝒆𝒓𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂 𝒒𝒂𝒍𝒃𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒔𝒂𝒅 𝒚𝒐‘𝒒!
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu unga dedi:
- 𝑺𝒆𝒏 𝒎𝒂𝒏𝒂 𝒔𝒉𝒖 𝒂𝒎𝒂𝒍𝒊𝒏𝒈 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒋𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕𝒈𝒂 𝒆𝒓𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂𝒏𝒔𝒂𝒏. 𝑩𝒊𝒛 𝒕𝒐𝒒𝒂𝒕 𝒒𝒊𝒍𝒂 𝒐𝒍𝒎𝒂𝒚𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒂𝒏𝒂 𝒔𝒉𝒖!”
(Imomi Ahmad rivoyati)
__
𝐗𝐮𝐥𝐨𝐬𝐚: 𝐐𝐚𝐥𝐛𝐢𝐦𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐫𝐠𝐢𝐧𝐚 𝐇𝐀𝐒𝐀𝐃𝐝𝐚𝐧 𝐩𝐨𝐤𝐥𝐚𝐛 𝐡𝐚𝐦 𝐣𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭 𝐚𝐡𝐥𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐨‘𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢𝐦𝐢𝐳 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧 𝐞𝐤𝐚𝐧.
💬 @kungil_kundaligi
Дуонинг қудрати
Доктор Марк онкология касаликлари бўйича машҳур мутахассис эди. Кунлардан бир куни у бошқа шаҳарга конференцияга боришига тўғри келиб қолади, унга медицина тадқиқотлари бўйича катта бир мукофот топширилиши керак эди. У жуда ҳаяжонда эди, чунки конференция уни узоқ йиллик меҳнатларини баҳолаётган эдида.
Доктор ўтирган самолёт ҳавога кўтарилгач, орадан икки соат ўтиб, қандайдир техник носозлик туфайли самолёт энг яқин аэропортга авария ҳолатида қўнишга мажбур бўлади. Конференцияга кечикиб қолишдан қўрққан доктор бу шаҳардан машина ижарага олиб, манзил томон автомобилни учира кетади. Бироқ у йўлга чиқиши билан кучли жала қуя бошлайди ва доктор йўлдан адашиб кетади. Икки соатлик бефойда изланишлардан сўнг доктор адашиб қолганини тушунади. У роса чарчаган ва қорни ҳам оч эди. Шунинг учун у дам олиб олиш учун қулай жой излай бошлайди. Бир муддат юргач эски, тўкилиб кетай деган бир уйни кўриб машинасини тўхтатади. Тақдирга тан берган доктор хорғин равишда кулбанинг эшигини таққилатади. Эшикни чиройли бир аёл очади, доктор ундан телефон қилиб олишни илтимос қилади, бироқ аёл уйда телефон йўқлигини, лекин йўловчини ҳаво очилиб кетгунича уйга кириб дам олиб олиши мумкунлигини айтади. Қорни оч, усти хўл доктор ноилож уйга киради. Аёл унга қайноқ чой ва овқат беради. Бироз ўтиб аёл докторга у билан бирга ибодатга қўшилиши мумкунлигини айтади. Доктор Марк кулимсираб худога ишонмаслигини, у кўпроқ инсон тафаккури ва меҳнатига ишонишини айтиб аёлнинг таклифини мулойимлик билан рад этади.
Курсида чой ичиб ўтираркан, доктор бу аёлнинг болалар кравати ёнида қандай қилиб худога ибодат қилаётганини томоша қилиб турарди. Врач тушиниб турарди аёл қандайдир ёрдамга муҳтож. Аёл ибодатини якунлагач доктор ундан сўрайди:
- Худодан нимани сўраябсиз? Наҳотки сиз уни қачондир ибодатингизни, ўтинчингизни эшитади деб ўйласангиз? Кейин аёлнинг ёнидаги краватда ётган болани кимлигини ва унга нима қилганини сўради. Аёл қайғули бир жилмайиш билан жавоб берди:
- Бу менинг ўғлим, у саратоннинг кам учрайдиган тури билан хасталанган. Бу касалликни даволай оладиган ягона врач бор, унинг исми Марк. Лекин мен боламни даволатишга пулим етмайди, доктор ҳам бошқа узоқ бир шаҳарда яшайди. Тўғри сиз айтгандай худо менинг илтижоларимга ҳалигача жавоб бергани йўқ. Лекин мен унга ишонаман ва ўтинчларимни тўхтатмайман, менинг парвардигорга бўлган ишончимни ҳеч нарса синдира олмайди . Аёлнинг гапларидан қотиб қолган, ранглари оқариб кетган доктор бирдан йиғлаб юборади: У хитоб қилади:
- Эй Худо нақадар буюксан!
Доктор хаммасини тушунганди, унинг самолётини бошқа шаҳарга қўниши, ёмғирни жалага айланиши, автомобилини адашиб қолиши, бу ҳаммаси Аллоҳнинг иродаси билан бўлганига шубҳаси қолмаганди. Чунки Парвардигор нафақат бу аёлнинг илтижоларини эшитган, балки унга, яъни камбағал оилага нажотни юборган эди.
___
@kungil_kundaligi
Ҳамма гуноҳларнинг асоси учтадир:
1. Кибр. Иблиснинг бошига тушган кўргиликлар шундан бўлган.
2. Ҳирс (Нафс). Одам алайҳиссаломни жаннатдан шу чиқарган.
3. Ҳасад. Одам алайҳиссаломнинг бир фарзанди инисини ўлдиришига етаклаган иллат мана шудир.
Ким мана шулардан сақланса, ёмонликнинг ҳаммасидан сақланибди. Куфр кибрдан, гуноҳ ҳирсдан, жабр ва зулм эса ҳасаддандир.
✍️ Имом Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ
____
@kungil_kundaligi
𝑲𝒊𝒎𝒅𝒂 𝒃𝒂’𝒛𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒇𝒔 𝒈‘𝒐𝒍𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒍𝒊𝒃, 𝒈𝒖𝒏𝒐𝒉𝒈𝒂 𝒒𝒐‘𝒍 𝒖𝒓𝒊𝒍𝒔𝒂, 𝑰𝒃𝒓𝒐𝒉𝒊𝒎 𝒊𝒃𝒏 𝑨𝒅𝒉𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒒𝒖𝒚𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒔𝒐‘𝒛𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒊 𝒚𝒐𝒅𝒈𝒂 𝒐𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒍𝒐𝒛𝒊𝒎:
Ibrohim ibn Adham rahimahullohning oldiga bir kishi kelib, “Ey Abu Ishoq, men nafsimga ko‘p ergashib qolyapman. Menga qattiq ta’sir qiladigan, qalbimni bunday illatdan qutqaradigan biror narsa ayting”, dedi. Ibrohim ibn Adham rahimahulloh shunday dedi: “Beshta xislatni qabul qilib, aslo tark qilmasang, nafsing ham senga zarar bera olmaydi, lazzat ham seni halok qilmaydi”, dedi.
“Unda ayting, ey Abu Ishoq”, dedi u kishi. Ibrohim ibn Adham rahimahulloh shunday dedi:
- Alloh azza va jallaga osiylik qilmoqchi bo‘lsang, Uning rizqini yema!
- Boshqa qayerdan yeyman? Axir dunyodagi hamma narsa Allohning rizqidan-ku!
- Unday bo‘lsa Allohning rizqidan yeb, yana Unga osiylik qilish yaxshimi?
- Yo‘q, albatta. Ikkinchisini ayting.
- Allohga osiylik qilmoqchi bo‘lsang, Uning yerida yashama!
- Bu birinchisidan ham qiyinroq-ku? Mag‘rib bilan mashriq orasidagi hamma joy Allohniki bo‘lsa, boshqa qayerda yashayman?
— Unday bo‘lsa Allohning rizqidan yeb, Uning yerida yashab, Unga osiylik qilish yaxshimi?
- Yo‘q, albatta. Uchinchisini ayting.
- Allohning rizqidan yeb, Uning yerida yashab turib ham unga osiylik qilmoqchi bo‘lsang, U ko‘rmaydigan biror joyni topib, o‘sha yerda gunoh qil!
- Ey Ibrohim, buning iloji yo‘q-ku? Axir Alloh hamma narsani bilib, ko‘rib, eshitib turadi-ku!
- Unday bo‘lsa, uning rizqidan yeb, U seni ko‘rib turgan holda Uning yerida yashab gunoh qilishing yaxshimi?
- Yo‘q, albatta. To‘rtinchisini ayting.
- Jon oluvchi farishta joningni olish uchun kelsa, unga: “Mening jonimni olmay tur, tavba qilib, solih amal qilib olay!” degin.
- Jon oluvchi farishta bu gaplarni qabul qilmaydi-ku axir?
- Tavba qilish uchun o‘limni daf qila olmas ekansan, o‘lim farishtasi kelganda uni kechiktirib bo‘lmasligini bilar ekansan, qanday qilib azobdan qutulishni umid qilasan?
- Bo‘ldi, beshinchisini ayting.
- Qiyomat kuni jahannam lashkarlari seni ushlab, do‘zax tomonga sudrasa, ular bilan bormagin.
- Ular meni qo‘yib yubormaydi-ku, mening istagimni eshitib ham o‘tirmaydi-ku?
- Unday bo‘lsa, senga najotdan umid yo‘q ekan!
- Yetar, Ibrohim, bo‘ldi! Allohga istig‘for aytib, tavba qilaman.
𝑰𝒃𝒓𝒂𝒕: nafs tavba qilishga qarshi chiqadi, egasiga turli bahonalar topib beradi. Yuqoridagi so‘zlarni tafakkur qilgan inson tavbaga shoshadi, gunohdan jirkanadi. Inson gunoh qilayotganida Alloh taolo uni kuzatib, hisob-kitob qilayotganini his etsa, shuning o‘zi gunohdan tiyilishga kifoyadir. Ba’zan nafs g‘olib kelib, gunohga qo‘l urilsa, Ibrohim ibn Adhamning yuqoridagi so‘zlarini yodga olish lozim.
“𝑻𝒂𝒒𝒗𝒐 𝒂𝒉𝒍𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒈𝒐‘𝒛𝒂𝒍 𝒒𝒊𝒔𝒔𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊”𝒅𝒂𝒏
t.me/kungil_kundaligi
Аёллар эшитиши, амал қилиши лозим бўлган ибрат
📱 @kungil_kundaligi
Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh yoshligida yetim qolib, onasi qo‘lida tarbiya topdilar. Madrasa yoshiga yetganlarida onalari bir ustoz qo‘liga olib borib topshirdilar va shunday dedilar: “Ustoz, bolani oldingizga oling. Ko‘p uyga ruxsat bermang. Zero, uyga borsa, fikri chalg‘ib, ilmdan mahrum bo‘lib qolishi mumkin”.
Bir kuni bola qalbida onasini borib ko‘rish istagi tug‘ilib, ustozdan ruxsat so‘radi. Ustoz ko‘p dars berib, darsni yodlab topshirib, keyin ketasan, degan shart qo‘ydi. Bola tezlik bilan berilgan topshiriqni yodlab berib, uyiga bordi va darvozani taqillatdi. Boyazid Bistomiyning onalari bu vaqtda tahorat qilayotgan edilar. Eshikning taqillashi ovozidan o‘g‘li kelganini tushundi. Darvoza oldiga borib: “Kim?” dedi. U: “Boyazid Bistomiyman” deb javob berdi. Ona: “Mening ham Boyazid Bistomiy degan o‘g‘lim bor edi. Uni Alloh taolo yo‘lida madrasaga berdim. Eshigimni kelib taqillatayotgan qaysi Boyazid?” dedilar.
Boyazid Bistomiy onasining bu so‘zlaridan quyidagilarni tushundi:
“Onam menga eshikni taqillatish o‘rniga madrasaga borib Alloh taolo eshigini taqillatgin. Alloh bilan bog‘lanishni barcha narsadan ustun deb bilgin, demoqchilar” deb orqalariga qaytib ketdilar va olim bo‘lganlaridan keyin madrasadan chiqdilar.
© “Taqvo ahlining go‘zal qissalari”dan
____
(Ushbu kitobni kutubxonangiz kitoblari qatoriga qo‘shing. Ko‘p ibratli hikoyalar bor)
@kungil_kundaligi
📚 ОДДИЙ МУАЛЛИМ 📙
Қадри билинади энди менга гоҳ,
Оддий мактабимнинг ўша беҳашам,
Навоий-ку бизга устоздир, бироқ,
Кимдир ўқитган-ку Алишерни ҳам!
Шундай буюк зотга ҳарф ўргатган ким?
Оддий муаллим-да, оддий муаллим!
Аяган ҳаётнинг санчиқларидан,
Йиқилса кўтарган тўсиқларидан,
Отадек эзилган, ғуссага ботса,
Боладек қувонган ютуқларидан.
Уйқуда шогирдин ўйлаб ётган ким?
Оддий муаллим-да, оддий муаллим!
Йўқдан Берунийни бинолар қилган,
Ҳусайнни Ибн Синолар қилган,
Машрабни машҳури дунёлар қилган.
Абдуллонинг тилин бурролар қилган,
Илон ўйнатгандек сўз ўйнатган ким?
Оддий муаллим-да, оддий муаллим!
Юзга кираман мен Худо хоҳласа,
Эҳтимол, юздан ҳам ўтарман бир кун.
Қайноқ қучоғида ҳурлар чорласа,
Ҳеч кимдан қарзим йўқ кетарман бир кун.
Бўлса ҳам, бир зотда бўлади қарзим,
Оддий муаллим у, оддий муаллим!
✍ Муҳаммад Юсуф.
© @kungil_kundaligi
1990/1991 yil. Yangi yil #retro
@kungil_kundaligi
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini yeyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar
@kungil_kundaligi
Shayxul Islom Хalvoniy ma’lum bir sabab tufayli, Buxoroi sharif atrofidagi qishloqlarning birida bir necha kun yashaganlar. Shogirdlaridan Qozi Abu Bakr az-Zaranjiy hazratlaridan boshqa barchalari kelib, ustozlarini ziyorat etdilar. Kunlarning birida ustoz bu shogirdni uchratib qolib:
- Nega meni ziyoratimga kelmading?- deb, malomat bilan ko’ngillaridagi muhabbatning darz ketganiga ishora qildilar.
- Men munis onajonimning xizmatlari bilan mashg’ul bo’lib, ziyoratingizga kela olmadim, - deb uzr so’radilar.
- Umringizning uzoq bo’lishiga nasiba olibsiz, ammo ilmingiz ravnaqi, darsingiz rivojini rizqlantira olmabsiz, bu nasibadan bebahra qolibsiz,- degan ekanlar. Хuddi mana shu so’zlarning isboti yuz berib, bu zot ko’p vaqtlarini qishloqlarni kezish, shu yerlarda yashab, dars berish va dars olish
imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan ekanlar.
Qissadan hissa, kim ustozini norozi qilsa, unga ozor bersa, ilm barakotlaridan mahrum bo’ladi va ilmdan foyda topmaydi. Agar topsa ham, yo’q hisobida foydalanishi mumkin.
© “Ilm olish sirlari” kitobidan
© @kungil_kundaligi
Дурадгор
Кекса дурадгор нафақа ёшига етганида раҳбарига ишдан бўшаб, оиласи ва набиралари даврасида яшамоқчилигини айтди. Раҳбари дурадгордан сўнгги хизмат вазифасини бажаришини сўради. Сўнгги бор бир уй тиклашини истайди. Дурадгор рози бўлибди ва ишга киришибди. Лекин астойдил ишлашни истамагани учун сифатсиз маҳсулотлар билан қўл учида уйни тиклади. Уй битгач иш берувчи буюртмасини кўздан кечириш учун келди. Ташқи эшик калитини дурадгорга берди.
- Бу уй сеники!- деди.
- Шунча хизматларинг учун сенга менинг ҳадям бўлсин!
Дурадгор ҳайратдан қотиб қолди. Уятдан лов-лов ёнаётган юзини яшириш учун бошини ердан кўтаролмай қолди. Уйни ўзи учун қураётганини билганида шундай қилармиди?..
Қиссадан ҳисса: Ҳар доим зиммангиздаги вазифани масъулият билан бажаришга ҳаракат қилинг.
✍ Умида Адиз
Каналга уланиш: @kungil_kundaligi
ҲАЁТ СИРИ
Подшоҳнинг жудаям ақлли ва гўзал қизи тўсатдан хасталаниб қолибди: оёқ-қўли ишламай, эшитиш ва кўриш қобилияти заифлашибди. Табибларнинг даволашга уринишларидан натижа бўлмабди.
Бир куни саройга нуроний қария ташриф буюриб, малика дардини даволаш сирини билишини айтибди. Сарой аҳли ундан ёрдам беришини, маликани тузатишини сўрашибди. Шунда қария беморнинг қўлига тол новдаларидан тўқилган, усти мато билан ёпилган сават тутқазиб: "Саватни ол, ундаги нарсага ғамхўрлик қил, Худо хоҳласа, тузаласан”, дебди.
Малика шошиб матони кўтарибди, сават ичидаги нарсани кўриб ҳайратдан қотиб қолибди: унда касалликдан жуда заифлашган, зўрға нафас олаётган чақалоқ бор экан. Маликанинг қалбида раҳм-шафқат уйғонибди, танасидаги оғриқни енгиб чақалоқни қўлига олибди-да, аста-секин тебрата бошлабди.
Ойлар ўтаверибди, малика болага парвона бўлибди: уни овқатлантирибди, эркалаб-суйибди, ўйнатибди. Болага меҳри тушгач, дардларини унутиб, тунлари ухламай уни парваришлабди.
Кун, ойлар ўтибди. Бола кулибди, бир куни юриб кетибди. Қувонганидан уни даст кўтариб олган малика жуда енгил ҳаракат қилар, унга ҳеч қандай оғриқ азоб бермас экан. Бола билан ўтган йиллар мобайнида малика аста-секин соғайиб борган экан.
Ҳаётнинг қоидаси асли шу – бировга меҳр бериб, меҳр топасан, бахт улашиб, бахтга эришасан!
© Интернетдан олинди
Каналга уланиш: 👉 @kungil_kundaligi
Bir kuni olomon orasidan bir odam ajralib chiqib, hazrat Ali roziyallohu anhuning oldilariga kelibdi. Chuqur xo‘rsinib, shunday so‘rabdi: “Hazrat Abu Bakr va hazrat Umar zamonlarida tafovutli fikrlar, qarama-qarshiliklar bo‘lmas edi. Hamma narsa joy-joyida, shaharlarimiz tinch, osoyishta bo‘lardi, qonlar to‘kilmas edi. Faqat hazrat Usmon va sizning davringizga kelib hamma narsa o‘zgardi. Qon to‘kila boshlandi, qarama-qarshiliklar, gina-adovatlar avj oldi. Buning sababi nimada?”
Mo‘minlar amiri hazrat Ali savolni diqqat bilan eshitib, quyidagi javobni berdilar: “Bu savolning javobi o‘zi bilan. Hazrat Abu Bakr va hazrat Umarning yonlarida hazrat Usmon va hazrat Alidek insonlar bor edi. Hazrat Usmon va hazrat Alining yonlarida esa sizlarga o‘xshaganlar bor!” Kutilmagan bu javobdan hang-mang bo‘lib qolgan haligi kishi qattiq xijolat tortib, qilgan beodobligidan ming bora afsuslanibdi. Kechirim so‘rab, yonidan sekingina chiqib ketibdi.
© Ahmad Muhammad, “Asharai Mubashshara”
---
Kanalga ulanish: @kungil_kundaligi
“QANDAY BUYUKSAN!”
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu vafot etdi. Islom xalifaligi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ikkinchi buyuk safdoshlari hazrat Umar roziyallohu anhuga o‘tdi. U kishi Islom davlati omonatlarini qabul qilib, har xil qog‘ozlarni qarab turganida ko‘zi bir qutichaga tushdi. Qutini olib sekin ochib qarasa, ichi dirhamga to‘la, ustida yozuvli varaq bor edi. Varaqni qo‘lga olib sekin o‘qiy boshladi:
“Menkim, Alloh Rasulining xalifasi Abu Bakir Siddiq davlat xazinasidan men uchun ajratilgan maoshlarni olishga hayo qildim. Umuman ishlatmadim. Chunki mening maqomim tablig‘ni (dinu diyonatga, hidoyatga odamlarni da’vat etish ishlarini) hech qanday evazsiz, mutlaq Alloh roziligi uchun bajarib kelgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tabarruk maqomlari edi. Butunlay o‘zimning mehnatim bilan yashadim. O‘zimdan keyingi xalifaga taslim etish uchun barcha maoshimni shu qutiga yig‘ib qo‘ydim. Davlatimiz xazinasiga topshirilsin ...”
Bu gaplarni o‘qigan yangi xalifa hazrat Umar roziyallohu anhu ichidan to‘lib kelgan yig‘idan o‘zini to‘sa olmay yerga shunday o‘tirib qoldi. Keyin yaqindagina bu foniy dunyoni tark qilgan qiyomatli do‘sti, dindoshi hazrat Abu Bakrga xayolan murojaat etib “Qanday buyuk insonsan, ey Abu Bakr! Hayotligingda sendan o‘zib ketishimga hech qanday imkoniyat bermasding. Vafotingdan keyin ham bunga fursat qoldirmabsan. Qanday buyuksan, ey Abu Bakr!” deb ko‘z yoshlarini artardi.
© Ahmad Muhammad, “Asharai Mubashshara”
---
Kanalga ulanish: @kungil_kundaligi
𝐁𝐈𝐑 𝐓𝐈𝐒𝐇𝐋𝐀𝐌 𝐎𝐋𝐌𝐀
Sobit ismli yigit bir bog‘dan oqib chiqqan ariqda tahorat olardi. Shu payt ko‘zi suvda qalqib kelayotgan kirmizi olmaga tushdi. U olmani tutib, bir tishladi. Tishladiyu mazasini bilgan zahoti hushyor tortdi: «Nima qilib qo‘ydim? Axir bu olmaning egasi bo‘lsa kerak?! O‘zimniki bo‘lmagan narsadan totindim, endi egasini albatta rozi qilishim kerak!»
Yigit shu xayol bilan suv oqib kelayotgan tomonga yurdi. Birozdan so‘ng hosili ko‘pligidan shoxlari suvga egilib turgan olma daraxtlarini ko‘rdi. Qo‘lidagi tishlangan olmaga qarasa, o‘sha daraxt mevasiga o‘xshaydi. «Men so‘roqsiz totishgan olma shu bog‘dan ekan», deb o‘yladi va bog‘ egasini chaqirdi. Chiqib kelgan bog‘ sohibiga bo‘lgan voqeani tushuntirdi. So‘ng:
- Roziligingizni olmoqchi edim, olmaning haqini beraman, g‘aflatda qolib qilgan xatoyimni kechirishingizni so‘rayman, olmani menga halol etsangiz, — dedi.
- Uch yil menga ishlab berasan, shundan keyin o‘ylab ko‘raman, olmani halol etishning birdan-bir chorasi shudir, dedi bog‘ egasi.
Sobit rozilik bildirdi. Bir lahzalik g‘aflat, so‘roqsiz bir tishlangan olmaning to‘lovi o‘sha bog‘dagi uch yillik xizmat bo‘ldi. Ammo boshqa iloji ham yo‘q edi. Nima qilib bo‘lsa-da, olmani halollab olishi kerak! Uch yil to‘lgan kuni Sobit badavlat bog‘ egasi oldiga bordi. Muhlat to‘lganini aytib:
- Haqqingizni halollang, endi men ketay,— dedi.
– Uch yil o‘tgach o‘ylab ko‘raman, degan edim. O‘ylab ko‘rdim. Biroq yana kichik bir shartim bor, shuni ham bajarsang, keyin haqqimni halol etaman: mening bir qizim bor, ko‘zlari ko‘rmaydi, quloqlari eshitmaydi, qo‘llari ishlamaydi, oyog‘i yo‘q – yurmaydi. Agar shunga uylansang, olmaga rozi bo‘laman, aks holda rozi emasman, — dedi bog‘ sohibi.
Yigit uning shartiga ko‘ndi. Nikoh o‘qildi, to‘y ziyofati o‘tdi. Kuyov go‘shangaga kirsa, soppa-sog‘, husni binoyiday kelin o‘tiribdi. «Bu yerda bir yanglishlik yoki hiyla borga o‘xshaydi», deya o‘ylagan yigit qaynotaga uchradi:
- Otajon, menga ko‘r, tilsiz, majruh qizim bor, degan edingiz, holbuki sog‘-salomat bu dunyo go‘zalini ko‘rdim,—dedi.
Qaynota kulimsirab:
- Shunday, o‘g‘lim, qizim haromga qaramaydi, shunga ko‘zlari ko‘r, haromni so‘zlamaydi, shunga tili yo‘q, qo‘lini haromga cho‘zmaydi, shunga qo‘li ishlamaydi, harom joylarga bormaydi, shunga oyog‘i ham yo‘q. Bularning barini majoziy ma’noda aytdim. Chunki qizimga sen kabi Allohdan qo‘rqadigan, haromdan hazar qiladigan bir solih yigit axtarib yurgan edim. Sening so‘roqsiz tishlangan bir luqma olma suvi uchun halollik so‘raganingda orzuimdagi yigitni topganimga ishondim va seni uch yil imtihon qildim. Sinovlardan o‘tganingdan keyin hech bir taraddudsiz qizimni senga uzatishga rozi bo‘ldim, — dedi.
𝑩𝒖 𝒏𝒊𝒌𝒐𝒉𝒅𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒛𝒉𝒂𝒃𝒃𝒐𝒔𝒉𝒊𝒎𝒊𝒛 𝑨𝒃𝒖 𝑯𝒂𝒏𝒊𝒇𝒂 𝑵𝒐ʻ𝒎𝒐𝒏 𝒊𝒃𝒏 𝑺𝒐𝒃𝒊𝒕 (𝑰𝒎𝒐𝒎𝒊 𝑨’𝒛𝒂𝒎) 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒐𝒈𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒅𝒊, 𝒃𝒖 𝒛𝒐𝒕 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒅𝒂𝒚 𝒕𝒂𝒒𝒗𝒐𝒍𝒊 𝒐𝒕𝒂-𝒐𝒏𝒂𝒅𝒂𝒏 𝒕𝒖𝒈‘𝒊𝒍𝒅𝒊. 𝑰𝒎𝒐𝒎 𝑨’𝒛𝒂𝒎 𝒃𝒐𝒍𝒂𝒍𝒊𝒈𝒊𝒅𝒂 𝑸𝒖𝒓’𝒐𝒏𝒊 𝒌𝒂𝒓𝒊𝒎𝒏𝒊 𝒖𝒄𝒉 𝒌𝒖𝒏𝒅𝒂 𝒙𝒂𝒕𝒎 𝒒𝒊𝒍𝒅𝒊. 𝒀𝒖𝒈𝒖𝒓𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒃 𝒐𝒏𝒂𝒔𝒊𝒈𝒂: «𝑶𝒏𝒂𝒋𝒐𝒏, 𝑸𝒖𝒓’𝒐𝒏𝒊 𝒌𝒂𝒓𝒊𝒎𝒏𝒊 𝒖𝒄𝒉 𝒌𝒖𝒏𝒅𝒂𝒚𝒐𝒒 𝒙𝒂𝒕𝒎 𝒒𝒊𝒍𝒅𝒊𝒎», 𝒅𝒆𝒃 𝒒𝒖𝒗𝒐𝒏𝒅𝒊. «𝑶‘𝒈‘𝒍𝒊𝒎, 𝒂𝒈𝒂𝒓 𝒐𝒕𝒂𝒏𝒈 𝒐‘𝒔𝒉𝒂𝒏𝒅𝒂 𝒐𝒍𝒎𝒂𝒏𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒕𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏𝒊𝒅𝒂 𝑸𝒖𝒓’𝒐𝒏𝒏𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒌𝒖𝒏𝒅𝒂 𝒙𝒂𝒕𝒎 𝒒𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒐‘𝒍𝒂𝒓𝒅𝒊𝒏𝒈!» 𝒅𝒆𝒅𝒊 𝒐𝒏𝒂𝒔𝒊.
© "Rivoyatlar kitobi"dan
____
💬@komiljon_aslonov
“𝑩𝒆𝒎𝒐𝒓𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒔𝒂𝒅𝒂𝒒𝒂 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒅𝒂𝒗𝒐𝒍𝒂𝒏𝒈𝒍𝒂𝒓” (𝑯𝒂𝒅𝒊𝒔)
Saudiyalik bir badavlat inson buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan edi. Farzandlari unga buyrak qo‘ydirish amaliyoti uchun Misrga olib borishdi.
Ular bir kichik yoshdagi qizning buyragi uchun yuz ming Saudiya riyolini berishdi. Ertasi kuni tongda barcha shifoxonada jamlanganda u kishi jarrohlik amaliyotiga kirishdan oldin o‘z buyragini sotishga qaror qilgan qiz bilan ko‘rishishni so‘radi. Qizni chaqirishdi. U uyalib-tortinib xonaga kirib keldi. Bemor kishi: “Nima sababdan buyragingni mendek bir qariyaga sotishga rozi bo‘lding?” deb so‘radi.
Qiz: "Muhtojlik, oilam nochor, akalarim esa universitetda ta’lim olishadi. Ularga yordam berish uchun nimadir qilishim kerak”, dedi.
Qiz unga tarsaki tushirgandek bo‘ldi. Uni g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi. Hatto tanasiga qon quyilishini ham unutib qo‘ydi. O‘ziga o‘zi savol berdi: "Inson hayot ehtiyojlari uchun o‘z jismining bir qismidan, hayotining bir parchasidan kechishi aqlga sig‘adimi, axir?”.
Shu zahoti o‘g‘illarini chaqirdi. Ular kelganlarida: “Men buyrak qo‘ydirish fikridan qaytdim. Meni Saudiyaga qaytarib olib boringlar. Yuz ming riyol miq- doridagi pul esa mendan qizga ehson. Uning bir riyolini ham qaytarib olmaysizlar", dedi.
Farzandlari norozilik bildirishdi, achchiqlanishdi. Ammo oxir-oqibat otasining istagini qabul qilishdi.
Saudiyaga qaytgach, buyragini odatdagidek yuvdirish uchun shifoxonaga bordi. Muntazam tekshiruvlarning natijasidan shifokorlarlar hayratdan dong qotishadi. Uning buyragi ishlab ketgan edi...
𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒕𝒂𝒐𝒍𝒐 𝒃𝒂’𝒛𝒊𝒅𝒂 𝒔𝒂𝒃𝒓 𝒕𝒖𝒇𝒂𝒚𝒍𝒊, 𝒈𝒐𝒉𝒊𝒅𝒂 𝒅𝒖𝒐, 𝒂𝒉𝒚𝒐𝒏𝒂𝒏 𝒔𝒂𝒅𝒂𝒒𝒂, 𝒈𝒐𝒉𝒐 𝒊𝒔𝒕𝒊𝒈‘𝒇𝒐𝒓, 𝒂𝒚𝒓𝒊𝒎 𝒉𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂 𝒕𝒂𝒗𝒃𝒂 𝒗𝒂 𝒚𝒂𝒏𝒂 𝒃𝒐𝒔𝒉𝒒𝒂 𝒐‘𝒓𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒉𝒖𝒌𝒎𝒊𝒈𝒂 𝒓𝒐𝒛𝒊𝒍𝒊𝒌 𝒔𝒂𝒃𝒂𝒃𝒍𝒊 𝒔𝒉𝒊𝒇𝒐 𝒃𝒆𝒓𝒔𝒂, 𝒃𝒂’𝒛𝒂𝒏 𝒆𝒔𝒂 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒃𝒊𝒓 𝒔𝒂𝒃𝒂𝒃𝒔𝒊𝒛 𝒉𝒂𝒎 𝒔𝒉𝒊𝒇𝒐 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒅𝒊. 𝒀𝒖𝒒𝒐𝒓𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒉𝒐𝒍𝒂𝒕𝒅𝒂 𝒆𝒉𝒔𝒐𝒏 𝒐𝒓𝒒𝒂𝒍𝒊 𝒔𝒉𝒊𝒇𝒐 𝒃𝒆𝒓𝒈𝒂𝒏 𝒆𝒅𝒊.
© Ali Jobir Fiyfiyning "Chunki Sen Allohsan" kitobidan
____
💬@komiljon_aslonov
Unutdingmi?
Nimaga sen qilgan gunohingni katta deb o‘ylaysan? Alloh taolo Gʻofur, Vadud ekanligi unutdingmi? Sen tavba qilsang, U Zot xursand bo‘lishini unutdingmi?
Sahobalar (roziyallohu anhum) farzandini yo‘qotib qo‘yib qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrayotgan bir ayolni ko‘rishdi. Ayol farzandini topgan vaqtida uni qattiq quchoqlab o‘pdi. Sahobalar (roziyallohu anhum) onaning farzandiga bo‘lgan bu muhabbatidan va bu xursandchiligidan ajablanishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
"𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒕𝒂𝒐𝒍𝒐 𝒃𝒂𝒏𝒅𝒂𝒔𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒕𝒂𝒗𝒃𝒂𝒔𝒊𝒅𝒂𝒏, 𝒃𝒖 (𝒐𝒏𝒂) 𝒇𝒂𝒓𝒛𝒂𝒏𝒅𝒊𝒅𝒂𝒏 (𝒕𝒐𝒑𝒈𝒂𝒏𝒍𝒊𝒈𝒊 𝒔𝒂𝒃𝒂𝒃𝒍𝒊) 𝒙𝒖𝒓𝒔𝒂𝒏𝒅 𝒃𝒐‘𝒍𝒈𝒂𝒏𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐‘𝒓𝒂 𝒌𝒐‘𝒑𝒓𝒐𝒒 𝒙𝒖𝒓𝒔𝒂𝒏𝒅 𝒃𝒐‘𝒍𝒂𝒅𝒊", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
© Ali Jobir Fiyfiyning "Chunki sen Allohsan" kitobidan
💬 @kungil_kundaligi
Ярмук жанггидаги таъсирли воқеа
(Маълумот учун Ярмуд жанггида мусулмонлар 40 минг қўшини билан 240 минг қўшинли Рум қўшинига қарши қаттиқ жанг ўтказади. Мусулмонлар қўшинига енгилмас Холид ибн Валид, Румликлар қўшинига эса Тазорик қўмонлик қилади. Қуйида жанг якунидаги ибратли воқеа келтирилади)
Қўлида сувдон билан жанг майдонида кезиб юрган бир одам мурдаларни текширарди. Баъзилари мутлақо таниб бўлмайдиган ҳолга келганди. Кесилган бошларнинг қайсиси қайси танага тегишли эканлигини аниқлаш жуда мушкул, ҳатто имконсиз... Аммо у ҳануз тирик қолганлар билан қизиқар, таниш чеҳралар ахтарарди. Жуда кўп ўликнинг ва кўплаб ярадорларнинг орасида сассиқ ҳидларга чидаб ҳаракат қилиш осон иш эмасди. Шу пайтда эшитилган инграган овоз уни ҳануз тирик бўлган ярадорни топишга ундади. Қаршисида таниш чеҳрани кўрди. Лаблари ҳаракатдан ёрилган, кўзларида фақат бир неча нафасгагина дош берадиган дармон қолган бу инсон «Сув ичасанми?» деган саволга кўзларида пайдо бўлган бир учқун билан жавоб берди. Қандай қилиб истамаслиги мумкин?! Ахир у бир қултум сув учун ҳаёти давомида орттирган ҳамма нарсасини қурбон қиладиган ҳолатда эди.
Ҳузайфа дея таниганимиз бу саҳоба қўлидаги сувдоннинг оғзини ярадорнинг лабларига олиб борди. Сув оқаётган пайтда эшитилган инграш овози ярадорнинг оғзини ёпилишига сабаб бўлди. «Сув-сув», - дея инграган бир диндошининг овозини эшитганди. Оғзини ёпиб олди ва кўзлари билан ҳатто кимлигини билмайдиган ярадорга олиб боришини ишора қилди. Пайғамбарлар султонидан олган тарбия ва қалбида ҳамон уйғоқ ҳолда борлиқни ҳис эттирган имоннинг самараси эди, бу. Қуръонда улар шундай тасвирланган: «... гарчи ўзларида эҳтиёж бўлса-да, ўзларини қўйиб (ўзгаларни) ийсор-ихтиёр қилурлар».
Аллоҳнинг Расули (с.а.в.) уларга қўшниси оч бўлса, тўқ тонг оттиришни Ислом одобига номуносиб эканлигини уқтирар эдилар. Ўзига раво кўрган нарсани диндошига ҳам раво кўрмагунча ҳақиқий мўмин бўлолмаслигини айтгандилар. Асл кураш майдони ҳозир юзага келган, зирқираган яралар, қиздираётган қуёшни енгишнинг пайти келганди. Балки бир неча дақиқадан сўнг нафаслар тугаши, Аллоҳ ҳузурига кетишлари мумкин эди. Ўтиб бораётган бу вақт ичида узоқ ўйлашнинг имкони йўқ эди. У ерда «сув...сув» дея инграган инсоннинг дардини фақат шу онда у дардни чекканлар билиши мумкин эди. Бир мусулмоннинг чеккан азобини бартараф қилган одамнинг азобини охиратда Аллоҳ бартараф этишни бир зумда зеҳнига келгани боис лабларини беркитиб, сувни диндошига олиб борилишини ишора қилганди.
komiljon_aslonov/ibratli"> Батафсил
Bu so'zlarni eshitib, tassavvur qilib, to'g'risi etib jimirlab, qalbim titrab ketdi.
Tasavvur qiling, Jabroil alayhissalom sizga Allohning salomini olib keldi va ikki olam sarvari Muhammad sallollohu alayhi vassalam orqali yetkazdi... Hadija onamiz ana shu baxtga yetishgandi. Alloh payg‘ambarlardan boshqalarga salom yubormagandi. Xo‘sh, Xadicha onamiz bu ulug‘ sharofatga qanday erishdi:
📱 @kungil_kundaligi
✔️Damashqning Dahdah qabristonida bir kishi uzoq yillardan beri go‘rkovlik qilar edi... u yerda avliyo, ulamo va solih zotlar ko‘milgan.
Bir kuni yoshi kattaroq ayol unga qabr kavlashi lozimligi, o‘g‘li vafot etganini aytdi. Go‘rkov ishga kirishdi. Ularning odatiga ko‘ra, mayyitni qabrga yaqinlari bilan go‘rkov birga qo‘yar edi. Bu safar go‘rkovning o‘zi qo‘yadigan bo‘ldi.
Mayyitni olib kelishdi, shunday go‘rkov uni ichkariga olib kirmoqchi bo‘lganda xushidan ketib qoldi. Odamlar mayyitni qabrga qo‘yishdi, go‘rkovni esa uyiga olib borishdi. O‘ziga kelib, yana qabristonga chiqqanda bir necha kun avval o‘g‘lini qabrga qo‘ygan ayol kelib go‘rkovdan:
— O‘g‘limni qabrga qo‘ygan vaqtingizda nima bo‘ldi? – deb so‘radi.
– Qabrdan nur taraldi, - dedi go‘rkov, - go‘yo Jannat bog‘chalaridan birini ko‘rgandek bo‘ldim. O‘g‘lingiz juda katta olim bo‘lsa kerak deb o‘yladim, shundaymi?
— Yo‘q, o‘g‘lim oddiy duradgor bo‘lgan.
— Rostdanmi? Qabridan nur taralishining sababi nima?
– Bundan bir yil oldin bir o‘g‘lim ham vafot etgandi. Kechagi kuni o‘lgani uning akasidir. Ukasi ilm o‘rganayotgan vaqtda akasi duradgorlik qilib unga kerakli narsalar yuborib turar, uning tirikchiligini zimmasiga olgan edi.
Go`rkov bu ishdan juda qattiq ta’sirlandi. Yoshi 50 dan o‘tgan bo‘lsa ham qat’iy iroda bilan ilm olishga kirishdi. “Tavba” masjidiga borib, olimlar halqasiga qo‘shildi va zamonasining buyuk olimlaridan biriga aylandi. 𝑼𝒔𝒉𝒃𝒖 𝒛𝒐𝒕𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒊𝒔𝒎𝒊 𝑺𝒉𝒂𝒚𝒙 𝑨𝒃𝒅𝒖𝒓𝒓𝒂𝒉𝒎𝒐𝒏 𝑯𝒂𝒇𝒇𝒐𝒓 (𝑯𝒂𝒇𝒇𝒐𝒓 – 𝒈𝒐‘𝒓𝒌𝒐𝒗 𝒅𝒆𝒈𝒂𝒏𝒊) 𝒆𝒅𝒊...
𝐈𝐛𝐫𝐚𝐭: ilm olishning erta-kechi bo‘lmaydi, muhimi, kuchli xohish va iroda bo‘lsa bas. U zot Alloh taologa tavakkul qildi, qat’iy turdi va ulug‘ darajalarga erishdi.
© “𝑻𝒂𝒒𝒗𝒐 𝒂𝒉𝒍𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒈𝒐‘𝒛𝒂𝒍 𝒒𝒊𝒔𝒔𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊”𝒅𝒂𝒏
📱 @kungil_kundaligi
Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!
@kungil_kundaligi
Esladingizmi? Qayerda eshitgansiz bu musiqani? #retro
@kungil_kundaligi
Imomi A'zam Hajga borishdan avval nega 2 oy tayyorgarlik ko'rgan?
@kungil_kundaligi
Eng yaxshi zamonlar
Sahobalar va tobeinlarning maqomi Rasulullohning hadislarida bunday bayon qilinadi: "Zamonlarning eng yaxshisi — mening zamonim. Insoniyat paydo bo‘lganidan to Qiyomatgacha men yashagan zamondan yaxshi zamon bo‘lmaydi. Mening zamonimdan keyin sahobalarim yashagan zamon ham yaxshi zamon. Sahobalarimni ko‘rgan tobeinlar yashagan zamon ham yaxshi zamon. Lekin tobeinlardan keyin zamon buzilib, yolg‘on yoyilib, odamlar orasida fitna-fasodlar ko‘payib ketadi".
© Alouddin Mansur. "Imomi A'zam - buyuk imomimiz"
© @kungil_kundaligi
🍽 Кўфта кабоб
Емакхонада ўтиргандик. Бир одам телефонда гаплашиб бўлиб, қувончдан қийқириб сакради ва официантни чақириб:
— Ҳаммага менинг номимдан кўфта кабоб тарқатинг! Ўн саккиз йиллик интиқликдан кейин бугун мен ота бўлдим!- деди.
Уч-тўрт кундан кейин эркакни 5-6 ёшли болачанинг қўлидан тутиб болалар хиёбонида сайр қилиб юрганини кўрдим. Уни таниган заҳоти ёнига бориб, ўша кунги ишини эслатдим ва ёнидаги болачага ишора қилдим. Эркак тортиниб, хижолат чекиб шундай деди:
— Ўша куни емакхонада менинг олдимдаги столга келиб ўтирган кекса эр-хотин ўзаро суҳбати қулоғимга чалинди. Онахон чолига “Кўфта кабоб ейлик, анчадан бери егим келиб юрганди”, деди. Отахон эса аёлидан кўзларини олиб қочиб “Ҳозир кўфта кабоб ололмаймиз, пулимиз фақат шўрвага етади, холос” дея синиққина жавоб қилди. Шу орада мен телефонда гаплашгандай бўлиб, ҳаммага кўфта кабоб буюртма қилдим.
— Фақат ўша кекса жуфтликка олиб берсангиз бўларди, ҳамма хўрандаларга буюртма қилишнинг нима кераги бор эди?- дея сўрадим ундан.
Эркакнинг жавобидан кўзларим ёшланди:
— Фақат уларга олиб берганимда отахон аёлининг олдида хижолат бўларди. Шунинг учун ҳаммани бирдай меҳмон қилдим. Менинг пулим кетса кетсин, бир эркакнинг иззат-нафси синмасин!
© Манба: fayzboguz
____
Каналга уланиш: @kungil_kundaligi
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi xotinining murosasizligidan, itoatsizligidan to‘yib ketib, Islom davlati rahbari hazrati Umarga shikoyat qilish uchun u kishining uyiga boribdi. Eshikka yaqinlashsa, ichkaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirayotgani eshitilibdi. Shunda boyagi kishi «Xalifaning uyida ham bu mojaro bor ekan, yaxshisi indamay ketaqolay», deb ortiga qaytmoqchi bo‘libdi. Shu payt ichkaridan hazrati Umar chiqib qolibdilar. Yumush bilan kelgan odamning iziga qaytib ketayotgani sababini so‘rabdilar. Arzga kelgan odam: «Xotinimning zulmidan shikoyat qilib keluvdim, qarasam bu mashmasha sizning ham boshingizda bor ekan, shunga qaytib ketmoqchi bo‘lib turuvdim», deb javob qilibdi. Shunda hazrati Umar: «Qiziq odam ekansan-ku, axir ayollar ovqatimizni pishirsa, kir-chirlarni yuvsa, bolalarimizni tarbiya qilsa, butun ro‘zg‘or ishlarini zimmasiga olgan bo‘lsayu onla-sondagi norozilik-isyonlariga sabr qilmasak, insoflan bo‘larmikin», degan ekanlar.
© “Rivoyatlar kitobi”dan
👉 @kungil_kundaligi
Kuyov tanlash
Nuh ibn Ibrohim qizini turmushga bermoqchi bo‘lib, majusiy qo‘shnisidan maslahat so‘rabdi. Qo‘shnisi: “Vo ajabo! Hamma sendan maslahat so‘raydi, sen esa mendan maslahat so‘rayapsanmi?!” debdi. Nuh: “Menga maslahat kerak-da”, debdi. Majusiy: “Fors podshohi Kisro mol-dunyoni tanlar edi. Rum podshohi Qaysar go‘zallikni tanlar edi. Arab raislari nasl-nasabni tanlar edi. Sizlarning yo‘lboshchingiz Muhammad dinni tanlar edi. Kimga ergashishni o‘zing tanla”, debdi.
© "Solihlar gulshani"dan
----
Kanalga ulanish: @kungil_kundaligi
Fath Musuliy ikki yosh bola oldidan o‘tib qoldi. Birining qo‘lida asal surtilgan noni, birida esa tuzlamali non burdasi bor edi. Tuzlamali nonni ushlagan oldidagi bolaga: "Noningdan ber", dedi. U bo‘lsa: "Agar mening itim bo‘lsang, beraman", dedi. U rozi bo‘ldi. Keyin unga asalli nonidan berdi va bo‘yniga arqon solib sudradi.
Fath Musuliy: "Agar o‘z noningga rozi bo‘lganingda, bunga it bo‘lmasding", dedi. (Abu Muso Imron ibn Muso Tursusiy rivoyati)
Abu Muso bunday dedi: "Dunyo ham xuddi shunday. Ba’zilar arzimagan dunyoga erishaman deb, bo‘yniga arqon solinishiga rozi bo‘ladi. Vaholanki, ato qilingan rizqiga qanoat qilishsa, aziz bo‘ladilar, birovning oldida xor bo‘lmaydilar"
---
Kanalga ulanish: @kungil_kundaligi
RASULULLOH SIRLARINING SOHIBI
Hazrat Umarning qizlari Hafsa binti Umar ilgari Rasululloh sollallohu alayhi va salamning sahobalaridan Xaniys ibn Xuzofa Sahmiyga turmushga chiqqandi. Bu kishi Badr g‘azot qatnashchilaridan edi. Xaniys Madinada vafot etib, Hafsa tul qoldi. Shunda hazrat Umar qizlarini munosibroq bir kishini topib, unga turmushga berishni xohladilar. Qizlariga do‘stlari Abu Bakr Siddiq va Usmon ibn Affondan boshqa yana kim munosib er bo‘lishi mumkin? Ana shu xayol bilan hazrat Usmonning huzurlariga bordilar.
— Ey Usmon, qizim Hafsa tul qolgan, xohlasangiz, uni sizga nikohlab qo‘yaman, shuni xotinlikka olmaysizmi? — dedilar.
— Men bir oz o‘ylab ko‘rayin, keyin javobini aytarman, — dedilar hazrat Usmon.
Oradan bir-ikki kun o‘tdi, lekin hazrat Usmondan xabar bo‘lmadi. Keyin u kishi Umar ibn Xattobga uchrab:
— Shu kunlarda uylana olmaydigan ko‘rinaman, — deb javob qildilar.
Shundan so‘ng hazrat Umar Abu Bakr Siddiqni topib, u kishiga takliflarini izhor qildilar:
— Agar istasangiz, tul qolgan qizim hafsani sizga nikohlab qo‘yaman.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bunga javoban lom-mim demadilar. Bunga hazrat Umarning jahllari chiqdi, Abu Bakrdan o‘pkalandilar: "Usmon-ku uzrlarini aytib ketdilar, Abu Bakr esa hatto javob qilib qo‘yishni ham ep ko‘rmadilar-a!”
Oradan bir necha kun o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xafsani o‘zlariga so‘rattirib, Umar ibn Xattobnikiga sovchi jo‘natdilar. Hazrat Umar katta xursandchilik va mamnuniyat bilan qizlarini Allohning Rasuliga nikohlab berdilar.
Keyinchalik bir kuni Abu Bakr hazrat Umarni uchratib:
— Hafsani menga zavjalikka taklif qilganingizda lom-mim demaganim uchun mendan xafa bo‘lganmisiz?
— Ha, - dedilar hazrat Umar.
– Menga qilgan taklifingizga javob berolmaganimga Rasululloh o‘z suhbatlarida Hafsa xususida so‘z ochib, unga uylanmoqchi bo‘lganlaridan xabardorligim monelik qilgan edi. Bu narsa u zotning sirlari edi, men uni oshkor qila olmasdim. Agar Rasululloh uni olmaganlarida men uylangan bo‘lar edim, - dedilar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.
© Ahmad Muhammad Tursin, “Asharai Mubashshara”
----
Kanalga ulanish: @kungil_kundaligi