Och inson vatanparvarlik haqida bir daqiqa ham o‘ylamaydi. O‘ylashga haqqim bor degan fikr kelmaydi hattoki uning miyasiga. Oshqozon bo‘m-bo‘sh (muttasil tarzda), kallada minglagan o‘ylar, oila-a'zolariga hech qanday yordam bera olmaslik bosimi jamiyatdan sekin asta nafratlantira boshlaydi. Har qanday taklif o‘ylab ko‘rishga vaqti, fursati va imkoniyati och odamda bo‘lmaydi. Ozroq sabr qilsang yaxshi bo‘lardi degan fikr och odamni qulog‘iga kirmaydi. Vatanparvarlik, vatan uchun, jamiyat uchun fidokorlik, jonini fido qilish eng oxiriga tushib ro‘yxatidan o‘chishni boshlaydi. CHunki u jamiyat a'zolari uni bu holini ko‘ra solib, bilib, anglagan holda to‘qlar, muvaffaqiyatga erishgan insonlar tomon gurros solib chopqillab, yugurgilab ketayotganini ko‘rgan och odam jamiyatga qo‘l siltashni, hafsalasi pir bo‘lishni boshlaydi. Endi unda ham asosiy maqsad vaziyatdan foydalanib qolish har qanaqangi fursatdan foydalanib bir nimali bo‘b qolish, harna nimagadir erishish bo‘ladi. Och paytingda seni qo‘llamagan jamiyatga qornim to‘yganda men eshitamanmi, yo‘q deydi. Jamiyatni rivojlantirish, insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan ezgu g‘oyalar jon saqlab qolish maqsadida ishlab qolishga yo‘naltiriladi. Bunday o‘ylab qaraganda to‘g‘ri qiladimi shunda? Bir och insonni, qo‘llab to‘g‘ri yo‘lda olib qola olmagan jamiyat a'zolari, keyinchalik bu kishim o‘zgarib qolganini iddao qilib avvalgidek bo‘lishini avval ta'kidlaydi, keyin talab qila boshlaydi. Keyin ayblay boshlaydi. Shu to‘g‘ri qarormi shunda? Bu holatda kim javobgar bo‘lyapti shunda, och insonni eshitmagan va qo‘llamagan to‘qlarmi yoki to‘qlardan najot kutgan och insonmi?
@kitobxorr
Hazrat Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo rizq beradi, deb, kasb qilishdan qo‘llaringizni tortmanglar, Alloh taolo tilla tangalarni osmondan yog‘dirmaydi".
Nafs illatlari kitobidan @kitobxorr
#bugundushanba 65/366
Bugun marafonning 65-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 3200 qadam
Kitob: ertalab 20 bet o‘qildi.
Sana: 11.03.24
Ob-havo: 8°
@kitobxorr
#bugundushanba 64/366
Bugun marafonning 64-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 1600 qadam
Kitob: ertalab 56 bet o‘qildi.
Sana: 10.03.24
Ob-havo: 10°
@kitobxorr
Bugun tushlik paytidan so‘ng qizalog‘im bilan sayrga chiqdik. Maroqli sayr va suhbat bo‘ldi. Keyin juda chiroyli maskanga tashrif buyurib, u yerni ham ziyorat qilib qayttik. Juda mazza qildim😊 @kitobxorr
Читать полностью…#bugundushanba 62/366
Bugun marafonning 62-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 2600 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 08.03.24
Ob-havo: 6°
Har kuni ertalabki sayrga chiqqanimda "Muborak ramazon" loyihasini bittadan darsini eshitib sayr qilaman. Juda foydali ma'lumotlar berilmoqda.
Biz har doim ustozni qadrlash haqida postlar, gazetada maqolalar, kitoblar yozamiz lekin ko‘pincha bizni odam qilgan insonlarni bir marta bo‘lsa-da holidan xabar olib, suhbatida bo‘lmaymiz. Bu inson Kuliyeva Gulbahor opa, hozirda Sirdaryo tumanidagi 36-maktabda boshlang‘ich ta'limdan dars beradilar, meni birinchi ustozim. Bugun ham odatdagi kun edi, rejada umuman ustozimni ziyorat qilish yo‘q, ishga ketish oldidan bir yonlariga o‘tib bayram bilan tabriklab kelay umuman bormaganman deb ziyorat qilib bayram bilan tabriklab qaytdim. To‘g‘risi kutmagandim dedilar, men o‘zim ham kutmagandim bunaqa holatni dedim😁
Ustozlarni real hayotda qadrlaylik.
P. S) rasmga tushish taklifi ustozimdan chiqdi🤗 @kitobxorr
Ichimda bitta odamcha bor. Mirshakar aytganidek doim gapirib turadi, doim vasvasa qilib, g‘ulg‘ula qilib turadi. Tinimsiz gapiradi. O‘ylovim ko‘payib nima qilarimni bilmay qolaman, hamma zo‘r natijaga erishyapti, sen shuncha yil o‘qib hozirgi holatingni, yurishingni qara deydi, men esa mayli hamma birdaniga zo‘r bo‘b ketmaydi ozroq sabr qilay deyman, qachongacha sabr qilasan, bo‘ldi yig‘ishtir kelayotgan takliflarni qabul qil bo‘ldi o‘zingdan zo‘rro yasab olmasdan, baribir bu jamiyat o‘nglanmaydi, tezroq oyoqqa turishing kerak, bo‘yninggacha kredit, qarzga botib yotibsan yana o‘zingcha qaysarlik qilasan deydi, men esa to‘g‘ri aytasan qachon o‘nglanaman, qachon yaxshi bo‘ladi, hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘zimni o‘zim aldab boshlaganimga ham yaqinda 6 yil bo‘ldi, qachongacha shu yurishda yuraman deb uni gapiga kirishni boshlayman, yo‘rig‘iga yurib uyoqdan buyoqqa chopaman, yo‘l qidiraman, eshik taqillataman, eshik yopiq. Ha bejizgamasdir deb yana ozroq sabr qilib, harakat qilib turay o‘zgarish bo‘lib qolar deb yana ortga qaytaman.
P. S) shu postni uyga qaytishda taksida yozgandim. Taksidan tushib uygacha 1,5 km dars eshitib ketaman deb audiodarsni eshitib ketyapman ortimdan 4-5 qadam orqada bir aka kelyapti, 100-200 qadam yurganimizdan keyin yangi uylarda turasizmi aka deb chaqirdi, yo‘q uchastkada deganimda ozroq suhbat qurdik. 3 bolam bor kvartirada turamiz 25 kundan beri ish qidirib yuribman, kvartira to‘lovi yaqinlashib kelyapti yurak orqaga tortib ketyapti nima bo‘larkan deb gapirib qoldi. Menga huddiki seni vaziyating menikidan ancha yaxshi nolima degandek. Keyin ichki ovoz ham o‘chdi.
Har kelganni Xizr bil.
@kitobxorr
#bugundushanba 60/366
Bugun marafonning 60-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 1300 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 06.03.24
Ob-havo: 3°
@kitobxorr
#bugundushanba 59/366
Bugun marafonning 59-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1200 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 05.03.24
Ob-havo: 1°
P. S) video erta tong 7:00da olingan.
@kitobxorr
Bilaman bugun yakshanba, yangi kelgan kuzatuvchilar nima bu kanalda bitta cho‘pon chopon kiyvolib har kuni ertalab bugun dushanbaligiga ishontiryapti telbami bu deb o‘ylashga shoshilmasdan yuqoridagi qadalgan xabarda ma'lumot yozib qo‘yibman. O‘zim uchun 366 kunlik #bugundushanba nomli marafon tashkil qilganman. Unda ertalab yurish va kitob o‘qish shartlari bor. Bu odatni "Upgrade 21" marafonida shakllantirib, dangasalik qilib avvalgi holatimga qaytib qolmaslik uchun bir yillik marafon boshladim, hozircha ikkinchi oy yakuniga yetmoqda. Hozir "Muborak ramazon" kursini sotib olib oilaviy o‘qiyapmiz. Unda ham har kuni ertalab bitta vazifa, insaytlar berib boriladi, inson o‘zidagi kamchiliklarini bilib olishi uchun ancha kuchli ma'lumotlar berib borilyapti. Bu kurs ramazongacha bir oy oldin, keyin ramazon oyi ichida to‘liq bir oy asosiy darslarni qamrab olgan holda jami 60 kun davom etadi. Men o‘zimga ravo ko‘rganimni sizga ham ulashaman, siz ham o‘qib qiziqarli bilimlarni olib mulohaza qiling. @kitobxorr
Читать полностью…Ota-onamni yana bir orzulari amalga oshdi
Oilada ikki nafar farzandmiz. Mendan ikki yosh kichik ukam bor va yoshlik paytlarimizda juda qiziqarli holatlar ko‘p bo‘lgan. Men olti yosh, ukam to‘rt yoshlik paytida ayamga dori bo‘larkan deb uyimizdan 2 km uzoqlikdagi bog‘chaga boychechak tergani ketib, 3-4 soat yo‘q bo‘p ketib uydagilarni ancha havotirga qo‘yganmiz, keyin maktab paytida qo‘chqor boqardik, ukam bitta qo‘chqorni ustiga chiqvolib 100-200 metrga yugurtirib borardi😂, keyin shu qo‘chqor o‘smay qolgan. Shunaqa qiziqarli o‘tgan yoshligimiz. Turlicha qiziqishga ega bo‘lgan ukam 27-fevral kuni oila qurdi. Ilohim baxtli saodatli umr kechirib, hotirjamlikka erishishsin.
P. S) to‘y kunlari yurish emas yugur-yugur bo‘ldi, lekin kanalga joylashga unamadim nasib qilsa ertadan qolgan joyidan davom ettiramiz😊 @kitobxorr
O‘tgan haftada shu ikki kitobni yakunladim. Ruhiy tarbiyani 2-juzi ozgina qiyinlik qildi, to‘liq anglamaganim (to‘liq anglash degan tushunchani o‘zi ham xato bo‘lsa kerak) sababli ya'ni xato ma'lumot yozib qo‘ymaslik uchun ma'lum bir muddatdan so‘ng qayta mutolaa qilib keyin hulosamni yozmoqchiman. Lekin o‘qilishi kerak bo‘lgan kitob. Boshidan oxirigacha qiyin demadim. O‘rtalarida kelgan mavzularni tushunish ozroq mushkullik qildi. Brayn Treysini kitobi esa yengil o‘qiladi, agar kitobni ichidagi ma'lumotlarga amal qilinsa yaxshi metodlar berilgan. Kunni rejalashtirishga 10 daqiqa vaqt ketmaydi, lekin shuni ham ko‘pchilik qilmaydi. Keyin muallif eng yoqimsiz bo‘lgan, lekin odatga aylantira olsang keyinchalik senga foyda keltiradigan odat/vazifalarni ertalab bajarib, tugatishni tavsiya qilgan.
P. S) ertalabki sayrni videolarini bu kanalga joylamay turaman. Matnli holatga qaytamiz. Instagramga story qo‘yib boraman https://www.instagram.com/ibragimovichismoil_?igsh=cHR3eGdhdzVpem4= ok.
@kitobxorr
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Banu Fazoralik bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vassallamning huzurlariga kelib:
-Xotinim qora bola tug‘di?!-dedi.
-Sening tuyalaring bormi?-dedilar u zot.
-Ha dedi.
-Ularning rangi qanday? dedilar.
-Qizil, dedi.
-Ichida oqishlari bormi? dedilar.
-Albatta, ularning ichida oqishlari bor, dedi.
-O‘sha narsa ularga qayerdan kelgan? dedilar.
-Balki, irqi tortgandir, dedi.
-Buni ham balki, irqi tortgandir dedilar.
(😁😁😁) Ruhiy tarbiya 2
@kitobxorr
#bugundushanba 63/366
Bugun marafonning 63-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 1600 qadam
Kitob: ertalab 30 bet o‘qildi.
Sana: 09.03.24
Ob-havo: 10°
@kitobxorr
#bugundushanba 61/366
Bugun marafonning 61-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊
Yurish: 2000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 07.03.24
Ob-havo: 6°
@kitobxorr
"Mushtum" jurnali o‘z faoliyatini to‘xtatibdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar sabab qilib keltirilgan xabarda. @kitobxorr
Читать полностью…Instagramga "Tor doirada fikrlaymiz" deb nomlangan kontent joylagandim. Bittasi kommentga nexia 2 legenda deb yozib ketdi.
Читать полностью…Qizimiz kech bo‘lganda duo qilyapti:
Dadam baxtli bo‘lsin, ayam baxtli bo‘lsin, buvam baxtli bo‘lsin, bobom baxtli bo‘lsin, amakam baxtli bo‘lsin, eshakcha baxtli bo‘lsin🤣
P. S) eshakcha o‘yinchog‘i bor😁@kitobxor_ona
#bugundushanba 57/366
Bugun marafonning 57-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 2600 qadam
Kitob: ertalab 10 bet o‘qildi.
Sana: 03.03.24
Ob-havo: 1°
P. S) video erta tong 7:00da olingan.
@kitobxorr
Bahor yangilanish fasli. Nafaqat tabiatni balki, fikrlarimiz, shaxsiyatimizni ham o‘zgartirishimizning ayni payti.
Bugun biz sizlar uchun Telegram tarmog‘idagi adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni to‘plab, havola etmoqdamiz.
Tarixiy, ilmiy, falsafiy, diniy va mifologik asarlar bilan tanishib borish uchun — @stoik_kutubxonasi
Kitoblar ila Quyosh taftini his eting — @quyoshtaraflarda
Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida —@economist_martin
Adabiyot, sanʼat, tarjima va hokazo — @usmonosphere
Kitoblar, filmlar va sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan hamma narsa haqida — @bookerberg
BDSM - @santuagaraoflibrary
Biroz telba va biroz qimorboz Ivan Karamazov kanali — @Karamazovlar
Jahon adabiyotiga bir nazar — @dunyo_klassikasi
Kitoblar, fikrlar, tuygʻular haqida – @salimov_blogi
Kitoblar dunyosidan so’ngi xabarlar - @dildora_bookaholic
Kitoblar, jamiyat va siyosat haqida — @panda_books
Kitob, psixologiya va hayotiy mulohazalar — @marufjonblogi
Gʻaroyib doktorning gʻaroyib kitoblari — @Xushnudbek_kutubxonasi
Ijobiy odatlarni shakllantirish va kitoblar haqida — @kitobxorr
Har kuni yangilan, har kuni tug‘il — @perezagruzka_2021
Soyabon ostidagi hayot — @RaxshonaAhmedova ☔️
Kitoblar olamidan bitiklar) — @Mirahmedovas_blog
Faqat kitoblar haqida gaplashamiz — @doctorsmind📖
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal — @mutolaa_olami
Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books
Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda
#bugundushanba 55/366
Bugun marafonning 55-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 01.03.24
Ob-havo: 3°
@kitobxorr
#bugundushanba 54/366
Bugun marafonning 54-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1600 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 26.02.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr