jumanazar_yuldash | Неотсортированное

Telegram-канал jumanazar_yuldash - Jumanazar YO'LDOSH

1308

Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar

Подписаться на канал

Jumanazar YO'LDOSH

Jumanazar Yo‘ldosh "Izlam" turkumining ikkinchi faslida o‘qigan ilk hikoyanavisim bo‘ldi. Yozuvchi o‘zining quyuq o‘xshatmalari, sevgi va o‘lim arosati orasida qolgan jinslar taqdiri va yakuni tubdan burilib ketuvchi hikoyalari bilan yodimda qoldi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan hikoyalaridan nuktadon ruh, o‘limni erta anglash va erishilmagan sevgi iztiroblari yaqqol sezilib turadi.

Uning "Yomg‘irdan so‘ng", "Yeseninini sevgan qizi", "Kutganim-sen" kabi hikoyalarida sevgi mavzusi yetakchilik qilsa, "Ro‘yo", "Oppoq qor" singari yoziqlarida o‘lim, "Chag‘alaylar" bitigida esa o‘lim va sevgi orasidagi nozik hislar tasviri balq urib turadi. "Ma'sumning sevgisi" asari esa chinakam sevgining sadoqat o‘laroq chizilgan portreti desam mubolag‘a bo‘lmas.

©️ Nurali Qahramon Karimov / @santuagaraoflibrary

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

❗️
“IZLAM” DAVRASIDA

“Akademnashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Izlam” turkumi doirasidagi kitoblar keyingi paytlarda ko‘p bor tilga olindi, o‘quvchilarda ushbu mualliflarning ijodiga nisbatan qiziqish bir qadar ortdi. Biz ushbu turkumning bu yilgi mualliflari ijodidan namunalarni bir havolada jamladik.

✍️ Mansur Jumayev
✍️ Najmiddin Ermatov
✍️ Suhrob Ziyo
✍️ Shahriyor Shavkat
✍️ Nozima Habibullayeva
✍️ Jaloliddin Sayyid
✍️ Rahmat Bobojon
✍️ Gulhayo Anorova
✍️ Furqat Alimardon
✍️ Jumanazar Yoʻldosh
✍️ Bayram Ali
✍️ Mohira Eshpo’latova
✍️ Sevara Alijonova
✍️ Muhammadxon Yusupov
✍️ Gulrang Ubayeva


📱 Batafsil: jadid.uz/izlam-davrasida

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Jumanazar Yo‘ldoshning “Sir”i

Dialog yozish, undan badiiylik yasash mahorati barcha nosirlarda ham nasib bo‘lavermaydi. Jumanazar Yo‘ldoshning “Sir”i shunda, ehtimol.


Jumanazar Yo‘ldosh fojeani ekzistensial qayg‘urish va yalang‘ochlik orqali bayon qiladi. “Hodisa” hikoyasida ko‘zgu qahramonning singan shaxsini ifodalasa, qora it uning gunohlari yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan kuchlarni ifoda etadi.


Jumanazar Yo‘ldosh hikoyalarining missiyasi — tasavvurni zo‘riqtirish, hissiyotlar bilan o‘ynashish, tafakkurni “miyalash”dir. Asosiysi yosh yozuvchi buni ustalik bilan bajaradi, sirlarni ochadi, xulosani o‘quvchiga qoldiradi.


📖 Fragment va mundarija

Muqova: yumshoq
Hajmi: 144 bet
Narxi: 31 000 so‘m
Xarid:
t.me/akademsavdo

#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Jumanazar Yo'ldoshning “Sir” kitobidan quyidagi hikoyalar joy olgan:

Hodisa
Muharrir
Namoyish
Xotirbon
Yolgʻizlanish istagi
Jar yoqasida
Yomgʻirdan soʻng...
Sir
Roʻyo
Tilanchi
Yeseninni sevgan qiz
Chagʻalaylar
Hur qiz
Qirdagi qizgʻaldoqlar
Uxlayotgan odam
Hazin kuy
Otam va oʻgʻlim
Xizmatkor
Maʼsumning sevgisi
Baliq ovi
Kutganim – sen...
Ovchi
Oppoq qor

Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

TAʼZIYA

Taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi


Iste’dodli va taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi. Bu haqda uning yaqinlari Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Mansur Jumayev 1991-yili Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda chop etilgan “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she’riy to‘plami chiqqan.

***
Manov osmon,
manov yulduz,
manov yaproq,
manov qushlar
sano aytar habibimga
mingta rangu ming tovushda.

Manov temir,
manov toshlar
aro nafsim ko‘zin xushlab,
manam borman,
man borarman –
jon hovuchlab,
ruh hovuchlab.

Kelar,
ketar,
tinar,
shoshar –
o‘ng tarafim,
so‘l tarafim…
ichimda bir daryo toshar:
zikri xafiy,
zikri xafiy.

Sassiz kishnar qayg‘ulanib
asovlarim,
ayg‘irlarim…
ulug‘ sevgi – pinhon sevgi:
hayqirmadim,
hayqirmadim.

Biz shundayin sug‘ro, g‘arib,
biz shundayin kubro, sharif,
biz shundayin yaldoli tun,
biz shundayin subhi zarif.

Bizga bir yor yordir – tamiz,
sukut bizni esh etadir:
sevgimizni sevgilimiz
aytmasak ham eshitadir!


Shoir “Jadid” gazetasida ham o‘z ijod namunalarini e’lon qilgan.
▪️AYB KIMDA?
▪️CHIN XAZINA
▪️DO‘STLAR DIYDORI
▪️ONA TILIM
▪️Uch zamondosh shoir ijodi tahlili

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Ro‘baro‘"

Rahmatjon ko‘ngil shoiridir. Aslida hamma shoir ham ko‘ngil kuychisi, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, xuddi shunday, ammo ko‘ngil mavzusi Rahmatjon she'rlarining tub mag‘zini tashkil etadi. Har bir she'rida ko‘ngilning turfa manzaralarini ko‘rish mumkin... Bu manzaralar orqali Shoir nimadan iztirobda ekanligini anglash mumkin.
Qadrdonim Rahmatjonga yangi kitob muborak bo‘lsin deyman va kitobxonlarga Shoirning Ko‘ngli bilan "Ro‘baro‘" bo‘lish zavqini tilayman.


"Deraza ortida"


Muhammadxon og‘a hikoyalarida men hurmat qiladigan bir jihat ko‘zga tashlanadi – yangilik yaratishga urinish. Xuddi shu jihat ijodkorning boshqalarga o‘xshamasligi, adabiyotning ko‘lamini kengaytirib, yangi sarhadlarni kashf etishiga imkon yaratadi.
Tilagim shuki, kitob O‘zbek Nasri uchun xayrli bo‘lsin, o‘zbek o‘qirmanlariga zavq bersin.


Kitoblar xaridi uchun: @akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Ҳатто муқовасига термилиб ўтирсанг арзийди💚

Маэстро Баҳриддин Бозоров ижодидан

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

“Сир” ва “Дарё”нинг миссияси ҳақида

Шу кунларда дўстлар каминадан нега “Излам”даги китобларни бирин-кетин жар солаётганимиз ҳақида сўраяпти. Чунки айни кунларда бизнинг кичик “миссия”миз шу. Бироқ, шубҳангиз бўлмасинки, туркумдан жой олган китобларнинг миссияси бундан баланд.

Ҳозир сизга шулардан иккитаси ҳақида сўзлаб берсам.

Жуманазар Йўлдошни яқиндан танишим, оғайним экани бошқа мавзу, ҳолис ўқувчи сифатида айтишим жоизки, унинг ҳикоялари миссияси — тасаввурни зўриқтириш, ҳиссиётлар билан ўйнашиш, тафаккурни “миялаш”дир. Асосийси ёш ёзувчи буни усталик билан бажаради, сирларни очади, хулосани ўқувчига қолдиради.

Суҳроб Зиё эзгуликсевар шоир, ўз кўнглига ҳам, дилдошларига яхшилик соғинади. Бу унинг ҳам ижодкор, ҳам инсон сифатидаги миссияси қанча тўғрилигидан далолат. Шоир шеърияти миссияси эса кўнгил ўзанларини очиш, ҳақиқат сари йўл бошлаш, ўзлигини топишдир.

Бизда ҳамма ўз миссиясини бажармоқда. Сизчи, азиз ўқувчи, қачон уларни ўқийсиз, қачон ўз миссиянгизни адо этасиз?

#Излам | @Rahmat_Bobojon

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangi_nashr

MEN BIR "SIR" NI AYTMOQCHIMAN


Oxirgi paytlarda turli nashriyotlar tomonidan turli maishiy ruh kasb etgan ko‘plab kitoblar nashr qilinayapti. Yaqin kunlardan buyon tashabbuskor "Akademnashr" tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda bong urayotgan yangi nomlar kashf qilinmoqda...

Vohadoshim Jumanazar bilan 2018-yillarda tengdosh ijodkor sifatida tanishib do‘st tutinganman... Hozirgi kunda bir davrada, bir jamoada xizmat qilmoqdamiz. Uning yaqindagina ovoza qilingan kitob nomini ilk eshitganim zahoti xayolimga o‘ziga mos nom bo‘libdi deganman. Jumanazarni ko‘rgan, tanigan odam uning tabiatida o‘ziga xos sir yashiringanini payqaydi...

Siz "Sir" ni mutolaa qilar ekansiz, unda nima yashiringanligiga aniq o‘zingiz guvoh bo‘lasiz...


® Xorun Muso

@Xorun_Muso

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangi_nashr

📘 Jumanazar Yo'ldosh, “Sir”

Hikoyalar

📖 Fragment va mundarija

Muqova: yumshoq
Hajmi: 144 bet
Narxi: 31 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Huqqaboz"


Huqqaboz – hiylagar, ko‘zboylovchi ma'nolarida keladi. Dunyo huqqabozlarga to‘la. Aldov, xudbinlik, manfaat ketidan quvish kabi illatlar ortidan odamlar ham huqqabozga aylanadi.
"Huqqaboz" kitobida balki siz dunyoning bir qarashda sezilmaydigan hiyla-nayranglarini anglab yetarsiz... Buning uchun, albatta, kitobni o‘qish lozim bo‘ladi.
Kitob sizga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz.


Xarid: http://t.me/akademsavdo

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Adabiyotni bog‘ deb tasavvur qilsak, adabiy tanqid uning bog‘bonidir. Bog‘bon gullarni, daraxtlarni parvarish qiladi, har xil begona o‘tlardan tozalaydi... Xullas, adabiyotning go‘zal bo‘lishiga, gullab-yashnashiga xizmat qiladi – zahmatli mehnat.
Gulrang Ubayeva ana shunday og‘ir mehnatni bo‘yniga olib bu maydonga kirgan ekan, "Gulqaychi"si bog‘ni go‘zal bo‘lishiga xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.

   
Xarid:  http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash
  

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Mohirani anchadan buyon g'oyibdan tanirdim, ijodidan xabardorman. Nosirlar orasida eng faol, o'z so'zi, ruhiga ega inson sifatida bilaman va hurmat qilaman.
Adabiyot dunyosida o'z so'ziga ega bo'lish nihoyatda mushkul. Qo'lingga qalam olganingda necha minglab adiblarning g'oyalari, fikrlari seni ta'qib qilib turadi, go'yo endi aytiladigan hech narsa qolmaganday... Ammo haqiqiy iste'dod o'z zamonasi musavviri bo'la oladi, o'z so'ziga ega bo'la oladi. Mohirani ana shunday adiba hisoblayman va uning yangi kitobi ko'plab kitobxonlar qalbini zabt etishiga ishonaman. 
Mohirani ushbu ijodidagi yangi dovon – kitobxonlar bilan diydorlashuv imkoniyati bilan qutlab qolaman!


Xarid: http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

“Izlam” - 2 bilan tanishamiz!

https://youtu.be/tnafLDtQTaI?si=6OnEQAtCkCKo4N59

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar

Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.

Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:

nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;


Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblar to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

Kuzatib boring: @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

​​#review #izlam

🤩"Sir"
🤩Jumanazar Yo‘ldosh

- Bilasizmi meni nima qiynayapti? O‘lim emas, xudbinlarcha o‘tkazgan o‘tmishim qayg‘uga soladi...
"Muharrir" hikoyasidan


Jumanazar Yo‘ldosh Izlam turkumining ikkinchi faslida o‘qigan ilk hikoyanavisim bo‘ldi. Yozuvchi o‘zining quyuq o‘xshatmalari, sevgi va o‘lim arosati orasida qolgan jinslar taqdiri va yakuni tubdan burilib ketuvchi hikoyalari bilan yodimda qoldi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan hikoyalaridan nuktadon ruh, o‘limni erta anglash va erishilmagan sevgi iztiroblari yaqqol sezilib turadi.

Uning "Yomg‘irdan so‘ng", "Yeseninini sevgan qizi", "Kutganim-sen" kabi hikoyalarida sevgi mavzusi yetakchilik qilsa, "Ro‘yo", "Oppoq qor" singari yoziqlarida o‘lim, "Chag‘alaylar" bitigida esa o‘lim va sevgi orasidagi nozik hislar tasviri balq urib turadi. "Ma'sumning sevgisi" asari esa chinakam sevgining sadoqat o‘laroq chizilgan portreti desam mubolag‘a bo‘lmas.

Shaxsan menga tub burilish yuz bergan "Muharrir", tarixiy mavzu ochib berilgan "Namoyish", fusunkorligi bilan meni hayratlantirgan "Uy", yakuni ko‘zlarga yosh keltirguvchi "Sir", iztiroblar olamining bir parchasi bo‘lgan "Yesenini sevgan qizi", yana "Otam va o‘g‘lim" hikoyalari juda ham yoqdi va sevintirdi.

Asli yigirmaga yaqin hikoyalarning har biriga varaq-varaq revyu, taqriz yoki tanqid bitsa arzigulik. Biroq kitobxonlar Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan yanada yaqin tanishishsin, yozuvchi ruhiy olamini his etishsin, ana undan keyin bafurja yana suhbatlashamiz. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K

P.s: 2024-yil o‘qilgan 37-kitob

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#OAV_VA_BIZ
#ADABIY_MUHIT

📺 Xorazm televideniyasi
"ADABIY MUHIT" ko'rsatuvining maxsus sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijodkor pedagog-ustozlari haqida dastur tayyorlandi. Unda
:

➖Tarbiyachi-pedagog, nosir Jumanazar Yo‘ldosh,
➖ Tarbiyachi-pedagog, shoir Xorun Muso,
➖"Ijod zavqi " ijodiy to‘garak rahbari Sador Sa'dullalar ijodiy jarayondagi yangiliklar, erishilgan yutuqlar, o‘zlarining ijod namunalari bilan o'rtoqlashdilar.


🔺Marhamat yuqorida 🖥 ko‘rsatuvni tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Agar kitob terapiya bo‘lsa, unda sizning terapivtingiz kim?

@kitobjavoni_KJ

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#OAV_va_BIZ
#Viloyat_gazetasi

🗞Vohamizning Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi muassisligidagi 📰 "Xorazm iste'dodi" gazetasining 2024-yil 31-oktabr sonida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldosh va ijodiy to‘garak rahbari Sardor Sa'dullayevning
ijod namunalari joy olgan.


👏 Maktab jamoasi nomidan iste'dodli ustozlarimizni tabriklaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Bosiriq"

Nasr – og‘ir mehnat, kuzatuvchanlik, hayotiy tajriba asosida yaratiladigan asarlarni qamragan yo‘nalish. Bu yo‘nalishda yozish uchun mushohadakorlik, hafsala, mehnatdan qochmaslik fazilatlari kerak bo‘ladi. Ayni shu jihatlar asar muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Bayram Ali og‘ani ushbu kitobi ham mashaqqatli mehnat mahsuli deb bilaman va o‘quvchilar o‘qishi lozim deb o‘ylayman.


"Avron"

Avron – toshqin degani. Bu balki ko‘chma ma'noda ko‘ngildagi his-tuyg‘ular toshqinidir?.. Balki o‘quvchilarda ham kitobni o‘qish orqali turli hissiyotlar toshqini yuz berar?..
Umuman olganda, hammaning ko‘nglida o‘z "Avron"i bo‘lishi kerak.


Kitoblar xaridi uchun: http://t.me/akademsavdo

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Suhrob Ziyo she'rlari ravonligi, ko‘lamdor ma'nosi, nafisligi bilan o‘qirmanda iliq taassurotlar qoldiradi. She'r odamni o‘zi yashayotgan real borliqdan o‘zga olamga olib kira olishi kerak... Suhrob ijodida shu fazilat mujassam. Shu xususiyat shoirni Shoir qiladi.
Yangi to‘plam bilan muallifni tabriklaymiz va o‘qirmanlarga she'riyat "Daryo"siga sho‘ng‘ib, o‘zlari uchun duru javohirlar topishini tilab qolamiz.


Xarid: @akademsavdo

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam

Кун бўйи “Дераза ортида” “Сир”ни ўқидим. Яна қандай дераза дейсизми? Шифохонаники.

Фоже фожега уланди. Жуманазар Йўлдошнинг “Ҳодиса” ва Муҳаммадхон Юсуповнинг “Илк” асаридаги бош мавзу, бош образ ҳам фожеа. Лекин икки носир қаламида бир мавзу икки хил талқинда. Хусусан, Жуманазар Йўлдош фожеани экзистенциал қайғуриш ва яланғочлик орқали ифодалаган бўлса, Муҳаммадхон Юсупов ижтимоий ва тарихий нуқтаи назардан ёритган. Иккиси ҳам рамзлардан ўринли, моҳирона фойдалангани ўқувчи эътиборини тортади. “Ҳодиса” ҳикоясида кўзгу қаҳрамоннинг синган шахсини ифодаласа, қора ит унинг гуноҳлари ёки назорат қилиб бўлмайдиган кучларни ифода этади. “Илк”да отлар дупурини ўтмишга ва вақтнинг ўтишига ишорадек тушуниш ҳам мумкин.

Қалами бир-бирини такрорламайдиган, бири ҳаётдан, ёлғизликдан, кўнгил тубидан маъни қидирса, бири илм, шахсий йўқотиш ва жамият мажбуриятларидан фоженинг қиёфасини чизадиган икки ёзувчи барчамизга муборак бўлсин!

Адабиётимизга янги авлод келаётгани рост бўлсин!

Ўзини зиёлиман, шу миллат тақдирига бефарқ эмасман дегувчилар замондош ёзувчилари, уларнинг ижоди, имкониятини билиши, ўрганиши ва айтмоқчи бўлган Сўзини тинглаши шарт.

“Дераза ортида” сиз билмаган не-не “Сир”лар бор!..

Буюртма учун: @akademsavdo

@sevara_alijonova

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

​​Устоз кўрмаган шогирд ҳар мақомга йўрғалар, деган гап бор. Суҳроб Зиё устоз кўрган. Кўрганда ҳам, ўз даврининг энг оловқалб шоир, синчи муҳаррирларига шогирд тушган. Шундан, у нима ҳақида ёзишни яхши билади.  Ёзганларида англанмаган сезим, ҳиссиётлар эмас, тафаккур ғалвиридан ўтган бир қадар вазмин оҳанглар етакчилик қилади. Бир сўз билан айтганда, унинг “Дарё”си тўпалон дарё эмас, менинг назаримда маълум мақсад билан йўлга чиққан ва ўз йўлида собит оғир-босиқ дарёдир. (Чуқур дарё тинч оқади, демиш машойихлар). Ишониш мумкинки, мабодо у сизни оқизиб кетган тақдирида ҳам, саодат соҳилларидан бўлак ерга элитмайди...
 
Бугун инсон руҳияти мураккаблашди. Мазкур сабабдан, унинг таҳлили янги оқим, янгича услубларга муҳтож. Жуманазар Йўлдош мана шуни кўнглига туккан, ўзига ишончи баланд ёш ёзувчилардан. Унинг “Сир” ҳикоялар тўплами сизга одам қалбининг энг чуқур пучмоқларидан маълум топилдиқлар сўзлайди.

Бир-бирига ўхшамайдиган, бири шеърий, иккинчиси насрий бу иккала китобни барча кузатувчиларимга тавсия қилиб қоламан. Китоблар қимматли, лекин негадир, қуйидаги манзилда анча арзонга сотишяпти экан...

Xarid: t.me/akademsavdo

@BeshinchiTomon

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

/channel/suhrob_ziyo1/2696

https://www.facebook.com/share/p/19aynMgtBW/

https://www.facebook.com/share/19gzxGFDFZ/

https://www.instagram.com/p/DB3x-IVO7T5/?igsh=MXRtdHNqMXBwOTdmeQ==

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Furqat og‘ani ijodi bilan anchadan buyon tanishman. O‘z so‘zi, o‘z g‘oyalariga ega yozuvchi sifatida bilaman va hurmat qilaman. Oldinroq "Pichirlangan sirlar" kitobi chiqqanida xursand bo‘lgan edim. Uning izidan "Qorakuya" ham nashr etilgani nur ustiga a'lo nur bo‘ldi. Demak, yozuvchi ijod mehnatidan to‘xtamayapti. Yana yangi izlanishlar, yangi g‘oyalar uni bezovta qilmoqda. Nimadandir bezovta yozuvchi – asl yozuvchi.
Asl yozuvchining asarlari sizni ham bezovta qilishiga, mushohadaga chorlashiga ishonamiz.


Xarid: http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Turkiy elning shiddati so'ngganga o'xshayotir..."

Bu satr o'zini, aslini, o'zligini - Turkiy millatini unutmagan, uning birligini, buyukligini qaytishini qumsagan shoirning satridir. Najmiddin Ermatov ijodi deyilganda xayolimda shu satrlar aylanaveradi. Qarangki, yangi kitobi ham "Turon sog'inchi" deb nomlanibdi. Rauf Parfi, Shavkat Rahmonlarda bo'y ko'rsatgan bu ulug' g'oya Shoirda davom etayotir.
Najmiddinga Turkiynafas shoirlarning ruhi madadkor bo'lsin, yangi kitob muborak bo'lsin!
  

Xarid: http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


    Mansur og‘a ijodi go‘zal ifodalarga, kishiga huzur beradigan, hayrat uyg‘otadigan fikrlarga boy. O‘zim uchun qadrli bo‘lgan, o‘qib zavqlangan satrlarini keltiraman:
    
    "She'r ekansan angladim,
     ey Xudoning olami..."
     
     "Bo‘g‘zimgacha keldi bu loyqa daryo
      Sen  qachon kelasan
      Nuhning  kemasi?!. "
      
      "Mingni  olib yuz bergan,
        Men  – o‘zidan yuz burgan,
        Ilhom bergan, so‘z bergan,
        Ko‘ksimda urib turgan,
        Xudoga nima deyman?!."
 
        "Ichingda Iso bordir,
         Dard chekmasang tug‘ilmas..."
  
         "Dardimizni yo‘q qila qolgin,
         Bizni yo‘qdan bor aylagan Zot..."

    Bunday satrlar Shoir ijodida anchagina. Muhimi, ularni har birini his bilan, ruh bilan, tafakkur bilan o‘qish, Shoir ruhiyat olamiga sayohat orqali o‘zi uchun muhim haqiqatlarni kashf etishi lozim.
    Mansur og‘aga va o‘zbek she'riyatiga Yangi kitob muborak bo‘lsin!
  

    Xarid:  http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash
      

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam

"...Ham...Nafas"


  Bu ikki kitob bir-birini ruhan, qalban to‘ldiradigan, biri ikkinchisini davom etadigan kitoblardir.
   Bu ikki kitob adabiyot dengizidagi yangi bir mavj, yangi bir to‘lqindir.
   Bu ikki kitob mushtarak dillarning orzu, umidlari, tug‘yonlaridir.
   Bu ikki kitob adabiyotsevarlarga chanqoq qalbi uchun obi ziloldir.

Sh.Shavkat do‘stimiz Ulug‘ so‘zning yukini his qilgan, ulug‘larga ergashib o‘zi ham ulug‘lashayotgan shoirdir.
Nozima ayollarga xos nafis tuyg‘ular tarannumini musiqiy ohanglar bilan ifoda etayotgan shoiradir.

Men ishonamanki, yana yuzlab yil o‘tgandan so‘ng ham bu kitoblar o‘z o‘quvchisini topadi. Chunki inson yashamoqda ekan, qalbini tozartishga, dunyoning azaliy qonuniyatlarini nafis tarzda anglashga zarurat sezadi deb o‘ylayman...
Xullas, bu ikki kitob asl, o‘qilishi zarur kitoblardir!


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangi_nashr #IZLAM

Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi sotuvda!


Izlam – izlash jarayonining ilk hosilasi demak. Biz galdagi “Izlam”imizni – e’tiborga tushib ulgurgan ruknimizning 2-faslini siz aziz kitobxonlar hukmiga havola etmoqdamiz.

Yozish uslubi, malakasi va iste’dodidan qat’i nazar, mualliflar o‘quvchini muloqotga chaqira olgan: ba’zan o‘z-o‘zi, ba’zan jamiyat, ba’zida Yaratgan bilan… Shu imkoniyat, agar u rostdan ham mavjud bo‘lsa, “Izlam” loyihasining asl maqsadi edi. Keling, gaplashaylik, izlanaylik, hosilalar uchun harakatni boshlaylik.

1. Shahriyor Shavkat “Ham” — 31 000 so‘m
2. Nozima Habibullayeva “Nafas” — 27 000 so‘m
3. Mansur Jumayev “Biz kutgan fasl” — 27 000 so‘m
4. Najmiddin Ermatov “Turon sog'inchi” — 31 000 so‘m
5. Furqat Alimardon “Qorakuya” — 27 000 so‘m
6. Suhrob Ziyo “Daryo” — 31 000 so‘m
7. Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” — 31 000 so‘m
8. Bayram Ali “Bosiriq” — 35 000 so‘m
9. Mohi Ra “Qirq birinchi kun” — 35 000 so‘m
10. Gulrang “Gulqaychi” — 27 000 so‘m
11. Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz” — 31 000 so‘m
12. Jumanazar Yo'ldosh “Sir” — 31 000 so‘m
13. Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘” — 35 000 so‘m
14. Gulhayo Anorova “Avron” — 27 000 so‘m
15. Sevara Alijonova “Mahkum sayohati” — 31 000 so‘m

Umumiy narx: 457 000 so‘m
Chegirmali narx: 370 000 so'm

Chegirma butun to‘plamni sotib olganlar uchun amal qiladi.

Xarid: t.me/akademsavdo


16-kitob Istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#xushxabar

"Izlam" turkumida kitobimiz chiqdi. Dunyo, hayot va inson haqida tasavvurlarim, xulosalarim, fikrlarim jamlangan to‘plam siz azizlar uchun manfaatli bo‘ladi, degan umiddaman.

Kitobga mehnati singgan Sanjar aka va u boshchiligidagi Akademnashr xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

Aytgancha, kitobni xarid qilmoqchiman degichlarga murojaat uchun manzil qoldiramiz: http://t.me/akademsavdo
/channel/Akademnashr

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…
Подписаться на канал