domlajon | Неотсортированное

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Подписаться на канал

Isroil Tillaboyev blogi

10 ёшли бола инглиз тилидан "CEFR" олди

Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мусоев Комронбек Асроржон ўғли Multi level CEFR имтиҳонидан инглиз тили бўйича Б2 сертификатига эга бўлди.
Эътиборлиси шундаки ҳатто катталар қийналадиган бу имтиҳонда у осонлик билан, ёш бўлишига қарамай уддалади!


👉@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'z-o'zini rivojlantirish haqida inkor etilmaydigan haqiqatlar.

🗯 Olingan bilim sizning o'sishingiz va rivojlanishingiz uchun kafolat bermaydi, asosiysi uni qo'llay olish.

🗯 Harakatsiz yaxshi g'oya hech narsa emas.

🗯 Imkoniyatlarni izlash kerak emas, balki yaratish kerak.

🗯 Bugun boshlamagan narsangiz ertaga tugamaydi, shuning uchun kechiktirmang.

🗯 Siz nima qilsangiz, shuncha qilishni davom ettirsangiz, siz olgan narsangizni olishga davom etasiz.

🗯 O'zgarishlardan qo'rqmang: aksariyat hollarda ular aynan kerakli paytda ro'y beradi.

🗯 Intizom kerak, shunda siz eng ko'p istagan narsangiz va hozirda xohlagan narsangiz, har doim birinchisini tanlaysiz.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Хитойда ҳокимлардан бири асосий йўл устига катта тош қўйиб йўлни тўсиб қўйди. Тош яқинидаги дарахт ортига бир пойлоқчи қўйиб одамларнинг гапларини етказишни буюрди. Биринчи ўтган киши шаҳарнинг энг катта савдогари бўлди. Тошни кўриб, қовоғини чимирди. Тошни ким қўйдирганини билмаган ҳолда овозини балaнд қилиб танқид қила кетди. Тошни айланиб ўтиб, бу ишни қилганни жазолаш керак, шикоят қиламан, деб йўлида давом этиб кетди.

Иккинчи одам ўтди. У муҳандис эди. Савдогар каби бақир-чақир қилди. Лекин унинг овози бироз пастроқ эди.

Сўнгра ўзлари ҳақида гаплашиб келаётган учта дўст тош олдида тўхтади. Йўл устига тош қўйган одамни тентак, аҳмоқ, эсипаст, деб ҳақорат қилишди… Сўнг уйларига қайтдилар. Орадан икки кун ўтди. Иттифоқо, шу йўлдан бир оддий деҳқон ўтиб қолди. Тошни кўрди-ю, бирор оғиз гап айтмади. Енгини шимариб, атрофдаги одамларни ёрдамга чақириб тошни бир чеккага суриб қўйишди. Қарасалар, тош тагида ковланган чуқурда сандиқ турибди. Сандиқ ичида бир бўлак олтин турарди. Унинг ёнида парча қоғозга ушбу сатрлар ёзиб қўйилганди: "Ҳокимдан ушбу тошни четга олган кишига! Бу мукофот мушкул ишни шикоят қилмай, ижобий ёндашган киши учундир".

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️Миллий гвардия ходими мактаб ўқувчиларини шапалоқламоқда

Ҳолат  Фарғона вилояти Қўштепа туманидаги 49-мактабда бўлгани айтилмоқда.

Мазкур ҳолат юзасидан хизмат суриштируви ўтказилиб, ижтимоий тармоқларда тарқалган ва видеотасвирда акс этган ходим ҳозирда эгаллаб турган лавозимидан четлаштирилди

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘qituvchilik kasbi qanday qiyinligi haqida "Tanaffus" podkastida Rasul Qusherboyev talqinida.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Kecha bir tadbirga taklif etishdi.

Tashkilotchilar "Teach for Uzbekistan" nodavlat notijorat tashkiloti nopedagog mutaxassislar ichidan o‘qituvchilik qilishga qobiliyati borlarini yig‘ib, ularni pedagigik qayta tayyorlab o‘qitib, O‘zbekistonning pedagoglar yetishmaydigan hududlariga 2 yilga maktablarga dars bergani yuborish tashabbusini olib chiqishgan.

O‘zimizdan va horijdagi yoshlar 700 nafari bu dasturda qatnashish istagini bildirishibdi, 30 tagacha talabgoarlani saralab olib, ularni pedagogik tayyorlab, sentabrdan boshlab Qo‘qon va boshqa hududlarga yuborishni maqsad qilishibdi.
Bir piyola choy ustidagi suhbatda ta'lim sohasini turli rakursdan muhokama qildik, suhbatlashdik, yangi loyiha bo‘yicha fikrlashdik. Loyihaga doir ko‘plab savollarimizni berdik. Mayli, jim o‘tirgandan ko‘ra nimadir boshlagan yaxshi, bu loyiha 60 dan ortiq davlatlarda yaxshi natija bergan ekan. Bilimi kuchli, o‘qituvchilik kasbiga qiziquvchi, taqdir taqozosi bilan boshqa sohani tanlaganlarga kimdir shunday imkoniyatni taklif etishi ham yaxshi narsa, buning ustiga 2022-yil bu xususda nopedagog kadrlar qayta tayyorlovdan o‘tib dars berishi mumkinligi haqida Prezident qaroriga ham kiritilgan. Loyiha aynan Qo‘qon maktablaridan boshlanishi sababini so‘radim, chunki Qo‘qon ta'lim muhiti alohida olam, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik yuqori hudud hisoblanadi. Tan olish kerak maktablardagi o‘qituvchilarga bu joyda ancha bosim katta. Tashkilotchilar ta'lim og‘ir hududni atayin tanlab, shu borada xalqqa yordamini tezroq ko‘rsatish maqsadini aytdilar.
Tushunishim bo‘yicha hali MMTV bilan yakuniy qo‘shma qaror imzolanish jarayonida ekan, shundan so‘ng bu NNTning maktablardagi faoliyatini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qoyil, aholisi eng koʻp davlatlar bilan bitta beshlikdamiz.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️ SMM va Marketing sohasini hech qanday to'lovlarsiz o'rganing.

🚀 Farobiy IT Academy yosh iqtidorlarni kashf etish, kelajak kasblarini o'rgatish maqsadida SMM PRO dasturini tuzib chiqdik va siz bu dasturda hech qanday to'lovlarsiz o'qishingiz mumkin bo'ladi.

✅ Ochiq darsimiz 13-may | soat: 19:00 bo'lib o'tadi


📝 Dasturga ro’yxatdan o’tish uchun: ro'yxatdan o'ting

Telegram  | Instagram  | Facebook

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#Диққат #Тарқатинг

❗️Ҳамма касалликнинг бошланиши асабдан экан

Асабни асранг, қадрдонларим.

Сал нарсага асаби бузиладиган танишларга видеони жўнатиб қўйинглар.

@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Tanaffus” podkastning navbatdagi sonida ustamalar mavzusi muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Xo’jaqulov Laziz Choriyevich bilan pedagog xodimlarga beriladigan ustamalar haqida gaplashdik.

Umuman olganda, Laziz aka hozirgi lavozimi ustamalarga doir bo‘lmasa ham, avvalgi lavozimida shu yo‘nalishda rahbarlik qilgan edi. Shuning uchun hozirgi ustamalar mas'ulidan ko‘ra Laziz akani taklif qildik-ki, buning bir nechta sababi bor:
Birinchidan, Laziz aka dunyo ko‘rgan kuchli kadr, Koreyada eng katta kompaniyada 7 yil ishlagan, Finlyandiyada maktabda va oliy ta'limda dars bergan, jahonning eng mashhur - Oksford universitetida o‘qigan!

Ikkinchidan, eng asosiysi, Laziz aka har qanday savolga ochiq, olib qochmasdan javobi qanchalik yoqmasa ham ochig‘ini aytib qo‘yaqoladigan inson. Odatda ko‘p mas'ullar bunday ochiq intervyulardan qochishadi va mabodo rozi bo‘lib qatnashsalar ham savollarga rasmiy, yuzaki javob berishadi. Laziz aka bilan ishlab bilamanki, bu kishi mas'ul lavozimdaligiga qaramasdan ochiq gapiraveradi.

Kechagi mavzu juda katta va og‘ir mavzu edi, mavzu kattaligidan, suhbat qiziganidan ko‘p savollarimiz qolib ketdi Ulug‘bek ikkimizni. Og‘irligi shundaki, mavzu ustama, pul haqida edi. O‘zi har qanday pul mavzudidagi intervyular og‘ir bo‘ladi, ayniqsa eng katta tizimning ustama pullari haqida bo‘lsa har bir gap og‘ir bo‘ladi. Shunda ham, Laziz aka bizning og‘ir savollarimizga imkon qadar atroflicha tahlil qilib berdiki, biz ham ba'zan qaysidir masalani bir tomonlama ko‘rganimizni his qildik, ikkinchi tomonini kecha ko‘rdik.

Ustozlar ushbu intervyudagi suhbatdan diqqat bilan tomosha qilishsa ko‘p, hali hech qayerda aytilmagan savollariga javob olishadi.

Faqat bir iltimos, bunday suhbatga rozi bo‘lib kelgan mehmonni tanqid qilmay, qo‘llab-quvvatlashsa, keyingi mehmon chaqirishimizga hijolat bo‘lmas edik.

Tez kunlarda podkastning to’liq videosi e’lon qilinadi.

YouTube sahifamizga hoziroq obuna bo’ling — xalqtaliminfo" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

@iqtidorly loyihasi doirasidagi "Iqtidorli" oromgohimizga aniq va tabiiy fanlardan, ixtirochilikdan, robototexnikadan yaxshi natijalar ko‘rsatgan iste'dodli yoshlarning arizalarini qabul qilish davom etmoqda, hozirgacha mingdan ziyod arizalar qabul qilindi. Ushbu e'lonlarimizni hamma o‘quvchilarga yetkazsalaringiz, ilm-fandan iste'dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirshga hissa qo‘shgan bo‘lar edingiz hurmatli hamkasblar.

Kanalimizga a'zo bo‘ling👇👇
@iqtidorly

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ўқитиш – умид уруғларини экиш демакдир

Ўқитувчилар ҳақида ҳикматлар

Агар ўқитувчида ишига муҳаббатгина бўлса, у яхши ўқитувчига айланади. Ўқувчисигагина муҳаббати бор муаллим ҳамма китобларни ўқиган, лекин ишини ҳам, ўқувчисини ҳам севмайдиган ўқитувчидан яхшироқдир. Ҳар икки муҳаббатни ўзидан жам қила олган ўқитувчи эса комил устоздир.
Лев Толстой,
рус ёзувчиси

Врачлар ва ўқитувчилардан мўъжиза талаб қилинади, лекин ана шу мўъжиза амалга ошса, ҳеч ким ажабланмайди.
Мария-Эбнер Эшенбах,
австрия адибаси

Шогирд устозида рақобатчи эмас, ўрнак тимсолини кўрса, ундан ҳеч қачон ўзиб кета олмайди.
Виссарион Белинский,
рус адабиётшуноси

Ўқитувчи максимал обрўга, минимал ҳокимиятга эга бўлиши керак.
Томас Сас,
америкалик руҳшунос

Устозидан ўзиб кетмайдиган ўқувчининг ҳолига вой.
Леонардо да Винчи


Ўқитувчилар уйга вазифа бериб ўқувчиларини нишонга оладилар, лекин “ўқ”лари ота-оналарга тегади.
Жорж Сименон,
француз ёзувчиси

Яхши устоз бошқаларга ҳатто ўзининг қўлидан келмайдиган нарсаларни ҳам ўргатиши мумкин.
Тадеуш Котарбиньский,
поляк файласуфи

Устознинг сўзларини такрорлаш унинг давомчиси бўлиш дегани эмас.
Дмитрий Писарев,
рус адабиётшуноси

Юзта ўқитувчи ёлла, лекин ўзинг ўзингни мажбурлай олмасанг, ўзингдан ўзинг талаб қила билмасанг, уларнинг ҳеч бири сенга ёрдам бера олмайди.
Василий Сухомлинский,
украин педагоги

Мен ўқитувчидан яхши ахлоқни талаб қиламан, буни бошқа ҳар қандай фуқародан ҳам талаб қилган бўлардим.
Дени Дидро,
француз ёзувчиси

Бировга ўргатиш учун ўзинг ўрганишингга керак бўладигандан кўра кўпроқ ақл зарур.
Мишель Монтень,
француз ёзувчиси

Ўқитувчи учун ўзидан ўтиб кетган ўқувчини кўришдан ортиқ бахт йўқ.
Лев Толстой,
рус ёзувчиси

Яхши ўқитувчи билан буюк ўқитувчининг фарқи нимада? Яхши ўқитувчи ўқувчисининг қобилиятларини сўнгги чегарасигача ривожлантиради. Буюк ўқитувчи эса бу чегарани бир қарашдаёқ кўра олади.
Иоганн Гёте,
олмон ёзувчиси

Ориф Толиб таржимаси.

@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Kechagi dastlabki qiziqqon xulosadan keyin miyani sovutgan holda chuqurroq qarasak masala ancha jiddiy va bahsli.

Bu voqea o‘quvchilarning "ozgina beetiborligi" tufayli nimalar qilib yuborishi haqida bitta signal bo‘ldi. Demak dastlabki xulosa, hozirgi davr o‘quvchilarini umuman beetibir tashlab bo‘lmasligiga yana bir isbot. Voqea balki tanaffusda ro‘y bergandir (dars payti emas, o‘qituvchi darsga kirishi kerak bo‘lmagan vaqtda, deb yaxshi gumonda bo‘lsak) ho‘sh, unda endi tanaffusda ham bolani nazorat qilib qorovullik qilib o‘tirishi kerakmi, bu ishni kim bajaradi, informatika o‘qituvchisimi, sinf rahbarimi, "zamdirektor"mi? Hech biri bunga vaqti yo‘qku, har qadamini uyatsiz kino ko‘rib qo‘yma, deb yurolmaydi, tanaffusda nafas rostlashi kerak. Bunda yechim yana tarbiyaga borib taqalyapti, ota-ona, sinf rahbari, tarbiya o‘qituvchisi va jamoa beradigan tarbiya tufayli faqat o‘zi qolsa ham o‘zini tortadigan tarbiya shakllantirish kerak, bu esa oson ish emas afsuski...

Shuning davomi sifatida, tvlarda bunday ochiq bo‘lmasayam gap so‘zi ochiq turli bemaza seriallar, internetga "dostup" ochiq hozirgi zamonda bundan battar kliplarni ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin, afsuski balki shundaydir, bu holda esa jamoaviy etiket buzilgan, voyaga yetmagan yigit qiz bolalar ko‘z o‘ngida jo‘rtagami yo bilmay bunday (balki bitta emasdir) klipni (balki shunchaki musiqasi yaxshiligi uchundir) qo‘yib ko‘rishmoqda, bu juda yomon holat, o‘sha qizlar turib chiqib ketib yuborishlari kerak edi aslida, yana bir bor tarbiya masalasiga taqaladi bu...

Postdagi kommentlarda, bu elektron doskalarni open byudjetdan yutgani aytildi butun maktab, direktori boshchiligida, endi esa o‘sha sovrin elektron doskalar tufayli ishdan bo‘shatilmoqda. Alam qilsa kerak hammaga, zo‘rg‘a biron o‘zgarish bo‘lar deb yutsang va qaysidir yumush bilan yursangi, qaysidir sinfda uyatsiz klip ko‘rib o‘tirishsa va buning orqasidan ishdan ketsang... Demak maktabning moddiy texnik bazasining zo‘r qilib qo‘yilgani u yerda zo‘r bilim beriladi, tarbiya zo‘r, degani ham emasligiga bir keys bu, usti yaltiroq ichi qaltiroq maktablar deyiladi bularni, bunday maktablar ko‘p, aksincha nochorroq maktablarda ham yaxshi bilim va tarbiya beriluvchi jamoalar ko‘proq.

Ishdan olishlar... Menimcha ishdan olishlar oshirib yuborilgan, balki avvaldan shunday holatlar ko‘p bo‘lgandir, bu maktab bilim sifati pastdir-ki, oxiri, e baribir bo‘lmayapti, deb yangilashga qaror qilishgandir ma'muriyat. Lekin agar shu klip orqasidan bo‘lsa, unda intizomiy jazo qo‘llashlari yetarli edi, agar bu dars payti emas, qandaydir tanaffusda bo‘lgan, balki boshqa payt bunday hol kuzatilmagan bo‘lsa. Menga qolsa tarbiya o‘qituvchisiga ham intizomiy qo‘llash kerak uchalalariga qo‘shib, yoki butun maktab o‘qituvchilariga, ana jamoaviy harakat qilish deyilishi, maktab ichidagi tarbiya butun jamoaniki, deyilishi majoziy ma'nosida!
Lekin juda uchalalarini ishdan olib tashlash bahsliroq (qaytaraman, bu tashqaridan xulosa, ichkaridagi holatni hech kim bilmaydi).

Ha yana bir gap, bu bolalarni ota-onasi bilan nima ishlar olib borildi ekan, shuni ham bilsak yaxshiydi.

Xullas o‘zimga ham sizga ham maslahat, tashqaridan aniq xulosalar yasab, qaror qilganlarni ham toshbo‘ron qilib yubormanglar, shunchaki fikringiz baribir tashqi bo‘ladi va u ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi, ko‘p duch kelganman bunday holatlarga va shuning uchun absolyut fikr bildirmaslikka harakat qilaman.


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ming dollarlik kursni g‘irt tekin o‘rganing!

Yoshlar ishlari agentligining "Ustoz AI" loyihasi 2024-yilda 40+ sohalarni bepul videokurslar orqali o‘rgatishni rejalashtirgan.

Bepul videokurslar orqali videomontaj, mobilografiya, grafik dizayn, marketing, dasturchilik, turizm, kopirayting, SMM, fanlar va boshqa sohalarni noldan to‘liq o‘rganishingiz mumkin.

Masalan mana shu ro‘yhatdagi ba'zi kurslar online o‘quv markazlarda ming dollardan ziyodga o‘qitishmoqda va biz jalb qiogan mentorlardan ziyod o‘qish topa olmasliginhizga shu sohadagi mutaxassislar o‘zlari tan olmoqda.

Sizdan esa shunchaki bu kurslarni ko‘rib, undagi topshiriqlarni bajarish qoldi xolos. Juda bepul deyitgan bo‘lsangiz, ming dollar berib o‘rganyapman, deb psiholohik tayhorlab dars qiling, shunda ham natija chiqmasa bizga murojaat qiling😉

Aytgancha, kurslarni bitirganingizdan so‘ng esa sertifikat ham beriladi. Sertifikat olish tartibi "Ustoz AI" ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinadi.

"Ustoz AI" loyihasining bepul videokurslarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun obuna bo‘ling: 👉 t.me/ustozai

Mobilografiya kursi 👉 ko‘rish
Videomontaj kursi 👉 ko‘rish
No-Code kursi 👉 ko‘rish
HR kursi 👉 ko‘rish
PR kursi 👉 ko‘rish

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

🎉 "Iqtidorli" Oromgohimizga roʻyxatdan oʻtganlar soni 1000 nafardan oshdi!

📝 Umumiy hisobda, oromgoh uchun 1000 dan oshiq yoshlar roʻyxatdan oʻtdi. Arizalar topshirish 15-maygacha davom etadi.

📧 Javoblar qabul tugagandan soʻng 3 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Hali ham roʻyxatdan oʻtmadingizmi? Shoshiling, O‘zbekistondagi ilk STEM oromgohi ishtirokchisiga aylaning!
Ushbu link orqali hoziroq ariza topshiring.

@iqtidorly

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Boladan so'rang. Unga e'tibor nima uchun kerak?...

Ozod Shukrulloyev
.

Psixologik tomondan zo‘r sababni ko‘rsatibdi.

@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#Mediasavodxonlik

Mana shunday, qaysidir tanishingiz kartadan pul so‘rasalar tanishingizni o‘ziga telefon qilib aniqlashtiring avvalo, yoki ko‘rishaylik naqd beraman deb ayting, hozirda begonalar do‘stlar nomidan akkaunt ochib plastikka pul tushirish holatlari avj olyapti.
Bu haqda Ulug‘bek Po‘latov ham yozgan edi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"IQtidorli"oromgohida

qatnashishingiz uchun TOP 5 ta sabab



Oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zoʻr master-klasslar, foydali darslar va koʻplab qiziqarli jarayonlar kutmoqda.

📌 Eslatib oʻtamiz,roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana bu postdagi ma'lumotdan hayratga tushasiz. Bir yilda atigi tamaki mahsulotlari soliqdan qochib noqonuniy sotishidan O‘zbekiston byudjeti 1 trillion so‘m zarar keltiribdi!

Bu, birgina mahsulotning solig‘imizga ziyoni, bunday mahsulotlar esa juda ko‘p.

Xo‘sh nima qilsak kontrabandachilarga qarshi kurashamiz, umumiy byudjetimizga foydamiz tegadi? Soliq (umumiy daromad manbaamiz) ga foydamiz tegib, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish istaymizmi-yo‘qmi yechim sifatida qarashimiz kerak.

O‘zbekistonda daromad qilish va davlat byudjetiga yordam berishning yangi qonuniy yo‘li paydo bo‘ldi!

Agar siz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga guvoh bo‘lsangiz, Soliq.uz ilovasi orqali soliq idorasiga xabar bering (Android, iOS ) va jarima summasidan 2 000 000 so‘mdan keshbekga ega bo'lasiz.
Yo'riqnoma videorolikda.

Eslatib o‘tamiz, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi —bu 132 mln. so‘mgacha jarima va 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladigan jinoyat hisoblanadi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Bu videoni oxirigacha ko‘rishingiz shart!

Namangan shahridagiUniversity of Business and Scienceoliygohi haqida eshitgansiz. Yurtimizdagi nodavlat OTMlar ichida o‘zining alohida o‘rniga ega universitet.

UBS faoliyati bilan yaqindan tanishman: ilm yo‘lida olib borayotgan ishlari bilan nafaqat vodiy, balki butun respublikadagi xususiy OTMlar orasida o‘z so‘zi va yo‘li, aniq maqsadi bor bilim yurti.


Qisqasi, UBS universiteti o‘zining maktab bitiruvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadasining 2-mavsumini tashkil qilyapti!

Vodiy bo‘ylab o‘tkaziladigan fan olimpiadasining bu yilgi sovrin jamg‘armasi 4 MLRD so‘mni tashkil qilmoqda ekan! Bu haqiqiy isteʼdodlarni grant bilan qo‘llab-quvvatlashning samarali usullaridan deb bilaman.

UBS oliygohi o‘tgan yili o‘zim ishtirok etgan fan olimpiadasini ham ana shunday yuqori saviyada tashkil etgandi (/channel/domlajon/7551).

Birinchi mavsumda 10 mingga yaqin o'quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod bitiruvchilarni qamrab olayotgani ham juda quvonarli.

— Tarix;
— Fizika;
— Ingliz tili;
— Matematika;
— Ona tili va adabiyot fanlaridan
o‘tkaziladigan olimpiada 18-19-may kunlari universitetning yangi o‘quv binosida bo‘lib o‘tmoqda.

🏆 G’oliblar fan olimpiadasining 2-mavsumi yakunida ham ilk mavsumdagidek grant kvotalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan, ularning o‘qituvchilari esa noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Bu olimpiada — haqiqiy ilm egalarining g‘alabasi. Universitet faoliyatida bundanda ulkan zafarlar tilab qolaman.

UBS — haqiqatan ham Siz orzu qilgan universitet!


Telegram:
@ubsuzbekistan
Web-sayt: https://ubsu.uz/

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#repost #ulashing

Nodirbek Magnus Karlsenni mag'lub etdi.

♟Polshada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslarida blits bahslarining 3-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi.

Oq donalarda harakatlangan Nodirbekning ajoyib va kuchli o'yini sabab, Magnus taslim bo‘lishga majbur bo'ldi.

“Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 175 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Shaxmat tarixidagi tirik afsona hisoblanuvchi Magnusning mag‘lubiyatdagi reaksiyasini ko‘ring va zavqlaning😅😉👏👏

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

HARVARD universiteti professorlari
talabalarni ruhlantirish uchun aytadigan gaplari!


O'qing...
-Qachonki sen hammasiga juda kech bo’ldi deb o’ylasang, aslida hali erta bo’ladi.
-O’qish azobi vaqtinchalik. Bilmaslik azobi abadiy.
-O’qish bu vaqt sarflash emas. O’qish harakat qilish.
-Hayot faqat o’qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o’ta olmasang, nimaga ham qodir bo’la olarding
-Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
-Kimki hammasini erta qilsa, o’zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
-Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o’z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
-Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo’lasan.
-Sening topadigan puling olgan biliming darajasiga proporsional.
-Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
-Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
-Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo’lmaydi...


@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#қойил

Хитой боғчаларида болаларга мана шундай таълим беришар экан... 😳

Шеър ёдлатиб, байрам қилдириб қарсак чалдириб ўтиравермас экан, қойил, ёшликдан меҳнатга ўргатишар экан

@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Bugun millatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari darajasiga chiqarishga salohiyati yetadigan, lekin zolimlarcha otib tashlangan minglab jadidlarimizni, 2-jahon urushi deb nomlangan eng manfur urushning eng oldi qatlamiga qurolliyu qurolsiz tashlangan va halok bo‘lgan millionga yaqin ota-bobolarimiz va ularni yo‘qligini bilintirmay bir o‘zi 2-3 erkakning og‘ir ishini bajargan, hamma narsa frontga, deya kerak bo‘lsa ochdan o‘lib ketgan buvilarimizni, sobiq sovetlarning aqlsizlarcha qarori tufayli boshlangan qon to‘kilishlar tufayli Afg‘onda vafot topgan navqiron yigitlarimizniyu, shu vatan uchun xizmat burchini o‘tashda vafot etgan boshqa yigit-qizlarimizni Xotirlash va yonimizdagi qahramonlarni qadrlash kuni.

Xotira va qadrlash kunini qanday o‘tkazish kerakligi haqida kecha prezidentimiz master klass ko‘rsatib berdi, aslida o‘tganlar haqiga duo qilib, barcha g‘animat insonlarimizni shunday qadrlashimiz, ko‘nglini ko‘tarishimiz kerak.

Xotira va qadrlash kunini yaxshi, hayrli o‘tkazishlaringizni tilayman, qadrli do‘stlar.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Сирдарё ҳокимига телефон қилинг. Ало, Боёвутдан келган отахонга битта уй берасан" — президент уруш фаҳрийсига уй беришни буюрди.

Бугун, 8 май куни Шавкат Мирзиёев Мудофаа вазирлигининг Марказий ҳарбий клиник госпиталига бориб, уруш қатнашчилари ҳолидан хабар олиб, улар билан суҳбатлашди.

Суҳбат чоғида Сирдарё вилояти ҳокимига телефон қилиб, Боёвут туманидан даволанишга келган уруш фаҳрийсига Гулистондан уй беришини буюрди.

"Боёвутдан келган отанинг илтимосига кўра ўзинг бориб, Гулистондан бир уй берасан. Бу невараларига табрик бўлсин", - дейди давлат раҳбари.

Жуда самимий учрашувлар, ғанимат отахонларимиз омон бўлсинлар, юртимизни, бизни дуо қилиб юрсинлар.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

☑️ "IQtidorli" oromgohida qatnashish uchun TOP 5 ta sabab

🏕️ Oromgohning ilk mavsumida sizlarni juda ko‘p yangi, kutilmagan va ajoyib voqealar bilan kutmoqda.

📌 Eslatib oʻtamiz,ro'yxatdan o'tish jarayoni 8 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling.

🤩 Biz siz bilan unutilmas muhitda yozgi sarguzashtlarni o'tkazishga tayyormiz.

@iqtidorly

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

👩‍🏫Ўқитувчининг бири икки бўлмаслиги мумкин, аммо у бирни ўн қилишга ўргатади.

🌱Косаси оқармаслиги мумкин, аммо у косаларни оқартиришни ўргатади.

🌱Машина минмаслиги мумкин, аммо машина минишга ўргатади.

🌱Ўрта ҳол яшаши мумкиндир, аммо бой бўлишга ўргатади.

🌱Шам бўлиб йўлингизни ёритади, аммо ўзи ёниб тугайди.

🌱Совун бўлиб доғларингизни ювади, ўзи эса доғларингиз билан бирга эриб кетади…

@domlajon
http://t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mahalla qatga qarayapti, degan joyiga: ozgina beetibor qolgan bolalar katta ekranda klip tomosha qilgan va «o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirgani uchun» sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

O‘rtoqlar, bu yerda voqea maktab paytida bo‘lyapti, aynan sinf xonada... Bunday ish nechta odamni ishdan haydashga sabab bo‘lishini bilmaymanku, lekin xullas tan olish kerak, beetiborlik qilingan baribir! Qimmat elektron doskalar bunday kinolarga berilmagandi ular essiz...

@domlajon
t.me/domlajon


https://kun.uz/25385217?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR1QwvJnKWptSzePPbNmEDpxQntvZvaYYhHncKJJZ_BzLLy7vFnJK5An5JM_aem_AYE3h8XjdXllq4y46z0UE1PP5qEdEn70L8lkcgyMxm1h4dSsv_beTc-q5k3JCyXMwyn-EYORHgaEVYJHc_0QAqyy

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

​​Олтиндек қимматли фикрлар

—  Бир хил ҳаракатни такрорлайвериб, ундан ҳар хил натижа кутиш ақлсизликдир.

—  Ҳаракатсизликнинг асосий сабаби фикрламасликдир.

—  Истеъдодсиз бола йўқ, эътиборсиз ота-оналар бор, холос.

—  Китоб ўқиш фикрлашга ўргатади.

—  Атрофимизда сиздан ҳам фазилатли одамлар борлигини унутманг.

—  Раҳбарнинг обрўси унинг шахсий ибратидадир.

—  Жоҳиллик илмсизликдан, бошқаларнинг қалбини, фикрини, қадрини билмасликдан бошланади.

@domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘quvchilar hech qanday qiyinchiliksiz sinfdan-sinfga o‘tishi to‘g‘rimi?

Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring.

▶️ To'liq videohttps://youtu.be/2_KbBAdTbCw

Читать полностью…
Подписаться на канал