chdpial | Неотсортированное

Telegram-канал chdpial - 📚CHDPU Akademik litseyi

639

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Подписаться на канал

📚CHDPU Akademik litseyi

#tabrik
💐 Tug’ilgan kuningiz bilan!

Bugun CHDPU akademik litseyi kimyo fani o'qituvchisi ESHQUVVATOVA NARGIZA NORJIGITOVNAning tug’ilgan kuni.

Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Omad doimiy hamrohingiz bo’lsin. Yana bir bor tug’ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!

CHDPU akademik litseyi jamoasi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

ChDPU akademik litseyida "Xorijiy tillar" fan oyligi boshlandi.

Xorijiy tillarni o'rganish nafaqat muloqot vositasi, balki ko'plab imkoniyatlar eshigidir. Ko'p tillilik, ya'ni poliglossiyaning inson uchun foydali jihatlari ko'pdir.

Ushbu fan oyligida barcha o'qituvchi va o'quvchilarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.😊

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

’’Siz ko‘rganiz ayzbergning ustki qismi xolos‘‘ - Muhammadali Eshonqulov muvaffaqiyatga erishish omili haqida

⏩ t.me/chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#qulaylik #akademik_litsey #onlayn_test

⚡️Endi akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlarini onlayn bajarish mumkin


Vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida onlayn diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda my.uzbmb.uz/service/97 havolasi orqali bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud.

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlari

✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📝 Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

📱 Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda my.uzbmb.uz/service/97 havolasi orqali bepul foydalanish mumkin.

▶️ Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud.

🤖 Bundan tashqari, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/28/amir-temur/

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Внимание!

❗️Мошенники звонят голосом ваших близких!

В последние дни на территории Ташкентской области выявляются попытки присвоения денег путем обмана, когда гражданам звонят по телефону голосом близкого человека и сообщают о том, что произошел несчастный случай!

Уважаемые жители и гости Ташкентской области!

Если вам звонят неизвестные и говорят, что ваш близкий родственник стал виновником автомобильной аварии или другого неприятного инцидента и в срочном порядке требуют деньги, не верьте, а немедленно позвоните в ближайший отдел внутренних дел или по номеру 102.

Будьте бдительны! Не дайте себя обмануть новым видом мошенничества!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

9-aprel kuni Amir Temur tavalludi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Prezident Administratsiyasi, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar masʼullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbar-xodimlari Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

“Viasat History": Амир Темур бир вақтлари қурдирган Оқсарой қанақа кўринишда бўлган?

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

✨ 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

✅ Amir Temur, Temurbek, to‘liq ismi, Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay milodiy 1336 - yil 9-aprel kuni Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolaligidanoq tabiatan og‘ir-bosiq, zehni o‘tkir, shoshilmay fikrlaydigan Temurbek dastavval maktabda saboq oldi, savodini chiqardi, ustozlar nazoratida kamon dastasini ushlash, o‘q uzish, nayza tutish, otlarni saralay olish, shikorlar uyushtirish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini yaxshilab o‘rgandi.

✅ Amir Temur dastlab parchalanib ketgan yurtni – Turon mamlakatini birlashtirishdan boshlandi. Bu ishni amalga oshirish uchun Jeta (boshqa nomi Mo‘g‘uliston)ga besh marta, Xorazmga besh marta yurish qilishga to‘g‘ri keldi. Parokanda va mustamlaka yurt yaxlitlik maqomiga ega bo‘lib, ozodlikka erishdi. Bu tariximizdagi diqqatga sazovor ulkan voqealardan biridir. O‘ttiz besh yil (1370–1405) hukm surgan Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Orol dengizigacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.

✅ Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon 1405 - yil 18-fevral chorshanba kuni, sha’bon oyining o‘n yettisida vafot etdi. Amir Temur Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✨ 9-апреля — день рождения Сахибеирана Амира Темура.

✅ Амир Темур, Темурбек, полное имя, Амир Темур ибн Амир Тарагай родился 9-апреля 1336 - г. в селе Ходжа Илгор близ Кеша (ныне Шахрисабз). С ранних лет Темурбек был трудолюбивым, остроумным человеком.

✅ Амир Темур начал с объединения раздробленной страны Туран. Для этого Джета (также известная как Монголия) должна была проехать пять раз, а Хорезм пять раз. Раздробленная и колониальная страна обрела целостность и свободу. Это одно из самых замечательных великих событий в нашей истории. Правивший тридцать пять лет (1370–1405), Амир Темур объединил регионы Центральной Азии в единое централизованное государство, построив огромную империю от Инда и Ганга до Аральского моря, от Тянь-Шаня до Босфора.

✅ Сахибкиран Амир Темур Корагон скончался в среду, 18-февраля 1405 - года, семнадцатого Шаабана. Амир Темур похоронен в мавзолее Амира Темура в Самарканде.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Шимолий Америка бўйлаб қуёшнинг тўлиқ тутилиши кузатилмоқда.

Суратлар X’дан.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

2024 yil 1-apreldan ,,Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar" kafedrasi oyligi boshlanishi munosabati bilan 1422-guruh òquvchilari rahbari N.T. Fayziyeva boshchiligida litsey òqituvchilari va òquvchilarini qiziqarli savollar va sovģalar bilan kutib olishdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

CHDPU akademik litseyiga yangi stol tennisi sotib olindi va bugundan to'garak yo'lga qo'yildi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Zakovat

🔰Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o'tkazilgan Zakovat intelektual o'yini "Akademik litsey" ligasi 1-tur oʻyini g'oliblari taqdirlandi.

🔰Boʻlib oʻtgan ʼʼZakovat intellektualʼʼ oʻyinida faxrli oʻrinlarni quyidagi jamoalar egalladi:

🥇 1-oʻrin ʼʼAstrogansʼʼ jamoasi (1422-guruh)
🥈 2-oʻrin ʼʼDiamondʼʼ jamoasi (1622-guruh)
🥉3-oʻrin ʼʼVIPʼʼ jamoasi (1023-guruh)

🏆Eng oliy oʻrinni egallab gʻolib ʼʼAstrogansʼʼ jamoa aʼzollariga ʼʼAkademik litsey ligasiʼʼ ko'chma kubogi, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🎉G'oliblarni chin dildan muborakbod etamiz!

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#department of "Foreign languages"

History of the day

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

ҲАЁТНИНГ ҒАЛАТИ ҚОНУНИЯТЛАРИ

1. Хлейд қонуни:

Энг қийин вазифани энг дангаса ходимга топширинг. У ишни ҳам осон, ҳам қулай бажариш йўлини ўйлаб топади.
Ахир, ялқов ўзини азоб бермай, ишни қайтадан қилмайдиган қилиб бажаради-да.

2. Мерфи қонуни:

Агар бирор бир иш тўғри кетмаётган бўлса, охиригача тўғри бўлмайди. Шунда ёмон иш орасидан энг ёмони содир бўлади.
Айтайлик, қўлингиздан ёғ суркалган нонингиз тушиб кетса, гиламга, албатта, ёғли томони билан тушади.

***

3. Ричарднинг "Ўзаро боғлиқлик қоидаси":

Сиз узоқ вақт сақлаган нарсангиз кераксизлиги учун ташлаворишингиз мумкин. Аммо у кўп ўтмай сизга яна керак бўлиб қолади.

***

4. Лерми қонуни:

Агар пулингиз ва вақтингиз бўлса, ҳар қандай техник масалани ҳал қилишингиз мумкин. Бироқ муаммо шундаки, сизда ҳамиша пул ёки вақт етишмай туради.

***

5. Этторнинг кузатиши:

Қўшни навбат доимо сиз турган навбатга қараганда тезроқ силжийди. Сиз ўша навбатга ўтиб кўрсангиз, аввал турганингиз навбат тезроқ ҳаракатлана бошлайди.

***

6. Максимен қонуни:

Одатда, бирор ишни кўнгилдагидек бажариш учун вақт доимо етишмай туради, аммо ўша ишни қайтадан қилишга тўғри келса, вақт топилади.

***

7. Қидирув қонуни:

Сизга керакли бўлган нарса шундоққина кўз ўнгингизда, ёки сиз мутлақо кутмаган жойда турибди. Шунинг учун вақтни беҳуда ўтказмасдан, қидирувни энг кутилмаган жойдан бошланг.

***

8. Питер тамойили:

Одам ўзининг фаҳми етган даражасигача билади. Сиз қанча кўп билсангиз ва фаҳмингиз етса, сизга билиш ва эплашнинг кейинги босқичи шунчалик қийин бўлиб бораверади. Лавозим пиллапояларидан кўтарила борар экансиз, ўзингиз бажаролмайдиган мураккаб вазифаларга дуч келишингиз аниқ.

***

9. Кан ва Орбен аксиомаси:

Агар бирор буюмни ишлатишни билмасангиз, охирги ягона йўл: инструкцияси билан танишиб чиқиш.

***

10. Хэнлон устараси:

Бирор нарсани қасддан, аҳмоқона мақсад йўлида қилинган десангиз, адашасиз. Уларни ясаган одамларда ҳеч қанақа ёмон ният бўлмаган.

***

11. По қонуни:

Қалтис мавзуларда ҳазил қилсангиз, аввалидан, унинг ҳазил эканлигини айтиб қўйиш зарур. Акс ҳолда, уни чин дея тушунадиганлар топилиб қолади.

***

12. Фенгайлнинг тўртинчи қонуни:

Агар бирор иш чаппа кетса, уни тузатишга бўлган ҳар қанақа уриниш тескари натижа беради. Шу боис баъзан тегинмай, ўз ҳолича қолдирган маъқул.

***

13. Зимергининг ихтиёрий меҳнат қонуни:

Одамлар бирор иш битиб, унга ҳожат қолмаганидан кейин ғайрат кўрсатадилар.

***

14. Гамперсон қонуни:

Сизнинг истагингиз даражаси исталган натижани олиш эҳтимолига нисбатан тескари пропорционалдир.

***

15. Парето қонуни:

20 фоиз ғайрат 80 фоиз натижани пайдо қилади. 80 фоиз натижа 20 фоиз ғайратни пайдо қилади. Ҳаёт қонуни ана шу нисбатда амал қилади.

***

16. Чизхолмнинг учинчи қонуни:

Сизнинг ҳар қанақа таклифингизни, албатта, сиз ўйлаганингиздан кўра бошқачароқ талқин қиладилар.

***

17. Оулд ва Кан қонуни:

Мажлисда қанча кўп одам бўлса ва у қанча узоқ чўзилса, самараси шунча кам бўлади.

***

18. Паркинсон қонуни:

Белгиланган иш сиз мўлжаллаган вақтда тугайди. Ҳатто, сиз уни бир кун ичида бажаришни уддалай олсангиз ҳам, у сиз белгилаган муддатдан олдин битмайди.

***

19. Янг қонуни:

Барча буюк ихтиролар хатолар оқибатида кашф қилинади.

***

20. Финглайнинг саккизинчи қоидаси:

Ишни кўпчилик бўлиб бажарган яхши. Бу айбни бировга ағдаришга қўл келади.

***

21. Мерфининг илмий изланишлар қонуни:

Ўз назариянгни ҳимоя қилиш учун хоҳлаганингча изланишинг мумкин.

***

22. Сегал қонуни:

Соати битта одам соат неча бўлганини доимо аниқ билади. Соати кўп одам эса қай бири аниқ вақтни кўрсатишини билолмай иккиланиб юради.

***

23. Колбаса тамойили:

Кимки колбасани яхши кўрса ва қонунларн ҳурмат қилса, уларнинг қандай тайёрланишини кўрмагани маъқул.

***

24. Ван Рой қонуни:

Синмайдиган ўйинчоқ бошқа ўйинчоқларни синдириш учун хизмат қилади.

***

25. Банан тамойили:

Агар хом банан харид қилган бўлсангиз, улар пишгунича тугаб қолади. Агар пишганини олсангиз, егунингизча қорайиб, яроқсиз бўлиб қолади.

Тўпловчи: Худойберди. КОМИЛОВ

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#kun_tarixi
☘️Bugun, 12-aprel – Xalqaro inson koinotga uchgan kun

BMT Bosh assambleyasi 12-aprelni insonning koinotga parvoz qilgan kuni xalqaro bayrami sifatida nishonlash haqida qaror chiqardi.
Kosmosni faqat tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish kerakligi alohida qayd etib o‘tildi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#mulohaza

Suratda silindr bir tomondan kvadrat, boshqa tomondan esa doira shaklida koʻrinishi mumkinligi tasvirlangan.

Hayotda ham shunday: voqelik turli rakurslardan turlicha koʻrinishi mumkin. Biz koʻrib turgan haqiqat asl voqelikning maʼlum bir qismigina boʻlib chiqadi.

Ayniqsa bugun ijtimoiy tarmoqlarda voqealarni, gaplarni turlicha talqin qilish oson ish boʻlib qoldi.

Shu sababli oʻzingiz koʻrayotgan hamma narsaga ham mutlaq ishonavermang. Siz koʻrayotgan kvadrat aslida silindr boʻlib chiqishi mumkin.

/channel/toshkent_vohasi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⭕️⭕️⭕️

❗️Firibgarlar yaqinlaringiz ovozida qoʻngʻiroq qilishmoqda!

Soʻnggi kunlarda Toshkent viloyati hududida, fuqarolarga telefon orqali biror yaqin kishisi ovozida qoʻngʻiroq qilib, baxtsiz hodisa roʻy berganligini aytib aldov yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirishga urinishlar aniqlanmoqda!

Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Agar sizga nomaʼlum shaxslar qoʻngʻiroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi boʻlganligini aytib, shoshilinch pul talab qilishsa ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Ogoh boʻling! Firibgarlarning yangi nayrangiga aldanib qolmang!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi

Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:

🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;

🔹11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );

🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

"Bu ulkan mahobat, qudrat qoshida musht kabi kichrayib qolgandi dunyo" — Erkin Bozorov ijrosida Amir Temur bobomizga bag’ishlangan she'r

Bugun 9-aprel, Sohibqiron bobomiz tavalludiga 688 yil to’ldi!

⏩ t.me/chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Temuriylar sulolasi

Movаrounnahr

Amir Temur (1370 - 1405)
Shohruh (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Maxmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yadigor Mohammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi Oz-Zamon (1506)

https://t.me/joinchat/AAAAAEb4IwEY2sXjNrt8kA

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Shimoliy Amerikada Quyoshning to‘liq tutilishi kuzatildi 🌞

Oy Quyoshni to‘liq qopladi va to‘rt daqiqa davomida osmon qorong‘ilashdi. Keyingi toʻliq tutilish 2026-yil 12-avgustda sodir boʻlishi bashorat (прогноз) qilinmoqda va unda shimoliy yarim sharning katta hududlarini qamrab olinadi.

Qayd qilinishicha, Quyosh tutilishi turizm uchun ajoyib voqea bo‘lgan. Tutilish kuzatiladigan hududlardagi mehmonxonalar va motellar 90 foizga band qilingan.

Siz ham shunday g'aroyib, astronomik holatni jonli guvohi bo'lganmisiz?

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

2024-yil 2-aprelda ,,Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar" kafedrasi oyligi doirasida biologiya fani òqituvchisi N.T. Fayziyeva boshchiligida Tabiiy fanlar yònalishi 1322-guruh òquvchilari CHDPU biologiya kafedrasiga ekskursiya uyushtirishdi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

IT ni o'rganish uchun ingliz tili kerakmi?

Kerak! Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz kattaroq butun dunyo bozorlarda ishlasangiz bo'ladi.

✅ Kod yozishlarda ham, mijozlar bilan ishlashda ham, programmalardan foydalanishda ingliz tilini bilgan dasturchi ingliz tilini bilmagan dasturchidan ancha oson va tez o'rganadi.

⚠️ Lekin biz bu bilan IT ni ingliz tilini bilmasdan o'rganmang demoqchi emasmiz, shunchaki ingliz tilini bilish afzaliyatini eslatib o'tmoqchimiz.


@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

6-aprel – Butunjahon stol tennisi kuni va Tinchlik va ezgulikni rivojlantirish yo’lida Xalqaro sport kuni 

Butunjahon stol tennisi kuni har yili 6 aprelda nishonlanadi. Bu stol tennisi sportini targ'ib qilish va uning afzalliklari to'g'risida xabardorlikni oshirishga bag'ishlangan kun. Stol tennisi-har qanday yoshdagi va mahorat darajasidagi odamlar zavqlanadigan mashhur yopiq sport turi. Shu kuni butun dunyo bo'ylab sportni nishonlash va ko'proq odamlarni ishtirok etishga undash uchun turli musobaqalar va tadbirlar tashkil etiladi. Bu stol tennisining qiziqarli va hayajonini namoyish etish va boshqalarni ushbu dinamik sport bilan shug'ullanishga ilhomlantirish uchun ajoyib imkoniyat.‌‌

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Karimov Komiljon Hamidovich Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari edi.

— Turdiqulova Shahloxon O‘tkurovna Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал