chdpial | Неотсортированное

Telegram-канал chdpial - 📚CHDPU Akademik litseyi

639

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Подписаться на канал

📚CHDPU Akademik litseyi

#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, педагогнинг касбий фаолиятига аралашиш, унинг фаолиятини асоссиз равишда текшириш, педагог томонидан таълим олувчиларнинг билимларини тўғри ва холис баҳолашга таъсир кўрсатиш, шунингдек унга ўз хизмат мажбуриятларини бажаришга тўсқинлик қилиш тақиқланади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Президент Янги Тошкент ҳудудида бир қатор таълим, маърифат ва маданият муассасалари қурилишини бошлаб берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#kun_tarixi

☘️Bugun, 4-aprel – Butunjahon internet kuni

🌐Internet saytlarining 25 foizdan ortigʻi ingliz tilida yuritiladi.

✔️Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#cefr

Hurmatli 2-bosqich o'quvchilari!

Barchaga ma'lumki, akademik liysey 2-bosqich o'quvchilariga prezidentimiz qaroriga muvofiq ingliz tilidan bepul CEFR imtihoni topshirish imkoniyati berilgan. Imtihon aprel oyida rejalashtirilgan.

Imkoniyatdan foydalanish istagini bildirganlar guruh rahbaringizga uchrang.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

“Ustoz – komillikka eltuvchi nur!”


“Ustoz” loyihasining navbatdagi mehmoni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, OʻzFA akademigi Shuhrat Sirojiddinov.
______

«Наставник– это свет, направляющий нас к совершенству!»


Очередной гость проекта «Устоз» – Шухрат Сироджиддинов, ректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, академик АН РУз.

#ustoz #qadam #menustozman #mulohaza

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktaranti Bakirov Begzod Mashrabboyevich tomonidan so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlarining salbiy oqibatlari hamda turli mafkuraviy qarashlar to‘g‘risida o‘ziga xos ma’ruza qilinib, bunday salbiy oqimlarga ko‘r-ko‘rona ergashgan yoshlarning ayanchli taqdiri misollar yordamida tushuntirildi. "Shukronalik" va "Adashganlar" taqdiri nomli video rolik qo'yib berildi.
Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tamonidan atroflicha javob berildi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fanni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlash imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Navroʻzi_olam

Joriy yilning 30-mart kuni CHDPU akademik litseyida "Olam nurga toʻlsin sen bilan Navroʻz!" shiori ostida bayram-tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

💐 Yurtimiz bo‘ylab yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Navro‘zi olam shukuhi kezmoqda.
✅Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti ijrochi deirektori v.b D.U.Zakirov so'zga chiqib, barchani yangilanish va yasharish bayrami bilan muborakbod etdi.
✅Tadbirga go'zal kuy-qo'shiqlar, xalq laparlari va milliy raqslar o'zgacha shukuh baxsh etdi. Xalq milliy o'yinlaridan hisoblangan arqon tortishda o'quvchilar zavqu shavq bilan ishtirok etishdi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi rahbar pedagok hodimlari hamda o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

/channel/chdpialchess

☝️CHDPU akademik litseyi "Shaxmat" to'garagi kanaliga a'zo bo'ling.
To'garak rahbari Zulfikarov Djuraboy
tel: +99893-7119877

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

BMT Bosh Assambleyasi sun’iy intellekt bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashni global tartibga solish bo‘yicha birinchi rezolyutsiyani qabul qildi.

«Barqaror rivojlanish uchun suniy intelektning xavfsiz, himoyalangan va ishonchli tizimlaridan foydalanish» bo‘yicha hujjat AQSH tomonidan ishlab chiqilgan va 120 davlat unga hammualliflik qildi.

AQSHning BMT dagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildning qayd etishicha, dunyo mamlakatlari “sun’iy intellektni boshqarishga va u odamlarni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi”.

U shuningdek, sun’iy intelektning ko‘lami kengayishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar barchaga birdek taaluqli bo‘lishini ta’kidladi.

13-mart kuni esa Yevropa parlamenti (YeP) sun’iy intellektdan (SI) foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi ilk qonunni ma’qulladi. Hujjatni 523 kishi ma’qulladi, 46 nafari qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 49 nafari betaraf qolgan.

Tashabbusning maqsadi — “asosiy huquqlar, demokratiya, qonun ustuvorligi va ekologik barqarorlikni yuqori xavfli sun’iy intellektdan himoya qilish, shuningdek, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va Yevropani bu sohada yetakchi qilishdir”, deyiladi YeP xabarida.

Oq uy “Suniy intellekt sohasidagi huquqlar to’g’risida konsepsiya”ni (“Blueprint for an AI Bill of Rights”) qabul qildi, bu esa jamiyatni SI bilan bog’liq tahdidlardan himoya qiluvchi, sun’iy intellektning ishlab chiqilishi va joriy etilishi jarayonida texnologiyalarni javobgarlik bilan inson huquqlariga hurmat bilan foydalanishga yordam berish uchun mo’ljallangan.

@pulatov_kh

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

2024-yil 1-may kuni "Xorijiy tillar" kafedrasining fan oyligi munosabati bilan "Speech contest" o'tkaziladi. Har bir guruhdan istalgan ishtirokchi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarni 26-mart kuni soat 12:35 da ingliz tili fani o'qituvchisi M.T.Nazirovaga uchrashishlari so'raladi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

25 март куни электр энергиясини бир соатга ўчиринг!

Экология вазирлиги ташаббуси билан юртимизда 25 март “Ер соати” куни муносабати билан махсус акция ўтказилади.

Шу куни сайёрамизга ғамхўрлик қилиш, табиий ресурсларни асраш мақсадида барча давлат ташкилотларида электр жиҳозлари бир соатга ўчирилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahalladagi yoshlar yetakchisiga qo'shimcha vazifalar yuklatiladi


“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatiladi:

🔹mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

🔹mahallalarda mavjud bo'lgan futbol bo'yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;

🔹mahallada futbol bo'yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

🔹mahalla yoshlarining futbol bilan shug'ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo'yicha sport-ta'lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish;

🔹mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta'lim muassasalariga yo'naltirib borish;

🔹mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta'minlash va mahalla terma jamoalariga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Eslatma! CEFR sertifikati uchun akademik litsey bitiruvchilari ishtirokidagi imtihonlarga ro'yxatdan o'tish muddati 6-aprelga qadar ekanligini eslatib o'tamiz. Litseyda o'quv bo'limi va ingliz tili fan ustozlari ro'yxatdan o'tishga yordam beradilar. Imtihonlar 20 aprelga rejalashtirilgan.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#kun_hikmati

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.
Arastu(Aristotel)

📖Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.
✍🏻Imom al-Buxoriy

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

CHDPU akademik litseyi psixologi Boboyeva Shaxnozaga murojaat qilishingiz mumkin.

✅Sizni xavotirga solayotgan va siz o'zgartirishni istayotgan hayotingizdagi har bir vaziyat, maqsadlaringizga erishish yo'llari kabi savollarga.
✅Hayotingizda, oilangizda, munosabatlarda, har bir vaziyat sababini tushunish va anglash.
✅O'zini shaxs sifatida mavjud bo'lgan yo'llarini ko'ra olish, munosabatlar

@psixolog_18_2
👇👇👇

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

DIQQAT!
CHDPU AKADEMIK LITSEYI IJROCHI DIREKTORIGA MUROJAAT!

Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Zakirov Doniyor Utkirovich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.

Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi ijrochi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!

LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUHMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Toshkent shahridagi Vebster universiteti (AQSh) 2024-2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ochiq deb e‘lon qildi

O‘zbekistondagi AQSh universiteti talabasi bo‘lishni istaganlar uchun Vebster universiteti o‘zining bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi:

Bakalavr dasturlari - Batafsil

Yo‘nalishlar:

🔹 Biznes boshqaruvi;
🔹 Kompyuter fanlari;
🔹 Xalqaro aloqalar;
🔹 Iqtisodiyot;
🔹 Mediashunoslik;
🔹 Axborot tizimlari boshqaruvi;
🔹 Ta’lim (pedagogika).

Magistr dasturlari - Batafsil

Mutaxassisliklar:

🔹 Biznes
🔹 Ta’lim va innovatsiya;
🔹 Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish;
🔹 Sog’liqni saqlash boshqaruvi.

Hujjatlaringizni 31-iyulgacha onlayn tarzda topshiring. Arizalar 14 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Tanlov komissiyasining qarori elektron pochta orqali yuboriladi.

📞 Telefon: +998712413300
(Litsenziya №038901 15.09.2022 y.)

Sayt | Telegram | Instagram | Virtual tur | Reklama

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq zarur!

Ma’lumki, hozirda respublikamizning barcha davlat va jamoat tashkilotlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, CHDPU akademik litseyida  “Jaholatga qarshi ma’rifat” shior ostida 3-aprel kuni  litsey  rahbariyati hamda talabalar ishtirokida navbatdagi ma’rifiy - ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Elektromagnit induksiya hodisasi kashf etilmaganida nima boʻlar edi?

Buyuk kashfiyot sohibi Faradeyga rahmat ! ☺️

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

​​​​⚡️ OʻQITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga ta'lim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-"Darsimda pashsha uchsa bilinadi"-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

--Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas'uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini "tashlab" yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uning-ku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz--ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda a'lochi bo'lishlari uchun ko'mak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat ta'lim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta'lim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra,shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Kinotavsiya: Sotsial dilemma

Farzandlaringiz elektron qurilmalar, gadjet, ijtimoiy tarmoqlarga haddan ortiq bog'lanib qolganmi?

Hurmatli ota-onalar, agar javobingiz "ha" bo'lsa, ushbu hujjatli filmni ko'rishingiz shart. Farzandlaringiz bilan birga ko’rsangiz, yanada yaxshi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#ustoz

Ustozga hurmatsizlik bevosita otaga, onaga hurmatsizlik bo‘ladi

"Ustoz" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi" "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev.

@otabek_khasanov

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Shaxmat so'zining ma'nosini bilasizmi?

Shaxmat qadimiy o'yin turlaridan biri sanaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashgan.
Shaxmat so'zi forschadan olingan bo'lib, شاه مات, shoh mot — ya'ni „shoh oʻldi“ degan ma'noni anglatadi. U ikki kishilik mantiqiy oʻyin hisoblanib, oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilishdir.
Oʻzbekistonda ham shaxmat o'yini chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1—2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida 7—8-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan.

Chirchiq pedagogika universiteti akademik litseyi to'garak rahbari Zulfiqorov Jo'rabay Yo'ldashbayevich tomonidan o'quvchi va shaxmatga qiziquvchilar uchun "Shaxmat olamiga birinchi qadam" nomli o'quv qo'llanmalar, hamda shaxmat to'garagiga qiziquvchilar +99893-711-98-77 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

/channel/chdpialchess

☝️CHDPU akademik litseyi "Shaxmat" to'garagi.
To'garak rahbari Zulfikarov Djuraboy
tel: +99893-7119877

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz shu yilning o'zida 1 million kitobxonlarga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda "kitobxon millat"ga aylanish nasib qilsin.

Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling:

Play Market | App Store

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

2024-yil 22-aprel kuni "Xorijiy tillar" kafedrasi haftaligi doirasida "Intercultural day" o'tkaziladi.

Har bir o'quv guruh 4 kishidan iborat jamoa tashkil etadi va biron davlat haqida taqdimot tayyorlaydi. Taqdimot haqida to'liq ma'lumot olish uchun jamoa sardorini ingliz tili fani o'qituvchisi M.T.Nazirovaga 25-mart kuni soat 12:35 da uchrashishlari so'raladi.
(121-o'quv xonasi)

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

TARBIYA

Qadimda  uch mergan ustoz oralarida kim ta’lim berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan. Birinchi ustoz shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap  beribdi. Ikkinchi ustoz otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi. Uchinchi ustozning shogirdi qancha majburlashmasin ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi. Shunda xolis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi. Qolgan ikki ustoz norozi bo‘lib:
- Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku!-debdi.
- To‘g‘ri, - debdi hakam - lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…

P.S. Unutmang, ma’naviy tarbiya jismoniy tarbiyadan ustundir.

Ota-onasi va ustozini e’zozlagan inson yuksalishi muqarrar!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Abdulla Oripovni xotirlab

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston madhiyasining so‘zlari muallifi Abdulla Oripovning tug‘ilgan kuni!

Ustoz shoirimiz agar hayot bo‘lganlarida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.

“Kechki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim she’rlarini joylamoqchiman. Videolardagi she’rlarni shoirning o‘zi o‘qigan.

#kechki_mutolaa

TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

SALOM-ALIK

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko‘ksimni ortiq keribman.
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug‘, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.

LO‘TTIBOZ

Vijdonli odamlar ortgani sayin,
Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar.
Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin,
Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.

Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi,
O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga.
Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi,
Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga.

IKKI SHOIR

Bir shoir arz etdi ikkinchisiga:
— Do‘stim, shoirlikdan endi voz kechgum!
Qancha intilmayin xalqning ichiga,
She’rimni o‘qimas, o‘qimas hech kim.

Ikkinchisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan ko‘ra.
Xalq-ku o‘qimasdi meni ham, endi
O‘zim ham o‘qimay qo‘yganman, jo‘ra.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал