chdpial | Неотсортированное

Telegram-канал chdpial - 📚CHDPU Akademik litseyi

639

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Подписаться на канал

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️Бугун шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур 1483 йил 14 февралда таваллуд топган.

Ҳар кимки, вафо қилса, вафо топқусидир,
Ҳар кимки, жафо қилса, жафо топқусидир,
Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар кимки, ёмон бўлса, жазо топқусидир!

👉 @chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Пазылова Айнур учащаяся группы 1622 "Зарубежная филология" участвовала в МЕЖДУНАРОДНОМ КОНКУРСЕ ЭССЕ IMMERSE EDUCATION ЕSSAY COMPETITION 2024 и получила частичную стипендию, которая дает право на обучение в онлайн или очных программах таких университетов как Кембридж, Оксфорд, Лондон, Сидней, Торонто, Нью-Йорк и Сан-Франциско по направлению "Английская Литература"

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Учащаяся группы 16/22 «ЗФ» Академического лицея ЧГПУ Велиева Роксана

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Амал_қилинг

☑️ Қонунчиликка кўра, ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик 340 минг сўмдан 1 млн 700 минг сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.

❗️Шунингдек, болаларнинг мажбурий умумий ўрта таълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими олишига ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан тўсқинлик қилиш БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача (3 млн 400 минг сўмдан 5 млн 100 минг сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

✅Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi jamoasi, 12-23 guruh o'quvchi-yoshlari va pedagog o'qituvchilari

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

✅ Bugun 9-fevral kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy xiyobonida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida so‘z mulkining sultoni, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda mamlakatimiz ilm-fan va san'at namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✅Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi jamoasi, 12-23 guruh o'quvchi-yoshlari ham mutasaddi tashkilotlar bilan bir qatorda ushbu tantanali tadbirda qatnashib, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi hamda hurmat bajo keltirdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#ehtirom

SOʻZ MULKINING SULTONIGA EHTIROM


Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy xiyobonida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Davron Xidoyatov va barcha sektor rahbarlari, qator tashkilot, idoralar jamoalari, ta’lim muassasalari, ijod ahli hamda yoshlar qatnashib, ulug‘ shoir siymosi poyiga gullar qo‘yishdi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashgan O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati bo’limi rahbari Sayyora Fayziyevalar benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, ibratli hayot yo‘li, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Endilikda IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF-34-son, 07.02.2024-y.) imzolandi.

✅ Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi (ilgari 2 yil edi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Alisher_Navoiy_va_Mirzo_Bobur_tavalludiga_bağishlanadi

🛑🛑Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyining oʻqituvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan videorolik🛑🛑
#Alisher_Navoiy_583_yilligi
#Mirzo_Bobur_541_yilligi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Gʻurbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.


Assalomu alaykum! Bugun 9 fevral, O‘zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

1423-guruh o'quvchisi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#583_yillik

🇺🇿 9-fevral – buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

________
🇷🇺 9 февраля – день рождения великого мыслителя и государственного деятеля Алишера Навои

________
🇺🇸 9 February - birthday of the great thinker and statesman Alisher Navoi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasi shuning o‘zi baxt!

Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.

Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – Ona mehri!

O‘tkir Hoshimov,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
(
1941-2013 yy.)

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#qizlar_forumi
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov qizlar forumiga yig‘ilgan talaba-qizlar bilan muloqot qildi


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #Forum #Форум #Forum

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Мутасаддиларга “мактаб – ота-она – маҳалла” занжири асосида электрон мулоқот платформасини ишга тушириш топширилди.

Ёшлар ўртасида оммалашган ижтимоий тармоқларни таҳлил қилиб, уларнинг зарарли таъсиридан ҳимоялаш ва ижобий томонидан фойдаланиш бўйича ота-оналар ва ўқувчиларга содда тилда қўлланмалар яратиш муҳимлиги қайд этилди.

Шунингдек, мактабга мослашиш ва китобни севишга ўргатиш, яхши хулқли бўлиш, атрофидагилар билан мулоқот қилишни ўрганиш ва билим олишга кучли иштиёқни шакллантириш, касб танлаш, жамиятга мослашиш, катта ҳаётга қадам қўйишда фарзандларга қандай йўл-йўриқ бериш зарур, деган саволлар юзасидан ота-оналар учун халқчил тилда материаллар тайёрланади.

Юқорида айтилган ташаббуслар амалиётда йўлга қўйилса, ота-онада масъулият, ўқитувчида мажбурият, ўқувчида ишонч, таълим ва тарбияда сифат, маҳаллада эса назорат бўлади”,

- деди давлатимиз раҳбари.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

​​AIning oʻzbekchasi nima?

Oxirgi besh yilda kompyuterlar biz bilan suhbatlashadigan, xuddi odamday fikrlaydigan, xulosalar qiladigan darajaga yetdi. Bu qobiliyatdan hozir turli sohalarda foydalanilyapti. Uni inglizlar AI deb ataydi. AI inglizcha artificial intelligence birikmasining qisqartmasi. Xoʻsh, bu birikmani oʻzbekchada qanday atash kerak?

Artificial soʻzi sunʼiy, yasalgan, yasama kabi maʼnolarga ega. Intelligence esa koʻp maʼnoli soʻz, oʻrniga koʻra aql, idrok, fahm, intellekt, aqliy qobiliyat, tahlil, anglam, maʼlumot kabi mazmunda ishlatiladi.

Intelligence soʻzini ruslar intellekt deb oʻgirgan. Balki, shuning taʼsiridadir, artificial intelligence oʻzbekchada sunʼiy intellekt deb tarjima qilinyapti. Yaxshi variant. Bemalol ishlatish mumkin.

Lekin tilimizda undan-da mos soʻz bor: idrok. Intellekt kishining fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, zehnni anglatadi. Idrok esa tashqi dunyo voqea, hodisalarini bilish, tushunish qobiliyatini, zehn va fahm-farosatni bildiradi. Falsafada bevosita sezgi aʼzolariga taʼsir etayotgan obyektiv mavjudot, predmet va hodisalarning kishi ongidagi akslanishi maʼnosida qoʻllanadi. Bunda ongda aks etayotgan predmet va hodisalarning oldingi tajribalar asosida tushunilishini ham oʻz ichiga oladi. Bu izohlardan artificial intelligence birikmasi uchun idrok soʻzi koʻproq mosligi ayon boʻladi. Chunki u birikmadagi mazmun-mohiyatga koʻproq yaqin, uni koʻproq qamraydi.

Toʻgʻri, intellekt soʻzining intelligence bilan ildizi bir. Lekin tarjimada oʻgirilayotgan tildagi maʼno yuki birlamchi boʻlishi kerak. Oʻzbekchada idrokning maʼno qamrovi kengroq va iboraga mosroq.

📌 Demak, eng maqbul tarjima: sunʼiy idrok. Qisqartmasi: SI.

@oriftolib

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Қизларингизни чет тили ва АйТига ўқитинг! Уларга қўшимча имконият очадиган яна бир муҳим қадам қўйилди.

Бугун Халқаро илм-фан соҳасидаги хотин-қизлар кунида Президентимиз доим қизларимизни келгусида бахтли хаёт кечиришлари учун уларни ўқитиш муҳимлигини таъкидлаб келаётганликларини эслаб ўтиш муҳим. Зулфия мукофоти билан тақдирланувчилар орасига АйТи соҳасидагиларни ҳам қўшилгани ушбу йўналишда муҳим қадам бўлди. Айнан АйТи соҳасига ўқиш қизларимизга келгуси хаётларида янада кўпроқ имкониятлар очади, жумладан:

1) Мактабларни юқори синфида чет тили, математика ва бошқа STEAM фанларидан одатда қизларимиз аъло баҳоларга ўқишади, улар айнан АйТи йўналишларини танлашса ушбу йўналишлардаги Олий таълим муассасаларига қабул қилиниш имкониятлари кўпаяди;

2) Айнан АйТи ва масофавий хизматлар экспорти соҳасида нафақат чет элга, балки умуман ишхонага бормасдан туриб ҳам масофавий ишлаш мумкин. Бу эса, кўпроқ вақтини келгуси хаётида оиласи ва фарзанд тарбиясига бағишламоқчи бўлган аёлларимиз учун ҳам қулай имконият;

3) АйТи ва чет тилини билган аёлларимиз келгусида фарзандларини ҳам уйда ўзлари ушбу йўналишларга қизиқтиришлари ва ўқитишлари осонроқ бўлади.

Ва ниҳоят, бир қизни тарбияласа, миллат тарбияланади деган гап жуда тўғрилигини нафақат келгусидаги фарзандлар тарбиясида балки, оила қуриш жараёнидан бошлаб хаётни ўзи кўрсатади. АйТи ва чет тилини билган ҳамда бемалол юқори даромад топа оладиган қизга муносиб куёв бўлиш учун ўғил болларимиз ҳам янада яхшироқ билим олиб, ўзларини устиларида қаттиқроқ ишлашлари керак бўлади.

PS. Айтгандек, Technovation Girls 2024 га онлайн ариза топширишга жуда кам муддат қолди: /channel/mitcuz/12553

PPS. Юқорироқ сифатдаги видео: https://www.facebook.com/watch/?v=601901655462472

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Учащаяся группы 16/22 «ЗФ» Академического лицея ЧГПУ Велиева Роксана, учавствовала на олимпиаде по русскому языку и литературе в Московском Государственном университете им. М. В. Ломоносова (филиал г. Ташкента) и заняла первое место среди всех участников, и была награждена дипломом 1 степени. Администрация и педагогический состав лицея поздравляют Велиеву Роксану с призовым местом и желают дальнейших успехов и достижений!

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#bu_juda_qiziq

🔰ALISHERNING ONASI

Bilmam, qanday ayol bo‘lgan
Alisherning onasi.
Balki uning aqliga ham
Lol bo‘lgan zamonasi.

Balki uning ko‘zlarida
Bo‘lgan og‘ir bir xayol.
Balki g‘amgin bir zotdir u,
Balki sho‘xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo‘lmasin,
Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.

1968 yil
✍️Abdulla Oripov

TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISh UChUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING
👉
/channel/targibotmaterial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️Alisher Navoiyning oyligi qancha boʻlgan, u qanday shifoxonalar qurdirgan va aksar boyligini qanday ishlarga sarflagan? Tarixchi Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidi” risolasida qayd etilishicha, Alisher Navoiyning bir yillik daromadi 18 ming “shohruhiy” dinorga teng boʻlgan. Bundan tashqari, u otasidan meros boʻlib qolgan yer-suv, mol-mulkdan ham yaxshigina daromad olgan. U ushbu mablagʻning aksariyat qismini xayriya tadbirlariga, jumladan, qurilish va obodonlashtirish ishlariga sarflagan.

@insusambil

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Alisher Navoiyning asarlari butun insoniyat uchun buyuk ilm manbai, ulkan dasturul amaldir
#mutafakkirlarimiz

Shu kunlarda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov, Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirov (Mahmud Toir), universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

"Hazrat Alisher Navoiyning asarlari butun insoniyat uchun buyuk ilm manbai, ulkan dasturul amaldir. Navoiy ijodi hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lib, yoshlarga hayot haqiqatlarini anglashga, nozik insoniy tuyg‘ularni tushunishga ko‘maklashmoqda", dedi universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov.

Tadbirda mutafakkirning boy ma’naviy merosi, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar hamda g‘azallarining ilmiy talqini ishtirokchilar e’tiboriga etkazildi.

Talabalar Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalar mutolaa qildi. Buyuk shoir g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

📌/channel/tvchdpi2017

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Тарихга_назар

📚 АЛИШЕР НАВОИЙ
ҲАҚИДА 20 МАЪЛУМОТ


🔹1. Низомиддин Мир Алишер 1441 йилнинг 9 февралида Ҳиротнинг Боғи Давлатхона мавзейида, темурийлар хонадонига яқин бўлган давлат хизматчиси Ғиёсиддин Баҳодир оиласида таваллуд топган.

🔹2. Тарихчи Мирхонд «Равзатус-сафо» асарида ёзишича, Мир Алишернинг бобоси Амир Темурнинг ўғли Умаршайх билан эмикдош бўлган.

🔹3. Навоийнинг илмга бўлган иштиёқи эрта уйғониб, 4 ёшида мактабда таълим ола бошлаган.

🔹4. Навоий 7 ёшида Фаридиддин Атторнинг "Мантиқут-тайр" асарини ёддан билган.

🔹5. Мир Алишер 7 ёшида буюк муҳаддисимиз Бухорий ҳазратларининг олти мингдан зиёд ҳадиси шарифларини ёд билган.

🔹6. Мир Алишер 7-8 ёшларидан бошлаб ғазаллар ёза бошлаган.

🔹7. Алишер Навоий «муқарраби ҳазрати султоний» («султон ҳазратларининг энг яқин кишиси») деган унвонни олган. Унвон Навоийга давлатнинг барча ишларига аралашиш ҳуқуқини берган.

🔹8. Алишер Навоий ўн беш-ўн олти ёшларида ҳам туркий, ҳам форсийда ижод қиладиган “икки тилли” шоир сифатида танилган.

🔹9. Алишер Навоий ўсмирлик йилларида ўзи севган шоирларнинг 50 минг байтдан ортиқ шеърларини ёд билган.

🔹10. Алишер Навоий туркий тилда ёзган шеърларига Навоий, форсий тилдаги шеърларига Фоний деб тахаллус қўяди. Шоирнинг форсий шеърлар тўплами “Девони Фоний” деб номланган.

🔹11. Навоийнинг севгилиси сифатида тасвирланадиган “Гули” исми фақат халқ оғзаки ижодида, Навоий ҳақидаги ривоят ва афсоналарда учрайди холос. Бу ном Навоийнинг ҳаёти ҳақида маълумот берувчи ёзма манбаларнинг ҳеч бирида учрамайди.

🔹12. Навоий тахминан 18-19 ёшларида Абдураҳмон Жомий билан танишади. Жомий уни ҳам фарзанд, ҳам шогирд сифатида қадрлайди. Кейинчалик бу икки улуғ шоир ўртасидаги устоз ва шогирдлик муносабатлари янада мустаҳкамланиб, ижодий ҳамкорликка айланади.

🔹13. Самарқанд шаҳри Навоийнинг ҳаёти ва ижодида муҳим аҳамият касб этади. Алишер 1464 йилда Самарқандга келади ва бу ерда мадрасада таҳсил олиб, илм-фан, адабиёт ва санъат билан танишади.

🔹14. Навоий 1469 йилда дўсти Ҳусайн Бойқаронинг тахтга чиқиши муносабати билан 90 байтдан иборат “Ҳилолия” қасидасини ёзади (“ҳилол” – янги чиққан ой).

🔹15. Навоий ўз жамғармаси ҳисобидан Ҳиротда ва бутун Хуросон мамлакатида 300 дан ортиқ иншоотлар қурдирган.

🔹16. Алишер Навоий 16 та адабий жанрда ижод қилган.

🔹17. Навоий туркий тилдаги илк “Хамса"ни 2 йил давомида ёзади. Дунёнинг 64 тилига таржима қилинган бу асар 51 минг мисрадан ортиқ.

🔹18. Шоирнинг лирик мероси умумий ҳажми 50000 мисрадан ортиқ «Хазойинул-маоний» номли тўрт девон (1491—1498)га жамланган.

🔹19. Алишер Навоий 1501 йил 3 январда вафот этган. Уни дафн этиш чоғида майдалаб ёмғир ёғиб турган эди. Буни тарихчи Хондамир “ҳатто табиат ҳам мотам тутди” дея таърифлаган.

🔹20. Навоийнинг туркий тилни қайта тирилтириши маънавиятимиз учун улкан жасорати бўлган. Заҳириддин Муҳаммад Бобур «Туркий тил била то шеър айтибдурлар, ҳеч ким онча кўп ва хўб айтқон эмас», — деб ёзса, Ҳусайн Бойқаро «Мир Алишер турк тилининг ўлик жасадиға Масиҳ нафаси ила жон ато этди» деб таъкидлаган.

📖 Telegram.me/IBRATLI
- Асл ибрат макони...

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to‘ldi

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy — 1441-yil Hirot shahrida tug‘ilgan. Buyuk mutafakkir o‘zining ijodi bilan xalqning madaniy, ma’rifiy va ilmiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.

Alisher Navoiy ulug‘ o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida ishlangan Alisher Navoiy ijodidan bir g‘azal tahlilini taqdim etamiz.

Siz-chi? Alisher Navoiyning qaysi g‘azallarini yod olgansiz?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

📅 KUN KISHISI 📅

ALISHER NAVOIY (1441-yilning 9-fevralida tug'ilgan, vafoti 1501-yilning 3-yanvari) - ulug' o'zbek va turkiy xalqlar shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Sharqda "Nizomaddin" (din va millat nizomi) unvoni bilan ulug'langan.🇺🇿🖌📖

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

# results

Congratulations!!!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

O'quvchi yoshlarni ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Buyuk davlat arbobi va ma'naviyatimiz gultoji Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583 yilligi va Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ustoz va o'quvchi yoshlari O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi O’quv Jarayonini ta’minlash Bazasi 14299 harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#tavsiya
#abituriyent2024

⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan diagnostik test sinovlari (mock exam) vaqtlari e’lon qilindi


Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Natijangiz siz ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuboriladi.

📌Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Коллеж, техникум ва олийгоҳларни узвий боғлайдиган янги тизим жорий қилинади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Подписаться на канал