Бугун Бўстонлиқ туманида Тошкент вилояти ҳокимлиги, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, “UzReport” телеканали ва “Туронбанк” томонидан халқимизнинг суюкли фарзанди, Ўзбекистон Қаҳрамони ва халқ шоири Эркин Воҳидовнинг ижодига бағишланган адабий фестиваль ташкил этилди.
Буюк шоирнинг бетакрор ижодини хотирлаш ва кенг тарғиб қилиш, шу орқали ёшларни адабиётимизга бўлган меҳрини ошириш ва ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган ушбу тадбирда Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг фестиваль қатнашчиларига табригини ўқиб эшиттирдим.
Давлатимиз раҳбарининг қутловида, жумладан,
"мен Эркин Воҳидовдек серқирра истеъдод эгаси, ҳақиқий ватанпарвар ва миллатпарвар инсон билан замондош ва маслакдош бўлиб яшаш насиб этганидан бахтиёрман",
⚡️Kitob o‘qing va 100 million so'm egasiga aylaning!
“Yosh kitobxon oila” tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun atigi 10 kun qoldi.
📝Hoziroq @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
@alisher_sadullaev
DIQQAT!
CHDPU AKADEMIK LITSEYI IJROCHI DIREKTORIGA MUROJAAT!
Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Zakirov Doniyor Utkirovich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.
Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi ijrochi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!
Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!
LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUHMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!
🏢#ChDPU_akademik_litseyida_“Kitobxonlik haftaligi”
21- may "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan joriy yilning 17-may kuni ChDPU akademik litseyida to'rtinchi tashabbus doirasidagi kitobxonlikni keng targ'ib qilishga bag'ishlangan "PSIXOLOGIK TRENING yoxud ILM OLISH SIRLARI" mavzusida seminar trening ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Seminar-trening davomida akademik litsey o'quvchilari, yoshlar yetakchisi hamda Axborot-kutubxona markazi kutubxonachilari faol qatnashdi. O'quvchilar tadbir davomida ilm olish sirlari, xotirani mustahkamlash kabi ko'nikmalarni o'rganishdi.
Seminar-trening so'ngida akademik litseyning Axborot-kutubxona markazida uzoq yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan kutubxonachi X.B.Axrolovaga tashakkur tariqasida sovg'alar taqdim qilindi.
@chdpial
Maths contest
2024-yil 16-may sanasida "Xorijiy tillar" kafedrasi fan oyligi doirasıda ingliz tili fani o'qituvchilari Z. Sarmanova hamda S. Yuldashevalar tomonidan tadbir o'tkazildi. Tadbir "Maths contest " deb nomlanib, unda ChDPU akademik litseyi "Aniq fanlar" yo'nalishi 1023-guruhi va 1123-guruhlari İngliz tilida matematika faniga oid turli shartlarni bajarib, musobaqalashdilar. Musobaqa hayajonli daqiqalarga boy bo'ldi. Natijalarga ko'ra har ikki guruh jamoalari bir xil ball to'pladi.
@chdpial
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15-may — Xalqaro oila kuni
Dunyoning koʻplab mamlakatlarida 1994-yildan beri 15-may — “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda.
Oila jamiyatning kichik boʻgʻinidir. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad ham oilaning ko‘plab muammolariga davlat va jamoatchilikni jalb etishdan iboratdir.
Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Azizlar, oilangizni qadriga yeting.
@chdpial
#videochallenge
Students of group 1423 joined the videochallenge "I can speak English".
Watch and enjoy it!😊🤩
@chdpial
Магнусни фақатгина Нодирбек шундай сакрата олади!
Нодирбек Абдусатторов яна бир бор Магнус Карлсенни мағлуб этди!
Польшадаги Superbet Poland 2024 турнирида фарзинни бой бериб қўйганидан кейин норвегиялик гроссмейстернинг асаблари дош бермади.
Videochallenge "I can speak English" 😊😊😊
Who will join this videochallenge?
We will be delighted to see your speaking abilities.
@chdpial
#live #matbuot_anjumani
⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.
Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
2024-yil 7-may kuni "Xorijiy tillar" kafedrasi oyligi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universitetining "Nemis tili" kafedrasi professor o'qituvchilari, jumladan Z.A.Shirnazarova, M.A.Usmonxodjayeva,Z .I.Shabidinova , Z. R. Zaripova hamda akademik litseyning nemis tili fani o'qituvchilari V.Abdazova, B.Anarboyev, H.Mamadiyorova boshchiligida o'quvchilar uchun "Hallo Deutschland" mavzusida seminar o'tkazildi. Seminar ishtirokchilari Germaniyadagi ta'lim tizimi, madaniyati, urf-odatlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Nemis tili kafedrasi o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha Falsafa Doktori (PhD) Shirnazarova Zamira Alloberdiyevna "Nemis tili" kafedrasi haqida ma'lumot berib o'tdi.
@chdpial
⚡️Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
—
На презентации у Президента Шавката Мирзиёева обсуждены предложения по оптимизации направлений обучения в высшем образовании, совершенствованию систем приема и квалификации.
Bizni kuzating
"IQuiz"ning ikkinchi o'yinidagi CHDPU akademik litseyi jamoasi.
😊Jamoamizga keyingi o'yinlarda xam yuqori natijalar bilan zafarlar tilaymiz.
@chdpial
#_XDP
#_Yosh_siyosatchi_2024
Joriy yilning 21 may kuni O‘zXDP Chirchiq shahar kengashi tomonidan Chirchiq davlat Pedagogika Universitetida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida jamiyatimizda yoshlarni munosib o‘rinni egallashi maqsadida partiya tomonidan ishlab chiqilgan Nizom asosida "Yosh siyosatchi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rik-tanlovda partiyaning faol yoshlaridan 5 nafari ishtirok etib, ular o‘zlarining intellektual salohiyati, iqtidori, bilimlarini namoyish etib bellashdilar.
Fahrli 1-o‘rinni Tibbiyot kolleji yoshlar yetakchisi X. Murtozayeva, 2- o‘rinni Akademik litsey o‘quvchisi D. Jovliyev, 3-o‘rinni kasb-hunar maktabi o‘quvchisi S. Shoyusupova egalladilar.
Tadbirda O‘zbekiston Halq demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengash rayisi o'rinbosri A.Sadikov ishtirok etdi.
Ularga partiya tomonidan diplom, fahriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi
🗓 21-MAY — O‘ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILAR KUNI
2019-yildan buyon O‘zbekistonda 21-may Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Ushbu qonun qabul qilinishining maqsadi va vazifasi - axborot-kutubxona tizimi xodimlarini rag‘batlantirish, ushbu kasb nufuzini oshirish, kutubxonachilik ishiga yosh taraqqiyparvar kadrlarni jalb qilishdan iborat.
Kutubxonachi - asrlarning barcha hikmatlarini qo'lida ushlab turadigan odam. U kitoblarni tartiblaydi, raqamlaydi, xavfsizligini nazorat qiladi va so'rov bo'yicha chiqaradi. U kitobxonlar qalbiga ziyo tarqatadi.
Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yishga hissa qo‘shayotgan barcha zahmatkash kutubxonachilarni kasb bayrami bilan qutlaymiz!
@chdpial
🗓 18-MAY — XALQARO MUZEYLAR KUNI
Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Uni nishonlash to‘g‘risidagi qaror 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.
Bundan asosiy maqsad shuki, tarixni chuqur oʻrganish barobarida, undagi kamchiliklarni kelajakda takrorlamasdan, toʻgʻri xulosa chiqarish va ajdodlarimizni yod etish.
18-may kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL. Albatta tashrif buyuring!
➖•➖•➖•➖•➖•➖•➖•➖•➖•➖
🗓 18 МАЯ-МЕЖДУНАРОДНЫЙ ДЕНЬ МУЗЕЕВ
Ежегодно 18 мая более 150 стран мира отмечают Международный день музеев. Решение о его праздновании было принято в 1977 году на очередном заседании Международного совета музеев.
Основная цель состоит в том, чтобы сделать правильные выводы и увековечить память наших предков, не повторяя в будущем недостатки, равные глубокому изучению истории.
18 мая вход во все государственные музеи БЕСПЛАТНЫЙ. Обязательно посетите!
Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
⏩ t.me/chdpial
Kuni kecha natijalari e'lon qilingan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalariga ko'ra yuqori natijalarga erishgan o'quvchilarimizni chin dildan tabriklaymiz. Ular orasida C 1 darajadagi sertifikat egalarining ham borligi bizni quvontiradi.
Barchangizga kelajakda ham yutuqlaringiz bardavom bo'lishini tilab qolamiz.
Barakalla!😊👏👏👏
Kitobxonlik tanlovi
2024-yil 5-may kuni AKM da "Javondagi javohirim" mavzusida kitobxonlik ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Ko'rik tanlovda 14-23 guruhining "Bookworms", 13-23-guruhining "Zullisonayn", 15-22-guruhining "Alkimyogar", 12-22 guruhining "Ko'hinur", 12-23-guruhining "Gumanitar" jamoalari qatnashdilar. Natijalarga ko'ra 1423-guruh 1-o'rinni, 1522-guruh 2-o'rinni, 1323-guruh 3-o'rinni egallashdi.
@chdpial
"Мен 25 йиллик стажим билан 3 миллион сўм маош оламан, қанақасига 11-синф ўғлим 7 миллион маош оляпти деб сўрашарди..."
Ўзбекистоннинг энг чекка ҳудудларида яшайдиган имконияти чекланган оилаларнинг фарзандларини дунёнинг етакчи Google, Microsoft ва Amazon каби компанияларига бепул ўқитиб, ишга жойлайдиган академия ҳақида эшитганмисиз?
7-8 йил аввал фаолият бошлаган MAAB Innovation компанияси бугун Business intelligence (BI) йўналишида фаолият юритади ҳамда мутахассислар тайёрлайди.
"Фаолият бошлаган илк кезларимизда Ўзбекистонда BI бўйича мутахассислар умуман бўлмаган. Шунда мактабларнинг битирувчи синфларида ўқиётган иқтидорли ўқувчиларни топиб, уларни бепул тайёрлаб, ишга олишга қарор қилганмиз. Бошида ота-оналар бу ташаббусимизга жиддий шубҳалар билан қарашган. Фаолиятимизни синчиклаб кузатишган. Лекин бугун бизда ўқиб, ота-онаси олдида туриб, оиласига даромад олиб кираётган мактаб ўқувчилари бор"
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.
Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.
✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
/channel/xushnudbek/20721
👉 @xushnudbek 👈
#backstage
Ma'lumingizkim, hozirda litseyimizda "Xorijiy tillar" kafedrasi oyligi hukm surmoqda. Ushbu fan oyligida nafaqat o'quvchilar,balki rahbar xodimlar va o'qituvchilar ham faol ishtirok etishmoqda.
Ushbu oylik doirasida turli ochiq darslar, rangbarang videochelenjlar,qiziqarli tanlovlar, dramatik namoyishlar, sermahsul seminarlar va zavqli ekskursiyalar tashkillashtirildi.
Enjoy the month with us!😊
@chdpial
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.
Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
— oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
2024-yil 8-may kuni "Xorijiy tillar" kafedrasi oyligi doirasida ingliz tili fani o'qituvchisi K.Z.Mirzadiyorova boshchiligida 1-bosqich guruhlari o'rtasida "Running dictation" musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada o'quvchilar turli topshiriqlarni bajarishdi. Musobaqaning o'ziga xos jihati shunda bo'ldiki, o'quvchilarning nafaqat ingliz tilidagi bilimlari, shuningdek jismoniy tayyorgarliklari ham sinovdan o'tkazildi.
@chdpial
⚡️Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi
Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi.
Bizni kuzating
Dear students!
Speech contest will be held on May 6, 2024 during the 4th pair. (Room 114)
Slides are not required. Nevertheless, you may bring some photos or pictures if you wish.
Contestants present a three- to five- minute speech on any topic they choose.
Requirements for speech:
1. SPEECH DEVELOPMENT
2. EFFECTIVENESS
3. SPEECH VALUE
4.LANGUAGE
Total points for speech- 10 points
"IQuiz"ning ikkinchi o'yinidan videorolik😍
Mana shunday quvnoq, energiyaga boy atmosferada bo'lishni istasangiz "IQuiz"ning keyingi o'yinlarida sizni kutamiz!
O'yinlardagi qiziqarli,ajoyib videolarni instagram sahifamizga joylab boramiz, obuna bo'lishni unutmang🙂
| Telegram | Instagram |