Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Bugun juda muhim kun. 24-iyul. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarixda birinchi marta Olimpiada oʻyinlarida ishtirokini boshlamoqda. Butun dunyo eʼtibori ushbu musobaqaga — dunyoning eng muhim sport voqeasiga qaratilgan.
Bu noodatiy kun. Bu — gʻalaba tugʻilgan kun. Bu kunda millat yetakchisi tug'ilgan. Bugun — butun Oʻzbekiston xalqini birlashtiradigan kun!
Jamoamizga bugungi oʻyinda gʻalaba tilaymiz. Biz oʻzbekistonlikmiz va gʻalaba bizning qonimizda!
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, janob Prezident!
Читать полностью…⚡️Bu rasmni eslaydiganlar bormi?
Bizni Budapesht kutmoqda. Hayajon juda kuchli, endi biz Sentyabr oyida Vengriyaga amaldagi chempion mamlakat sifatida boramiz.
Qo'llab-quvvatlashingiz har doimgidan ham muhimroq.
⚡️Xo'jayli tumanida havo 42° issiq, olis mahallalarda ko'zi yonib turgan yoshlar harakatda.
Nurbek, bugun boks turnirida g'olib bo'lgan ekan, lekin qo'lqopi yirtilgan, eski ekan. Nurbekning formasi va rivojlanishi uchun qo'limizdan kelgan barcha yordamni beramiz.
Buyuk chempionlar aynan shunday qiyinchiliklar orqali ulg'ayishadi. Nurbek, senga yorqin kelajak tilab qolaman.
@alisher_sadullaev
⚡️Oramizda Qoraqalpog'iston va Xorazmlik yoshlar bormi?
Bugundan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi va keyinroq Xorazm viloyatlariga xizmat safarimiz boshlanadi.
Qaysi tuman/shaharlarga borishimizni, tadbirkorlik g'oyalaringiz yoki tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlashimizni xohlaysiz. Namuna ko'rsatgan yoshlar yetakchilari mahallalariga ham borish rejamizda bor.
O'zingiz yoki loyihangiz haqida izohlarda yozib qoldiring.
Futbol boʻyicha olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan #qonimdagalaba chellenji Oʻzbekistonda ommalashdi!
Suratga olingan videoroliklar soni 1000 tadan oshdi, internet va televideniyeda ushbu videolarni koʻrishlar soni esa 15 milliondan oshdi.
Videolar butun respublikadan va dunyoning boshqa davlatlaridan- Aftidan, barcha O‘zbekiston fuqarolari bu g‘oya ichida yashay boshladi va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashdi! Ushbu faktlarni va olingan videolar hajmini, shuningdek, Instagram’ga hali yuklashga ulgurmaganlarning so‘rovlarini inobatga olgan holda tashkilotchilar tanlovni 24-iyulgacha uzaytirishga qaror qilishdi.
🤝 Chellenjga siz ham qoʻshiling!
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun 2 ta yangilik e'lon qilmoqchiman, lekin avval bir savolga javob bersangiz.
Dunyoning qaysi nufuzli universitetida o'qishni orzu/reja qilgansiz?
Ertalabki "1000 kitob loyihasi haqida eshitganmisiz?" savoliga javob berib o'tsam.
"1000KITOB" loyihasining maqsadi – eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga o’girish va chop
etishdan iborat.
Batafsil: /channel/mingkitobuz
#muhim
Yoshlar o'rtasida matematikaga qiziqishni oshirish uchun nimalar qilish kerak?
Izohlarda takliflaringizni qoldiring. Takliflaringizdan kelib chiqib yangi loyihalar e'lon qilamiz.
Vaqt o'tishini qarang. Ko'z ochib yumguncha 30 yoshga ham yetdik. Bu imkoniyat uchun Yaratganga o'zi biladigan adadicha shukronalar aytaman. Tavallud kunim munosabati bilan samimiy tilaklar va tabrik yo'llagan barcha aka-uka, opa-singillarimga tashakkurim hamda ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ona vataniga xizmat qilish, insonlarga kerakli bo'lish hissi, Prezident jamoasida eng muhim sohalardan biri yoshlar taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish –sharafli vazifa. Bularning barchasiga faqat Siz – yoshlar bilangina erisha oldik.
Doim takrorlashdan charchamayman "muloqotga ochiqmiz, kelinglar yoshlar, eshigimiz ochiq".
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz korteji Farg’ona shahrida aholi turar joy massivlari tomonga yo’naldi.
@alisher_sadullaev
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va yoshlar o‘rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv davomida “Ibrat farzandlari“ loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbat o'tkazilib, fikrlar almashildi.
Viloyat hokimi yoshlarning taklif va muammolarini tinglab, chet tillarini yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish uchun mas’ullarga topshiriq berdi.
@alisher_sadullaev
Yana bir o'zbekistonlik jahon chempioni
Marsel Shayusupov Serbiyaning Belgrad shahrida imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o'rtasidagi jahon chempionatida klassik bahslarda chempion bo'ldi. Shu yo'nalishdagi 3-o'rin esa yana bir hamyurtimiz Sardor Turg'unboyevga nasib etdi.
Klassikada jahonda tengsiz deb topilgan Marsel blits bahslarida ham munosib ishtirok etib, bronza medallariga sazovor bo'ldi.
✊🏼Barakalla, yigitlar! Biz siz bilan faxrlanamiz!
@alisher_sadullaev
Aaaaaaaaa!
Goooooool!
Shomuuuuuuuurooooooodov!
⚡️Xorazm viloyati yoshlari bilan ochiq muloqotimiz bugun (24-iyul) 16:00da bo'lib o'tadi.
Urganch shahridagi yoshlar markaziga taklif va tashabbuslaringiz bilan kelishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Va'daga vafo. Qoraqalpog'istonda yuzlab yoshlar bilan muloqot va uchrashuvlar, yosh tadbirkorlar bilan fikrlar almashinuvi, lekin hammasidan Nurbek bilan uchrashuvimiz esda qolarli bo'ldi. Shu sababli chin ko'ngildan o'zimning ukamdek unga yaxshilik qilgim, kelajakda katta yutuqlarga erisha olishiga dalda bergim keldi.
Ishimizda tanqidlar yoki kamchiliklar bo'lishi tabiiy, lekin Nurbek kabi minglab yoshlarning hayoti o'zgarishi, ularning ko'zidagi ishonch hammasidan zavqliroq. Nurbek, kelajakda seni katta g'alabalar kutmoqda
@alisher_sadullaev
⚡️Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz bugun (22-iyul) 18:00da bo'lib o'tadi.
Nukus shahridagi, yoshlar markaziga taklif va tashabbuslaringiz bilan kelishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Xo'jayli tumaniga keldim, juda ta'sirli va esda qolarli voqea bo'ldi. Izohlarda rasmlarni qoldiraman, keyinroq video xabarda batafsil ko'rsangiz bo'ladi.
Читать полностью…Yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quchqarovich Quranboyev ishtirokida Top 100 Universitetlar oromgohining 1-bosqichi Bakalavr mavsumi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan “Top 100 Uni camp” loyihasi yoshlarga dunyoning Top 100 universitetlariga ariza topshirish jarayonlarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat eshiklarini ochadi.
Ochiq va samimiy suhbat davomida 2024-yilda abituriyentlar va bakalavr bitiruvchilari uchun tashkil qilingan ushbu oromgohning keyingi rejalari, chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonlari, qanday qilib to‘liq grantlar yutish va shu kabi mavzular bo‘yicha bepul video darsliklarini qamrab olgan maxsus o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha takliflar berildi.
@alisher_sadullaev
Juda koʻpchilik iqtidorli yoshlarimiz xorijda tahsil olishda oʻqish xarajatlarida qiynaladi. Ota-onalar ham farzandlaridan kam umid qilishmaydi albatta.
Xorijda oʻqishni istaydigan bilimli, salohiyatli yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o’ringa mo’ljallangan 2024-yildagi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilmoqda.
Arizalar qabuli 25-iyundan 25-iyulga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot.
@alisher_sadullaev
Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi raisi, akademik Oqil Umrzoqovich taklifiga binoan, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Abdurashidovich bilan hamkorlikda yoshlarimiz bilan samimiy suhbat qurdik
Uchrashuvda oliy ta’lim muassasasi prorektorlari, yosh olimlar, talabalar ishtirok etdi. Ular bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaa loyihasining foydalari, raqamli targ’ibot borasida boshlagan loyihalarimiz haqida suhbatlashdik.
Suhbatimiz davomida yoshlar muammolarini hal qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot ham bo‘ldi.
O’ylaymanki, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan masofani yanada yaqin qilishga, samimiy va noan’anaviy munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi.
@alisher_sadullaev
Abituriyentlardan Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) manziliga huquq faniga oid imtihonlarda ishlatilgan savollar yuzasidan menga yuzlab e'tirozlar kelib tushmoqda.
Ko'pchilik yoshlar izohlarda bu vaziyatga munosabat bildirishimni so'rashmoqda. Vaziyat yuzasidan shuni ta'kidlashim mumkinki, imtihondagi savollar yuzasidan BMBAga yoshlarning e'tirozlari yetkazildi. Shuningdek, BMBAdan e'tirozlarga adolatli yechim va aniq javob bilan bayonot berishlarini so'raymiz.
⚡️Matematikani yoshlar o'rtasida ommalashtirish bo'yicha yuzlab takliflar kelib tushdi. Shu sababli, biz ham iqtidorli yoshlar uchun, nafaqat matematika @iqtidorly loyihasini yo'lga qo'ydik. Maqsad katta, ilm-fan, texnologiya va olimpiadalarga oid tanlovlar orqali iqtidorli yoshlarni munosib rag'batlantirib borish, kelajakda ular bilan katta loyihalarni amalga oshirish.
Marhamat, loyihadagi ilk matematika tanlovida ishtirok eting @iqtidorly_bot
Kelgusi olimpiada qaysi fandan bo'lishini xohlar edingiz?
Yosh shaxmatchilarimiz natijalari yuqorilab bormoqda
Guldona Karimova - 18 yoshlilar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempioni (nizom bo'yicha G.Karimova WIM (ayollar o'rtasida xalqaro sport ustasi) unvonini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Muhiddin Madaminov Shvetsariyaning Biel shahrida bo'lib o'tayotgan Biel open turnirida rapid yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Barakalla, Guldona va Muhiddin. Kelgusi faoliyatlaringizda omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Fargʻona viloyatiga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
@alisher_sadullaev
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi qizg’in uchrashuvlarga boy boʻlmoqda ulardan:
• Delegatsiya a’zolari Lanjou investitsiya va savdo forumida ishtirok etib, unda Oʻzbekistondagi mahalla tizimi, "yettilik" faoliyati namoyish etildi;
• O‘zbekiston delegatsiyasi Butun Xitoy sanoat va savdo federatsiyasi, tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashdilar;
• Chjao Sinszu Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi;
• Lanjou investitsiya va savdo xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston pavilyoni bilan ishtirok etdi;
• Delegatsiya a’zolari Pekin shahridagi Oʻzbekiston elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashdilar. Dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan konstruktiv siyosat natijasida xorijiy davlatlarda ta'lim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar soni ortib bormoqda.
• Uchrashuv erkin, samimiy boʻlib oʻtdi. Vatandoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Muammolar oʻz vaqtida hal etilib, mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
Aziz do'stlar, bir masalada yordamingiz kerak.
O'zbekistonda salohiyatli (eng kuchli) yosh tadbirkor sifatida kimlarni bilasiz. Qaysi sohada? Qancha ishchi o'rni yaratgan? Istiqboli qanday?