⚡️“Ibrat farzandlari” Oxford universitetida
Yaqinda “Ibrat farzandlari” loyihasi Rustam Qoriyev va Iskandar Kamoldinov “Oxford” universitetida malaka oshirishga jo‘nab ketishgan edi, biz bilan shu kunlarda ajoyib yangiliklar bilan bo‘lishishdi.
Xususan, “Oxford” University press nashriyotining o‘sha mashhur “Headway” kitoblar to‘plami muallifi Liz Soars bilan uchrashib, keng hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, “Ibrat farzandlari” darslari va sertifikatini “Oxford“ bilan integratsiya qilgan holda tez kunlarda ilova foydalanuvchilariga “Oxford” sertifikatini taqdim etish.
“Oxford”da o‘qituvchilarini malakasini oshirish bo‘yicha yangicha formatda “Ibrat farzandlari” orqali pedagoglarga imkoniyatlarni kengaytirib borish.
Yana bir muhim jihati, “Oxford” nashriyoti bilan hamkorlik qilish.
Aziz yoshlar, albatta bular boshlanishidir. Siz ilm olish uchun harakatdan to‘xtamang, biz sizlarga imkoniyatlar qilib berishdan to‘xtamaymiz!
@alisher_sadullaev
Xullas, hammaga rahmat. Kitob o'qiyapsizlar ekan.
Endi “Mutolaa” ilovasida yana qanday qulayliklar boʻlishini istar edingiz?
“Mutolaa” ilovasi kundan-kunga rivojlanib, qulay platformaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, shu yaqin kunlarda qoʻshilgan funksiyalar kitobxonlarga yoqadi degan umiddamiz.
1. Audiokitoblarni “tovushbezakli” va “tovushbezaksiz” eshitish funksiyasi. Endi kitobni istasangiz musiqa va turli qoʻshimcha ovoz effektlari bilan yoki, istasangiz, faqat sof ovozda eshitishingiz mumkin.
2. Qidiruv va filtr funksiyalari qulaylashtirildi. Endi oʻzingizga kerakli kitobni janrga, yoshga, muallifga va reytingga qarab topish imkoni mavjud.
3. Mutolaaxonam boʻlimi takomillashtirildi. Bunda sizning ayni vaqtda oʻqiyotgan kitoblaringiz tartib bilan turadi. Bundan tashqari, siz oʻqib boʻlgan kitoblar va oʻqishni reja qilgan kitoblaringiz roʻyxati ham mavjud. Yuklab olgan kitoblaringizni ham shu joydan topasiz. Quyida esa “Javon” turadi.
4. Har bir kitobxonning oʻz kitob javoni boʻladi. Endi “Mutolaa” ilovasi orqali oʻz kitob javoningizni “yasashingiz” mumkin. Javonni nomlab, ularga oʻqigan yoki oʻqishni niyat qilgan kitoblaringizni joylab boring.
5. Shaxsiy statistika! Endi siz kitobxonlik boʻyicha shaxsiy natijalaringizni kuzatib borishingiz mumkin. Qancha kitob oʻqidingiz, qancha vaqt sarfladingiz va h.k.
/channel/bolalar_yozuvchisi/881
Birinchi o'yinda Ispaniya olimpiya jamoasiga mag'lub bo'ldik. Bahona yoki qandaydur o'z-o'zini ovutish emas, Ispaniya bilan tengma-teng o'ynadik. Qaror chiqarishda va imkoniyatlardan foydalanishda sifat yetishmadi.
Jamoamiz yigitlaridan kayfiyatni tushurmasdan, keyingi o'yinlarda jangovor kayfiyatda maydonga tushishlarini so'rab qolaman.
P.S. o'ylab qolaman, 1:6, 0:5 yoki 0:8 bo'lmadi-ku. Xojiboy aka aytgandek "morojniy" yep kelishga borishmagan, bizning yigitlar.
⚡️Tarixiy goooollll
⚽️Olimpiada-2024 guruh bosqichida milliy terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov Ispaniya milliy terma jamoasi darvozasiga 47-daqiqada penalti orqali javob zarbasini yo’lladi va hisobni tenglashtirdi.
Eslatib o’taman, ushbu gol Olimpiada o’yinlarida O’zbekistonning birinchi goli hisoblanadi. Shomurodov shu tarzda tarixga kirdi.
🇺🇿 O‘zbekiston 1:1 Ispaniya 🇪🇸
Omad yigitlar!
@alisher_sadullaev
⚡️Xorazm viloyati yoshlari bilan ochiq muloqotimiz bugun (24-iyul) 16:00da bo'lib o'tadi.
Urganch shahridagi yoshlar markaziga taklif va tashabbuslaringiz bilan kelishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Va'daga vafo. Qoraqalpog'istonda yuzlab yoshlar bilan muloqot va uchrashuvlar, yosh tadbirkorlar bilan fikrlar almashinuvi, lekin hammasidan Nurbek bilan uchrashuvimiz esda qolarli bo'ldi. Shu sababli chin ko'ngildan o'zimning ukamdek unga yaxshilik qilgim, kelajakda katta yutuqlarga erisha olishiga dalda bergim keldi.
Ishimizda tanqidlar yoki kamchiliklar bo'lishi tabiiy, lekin Nurbek kabi minglab yoshlarning hayoti o'zgarishi, ularning ko'zidagi ishonch hammasidan zavqliroq. Nurbek, kelajakda seni katta g'alabalar kutmoqda
@alisher_sadullaev
⚡️Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz bugun (22-iyul) 18:00da bo'lib o'tadi.
Nukus shahridagi, yoshlar markaziga taklif va tashabbuslaringiz bilan kelishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Xo'jayli tumaniga keldim, juda ta'sirli va esda qolarli voqea bo'ldi. Izohlarda rasmlarni qoldiraman, keyinroq video xabarda batafsil ko'rsangiz bo'ladi.
Читать полностью…Yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quchqarovich Quranboyev ishtirokida Top 100 Universitetlar oromgohining 1-bosqichi Bakalavr mavsumi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan “Top 100 Uni camp” loyihasi yoshlarga dunyoning Top 100 universitetlariga ariza topshirish jarayonlarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat eshiklarini ochadi.
Ochiq va samimiy suhbat davomida 2024-yilda abituriyentlar va bakalavr bitiruvchilari uchun tashkil qilingan ushbu oromgohning keyingi rejalari, chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonlari, qanday qilib to‘liq grantlar yutish va shu kabi mavzular bo‘yicha bepul video darsliklarini qamrab olgan maxsus o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha takliflar berildi.
@alisher_sadullaev
Juda koʻpchilik iqtidorli yoshlarimiz xorijda tahsil olishda oʻqish xarajatlarida qiynaladi. Ota-onalar ham farzandlaridan kam umid qilishmaydi albatta.
Xorijda oʻqishni istaydigan bilimli, salohiyatli yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o’ringa mo’ljallangan 2024-yildagi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilmoqda.
Arizalar qabuli 25-iyundan 25-iyulga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot.
@alisher_sadullaev
Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi raisi, akademik Oqil Umrzoqovich taklifiga binoan, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Abdurashidovich bilan hamkorlikda yoshlarimiz bilan samimiy suhbat qurdik
Uchrashuvda oliy ta’lim muassasasi prorektorlari, yosh olimlar, talabalar ishtirok etdi. Ular bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaa loyihasining foydalari, raqamli targ’ibot borasida boshlagan loyihalarimiz haqida suhbatlashdik.
Suhbatimiz davomida yoshlar muammolarini hal qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot ham bo‘ldi.
O’ylaymanki, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan masofani yanada yaqin qilishga, samimiy va noan’anaviy munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi.
@alisher_sadullaev
Abituriyentlardan Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) manziliga huquq faniga oid imtihonlarda ishlatilgan savollar yuzasidan menga yuzlab e'tirozlar kelib tushmoqda.
Ko'pchilik yoshlar izohlarda bu vaziyatga munosabat bildirishimni so'rashmoqda. Vaziyat yuzasidan shuni ta'kidlashim mumkinki, imtihondagi savollar yuzasidan BMBAga yoshlarning e'tirozlari yetkazildi. Shuningdek, BMBAdan e'tirozlarga adolatli yechim va aniq javob bilan bayonot berishlarini so'raymiz.
⚡️Matematikani yoshlar o'rtasida ommalashtirish bo'yicha yuzlab takliflar kelib tushdi. Shu sababli, biz ham iqtidorli yoshlar uchun, nafaqat matematika @iqtidorly loyihasini yo'lga qo'ydik. Maqsad katta, ilm-fan, texnologiya va olimpiadalarga oid tanlovlar orqali iqtidorli yoshlarni munosib rag'batlantirib borish, kelajakda ular bilan katta loyihalarni amalga oshirish.
Marhamat, loyihadagi ilk matematika tanlovida ishtirok eting @iqtidorly_bot
Kelgusi olimpiada qaysi fandan bo'lishini xohlar edingiz?
Yosh shaxmatchilarimiz natijalari yuqorilab bormoqda
Guldona Karimova - 18 yoshlilar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempioni (nizom bo'yicha G.Karimova WIM (ayollar o'rtasida xalqaro sport ustasi) unvonini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Muhiddin Madaminov Shvetsariyaning Biel shahrida bo'lib o'tayotgan Biel open turnirida rapid yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Barakalla, Guldona va Muhiddin. Kelgusi faoliyatlaringizda omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
⚡️"Ibrat Farzandlari" loyihasini bilasizmi? Siz uning qaysi loyihasida ishtirok etgansiz?
Qanday takliflaringiz bor? Bir yangilikni e'lon qilmoqchimiz.
⚡️"Mutolaa" loyihasi haqida eshitganlar bormi?
Siz u orqali elektron kitob o'qiganmisiz yoki audio kitob tinglaganmisiz?
Bugun juda muhim kun. 24-iyul. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarixda birinchi marta Olimpiada oʻyinlarida ishtirokini boshlamoqda. Butun dunyo eʼtibori ushbu musobaqaga — dunyoning eng muhim sport voqeasiga qaratilgan.
Bu noodatiy kun. Bu — gʻalaba tugʻilgan kun. Bu kunda millat yetakchisi tug'ilgan. Bugun — butun Oʻzbekiston xalqini birlashtiradigan kun!
Jamoamizga bugungi oʻyinda gʻalaba tilaymiz. Biz oʻzbekistonlikmiz va gʻalaba bizning qonimizda!
⚡️Bu rasmni eslaydiganlar bormi?
Bizni Budapesht kutmoqda. Hayajon juda kuchli, endi biz Sentyabr oyida Vengriyaga amaldagi chempion mamlakat sifatida boramiz.
Qo'llab-quvvatlashingiz har doimgidan ham muhimroq.
⚡️Xo'jayli tumanida havo 42° issiq, olis mahallalarda ko'zi yonib turgan yoshlar harakatda.
Nurbek, bugun boks turnirida g'olib bo'lgan ekan, lekin qo'lqopi yirtilgan, eski ekan. Nurbekning formasi va rivojlanishi uchun qo'limizdan kelgan barcha yordamni beramiz.
Buyuk chempionlar aynan shunday qiyinchiliklar orqali ulg'ayishadi. Nurbek, senga yorqin kelajak tilab qolaman.
@alisher_sadullaev
⚡️Oramizda Qoraqalpog'iston va Xorazmlik yoshlar bormi?
Bugundan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi va keyinroq Xorazm viloyatlariga xizmat safarimiz boshlanadi.
Qaysi tuman/shaharlarga borishimizni, tadbirkorlik g'oyalaringiz yoki tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlashimizni xohlaysiz. Namuna ko'rsatgan yoshlar yetakchilari mahallalariga ham borish rejamizda bor.
O'zingiz yoki loyihangiz haqida izohlarda yozib qoldiring.
Futbol boʻyicha olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan #qonimdagalaba chellenji Oʻzbekistonda ommalashdi!
Suratga olingan videoroliklar soni 1000 tadan oshdi, internet va televideniyeda ushbu videolarni koʻrishlar soni esa 15 milliondan oshdi.
Videolar butun respublikadan va dunyoning boshqa davlatlaridan- Aftidan, barcha O‘zbekiston fuqarolari bu g‘oya ichida yashay boshladi va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashdi! Ushbu faktlarni va olingan videolar hajmini, shuningdek, Instagram’ga hali yuklashga ulgurmaganlarning so‘rovlarini inobatga olgan holda tashkilotchilar tanlovni 24-iyulgacha uzaytirishga qaror qilishdi.
🤝 Chellenjga siz ham qoʻshiling!
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun 2 ta yangilik e'lon qilmoqchiman, lekin avval bir savolga javob bersangiz.
Dunyoning qaysi nufuzli universitetida o'qishni orzu/reja qilgansiz?
Ertalabki "1000 kitob loyihasi haqida eshitganmisiz?" savoliga javob berib o'tsam.
"1000KITOB" loyihasining maqsadi – eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga o’girish va chop
etishdan iborat.
Batafsil: /channel/mingkitobuz
#muhim
Yoshlar o'rtasida matematikaga qiziqishni oshirish uchun nimalar qilish kerak?
Izohlarda takliflaringizni qoldiring. Takliflaringizdan kelib chiqib yangi loyihalar e'lon qilamiz.
Vaqt o'tishini qarang. Ko'z ochib yumguncha 30 yoshga ham yetdik. Bu imkoniyat uchun Yaratganga o'zi biladigan adadicha shukronalar aytaman. Tavallud kunim munosabati bilan samimiy tilaklar va tabrik yo'llagan barcha aka-uka, opa-singillarimga tashakkurim hamda ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ona vataniga xizmat qilish, insonlarga kerakli bo'lish hissi, Prezident jamoasida eng muhim sohalardan biri yoshlar taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish –sharafli vazifa. Bularning barchasiga faqat Siz – yoshlar bilangina erisha oldik.
Doim takrorlashdan charchamayman "muloqotga ochiqmiz, kelinglar yoshlar, eshigimiz ochiq".
@alisher_sadullaev