Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning faoliyatiga oid yangiliklar www.altsul.uz https://www.facebook.com/Yuridik-akademik-litsey-105909174693142/ https://www.instagram.com/p/Ce5T3J5s8dP/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
#tadbir
🔰Akademik litseyda Tillar kafedrasi tomonidan Baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon, sadoqat va vafo timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan “Ikki dil dostoni” mavzusidagi bellashuv va mushoira tarzida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
📚Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir mazmunli va yuqori saviyada o‘tdi.
📗 Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va g‘olib guruhlar munosib taqdirlandilar.
🇺🇿 YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIY-Mening Konstitutsiyam
🖋 REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETING!
✍ SAIDAKMAL MAMASOLIYEV
🏛 YUKSALISH umumilliy harakatining a'zosi va faoli, TDYU qoshidagi akademik litsey 1-bosqich o‘quvchisi
📰 Mudofaa vazirligi huzuridagi "VATANPARVAR "ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, harbiy-vatanpavarlik gazetasi
📠2023-yil 24-mart 12(2023)
🖋 Yangi Oʼzbekiston Konstitutsiyasi-bizning Konstitutsiya
✍ SAIDAKMAL MAMASOLIYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey 1-bosqich o‘quvchisi, yosh ekspert
🔹"TONG yulduzi" Respublika bolalar va o'smirlari gazetasi
✅ N⁰12[67437] 2023-yil 20-mart.
🔰 Qadrli kanalimiz aʼzolari,
Aziz yurtdoshlar!💐🌷🎊
💠 Navroʻzi olam necha ming yillik tarixga ega, ildizlari “Avesto” davrida paydo boʻlgan, qadimiy, asl milliy, kecha va kunduz teng keladigan sharqona Yangi yil boʻlib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng goʻzal bahor bayramidir. 🎊🌠💥
⚜ Ayni shu betakror va dilbar faslda koʻklam nafasi va mayin shabadalar kirib kelishi, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga bahor nashidasi yugurgandek boʻladi.🌹
🔷 Barchamiz oʻzimizni yasharib ketgandek, kuch-quvvat, gʻayrat va shijoatga toʻlgandek sezamiz, oʻzimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz. 💐💥
✅ Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha goʻshalari, qir-adirlar, bogʻu rogʻlar oʻzgacha tarovat aks etadi.☘🌸
🔶 Yurtdoshlarimiz sumalak va halim, koʻksomsa va goʻja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida bu bahor neʼmatlarini oʻz oilasi, yaqinlari, doʻstu birodarlari bilan baham koʻrishga intiladilar. 💐🎊
♦️ Mana shu nurafshon va goʻzal ayyomda barchangizni yasharish va yangilanish ayyomi -- Navroʻzi olam bilan muborakbod etamiz! 💥💐
🟩 Navroʻz har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, mehru-oqibat, baxtu-saodat, qut-baraka olib kelsin! 💥
❇️ Barcha orzu-niyatlarimiz roʻyobga chiqsin! 💥💐🌷
⚜ Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin! 💥
💠 Hurmat va ehtirom ila,
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi! 💐🌷
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda Toʻgarak rahbarlari hamda Yetakchilar kengashi koordinatorlari tomonidan yangi loyiha oʻtkazildi
🎉💐"Navro'z" bayrami munosabati bilan 2023-yil 16-mart kuni akademik litseyda birinchi marotaba o'quvchilari o'rtasida "Mening huquq va majburiyatlarim" nomli bellashuv o'tkazildi.
🔰Bellashuvda 1.9-guruhdan "Qolqon" jamoasi 1.8-guruhdan "Istedod" jamoalari faol qatnashdi.
🔅Bellashuv mobaynida o'quvchilar o'z bilimlarini har xil shartlarda namoyon qildilar.Tadbirda kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Tohir Malikning "Alvido bolalik" asaridan sahna ko'rinishi namoyish etildi. O'zlarinig intellektual va ijodiy salohiyati, egallagan bilimlari,pazandachilik madaniyatini amalda ko'rsata oldilar.
🔺Bellashuv 7 ta shartdan iborat bo'ldi.
👑 Bellashuv natijasiga muvofiq "Mening huquq va majburiyatlarim" bellashuvida "Istedod" jamoasi 28 ball "Qalqon" jamoasi 29 ball bilan g'olib bo'ldi.
🔥Barchasi faqat siz uchun!
Telegram | Instagram
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi litseyning iqtidorli ,faol yaratuvchilik qobiliyatiga ega oʻquvchi qizlar huquqshunos olima M.S.Vosiqova nomidagi stipendiya sohibalariga aylandilar
🎉🥳Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha o‘quvchi qizlarni tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
https://meningkonstitutsiyam.uz/uz.pdf
⚡️ “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.
@oliytalimfanvainnovatsiyalar
#Адлия_хабари
📌 Ҳукумат фармойиши (111-Ф, 10.03.2023 й.) билан умумхалқ хайрия ҳашари 11 мартдан 18 март кунига кўчирилди.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
Интеллектнинг тўрт тури мавжуд:
1) (IQ)
2) (EQ)
3) (SQ)
4) (АQ)
1. Интеллект коэффициенти (IQ)
Бу тушуниш даражаси кўрсаткичи. Математик мисолларни ечиш, дарсларни ёдлаш, тушуниш учун IQ керак.
2. Ҳиссий коэффициент (EQ)
Бу сизнинг бошқалар билан тинчликни сақлаш, вақтни сақлаш, масъулиятли бўлиш, ростгўй бўлиш, чегараларни ҳурмат қилиш, камтарлик, ростгўй ва эътиборли бўлиш қобилиятингизнинг ўлчови
3. Ижтимоий коэффициент (SQ)
Бу сизнинг дўстлар тармоғини яратиш ва уни узоқ вақт давомида сақлаб қолиш қобилиятингизнинг ўлчови
EQ ва SQ юқори бўлган одамлар ҳаётда юқори IQ, аммо EQ ва SQ паст бўлганларга қараганда узоқроққа боришади. Кўпгина мактабларда IQни оширишга ҳаракат қилишиди, бунинг натижасида ўқувчиларда EQ ва SQ тушиб кетади. Юқори IQга эга бўлган одам, ўртача IQ бўлса ҳам, юқори EQ ва SQга эга бўлган одам томонидан ишга олиниши мумкин.
Сизнинг EQ кўрсаткичингиз характерингизни, SQ эса харизмангизни кўрсатиб беради. Бу учаласини ривожлантирадиган одатларни кўпайтиринг, айниқса EQ ва SQни
Ҳозирги яна бири янги парадигма:
4. Мослашувчанлик кўрсаткичи(AQ)
Сизнинг ҳаётингиздаги қийин даврни бошдан кечириш ва ақл- идрокингизни йўқотмасдан ундан чиқиш қобилиятингизнинг ўлчови.
Қийинчиликларга дуч келганда АQ, ким таслим бўлишини, ким оиласини тарк этишини ва ким ўз жонига қасд қилиш ҳақида ўйлашини ҳал қилади...
Ота-оналар, фарзандларингизни академик дунёдан ташқари ҳаётнинг бошқа қирраларини ҳам кўрсатинг. У ақлий ва жисмоний меҳнатни (ҳеч қачон меҳнатни жазо сифатида ишлатмаслик), спорт ва санъатни ёқтириши керак.
Уларни IQсини ривожантиринг, шу билан бирга, EQ, SQ ва АQни ҳам. Ота-онасидан мустақил равишда ишларни қила оладиган кўп қиррали одамлар бўлишади шунда.
Болаларга фақат йўл тайёрламанг, балки ҳар қандай йўлга болаларни тайёрланг!
(c)Abrorbek Dadamirzayev
#Адлия_хабари
📋 Ҳукумат фармойишига (91-Ф, 04.03.2023 й.) асосан Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлаш ҳамда муборак Рамазон ойини қарши олишга тайёргарлик кўриш, маҳаллалар, аҳоли турар жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида 2023 йил 11 март куни “Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
#bayram_muborak
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎉Tadbirda akademik litseyning iqtidorli o'quvchilari tomonidan ayol pedagoglar, xodimalar hamda o‘quvchi qizlar uchun turli chiqishlar taqdim etildi
🥳🤩 Siz bor ekansiz, hayot mazmunli, yo‘llar yorug‘, ro‘zg‘or saranjom-sarishta, ko‘ngil xotirjam, har yon go‘zal va tarovatli, xonadonlar fayzlidir,sizga uzoq umr, baxt- saodat, sog‘liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizga omad tilaymiz!
💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Telegram | Instagram
#ochiq_dars
📘Akademik litseyning TILLAR kafedrasi katta òqituvchisi SHOHISTA ESHANKULOVA tomonidan òtkazilgan "Baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon va Zulfiya lirikasi" mavzusidagi ochiq dars nihoyatda qiziqarli va mazmunli bòldi. Ayniqsa, kichik guruhlar òrtasida bòlib òtgan bahr-u baytlar bellashuvi va zòr mahorat bilan ijro etilgan sahna kòrinishlari darsning mazmundorlik kòlamini yana-da boyitdi.
📚Òtilgan mavzularni takrorlashda va yangi mavzuning bayonida òqituvchi interfaol usullardan mohirlik bilan foydalandi.
📗Noan'anaviy tarzda òtilgan ochiq dars kuzatuvchilar hamda tashqi ekspert sifatida ishtirok etgan TDYU professor-òqituvchilari tomonidan namunali deb baholandi.
#zakovat
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o'quvchi-qizlari o‘rtasida "Vosiqova vorislari" nomli intellektual zakovat musobaqasi o'tkazildi.
✅ Musobaqada quyidagi o'rinlar belgilandi:
✅ 1-o'rin: "2.3-guruh yurist qizlari" jamoasi
✅ 2-o'rin: "1.1-guruh yurist qizlari" jamoasi
✅ 3-o'rin: "2.1-guruh yurist qizlari" jamoasi
👏 G‘olib jamoalarni tabriklaymiz!
✅ O'zbekistonda inson huquqlari:tarix va bugun
✍Saidakmal Mamasoliyev
🏛TDYU qoshidagi akademik litsey 1-bosqich o‘quvchisi
🖥 O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi rasmiy sayti
O'qish uchun;
https://insonhuquqlari.uz/oz/news/m10003
🏛Toshkent davlat yuridik unversiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda yangi loyiha sizlar uchun!
👸 8-mart-"Xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan 2023-yil 3-mart kuni akademik litseyda birinchi marotaba o'quvchi-qizlari o'rtasida "Miss yurist-2023" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
🔅Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o'quvchi-qizlar o'zlarinig intellektual va ijodiy salohiyati,egallagan bilimlari,pazandachilik madaniyati,o'zbek odobini amalda ko'rsata bilishlari talab etildi.
🔺2 bosqichli kasting natijasiga ko'ra 7 nafar nomzod tanlab olindi
👑 Tanlov natijasiga muvofiq "MISS YURIST" -2023 ko'rik-tanlovining ramziy tojini hamda lentasini tantanali ravishda "Miss yurist"-2023" ko'rik-tanlovi sohibasi Baxronova Malika Ulug'bek qizi taqdim etildi
🔥Barchasi faqat siz uchun!
Telegram | Instagram
🔰 Yangi konstitutsiya - mening kelajagim!
🎙JAMSHID ABDULLAYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘qituvchisi, Adliya a’lochisi
#practice
#criminal_judge
🏛 Akademik litseyning bir guruh iqtidorli o'quvchilari ishtirokida Huquqiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi A. Meylikov boshchiligida "Yosh huquqshunoslar" to'garagi doirasida Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudiga yana bir tashrif amalga oshirildi.
🔰 Tashrif davomida o'quvchilar Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan sudlanuvchiga oid sud protsessida bevosita ishtirok etib, "Firibgarlik" jinoyatining o'ziga xos jihatlari haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
✅Sayyor dars mashg'ulotini tashkil etishda yaqindan amaliy yordam bergan Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
🔗 Web sayt | Telegram
🔗 Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи
—
Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda totuvlikni da’vat etuvchi qadriyatlar aks etgan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekiston!” deb nomlangan bayram tantanasi boʻlib oʻtdi.
🎉🥳 Navro‘z ayyomiga akademik litsey jamoasi tomonidan katta tayyorgarlik koʻrildi,sahna maydoni turli koʻrgazmalar bilan bayramona ruhda bezatildi.
🔰Akademik litseyda aziz mehmonlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va o'quvchi-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib oʻtdi.
‼️🔥Bu yilgi bayram tantanalari akademik litseyimizda oʻzgacha sayl sifatida tashkil etilayotgani barchamizni quvontiradi.
Zero, osh dasturxoni atrofida barcha birgalikda, bir jon, bir tan boʻlib harakatlanayotgani fikrimizning dalilidir, - deydi akademik litsey ijrochi direktori Sherali Maxmudov.
🥳🤩Akademik litsey o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sport o'yinlari,qo‘shiqlar, milliy raqslar va chiqishlar yig‘ilganlarga o‘zgacha bayramona ruh baxsh etdi
🥳✨Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin!
Telegram Instagram
#qabul2023
#akademik_litsey
⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
💾 YUKLAB OLISH (PDF)
Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
🔊 TDYU talabalari hamda TDYUning akademik litseyi o‘quvchilari diqqatiga!
🏛 TDYU tomonidan akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan quyidagi tanlovlar o'tkazilshi ma'lum qilinadi.
✅ "Xadicha Sulaymonova yosh huquqshunoslar nigohida" mavzusidagi maqolalar tanlovi.
👉 zahro92/j0T0N-JHYmA">Batafsil
✅Annotatsiyalar tanlovi
👉zahro92/8ci8vEjrqdE">Batafsil
✅ "Millat huquqi uchun" mavzusidagi videoroliklar tanlovi
👉zahro92/K6dMkiYvwhP">Batafsil
📍Foydalanish uchun adabiyotlar.
🏆Tanlov g'oliblari darajali diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
@TDYU_Manaviyat
🔰 Avval xabar qilganimizdek, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey iqtidorli o'quvchilariga "Akademik litseyimiz iftixori" stipendiyasini berish yuzasidan tanlov e'lon qilingan edi.
✅ Mazkur tanlovda 41 nafar iqtidorli o'quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
🏛 Akademik litsey iqtidorli o‘quvchilariga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini tayinlash bo‘yicha komissiya qaroriga muvofiq, quyida nomlari keltirilgan 10 nafar iqtidorli o‘quvchilar stipendiyaga loyiq deb topildilar:
1. Ahmadjonovna E’zoza Maxmudovna
2.4-guruh o'quvchisi
2. Habibullayeva Farangiz Mahmadulla qizi
2.1-guruh o'quvchisi
3. Tilovmurodova Jasmina Alisher qizi
2.5-guruh o'quvchisi
4. Obidjonova Nazokat Yorqin qizi
2.3-guruh o'quvchisi
5. Po‘latova Sarvinoz Shuxratovna
2.5-guruh o'quvchisi
6. Ibrohimova Shukrona Bunyod qizi
2.1-guruh o'quvchisi
7. Abduvosiqova Nilufar Voxidovna
2.5-guruh o'quvchisi
8. Baxromova Malika Ulug’bek qizi
2.3-guruh o'quvchisi
9. Umarova Nazokat Faxriddinovna
2.1-guruh o'quvchisi
10. Abdurahimova Maftuna Zoxir qizi
2.3-guruh o'quvchisi.
➡️ Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha o‘quvchilarni tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
10 март - Халқаро аёл-судьялар куни (БМТ Бош Ассамблеясининг 2021 йил 28 апрелдаги 75/274-сонли Резолюцияси билан эълон қилинган)
Барча аёл-судьяларни самимий қутлаймиз!
📣Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!
Facebook | Instagram | Web-sayt
Каналга уланиш:
/channel/sjcosom
🗓 ❓Navroʼz bayramida necha kun dam olamiz?
✅ 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar5️⃣ kun;
✅ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4️⃣ kun dam oladi.
❗️Huquqiy asos : O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022-yildagi PF-270-son Farmoni
Navro'z arafasi va undan keyingi dam olish kunlari:
➖ 18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
➖ 19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
➖ 20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan koʼchirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qoʼshimcha dam olish kuni;
➖ 21-mart, seshanba — Navroʼz bayrami, barchaga dam olish kuni;
➖ 22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan koʼchirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qoʼshimcha dam olish kuni.
⚠️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.
⚠️ Diqqat! 20-mart — dushanba va 22-mart — chorshanba ko’chirilgan dam olish kunlari hisobiga 5 kunliklarga 11-mart shanba va 25-mart shanba kunlari ish kuni hisoblanadi!
@mehnathuquqi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram
#tabriklaymiz
#bayram_muborak
⚜⚜⚜
AYOL BORKI, OLAM MUNAVVAR! 🌺🌺🌺
⚜Hurmatli ayollar!
⚜Muhtarama onaxonlar!
⚜Opa-singillar!
⚜O‘quvchi qizlar!
💠 Sizlarni 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tabriklaymiz! 🌺
⚜ Siz bor ekansiz, hayot mazmunli, yo‘llar yorug‘, ro‘zg‘or saranjom-sarishta, ko‘ngil xotirjam, har yon go‘zal va tarovatli, xonadonlar fayzlidir. 🌷
⚜ Sizga uzoq umr, baxt- saodat, sog‘liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizga omad tilaymiz!
⚜ Sizlarni hech qachon bahoriy kayfiyat va go‘zallik tark etmasin, yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin.
⚜Sizning shirin so‘zligingiz, mehnatsevarligingiz va o‘z kasbingizga qat'iyat bilan yondashishingiz barchaga namuna bo‘lib qolsin!
⚜Sizning munavvar va mehr to‘la qalbingiz yo‘llarimizni yoritsin! 🌺
⚜BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🌷
⚜Hurmat va ehtirom bilan,
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi!
#zukkoyurist
TDYU qoshidagi Akademik litsey o'quvchilari uchun🧑🎓👩🎓😎
Zukko Yurist jamoasi tomonidan uchun ajoyib yangilik!!!🤩
G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodini keng targ'ib qilish maqsadida ushbu tanlovni tashkillashtirmoqchimiz!
Tanlov haqida batafsil ma'lumotlar 👉bu yerda👈
Tanlov bir marta bo'ladi, tur shaklida bo'lmaydi!!!
📆 2023-yil 15-mart
⏰ Soat : 13:30
Tanlovga ishtirok etish maqsadida bo‘lganlar 6 ta kishidan iborat jamoa tuzib @Naimova_Ozoda orqali ro‘yxatdan o'ting.
Gʻolib jamoalar tanlov so'ngida faxriy yorliq va estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
⚡️⚡️⚡️ "Unutmang ilmdan o‘zga najot yo‘q" 📚📚📚
@Zukko_Yurist_litsey
Huquqshunoslik fanidan namunaviy test savollari e’lon qilindi
Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab barcha davlat OTMlarida (hozircha harbiy OTMlardan tashqari) “Yurisprudensiya” yo’nalishi bo’yicha kirish test sinovlari fani o’zgaradi. Avval mutaxassislik blokida tarix va chet tili fanidan savollar berilgan bo’lsa, joriy yildan boshlab huquqshunoslik va chet tilidan savollar tushadi.
O’zbekiston tarixida birinchi marta kirish imtihonlarida huquqshunoslik fanidan test olinayotgani uchun ko’pchilik savollar qanday bo’lishi haqida tasavvurga ega emas edi.
Bilimlarni baholash agentligi (sobiq DTM) huquqshunoslik faniga oid namunaviy test savollarni e’lon qildi.
“Yurisprudensiya” yo’nalishiga topshirmoqchi bo’layotgan abituriyentlar uchun foydali bo’ladi degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
#hamkorlik
#master_klass
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Inoyatova Sokhiba Fazilovna va ushbu kafedra katta o‘qituvchisi Yeshanova Dauletbike Ametbekovna tomonidan akademik litseyning 1-bosqich 5-guruh va 1-bosqich 7-guruh o‘quvchilari uchun “Ma’muriy ish yuritish. Ma’muriy hujjat” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda ma’muriy ish yuritish tushunchasi, ishtirokchilari, manfaatdor shaxsning arizasiga qo‘yilgan talablar, ma’muriy hujjat tushunchasi, ma’muriy hujjat va normativ-hujjat o‘rtasida farq tushunchasi haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
✅ Baxs-munozaralarga boy bo‘lgan dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
🔰 “Zakovat” turnirining Toshkent viloyatidagi hududiy bosqich o‘yinida akademik litseyning "Yurist qizlar" jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Читать полностью…"Temuriylarning ma'naviy qudrati"haqida mulohazalari
✍ Toshtemirova Dilbar Bozarovna
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning "Yosh tilshunos notiqlar" to'garak rahbari
🔹O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi "Kuch-adolatda" ijtimoiy-siyosiy gazetasi
O'qish istagidagilar ...Kanalga ulanish👇👇👇
http://www.kuch-adolatda.sud.uz
✅ N⁰9 (939) 2023-yil 3-mart