Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
#anons #qaqnus
✍️ "Qaqnus" — she’riyat jozibasi va shoirlar ilhomi olamiga sayohat.
✨Dasturning navbatdagi soni Respublika yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminariga bag‘ishlangan.
Bu seminar qancha yoshlarni qamrab oldi? Yangidan yangi iqtidorlar kashf etildimi❓
Yosh qalamkashlar qanday taassurotlar bilan qaytishdi❓
📍"Madaniyat va ma’rifat" telekanalida "Qaqnus" dasturida topasiz. Albatta, ko‘ring!
📺 "Qaqnus"
🗓 25-avgust
⏰ 20:30
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling.⬇️
🎥Instagram |🟦Facebook
☎️ Telegram |🟥madaniyatvamarifat?si=QfR9aDMAEzj8Vjtf">YouTube
Axborot 24 | «Bolalar kitobxonligining bugungi holati: muammo va yechimlar» mavzusidagi ochiq muloqot
#21aug #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
DOVRUG‘I OLATOG‘DAN OSHGAN ADIB
👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.me/uzbtariximtrk
Rasmiy sahifamiz👇
✅ Telegram
🌐 Instagram
✅ Facebook
📹You Tube
Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Bir juft sheʼr
SHARSHARA
Sen jo‘shib oqarsan maydin sharshara,
Navo taratgandek naydin sharshara.
Uyqudan uyg‘onib to‘lg‘ongan kabi,
Kumush sochlaringni yoyding sharshara.
Seni ko‘rmaganlar qolar armonda,
Tun ham sening bilan oydin sharshara.
Bunchalar shoshasan, shoshib oqasan,
Yo, xabar keldimu soydin sharshara.
Tog‘larga ko‘rk bergay billur tomchilar,
Kelursan sen qaysi joydin sharshara.
Buncha go‘zallikni, buncha sehrni
Ayt, qaydin olgansen, qaydin sharshara.
Ashur sening bilan oqmoq istagay,
Jonim ichra jondek qolding sharshara.
***
Vujud huvullaydi, also taskin yo‘q,
Go‘yoki olamda mendek miskin yo‘q.
Naxotki bo‘m-bo‘shdir men ko‘rgan dunyo,
Atrofim bo‘shliqdir, go‘yo hech kim yo‘q.
Sahro o‘rtasida turibman hayron,
To‘rt taraf tep-tekis, kimsa ko‘rinmas.
Hamrohim garmsel, issiq bir shamol,
To‘rt taraf ochig‘u mening yo‘limmas.
Quyosh qizdiradi, aylanar choshgoh,
Kimningdir ortidan chopolganim yo‘q.
Ko‘ngil sahrosida do‘st faqat Olloh,
Men hamon o‘zimni topolganim yo‘q…
Ashurali Boymurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Bir guruh xorijlik ijodkorlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish marosimidan suratlar.
Muallif – Ahmad To‘ra.
https://youtu.be/LcpG5m7O2k4?si=Mpi2hxVOR5IIkyGW
Читать полностью…Mustaqil O‘zbekistonimizning 33 yilligiga bag‘ishlanadi.
TARAF
Shonli yo‘lni bosdik, yo‘limiz sharaf,
Dunyo og‘zimizga turibdi qarab,
Ba'zilar u taraf, kimdur bu taraf,
Sohibqiron tuzgan yo‘lda omonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.
Bu yurt barcha g‘amning ta'mini totgan,
Amriqo, rusiga diydasi qotgan,
Ey g‘anim, xatoyim qidirib yotgan.
Sen uchun yaxshimas, faqat yomonman.
Millatim tomonman, xalqim tomonman.
Bosh egsam Samarqand nomiga isnod,
Ko‘z yumsam ming yillik Buxoro barbod,
Xorazm, Marg‘ilon, Nukus barhayot,
Tiz cho‘ksam tuproqda rangi samonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.
Panjangizni torting, toping vijdonni,
Allohga topshirib qo‘yganmiz jonni,
Bilishga majbursiz O‘zbekistonni,
Vatan deb ko‘ksini kergan o‘g‘lonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.
Navoiylik Alisher
Президентнинг Қорақалпоғистонга ташрифи: ҳамжиҳат бўлиб ва биргаликда ҳаракат қилиб, барча ҳудудларни обод қилиш, “инсон қадри учун” тамойили асосида аҳолига муносиб турмуш шароитларини яратиш ҳамда тадбиркорлик ривожига янада кучли суръат бағишлаш йўлида
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Нукусда тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқотини ўтказди.
Читать полностью…Нукус шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқоти бўлиб ўтди.
Читать полностью…Ер ости бойликларини ўзлаштиришга тадбиркорлар кенг жалб этилади.
Читать полностью…Президент давлат харидида маҳаллий маҳсулот улушини ошириш чораларини белгилаб берди.
Читать полностью…Саноат корхоналаридан электр ва газга ўрнатилган лимитдан ошиб кетган 2 карра кўп тўлов ундириш амалиёти бекор қилинади.
Читать полностью…Президент мамлакатимиз бизнес муҳитида рўй берган катта ижобий ўсиш ҳақида.
Читать полностью…#mahalla_yangiliklari
Adabiy do'stlik - abadiy do'stlik.
🗓 22.08.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
Ta'ziya
Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Tohir Qahhorga umr yo‘ldoshi E'tibor Qahhorovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Marhum bugun soat 12:00da Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-mavze 64-uy 4-kvartiradan chiqariladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
QUVONCHGA YO‘G‘RILGAN KUN
Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bir guruh xorijlik ijodkorlar faxriy aʼzolikka qabul qilindi. Bu sana 21-avgust – Xalqaro shoirlar kuniga to‘g‘ri kelganida ham ramziy maʼno bor edi. Turkiyalik yozuvchi Sobir Sayhon, ozarbayjonlik shoir Huraman Murodova, tojikistonlik adiblar Hasan Erboboyev, Abdulvohit Almatov, Fayzullo Abdulazizov, Shodmon Jo‘rayev, qirg‘izistonlik shoir Aʼzam Rahim, shvetsiyalik shoir va jurnalist Yusuf Rasul ushbu sanadan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy aʼzolariga aylandi.
Ularga aʼzolik guvohnomasi va esdalik sovg‘alarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tantanali ravishda topshirdi.
Ushbu marosim har galgidan boshqacharoq, hayajonliroq bo‘ldi. Buni ijodkorlarning ich-ichidan qaynab chiqqan so‘zlar ham tasdiqlar edi.
– 1991-yildan keyingina bizlarga Vatan darvozalari ochildi, – dedi Turkiyada yashab ijod qilayotgan Sobir Sayhon. – Sho‘rolar zamonidayam bir-ikki marta qo‘rqa-pisa, yuragimini hovuchlab kelib ketganman. Ota-onamdan eshitganman, men – qirq kunlik chaqaloqlik mahalim Vatandan chiqib ketgan ekanman. U kunlar endi ertak. Ishoning, Amir Temur bobomizdan meros bo‘lmish Turkistonning bir bo‘lagi O‘zbekistonim ozod bo‘lganida “Vatan, Vatan!” deb musofirlikda jon bergan millatdoshlarimning o‘lmas ruhlari shod bo‘lganiga shubham yo‘q. Bizlar hayot ekanmiz, ular yonimizda, yuragimizda yashaveradi. Bugun turkiy dunyo xalqlari bir-biriga bejiz talpinmayapti. Ular birlashmoq, bitta musht bo‘lmoq uchun kurashyapti. Bunday xayrli ishda O‘zbekiston davlati rahbari, janob Shavkat Mirziyoyevga kuch-quvvat tilayman, hamisha kunu tun duodaman, xalqimiz omon bo‘lsin!
Ozarbayjonlik shoira Huraman Murodova O‘zbekistonda bag‘ishlangan sheʼrini baland ovozda, baland pardalarda o‘qib berdi.
– Dunyoning turli burchaklarida yashab ijod qilayotgan o‘zbekzabon ijodkorlarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgargani quvonarli hodisadir, – dedi Shvetsiyada yashab ijod qilayotgan Yusuf Rasul. – Xorijda o‘zbek tilida ijod qilayotgan kӯplab yozuvchi va shoirlar, ilmiy tadqiqotchilar bor va ularni o‘z vatanlaridagi adabiy muhitga qo‘shish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish juda muhim. “Xorijdagi o‘zbek ijodkorlari antalogiyasi”ning sheʼriyat qismi tayyor holga keltirilib, nashriyotga topshirilgani bu boradagi ezgu ishlarning debochasidir.
Ha, bu ijodkorlarning hayajoni, quvonchi chindan cheksiz edi. Sevinch ko‘z yoshlariga chayilgan bu so‘zlar yuraklarning tub-tubidan tilga ko‘chardi. O‘ylaymizki, bu tuyg‘ular ularning bundan keyingi ijodida ham baland pardalarda kuylanadi, dil izhorlari tarzida qog‘ozga tushadi, albatta!
Fozil Farhod
Bir guruh xorijlik ijodkorlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish marosimidan suratlar.
Muallif – Ahmad To‘ra.
Olimpiada ilhomlari
Shodmonqul Salom
SURUR
Bahodir Jalolovga
Mardlar olishmaydi, ilib otadi!
“Alpomish”dan ko‘char azim baytlarim.
Bitta himo qilsang, ko‘tarilar el,
Bitta imo qilsang, ketar dardlarim.
Shavqim toshib keldi qarog‘larimga,
Bahodir raqibni qulatgan zamon.
Sevinchlarim chopdi yonoqlarimga,
Qirg‘og‘idan toshib ketdi To‘polon!
“Otangga osh ber!” deb alqadi bir chol,
Bahodir alponim quchganda zafar.
Quvondi taxtdagi podshodan toki
Dalasida yurgan dehqonga qadar.
Kimligim, zo‘rligim esimga keldi,
Alp tog‘larim tushdi mening yodimga.
Egnini qismasdan, boshin tik tutgan
Bobolar jo‘r bo‘ldi quvonch dodimga.
Bahodir, bir zamon zo‘r bo‘lgan edim,
Tomirimda shiddat hali bor ekan.
Men bugun qaytadan maydonga keldim,
Zo‘r ekan, o‘zbagim, hali zo‘r ekan!
Bahodir, menga ko‘p yaxshilik qilding,
Berding ko‘p narsamni menga qaytarib.
Misli Alpomishday sen zafar qurding,
Men ham Qorajonday turdim quborib.
Dunyoning qushlari – tumshug‘ida gul,
Potirlab uchdilar Sariosiyoga.
Ular volidangni qutlamoq uchun
Qanotlari tegib o‘tdi ziyoga.
Termiziydan toki Pahlavon Mahmud,
Muazzam pirlarim senga bo‘lsin yor!
Qarshingda raqibing kim bo‘lsa bo‘lsin,
Ortingda shu aziz O‘zbekiston bor!
Президент Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳридаги “Оққуш” мажмуасида ташкил этилган ўтовлар кўргазмасини кўздан кечирди. Шу билан давлатимиз раҳбари Қорақалпоғистонга ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.
Читать полностью…Olimpiada ilhomlari
FAXRIYA
Ular — dilda lovullagan o‘ti borlar,
Asl mardlar daftarida oti borlar.
“Bolam”, deya chorlaganda Ona Vatan,
“Labbay” degan tillarida toti borlar.
Gʻalaba deb kelgan, eldan duo olib,
Yurakda burch, bilakda kuch, mushti g‘olib.
“O‘zbekiston” deb chaqirsa, chaqnab ko‘zi,
Bo‘y ko‘rsatar zarra titroq sezmay tizi.
Qo‘llab turаr otasining ishonchi-yu,
Onasining “bolajonim” degan so‘zi.
Shiddat, shaxdin jamlab, jangga tushdi, ana,
Aniq mo‘ljal olar g‘olib mushti, ana.
Chempionlik belbog‘ini taqmoq go‘zal,
Keng dunyoga shohsupadan boqmoq go‘zal.
Yangragan chog‘ ona Vatan madhiyasi
Balandlagan bayrog‘ini o‘pmoq go‘zal.
Olqish yog‘ar, o‘zbakiy sha’n va or g‘olib,
Olovlangan muhabbat-u izhor g‘olib.
Hasanboyi, Bahodiri, Diyorasi,
Alisheri, Ulug‘begi — ko‘z qorasi,
Xullas, o‘n uch chempionli ulug‘ elni
Qutlar Parij, qutlar Eyfel minorasi.
Turfa tilda e’tiroflar yo‘llar jahon,
Olimp gashtin surar ona O‘zbekiston.
Zamira Ro‘ziyeva
TAKLIFNOMA
2024-yil 23-avgust kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami va bolajonlar uchun "Olamni angla, bolam" nomli kitobi taqdimoti o‘tkaziladi. Ushbu taqdimotga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ҳудудий электр тармоқларининг бошқарувини хусусий секторга бериш Самарқанд вилоятидан бошланади.
Читать полностью…#mujda
Jurnalimizning mundarijasi bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.
Читать полностью…Президент: Жаҳон савдо ташкилотига кириш - чуқур ўйланган ва узоқни кўзлаган танлов, ислоҳотларимизнинг ажралмас қисми.
Читать полностью…