Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Baxtiyor GENJAMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
KONSTITUTSIYAM
Sen bo‘lmasang, so‘zning – tilning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, cho‘lning, gulning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, poytaxt, elning qadri yo‘q,
Millat o‘zligining kafolati sen.
Muzlasam, quyoshdek gulxanim o‘zing,
Posbonim o‘zingsan, qalqonim o‘zing,
Mangu to‘g‘ri yo‘lim – sorbonim o‘zing,
Ushalgan orzular vakolati sen.
Erkin qush qanoti qayilar sensiz,
Tulporlar tuyoqdan mayrilar sensiz,
El-yurt huquqidan ayrilar sensiz,
Ona Vatanimning kamoloti sen.
Ozodlik gashtining viqori senda,
Yangi O‘zbekiston meʼmori senda,
Sohibqiron bobom shiori senda,
Yurtim kuch-qudrati – adolati sen.
Bugunim, ertamning baxtin tiklagan,
Turonda tinchlikning taxtin tiklagan,
Buyuk kelajakning vaqtin tiklagan,
Shonu shavkatimning dalolati sen.
Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi.
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan yosh qalamkashlarning birinchi kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
BUYUK KITOB
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga bag‘ishlanadi.
Adolatni so‘ylar bu kitob,
Baxtimizni kuylar bu kitob.
Mehr berdi ota-onamga,
Bolamni ham o‘ylar bu kitob.
Yuragimdan toshayotgan so‘z,
Qonun bilan yashayotgan so‘z.
Xizmat qilib elu yurtimga,
Asrlardan oshayotgan so‘z.
So‘zlasin yer, so‘zlasin osmon,
Davlat qurish emasdir oson.
Bu kitobni o‘qir mamlakat,
Bu kitobda qahramon – inson.
Buyuk kitob, bu buyuk kitob,
Jamiyatda ishlaydi shitob.
Hayot uchun zarur huquq, burch,
Har qadamda zarur hamma bob.
Inson qadri dunyoga ziynat,
Erkin yashar har shaxs, har millat.
Bu kitobning ijodkori – xalq,
Bu kitobning timsoli – davlat.
Xalqim uchun ushalgan armon,
Vatan uchun qilich va qalqon.
Buyuk kitob oliy kafolat,
O‘zbekiston, jon O‘zbekiston.
Yangi zamon shohnomasi bu,
Yangi davr tavsifnomasi.
O‘zbekiston rahnamosi bu,
Taraqqiyot tashrifnomasi.
Adolatni so‘ylar bu kitob,
Baxtimizni kuylar bu kitob.
Mehr berdi ota-onamga,
Bolamni ham o‘ylar bu kitob.
Rustam Musurmon,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘gli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Читать полностью…Taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tyapti. Tadbirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://fb.watch/whhR1Me-JT/
TAKLIFNOMA
2024-yilning 6-dekabr kuni soat 14:00da Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda memorial muzeyi yonida joylashgan ""Turon" kutubxonasida iste'dodli shoir Nurmuhammad Azizning "Zarif g‘ussalar" kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.
Tadbirga barcha ijod ixlosmandlarini taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#nazm
Ibodat
✍Matnazar Abdulhakim
🎤Erkin Bozorov
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyining ochilish marosimi hamda Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida adib tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan "Quyoshga intilgan shoir" nomli adabiy-badiiy kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyining ochilish marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossini qabul qildi.
Prezident.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident.uz
❗️
KUZ TUNI KIRADI…
Halima AHMEDOVA
She’rlar
Kuz tuni kiradi g‘amgin va go‘zal,
Tinglayman yuragim larzasini jim.
Labimdan sirg‘alib tushadi mahtal,
Shabnamda chayilgan bir so‘z:
“Sog‘indim…”
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi.
t.me/yuz_official
https://uza.uz/oz/posts/el-dardida-tinib-tinchimas-ijodkor_664541
Читать полностью…Biz chiqargan kitob
TO‘RA SULAYMON
zamondoshlari xotirasida
Ushbu kitobga o‘nlab sheʼriy majmua va dostonlar, dolzarb mavzulardagi maqolalar, yuzlab dilbar qo‘shiqlar muallifi O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonni xotirlab yozilgan yodnomalar, eʼtiroflar, tadqiqot maqolalardan tartib berildi.
Mazkur to‘plam sizni befarq qoldirmasligiga, sevimli shoiringizning hayot yo‘li, uning suvratu siyrati borasida yanada boyroq tasavvurga ega bo‘lishingizga yordam berishiga ishonamiz, azizlar.
Masʼul muharrir: Muhiddin Abdusamad,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Ravshanbek Mahmudov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Dilfuza Qarshiboyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Yanig kitob
KO‘RGULIK
Olimlar dunyoni kashf etsalar, shoirlar uning go‘zalliklarini sheʼrga soladilar. Boboqand Mirzoning mazkur sheʼriy to‘plamida ijodkor ko‘ngil kechinmalarining yorqin suvratlari, quvonchu og‘riqlari, umidlari samimiy ifodasini topgan.
Shoir sheʼrlarining mavzu ko‘lami, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi sheʼriyat muhiblarini o‘ziga manzur qiladi, degan umiddamiz.
Muharrir: Dadaxon Muhammadiyev
Nashriyot: “Sahhof”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Shoir To'ra Sulaymonning uy muzeyi ochildi
Muxbir: Sevara Ahmadqulova
Sirdaryo viloyati
12:00 05.12.2024
@hududtv
Barchani "Xiyobon oqshomlari"da kutamiz.
Читать полностью…O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyining ochilish marosimi hamda Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida adib tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan "Quyoshga intilgan shoir" nomli adabiy-badiiy kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Сирдарёда Тўра Сулаймон уй-музейи очилди
Sirdaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram
U TOMONDA
Sirojiddin Sayyid she’ri
Erkin Bozorov o‘qidi
Tasvirchi: Hojiakbar Nurmuhammedov
Ovoz rejissori: Elbek Hamdamov
Colorist: Bahriddin Shavqiyev
Hamkorimiz: go’zal maskan - @crystalresort2023 (Xumson)
Сирдарёда Тўра Сулаймон уй-музейи очилди
👉 https://xs.uz/uzkr/121803
Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram|Instagram|Youtube|Facebook
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyining ochilish marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Tabrik
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Muhayyo Hamroyevaning tavvallud kuni.
Muhayyo Hamroyeva 1974-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan.
“Mehrning rangin lahzalari”, “Sizdan kechib bo‘lmaydi”, “Sog‘inch qo‘shiqlari” “Ko‘ngil hiyoboni" nomli sheʼriy kitoblari va ” nomli kitoblari chop etilgan.
Uning sheʼrlari, maqolalari respublika va xorijning nufuzli gazeta va jurnallarida muntazam nashrdan chiqmoqda.
Shoirani tavallud topgan kuni bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari tabriklab, ijodiy yuksaklikni tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati