yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maxsus reportaj | «Ma'rifat ulashib» loyihasi doirasidagi tadbirlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar

O‘ktam Mirzayor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;

Karim Bahriyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va tarjimon.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TARIX EʼTIROFI-2024


Takroriy efir.
Bugun soat 19:30 da


"O‘zbekiston tarixi" telekanalini kuzatib boring!😂😂😀😀

👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.me/uzbtariximtrk

Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
🌐 Instagram
Facebook
📹You Tube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"O‘zbekiston tarixi" telekanalining "Tarix e'tirofi - 2024" taqdirlash marosimi dasturining hamkorlaridan biri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

G‘ayrat Majid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari "Tarix eʼtirofi - 2024" marosimida taqdirlandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Yoshlar” radiokanalining “Muloqot” dasturida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida chop etiladigan "Sharq yulduzi" jurnali haqida so‘z bordi. Suhbatdosh – jurnal bosh muharriri Sirojiddin Rauf.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sheʼr sehri

Biz tog‘larga chiqib ketamiz
Va qo‘shiqlar aytamiz sarbast...


Abdulla Sher so‘zi
Sheʼrni Muhayyo Rustam qizi o‘qigan


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Farg‘ona 24

28.12.2024

28 dekabr - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SIZGA

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid sheʼri

Ahrorxon Ibragimov musiqasi

Xonanda Avazbek Usmonov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Andijon axboroti | "Yangi yilga — yangi kitoblar" tadbiri

26.12.2024-yil

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

28-dekabr — Erkin Vohidov tug‘ilgan kun

SHOIRGA EHTIROM

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi sonida Erkin Vohidov ijod maktabi direktori Nigora Mannopovaning O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, shoirga ko‘rsatilgan ehtirom haqida maqolasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

UYUSHMA A'ZOLARI SAFI KENGAYMOQDA

Kuni kecha bir guruh ijodkorlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Xususan, Anatoliy Ogay, Viktor Alimasov, Nasimxon Rahmon, Vladimir Fetisov, Boqijon To‘xliyev, Rustam Qurbonov, Jumali Shabanov, Zulxumor Xolmanova, Dilbar Yo‘ldosheva, Muhayyo Yo‘ldasheva O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosiga aylanishdi. Ularga a'zolik guvohnomalarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tavsiya

Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”


Doston XX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan otashqalb hind shoiri Nazrul Islomning hayotiga bag‘ishlanadi. Unda Hindistonni ingliz mustamlakasidan ozod ko‘rishni istagan va shu muqaddas kurashga nafaqat ijodini, balki o‘z erki va hayotini ham baxshida etgan otashqalb shoirning tutqunlikdagi achchiq qismati, qismatidan-da achchiqroq o‘y-xayollari birin-sirin hikoya qilinar ekan, Erkin Vohidov vaqti-vaqti bilan o‘quvchi nigohini insoniyat tarixida yulduzdek porlagan turli-tuman ajoyib rivoyatlarga qaratadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/gazalxon-yoshligim-tanlovi-otkazildi_671861

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Abdulla Oripov

YANGI YIL

Mehru muhabbatga tashna ko‘ngilni
Hatto daqiqalar aylar ekan zor.
Bir o‘zim bilurman, har yangi yilni
Qanchalik kutganman bo‘lib intizor.

Undan omonlikni kutdim, avvalo,
So‘ngra osoyishta onlarni kutdim.
Bir qultum suv bilan bir yutum havo,
Tandirdan uzilgan nonlarni kutdim.

Kutdim, nabiralar bo‘lishsin, deb jam,
Har birin labida tabassum qalqsin.
Yog‘sin oppoq qor ham gupillab shu dam,
Qishning quyoshi ham yaltirab balqsin.

Qo‘ni qo‘shnilaru do‘stu birodar
Bir-birin qutlasin quvonchga to‘lib.
Keksa-yosh bag‘rini ochib barobar
Yilni qarshi olsin jamuljam bo‘lib.

Gina- kuduratlar orqada qolsin,
Yangi yaralganday bu vujud – bu tan.
Sevib va avaylab bag‘riga olsin
Har bitta farzandin shu ona Vatan.

Samoviy nur bilan chulg‘ansin yurak,
Shoirlar baytida umidbaxsh naql.
Axir, ortiqchalik qilmasa kerak,
Kibrga chegara, nodonga aql.

Bo‘lsa peshonada davrini sursin,
Bandasi umrini etmasin isrof.
Qo‘zichoq uch-to‘rt kun o‘ynoqlab yursin,
Cho‘pon va cho‘liqdan ketmasin insof.

Jomga sharob quysang limmo-lim to‘lgay,
Tagiga to‘kilgay undan ortig‘i.
Vijdon har lahzada qo‘riqchi bo‘lgay,
Nasibang – taqdirning tuhfa, tortig‘i.

Uchar osmonlarda baxt degan bir qush,
U yurtlar ustida qanotin qoqsin.
G‘am-tashvish go‘yoki bosiriq bir tush,
Besamar xayollar suvlarga oqsin.

Kichkintoy nabiram talpinar menga,
Shu soat u bilan erurman tengqur.
Qulluq qilajakman, tiriklik, senga,
Bergan kuni uchun Tangriga shukur.

2015-yil 27-dekabr

Шоирнинг ижодий ўзанига аъзо бўлинг: 👇
@abdullaorifijodi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

1-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar

Shahodat Isaxonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim;

Ravshan Fayz, taniqli shoir;

Nurboy Jabborov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim;

Uzoq Jo‘raqulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim;

Gulandom Tog‘ayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

XUSHXABAR

2024-yil 25-dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Ra’no Fayzullayevaning O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan “Sirojiddin Sayyid ijodida Vatan obrazining poetik talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy Kengash a'zolari ushbu tadqiqot ishining mavzu dolzarbligi, ilmiy yangiligini alohida taʼkidlab, yuz foiz ovoz bilan maʼqulladilar.

Himoyada rasmiy oppenent, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov ishtirok etib, ushbu tadqiqot adabiyotshunoslikda shoir Sirojiddin Sayyid ijodi bo‘yicha ilk monografik tadqiqot ekanini va dissertatsiya yuksak ilmiy salohiyat bilan, shoirona yurak bilan mukammal yozilganini alohida eʼtirof etdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdunabi Boyqo‘ziyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Mahalla” telekanalining "Yillar va yo‘llar" ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Uni tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xalq so‘zi gazetasining 29-dekabr sonida Karim Normatovning "Yangi O‘zbekiston bunyodkori", Abdulla Oripovning "Ummon bo‘yidagi o‘ylar", Yoqub Umaro‘g‘lining "10 dollar" kitoblari haqida taqriz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmonning “O‘zbek” nomli sheʼri eʼlon qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Vladimir Fetisov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Salim Ashur Kitobxonlik forumida.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyotshunos olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Yusufjon Alixonov 2024-yil sarhisobi haqida.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Iftixor

O‘ZBEGIM, JON O‘ZBEGIM!

Farg‘onada ming nafar yoshlar Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini jo‘r bo‘lib ijro etdi.
28-dekabr – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun. Oltiariq tumanida tug‘ilgan bu inson o‘zbek xalqining faxri, yuragidan joy olgan shoiri edi.
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan uning tavallud sanasiga bag‘ishlab kreativ videorolik suratga olindi. Bu farg‘onaliklarning o‘ziga xos ehtiromi bo‘ldi.
Videorolikda farg‘onalik yoshlar sevimli shoirning o‘lmas asarlaridan bo‘lgan “O‘zbegim” qasidasini jo‘r bo‘lib ijro etishgan.
Videorolik Vodiy1.uz sayti bilan hamkorlikda olindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

UYUSHMA A'ZOLARI SAFI KENGAYMOQDA

Kuni kecha bir guruh ijodkorlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Xususan, Anatoliy Ogay, Viktor Alimasov, Nasimxon Rahmon, Vladimir
Fetisov, Boqijon To‘xliyev, Rustam
Qurbonov, Jumali Shabanov, Zulxumor Xolmanova, Dilbar Yo‘ldosheva, Muhayyo Yo‘ldasheva O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosiga aylanishdi. Ularga a'zolik guvohnomalarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taʼziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi Orifjon Farmonovning vafoti munosabati bilan oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал