Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi.
Prezident.uz
👉
BIRINCHI KITOBIM-2024
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasining bu yilgi kitoblari ham nashr etildi. Ushbu loyihaga Zomin an’anaviy seminarida eng faol ishtirok etgan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari saralab olinadi.
Bu galgi kitoblarning taqdimoti 25-dekabr kuni 15:00 da Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadi. Biz ushbu kitoblardan o‘rin olgan sara namunalarni bir joyda yig‘dik va hukmingizga havola etmoqdamiz.
✍️ Bibigul ADIYEVA
✍️ Burhon RAHMAT
✍️ Charos AVAZOVA
✍️ Durdona BAHODIROVA
✍️ Faxriyor BAXTIYOROV
✍️ Farhod ESHON
✍️ Mavluda SAMARIDDINOVA
✍️ Islom ESHNIYAZOV
✍️ Kamoliddin RO‘ZIMATOV
✍️ Mahbuba ABDURAHIMOVA
✍️ Mahliyo KARIMOVA
✍️ Muattar MAMATKARIMOVA
✍️ Muhammad Ali G‘AFFOROV
✍️ Muxlisa TOSHPO‘LATOVA
✍️ Sanjar TOSHBEKOV
✍️ Shohro‘z UMARJONOV
✍️ Shukrullo SHERALIYEV
✍️ Suhrob HAMROYEV
✍️ Snejana ZEYTULAYEVA
TAKLIFNOMA
Yozuvchilar uyushmasida 25-dekabr kuni soat 15:00da yosh ijodkorlarning “BIRINCHI KITOBIM” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
EʼLON
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Posboniman muqaddas yurtning" sheʼrlar va hikoyalar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov harbiy-vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, sahna asarlari yaralishiga zamin hozirlash, harbiy xizmatchilarda vatanparvarlikni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov 19 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ijodiy ishlar 2024-yilning 24-dekabridan 2025-yilning 7-yanvarigacha elektron tartibda qabul qilinadi. (Pasport nusxasi ham ilova qilinishi zarur) Tanlovga 6 tagacha sheʼr, 1 yoki 2 hikoya yuborish mumkin. Avval g‘olib bo‘lgan yozuvchi-shoirlardan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Ijodiy ishlarni yuborish uchun telegram manzil: @Erkin_Hojimuhammad1 Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon raqami: 71-231-23-46.
⏳⏳⏳⏳
24-dekabr kuni tavallud topganlar
Oqil Salimov – davlat va jamoat arbobi, akademik;
Turob Toʻla – shoir, dramaturg, yozuvchi;
Poʻlat Moʻmin – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, bolalar shoiri.
#hikoya
Qish kunlaridan biri
Avvaliga kun sal sovib, yana iliqlashdi. Qor havosi ufurardi. Hademay birinchi qor ham tushdi. Osmon kun bo‘yi elagini elab, kalish ko‘milguday qor yog‘di. Ovoz ham allanechuk g‘alati eshitiladi. Maktabga borayotgan bolalar uyimiz pastidagi soy ko‘chadan o‘tishayotib ukamni chaqirdilar. Ularning ovozlari xuddi ko‘rpa tagidan eshitilayotganday bo‘ldi. Qor unchalik qalin yog‘magan bo‘lsa ham aks-sadolarni yutib yuborgandek… Bolalar maktabga bormadilar. Bu tashabbus ukamdan chiqdi. «Borganimiz bilan o‘qitmaydi baribir, Bolta mallim zulmonotaliklar kun sovuqda kelmasa ham mayli degan», deb uqtirdi u.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi keng nishonlanmoqda
Toshkent shahri
09:00 23.12.2024
@hududtv
“Maʼrifat_ulashib” Jizzaxda
Kuni kecha Jizzax politexnika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida institutga biriktirilgan taniqli adiblar ishtirokida bir qator tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Institutga biriktirilgan taniqli adiblar institut rahbariyati tomonidan kutib olindi. Dastlab mehmonlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut rahbariyati, adiblar hamda xodimlar ishtirokida institut hududida ko‘chatlar ekildi. Adiblar hamda institutimiz jamoasining G‘allaorol tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qatnashdi.
Shundan so‘ng adiblar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda “Osh chempionati” tanlovi ishtirokchilarini baholadi. Shuningdek, adiblar talabalarning yashash sharoiti, oilaviy holati, muammolari bilan qiziqib, ular bilan samimiy suhbat qildilar.
#iqtibos
Asqad Muxtor:
Yosh yozuvchi bo‘lish qiyin
Yoshlarni tanqidga sog‘lom munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash uchun avvalo tanqidning o‘zi oqilona, samimiy va ishonarli bo‘lishi kerak. Tanqidni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, deyishadi; lekin samimiy, mehribon va talabchan tanqidni talantli yoshlar hurmat qiladilar. Men qayerdadir bir aytgan edim: faqat qog‘oz gul yomg‘irdan qo‘rqadi.
* * *
Yoshlar ijodida yana bir muhim masala shuki, biz yosh adabiyotda janrlar, uslublar rang-barangligiga yetarli e’tibor bermayapmiz. Qissa, hikoya, she’r – janrlar hozircha shulardangina iborat.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida shoir Ulug‘bek Hamdamning “To‘rtko‘cha” romani taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
TAQDIMOT
25-dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Komil Sindarovning navbatdagi detektiv asarlari "Qabohat girdobi" va rus tilidagi "Жажда мести" kitoblari, shuningdek Komil Sindarov hamda yozuvchi Jabbor Shukur tashabbusi bilan Boshqirdiston xalq yozuvchisi Marsel Salimning o‘zbek tiliga o‘girilgan "Oltin kitob" asarining ham taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot kuni yozuvchiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish, muallifdan qo‘lxat olish va "omadli ishtirokchi" sifatida yozuvchi tomonidan taqdim etilgan "Yangi kitoblar jamlanmasi"ga ega bo‘lish imkoniyati bor. Ha aytgancha, shu kuni yozuvchining boshqa kitoblarini ham maxsus chegirmalar asosida xarid qilishingiz mumkin.
Yozuvchi Komil Sindarovning "Tergovchi" seriyasidagi kitoblari bo‘yicha o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlanadi.
Tadbirda onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Vaqt: 25-dekabr soat 11:00da.
Joy: Navoiy shoh ko‘chasi 1-uy.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ORIF KOMIL VA KUMUSH ABDUSALOMOVA "XIYOBON OQSHOMLARI"DA
2024-yilning so'nggi "Xiyobon oqshomlari" ijodiy kechasi yosh ijodkorlar Kumush Abdusalomova va Orifjon Komilov ijodiga bag'ishlandi. Unda ustoz shoirlar, adabiyotshunoslar, yosh ijodkorlar va she'riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ikki yosh shoir ijodi bo'yicha qiziqarli suhbatlar o'tkazildi.
Oqshomda shoirlar Aziz Said va Abdulla Vaxsh ham o'z she'rlaridan o'qib berdi. Adabiyotshunos Musulmon Namozning yosh ijodkorlar she'riyatiga oid sharhlari ham tinglandi.
"Xiyobon oqshomlari" ijodiy kechalari 2025-yilda ham davom etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
She'r sehri
Rizvon olmasida imoning sening
Abduvali Qutbiddin she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova ijodiga nazar.
📍 "Madaniyat va marifat" telekanalida.
📺 "Fonoteka"
🗓 21-dekabr
🕰 18.30
https://uza.uz/oz/posts/erkin-vohidov-ijodiy-merosi-va-turkiy-adabiyot-masalalari_670848
Читать полностью…UYUSHMA A'ZOSI "O'ZBEKISTON BELGISI" KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, Respublikamizdagi yetakchi jamoat tashkilotlaridan biri sanalgan “Qalqon” guruhi loyihasining asoschisi va yetakchi rahbari Anvar Mirzo "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofot muborak bo'lsin!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Diyor yangiliklari
"Ma'rifat ulashib" dasturi asosida tashkil etilgan ijodiy uchrashuv
“O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy jarayon" dasturida shoir Amirqul Po‘lkan ijodi haqidagi eshittirishni 2-qismi efirga uzatildi.
Читать полностью…Axborot 24 | O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26-dekabr kunlari o'tadigan MDH va EOII sammitlaida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo'ladi
#24dec #uzbekiston24
Iqbol Mirzo sheʼri
Dilnoza Kubayeva o'qidi
“Qaqnus”
Bugun tug‘ilgan adiblar
Asqad Muxtor, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, yozuvchi;
Gulchehra Umarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist;
Shodmonqul Salom, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Boboravshan G‘oziddinov, yozuvchi;
Elyor Murod, shoir.
#fikr
Yigirma yil kutilgan jurnal
“Yoshlik” jurnalining tashkil qilinishi juda katta madaniy voqea edi. Uzoq-uzoqlardagi odamlar ham eshitgan: yangi jurnal tashkil bo‘libdi-ya, qarang! Chunki bu yigirma yillik orzu edi-da. Yangi nashrga respublika rahbari Sharof Rashidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sarvar Azimov so‘zboshi yozganlar. Jurnal shularning oq fotihasi bilan ochilgan.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
❗️
Abdulla Oripov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Bu safar shunday dargohlardan biri – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz.
✍️ Gulsevar UMRZOQOVA
✍️ Hikmatbek BOYQOBILOV
✍️ Farangiz HAYITOVA
✍️ Guljahon SADINOVA
✍️ Eldurbek ISMATILLAYEV
✍️ Sevinch NURIDDINOVA
✍️ Dilfuza BO‘RONOVA
✍️ Soliha UMAROVA
✍️ Muhammad ODILOV
✍️ Charos KAMOLOVA
✍️ Ruxshona XOLIQOVA
✍️ Zemfira ESONOVA
✍️ Laziza ZIYODULLAYEVA
✍️ Gulhayo NARZULLAYEVA
✍️ Marg‘iyona GULMURODOVA
BU DASHTLARGA...
Aziz Onajonim xotirasiga!
Bizning dashtga bahor erta kelar edi,
Oq turnalar aziz qo‘shni bo‘lar edi.
Yonboshlagan yashil chopon bobo qirlar,
Yelkasiga mindirardi aytib sirlar.
Yomg‘irlarning entikishin tinglardim men,
Shamollarning tashvishini anglardim men.
Onajonim shamol kabi kezar edi,
Tandirga non yopib, oftob uzar edi.
Mehribonim bulut bilan dillashardi,
Yomg‘ir tinar, so‘ng g‘ilmindi qilishardi.
Qora sahar oq niyatlar elar edi,
Maktabxaltam orzu bilan to‘lar edi.
Olti bolam – olti shahar der edi-da,
Olti yoshda yetim qolgan hur edi-da...
Yonib chiroq, turib tuyoq bo‘lsin, derdi,
Men kam dedim, xirmonlaring to‘lsin, derdi.
O‘qish-yozish bilmas edi – taqdir qisgan,
Bu dunyoning toshlog‘ida gulday o‘sgan.
Shahid ketgan og‘asini qo‘msar edi,
Chorijondan tirnoq yo‘q, deb eslar edi.
Qiyomatga uch ko‘za suv g‘amlagandi,
Taqdir uch bor “bolam”latib aldagandi.
Otam esa sukunatning o‘g‘li edi,
Yetti yashar go‘dak kabi to‘g‘ri edi.
Uyimizga mehmon edi qaldirg‘ochlar,
Shomni irim qilishardi simyog‘ochlar.
Dilgir onam un gardlardi boyo‘g‘liga,
Kaftlaridan sir oqardi tun bag‘riga.
Tushlarimda kamalaklar yashar edi,
Tillarimga har kun bir so‘z qo‘shar edi.
Oppoq sutning qaymog‘iday oq tonglarda,
Gul ko‘nglimni cho‘miltirgan ul onlarda...
Mehr emib mening ko‘nglim katta bo‘ldi,
“Alpomish”lar, “Kuntug‘mish”lar yodda bo‘ldi.
So‘ng tanishdim savoli ko‘p olam bilan,
O‘zim bilmay xayrlashdim onam bilan.
Chiqib ketdim men mehrning mehvaridan,
Judo bo‘ldim koinotim gavharidan.
Tandirdagi nonqo‘ygichda qo‘lin izi,
Xudoyim-ey! Qani o‘zi, qani o‘zi?..
Qo‘zigulday toza ko‘nglim bor edi-ya,
Polvon onam, sulton onam bor edi-ya...
Onaginam yomg‘ir kabi yog‘ib o‘tdi,
Azim dunyo bir tomonga og‘ib ketdi.
Bildim: umr oxiri yo‘q sog‘inishdir,
Va yo onam ekkan tutdan uchgan qushdir.
Yurgan edim g‘am haqida sheʼrlar yozib,
Lek bilmasdim qanday bo‘lar g‘amning o‘zi.
Ona, sening borligingdan shoir bo‘ldim,
Yo‘qligingdan g‘am selida toyir bo‘ldim.
Tol beshiklar ko‘kragingga botgani-chun,
Tol tayoqlar ko‘kragimga botdi bugun.
Qaro yerni qayirib bosib yurmading-a,
Sensiz quvonch tatimadi, ko‘rmading-a...
Neni orzu qilish kerak, bilmaydirman,
Yolg‘onchida endi orzu qilmaydirman.
Lopillagan tobutingda ketdi borim,
Kuyib-tutab ketayotir ushbu sheʼrim.
Qizalog‘im chehrasidan izlagayman,
Topolmayman, kulib turib bo‘zlagayman.
Deyman: «Momong ko‘kka uchdi – yulduz bo‘ldi»,
Tongda deydi: «Momo, keling, kunduz bo‘ldi».
To‘n qavisa, chirozlari sheʼr edi-ya,
Shoir onam, chevar onam bor edi-ya!
Onajonim shamoldayin yelib o‘tdi,
Mard kelgandi, mard yashadi – g‘olib o‘tdi.
Ey, yoronlar, yurganimga ishonmanglar,
Sheʼrlar aytsam, tirik, deya quvonmanglar.
...Bu dashtlarga bahor erta kelar edi,
Turna uchsa, dil havasga to‘lar edi.
Endi sira uchgim kelmay qolgan mening,
Orzuyimni zamin yutib olgan mening.
Endi ko‘zim ko‘kka yonib boqolmaydi,
Yerni suygan odam qanot qoqolmaydi.
Bu yer bir payt oddiy tuproq maskan edi,
Ildiz otdim – Ona degan Vatan endi.
Shodmonqul Salom,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
***
Bodomlar potirlab gulladi tongda,
Kuzgi mevalardan ko‘nglim bo‘ldi to‘q.
Bahorni bahordek sevdim, azizim
Undan o‘zga fasl axtarganim yo‘q.
Bog‘larga yarashdi fasli xazonlig‘
Kuydirib-kuydirib o‘tdi saraton.
Muz yo‘llarni sevdim qahratonlarda,
Ko‘klamga yetishga shoshmadim, ishon.
Qish tugashin zarra istamas edim,
Birga yonsak mayli yozlarda abad.
Hamma fasl o‘tsin boshimdan manim,
Faqat, sen yonimdan ketma, muhabbat!
Shoxsanam Nishonova
#tanlov
Tanlovda gʻolib boʻling va kitob sohibiga aylaning!
⁉️ Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ kitobining 2024-yildagi nashriga ega boʻlishni xohlaysizmi?👇🏻
👉🏻Unda „Boburnoma“ asaridagi oʻzingizga yoqqan parchani izohda qoldiring.
👍Eng koʻp munosabat olgan parcha egasi 150 ming soʻm turadigan Boburnoma kitobining sohibiga aylanadi!👇
Tanlov 31-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.
@fannashriyoti
Shoir Anvar Botir "Ijodiy bahs"da.
Читать полностью…TA'ZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xosiyat Rustamovaga otasi Islomali Rustamovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QOR ZAVQI
Chiroyli yog‘moqda qor, mayda-mayda yog‘ar qor,
Osmondagi bulutlar yerga sepgandek shakar.
Falak cheksiz boylikni boshidan aylab nisor,
Kumush sochayotgandek huzur qilmoqda shahar.
Yer yuragimdek issiq, yer nafasimdek qaynoq,
Qor uchib tushar qushdek qanotlarini kerib.
Oqbadan qorni quchib terlab ketadi tuproq,
Qor objo‘shdagi shakar misoli ketar erib.
Qor yog‘moqda oppoq qor, go‘yo un separ osmon,
Barchaning fikri yodi barakaga cho‘lg‘angan:
Bamisoli falakdan un sepadi tegirmon,
Odamlarning ust boshi oppoq unga bulg‘angan.
***
Qattiq kishnayapti ayoz – oppoq ot,
Yaltiraydi suvning billur kovushi.
Shamol jon holatda qoqmoqda qanot,
Eshitilar qorning oyoq tovushi
Rustam Musurmon,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri