Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Taklifnoma
Yozuvchilar uyushmasida 13-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu kechaga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
XAYOLIMDA BO‘LDING UZUN KUN…
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
Ma'rifat ulashib: talaba-yoshlar bilan Ijodkorlar uchrashuvi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Feruza Qurbonova ochib, mehmonlarni talabalarga tanishtirib oʻtdi.
Loyihaning maqsadi yoshlarni badiiy savodxonlikka, ma’naviyatga va vatanparvarlikka rag‘batlantirishdir.
Adiblar uchrashuv davomida talabalarga ijodiy faoliyatlari, vatanparvarlik, ilm olish va kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirdi.
#ma'rifat_ulashib
Qarshi shahridagi 7-umumta’lim maktabida respublika miqyosida davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida "Men o‘zimdan boshqa bo‘lib yasholmayman..." deb nomlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir Minhojiddin Mirzo o‘z ijodiy faoliyati hamda vohamiz adabiy muhitidagi ijodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi va yangi she’rlaridan o‘qib berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti prorektori Oybek Kuziyev hamda maktab jamoasi, o'quvchilar-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlagan badiiy kompazitsion sahna chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#iqtibos
“Hamma narsa yozib boʻlingan degan ishonch ijodkorni barbod qiladi...”
Borxes
“Al-Muhtasimga yaqinlashuv”
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
KUN SO‘ZI
BULDURUQ
/channel/dtrdep
Oygul Suyundiqova: Men tabiat bilan o‘y surdim (+video)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, o‘ziga xos ovozga ega dilbar shoira Oygul Suyundiqova 1957-yil 17-sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Oygul opa Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qigan.
https://uza.uz/oz/posts/oygul-suyundiqova-men-tabiat-bilan-oy-surdim-video_662555
Batafsil: https://uza.uz/posts/662554
Yangi kitob
OSMON YERGA YAQIN
Inson hayoti turli sinovlar, mashaqqatlardan iborat. Uning umr yo‘li goh oq, goho qora so‘qmoqlardan o‘tadi. Bu yo‘lda faqatgina qanoat, sabr-matonat, halollik bilan olg‘a intilgan insonlargagina pirovardida chinakam baxt, saodat nasib etadi. Mazkur kitobda ham ana shunday metin irodali, zabardast, hayot tashvishlari, qismatning og‘ir zarbalariga dosh berib, ulug‘ maqsad sari intilgan kishilar hayoti tasvirlangan. Kitob mutolaasida muallif qalamga olgan insonlarning ibratli hayoti, taqdiri sizni befarq qoldirmaydi, aziz kitobxon.
Ushbu kitob “Chig‘anoq” loyihasi doirasida “Mikrokreditbank” homiyligida “Ijod nashr” nashriyotida chop etildi.
Loyiha rahbari: Orif Bo‘tayev
Tahrir hayʼati raisi: Ikrom Jumaniyozov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
#11dec #uzbekiston24
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan bo‘lbi o‘tgan tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
#kitobxonlik_maktabi
✨ «Fayzul-furqon» kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bugun «Kitobxonlik maktabi» loyihasining 139-sonida Mirzo Kenjabek domla tomonlaridan tarjima qilingan «Fayzul-furqon» kitobining taqdimoti oʻtkazildi.
✔️ Tadbirga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro boʻlim yetakchi mutaxassisi Abduhakim domla Oripov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Gʻayrat Majidov, Oʻzbekiston xalq maorif aʼlochisi Rustam Qurbonovlar mehmon sifatida tashrif buyuradilar.
Taqdimot avvalida mehmonlar yangi kitob haqida soʻz soʻzlab, tarjimonni bu goʻzal ish bilan muborakbod etdilar.
🎉 Soʻng loyihamizning anʼanasiga muvofiq savol-javob oʻtkazildi. Eʼtiborlisi savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga «Fayzul-furqon» kitobi hadya qilindi.
Savol-javob oʻtkazilgandan keyin soʻz Mirzo Kenjabek domlaga berildi. Ustoz qisqa, ammo sermazmun nutqlari, soʻzlarining oxirida aytib bergan goʻzal sheʼrlari bilan tinglovchilarning qalbiga suruur olib kirdilar.
Tadbir soʻnggida «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan soʻz soʻzlagan mehmonlarga va Mirzo Kenjabek domlaga esdalik hadyalar topshirildi.
🤲 Taqdimot Qurʼoni Karim tilovati va xayrli duolar bilan yakunlandi.
Siz tadbirda ishtirok etdingizmi? Taqdimot haqida fikrlaringizni izohda qoldiring. 😊
▶️ Suhbatni tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/36MCilJX8vI?si=gb9h_Ek8pod7SMyL
@hilolnashr
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilingan kun
Antonina Iplina
MADHIYAM
G‘ururli, ulug‘vor bu millat –
Xalq ruhi bir-la hur mamlakat
Qudratin aylagan yalakat
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Ozod ruh, ozod so‘z – ashula,
Eng ulug‘, eng aziz ashula,
Jonimdan ham laziz ashula,
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Sof o‘zbek tilida yangragay,
Bir bayroq ostiga chorlagay,
Yurtimning baxtidek porlagay
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
O‘zligim, g‘ururim, orimsan,
Vatanim – onamsan, yorimsan,
Mangusan, abadiy borimsan,
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Rus tilidan Rustam Musurmon tarjimasi
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar boshlandi
Bugun erta tongdan Buxoro shahridagi Abu Hafs Kabir Buxoriy qabristoni viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, shoir-yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, “Vatanparvar” tashkiloti va jamoatchilik vakillari: mahalliy Kengash deputatlari, mahalla faollari hamda yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.
Yig‘ilganlar mazkur qabristonda mangu qo‘nim topgan milliy madhiyamiz musiqasi muallifi, buyuk kompozitor Mutavakkil Burhonov dahosiga ehtirom sifatida uning qabri poyiga gullar qo‘ydilar.
Yo‘qlov asnosida madhiyamizning yaratilish jarayoni va abadiyatiga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro viloyati bo‘limi
#avval
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
XALQNING ARDOQLI SHOIRIGA EHTIROM
🔰 Quvasoy shahrida Oʻzbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon xotirasiga bagʻishlab uning haykali joylashgan hududda shoir muzeyi, kutubxona, maʼnaviyat va maʼrifat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
📌 Ardoqli shoirning Qoʻchqorchidagi haykaliga sayqal berilib, atrofi muazzam hiyobonga aylantirildi.
✅Tantanali tadbirni viloyat hokimi oʻrinbosari Sherzodbek Polsonov nutq soʻzlab ochdi. Ijodkorlar, nuroniylar va ziyolilar, yoshlar ishtirokida oʻtgan bayramona marosimni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Dilshoda Ergasheva olib bordi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Siddiq Moʻmin, Qahhor Yoʻlchiyev, Dilnavoz Qoʻldosheva hamda faol yozuvchi, shoirlar ishtirok etdi.
♻️Tadbirda ushbu qishloqning qadim tarixi, Hamid Olimjon oilasining tashrifi va otashin shoirning hayot va ijod yoʻli haqida soʻz yuritilib, yorqin xotiralar tilga olindi, sheʼrlari jarang sochdi.
Soʻngra shoir haykali poyiga ehtirom gullari qoʻyildi.
https://youtu.be/M4FzvCAnbU4?si=axu5ZLFnWCIGLhq2
Читать полностью…12-dekabr kuni tavallud topgan adiblar:
Naim Karimov – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;
Chingiz Aytmatov – Qirg‘iziston xalq yozuvchisi;
Hamid Olimjon – shoir, dramaturg;
Suvon Meli - adabiyotshunos olim;
Nizom Komil - tarjimon;
Alisher Ibodinov - yozuvchi;
Husan Ermatov - jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Botir Ergashev - shoir
📌Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Muhtarama Ulugʻova, Oʻktam Mirzayorov, Gulnoz Sattarovalar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtti.
✔️Ushrashuvda adiblar oʻzlarining ijod yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻz yurutdilar va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan ushbu adiblar qalamiga mansub sherlarga bastalangan qoʻshiqlar ijrosidan baxramand boʻldilar.
❇️Bundan tashqari Uchtepa tumanida joylashgan 229-62-maktablarda, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida adiblar bilan koʻchatlar ekildi, Zakovat intellektual oʻyinlari oʻtkazildi, maktablar kutubxonalariga tashrif buyurilib kutubxonalardagi kitoblar koʻzdan kechirildi va adiblar oʻz qalamlariga mansub kitoblardan sovgʻalar ulashishdi.
🏛️ /channel/UzDK_manaviyat
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
Читать полностью…Qish
Hurmatim ko‘p baland senga, qish,
Sendan boshqa fasllar xato.
Oppoq momiq mehringga olqish,
Mening qadrdonim, qahraton.
Qahringga hech yo‘qdir eʼtiroz,
Izillaysan mensiz qisinib.
Faqat... sirtda kutib tur bir oz,
Bahorgacha olay isinib.
Matnazar Abdulhakim
"O‘zbekiston” radiokanalining “O‘zbek nasri” eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib Jo‘ra Fozilning “Muhabbatning Yaldo tuni” hikoyasi efirga uzatildi.
Ushbu ovozli yozuvni eʼtiboringizga havola etamiz.
SHOIRGA
Bilolmadim, egallagansan
Koinotning qaysi joyini.
Yolg‘izsan, xayoling parishon,
Ko‘p ichmagin uzlat mayini.
Gapirdingmi samoga qarab,
Men ham seni tinglashga shayman.
Qolar bo‘lsa sheʼrda qolsin so‘z,
Aslo yerda qolmasin deyman.
Aytgin, shoir, qaysi olamda
Yangramoqda ovozing bekam.
Shu dunyoga kelgan bo‘lsang gar,
Borligingni bilayin men ham.
Shodi OTAMUROD
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivali efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
«Sharq yulduzi» jurnalining 2024-yildagi 9-soni nashrdan chiqdi. Mundarija bilan tanishing.
Читать полностью…11-dekabr – shoir Chori Avaz tavallud topgan kun
KUZ ERTASI
Tong yeli badanga o‘rmalar,
Vujudim bir shirin junjikar.
Men kutib turibman quyoshni,
Qizarib bormoqda kunchiqar.
Kun nafis va iliq kafti-la
Sap-sariq barglarni silaydi.
Yel ko‘zim o‘ngida o‘zini
Oftobning rangiga belaydi.
Tabiat qaytadan jonlanar,
Lahzalar ardoqli kechadi.
Ufkqa termulgan tiriklik
Quyoshni - olovni ichadi.
Ko‘ksimda umidlar yonmoqda,
Ketayapti yuragim gupirib.
Nigohim bilanmi quyoshni
Olganday ufqdan sug‘urib.
IJODKOR VA TALABALAR UCHRASHUVI
Xabaringiz bor, mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlariga kitobxonlik madaniyatini singdirish, ularning badiiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu kabi xayrli tashabbuslar yosh avlodni ongini ma’naviy jihatdan boyitmoqda.
Mazkur loyiha doirasida bugun, 10-dekabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida taniqli ijodkor Minhojiddin Mirzo mehmon bo‘ldi. Uchrashuv davomida adib tomonidan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi. Yoshlar bilan ochiq suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o'rni naqadar beqiyos ekani ta'kidlab o'tildi.
Qizg‘in va samimiy o'tgan uchrashuvda ijodkor talabalarga eng sara she’rlaridan o‘qidi. Shuningdek, adib she'rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar yangradi.
Abdulla Oripov 1992-yil Xl sessiyada madhiya matnini o‘zi o‘qib bergan arxiv videoni hukmingizga havola etamiz.
Читать полностью…⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
➖ Xurshid DO‘STMUHAMMAD:
“Konstitutsiyaning da’vatkor ruhi, shukuhi”
➖ Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Shu yurtda tug‘ilganim – mening baxtim”
➖ Qutlibeka RAHIMBOYEVA:
“Bizni shoir qilgan gullarning so‘zi...”
➖ Ahmadjon MELIBOYEV:
“Ijodning qo‘sh qanoti”
➖ Muhayyo PIRNAFASOVA:
“Navoiylik novvoy opa”
➖ Ikrom BO‘RIBOYEV:
“Hamma o‘qiyapti. O‘qing!”
➖ Husniddin HAYITOV:
“Sayxun bo‘yidagi muazzam maskan”
➖ Nazokat USMONOVA:
“Adabiyot, do‘stlik, qardoshlik tarannumi”
➖ Vasila HABIBULLAYEVA yozib oldi:
“Biz ham dunyoga chiqaylik”
➖ Zebo RAHMATULLA qizi:
“Bo‘ronlarga bo‘yin egmagan ayol”
➖ Normurod MUSOMOV:
“Xo‘rlikdan hurlikkacha”
➖ Sherzod SHARIPOV:
“Keyingi bekat – “Adiblar xiyoboni”
➖ G.UMAROVA:
“Ko‘ngli nozik, tabiati fidoyi”
➖ Mulla XUNOB:
“Tila tilagingni, deb qolsa...”
➖ Abduvohid HAYIT:
“Yosuman”
Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
KONSTITUTSIYA
Huquq va erkinlik - bag‘ri butunlik,
Tarixning tug‘rosi - Bosh qomusimiz.
Milliy qadriyatlar, millat ko‘zgusi -
Iymonu eʼtiqod, or, nomusimiz.
"Temur tuzugi"dek bebaho bitik,
Xalqni adolatga boshlovchi posbon.
Uni yuragida asragan sari
Qadr va burchini anglaydi inson.
Kelajak avlodning yo‘lini berib,
Maʼrifat nuriga chulg‘ar olamni.
Ostonasin o‘pib, aylagay tavof,
Hurriyat hukmron baxtiyor damni.
Garchi bo‘ysunmasa vijdon amriga
Bu illat millatning jiddiy nuqsoni.
Diyonatdan yiroq vatanfurushning
Tug‘ilmasdan turib bulg‘angan qoni.
Konstitutsiya - umr, baxt poydevori,
Yurtiga baxsh etgay mardlar jonini.
Muqaddas Qomusni joylab qalbiga,
Dilida asragay Vatan nomini.
Zuhra Begim
10-dekabr — O'zbekiston Respublikasining madhiyasi qabul qilingan kun
***
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov she’ri