Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
“Ijodkor ayollar maslahat kengashi” a’zolarining ilk yig‘ilishidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
TAKLIFNOMA
Ertaga, 10-yanvar kuni soat 15:00da “Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi taqdirlash maʼrosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda taniqli yozuvchilar, shoirlar, harbiylar, talaba yoshlar ishtirok etadi.
Taqdirlashga barchani taklif qilamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mujda
Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Amir Temur qanday kitobxon bo‘lgan?
Temur saroyida kotib bo‘lgan va uning hayot yo‘lini chuqur o‘rgangan tarixchi Hafizi Abro‘ bunday yozgan: “Amir Sohibqiron maktabda o‘z tengqurlaridan saboqda o‘zib ketardi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3376
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
#eslaganim
IBRAT KERAK
Ustozim, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Ibrohim G‘afurov 1985-yil yanvar oyi boshida huzuriga borganimda: “She’rlaringizni chiqartirib beryapman. Endi oz-ozdan menga ham yordamingiz tegsin, adabiy-tanqidiy maqolalar yozishni boshlang!” – deya dalda berib, 1984-yilda “Yoshlik” jurnalida chiqqan yoshlar she’riyatini tahlil qilishimni maslahat bergandi.
Shundan keyin meni tanqid bo‘limi mudiri Mahmud Sa’diyga bog‘lab qo‘yganlar. Mahmud aka biror maqolaga buyurtma berganida, urg‘uni nimaga ko‘proq qaratishim kerakligini tushintirardi. Bir safar ilk kitobi chiqqan tengdoshlarim haqida yozishimni aytdi. Bu borada ustozlar ibrati va ozgina dadillik kerak, hafsala, shu bilan birga, adabiyotga doir katta bilim va muhabbat lozim.
Olloyor Begaliyev
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2025-yildagi 7-yanvar kungi 3-sonida shoir G‘ayrat Majidning "Mahmudxo‘ja Behbudiy" nomli sheʼri mutolaa uchun havola qilindi.
Читать полностью…Go‘zal
Abdulhamid Cho‘lpon sheʼri
Ilhom Otamirzayev va Gulasal Rahmonova o‘qidi
“Qaqnus”
Hisobot yig‘ilishi oldidan
Yozuvchilar uyushmasida Sheʼriyat kengashining yillik hisoboti oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uni Sheʼriyat kengashi raisi Mahmud Toir olib bordi. Uchrashuvda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ishtirok etib, faoliyat sarhisobi va shu yildagi ustuvor vazifalar haqida fikrlarini bildirdi.
Kengash aʼzolari 2024-yilda qilingan ishlarni atroflicha muhokama qildi. Yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘tgan yili chop etilgan sheʼriy kitoblar bo‘yicha filologiya fanlari doktori Abdulla Ulug‘, gazeta va jurnallarda eʼlon qilingan sheʼriy turkumlar bo‘yicha shoir Aziz Said, dostonlar bo‘yicha filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov maʼruza qilishi kelishib olindi.
Sheʼriyat kengashining hisobot yig‘ilishida o‘z asarlari haqida fikrlar eshitishni istagan ijodkorlar 2024-yilda chop etilgan sheʼriy kitoblarini va dostonlarini uyushmaning ijodiy kengashlar kotibiyati bosh mutaxassisi Shodi Otamurodga taqdim etishi so‘raladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
8-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri;
Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi;
Rifat Gumerov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Dildora Mardiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Inomjon Abdiyev, yozuvchi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mahalla_yangiliklari
"Himmat va ma'rifat yog'dusi" nomli kitob taqdimoti.
🗓 06.01.2025
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salomning yangi yil tabrigini “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" eshittirishida tinglang.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
7-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Muhabbat To‘xtasheva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Boboqand Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Tafakkur yo‘li bizni birlashtirsin!
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! – Chunki hayotning o‘zi oddiy – uni o‘zimiz murakkablashtiramiz!
“Yoshlar” telekanali "Tafakkur yo‘li" ko‘rsatuvida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va muallif Xurshida Hasanova bilan suhbat efirga uzatiladi.
20-yanvar kuni soat 18:00da, 25-yanvar kuni soat 8:00da, 29-yanvar kuni soat 12:45da “Yoshlar” telekanalining "Tafakkur yo‘li" ko‘rsatuvida tomosha qiling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
MOSKVA ADABIY JURNALI O‘ZBEK IJODKORLARI ASARLARINI CHOP QILDI
Moskvada chop etiluvchi taniqli «Literaturniye znakomstva» («Adabiy tanishuvlar») jurnali o‘zining 2024-yilgi 7-sonida qator o‘zbek shoir va yozuvchilarining sheʼrlari va hikoyalarini rus tiliga tarjimada chop etdi. Rossiya kitobxonlari zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari bilan tanishib, mamlakatimizdagi bugungi adabiy jarayondan xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi. Jurnalda o‘n yetti ijodkorning asarlari bosilgan.
«Узбекская литературная тетрадь» («O‘zbek adabiy daftari») deb nomlanuvchi rukn O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning kirish so‘zi bilan ochiladi, unda o‘zbek va rus adabiyoti o‘rtasidagi do‘stlik aloqalariga yuksak baho berilib, mamlakatlarning madaniy aloqalari muhimligi, ularning samaralari haqida fikr yuritiladi.
Rukn materiallari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nikolay Ilin tomonidan tayyorlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Ijodkor ayollar maslahat kengashi” a’zolarining ilk yig‘ilishidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
TAKLIFNOMA
Adabiyot shaydolari, ertaga, 10-yanvar kuni Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Oybek uy-muzeyida ijodkor, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etamiz.
Adib hayoti va ijodi haqidagi eksponatlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni, ular haqida boshqalarga ham bildirishni istagangiz, ertaga Yunusobod tumani Iftixor 1-tor ko‘chasi 26-uyga keling!
Quyida muzey joylashuvini ulashyapmiz.
Press-tur soat 11:30da boshlanadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TA'ZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, taniqli shoir Minhojiddin Haydarning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👉
HAYOTNING HAR LAHZASI GO‘ZAL
Tun pardasi ochilib asta
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo artilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo yuvilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni
El oyoqqa turar jonsarak.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o‘zanni,
Odamlarga to‘lar ko‘chalar.
Asli hatto go‘dak emizmoq
Barobardir og‘ir yumushga.
Oshiqarlar yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o‘qishga.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko‘zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko‘z bola
“Tinchlik” so‘zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola,
Intilasan yana oldinga.
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,
Ko‘k gumbazlar o‘ngu so‘lingda.
Bir azaga kirib o‘tsang gar,
So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig‘ilar eski ulfatlar.
Odamzodga dunyo bo‘lmas tor,
To mavjuddir shirin suhbatlar...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo‘na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,
Ertangi kun uchun to‘plar dosh.
Anvar shoir charchog‘i bo‘lib,
Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh...
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Anvar OBIDJON
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Jadid_uz">YouTube
Bolalar dunyosi
Bog‘ sahni
Oftob chiqib olamga,
Zarrin nurlar sochmoqda.
Oftobdan nurlar olib,
Gullar chiroy ochmoqda.
Shirin-shakar mevalar,
Hil-hil pishib yetildi.
Elim dasturxoniga,
Serob bo‘lib to‘kildi.
Ulkan o‘rik tagida,
Beshik usti ochildi.
Beshikdagi bolaga,
Ona mehri sochildi.
Oftob suyunib boqar,
Shodon ona-bolaga.
Ona jilmayib boqar,
Shirintoyi – bolaga.
Mansur Zoirov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
👉
SHABADA (hikoya)
Xurshid DOʻSTMUHAMMAD
Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi.
"Nurafahon TV"da
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-iyundagi ''Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta'sis etish to'g'risida''gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, amalga oshirilayotgan ishlar haqida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Risolat Haydarova bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
/channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
#Diqqat_eʼlon
📣 DIQQAT, EʼLON!
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Vatan – aziz, jasorat – mangu!” respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 2025 yil 9 yanvar kuni Yoshlar ishlari agentligida o‘tkaziladi.
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 11-uy.
🕐 Boshlanish vaqti: soat 11:00.
✔️ Marosimga OAV vakillari va blogerlar taklif etiladi.
✅ Bizni kuzatib boring
Telegram | YouTube | Instagram |Facebook
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2025-yil 7-yanvar kungi 3 (1329)-soni mutolaa uchun havola qilindi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majidning “Mahmudxo‘ja Behbudiy” sheʼri, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri Nodir Mahmudovning “Orzular osmonidagi oftob yoxud namuna bo‘layotgan maʼnaviy jasorat” maqolasi va boshqa bir qancha materiallarni o‘qishingiz mumkin.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Biz chiqargan kitob
YОSHLAR MUSHOIRASI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mamlakatimizda ilgari surilayotgan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Respublikamizning barcha hududlarida “Mushoira” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov unda ishtirok etish niyatini bildirgan barcha yoshlarni qamrab oldi. Tanlovning hududiy bosqichlarida o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashgan yoshlar sheʼrlari bayoz holida chop etildi.
Kitob orqali yosh mualliflarning ko‘ngil bitiklarini o‘qib, uning ijod bulog‘idan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Badiiy rahbar: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Maʼmura Zohidova
Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024-yilning 7-dekabrida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida o'gan tadbirdan lavha.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni
QALQON
Osoyishtalik posbonlariga
Kimdir el tinchini buzsa nogahon
Yoki qo‘l ko‘tarsa qahrga to‘lib,
Siz — ozor chekkanga eng avval qalqon,
Himoya qilgaysiz birinchi bo‘lib,
Hayotda fojia uchrab turar goh,
Goh umr g‘unchasi qolgaydir so‘lib,
Bunga ham eng avval Sizdirsiz guvoh,
Siz ko‘z yosh to‘kkaysiz birinchi bo‘lib.
Abdulla Oripov
«УЗБЕКСКАЯ ЛИТЕРАТУРНАЯ ТЕТРАДЬ» В МОСКВЕ
Под таким названием под рубрикой «Книга в журнале» в седьмом номере 2024 года популярного московского литературно-художественного издания «Литературные знакомства» вышла большая подборка поэтических и прозаических произведений ведущих литераторов Узбекистана в русском переводе. Российская публика получила возможность ознакомится с образцами современной узбекской литературы, получить представление о сегодняшнем литературном процессе нашей страны, представленного творчеством семнадцати узбекских авторов.
Публикацию предваряет вступительное слово Председателя Союза писателей Узбекистана, народного поэта Узбекистана Сирожиддина Саййида, в котором дается высокая оценка взаимодействию русских и узбекских писателей, подчеркивается важность и плодотворность наших культурных связей.
Подборка подготовлена членом СП Узбекистана Николаем Ильиным.
Hurmatli Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 16-xalqaro turkiy sheʼriyat bayramini yuksak saviyada o‘tkazgani bizni juda quvontirdi. Ushbu bayram o‘tgan 2024-yilning eng yorqin voqeasi bo‘lib qoldi.
Sizni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarini yangi 2025-yil bilan tabriklayman.
O‘ylaymanki, bizning qardoshlarcha hamkorligimiz yana davom etadi.
Sizga cheksiz hurmat bilan
Mehmet Nuri Parmaksiz,
İLESAM rahbari
____________________________
Sayın Siraciddin Seyyid,
Özbekistan Yazarlar Birliği'nin 16. Uluslararası Türk Şiir Festivali'ni üst düzeyde gerçekleştirmesinden büyük mutluluk duyduk. Bu tatil, geçen 2024 yılının en parlak olayı oldu.
Sizi ve Özbekistan Yazarlar Birliği üyelerini 2025 yılının yeni yılını tebrik ediyorum.
Kardeşçe işbirliğimizin yeniden devam edeceğini düşünüyorum.
Size olan saygımla
Mehmet Nuri Parmaksız
İLESAM Başkanı