Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
18 yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:
Ahror Ahmedov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Gulandom Quramboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Ali Nasirli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Ushbu sanada tug‘ilgan kunini nishonlagan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#yurak_amri
Marvarid qo‘shiq yaratish oson emas
“Hurmatli yozuvchilar, mening ham juda yozgim kelyapti. Faqat nima haqda yozishni bilmayapman. Menga biror dolzarb mavzuni aytinglar, ajoyib kitob yozib berardim”.
Yosh qalamkashlar shunday iltimos bilan Yozuvchilar uyushmasiga, gazeta-jurnal tahririyatlariga, shaxsan yozuvchilarning o‘zlariga murojaat qilib turishadi. Bunday xatlarni men ham olib turaman. Bunday xatlarni otam ham olgan. Shunday kezlarda otam boshini chayqab der edi:
– Yosh yigit uylanishni xohlayapti-yu, lekin kimga uylanishni bilmayapti. Ko‘z ostiga olib qo‘ygan qizi yo‘q, kimga sovchi jo‘natishni bilmasdan hayron.
👉davomi...
“Yoshlik” / 2023 / 7
@yoshlikjurnali
"Buyuk maʼrifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar eʼtirofida" tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
«Hazrati Behbudiy kim boʼlgan?»
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi «Yangi Oʼzbekiston» gazetasining 2025 yil 12 yanvardagi 8-sonida «Hazrati Behbudiy kim boʼlgan?» sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qarori bilan 2025 yil mamlkatimizda taniqli din va jamoat arbobi, publitsist va dramaturg, Turkiston jadidchilik harakatining asosichisi Mahmudxoʼja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan ushbu maqola «Mashʼal» gazetasi bosh muharriri oʼrinbosari, Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Otabek Isroilov tayyorlagan.
Batafsil oʼqish uchun gazetaning pdf shakli tahririyat tomonidan taqdim etilmoqda.
Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Аxborot xizmati
XOTIRA KECHASI VA "XAVOTIR" KITOBI TAQDIMOTIGA MARHAMAT!
Читать полностью…17-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:
Sharof Ubaydullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Abdihamid Pardayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Abdulla Ayizov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Latif Mansurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi.
@yangidavr_rasmiy
Poytaxtimizda "Izlam" to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.
Читать полностью…“O‘zbekiston” radiokanalida Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Farida Afro‘zning 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigi efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
16-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:
Lola O‘roqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Gulchehra Muradaliyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Kumush O‘sarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Sadoqatoy Suyarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Oybek uy-muzeyiga press-tur.
2025-yil 10-yanvar.
https://youtu.be/m0SuW3IgZwQ?si=Ds1BuayKU8ylTVge
15-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Mahmuda Valiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Yormuhammad Rustamov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Mansur Inomxonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Shavkat Hasanov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyumasi aʼzosi;
Islomjon Qo‘chqorov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Zilola Xoliqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Sirojiddin Turdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida "Posboniman muqaddas yurtning" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Abu-Dabi shahridagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
Prezident.uz
#mahalla_yangiliklari
"Izlam" to'plami taqdimoti bo'lib o'tdi.
🗓 13.01.2025
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#Videolar
#Mahmudxo‘ja_Behbudiy_tavalludining_150_yilligiga
▶️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Adiblar xiyobonida “Buyuk ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar e’tirofida!” nomli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
🖥Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Fasllar sog‘inchi
Go‘zal kelar edi biz tomonga qish,
Bamisli billurdek, kumushdek taram;
Chanada uchardik beg‘am, betashvish,
Sirli ko‘rinardi sinoat olam.
Ammo sezmas edik buni o‘sha kez,
Yuzlarni momiq qor silashlarini;
Orzu qilar edik bahorgacha biz,
Olvolizorlarning gullashlarini.
Chunki juda nafis kelardi ko‘klam,
Gul hidin yoyardi mayin shaboda;
Biz esa o‘ylardik yoz kelsa xurram,
Cho‘milamiz deya Oqsuvdaryoga.
Nahot sezmas edik yomg‘irli u kez,
Bog‘lar tarovati - bahor qulfini;
Misoli telbadek sog‘inardik biz,
Quyosh qizdirguvchi yozning lutfini.
O‘zgacha kelardi chunki bizda yoz,
Tarvuzlar pishiqda tarsillar edi;
Chunon qizdirardi quyosh ko‘kda boz,
Shafaqlar qizarib charsillar edi.
Ammo his qilmasdik nega o‘sha kez,
Charog‘on nurlarning shu kulishini;
Misli mavlud kutgan so‘pidek yolg‘iz,
Kutar edik tezroq kuz kelishini.
G‘aroyib kelardi chunki bizda kuz,
Sariq-qizg‘ish barglar lovullar edi;
Hovuchga sig‘masdi anorlar ko‘z-ko‘z,
Og‘ochlar shamolda shovullar edi.
Ammo ilg‘amadik buni o‘sha kez,
U kunlar ko‘zlardan nari surindi;
Kuzning go‘zalligin anglamay behis,
Qorlar yog‘ishini kutardik endi.
Go‘zal kelar edi biz tomonga qish,
Bamisli billurdek, kumushdek taram;
Chanada uchardik beg‘am, betashvish,
Sirli ko‘rinardi sinoat olam.
16.05.2020.
Moskva-Ramenki.
Sherzod Komil Xalil,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
"Buyuk maʼrifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar eʼtirofida" tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi
Bugun Adiblar xiyobonidagi Mahmudmudxo‘ja Behbudiy haykali poyida "Buyuk maʼrifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi - avlodlar eʼtirofida" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda davlatimiz rahbarining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosiga eʼtibor qaratildi.
Dastavval keng jamoatchilik ishtirokida adib haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng, uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, Xalqaro islom akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohid Islomov, filologiya fanlari doktori, professorlar - Bahodir Karimov, Zulxumor Mirzayeva, Saidakbar Aʼzamxo‘jayev Behbudiyning ilmiy-ijodiy merosining ilm-maʼrifatdagi o‘rni, uning ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
- Bu yil Behbudiy ijodini, hayotini o‘rganishga olimlar, ijodkorlar, yoshlar tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi, - dedi uyushma aʼzosi Bahodir Karim. - Qarorda adibning dramalarini sahnalashtirish, tanlangan asarlarini nashr ettirish, joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish taʼkidlangan. Boisi, uning yozganlarida millatni maʼnaviyatga, maʼrifatga, ilmga chorlash g‘oyasi ustundir. U dunyoni ko‘rgan katta alloma. Xorijda eʼlon qilingan Ismoil Gaspirinskiyning “Tarjimon”, Abdurashid Ibrohimning “Ulfat”, Tataristonning “Vaqt” gazetalarida, Orenburgning “Sho‘ro” jurnalida uning ko‘plab asarlari nashr qilingan.
Unda Mahmudxo‘ja Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatorida siyosatshunoslik, islom tarixi va nazariyasi hamda matbuot bilan ham jiddiy shug‘ullangani, “Oyna” jurnaliga asos solgani, “Padarkush” dramasi orqali o‘zbek dramaturgiyasiga, teatriga poydevor qo‘ygani haqida so‘z bordi. Mazkur qaror esa atoqli adib ijodini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishda, o‘zlikni anglashda muhim jarayondir.
- Behbudiy xalqni yorug‘ yo‘lga olib chiqishda jadidchilikda rahnamolarning biri bo‘lgan, - dedi dramaturg Qo‘chqor Norqobil. - Bu yo‘l ilm va maʼrifat yo‘li edi. U o‘z uyida maktab ochgan. Millatni kitob, matbuot orqali o‘zligini anglashga undagan. O‘zbek dramaturgiyasiga asos solgan. Uning buyukligi shundaki, adib yelkasida millat yuki bo‘lgan. Bu yoshlarni ilmga, maʼrifatga chorlash g'oyasi edi.
Yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, pedagoglar, ishtirok etgan tadbirda institut talabalari tomonidan Behbudiy asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Zulayho Ahmadjonova
MUBORAK BO‘LSIN!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining tegishli buyrug‘iga asosan taniqli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shodmonqul Salom "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Mukofoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid topshirdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#Sharq_yulduzi (10/2024)
#Adabiyotshunoslik
Har bir so‘zning o‘z tarixi bor
Buyuk qozoq shoiri O‘ljas Sulaymonov
bilan Muhammad Ismoil suhbati
Muhammad Ismoil:
– 2018 yil Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili” deya e’lon
qilindi. O‘ylaymanki, bu barchamiz orziqib kutgan, ammo kutilmaganda ro‘y
bergan g‘oyat ajoyib xushxabar bo‘ldi…
O‘ljas Sulaymonov: – Bizlar qariyb o‘ttiz yil ko‘rishmadik. Yozuvchilarni
nazarda tutayapman. Balki bundan ham ko‘pdir. Qayta qurish hatto o‘zaro
munosabatlarimizni qayta qurdi. Avvallari bizlar tez-tez ko‘rishar, bir
birimiznikida mehmon bo‘lar edik. Qozoq yozuvchilari Toshkentga borishar, o‘zbek
yozuvchilari Olma-otaga kelishar edi. Boshqa jumhuriyat ijodkorlari bilan ham
shunday do‘stona va qizg‘in munosabatlar o‘rnatilgan edi. Afsuski, hozir unday
emas. Biz hatto eng yaqin do‘stlarimiz bo‘lgan Odil Yoqubov, Erkin Vohidov,
Abdulla Oripov, Nosir Fozilovlarning bu dunyoni qachon tashlab ketganligini
bilolmay qoldik.
To‘liq o‘qish
/channel/SharqYulduziJurnali
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimovga akasi Nazar Aytmurat o‘g‘li Karimovning vafoti mutosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida 17-yanvar kuni soat 10:30da Adiblar xiyobonidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali poyida “Buyuk ma‘rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi avlodlar e‘tirofida!” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Barchani taklif etamiz!
O‘zbekiston Yozuvchiar uyushmasi Axborot xizmati
DIQQAT, TANLOV!
29-yanvar kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida shoir Amirqul Po‘lkanning "Ijod Nashr" nashriyotida chop etilgan "Sen oyday uzoqsan, malagim" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Adibning farzandlari va nashriyot tomonidan shoir sheʼrlarini o‘qish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi. Yaʼni, ijodkorning sheʼrlarini o‘qing va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanalingizda eʼlon qilib boring, havolani telegramdagi @Ahmad_Ergashev manziliga yuboring.
Jo‘natilgan materiallar "Amirqul Po‘lkan" telegram kanaliga ham joylab boriladi. Eng ko‘p targ‘ib qilgan, eng yaxshi o‘qigan, muxlislar tomonidan eng ko‘p eʼtirof etilgan ijodiy ishlar rag‘batlantiriladi.
G‘oliblar taqdimot kuni ushbu mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin 3 000 000 so‘m, diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi;
2-o‘rin 2 000 000 so‘m, diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi;
3-o‘rin 1 000 000 so‘m, diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi.
"Amirqul Po‘lkan" telegram kanali ochildi. Aʼzo bo‘ling:👇
/channel/amirqulpulkan
Xushxabar!
"ULUG‘ SALTANAT" RUS TILIDA CHOP ETILDI
“Yangi asr avlodi” nashriyoti O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati, professor Muhammad Alining to‘rt tomlik "Ulug‘ saltanat" roman-epopeyasini ilk marta rus tilida “Великая империя” nomida nashrdan chiqardi. Epopeya Buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning (1336-1405) hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. Asarda Turon yurtining shonli o‘g‘loni Amir Temurning yorqin insoniy siymosi yaratilgan. "Ulug‘ saltanat" ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi milliy epopeya hisoblanadi. Roman-epopeya 20 yil davomida qog‘ozga tushirilgan (1993-2013).
"Великая империя" roman-epopeyasini — Toshkent, Qatortol ko‘chasi, 60-uy, Book.uz” kitob do‘konidan sotib olish mumkin. Marhamat!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
MEN QAYTAMAN
Mansur Jumayev she'ri
Shahzoda Orifjonova o‘qidi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Nimani ko‘rgan bo‘lsang, shuni yoz...
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov
“Ustoz”
#arxiv
“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1983-yil 1-sonini havola etmoqdamiz!
Jurnalni onlayn o‘qish!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
“O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy jarayon" eshittirishida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan press-tur hamda uy-muzeyi haqida eshittirish efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
14-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Orziqul Ergash, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;
Asror Mo‘min, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va tarjimon;
Ahmad Otaboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, adabiyotshunos olim va tarjimon;
Yusufjon Abdullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Shirin Saburova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Mehri Abdurahmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;
Vohid Luqmon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati