yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Gulandom Tog‘ayevaning “Ishq handasasi” kitobi taqdimotidan fotolar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“General Jo‘rabek: davr va qismat” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi

Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va uyushma a’zosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yangi kitob taqdimoti jarayonida yurtimizning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘tmishi biz bilganimizdan ham murakkab, chigal, olovli va sinovli yillarga to‘la ekanini yana bir karra angladik.
Kitob taqdimotida e’tirof etilganidek, keyingi yillarda tariximizni chuqurroq o‘rganish, o‘tmishga oid tadqiqotlar doirasini kengaytirish, ayniqsa, jadidlar harakatining mazmun-mohiyatini yoshlarga kengroq yetkazish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Davomi...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Mahalla” radiokanali "Mutolaa zavqi" eshittirishida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib Habib Siddiqning "CHIROG‘I YONIQ XONADON" hikoyasi efirga uzatildi.                                                                                                                                        Marhamat, tinglang...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimotidan suratlar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Xalq so‘zi" gazetasining 2025-yil 23-yanvar kungi soni mutolla uchun havola qilinyapti.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Sizni 2025-yil 24-yanvar kuni soat 15:00da uyushma a'zosi, “Shuhrat” medali sohibi, filologiya fanlari nomzodi Gulandom Tog‘ayevaning “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan “Ishq handasasi” nomli kitobi taqdimotiga taklif etamiz.
Manzil: “Milliy bog‘” metro bekati, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta majlislar zali.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoil

"Olamning qalbi" ko‘rsatuvida

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Odamga yordam bering" spektakli haqida lavha.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

   Habib Rahmat, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Raʼno Azimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Xolmuhammad Karim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Zuhro Eshonqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; 

   Xurshida Nishonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Ravshan Haqmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; 

  Nurmuhammad Abduzoirov, shoir.

   Ushbu sanada tug‘ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining "Sheʼriy lahzalar" dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhiddin Abdusamadning sheʼrlaridan bahra oling.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Yoshlar" telekanalining "Tafakkur yo‘li" ko‘rsaruvida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan suhbat efirga uzatildi. Tomosha qiling!👇

https://youtu.be/DAvU1caDhdg?si=A8aa2S_gdjrQ-uCK

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi


Mahmudxo‘ja Behbudiyning tarixiy surati

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Jadid_uz">YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

20-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

Xurshid Davron, O‘zbekiston xalq shoiri;

Ilyos Quvondiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Muhammad Sodiq, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Yahyo Tog‘a, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Hakim Abdulla, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Alisher Saʼdullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Muhayyo To‘laganova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Salomat Vafo, yozuvchi.

Ushbu sanada tug‘ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tarixiy asar taqdimoti

Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va uyushma aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari – Xurshid Do‘stmuhammad, Gulmira Musajonova, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, falsafa fanlari doktori Qiyomiddin Nazarov, tarix fanlari nomzodi Nuryog‘di Toshov, shoira Lola O‘roqova va boshqalar so‘zga chiqdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan jadid bobolarimiz orzu qilgan ilm-maʼrifatli jamiyat yaratish g‘oyasi mualliflarni “General Jo‘rabek: davr va qismat” tarixiy-hujjatli badiasini yaratishga ilhomlantirgani, shubhasiz.
– Mazkur asarning dunyoga kelishida O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammad, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Yakubov ularga yaqindan ko‘mak berdi, – dedi Gulmira Musajonova. – Asar voqealari yaqin tariximizning sirli sahifalaridan biriga tutilgan yorqin ko‘zgu sifatida ahamiyatlidir.
Ushbu kitobda mualliflar bir yarim asrdan ko‘proq davr avval Turkiston zaminida ro‘y bergan hodisotlar, taxt va mansab, boylik talashish ortidan kelib chiqqan urush-nizolar, talotumlarni bugungi kun nazari bilan tahlil qilgan. Ushbu tarixiy-hujjatli badia barcha qatlamdagi o‘quvchilarni keng mushohadaga chorlashi bilan muhimdir. Kitob 2024-yilda “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. Loyiha rahbari Sirojiddin Sayyid. Unga Baxtiyor Yakubov muharrirlik qilgan.
Вir yarim asr ilgari bo‘lib o‘tgan ushbu voqealar tafsilotlari asarning beshinchi bo‘limidagi “Qozi bilan qalin bo‘lsang...” sarlavhali maqolada to‘liq keltiriladi. Kitobning aynan ushbu bo‘limida birinchi o‘zbek generali Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘lining jadidlar harakatiga qo‘shilishi, Turkistonda ilm-maʼrifat, kitobxonlik, vaqtli nashrlar, sanʼat va boshqa ijtimoiy sohalarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar jarayonini nafaqat qo‘llagani, balki birgalikda ushbu “qozonda qaynagani” to‘g‘risida aniq tarixiy dalillar, yozma manbalar va zamondoshlari xotiralari orqali o‘qirmanlarga yetkaziladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar asarning mazmun-mohiyati haqida mushohada yuritishdi. Mualliflar yig‘ilganlarga yangi asarni ulashdi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, dramaturg, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Po‘lat Aytmuratovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimotidan suratlar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

23-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

Shomurat Sharapov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Yaxshigul Xidirova,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Po'latbay Aytmuratov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, dramaturg;

Alisher Otaboyev,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tarjimon;

Husniddin Hayitov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Sayfiddin Okanov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Shahriyor Shavkat, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Ushbu sanada tug'ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ISMINGGA MOS JASORATING

(“Manchestyer Siti” futbol kulubi a’zosi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanovga)

Bu elning kuch-qudratiga,
Berilgan sof bohodir.
Boqib qaddi-bo‘ylaringga,
Deyman: faxr Abduqodir

Ismingga mos jasorating,
Qodir zotdan chin atodir.
Omad, degan o‘z-o‘zidan
Kyelmas axir, Abduqodir.

Dunyo futbol maydonidir,
Ne o‘yinlar bo‘lmas sodir.
Mardlari ko‘p janggoh ichra
Turmoq og‘ir, Abduqodir.

Olam bedor, yo‘q oromi,
Qayga boqsa o‘zbek nomi,
Ovro‘pa ham shak-shubhasiz
Ochdi bag‘ir, Abduqodir.

Bobong Temur, Manguberdi,
Jasoratda tengsiz erdi?
Tomiringda oqar qoni,
Asli yovqur, Abduqodir.

Kimga tushsa Vatan kori,
U atalar yurt shunqori,
Xalqni polvon iftixori,
Deyman: faxr, Abduqodir.

Yahyoxon Fayoz,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

FAXR

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy muassasalar o‘rtasidagi musobaqada Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan taʼsis etilgan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” bilan taqdirlandi.
  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari, shoir G‘ulom Abdiyev (G‘ulom Egamshukur)ning “Amir Temur jangovar bayrog‘i” deb nomlangan bag‘ishlov sheʼri “Hurriyat” mustaqil gazetasining birinchi sahifasida eʼlon qilindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/680386

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SABOQ

Bulbul bag‘ri qondir- sayrona shundan,
Oshiq ahlin ko‘ksi vayrona shundan,
Bul chiston maʼnisin bilganim kundan
Tilim oshig‘u lol, bir so‘z qarz bering,
Navoiy nazmidan bitta dars bering.

Hazrat tomirida oqqan lolaman,
Turkiy so‘z quyoshi sochgan tolaman,
Lutfiy ko‘zidagi qatra jolaman,
Jomiy hayratidan bir havas bering,
Navoiy nazmidan bitta dars bering.

Necha asrlarki so‘zning sultoni,
Olamu odamning qayg‘urgan joni,
Nidosi bugun ham ko‘ngil isyoni-
Toza so‘z qasdida keldim, so‘z bering,
Navoiy nazmidan bitta dars bering.

Dunyo ko‘hna beshik, allalar mudom,
Allasi ezgulik – charxi izdihom,
Yuragim to‘kilar aytib yig‘lasam,
Oshiqqa ko‘z yoshni qutlug‘ farz bering,
Navoiy nazmidan bitta dars bering.

Ul zotning nuridan umrim nurafshon,
Har satridan ko‘char ko‘nglimga imon,
Navoiy - yuraklar to‘ygan dasturxon,
Shu neʼmatdan menga rizqu ro‘z bering,
Navoiy nazmidan bitta dars bering,
Menga Navoiydan bitta dars bering!.

Sayyora TO'YCHIYEVA

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Luqmon_Boʻrixon_60


Bizning Luqmon Bo‘rixon…


Luqmon Bo‘rixonda ijodiy zaxira nihoyatda boy edi. Uning siymosida gigant bir yozuvchini, betakror so‘z san’atkorini umid qilar edim. Ming afsuslar bo‘lsinki, “Kuy avjida tor uzilgan”ligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Nachora, o‘lchab berilgani shu ekan. Ilohim, Yaratganning yozig‘iga shirk keltirgan bo‘lmaylik. Vallohu a’lam…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Yozuvchilar uyushmasida 23-yanvar kuni soat 15:00 da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oʻzbek tilining izohli lugʻati onlayn foydalanishingiz uchun tavsiya etilmoqda. 👇

https://izoh.uz/uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi

#20jan #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 17-yanvardagi 3-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🟡Ikrom BO‘RIBOYEV:
TEATR: U HOZIR HAM IBRATXONAMI?
🟡Bahodir KARIM:
BEHBUDIY BERGAN SABOQLAR
🟡 Viktor PAK:
BU – MENING VATANIM!

Muhayyo PIRNAFASOVA yozib oldi.
🟡 Abduqayum YO‘LDOSHEV:
ES
🟡 Ro‘zimboy HASAN:
YOLG‘ONNI YAMLAMAY YUTIB, “SEMIRAYOTGAN” YouTube
🟡 Zafarjon JABBOROV:
TUPROQ – TIRIK JON
Vasila HABIBULLAYEVA suhbatlashdi.
🟡 DILNOZA JAMOLOVA:
JADIDLIK MILLIY HARAKATI VA TIL-IMLO MASALASI
🟡 Jamoliddin BADAL:
MA’RIFATPARVAR GENERAL QISMATI
🟡 Husan MAQSUD:
“VAZN”I O‘ZGARGAN “VAZMIN”


Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy

Jadid.uz
| Telegram | Facebook | Instagram | Jadid_uz">YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ODAMGA YORDAM BERING!

Prezidentimizning “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va  ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida sahna asarlarining aholi maʼnaviyati yuksalishidagi o‘rni, teatr faoliyati ko‘plab sohalarni qamrab olishi, zamon qahramonlarini sahnaga olib chiqish bugungi kuning dolzarb vazifasi ekanligi taʼkidlab o‘tilgan.  Shu bois yurtimiz teatrlarida yuksak saviyadagi asarlar yaratish, tomoshabinlarni teatrga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Samarqand viloyati musiqali drama teatrida taniqli adib va dramaturg Qo‘chqor Norqobilning “Odamga yordam bering!” nomli sahna asari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Asarni rejissyor Alijon Hasanov sahnalashtirgan. Spektakl o‘z kasbini qismat deb bilgan fidoyi shifokor va hamshiralar haqida. Dramada yurt boshiga pandemiya balosi yog‘ilgan kezlarda hayot-mamot sinovida matonat ko‘rsatgan tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati, o‘limni bo‘yniga olib bemorlar umrini saqlab qolishga jazm qilgan kishilarning jasorati yuksak darajada o‘z ifodasini topgan. Inson qadri, odamiylik, tiriklik mohiyati ulug‘langan sahna namoyishidagi voqeylik va hayotiy manzaralar tomoshabin qalbini larzaga soladi.
Mazkur drama tomoshabinlar ko‘nglida hayotni sevish, tirikliklikni qadrlash tuyg‘ularini yanada mavjlantiradi, odamlar orasida mehr-muhabbatni alanga olishiga xizmat qiladi. 

Toshpo‘lat Tugalov,
Yozuvchilar uyushmasi
 Samarqand viloyati bo‘limi rahbari

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

19-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

    Mahmudxo‘ja Behbudiy, Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi;  

Xayriddin Sulton, taniqli yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Ibodat Rajabova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;  

Bahodir Andijoniy, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;  

Fotima Mirzaboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Obiddin Mahmudov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

   Ushbu sanada tug‘ilgan kunini nishonlayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал