yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Badiiy tarjima: kecha, bugun, ertaga” adabiy forumidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A‘zam bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

📚 Bugun, 6-fevral kuni Alfraganus universitetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A‘zam bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Adabiyot ixlosmandlari va yosh ijodkorlar bilan kechgan mazmunli suhbat davomida “Gonoluluga Elchi” va "Bayramdan boshqa kunlar" kitoblariining yaratilish jarayoni, asarlarning mavzusi hamda yozuvchi ijodining yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📖 Samimiy va qiziqarli fikrlar bilan boyitilgan uchrashuv turli savol-javoblar va adabiy munozaralar bilan yakunlandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

AJDODLAR MEROSI MANGU BARHAYOT

Buyuk mutafakkir, soʼz mulkinig sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Gʼallaorol tumanidagi Marjonbuloq shaharchasi va Qoʼshrabot tumanining Zarkent qoʼrgʼonidagi Janubiy-kon boshqarmasi boʼlimlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirokida "Ajdodlar merosi mangu barhayot!" shiori ostida "Nazm va navo" deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʼlimi bosh mutaxassisi Zuhra Begim, yozuvchi Abdualim Sulaymonov va Samarqand davlat universiteti tadqiqotchilari Zavqiy Fayzullayev, Orasta Orolova soʼzga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida maʼruza qildi.Tuman san‘atkorlari Navoiy va Bobur gʼazallariga bastalangan kuy-qoʼshiqlar ijro etdi. Ishchi-xodimlarning farzandlari ikki buyuk shoirning gʼazallaridan yod aytib, davraga fayz kiritdi.

Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʼlimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz chiqargan kitob

MANGU QUYOSH

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali o‘zining yangi “Mangu quyosh” tarixiy romanida millatimizning faxru iftixoriga aylangan shaxs, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayotiga murojaat etadi. Muallif unda ulug‘ shoirning murakkab hayoti, bemisl ijodi, buyuk muhabbati haqida hikoya qiladi, tarixiy haqiqatlarga o‘z munosabatini bildiradi.
Roman qiziqarli voqealarga boy, shirali tilda yozilgan.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri

So‘ngso‘z muallifi: Temur Shirinov,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi

Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://youtu.be/sTsUZ6-VZ3c?feature=shared

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi


O‘LMAS ASARLAR YOZGAN BAXTLI ADIB
Mamatqul HAZRATQULOV

O‘lmas Umarbekov hayotdan erta ketdi, juda erta ketdi. Oltmish yosh-a!. Shu qisqa hayoti davomida tinmay ishladi, ijodda ham, ijtimoiy hayotda ham. Shunga qaramay oddiy, kamtarona yashadi, dang‘illama uylar qurmadi, xorij mashinalaridan olmadi. Rosmana o‘zbekona hovlida umrguzaronlik qildi. Mol-u dunyoga ruju qo‘ymadi. Ammo boy ma’naviy xazina qoldirdi.


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=8831

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tavsiya

Kitoblar olamidagi hayotim


Bolalikda o‘qilgan ilk kitoblar insonning yoshi ulg‘ayganda ham qalbini nurday yoritib turaveradi. O‘tgan yillar davomidagi tuyg‘ularini, go‘zal va og‘ir lahzalardagi qarorlarini, boringki, ich-ichini titkilab qarasa, o‘zi ham o‘sha kitoblarning parchalaridan iborat bo‘ladi.

Men o‘qigan kitoblarimdagi voqealarga nafaqat ishonardim, balki kitobning birinchi sahifasidan boshlab boshqa olamga o‘tar, boshqa odamlar bilan yashay boshlardim. U yerdan darrov o‘zimni topib olardim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” kitobi turk tilida chop etildi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida “Yurakka ko‘milar asl shoirlar...” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

📺 "Bugun"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_542

MUTOLAADAN SO‘NG...

Sohirso‘z “Boburnoma”
Ko‘zdan yosh toma-toma,
Seni yonib o‘qidim.
Bor edim hayratbog‘da,
Bor edim g‘ururtog‘da,
Vale sovuq, sevgisiz
Makonlarda yo‘q edim.
Men axir seni... seni...
Olov, cho‘g‘ni o‘qidim...

✍️Zamira Ro‘ziyeva

🎙️Zamira Ro‘ziyeva — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Yurakka ko‘milar asl shoirlar” nomli fotoko‘rgazma ochildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Norto‘xta Qilichichning "Tanlangan asarlar"i taqdimoti.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Anjumandan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi Norto‘xta Qilichning "Adabiyot" nashriyotida chop etilgan “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimotidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

JONLI EFIR

Ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma aʼzosi, taniqli yozuvchi Norto‘xta Qilichning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tyapti. Tadbirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

👇
https://fb.watch/xy_vFQZtUS/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Badiiy tarjima: kecha, bugun, ertaga” adabiy forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Do‘rmon” ijod uyida o‘tkazilgan bir kunlik forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Mihjojiddin Mirzo, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Uni Badiiy tarjima kengashi raisi Zuhriddin Isomiddinov olib bordi.
Forum davomida tarjimashunosligimizning bugungi ahvoli, she’riy tarjimaning o‘ziga xos jihatlari, nasrimizning rus nashrlarida yoritilishi, jahon nasrining o‘zbek tilidagi talqini, adabiyotimizning turk tiliga tarjimasi bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi va yig‘ilganlarning mazkur mavzularga bag‘ishlangan ma'ruzalari tinglandi.
Mutaxassislar tomonidan 2024-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan, badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotini ta’sis etilgani tarjima sohasida qalam tebratib kelayotgan ijodkorlar uchun ayni muddao bo‘lganini, Misr Arab Respublikasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani arab tilida Misrda chop etilganini, Saudiya Arabistonida “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari nashr qilinganini, Ashxobod shahrida turkman xalqining milliy yetakchisi G.Berdimuhamedovga sovg‘a qilingan Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tgani faxr bilan qayd etildi. Shuningdek, 2024-yilda Sulton Rayevning “Tanlangan asarlar” kitobi, turk shoiri Akif Erso‘yning “Safahot” to‘plami, “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” to‘plamining turk tilidagi nashri taqdimoti o‘tkazilgani, “100 tarjima” loyihasi amalga oshirilib, o‘tgan yil davomida 81 ta nasriy asar, 19 nafar muallifning she’riy asarlari xorijiy tillardan tarjima qilinib, chop etish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga yetkazilgani ma'ruzachilar tomonidan alohida e'tirof etildi.
Eng ahamiyatlisi, bugungi kunda tarjima bilan shug‘ullanayotgan yoshlar asarlariga tanqidiy baho, kamchiliklarni bartaraf etish tavsiyalar berildi.
Darhaqiqat, 2025-yilda tarjimonlar oldida katta vazifalar turibdi. “Turkiy ellar folklori”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildliklarini nashrga tayyorlash ishlari boshlanmoqda.
Yakunda mamlakatimiz kitobxonlariga badiiyati yuksak xorijiy kitoblarni tarjima qilib, armug‘on etish, yosh tarjimonlarni tarbiyalash, ustoz tarjimonlar faoliyatini ilmiy asosda o‘rganish ishlarini yaxshilash borasidagi vazifalar borasida kelishib olindi va ma’ruzachilarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#anons #zamondosh

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid – “Zamondosh” mehmoni!

Navoiy olami haqida suhbat
Bolalikka sayohat: ilk she’rlar va ilhom manbalari
Ustozlar yodi: buyuk shaxslardan o‘rgangan darslar
Bugungi adabiy jarayonlar

Muallif: Zebo Mirzo
Rejissor: Anvar Qosimov

🗓 9-fevral | 17:05
📺 “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Guliston shahridagi Navoiy haykali poyida mushoira tashkil qilindi. Unda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining yosh ijodkorlari ishtirok etdi. G‘azalxonlik tarzda o‘tkazilgan mushoirada ijodkor o‘quvchilar shoir g‘azallaridan yod o‘qishdi. Shuningdek, o‘zlarining ijod namunalaridan ham ishtirokchilarni bahramand qilishdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan mushoira tashkil etildi. Unda o‘quvchilar mutafakkirning ko‘plab g‘azallarini yoddan o‘qishdi. Ayniqsa, shoirning “Kecha kelgumdir debon...”,”Qaro ko‘zim...”,”O‘n sakiz ming olam oshibu...”,”Qoshi yosinmu deyin...” kabi g‘azallari barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Bu kabi mushoiralar yoshlarning shoir sheʼriyatiga muhabbatini oshiribgina qolmasdan, maʼnaviyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Sirdaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” kitobi turk tilida chop etildi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi”da Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir oʻtkazildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi


Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlangan fotokoʻrgazmadan lavha

Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “Yurakka koʻmilar asl shoirlar” nomli badiiy koʻrgazma ochildi.

Fotokoʻrgazma muallifi taniqli fotograf Abdugʻani Juma.


Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Tez_kunda

Gazetamizning “Bolalik kunlarimda” rukni uchun Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan suhbat qildik.

Suhbatda “Tong yulduzi” ning isteʼdodli muxlisi, Sariosiyolik oʻquvchi Sirojiddin Saidovning, hurmat va mehringizni qozongan shoir, adib boʻlib tanilguncha boshidan qanday voqealarni kechirgan? Shoir boʻlishiga kim sababchi? Qaysi ustozlarning tarbiyasini olgan? Uning bolaligi ham sizning bolaligingizga oʻxshaydimi? Suhbatni oʻqigach savollaringizga javob topasiz. Suhbat orqali ustoz ijodkorning bolalik chogʻlari, yoshlik yillaridagi ajib xotiralariga nazar tashlaymiz...

Bu suhbatni tez kunda sevimli nashringizning yangi 2025-yil 6-sonida oʻqishingiz mumkin boʻladi.

Bizni kuzating👉@tongyulduz

Telegram | Facebook| Veb-sayt | Mobil ilova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

6-fevral kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

   Murtazo Qarshiboy, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Shodmon Xo‘jamberdiyev, O‘zbekiston xalq baxshisi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Muzaffar Muhammadnazar, yozuvchi;

Dilnoza Matkarimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

   Barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«Xalq so‘zi» gazetasining 2025-yil 6-fevral kungi 26 (8921)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Navoiyga yetmoq baxti" maqolasi eʼlon qilindi. Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi. Shuningdek, gazetaning internetdagi http://xs.uz veb-saytini ham kuzatib borishingiz mumkin.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#saboq

Yosh yozuvchi bo‘lish qiyin


Talant kelib chiqishidagi kitobiylik xalaqit berar ekan, talant yosh vaqtida hayot bilan bog‘lanolmay qiynalishi bor gap. Aftidan, turmushni ko‘rish, bilish, mazmundor hayot yo‘li – kifoya emas. Bular o‘zidan-o‘zi asarga shundoqqina ko‘chib qo‘ya qolmas ekan. Olamni ko‘rish bilan birga, uni yozuvchi ko‘zi bilan qabul etish, idrok qilish, yurakdan o‘tkazib qog‘ozga tushira bilish zarur ekan. Adabiyotning hayotiy mohiyatini qattiq o‘zlashtirib olib, ijodni hayot bilan bog‘lay bilish juda muhim ekan.

Men aytmoqchi emasmanki, kitobda personajlar rashk qilmasin, kasal bo‘lmasin, mehmonga bormasin, deb. Aksincha, bularning hammasi hayotiy; lekin asar qahramoni hayotida uni bizning jamiyatimiz kishisi sifatida ulug‘lovchi mazmundor voqealar bo‘lishi kerak, axir.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bir hikoya talqini

"Ma'rifat" gazetasining 2025-yil 5-fevral kungi sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O‘rolboy Qobilning "Yoshlik" jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chorining "Qizg‘aldoq" hikoyasi haqida "Qizg‘aldoq qishlog‘idagi kurashda..." maqolasini o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanyapti. Bugun Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida ham “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi” mavzusida anjuman tashkil etildi.
Tadbirda jamg‘arma raisi, akademik Oqil Salimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, “Xalq so‘zi” gazetasi bo‘lim boshlig‘i Dilshod Karimov va boshqalar maʼruza qildi.
– Biz davlatimiz rahbarining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng nafaqat allomaning hayotini, balki u yashagan davrni ham o‘rganyapmiz, – dedi akademik Oqil Salimov. – Bu hujjat biz olimlarni ham, keng jamoatchilikni ham birday xursand qildi.
Anjumanda Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalari hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tyuterlar va iqtidorli talabalari ZOOM platformasi orqali qatnashdi.
– O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Mahmudxo‘ja Behbudiy “Tanlangan asarlari”ni nashrga tayyorlayapti, – dedi G‘ayrat Majid. – Shu kunlarda davlatimiz rahbari Malayziyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida nafaqat iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid hamkorlik, balki taʼlim va adabiyot sohasida ham aloqalar qilinayotganini ko‘rib turibmiz. Rektorlar forumi shuning misoli. Jadidlar nimani istagan edi? Ular taʼlim sifatini oshirishni, farzandlarimiz rivojlangan mamlakatlarga borib taʼlim olib kelishini istagan edi. Jadidlarning haqiqiy istaklarni mana shunda ham ko‘rinadi.
Maʼruzalardan so‘ng ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi Norto‘xta Qilichning "Adabiyot" nashriyotida chop etilgan “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimotidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezidentimiz Malayziya Islom sanʼati muzeyi bilan tanishdi

Президент ознакомился с Музеем исламского искусства Малайзии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Подписаться на канал