Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
#gurungdan
To‘g‘ri tarjima – yaxshi tarjima degani emas…
– Nazmda qalam tebratganim qursin! Eslasam, uyalib ketaman. So‘zni qofiyalashtirish she’riyat emasligini anglagunimcha… “qancha qog‘ozlarning boshiga yetdim”. Allohga shukr, bu darddan qutilganimga ancha yillar bo‘ldi. Roman tarjimasi jarayonida duch kelganim she’riy parchalarni bir gal Erkin Vohidov, bir gal rahmatli Muhammad Yusuf o‘zbekchalashtirib bergan. O‘zim uchun esa to‘rt satr she’rni tarjima qilishdan ko‘ra o‘n sahifali hikoyani o‘zbekchaga o‘girish yengilroq.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
“Hurriyat” gazetasining 2025-yil 12-fevral kungi 6-sonidan olindi.
Читать полностью…#Luqmon_Boʻrixon_60
Rozi bo‘ling, eshonim!
Luqmon akani taniganimga rosa yigirma bir yil bo‘libdi. Yurish-turishi yozuvchiga ham o‘xshayvermaydigan, sipolikning “s”si ham yo‘qday tuyuluvchi, ammon juda nozik bu insonni bir ko‘rishda taniganman. Juda ajablanganman ham: “Yozuvchiga o‘xshamaydi-ya? Lekin yozuvchi-ku! Zo‘r!” Chunki, “Yalangoyoq” nomli kitobini maktab davrimda o‘qigandim. Va Luqmon Bo‘rixon degan nom ortida katta bir qalamkash borligini teran tuyib yurardim. Yozuvchilar uyushmasining eski binosida ko‘rishdim ilk bor. Biz Zominga ketayotgandik o‘shanda. U kishi bordimi-yo‘qmi, eslolmayman. Hamma yoshlar qatori mening ham xayolimni Muhammad Yusuf band qilgandi. (ustoz shoirimizni ham Olloh rahmat qilsin!)
Shundan so‘ng, asosan “Yoshlik” jurnali sahifalarida, “O‘zAS”da ko‘rardim Luqmon akani. Aniqrog‘i, hikoya va qissalarini!
Shodmonqul Salom
👉davomi...
@yoshlikjurnali
Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" IV xalqaro simpoziumi doirasida Navoiy shahridagi Yoshlar markazida ustozlar va yosh ijodkorlar bilan uchrashuvdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
USTOZLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" IV xalqaro simpoziumi doirasida Navoiy shahridagi Yoshlar markazida ustozlar va yosh ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda xalqaro simpozium tashkiliy qo‘mitasi aʼzosi, Oliy Majlis Senati aʼzosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid muhtaram Prezidentimizning o‘tgan yil 1-2-noyabr kunlari ushbu viloyatga tashrifi chog‘ida 2025-yilni viloyat ahli uchun Navoiy yili deb eʼlon qilganligini tilga oldi. Notiq ulug‘ shoirning yoshlik chog‘i o‘qigan nodir kitoblarini tilga olar ekan, barcha yig‘ilgan yoshlarni ham kitobxonlikka chorladi va Navoiyga bag‘ishlangan yangi sheʼrini o‘qidi.
Navoiylik yoshlar orasidan otilib chiqqan yosh ijodkor, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, Navoiy davlat universiteti talabasi Lobar Jalolova, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sohibi Ibrohim G‘afforov Navoiy g‘azallaridan jo‘shib-jo‘shib yod aytdi. Pirovardida mazkur davra ulug‘ shoir g‘azallari mushoirasiga aylandi.
Taniqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Qorqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musulmon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minova buyuk mutafakkir shoir merosini tahlil qildilar va yangi sheʼrlarini o‘qidi.
Tadbir davomida bir guruh navoiylik taniqli ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi va ularga aʼzolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Badiiy tarjima: Kecha, bugun, ertaga” deb nomlangan adabiy forum o‘tkazildi.
“Bugun”
#Alisher_Navoiy_584
✨Alisher Navoiy dahosi (Intervyu)
🎙️ Xurshida VAHOBJON qizi - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi rahbari, shoira.
📺 Andijon viloyat teleradiokompaniyasi.
@Andijon_TRK
@Yozuvchilar_Andijon
Bobur kabi Vatanni seving!
Yozuvchilar uyushmasida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur kabi Vatanni seving” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti va uyushma hamkorligida o‘tkazilgan kechada ijodkorlar, boburshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.
- Zahiriddin Muhammad Bobur qisqagina umrini adabiyotga, ijodga ham bag‘ishladi, - dedi uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid. - Tahlikali davrda yashagan bo‘lishiga qaramay, u kashfiyotchi bo‘lgan. Uning bu jihatlarini “Boburnoma” asarida ko‘rish mumkin. Yozganlari yoshlarni Vatanni sevishga, unga qalqon bo‘lishga chorlaydi.
Yozuvchi Ma'mura Zohidova Boburning cheksiz matonat timsoli ekani, uning betakror shaxsiyati, ibratli hayot yo‘li va sermazmun faoliyati yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning qalbida fidoiylik va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda nechog‘li muhimligini taʼkidladi.
- Yozuvchi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" va "Avlodlar dovoni" asarlarini o‘qiganimda Bobur Mirzo va uning avlodlariga bo‘lgan tasavvurim kengaygan, - dedi kursant Mohlaroy Murodillayeva. - Ularni davlatni boshqarish usullari, har qanday vaziyatga adolat bilan yondashuvchanligi meni lol qoldirgan. Bugungu tadbir esa biz yoshlarni ajdodlarga munosib bo‘lib ulg‘ayishimizda ahamiyatlidir.
Tadbir davomida kursantlar Bobur g‘azallari, ruboyilaridan o‘qidi. Shoir hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Sarkarda ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.
Zulayho Ahmadjonova
10-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:
Xurram Rayimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Normurod Karimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Xalila Dauletnazarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Mirxon Mirahmedov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi:
Zahro Hasanova, O‘zbekiston Yozuvchilaru yushmasi a'zosi, shoira;
Ilyos Eshmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;
Muhabbatoy Abdiqodirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mutaffakirning Navoiy shahridagi Farxod madaniyat saroyida bo'lib o'tgan nazm va navo kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mutaffakirning Navoiy shahridagi haykali poyiga gul qo‘yish marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
“Navoiyni anglash” mavzusida respublika tanlovi oʻtkaziladi
2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26719
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
HOKIMLAR HAM SHE'R AYTISHYAPTI
Alisher Navoiy yili va Hazratning 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida haqiqiy navoiyxonlik bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyat hududlari hokimlari ham navoiyxonlikda faol qatnashdi va mushoira qilishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Buyuk mutafakkir va shoir, o‘z davrining madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Alisher Navoiy ijodi bugungi kunga qadar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘rganib kelinmoqda.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
Читать полностью…“Hurriyat” gazetasining 2025-yil 12-fevral kungi 6-sonida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Sharifa Salimovaning "Buyuk tamaddunga buyuk eʼtibor", Mirzo Kenjabekning "Dilbar shaxs, mard va tadbirkor hukmdor", To‘lqin Eshbekning "Zamonaviy adabiyotda Bobur siymosi", Qutlibeka Rahimboyevaning "Ong yorishsin, qalblar uyg‘onsin!", Rustam Musurmonning "Bu naqadar fusunkor olam" nomli maqolalarini mutolaa qilishingiz mumkin.
Читать полностью…Taklifnoma
12-fevral kuni soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan to‘rt jildlik "Alisher Navoiy ensiklopediyasi" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
11-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:
Abatgul Tajimuratova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Shuhrat Sattorov, yozuvchi.
Bugun tug‘ilgan barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" IV xalqaro simpoziumi doirasida Navoiy shahridagi Yoshlar markazida ustozlar va yosh ijodkorlar bilan uchrashuvdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
https://youtu.be/vf7_VgKHrK8?si=5ZrOPX8xm11skRrI
Читать полностью…#saboq
***
Fikri beqaror odam – varrakka o‘xshaydi
***
Kitob o‘qib, kitob yozadigan ijodkorlar etikdo‘zga o‘xshaydi.
Yaxshi she’rda yuk bo‘lishi kerak, deydilar.
Lekin bu fikrni filday she’rda chumolining yuki bo‘lishi kerak, deb tushunmaslik lozim.
***
Ko‘zyosh – g‘am bilan shodlik o‘rtasidagi muvozanat ko‘prigi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur kabi Vatanni seving” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti va uyushma hamkorligida o‘tkazilgan kechadan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Taklifnoma
12-fevral kuni soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan to‘rt jildlik "Alisher Navoiy ensiklopediyasi" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bahriddin Sadriddinov,
Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari
ULUG‘ SHOIRGA EHTIROM
Bir necha kun davomida Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy va sharq renessansi" IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro anjumanda bir guruh xorijlik navoiyshunos olimlar, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan navoiyshunoslar hamda shoiru adiblar ishtirok etishdi.
8-fevral kuni erta tongdan viloyat markazidagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" anʼanaviy xalqaro simpoziumining birinchi ish kuni o‘z ishini boshladi. Mazkur anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Simpozium qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov gulduros qarsaklar ostida o‘qib eshittirdi.
Ushbu Xalqaro anjumanda AQSH, Eron, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya kabi o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan taniqli navoiyshunos olimlar dunyo tamadduniga O‘zbek tilidan yaratgan o‘lmas g‘azallari va dostonlari orqali ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning boy ijodiy merosi haqida maʼruzalar qildi.
Davomi...
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mutaffakirning Navoiy shahridagi haykali poyiga gul qo‘yish marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra
Kuni kecha Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar va o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Tantanali tadbirda Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi. Shoir haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi.
Читать полностью…Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan mutaffakirning Navoiy shahridagi haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…ARJUMAND ETMAS
Navoiy g‘azaliga muxammas
Tazarru aylaram, boshim falakkim sarbaland etmas,
Ki yori beqarorim ko‘nglini chin mustamand etmas,
Muhabbat dardi hech dilni manim yanglig‘ najand etmas,
Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglim pisand etmas.
Firoqing dashtida qalbim najotsiz zori bebahra,
Adog‘siz ohi dodimdir, topilmas zarraye zahra,
Ne tong oyina ham yuz ko‘rgazolmas, dog‘dadir chehra,
Ne bahra topg‘amen andin-ki mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahraye andin tilarmen bahramand etmas.
Dedim: sen gavharim, durim, tilab mahzan bayotimg‘a,
Sen asru g‘am yukin mahmullading ojiz qanotimg‘a.
Toshar daryo sirishkimdin, loldir tog‘ sabotimg‘a,
Netay, huru pari bazminki, qatlim yo qanotimg‘a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.
Boshim qay toshlara urgim bilolmasman nadomatdin,
Nahot shuncha malomatlar yog‘ar mahruri rohatdin,
Seningkim raddiyangdir, tonmag‘ay olam saxovatdin,
Kerakmas oy ila kun shaklikim husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Samoga yetgay ammo senga yetmas ohu zorimkim,
Ko‘zumga tiyradur hajring ila dahri diyorimkim,
Visoling o‘tida yonmoq erur dardi qarorimkim,
Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnunshiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglimdin o‘zga yerda javloni samand etmas.
Jununlik ishtihosi-la talabkash bo‘lmakim oxir,
Musallas ishqdin no‘sh aylabon, bas demakim, oxir,
Minib kibr otig‘a mulki Adamda yelmakim, oxir,
Ko‘ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir,
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg‘a kamand etmas.
Erurkim dilga dil jonbaxsh anjum axtarar yulduz,
Qamardir tunga oshiq, shams shaydosi erur kunduz,
Zabun Xurshida shahvora deyolmas loaqal dilso‘z,
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Xurshida Vahobjon qizi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Yangi O‘zbekiston universiteti talabasi Firdavs Sobirovning "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" xalqaro simpoziumi haqidagi fikrlari.
Читать полностью…Tasavvuf insonlarni ibodatlariga ko‘ra guruhlarga ajratadi. Navoiy qaysi darajaga mansub?
Ahli tasavvuf insonlarni ibodatlari, karomat darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratadi. Bu – obidlik, zohidlik, oshiqlik va oriflikdir.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3482
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube