Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Taklifnoma
Shu yil 18-fevral kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy publisistika kengashining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzachilar: Husan Nishonov, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri, yil davomida jurnallarda e’lon qilingan publisistik maqolalar xususida.
To‘lqin Eshbek, O‘zMU dotsenti, ijtimoiy-badiiy gazetalarda e’lon qilingan publisistik maqolalar xususida. Sharofiddin To‘laganov, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolalar xususida.
Uyushma a’zolari, publisistika yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan yosh izlanuvchilar hamda barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Yangi O'zbekiston" 2024-yil 14-fevral 32-sonida Yozuvchilar yushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadovning "Yangi O'zbekiston orzusi va Bobur Mirzo saboqlari" maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Читать полностью…Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi
Читать полностью…Alisher Navoiy siymosiga ehtirom
Читать полностью…Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Читать полностью…#Zahiriddin_Muhammad_Bobur tavalludining_542_yilligiga
SHOH BOBUR
Buncha uzun oh tortdingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida shoh Bobur.
Andijonu Hindu – yetti iqlimda
Topilmadi Sizga bir dodxoh, Bobur.
Ollohimning dargohlari keng, lekin
Sig‘dirmadi Sizni bu dargoh, Bobur.
Kecha uzun, manzil olis, yo‘l uzoq,
Sizga faqat yolg‘iz oy hamroh, Bobur.
Nonko‘r beklar, beoqibat mirzolar,
Kimlar Sizga qazmadilar choh, Bobur.
Gʻurbat bo‘ldi oxir toju taxtingiz,
Podshohlar ham yig‘larkan-da, voh Bobur!
Qismat qattiq, alam bisyor, el g‘ofil,
Bu dunyoda bormi bir dilxoh, Bobur?
Umri otda o‘tgan buyuk musofir,
Davlat nadir asli, nadir joh, Bobur?
Shoirligi shohligidan ulug‘roq,
Shohligi ham she’riday ogoh, Bobur.
Alisherbek deysiz, nazm sultoni,
Siz ham shunda topdingiz panoh, Bobur.
Shamshiringiz yanglig‘ Jayhun yarqirar,
Ko‘kda moh ham Sizning mangu oh, Bobur.
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan film suratga olindi.
Siz bu videoasar orqali qadim va bugungi Andijon, go‘zal Hindiston sari sayr qilasiz. Andijonda tavallud topgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur obrazini aynan andijonlik mashhurlar o‘ziga xos talqinda ijro etganlar.
Bobur va boshqa tarixiy shaxslar obrazida - Ozodbek Nazarbekov, Avaz Oxun, Hasanboy Do‘stmatov, Akmal Mirzo kabi mashhur sanʼatkorlar gavdalangan.
Ssenariy muallifi jurnalist Elmurod Ermatov, postanovkachi rejissyor G‘ayrat Ahmedov.
Facebook | andijanpress-service?si=E5c-rkJ9VeeQxzUD">YouTube | Web-site
Instagram | Telegram
HAZRATI ISHQ.
"Ijod NASHR" nashriyoti.
Homiy: "Mikrokreditbank"
Noshir: Ahmad To'ra
Montaj: MYDesigner
Matnni Muhammadjon Xo'jayev o'qidi.
#gurungdan
Ustoz – pir
Biz maktabda o‘qituvchilarni muallim, institutdagi olimlarni domla deb atar, shunday murojaat qilar edik. Axir ustoz – pir, uning yuziga tik qarab bo‘lmaydi, buyurgan ishi, albatta, bajariladi. Kimdir o‘qituvchini ustoz deb atay boshlagan, boshqalar shundan ulgi olgan-da… Ammo haliyam bo‘lsa, asliga qaytarish kerak. Chunki so‘z qadrsizlansa, so‘z qadrsizlanadi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, atoqli olim Nizomiddin Mahmudov Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi yuksak saviyada nishonlanayotganini ta’kidladi. To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning nashr etilishi buyuk shoir bobomiz tavalludining 584 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Ushbu to‘plamda Navoiy bilan bog‘liq barcha jabhalar – ilmiy, hayotiy, tarixiy ma’lumotlar jamlangan.
Davomi...
12-fevral kuni tug‘ilgan ijodkor:
Doniyor Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Ijodkorimizni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"BOLALIGIM JILDIRAGAN JILG‘ALARDA OQIB KETDI"
Bolalik kunlarimda...
Yorqin tuygʻularga, ifodalarga boy, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglarga yoʻgʻrilgan sheʼrlari bilan xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid «Tong yulduzi» gazetasining bolalik kunlarimda sahifasi mehmoni.
Oʻz asarlari ila xalqining mehrini qozongan ijodkorning bolalik damlari, oʻquvchilik, talabalik yillari qanday oʻtganligi bilan qiziqdik va bu maʼlumotlarni siz aziz oʻquvchilarga ham ilindik!
«Tong yulduzi» gazetasining 2025-yil 6-sonidan.
To‘rt jildlik "Alisher Navoiy ensiklopediyasi" kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
“Hurriyat” gazetasining 2025-yil 12-fevral kungi 6-sonidan olindi.
Читать полностью…Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yana-da yuksaltirish, ular yolg‘on maʼlumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar taʼsirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Farzandlarimizning maʼnaviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi taʼkidlandi.
Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini taʼminlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Ilm-fan va taʼlim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani taʼkidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.
Sherzod Asadov,
Prezident matbuot kotibi
Facebook|Instagram|X
Shoh va shoir tavalludi nishonlandi
Bugun yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi jamoat havfsizligi universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda yozuvchilar, shoirlar, harbiylar, yoshlar jam bo‘ldi.
Dastavval, Zahiriddin Muhammad Bobur, uning askarlari harbiy xizmatchilar va yoshlarning tantanali saf yurishi o‘tkazildi. Shundan so‘ng, shoir haykaliga ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida gullar qo‘yildi.
Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. U o‘z nutqida Boburning hayoti va ijodi ziddiyat va qarama-qarshiliklar, matonat va jasoratlarga boy ekani hamda vaqt o‘tgani sari ulug‘ ajdodimizdan qolgan ulkan ijodiy merosning qadr-qimmati yanada ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
– Bugun yurtimiz bo‘ylab Bobur ilmiy-adabiy merosini o‘rganishga keng eʼtibor qaratilmoqda, – dedi Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri Shuhratxon Muhammadxonov. – Buyuk ajdodimiz borligidan faxrlanishimiz kerak. Uning hayot va ijod yo‘li yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta maktab vazifasini o‘taydi.
Unda shoirlar, kursantlar tomonidan Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi, hofizlarning qo‘shiqlari tinglandi. Harbiylar shoirning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlarini namoyish qildi. Universitet tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Yozuvchilar uyushmasi harbiylarga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.
Zulayho Ahmadjonova
Bugun Bobur qalamiga mansub o’zimiz takrorlab yuradigan baytlarni yozaylik.
Men videoda boshlab berdim. Ketdiiik.
#Bobur_kuni
#Bobur_day
@mehrnoz_abbos
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi nishonlandi
Читать полностью…14-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:
Omon Matjon, O‘zbekiston xalq shoiri;
Tojixol Ashurova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Farrux Hamroyev, jurnalist va adaboyotshunos;
Gulzebo Ibragimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Nilufar Allamuratova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Rivoj O‘tarboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Iqbol Qo‘shshayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Shohro‘z Mo‘minzoda, shoir va tarjimon.
Bugun tug‘ilgan barcha adiblarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Navoiyni bilmaganlarga
Qiz bermasin birorta o’zbek!
Qambar Ota so’zi
Shaxriyorbek Ostonbekov_musiqasi
13-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:
Toshtemir Turdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Ismatulla Turopov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Davletbiyke Sherniyazov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Bashoratxon Yunusova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan barcha adiblarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
2025-yil 17-fevral kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma aʼzosi, taniqli shoir Mansur Jumayevning “Mikrokreditbank” homiyligida "Ijod Nashr" nashriyotida chop etilgan "Hazrati ishq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Barchani tadbirga chorlaymiz. Keling, shoir sheʼriyati haqida ko‘proq bilib oling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“XXI asr” gazetasining 2025-yil 13-fevral kungi 6 (1108)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabekning Bobur g‘azaliga muxammasi, shoira Gulandom Tog‘ayeva ijodi haqida Abdumajid Azimning “Men aytib qolayin deguligimni” maqolasi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Hulkar Hamroyevaning Hindistondagi Javoharlaʼl Neru universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti rahbari, taniqli boburshunos olim Ahmad Axlok Axar bilan suhbati eʼlon qilingan.
🌐 Sayt ✅ Telegram ✅Facebook 🕊 X.com 📹 XXIasrgazetasi">Youtube 🌐 Instagram
TAKLIFNOMA
2025-yil 14-fevral kuni adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida maʼrifiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
Boshlanish vaqti: soat 10:30.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Adiblar xiyoboni Zahriddin Muhammad Bobur haykali atrofi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Biz chiqargan kitob
BOBUR ASARLARI LUG‘ATI CHIQDI
"Bobur asarlari lug‘ati" nashr etildi. Unda “Boburnoma”, "Bobur devoni" va “Mubayyin” asarlaridagi so‘zlar izohi berilgan.
Lug‘at O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida chop qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Ishonch” gazetasining 2025-yil 8-fevraldagi 18-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning turkum sheʼrlari "Navoiyning Vatan yanglig‘ qiyosi yo‘q" sarlavhasi bilan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Sultonmurod Olimning "Undalma g‘azal" maqolasi, Shodmonqul Salomning "Haydovchining himmati" voqey hikoyasi, Bahodir Halimovning "Quruvchi ham odam" maqolasi eʼlon qilindi. Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Web-site| Facebook|Telegram| YouTube
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Bugun Yozuvchilar uyushmasida mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan chop ettilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo‘tayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olim Davlatov, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi direktori Jabbor Eshonqulov, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov va boshqalar so‘zga chiqdi.
Ushbu to‘rt jildlik nashr 1985 sahifa, 3 mingdan ortiq ensiklopedik xarakterdagi maqolalarni o‘z ichiga oladi. Unda Alisher Navoiyning tarjimai holi, faoliyati, yaqinlari, do‘stlari, ustozlari, Navoiyning mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni xususida atroflicha maʼlumotlari qamrab olingan.
- Alisher Navoyi ijodi Ozarbayjonda ham chuqur o‘rganiladi, asarlari sevib o‘qiladi, - dedi ozarbayjonlik olima Almaz Ulviy. - Mazkur ensiklopediyadan navoiyshunoslik masalalari, shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari hamda xorijiy tillarga tarjimalarini ko‘rib, hayratda qoldim.
Kitobning tahrir hay‘ati Bahrom Abduhalimov, Nizomiddin Mahmudov, Shuhrat Sirojiddinov, Sirojiddin Sayyid, Jabbor Eshonqulov, Olim Davlatov, Nodir Jonuzoq, Isajon Sultondan tarkib topdi. Ilmiy ijodiy guruhda Abduqodir Hayitmetov, Ibrohim Haqqul, Maqsud Asadov, Qodirjon Ergashev, Sayfiddin Rafiddinov, Ergash Ochilov, Burobiya Rajabova, Zulayho Rahmonova, Sirdaryoxon O‘tanova ishtirok etdi.
- Ensiklopediyaga yurtimiz va jahon kutubxonalarida saqlanayotgan Navoiyning qo‘lyozma va toshbosma kitoblari kiritilgan, - dedi professor Maqsud Asadov. - Shu bilan birga, haykaltaroshlik, teatr, kinoda mutafakkir siymosini aks ettirilishiga oid maqolalar jo bo‘lgan. To‘plamga 78 nafar o‘zbekistonlik navoiyshunoslar, yosh tadqiqotchilar, turkiyalik va ozarbayjonlik olimlarning mavzuga oid maqolalari kiritilgan.
To‘rt jildlik kitob O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekiston” nashriyotida 1000 nusxada chop etildi. Unga Maqsud Asadov masʼul muharrirlik qilgan. Nashr uchun mas‘ullar - Elnura Qurbonova, Shahnoza Rahmonova, Hamida Ashurova, Dilmurod Asqarov, taqrizchilar - Boqijon To‘xliyev, Nurboy Jabborov.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar bu singari kitoblar shoir ijodini mukammal o‘rganishda dasturulamal vazifani o‘tashi va Davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirishda o‘ziga xos o‘rin tutishini ta‘kidlashdi. Ijodkorlar Navoiyga bag‘ishlangan sheʼrlarini o‘qib berdi.
Zulayho Ahmadjonova
To‘rt jildlik "Alisher Navoiy ensiklopediyasi" kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
Читать полностью…