Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Taklifnoma
Shu yil 18-fevral kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy publisistika kengashining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzachilar: Husan Nishonov, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri, yil davomida jurnallarda e’lon qilingan publisistik maqolalar xususida.
To‘lqin Eshbek, O‘zMU dotsenti, ijtimoiy-badiiy gazetalarda e’lon qilingan publisistik maqolalar xususida. Sharofiddin To‘laganov, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolalar xususida.
Uyushma a’zolari, publisistika yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan yosh izlanuvchilar hamda barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalida uyushma aʼzosi Xayrulla Hamidov tomonidan turk tiliga tarjima qilinib nashr etilgan “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bilan uchrashuv yoshlarimiz salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi tarixiy voqea bo‘ldi
Читать полностью…#adib_ijodxonasi
Ijod ilohiy sadolarga javobdir
Men dunyoga kelgan yillarda dunyo xomtalash bo‘layotgan rutubatli kunlar edi. Odamlar bir parcha nonga zor bo‘lgan qaro kunlar… Bu kunlarni vaqt hisobiga keltirsak, 1943-yilning 14-fevrali bo‘lgan. U paytlarda Xorazmning bugungi Yangibozor tumani Gurlan deyilardi. Shu tuman hududida Bog‘olon deb nomlangan mo‘jaz bir qishloq bor. Kamina ana shu qishloqda dunyo yuzini ko‘rdim. Uyimizning yonida Ordjonikidze nomli o‘rta maktab bo‘lardi. Shu maktabda o‘qidim. Garchi biz tengqur kishilarning bolaligi rangbarang, baxtiyor kunlar og‘ushida kechmagan bo‘lsa-da, u kunlarni sog‘inaman.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
Biz chiqargan kitob
NORMUROD NARZULLAYEV
Tanlangan asarlar
O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan ushbu "Tanlangan asar"ga shoirning "Mehr chashmasi", "Ufqlarda ko‘zlarim", “Nigohlar”, "Lahza va larza", "Sevgi sehri", "Oq samanim", "Tong elchisi", "Aniq vaqt", “Muruvvat”, "Oq farishtam", "Qalbim qatralari", "Yurt ishqida yonaman", "Shamolni ushlagan bola", “Saylanma” kitoblari hamda turli yillarda yozilgan sheʼrlari, qo‘shiqlari, qasidalari, balladalari, dostonlari va tarjimalaridan namunalar kiritildi.
Loyiha Rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Aziz Said
To‘plovchi: Ozod Narzullayev
Nashrga tayyorlovchi: dilnoza Haqberdiyeva
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi O‘zbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova va Sharqshunoslik instituni katta ilmiy xodimi Oysara Madaliyevaning "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" xalqaro simpoziumi haqidagi fikrlari.
Читать полностью…Italiyada "Boburnoma" asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
https://uza.uz/oz/posts/shoh-va-shoirga-yuksak-ehtirom_688499
Читать полностью…Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi
2025-yil 14-fevral kuni Toshkent Xalqaro universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligini nishonlash hamda bobokalonimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni talabalarga keng targʻib qilish maqsadida adabiy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda universitet talabalari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Tadbirni yuqori saviyada va mazmunli oʻtishi uchun Oʻzbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi She'riyat kengashi raisining oʻrinbosari, “Oʻzbekiston” nashriyoti bosh muharriri, shoir, tarjimon, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni hamda “II Darajali sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibi Muhiddin Omon taklif etildi.
Adabiy-ma'rifiy tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy me'rosi haqida keng fikr yuritilib, ijod namunalaridan tinglandi.
Qutlov
16-fevralda tug‘ilgan ijodkorlar:
Anatoliy Ogay, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Nigora Shofayziyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Vosit Ahmad, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Orif Tolib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Bibiaysha Aymuhamedova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Quddus Asad, yosh shoir.
Bugun tug‘ilgan barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olov tutgan yozuvchi
U 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tavallud topgan.
👉https://xs.uz/uzkr/124351
Rasmiy sahifalarimiz 👇
Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Ахборот 24 | Презентация книги «Антология современной узбекской поэзии»
#15feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida Hindistondagi Javoharlaʼl Neru universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti rahbari, taniqli boburshunos olim Ahmad Axlok Axar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi o‘rinbosarlari – Minhojiddin Mirzo, Farida Afro‘z, ijodkorlar – Risolat Haydarova, Maʼmura Zohidova, Hulkar Hamroyeva ishtirok etdi. O‘zaro muloqotda o‘zbek asarlarini urdu tiliga tarjima qilish va adabiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasida so‘z bordi.
Читать полностью…Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati" mavzusida bo‘lib o'tgan tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
JONLI EFIR
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma aʼzosi, taniqli shoir Mansur Jumayevning “Mikrokreditbank” homiyligida "Ijod Nashr" nashriyotida chop etilgan "Hazrati ishq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tyapti. Tadbirni ushbu havola orqali tomosha qiling!
👇
https://fb.watch/xOQuplgn4o/
17-fevralda tug‘ilgan ijodkorlar:
Ibrohim Paydoyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
G‘afur Qurbonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Isroil Shomirov, taniqli shoir va jurnalist:
Bahodir Abdurazzoq, yozuvchi;
Gulbahor Jumayeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Mansur Jumayev, taniqli shoir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Abdulla Oripov Sirojiddin Sayyidning birinchi kitobi haqida nima degan?
📺 "Zamondosh"-Sirojiddin Sayyid
To’liq videoni ko’rish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Prezident.uz
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2025-yil 15-fevral kungi 33-sonida shoir va publitsist Ashurali Boymurodning "Uyg‘onish va hushyorlikka daʼvat etish fursati" sarlavhali maqolasi chop etildi. Gazetaning ushbu soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Читать полностью…TAKLIFNOMA
2025-yil 17-fevral kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma aʼzosi, taniqli shoir Mansur Jumayevning “Mikrokreditbank” homiyligida "Ijod Nashr" nashriyotida chop etilgan "Hazrati ishq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Barchani tadbirga chorlaymiz. Keling, shoir sheʼriyati haqida ko‘proq bilib oling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
✅“Navoiy va Bobur abadiyati” Respublika adabiy anjumani bo‘lib o‘tdi
⚜️Ushbu anjumanda O'zbekistonning buyuk adiblari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli ma'ruzalar, muhokamalar va jonli chiqishlar bo'lib o'tmoqda. 🎤✨
🔰Mazkur tadbir nafaqat adabiyotimiz tarixi, balki milliy merosimizni yanada rivojlantirish, yosh avlodga yetkazish uchun ajoyib imkoniyat yaratmoqda.
♻️Biz ulkan adabiyotimizni birgalikda nishonlaylik va o'zaro fikr almashaylik! Anjumandagi jonli lavhalarni kuzatishni unutmaymiz. Sizni albatta kutamiz! 📖❤️
#Adabiyot #Navoiy #Bobur #Anjuman #Madaniyat
🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.
Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram
"EUreporter": Dunyoning eng buyuk moʻjizalaridan biri – Toj Mahal Temuriylar Uyg'onish davrining ajoyib madaniy yutug'idir
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
https://uza.uz/oz/posts/boburshunoslikning-yutuq-va-muammolari-muhokama-qilindi_688406
Читать полностью…Jarayon
IKKI ULUG‘ SHOIR ASARLARIGA MUROJAAT ETILDI
G‘ijduvon tumani hokimligi yig‘ingohida “Navoiy va Bobur abadiyati” mavzusida respublika adabiy anjumani o‘tkazildi.
Navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymon, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Shahlo Hojiyevalar taklif etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, faol iste’dodli yoshlar jam bo‘ldi.
So‘z olganlar ikki ulug‘ mutafakkir ma’naviy merosining millat ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini bildirishdi.
Mehmonlar hamda mezbonlar ikki dahomiz qalamiga mansub asarlardan namunalar aytishdi.
Tuman madaniyat bo‘limining nazm va navoga yo‘g‘rilgan, sahnalashtirilan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi
NAVOIYXONLIK ETADI DAVOM
Ayni kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu yil 15-fevral kuni Karmana tumanidagi 16-maktabda “Navoiyshunos olimlar va yoshlar” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda taniqli olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Nurboy Jabborov, O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti Shahlo Hojieva, murabbiy hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan 100 ta kitob maktab kutubxonasiga topshirildi.
Azamat Zaripov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
15-fevralda tug‘ilgan ijodkorlar:
Saida Zunnunova, shoira, yozuvchi;
Luqmon Bo‘rixon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi;
Ayshaxon Nishanaliyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Ra'no Yarasheva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Abdulla Boboyorov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Ma'murjon Bozoraliyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Turdiniyaz Akimniyazov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
19 yil davomida uzluksiz nashr etilayotgan Turk Dunyosining umumiy adabiyot jurnali "Kardeş Kalemler"ning 218-soni chop etildi. Ushbu sonda ham Turk Dunyosining har bir burchagidan nodir asarlar, mahoratli yozuvchilarning ijodiy ishlari o'rin oldi. Mehnat qilganlarga rahmat.
Bu sonda o'zbek adabiyotidan Usmon Azim, Botirjon Ergashev va Hulkar Sherzodavaning asarlari bosildi.
Fatih Sultan Yilmaz
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati" mavzusida bo‘lib o'tgan tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati" mavzusida bo‘lib o'tgan tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.