yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Ijodiy_bahs

"Ijodiy bahs"da ishtirok etgan barcha ijodkorlarga kelgusi ijodiy faoliyatlarida omad tilaymiz va ijodiy bahsning qahramonlaridan she'r eshitamiz!
E'tiboringizga Ruxsora Isoqovadan she'r taqdim etamiz!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
19-dekabr – adabiyotshunos Begali Qosimov tavallud topgan kun

Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Olim oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi. U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgangan.

Begali Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, oʻndan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Normurod Norqobilov bilan bo‘lib o‘tgan “Yuzma-yuz” deb nomlangan adabiy uchrashuv efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Mahmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/ozbek-shoiri-yana-bir-xalqaro-mukofotga-sazovor-boldi_668235

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

TANLANGAN TARJIMALAR

"Tanlangan tarjimalar" deb atalgan ushbu jamoa to‘plamidagi uch qitʼa - Yevropa va Lotin Amerikasi, Osiyoning ko‘zga ko‘ringan, favqulodda ijodi bilan jahon adabiyotiga alohida hissa qo‘shgan, ayrimlari Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan atoqli adiblarning nisbatan kichik asarlari jamlandi. O‘quvchini hayrat va xayol og‘ushiga olib, fikrlashga undaydigan bu asarlar sizga, albatta, manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
Rus tilidan Vafo Fayzulloh tarjimasi.

Nashriyot: "Muharrir nashriyoti"

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/xotin-qizlar-va-oila-masalasi-nafaqat-bugunimiz-balki-kelajagimizni-belgilab-beruvchi-omil_669252

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Izhor

Aleksandr PUSHKIN

SENI SEVAR EDIM...


Seni sevar edim. Balki hali ham...
O‘sha ishq – otashi so‘nmagan – bedor.
Lek bu parvoyingga kelmasin, sanam,
Ko‘nglingga qo‘nmasin zarracha g‘ubor.

Seni sevar edim umidsiz, besas...
Dil yupun: xavotir yechgan – ridoyin.
Mendagi beg‘ubor, yorqin hisni, bas,
Yo‘ldoshingga qo‘shib bersin Xudoyim!

1829

Rus tilidan Suhrob Hamroyev tarjimasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodiy bahsdan suratlar. Muallif — Ahmad To‘ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taqdimotdan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taqdimotdan suratlar. Muallif — Ahmad To‘ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun "Shavkat Mirziyoyev fenomeni" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon milliy kutubxonasida bo‘lgan tadbirdan fotolar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bolalarni, adabiyotni sevgan adib yodi

Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida taniqli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda bolalar yozuvchilari - Muhabbat Hamidova, Feruza Odilova, Zamira Ibrohimova, adabiyot ixlosmandlari, shoirning oila aʼzolari, yaqinlari ishtirok etdi. Tadbirni bolalar shoiri Orif To‘xtash olib bordi. Davra suhbatida uyushma aʼzolari - Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva, Dilshod Rajab, Shukrulla Abdullayev, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omon va boshqalar so‘zga chiqdi.
Kechada adibning ijodi, hayot yo‘llari, asarlarining mohiyati hamda bolalar adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi. Shogirdlari, yaqinlari iliq xotiralar bilan yodga oldi. Sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.
- Hamza bilan bolalar adabiyoti haqida uzoq gaplashardik, - dedi Rahmatilla Barakayev. - Nashr etilgan barcha sheʼriy to‘plamlarini birgalikda muhokama qilardik. Ijodiy suhbatlarimizning oxiri, chegarasi bo‘lmasdi.
Shoir uzoq yillar “Tong yulduzi” gazetasining adabiyot bo‘limini boshqardi. 1986-yilda “Cho‘lpon” bolalar nashriyoti tashkil topgach, shu nashriyotda umrining so‘nggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qildi.
- Hamza adabiyotni sevadigan haqiqiy ijodkor edi. U bolalarning tabiatini yaxshi bilardi, - dedi bolalar yozuvchisi Shukrulla Abdullayev. - Bu sifatini har bir yozgan satrida ko‘rish mumkin. Uning ijodini o‘rganish va yoshlar orasida kengroq targ‘ib qilishimiz lozim.
 Uning “Quvnoqlar quvonchi”, “Shokoladxo‘rlar”, “G‘aroyib pufak”, “Kulgi shaharchasi” singari o‘ndan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Tadbirda Muhiddin Omon yaqindagina “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan Hamza Imonberdiyevning "Sehrgar bo‘lsam edi" nomli kitobini yig‘ilganlar taqdim qildi. Shoirning farzandlari, nevaralari qo‘shiq va sheʼriy chiqishlari bilan qatnashdi. Qoraqalpog‘istonlik, jizzaxlik, farg‘onalik qadrdonlari adib bilan birga o‘tgan yoshlik damlaridagi qiziq voqealarni o‘rtoqlashdi. Shoirning oila aʼzolariga Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

IT HAQIDA DOSTON

Quyosh o‘ynar javdar xirmonda,
Chiptalarda nuri tillarang.
Bolaladi ona it tongda,
Yetti kuchuk tug‘di mallarang.

Yuvib-tarab tillari bilan,
Oqshomgacha erkaladi u.
Ona itning issiq bag‘ridan
Qor ustida erib oqdi suv.

Oqshom payti, tovuqlar endi
Qo‘nog‘iga tizilishgan dam
Uy egasi xo‘mrayib keldi,
Qopga soldi yettovini ham.

Sho‘rlik ona chopdi ketidan,
Uzoq-uzoq quvlab bordi u.
Muzdek terlar oqib etidan,
Achchiq-achchiq uvlab bordi u.

Botqoqlardan kechib o‘tdi loy,
Oyoqlari toldi, urindi.
Qaytar ekan tom ustida Oy
Bolasiga o‘xshab ko‘rindi.

Sho‘rlik yana bolasin so‘rab,
Ko‘kka boqib uvladi xasta.
Yangi Oy ham asta g‘ildirab
Tushib ketdi ufqdan pastga.

Bechoraga ermaklab, kulib,
Non o‘rniga otishgandek tosh,
It ko‘zidan yulduzlar bo‘lib,
Qorga oqdi tomchi-tomchi yosh.

SERGEY YESENIN

Erkin Vohidov tarjimasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shaxodat Isaxonova qalamiga mansub sheʼrlar “O‘zbekiston” radiokanalining "O‘zbek sheʼriyati" turkumida efirga uzatildi.
Sheʼrlarni muallifni o‘zi o‘qigan.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/yosh-shoirlarning-ijodiy-bahsi-qizgin-otdi_669706

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Mahorat darsi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. “Ssenariy va hikoya tuzish sanʼati” mavzusidagi ushbu saboqda ijodkor o‘quvchilar o‘zlariga tegishli bilim va xulosalarga ega bo‘ldi.
Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Hasan Abduvohidov o‘quvchilarga ssenariy yozishdagi qonun-qoidalar, boshlovchilarning mahorati borasida atroflicha tushunchalar berdi. Shuningdek, kichik hikoyalar ham tahlil qilinib, yozish usullari o‘rgatildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘lim
i

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#yangi_nashr

BO‘RILAR AFSONASI

Muallif Do‘stbek Sulaymonovning ushbu kitobidan joy olgan hikoyalarning aksariyati tog‘lar bag‘ridagi vatandoshlarimiz or-nomusi, g‘ururi, lafzi, qo‘yingki butun hayotidan so‘zlaydi. Hayotni boricha, ortiqcha jimjimadorlikka o‘rin qoldirmay aks ettirgan hikoyalarni o‘qigan kitobxon beixtiyor ijodkor istagan zavqli mutolaa sari intila boshlaydi. Bu havosi musaffo tog‘lar sari talpingan g‘uborlardan xoli qalblardir. Ijodkorning umidi ushalsinki, tez orada «Bo‘rilar afsonasi» go‘zal qalbingizdan o‘rin oladi.

Mas‘ul muharrir: G‘iyosxon Umarxonov
Muharrir: Malika Suyunova
Nashriyot: “Tubo nashr”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalida Rasul Xamzatovning yangi nashr etilgan "Tanlangan asarlar" kitobi haqida eshittirish efirga berildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | Ozarbayjon Milliy kutubxonasida Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbeksitonga bag‘ishlangan esselar to‘plamining taqdimot marosimi tashkil etildi
#18dec #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
⚡️ Cho‘lpon aslida nechanchi yilda tug‘ilgan?

🎙 Filologiya fanlari doktori, professor Dilmurod Quronov bilan suhbat

📱 To‘liq video:
https://youtu.be/1rYhstUKb-Q

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SHOIRLARNING IJODIY BAHSI

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bo‘limi tomonidan anʼanaviy o‘tkazib kelinayotgan "Ijodiy bahs" loyihasining navbatdagi davrasi 2024-yilning 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro va Namangan viloyatlari yosh ijodkorlari do‘stona uchrashdilar. Unda Buxorodan Jasur Eson, Muhammad Hodiyev, Burhon Rahmat, Dilnoza Istamova, Namangandan Anvar Botir, Ruxsora Isoqova, Mahliyo Saloydinova, Muhammadxon Yusupov kabi yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
   Buxoro yosh ijodkorlari g‘olib deb topilib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Millat sardoriga ehtirom ramzi

Yangi O‘zbekiston bunyodkori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatiga nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro hamjamiyatda ham qiziqish katta. Tarixan qisqa muddatda O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi munosib o‘rnini tiklash, millatning identitini shakllantirish, maʼnaviy va maʼrifiy yo‘nalishdagi izchil islohotlar, tarixning hali inkishof etilmagan qirralariga xolis baho berish, xalqning uzoq yillik orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, kambag‘allikni bartaraf etish yo‘nalishlaridagi izchil islohotlar rostakamiga nafaqat xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat, xorijiy tadqiqotchilar, tahlilchilarning eʼtiboriga tushgani ayni haqiqatdir.
Yaqinda Ozarboyjondagi “Tahsil” noshirlik uyi tomonidan chop etilgan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi ham Ozarboyjon ziyolilarining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbarining bu do‘st mamlakatda bo‘lib o‘tgan COP29 xalqaro konferensiyasiga tashrifi chog‘ida ushbu kitob taqdim etilgan edi.
18-dekabr kuni Ozarboyjon Milliy kutubxonasida Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi tomonidan mazkur esselar to‘plamining taqdimot marosimi tashkil etildi.
Mazkur maʼrifiy tadbirda Ozarboyjon parlamenti aʼzolari, yozuvchi va shoirlar, o‘zbekistonlik Oliy Majlis Senati aʼzolari, ziyolilar, ijodkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Taqdimot marosimida keyingi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari ikki davlat yetakchilari Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyevning siyosiy irodasi hamda yaqin do‘stona aloqalari sababli mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, bu hamkorlik ikki qardosh xalqning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojiga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.
Mazkur kitob so‘zboshisi muallifi, taniqli ulamo, Kavkaz musulmonlari Shayxulislomi Ollohshukur Poshshozoda O‘zbekistonda qisqa fursat ichida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, siyosatshunos Qudratilla Rafiqov mazkur esselarida har bir yo‘nalishdagi yangilanishlarning maqsadi, ularning bu zahmatkash xalqni rozi qilish, uning tarixini tiklash, maʼnaviy merosini munosib davom ettirish, mintaqa va xalqaro hamjamiyatning dolzarb muammolarini bartaraf etishdagi ahamiyatini tahliliy ochib berganiga alohida urg‘u berdi. Darhaqiqat, siyosatshunos so‘nggi 6 yilda “Ilk va so‘nggi so‘zimiz: Vatan”, “Vatan va millat qayg‘usi”, “Mening Prezidentim”, “Millatparvar” kabi Prezident Mirziyoyevning siyosiy portretiga chizgilar sifatida eʼtirof etilgan publitsistik to‘plamlar muallifidir. “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” ularning xalqaro hamjamiyat, Prezident Mirziyoyev islohotlariga beeʼtibor bo‘lmagan har bir inson uchun zarur maʼlumot va tahlillar ifodasi sifatida tayyorlandi.
Tadbirda Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir va jamoat arbobi Anar, O‘zbekiston Oliy Majlis Senati aʼzolari Mahmud Toir, Husan Ermatov, taniqli o‘zbek yozuvchisi, professor Xurshid Do‘stmuhammad, Ozarboyjon parlamenti deputati Eldor Ibrohimov, Ozarboyjon Fanlar akademiyasi prezidenti Isa Xabibeyli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitob tarjimonlari Akif Azalp va Yashar Qosim so‘zga chiqib, mazkur kitobning siyosiy jurnalistikada o‘ziga xos yangilik bo‘lgani, qolaversa Ozarboyjon o‘quvchilari, siyosatchilar uchun zarur qo‘llanma vazifasini ham o‘tashini taʼkidlashdi. Kitob keng jamoatchilik vakillari, siyosatshunoslik yo‘nalishidagi oliy taʼlim dargohlari o‘qituvchi-professorlari hamda tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

✅ 2024-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi

📚 Respublikaning barcha xududlariga ZOOM platformasi orqali uzatilgan mazkur tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi ilmiy-ijodiy soha vakillari jamoatchilik kengashi a'zolari, Oqila ayollar, Olimalar, Diniy qo‘mita vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimlari, Toshkent shahridagi Oliy ta'lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, Toshkent shahri tumanlaridagi bo‘limlar boshliqlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mas'ul xodimlari, Toshkent shahri tumanlaridagi bo‘lim boshliqlari, Oila va xotin-qizlar Toshkent shahar boshqarmasi rahbari, tumanlar bo‘lim rahbarlari hamda faol, ma'rifatparvar ayollar ishtirok etdilar.

📚 Tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi ilmiy-ijodiy soha vakillari jamoatchilik kengashining “Ayol ma'rifati” loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, atoqli shoira Sharifa Salimovaning jadid ayollar haqidagi “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” kitobining taqdimotiga bag‘ishlandi.

📚 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Zulayho Maxkamova, Senator, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari, o'zbek davlat va jamoat arbobi Minhojiddin Mirzo, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi ilmiy-ijodiy soha vakillari jamoatchilik kengashi raisi Dilbar G‘ulomova, O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim Nurboy Jabborovlar so‘zga chiqib taqdimoti o‘tkazilayotgan kitob haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va uning muallifi haqida iliq fikr bildirdilar.

📚 So‘zga chiqqanlar «Qabohat saltanati yohud qor qo‘ynida lolalar» nomli she'riy romanida o‘tgan asrning 20-30 yillarida siyosiy zulmlar qurboni bo‘lmish Xayrinisa Majidxonova, Maryam Sultonmurodova, Sobira Xoldorova, Shodixon Tojieva singari jadid ayollarning qismatlari, boshlariga tushgan mislsiz azob-uqubatlari, hol-ahvoli, kechinmalari, ularning insoniy siymolari yoritilgani hamda bu jabrdiydalarning muhabbat va sadoqatlari, dard-alamlari muallif tomonidan mahorat bilan tasvirlaganini e'tirof etdilar.

📚 Taqdimot tadbirida ishtirokchilar e'tiboriga iqtidorli yozuvchi Javlon Jovliyev qalamiga mansub “Qo‘rqma” romani asosida suratga olingan filmdan parcha nomoyish etildi.

📚 Tadbir yakunida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, jurnalist, huquqshunos she'riy roman muallifi Sharifa Salimova asarning yaratilishi tarixi haqida so‘zlab berdi hamda tadbir tashkilotchilari, ishtirokchilari va so‘zga chiqqanlarga o‘z minnatdorligini izhor qildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun "Shavkat Mirziyoyev fenomeni" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon milliy kutubxonasida bo‘lgan tadbirdan fotolar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#nazm

★ ★ ★

Kim aytgan dunyo—chodir,
Umr— daryoga timsol?
Balki baliqchi choldir,
Balki kampir xastahol.

Tanda tugaydi quvvat
Ko‘rolmassan ko'z bilan.
So'zsiz yengguvchi vaqtni
Yengish mumkin So'z bilan.

Shohsanam Nishonova

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/bolajonlarning-chin-dostiga-aylangan-adib_668994

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Iqbol Mirzo sheʼri
Dilnoza Kubayeva o‘qidi


“Qaqnus”

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Sheʼriy_lahza

BOLALIGIM ERTAGI


Bola edim.
Sovuq qish edi.
Oyoqlarim osti sirpanchiq.
Suvga bordik paqir koʻtarib,
Tizza boʻyi qorlarni yanchib.

Hansiraydi ayozda anhor,
Oʻlja kutgan ilondek sergak.
Egildim-u kuch bermas zinhor,
Tortib ketdi jismimni chelak.

Faxriddin Hayit

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал