Qutlov
SALIM ASHUR - 60 YOSHDA
16-dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Salim Ashur tavallud topgan kun.
Salim Ashur 1964-yil 16-dekabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Uning “Yashil giyoh”,“Atirgul”, "Siz ertaga kelasiz", "Atalgan kunlar", "Kechikkan tong", “Sensiz”, “Darz”, "Ona tilim", “Kelajakka qadam”, “Mashinalar karvoni”, "Mangu el" kabi sheʼriy hamda publitsistik maqolalar kitoblari nashr etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a‘zolari Salim Ashurni qutlug‘ 60 yoshi bilan tabriklaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Д.Юлдашевани «Мардлик» ордени билан мукофотлаш тўғрисида "ги Фармони
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#nazm
QISH
Omonat koʻnglimni berdim olovga,
Koʻngilda yoʻq edi zarra zoriqish.
Qaynoq yuragimni qoʻyib garovga,
Koʻkdan oppoq palto sotib oldi qish.
Qushday uchayapman senga talpinib,
Eng zarur narsamni keldi soʻragim.
Ey, osmon, sezmading nahot zarbini,
Qaysi qafasingda mening yuragim?!
Falakning hukmiga berar oroyish
Goʻzal tuygʻularning ajab savdosi.
Meni sogʻinganga oʻxshaydi bu qish –
Bagʻriga oladi oppoq paltosi...
Shodi OTAMUROD
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
MANSUR JUMAYEV ADABIYOT BURCHAGI TASHKIL ETILDI
Qarshi shahridagi Shayhali mahallasida joylashgan 18-o‘rta maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Mansur Jumayev ijodiga bag‘ishlangan adabiyot burchagi tashkil etildi. Ochilish marosimida shoirning otasi To‘ra Jumayev, umr yo‘ldoshi Shohsanam Nishonova, shoirlar Anvar Mirzo, Ravshan Haqmurod qatnashdi. O‘quvchilar shoir she'rlaridan o‘qidi, ustozlar va yaqinlar Mansur Jumayev hayoti va ijodini iliq so‘zlar bilan xotirladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qutlov
Zebo Mirzo
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoira Zebo Mirzo tug‘ilgan kun.
Zebo Mirzo 1964-yilning 15-dekabrida Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1982-1987). Toshkent Davlat sanʼat instituti katta labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri (1991-1995), "Yozuvchi" nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), "Yoshlar" radiokanali katta muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. Ayni paytda u "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida faoliyat yuritib kelyapti.
Zebo Mirzoning "Tun malikasi" nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning "Ajr" (1997), "Nur kukunlari" (2004), "Ishq" (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi.
Zebo Mirzo, shuningdek, "Rangin dunyo", "Ijod maktabi", "Siz va Siz uchun" kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi ma'naniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari Zebo Mirzoni qutlug‘ 60 yoshi bilan tabriklaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbek shoirasining kitobi Albaniyada eʼtirof etildi
Taniqli o‘zbek shoirasi, O‘zbekiston va Ozarbаyjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xosiyat Rustamovaning Amerikada chop etilgan “ Meni yuraklardan izlang” nomli sheʼriy kitobi haqida Albaniyadagi nufuzli adabiy nashr - ExLibri jurnalida bir sahifa tahliliy maqola eʼlon qilindi. Mazkur maqola muallifi dunyoga mashhur adabiyotshunos Fatbardh Amursi shoira ijodining o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtalib, betakror yurtimizning go‘zal manzaralari va o‘zbek xalqining yuksak milliy qadriyatlari xususida batafsil maʼlumotga ega bo‘lganligini yozadi.
Bu albatta bugungi o‘zbek sheʼriyatiga munosib eʼtirofdir.
Muallif shoira sheʼrlarining dunyoga keng tanilishi va eʼtirof etilishining asosiy sababi uning ijodida insoniyatga taalluqli ezgu g‘oyalar ustivorligini taʼkidlaydi.
TAKLIFNOMA
Yozuvchilar uyushmasida 16-dekabr kuni soat 15:00da shoir, uyushma a'zosi Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg, adib Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari, yetuk olimlar va mutasaddilar ishtirokida buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish, qabul qilish hamda tarixiy filmlar ishlab chiqarishda ulardan foydalanish masalasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir avvalida 100 nafar buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha maʼlumot berildi. Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov Prezident tashabbusi bilan gavdalantirilayotgan 100 nafar buyuk allomalar siymosini yaratishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
“Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk allomalarimizning yagona milliy siymosini gavdalantirishda sizlarning ko‘magingiz biz uchun muhim. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan yana biri bugungi kungacha yagona siymosi mavjud bo‘lmagan 100 nafar allomalarimizning yagona milliy qiyofasini yaratish. Bu borada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlari va sanʼatshunos olimlar bilan hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda. Buyuk ajdodlarimizning yagona milliy siymosi to‘liq shakllantirilib, filmlarimizga, maktablar kabi foydalanish mumkin bo‘lgan xalqaro hamda mahalliy platformalarga tatbiq va taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
Ayrim jabhalarda shu paytgacha yaratilgan ko‘pchilik allomalarimizning yuz qiyofalari bir-biriga o‘xshab ketishini kuzatish mumkin. Ularni gavdalantirishda juda ehtiyot bo‘lishimiz zarur, deb o‘ylayman”, — dedi Firdavs Abduxoliqov.
Badiiy akademiya akademigi, sanʼatshunoslik fanlari doktori Kamola Akilovaning taʼkidlashicha, aksar ajdodlarning siymosi haqida aniq maʼlumot mavjud bo‘lmagani bois rassomlarga tarixchi olimlarning yordami nihoyatda zarurdir.
“Bizning missiyamiz — o‘zbek xalqiga, o‘zbek madaniyatiga qahramon shaxslarni gavdalantirib berish. Bu juda ham kerakli jarayon. Har bir siymoni gavdalantirishda sharqshunos, sanʼatshunos va tarixchi olimlar bilan birgalikda ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-maʼrifiy yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni rag‘batlantirib kelayotgani quvonarli holdir. Bu g‘oyat muhim ahamiyatga ega”, — dedi akademik.
Shuningdek, Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tirik tarix” turkum filmlarini aynan ushbu milliy qiyofalar asosida yaratish taklifi kiritildi. Bu filmlar orqali buyuk allomalarning yagona siymosi xalq tasavvurida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Anjumanning o‘ziga xos jihatlaridan biri, buyuk allomalarning tasdiqlangan siymolarini sunʼiy intellekt yordamida jonlantirishga qaratilgan innovatsion taklif va amaliy ishlar taqdimoti bo‘ldi. 3D vizualizatsiya texnologiyalari yordamida allomalar bilan interaktiv muloqot qilish imkoniyatlari namoyish etildi, bu esa kelajakda yoshlar uchun noyob maʼrifiy vosita yaratilayotganini ko‘rsatdi.
Dilobar Mamatova
FARG‘ONADA “MAʼRIFAT ULASHIB”
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan «Maʼrifat ulashib» loyihasi respublikamizdagi barcha ilm dargohlaridagi kabi, Farg‘onada ham keng miqyosda o‘tkazilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi bosh mutaxassisi, yozuvchi Risolat Haydarova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov, Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva Qo‘qondagi turli taʼlim maskanlarida yoshlar bilan uchrashdilar.
Mehmonlar dastlab Qo‘qon davlat pedagogika institutida ijodiy uchrashuvda ishtirok etib, so‘ng tadbirlar pedagogika kolleji hamda institutning akademik litseyida davom etdi. Yoshlar taniqli ijodkorlarni katta qiziqish bilan tinglab, savollar bilan murojaat qildilar. Adabiyot, kitobxonlik, mutolaa madaniyati borasida so‘z yuritildi.
Qo‘qondagi Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda mehmonlar oliygoh talabalariga inson maʼnaviyatining yuksalishida badiiy asarlarning o‘rni, ruhiy-maʼnaviy kamolot hamda o‘z ijodiy faoliyatlari yuzasidan maʼlumotlar, tavsiyalar berishdi, fikr almashdilar. Tadbirda sheʼriyat ixlosmandlari, havaskor talaba-qizlar o‘zlarining sheʼriy mashqlarini o‘qib berishdi. So‘ng «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ijodkorlar bilan oliygoh hududida ko‘chatlar ekildi.
Loyiha tadbirlarining ikkinchi kunida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida o‘tkazilgan uchrashuv asnosida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shundan so‘ng mehmonlar bilan birgalikda universitet hududidagi Adiblar bog‘iga ko‘chatlar ekildi. Mehmonlar talabalar bilan qizg‘in muloqot olib bordilar, yoshlar qalbida ezgu tuyg‘u shijoatni jo‘sh urdiruvchi sheʼrlar yangradi. Talabalar ustoz ijodkorlarning sheʼr va suhbatlari, tavsiyalaridan bahramand bo‘ldilar, yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna asarlari, quy-qo‘shiqlar ijro etildi. Eng faol ishtirokchilar kitoblar jamlanmasi hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbirlar Qo‘qon shahridagi 25-umumtaʼlim maktabida davom etdi.
Uchrashuvlarning uchinchi kuni ham g‘oyat sermazmun va hayajonlarga boy bo‘ldi. Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan ijodiy muloqot chog‘ida adiblar milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yana-da rivojlantirish borasida so‘z yuritib, talabalarga o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Shuningdek, talabalar tomonidan aytilgan ifodali sheʼrlar, Usmon Azimning «Kunduzsiz kechalar» asari asosidagi Cho‘lponning achchiq taqdiriga oid sahna ko‘rinishi barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining Buvayda va O‘zbekiston tumanlaridagi o‘rta maktablarda, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Qo‘qon filialida ham adabiy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.
10-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvlar chin maʼnoda yoshlarga maʼrifat ziyosini ulashib, ularni vatan istiqboli va maʼnaviy yuksalish sari sobitqadamlikka ruhlantirdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
TAKLIFNOMA
2024-yil 16-dekabr soat 15:00da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Prezident nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda o‘qishi naqadar muhim ekani haqida
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👉
Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida “Jadidlar” spektakli premyerasi boʻlib oʻtdi
“Jadid” gazetasi muxbiri Abdumannon Muhammad spektakldan fotoreportaj tayyorladi.
📱 Barcha suratlar havolasi: jadid.uz
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
Инсон қадри учун: дунёнинг энг руҳлантирувчи 100 аёли рўйхатига кирган сурхондарёлик Дилором Йўлдошеванинг матонати ва ишбилармонлик фазилатлари юксак эътироф этилди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️
KEYINGI BEKAT — “ADIBLAR XIYOBONI”
Sherzod SHARIPOV
Keling, “Milliy bog” so‘zidagi “bog”ni tarjima qilishga urinib ko‘ramiz. Lug‘at kitoblari va internet tarmog‘i orqali berilgan so‘rovimizga ko‘ra, “bog”ning o‘zbek tilidagi tarjimasi “xudo” ekani kelib chiqdi. Agar lug‘atlar bizni aldamayotgan bo‘lsa, metro bekatining nomi butunlay o‘zgarib ketayotganga o‘xshamayaptimi?! Agar poytaxtimiz metrosidan foydalangan xorijliklar ushbu nomning tarjima variantini o‘qisa qanday tushunar ekan?!
"MA'RIFAT ULASHIB" QASHQADARYODA
Davlat rahbari tashabbusi bilan “Maʼrifat ulashib” dasturi asosida Qarshi tumanining 38-, 39-, va 20-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida davra suhbatlari yuksak darajada tashkil etildi.
Ushbu dastur ijrosini mazmunli tashkil etish maqsadida Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, akademik Sanjar Choriyev, siyosiy fanlar bo‘yicha (PhD) falsafa doktori, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi, Respublika “Qalqon” jamoatchilik guruhlari rahbari Anvarmirzo Qudratov bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida maktablar kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan 600 dan ortiq kitob sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston xalq shoiri, ustoz Usmon Azim Xalqaro "Alash" adabiy mukofoti bilan taqdirlandi. Almati shahri.
Читать полностью…“Gazetaga befarqlik – millat taraqqiyoti va yuksalishiga befarqlik”
Filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov
📱 Toʻliq video:
https://youtu.be/X9mdU8Om3ns
Energetikada ishga tushirilayotgan yangi loyihalar nafaqat iqtisodiy o‘sishga erishish, balki kelajak avlodlarimiz uchun “yashil” va barqaror O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan
Prezident.uz
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
❗️
BIZNI SHOIR QILGAN GULLARNING SO‘ZI…
Qutlibeka RAHIMBOYEVA
Men Jayhunbo‘yi taraflarda ulg‘ayganman. Tengdoshlarim qatori enalarimizning: – Hoy, g‘o‘ra teraman deb daraxtlarning shoxini sindirmanglar. Ular oddiy chiviq emas. Joni bor, nafas oladi. Qarsillatib sindirsalaring, xuddi qo‘llaring singaniday, ularning ham joni og‘riydi, – degan tanbehlarini eshitardik. Lekin bola ekanmiz-da, u qulog‘imizdan kirib, bunisidan chiqib ketardi.
#adabiy_kecha
☄️Toshkent davlat agrar universitetida Hamid Olimjon tavalludining 115 yilligi munosabati bilan "Sen bahorni sogʻinmadingmi?" shiori ostida adabiy tadbir boʻlib oʻtdi
🔘13-sonli talabalar turar joyida tashkil etilgan mazkur tadbirda Universitet rektori N.Oblomuradov, Birinchi prorektor S.Islamov, tegishli mas’ullar hamda talabalar ishtirok etishdi.
🔘Tadbirga taklif etilgan mehmonlar: Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Rustam Musurmon, Yoshlik jurnali muxarriri Narzulla Chorilar tomonidan ijodiy namunalari hamda hayoti va ijod yoʻli, yozgan asarlari, talabalik yillari va birinchi yozgan ijodiy ishlari haqida soʻzlab berdi.
🔘Ushrashuv so’nggida mushoira kechasi tashkil qilinib, g’olib bo’lgan talabalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
JONLI EFIR
Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tyapti.
Barchangizni ushbu kechaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishga chorlaymiz. Havolaga kiring.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://fb.watch/wrONaGAGWn/
Jarayon
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoirlar - Xumoyun Akbarov, Islomjon Quchqorov talabalar bilan suhbatlashdi. Adiblar o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdi. Yoshlar shoir va yozuvchi asarlaridan namunalar aytib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.
loyiha asosida “Kitobxonlik”, “Zakovat” o‘yinlari o‘tkazildi. Ijodkorlar universitet kutubxonasi bilan tanishib, mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi.