Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
"Otamning merosi - tilim, o'zingsan,
Onamning siymosi - tilim, o'zingsan".
Ona tilimizni asray olyapmizmi?
Shoir Shodi Otamurodning bu boradagi fikrlari qanday?
Bugun: 14:00
"Nurafshon tv"da ko‘ring!
OBUNA BO‘LING: NURAFSHON TV
❗️
OZODLIKKA O‘RNATILGAN HAYKAL
Nurboy JABBOROV
Furqat qanday sabablarga ko‘ra chet elga ketgan?
Jarayon
Kuni kecha Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida "INFOLIB O‘ZBEKISTON -2024 XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda shoir-yozuvchilar, harbiy qism xizmatchilari, kitobxonlar, jamoatchilik vakllari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosarlari Rustam Qobilov, Zebiniso Rahmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, uning bugungi kundagi rivoji, kitobxonlik, mutolaa zavgi, kitob ma‘naviyat ko‘zgusi ekanligi haqida gapirdi. Tadbir mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
KUZ
Kuz keldi,
Yodimga kelgan ashʼorday,
Kuz keldi so‘roqlab xotiralarni.
Bag‘rim butun edi - chalinmasdi nay,
Bugun tushunaman notalarini.
Kuz kirdi,
Ul nayning teshiklaridan,
Kuz kirdi, so‘roqlab “Cho‘li iroq”ni.
Kecha qizg‘onardim bahorni juda,
Mehmon qilolaman bugun firoqni.
Kuz tushdi,
Vaqtning zinalaridan,
Kuz tushdi, o‘ynatib sariq tillarin.
Eshitilar “chiq-chiq” - qadam tovushi,
Kuzning oyog‘idir soat millari...
Shodi OTAMUROD
Axborot 24 | 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
#21oct #uzbekiston24
Janubiy Koreyada O'zbek tili bayrami kuni va buyuk siymo tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi
Batafsil
Батафсил
Jarayon
Oriyental universitetida "Til – dil kaliti" mavzusida adabiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Shahodat Isaxonova, Zamira Ro‘ziyeva, Mahmuda Valiyeva, O‘bekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova ishtirok etdi.
Ijodkorlar talabalarga o‘zbek tilining jozibasi, boyligi, tarixiy asarlardagi milliy qadriyatlar haqida so‘zlab, o‘z sheʼrlaridan o‘qib berdi. Tadbir davomida yoshlar ham mumtoz qo‘shiqlardan ijro etdi. Mehmonlar universitet kutubxonasiga badiiy kitoblaridan tuhfa qildi.
ADABIYOT MUZEYIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi oldidagi xiyobonda, hazrat Navoiy haykali poyida o‘zbek tili bayrami o‘tkazildi. Davlat Adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu ma'rifiy tadbirda muzey jamoasi, uyushma a'zolari, tuman jamoatchiligi, yoshlar faol ishtirok etishdi.
Tadbirda tabrik-ma'ruzalar, she'r va qo‘shiqlar tinglandi. Jumladan, Adabiyot muzeyida faoliyat yuritayotgan adabiyotshunos olimlar Yusuf Tursunov, Otabek Jo'raboyev va Shahnoza Nazarova o'zbek tili tarixi va uning keng imkoniyatlari, jozibasi haqida so‘zlab, yoshlarga ilmiy-ma'rifiy ma'lumotlar berishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sitora Tojiddinova mumtoz adabiyotimiz darg‘alarining g'azallaridan o‘qib, yig‘ilganlarni bugungi bayram bilan tabrikladi. Qolaversa, kuy-qo'shiqlar, talaba-yoshlar, o'quvchilarning dil so‘zlari, samimiy tilaklari tadbirga o‘zgacha fayz qo‘shdi.
Qadring baland bo'lsin, ona tilim!
#21oct #uzbekiston24
Jarayon
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil qilindi.
Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farog‘at Xudoyqulova so‘zga chiqib, ona tilining jozibasi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida bayon qildi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
ONA TILIM
Ona tilim, tog‘ bag‘ridan otilgan vulqonimsan,
Ota-onam ko‘ngliday oq, pokiza vijdonimsan.
Ko‘hna tarix peshtoqiga bitilgansan, umrbod
Ongu shuur, tafakkurni, obod etgansan, obod!
Qadim olis o‘tmishimiz xotirlardan olgan joy,
Abadiyat eshiklarin ochgan O‘rxun-Enasoy.
Yusuf Xos Hojib bayoti ummon ichra gavhar dur,
Zulumotni yoritguvchi yulduz kabi yorqin nur.
Mahmud Qoshg‘ariyning bog‘i gulu chaman, bo‘stondir,
Undan bahra olgan kishi maʼrifatli insondir.
Ahmad Yassaviy hikmati dilda uyg‘otgan hayrat,
Xorazmiy, Qutb, Rabg‘uziy el aro buyuk siyrat.
Nazmiy saboq sirlarini Lutfiy xo‘b xitob etmish,
Navoiyning ishqi ila noming olamga ketmish.
Taqdirning achchiq bo‘roni sinar hamon sabringni
Anbiyoyu allomalar ko‘tarishdi qadringni.
Jonin olib ketguncha dor, jo‘shding Mashrab tilida,
Egilding, bukilding, ammo sinmading Haq yo‘lida.
O‘zga yurtda yashab Bobur o‘zligin unutmadi,
Ulkan asarlar yaratib, ro‘yoga yuz tutmadi.
Ilmu irfon daholari jonini aylab fido,
Qodiriy va Usmon Nosir ko‘z yumdi, erkdan judo.
Javonmardlar jasorati ko‘z o‘ngingda mardona,
Oybekning gung zabonida yashayverding pinhona.
Ajdodlarning bitiklari asrlarni yod etdi,
Ulug‘lardan qolgan meros xazinangni boyitdi.
Ona tilim – o‘zbek tili, jonim ichra jonimsan,
Ota-onam ko‘ngliday oq , pokiza vijdonimsan.
Zuhra BEGIM
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Qadrli vatandoshlar!
Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/110145
#olis_yaqin_ovozlar
ONA TILIM
Odam soʻramasa, hayot tutmas bol,
Ot chopmasa, shamol oʻpmas yolini.
Bir bor koʻrganmisiz tildan qolgan chol
Va tili chiqmagan goʻdak holini?
Til bilan tirikdir yer uzra har kim,
Uningsiz vujudga baxt ham sigʻmaydi.
Tildan qolgan bobo ingraydi sim-sim
Va tili chiqmagan goʻdak yigʻlaydi.
Oynaga toʻsh urgan notavon qushday,
Bezabon el chiqmas ozod hovliga.
Yo tildan qolgan chol holiga tushgay,
Yo tili chiqmagan goʻdak holiga.
Mening ona tilim, sen sabab izhor
Qiloldim sevgimni — uygʻoq nafasman:
Demak, tildan qolgan cholmasman zinhor,
Yo tili chiqmagan goʻdak emasman!
Mansur Jumayev
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
❗️
JADIDLIK HARAKATIDA TIL MASALALARI
Ixtiyor ERMATOV
Turkistonda Fitrat boshchiligidagi ma’rifatparvar shaxslar ilk bor o‘zbek tilini ilmiy o‘rganishga kirishdi. Ular milliy til qoidalari arab yoki rus tili grammatikalari asosida emas, balki milliy tilning ichki tabiatidan kelib chiqib yaratilishi kerakligini anglaganlari sababli ham tilni tarixiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari va hududlarga xos sheva materiallari asosida o‘rgana boshladilar.
Jarayon
Bugun, 21-oktyabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi! Shu munosabat bilan erta tongdan Guliston shahridagi "Bilimdonlar maskani"dagi Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi. Buyuk shoir xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Unda viloyat hokimligi, turli mehnat jamoalari, yoshlar, milliy madaniy markazlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat Musiqali drama teatrida davom etgan asosiy bayram tantanasida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizni sana munosabati bilan qizg‘in qutladi. Tadbir davomida ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi, sheʼrlar aytildi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi
"Maxtumquli Firog‘iyning adabiy va siyosiy, falsafiy merosi" mavzusidagi ilmiy simpozium “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
#mahalla_yangiliklari
"Insonlar ma'rifati - jamiyat ravnaqi!".
🗓 16.10.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#mahalla_yangiliklari
Olam uzra jaranglasin ona tilim!
🗓 21.10.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
❗️
“Aslida ona tili emas, ona til deyishimiz kerak. Xuddi ona Vatan, ona yurt kabi”
🎤O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, publitsist, adib Eshqobil Shukur tabrigi
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Yangi kitob
RANGIN RUHUNAT
Ijod yaratish, boshqalarga o‘xshamagan fikr aytish demakdir. Ijodkor tuyg‘ularini qog‘ozga tushirar ekan, o‘quvchini ham o‘ylashga, olamga befarq qaramaslikka undaydi, uning mulohaza eshiklarini ochib yuboradi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, o‘ziga xos ovoz egasi bo‘lgan Guli Nigor qalamiga mansub sheʼrlarni o‘qib bunga yana bir bor amin bo‘lasiz. Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Vafo Fayzulloh so‘z boshi yozgan.
Ushbu kitob sheʼriyatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Nashriyot: “Akademnashr”
Muharrir: Gulrang Ubayeva
Badiiy muharrir: Bahriddin Bozorov
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
SOG‘INCH MASOFASI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ochil Tohirning “Sog‘inch masofasi” nomli kitobiga sheʼrlar, to‘rtliklar va dostonlar kirgan. To‘plam qalbga hamxonaligi, inson tafakkurini mushohadaga chorlashi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bahor epkinlari yanglig‘ uyg‘otuvchi sirli ohang va tuyg‘ularga egaligi bilan ko‘nglingizga yo‘l topadi. Har bir sheʼr so‘z qadri, qudrati va so‘zning moʻ’jizasini o‘zida mujassam etib, inson taxayyulini olis bolalikka yetaklaydi. Umr so‘qmoqlarida abadiyotning ramzi sifatida tafakkuringizga hamroh bo‘ladi.
Mazkur to‘plam zukko sheʼrxonlar qalbidan joy oladi, degan umiddamiz.
Nashriyot: “Ilm-ma‘rifat”
Muharrir: Asqarjon Samadov
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbek tilining so‘z boyligi, ifoda boyligi — juda katta xazina
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
https://president.uz/uz/lists/view/7628
Читать полностью…O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Bahor Xolbekova ijodi haqida "Adabiy gurung" ko‘rsatuvida tomosha qiling.
Читать полностью…Tojikistonning Xo'jand shahrida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan adabiy kecha o'tkazildi
21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Til bayrami - el bayrami, ijod bayrami!
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Bugun Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da bayram munosabati bilan "Til bayrami - el bayrami, ijod bayrami!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda tilshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, taʼlim sohasi mutasaddilari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshed Xotamov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyovuddin Mansurovning davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar haqidagi nutqi tinglandi. Xiyobon markazidagi Boborahim Mashrab haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Namangan viloyat musiqali drama teatrida tantanali bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli yozuvchi, shoir va publitsistlarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
❗️
“Tilning himoyasi Vatan himoyasidek muqaddasdir”
🎤O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Bahodir Karim tabrigi
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
"O‘zbek tilim"
Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansabli
Diqqat, tanlov!
O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI,
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI,
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BUYICHA QO‘MITA
Islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, axloqiy komillik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida buyuk mutafakkir Imom Dorimiy va allomaning ilmiy merosi davomchilari haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar (elektron varianti bilan) kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan tartib bo‘yicha taqdim etilmagan asarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o‘qib, baholab boradi. G‘olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda kitob holida chop etiladi. Mualliflar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru
Qutlov
BAHOR XOLBEKOVA 70 YoSHDA
Bahor Xolbekova 1954-yil 21-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Dastavval, “Guliston” keyinchalik “Sirdaryo haqiqati”, “Jizzax haqiqati”, "Universitet ovozi”, “Davr yoshlari” gazetalarida, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasida turli vazifalarda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i, “Ziyo” nashriyoti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Uning “Sirli ohanglar” (1982), “G‘animat dunyo” (2002), Sirdaryo viloyati tarixiga oid “Chaman ichra bir gul” (1996), “Sirdaryoning ayoli” birinchi va ikkinchi ocherklar to‘plami (hammualliflikda 2011-2013), “Bir dasta gul” (hammualiflikda 2014), “Piri komil keksalar” (hammualliflikda 2015) ocherklar to‘plamlari, “O‘zing o‘zimga kerak” (2014) sheʼriy to‘plamlari chop qilingan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ijodkorni qutlug‘ yosh bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati