Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
https://youtu.be/4zaW78Tga8I?si=PUJWf4K_JefBP27C
https://youtu.be/4zaW78Tga8I?si=PUJWf4K_JefBP27C
Erkin Vohidov ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan yoshlar o‘rasida bo‘lib o‘tgan “Sheʼryurak” adabiyot tanlovini to‘liq tomosha qiling.
https://youtu.be/HJNGGpvZD8M?si=xX1g6OUsGNwdiAoP
Читать полностью…Farg‘onada o‘tayotgan Adabiyot kunlari doirasida Erkin Vohidov ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan yoshlar o‘rasida “Sheʼryurak” adabiyot tanlovi o‘tkazildi. Ushbu lavha tanlov jarayoni haqida.
Fozil Farhod
TAKLIFNOMA
Ertaga, 4-oktabr kuni Bastakorlar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli ijodkor Raim Farhodiy xotirasiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 11:00da boshlanadi. Barchani taklif etamiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qo‘qon shahrida Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatga haykal o‘rnatildi. Bugun uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida bir guruh ijodkorlar Termiz davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Читать полностью…Diqqat, tanlov!
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi eʼlon qilinmoqda!
Tanlov 7 ta asosiy va 3 ta qo‘shimcha nominatsiyalar asosida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
✅birinchi bosqich – tuman va shaharlarda 20-30 sentyabr kunlari;
✅ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 5-20 oktyabr kunlari;
✅uchinchi bosqich – respublika bosqichi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish;
✔️tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish;
✔️gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish;
✔️gender tenglikni taʼminlash sohasida tashkilotlarning ilg‘or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ‘ib qilish;
✔️xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashdan iborat.
Tanlovda ishtirokchilar maqola, video, audioyozuv bilan qatnashishlari mumkin.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni 71. 202-10-76 raqami orqali olishingiz mumkin.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida ijodkor Хabib Siddiqning “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblarining taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
FARG‘ONADA ADABIYOT KUNLARI
3-4-oktyabr kunlari Farg‘ona viloyatida Adabiyot kunlari bo‘lib o‘tadi.
Xo‘janazar Huvaydo tavalludining 320 yilligi, Jahonotin Uvaysiy tavalludining 245 yilligi, Furqat tavalludining 165 yilligi, Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 135 yilligi, Habibullo Saidg‘ani tavalludining 80 yilligi, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Hamid Burhon tavalludining 75 yilligi, Nosir Zohid, Abdullatif Turdaliyev, Karima Ashurova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan kechalar o‘tkaziladi.
Bugun soat 14:00da Qo‘qonda Furqat haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘ladi. Soat 15:00da Qo‘qon shahar drama teatrida farg‘onalik bir guruh ijodkorlarning tavallud sanalariga bag‘ishlangan badiiy kecha o‘tkaziladi.
Soat 18:00da Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Marg‘ilon oqshomlari" adabiy kechasi tashkil etiladi.
Ertaga soat 8:00da Farg‘ona tumanida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova uyida xotira lavhasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Soat 11:00da Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tadigan "Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi" nomli badiiy kecha barchaga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
Soat 14:00da Xo‘janazar Huvaydo ziyoratgohi hamda Uvaysiy uy muzeyiga boriladi.
Hurmatli yozuvchi-shoirlar, adabiyot muxlislari, go‘zal Farg‘onaga keling va adabiy tadbirlar fayziga fayz qo‘shing!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz
ZIYOLI AYOL
Quyoshdan qo‘l olib ishga boradi
Va oyni yetalab qaytadi ishdan.
Ziyoli ayol -- bir davlat bo‘ladi,
Bolam deydi ortib milyon tashvishdan.
Ziyoli ayol bir tog‘ bo‘lib suyar,
Nasl-nasabini -- Temurxonini.
Mirzo Ulug‘bekni qilgay tarbiya,
Bo‘lib u millatning Bibixonimi.
Oqko‘ngil tong erur ziyoli ayol,
Erur oilaning metin ustuni.
Tunlari sovqotgan bolasi misol
Yulduzlarning yopib qo‘yar ustini.
Baʼzan u bir tomchi ko‘zyosh bo‘ladi,
Gaht desa osmonni qo‘lga qo‘ndirgan.
Ziyoli ayol -- bir quyosh bo‘ladi,
Bir yumalab tunni tongga do‘ndirgan.
Quyoshki, subhidam ostonasida
Izidan gul sochib odimlarini,
Chin dildan samovot korxonasida
Qo‘llab-quvvatlar o‘z xodimlarini.
Charchamas, u hatto artib yoshini
Qirdagi qorako‘z lolalarini.
Bоg‘cha opasiday silar boshini
Butun O‘zbekiston bolalarini.
Shuhrat Azizov
O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#2oct #uzbekiston24
O‘zbekiston va Koreya ijodkorlarining adabiy muloqoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mamlakatimiz ijod ahlining Koreya Respublikasi yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida mehmonlar Adiblar xiyobonida bo‘lib, Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan Adiblar xiyoboni, milliy adabiyotimiz darg‘alarining haykallari, ustoz adiblarning hayoti va faoliyati xususida chet ellik mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi.
Yozuvchilar uyushmasi binosida kitoblar hamda taniqli fotograf Ahmad To‘ra suratlaridan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.
Ijodiy muloqot davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqalar yangilanayotgan O‘zbekistonda adabiyot, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani, turli millat va elat vakillarining erkin, samarali ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
– Bunday ijodiy uchrashuvlar adabiy aloqalarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Prezidentimizning “Adabiyot – xalqning yuragi” degan so‘zlarini bugun ijod ahli o‘z faoliyatimiz uchun shior qilib olganmiz. Turkiy va Yevropa davlatlari, AQSHda ham uyushmaning faxriy a’zolari bor. Bu uchrashuvimiz O‘qituvchi va murabbiylar kuniga hamohang o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Zero, yozuvchi va shoirlar ham ustoz-muallimlardir. Ular o‘z asarlari bilan yosh avlodni ma’rifat sari yetaklashda o‘qituvchilar bilan yelkama-yelka ish olib borishmoqda. Aytish kerakki, uyushmamiz a’zolari turli millat vakillaridan iborat bo‘lib, ular orasida koreyslar ham borligi e’tiborga molikdir.
– Men O‘zbekiston haqida bir nechta kitoblar yozdim, – dedi koreyalik yozuvchi va jurnalist Cho Chyol Xyon. – Bu kitoblar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, uning tashabbusi asosida mamlakatingizda kechayotgan yangilanish jarayonlari, bu zaminda istiqomat qilayotgan koreys diasporasi, mamlakatning o‘ziga xos milliy qiyofasi, taraqqiyot odimlariga bag‘ishlanadi. Bunday adabiy aloqalar yozuvchi va shoirlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning tobora kengayishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiy anjumanda xorijiy mehmonlar tomonidan e’tirof etilganidek, 1937-yilda O‘zbekistonga ko‘chirib kelingan koreyslar tabarruk zaminimizda boshpana, rizq-nasiba, Vatanga ega bo‘ldilar. Eng og‘ir va sinovli yillarda o‘zbek xalqi ular bilan so‘nggi burda nonini baham ko‘rdi, eng asosiysi mehr va yaxshilik ko‘rsatdi.
– O‘zbek xalqi bilan farqli jihatlardan ko‘ra, o‘xshash tomonlarimiz juda ko‘p, – dedi o‘zbekistonlik yozuvchi va jurnalist Vladimir Kim. – Bu o‘xshashlik kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, an’ana va qadriyatlarga sodiqlikda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bizdan mehrini darig‘ tutmagan O‘zbekiston fuqarosi, shu yurtning farzandi ekanimdan juda faxrlanaman.
Adabiy muloqot davomida o‘zbek va koreys shoirlarining ijodidan namunalar ikki xalqning ona tillarida yangradi. O‘zbekistonlik san’atkorlar ijrosida ikki xalqning qo‘shiqlari aytilgani tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘proq zavq, hayrat bag‘ishladi.
E’tiborga molik jihati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida koreyalik jurnalist va yozuvchilar, shoirlar bilan uchrashuvlar doimiy o‘tkaziladi. Koreya Respublikasining Kvanju shahrida o‘tkazilgan yozuvchilarning IX xalqaro kongressida o‘zbekistonlik adiblar ishtirok etdi. Koreya Respublikasidagi Markaziy Osiyo markazi tomonidan o‘zbek yozuvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhabbat Yo‘ldoshevaning “Mening bulut do‘stlarim” kitobi bir yo‘la o‘zbek, koreys, ingliz, rus tillarida chop etildi. Bularning bari adabiy aloqalarimiz tobora kengayib, mustahkamlanib borayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Anjuman doirasida ikki xalq yozuvchilari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari belgilandi.
Mehmonlar poytaxtimizdagi yangilanish jarayonlari bilan tanishib, diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy obidalarga sayohat qildi.
Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri
1-oktyabr kuni Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Koreya ijodkorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
#nazm
Sevgidan so'ylarding u kun entikib,
So'ylarding visolning yaqin kelishin.
Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib,
O'ylardim dunyoning savdoli ishin.
Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho,
Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas.
Barchasi manguga tark etdi, ammo
Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas.
Abdulla Oripov
@yoshlikjurnali
https://youtu.be/ni-gp1VrB-M?si=59WcSRujXzIPIDSn
Читать полностью…https://youtu.be/ahPikzULsEw?si=vc_cOoBQwWsfYqwp
Читать полностью…Bugun Qo‘qon shahar drama teatrida Xo‘janazar Huvaydo tavalludining 320 yilligi, Jahonotin Uvaysiy tavalludining 245 yilligi, Furqat tavalludining 165 yilligi, Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 135 yilligi, Habibullo Saidg‘ani tavalludining 80 yilligi, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Hamid Burhon tavalludining 75 yilligi, Nosir Zohid, Abdullatif Turdaliyev, Karima Ashurova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir haqida batafsil ushbu lavhada bilib olasiz.
Adabiyot kunlari ertaga ham davom etadi.
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekiston Milliy universitetida professor Hamidulla Boltaboyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Adabiy ta‘lim metodologiyasi: xalqaro tajriba va ilmiy hamkorlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Назначен новый председатель Совета по русской литературе
Узнать детали: nuz.uz/?p=1308595
Следите за нашими новостями👇
Telegram | Instagram | Facebook
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning Yorkentdan hoki olib kelinib, Qo‘qon shahridagi Shayxon qabristoniga qo‘yildi. Endi yurtimizda shoirning ramziy qabri bor.
Читать полностью…"Yangi Farg‘ona" gazetasining 2024-yil 1-oktyabr kungi 76-sonida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan hamda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan adabiyot bayrami haqidagi maqolalarni mutolaa qilishingiz mumkin.
Читать полностью…Adabiy ta‘lim metodologiyasi: xalqaro tajriba va ilmiy hamkorlik
O‘zbekiston Milliy universitetida professor Hamidulla Boltaboyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Adabiy ta‘lim metodologiyasi: xalqaro tajriba va ilmiy hamkorlik" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.
Konferensiya O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining Birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo hamda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurovning kirish so‘zlari bilan ochib berildi.
Prorektorlar - Yoqub Ergashov, Shuhrat Toshmatov universitet rahbariyati tabrigini o‘qib eshittirdi. Fidoyi ilmiy-pedagogik faoliyati uchun Hamidulla Boltaboyev munosib taqdirlandi.
Anjumanda AQSH, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan o‘nlab olimlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
"MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA ADIBLAR BILAN YOSHLAR UCHRASHUVI O'TKAZILDI
Andijon davlat pedagogika institutida ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov va Davron Rajab bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Читать полностью…
“Baku Book Fair” X Boku xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi
Joriy yil 2-8-oktyabr kunlari Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 530 yilligi munosabati bilan Boku shahrida “Baku Book Fair” X yubiley xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ko‘plab davlatlardan noshirlik korxonalari, kitob savdo tashkilotlari, ijodkorlar, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida AOKA masʼul xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot” nashriyoti, noshirlar, soha mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bu yilgi kitob ko‘rgazma-yarmarkada 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy nashriyot, kitob savdo tashkilotlari, 90 dan ortiq muallif va adabiyot namoyandasi ishtirok etmoqda.
Bir hafta mobaynida davom etadigan ko‘rgazma-yarmarka doirasida 150 ga yaqin turli formatdagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
DO‘STLIK RISHTALARI SIRA UZILMAS
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Koreya ijodkorlari uchrashuvi doirasida fotograf Ahmad To‘raning “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik!” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ahmad To‘ra – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi, 15 yillik tajribaga ega professional fotograf, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.
Ushbu fotoko‘rgazma 2023-yil 14-17-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Kvangju shahrida bo‘lib o‘tgan koreys tilli adiblarning IX xalqaro kongressi hamda 18-19-noyabr kunlari o‘zbek delegatsiyasining Seul shahriga qilgan sayohatiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
1-oktyabr kuni Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Koreya ijodkorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
1-oktyabr kuni Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Koreya ijodkorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi Dilbar Haydarovaga qizi Dilorom Kamolovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati