yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom

DORILFUNUNIM

Ustoz Abdulla Oripovga

Bu ishq ayvonidir, bu dil ayvoni,
Men nurman, hattoki, nurdir kukunim.
Muhabbat so‘zlarning piri, sultoni,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.

Tuproqning qadrini qaydan bilgaylar,
Xayoli osmondan topganlar qo‘nim.
Sizga, saboqlarni qo‘msab kelgaylar,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.

Haq kalom tog‘ni ham qalqitib qo‘yar,
Sharqiroq anhorlar pokiza unim,
O‘zimni ko‘zimga balqitib qo‘yar,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.

Hayot mo‘’jizalar tortiq aylagay,
Muattar hislarga to‘lur botinim.
Intizor qalbimni so‘zga joylagay,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.

Shoh so‘zlarga butkul oshuftaman man,
Ishqu vafo ichra yonib betinim.
Angladim, eng ulug‘ so‘z erur Vatan,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.

G‘ayrat Majid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

🟦🟦🟦🟦

27-sentyabr – Rauf Parfi tavallud topgan kun

O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining Sho‘ralisoy qishlog‘ida dunyoga keldi.

Uning “Karvon yo‘li” (1969), “Aks-sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Ko‘zlar” (1977), “Qaytish” (1978), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1989) va “Tavba” kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘z qo‘li bilan tartib bergan “So‘nggi vido” (o‘limidan so‘ng, 2006-yili chop etilgan), “Hukmnoma” va “Iymon asiri” deb atalgan she’rlar, adabiy qayd, ixcham tadqiqotlardan iborat kitoblari yaqinlari va muxlislariga ma’lum.

Daryo mavjlariga yozilmish g‘azal,
Maysalar egilib o‘qiydir kitob.
Shodlanib xandalar otar bir lahza,
Bir lahza oh tortib qo‘yadir oftob.

Qamishlar shivirlar daryo tomonda,
Ko‘kda oq bulutlar kezar bemajol.
Bir tirik nafosat borliq, jahonda,
Kimgadir elanar, qilar iltijo.

Bu qadar go‘zallik qaysi ochunda,
Bu qaysi kitobdir, kimning daftari,
Kimning olamidir qilich uchinda?

Qaltirab porlaydir bir chiroq g‘arib,
Bir qushcha sayraydir ruhim ichinda,
Bir qushcha yig‘laydir meni axtarib.


😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xushxabar

Jamoliddin Muslim — Moldova Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, “Ma’naviyat fidoyisi” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari sohibi Jamoliddin Muslim Moldova Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ldi.
     Jamoliddin Muslim shu kunga qadar Sergey Maslabrod, Nina Avidon, Yelena Kovalki, Oksana Novak, Gennadiy Syeregorodsev,  Yevgeniya Permyakova kabi Moldovaning taniqli shoir hamda yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga o‘girib, adabiyot ixlosmandlariga armug‘on etgan.
     O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu e’tirof bilan muborakbod etib, uning ijodiy ishlariga ravnaq tilaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SAMIMIY IJODIY UCHRASHUV

   Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hamda yosh ijodkorlar Zavqiddin Nasimov, Jo‘rabek Jahon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
   Uchrashuvda qalamkashlar o‘z ijod namunalaridan aytishdi. Talabalar ham shoirlarning va o‘z she'rlaridan o‘qidi. Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuv mushoiraga aylanib ketdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ENAXON SIDDIQOVA XOTIRASIGA EHTIROM XONASI OCHILDI

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi binosida O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli arbob Enaxon Siddiqova xotirasiga ehtirom ramzi sifatidagi muzey xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Shohidbek Aslonov, Erkin Vohidov memorial muzeyi rahbari Mamlakatxon Haydarova hamda shoirlar, yozuvchilar, harbiylar, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
Shoiraning hayot va ijod yo‘li haqidagi ko‘rgazmali lavhalar, mualliflik kitoblari, bezakli eksponatlardan tashkil topgan mo‘jaz muzey mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Barchaning qalbida sog‘inch va hayajon hislari uyg‘ondi. Ustoz bosib o‘tgan shonli yillar, ezgu ishlari yodga olindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Toshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashlik etilgan ko‘chat ekish tadbiri va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumining imzolanish jarayonidan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Toshkent davlat agrar universitetida shoirlar nomi berilgan daraxtlar ekildi

Ayni damda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hamda yosh ijodkorlar Zavqiddin Nasimov, Jo‘rabek Jahon Toshkent davlat agrar universiteti mehmoni bo‘ldi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida ijodkorlarning nomi berilgan ko’chatlar ekildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom

ULUG‘ ZOT

Mehr izlar inson mudom dahr ichra,
Sehr izlar saxovatli samovatdan.
Gar maʼrifat yordir nurli erur chehra,
Yurakda jo bo‘lsa agar ilmu urfon.

Kimni qanday tashvish o‘rtar,
Ko‘ngilni dard,
Bir iliq so‘z aytmoq joiz, kelmay malol,
G‘animat bu umr ummonidan abad
Ishq bulog‘in izlab o‘tgaymiz ehtimol?...

Ammo bir zot borki, unga qodir Alloh
Tuhfa etmish bor mehr va saxovatni,
Har dam sening darding ila bedor, ogoh,
Minnat bilmas,
O‘ylamas hech halovatni.

Sening yuksak kamolingni o‘ylab yashar,
Boru yo‘g‘i, inoyati – ilmu ziyo,
Ming ehtirom, taʼzim bajo aylar bashar,
Uning ming bir xislatidan poydor dunyo.

Ustozdir ul samolardan yuksak bag‘ir,
Ustozdir ul zamin ichra ulug‘ kalom.
Ul zot sabab daholarni ko‘rmish dahr,
Ul zot sabab kamolotga yor bu olam.

Vatan yanglig‘ aziz, yurtdek muqaddas, deb,
Dil to‘rida asragaymiz ustoz, noming,
Har on sening bir koringga yarar dastdak,
Ko‘z nurida asragaymiz ustoz, noming!

Qutlamoqda bu kun Vatan sharaf-shoning.

Xurshida Vahobjon qizi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom

Ustozlar

Hayot ilmin farz degan farzona ham o‘zingiz,
Navoiyga dars bergan mavlona ham o‘zingiz.
Nur Qurʼonga sharh bergan alloma ham o‘zingiz,
Ikki dunyo yorug‘dir  qalbingiz-la, ustozlar.

Qayerda ilm yo‘qdir, anda zulmu zulumot,
Qayerda odob yo‘qdir, anda zahru zalolat.
Qayerda ilm bordir bunda sari sabohat,
Ikki dunyo yorug‘dir  qalbingiz-la, ustozlar.

Qancha jajji jonlarni qalbga otash etdingiz
Qancha poloponlarni siz buyuk qush etdingiz,
Qancha bolajonlarni elga quyosh etdingiz,
Ikki  dunyo yorug‘dir qalbingiz-la, ustozlar.

Kitobsiz qolgan yurtni bosgay xori-xurofot,
Ilmu-kitob bor yurtda faqat fayzu farog‘at.
Ko‘zingizda nurlar-u, qalbingizda harorat,
Ikki dunyo yorug‘dir ilmingiz-la, ustozlar.
        
O‘qitgaysiz... Ilmda tonglanadi oftoblar,
“Maktab sari boraylik” bo‘ylanadi xitoblar.
Qo‘lingizda quyoshga aylanadi kitoblar,
Ikki dunyo yorug‘dir qalbingiz-la, ustozlar.      

Siz vaqt bergan Volalar so‘zlaridan assalom,
Siz nur bergan Lolalar yuzlaridan assalom.
Siz o‘qitgan bolalar ko‘zlaridan assalom,
Ikki dunyo yorug‘dir, qalbingiz-la ustozlar.

Mengnor Ollomurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig
'i

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy kechadan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#nazm

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.

Sadoqatmi? Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘zyoshing seli.
Yulduz boiib yog‘ildi bir sas:
U - begona. U endi kelin...

To‘y — bu asli badjahl ota,
Baxtli bo‘lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo‘tam,
Tirik ekan ko‘zim degani.

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar.
Men olovga otarman endi
Yuragimni qiyma-qiymalab...

Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,
Olovlarga otdim uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak, yashash shart emas..!

“Yoshlik” jurnalining 1983-yilgi 8-soni.
Muhammad Yusuf she’rlari.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Shamsiddin Sadoiy tug‘ilgan kun. Uning "Meni kutgan edingiz", "Dunyoni muhabbat oladi", "Davlating borida", "Seni menga yaratgan", "Kiprigingni soyasidan aylanay", "Bir kun senga yetarman" nomli kitoblari nashr etilgan. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!


TILLO YOMG‘IR

Ketgan to‘lqin qaytmagan kabi,
Qizlar sirin aytmagan kabi,
Sevmagan yor kutmagan kabi,
Mehr kutmang aslo yomondan —
Tillo yomg‘ir yog‘mas osmondan.

Bevafoga gul bermang, ey do‘st,
Dushman kelsa yo‘l bermang, ey do‘st,
Past odamga qo‘l bermang, ey do‘st,
Mehr kutmang aslo yomondan —
Tillo yomg‘ir yog‘mas osmondan.

Muhabbatning ulug‘dir oti,
Majnunlarning hurmati, yodi,
Dorda qolgan Mashrabo dodi,
Mehr kutmang aslo yomondan, —
Tillo yomg‘ir yog‘mas osmondan.

Ajdodlardan qolgan bir bayot,
Mehr bilan shirindir hayot,
Sadoiyman, tingla, odamzot,
Mehr kutmang aslo yomondan —
Tillo yomg‘ir yog‘mas osmondan!..


BIR KUN SENGA YETARMAN

Ko‘kka uchgan duldulday,
Boqqa qo‘ngan bulbulday,
Makkaga yetgan qulday,
Bir kun senga yetarman.

O‘taversin baxt, visol,
Oqqush qizlar — navvot, bol.
Gulbadan, chodirxayol,
Bir kun senga yetarman.

Qismat yengsa beomon,
Ketsam jannatlar tomon.
Hurlar qilsa ham mehmon,
Bir kun senga yetarman.

Ming yil seni sevmoqqa,
Ming yil senga to‘ymoqqa,
Ming yil seni o‘pmoqqa,
Bir kun senga yetarman.

O‘lmagan adoyingman,
Shohingman, gadoyingman,
Men o‘sha Sadoyingman,
Bir kun senga yetarman!..


OLLOH BITTA VATAN BERGAN...

Bobolarim larza solib o‘tgan tuproq,
Momolarim alla aytib yoqqan chiroq,
Jon ne kerak shu makondan ayrilgan choq,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!

Orzu qilma osmonlarda kezgan Oyni,
Dunyolarga berma o‘nib-o‘sgan joyni,
Asra Samarqand, Buxoro, Oqsaroyni,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!

Vatangadoga mozor yo‘q o‘lganda ham,
Minnat bilan ko‘mar oxir ko‘mganda ham,
Zulqarnayday yer yuzini olganda ham,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!

O‘zga bulbul o‘z zog‘ingga teng bo‘lmagay,
O‘zga bir to‘n senga yoqa, yeng bo‘lmagay,
O‘zga qasr o‘z kulbangday keng bo‘lmagay,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!

Ayrilma hech shuʼla-afshon charog‘ingdan,
Shosh, Farg‘ona, Termiz, Afrosiyobingdan,
Amu, Sirday ikki chashmu qarog‘ingdan,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!

Karvon yurtim, haq va sarbon panohingdir,
Osmon yurtim, Xumo qushlar qanotingdir,
Jonon yurtim, Sadoiy bir bayotingdir,
Olloh bitta Vatan bergan peshonangga!..


QO‘LING YUVGIL

Qoqilmasin chopganda toy,
Egilganda sinmasin yoy,
Minnat qilib to‘n yopsa boy,
Sarposiga qo‘ling yuvgil.

Bahorday bo‘l bag‘ri obod,
Daryoday bo‘l rizqi ozod,
Boy bo‘lay deb choptirma ot,
Dunyosiga qo‘ling yuvgil.

Pichog‘ing loyga botmasin,
Qo‘yningda ilon yotmasin,
Bevafo bo‘lsa gar yorni
Tillosiga qo‘ling yuvgil.

Omad oting yiqilganda,
Nopok do‘sting sotilganda,
Etagingga osilganda,
Daʼvosiga qo‘ling yuvgil.

Dil ochsang el bo‘lar yotlar,
Umidga yor tonglar otar,
Karvoningga hursa itlar,
G‘avg‘osiga qo‘ling yuvgil.

Bilganim hur zamon yangi,
Haqqa yetgan imon mangu,
Ey, Sadoiy dushman kibru
Havosiga qo‘ling yuvgil!..

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Abdulla Oripov hayoti va ijodiga nazar. Shoirning yangi to‘plamlari nashrdan chiqdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy tadbir “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#ma’rifat_ulashib

Adib va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 16-maktabda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov, Mengnor Ollomurodov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab ushbu maktablarda mehmon ijodkorlar, universitet mas’ullari va pedagoglar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar davomida adiblar tomonidan maktab o‘quvchilariga vatanparvarlik, adabiyot va ilmga muhabbat qo‘yish, katta marralar sari dadil harakat qilish, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir o‘quvchilar bilan muloqot shaklida davom etdi.

/t.me/Surxonadabiyoti

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Ma’rifat_ulashib
#Live

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetida yozuvchi va shoirlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
Unda ijodkorlar - Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov, Mengnor Ollomurodov ishtirok etmoqda.

/t.me/Surxonadabiyoti

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri


Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan "Ma'rifat ulashib" tadbiridan

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ZAVQLI MUSHOIRA

   Kecha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Onajonim, she'riyat” toʻgaragining bu mavsumdagi birinchi mashg‘uloti boʻlib oʻtdi. Unda bir guruh yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Bu kabi ijodiy davralar hech bir ijodkorni eʼtiborsiz qoldirmaydi.
Har chorshanba toʻgarak mashgʻulotlari davom etadi. Qiziquvchilarni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

​Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!

Bu nimasi?! Rossiya tashqi Ishlar vazirligi vakili Zaxarova Toshkent maktablaridan biridagi voqea bo‘yicha tushuntirish so‘rabdi.

Bu hayot, gohida tushunmovchiliklar oqibatida ayrim shaxslar o‘rtasida  kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Qonun bor, tartib-intizom bor. Kerakli choralar albatta ko‘riladi. O‘zbekiston o‘zining muammolarini o‘zi hal qiladi. Aybdor jazosini oladi. Bu alohida masala.

Meni hayron qoldirgani, maktab O‘zbekistonda, o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham O‘zbekiston fuqarosi. Nega mustaqil bir davlatda bo‘lgan bir holat uchun Moskvaga tushuntirish berilishi kerak?!
     
Nima, ular haligacha O‘zbekistonni ham o‘zining guberniyasi deb hisoblamoqdami yo andishaning otini qo‘rqoq deb o‘ylashyaptimi? Bir necha rasmiy, norasmiy shaxslari suverenitetimizni shubhaga oldi, tariximizni kamsitdi, vazmin munosabat bildirdik. Migrantlarni bilgan ko‘yiga solyapti. Indamagan sayin borgan sari haddidan oshishyapti.

Bu O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashish va xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi ekani ochiq oydin ko‘rinib turibdi-ku!

Mariya Zaxarova bu gaplari uchun O‘zbekistondan kechirim so‘rasin! Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday hurmatsizlik uchun tushuntirish bersin!

Minhojiddin Mirzo,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom

Shahnoza Qarayeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari, shoir Shodmon Sulaymon tug‘ilgan kun


KUZ XAYOLI

Biz juft daraxt edik aslida –
Qorda qolgan beg‘ubor qalbi.
Ajralishdik xazon faslida
Asir tushgan yaproqlar kabi.

Yerdan olis, osmondan nari
Mung‘ayadi yupun xotirot,
Xayolingsiz o‘tgan kunlarim
Sahro kabi to‘zg‘idim, hayhot.

Yo‘qlab keldi qadrdon qayg‘u
Derazamga bosh urgach yomg‘ir.
Xayolingdan kechmoqlik – mangu
Unutilish dardidek og‘ir.

Unutdimmi, beshafqat yillar
To‘zonida bo‘lindi sasim.
Men uyg‘ondim, boryapman, yig‘lar
Qarshimizda bulutli mavsum.

Xazonrez tun, socharkan yog‘du,
Sohibasin chorlar derazang.
Ko‘zlaringda noayon tuyg‘u –
Tanidingmi meni, azizam?!


YAXSHI KO‘RASIZ...

Ko‘ksingizda mayin xirgoyi,
Kim ko‘ngilning bo‘lmas gadoyi?!
Men uchratgan necha anvoyi
Gul ichida yaxshi ko‘rasiz.

Jilmayasiz uymi, ko‘chada
Meni eslab, yarim kechada.
Yo‘q, demayman tilning uchida,
Dil ichida yaxshi ko‘rasiz.

Hijron toshlar otsa, qalandar,
Armon o‘tlar yoqsa, sitamgar,
Nur taratib misli samandar,
Kul ichida yaxshi ko‘rasiz.

Mahv etolmas shubha – to‘fonlar,
Gʻazab bilan boqsa davronlar,
Kelmaydimi oxirzamonlar,
Qil uchida yaxshi ko‘rasiz.

Mehringizga taraf yo‘q, dildor,
Kim dunyoga kelibdi takror?!
Bir shoirga dil berib oshkor,
El ichida yaxshi ko‘rasiz.

Sarhadlardan shoshib qaytaman,
Daryo misol toshib qaytaman,
Erta Xudoga ham aytaman:
Meni juda yaxshi ko‘rasiz.

Meni juda yaxshi ko‘rasiz!


O‘TINCH

Bor, mening uchun ham quchog‘ingni och,
Bor, mening uchun ham eshit xush tilak:
Otam ayvonida uchgan qaldirg‘och,
Onam rayhoniga qo‘ngan kapalak!

Axir, u – ko‘ksimda eng og‘riqli she’r,
Axir, u – mening-chun fido etgan jon:
Otamning umriga umr qo‘shib ber,
Onamning dardini arit, Xudojon!


IZTIROB

Men hanuz pichirlab she’rlar o‘qiyman,
Men hanuz ortimga qarayman takror...
Behbudiy xilvatda qatl etilgan dam
Yuzimga sachragan bir tomchi qon bor.

Shodmon Sulaymon

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MUNOSIB E‘TIROF VA E‘TIBOR

   O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tomonidan mamlakatimizda ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni amalga oshirgan, yuksak ijtimoiy-ma‘naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz “Ma‘naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Mirhojiddin Mirzo, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf ham bor.
   Ularga nishonni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi. Ikki ijodkorga eʼtirof muborak bo‘lsin, deymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Muhammmad Yusuf tavalludining 70 yilligiga

SHOIR IJODIGA BAG‘ISHLANGAN KECHA

   Kuni kecha Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
   Unda jamg‘arma va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoalari, Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorant va iqtidorli talabalar qatnashdi. Hududlardagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor- o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari ZOOM platformasi orqali kechani kuzatib bordi.
   Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xayrulla Hamidov, shoirning umr yo‘ldoshi Nazira as-Salom so‘zga chiqib, shoir sheʼriyatining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, shoirning hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar, sheʼlarini tinglovchilar eʼtiboriga havola etdi.
   Shoirning nomini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilayotgani, Marhamat tumanidagi hamda Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga adib nomi qo‘yilgani, Marhamatdagi sanʼat maktabi va Andijondagi bolalar kutubxonasiga ham shoir nomi berilgani, badiiy ijod muhiblari har yili u tug‘ilgan kunni adabiyot bayrami sifatida nishonlashi, har xil tadbirlar, maktab va o‘quv maskanlarida adabiy kechalar, shoiru jurnalistlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani aytildi.

Fozil Jabborov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xushxabar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira Bahor Xolbekovaning bir turkum she‘rlari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi Husniddin Hayit tarjimasida Ozarboyjonning YAZARLAR.AZ saytida e‘lon qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Бироздан сўнг Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки Бошқарувчилар кенгашининг йиллик йиғилиши бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Тelegram мессенджери, YouTube видеохостинги, Facebook ва Х ижтимоий тармоқларидаги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

***

Oʻn besh yoshda edi u,
– Dada, nega sizlar jim yashaysizlar?
Bu dunyoni tozalash kerak
Xudbinlardan, muttahamlardan,
Axir, ular
Bitta ham sheʼr bilishmas yoddan.

Oʻn sakkiz yoshda edi u,
– Dada, hamma savollarni bilardim,
Aytdim.
Nega oʻqishga qabul qilishdi, menimas,
Qudrat magazinchining qizini?
U bitta ham sheʼr bilmaydi yoddan.

Yigirma bir yoshda edi u,
– Muhabbatni men sevardim-ku,
U ham sevardi, koʻzlari aytardi.
Nega kelin boʻldi raisimizga?
Axir oʻgʻli bitta ham sheʼr bilmaydi yoddan.

Yigirma toʻrt yoshda edi u,
– Dada, boshligʻingiz bilan janjallashibsiz,
Nima keragi bor, tinchgina uzaylik toʻyning qarzini. U... bitta ham sheʼr bilmasdi yoddan.

Aziz SAID

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

😀
MA’RIFATPARVAR MUALLIMLAR: RAHIMIYLAR
Nargiza SOBIROVA

Qatag‘onning avj pallasida – 1938-yilda Rahimiylar xona­doni­ning eng faol jadid mutafakkiri, pedagogi, 20 dan ortiq pedagogik asarlar muallifi Shokirjon Rahimiy otib o‘ldirildi. Jadid maktablari tashkilot­chisi Sobirjon Rahimiy esa Sibir­ning Kolima lageriga surgun qilinadi.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/marifatparvar-muallimlar-rahimiylar

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

IZZAT AHMEDOV 65 YOSHDA

O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi, jurnalist, noshir, tarjimon Izzat Ahmedov 65 yoshni qarshiladi. Ijodkorni qutlug‘ sana bilan ko‘p sonli uyushma aʼzolari nomidan muborakbod etamiz.
Izzat Ahmedov 1959-yil 25-sentyabrda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 1987-yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.
Adibning “Tojmahaldagi muhabbat” va “Tog‘larga qor yoqqanda” nomli kitoblari chop etilgan. Bundan tashqari, “Buyuklar muhabbati”, “Dunyo malikalari”, “Ilohiy muhabbat”, “Monte-Kristoning sirli xazinasi”, “Xarobadan chiqqan mashhurlar”, “Telefon qilgan baliq”, “Ummon ostidagi dur” kabi to‘plamlari nashr qilingan.
Izzat Ahmedov gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening hikoyalarini “Hislarimni qo‘zg‘ama” nomi bilan va “Qo‘rqmang, onajon” romanini o‘zbek tilida nashr ettirgan. Detektiv asarlar qirolichasi Agata Kristining hikoyalarini “O‘g‘irlangan million dollar”, “Izquvar Puaro” nomi bilan ko‘p ming nusxada chop ettirgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал