Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbirdan foto lavhalar.
Muallif–Ahmad To'ra.
FARZANDIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN
"Samarqand kitob olami" majmuasida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida tadbir bo‘lib o'tdi. Unda shoir-yozuvchilar va mahalla faollari, farzandlari bilan ishtirok etishdi.
Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Xurshid Nurullayev, Zuhra Begim, shoirlar - Qurbonali Hasanov, E‘tibor Mahmudova, Gulandom Suvonova, Guli Nasimova, Parviza Rustamova va boshqalar kitob haqida fikr-mulohazalarini bildirib, she‘rlaridan namunalar o‘qidi.
Ijodkorlar tadbir yakunida farzandlari va nabiralariga kitoblar sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi
Yangi kitob
TOG‘DAGI YOLG‘IZ ODAM
Yozuvchi Normurod Norqobilovning "Tog‘dagi yolg‘iz odam" nomli mazkur to‘plamida "Ena bo‘ri", "Changalzor iti" kabi qissalar o‘rin olgan.
Muallif inson va taibat, sadoqat va muhabbat, mehr va jasorat singari hislarni qahramonlar obrazlari orqali mahorat bilan ochib bergan.
Muharrir: Baraka Boqiy
Nashriyot: “Ochun”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Istiqlol tengdoshiman
“O‘zbekiston” radiokanali
Mamlakatimiz mumtaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlanadi
Yozuvchi Javlon Jovliyev fikrlarini tinglaymiz
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonaga tashrif buyurdi
Prezident.uz
🟦🟦🟦🟦
📆 17-SENTYABR – ABDULLA QAHHOR TAVALLUD TOPGAN KUN
➡️ Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Oʻrta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930).
➡️ Uning ilk “Oy kuyganda” (1924) hajviy sheʼri Norin shilpiq taxallusi ostida “Mushtum” jurnalida bosilgan. Yozuvchi “Boshsiz odam” (1929) hikoyasini eʼlon kilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan.
➡️ Abdulla Qahhor ijodiy hayoti mobaynida 40 dan ortiq asar yozgan. Bu kitoblar orasida 30 taga yaqin hikoyalar boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.
“Men bolaligimda oʻzim guvoh boʻlgan voqea-hodisalarni tasvirlaganman. Haqiqat va faqat haqiqatni yozganman. Agarda mazkur haqiqat sizga, zamonaviy yoshlarga aql bovar qilmas boʻlib tuyulsa, u holda men oxirigacha yetmagan achchiq hikoyamni ertak deb atay qolaman”.
DIYOR YANGILIKLARI | KITOBXONLIK HAFTALIGIGA MARHAMAT!
16.09.2024-yil
TAKLIFNOMA
Sizni 2024-yil 17-sentabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi va Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasiga taklif etamiz.
Manzil: Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26\1.
Eslatma: 17-sentabr kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonidagi Abdulla Qahhor haykali poyiga gul qo‘yiladi. Shundan so‘ng muzeyga ketiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 2024-yil 15-sentabr kuni vafot etdi.
Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Hatirchi tumanida tug‘ilgan.
O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha taʼlim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagokogika institutida taʼlim olgan.
1990-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo bo‘lgan.
O‘nga yaqin sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, "Kelin salom" va "Men izlagan quvonch" sheʼriy kitoblari katta eʼtibor topdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Marhuma bugun soat 12:20da Do‘rmon ijod uyi 19-dala hovlidan chiqariladi. Janoza namozi peshin vaqtida Do‘rmon masjidida o‘qiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qardosh tilli nashrlarda
Do‘stlik va hamijihatlikda hikmat ko‘p! Qozoq tilida nashr etiladigan «Nұrli jol» gazetasining 2024-yil 14-sentabr sonida ushbu mavzuga oid maqola chop etildi. Xususan, unda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga Qozog‘iston Prezidentining “Hurmat” ordeni berilgani haqidagi eʼtirof ham bor. Muallif — Gulzat Qurbonova.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
✅ Uzreport telekanali tashabusi bilan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi, Green hills resort va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “BITMAS XAZINA” adabiyot festivali bo'lib o'tadi.
📌 Festivaldan ko'zlangan maqsad shundan iboratki: Millatni kitobxon qilishga hissa qo‘shish, qolaversa, adabiyotni jonlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sohadagi mavjud masalalar, katta kichik muammolarni ziyolilarimiz bilan birgalikda muhokama qilish, yechimlar izlash, takliflar berishdir.
Ushbu festival an'anaviy tarizda har yili sentyabr oyida o'tkazilib borilishi rejalashtirilmoqda.
✅ Barchangizni 16-17-sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan adabiyot festivalga taklif etamiz!
Manzil: Toshkent viloyati "Green hills resort" dam olish maskani.
KITOBIMIZ EʼTIROF ETILDI
Judayam xursandmiz!
Kecha Ko‘ksaroyda davlat rahbari Paralimpiyachilar, ularning murabbiylari va ota-onalari bilan bo‘lgan uchrashuvda bir oylik mehnatimiz samarasi — "Olimp uzra hilpirar O‘zbekiston bayrog‘i" kitobimizni eʼtirof etdi, bizga rahmat aytdi, bu kitob hamma maktablarda bo‘ladi, dedi.
Kitobning to‘plovchisi bo‘lganimdan faxrlanaman! Uning chop etilishida hissa qo‘shgan barchaga rahmat!
Eʼtirof uchun sizga tashakkur, Prezident! Rahmat, Paralimpiyachilar!
Biz ijodkorlar shu qorako‘z xalqning, shu yagona yurtning xizmatidamiz!
Fozil Farhod
Янги Ўзбекистонда тинимсиз меҳнат, букилмас ирода, матонат ва маҳорат албатта қадр топади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ikki buyuk adib yodi
Bugun Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Yozuvchilar uyushmasi vakillari, ijodkorlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘qituvchi-pedagoglari, talabalar ishtirokida adib haykali poyiga gulchambar qo‘yildi. Davrani Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Hanifa Mustafoyeva va boshqalar so‘zga chiqdi.
Shundan so‘ng tadbir Abdulla Qahhor uy-muzeyida davom etdi.
– Abdulla Qahhor o‘z ijodida haqiqat, adolat, maʼnaviy qadriyatlar tarannumini o‘zligi bilan bog‘liq jihat-mezonlariga hamisha sodiq qolgan ijodkor, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Adibning adabiy iboralari, yozgan asarlari ijod olamidagi har bir ijodkorga katta maktab vazifasini o‘taydi.
Abdulla Qahhor hamda Kibriyo Qahhorovaning ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Xotiralar yodga olindi. Ularning adabiy merosini yoshlar chuqur o‘rganishi va keng targ‘ib qilish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, ikki adibning hayoti va ijod yo‘llari aks ettirilgan “Chorak asr hamnafas” kitobining uchinchi nashri taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda Kibriyo Qahhorovaning adib bilan o‘tkazgan 25 yillik hayotining eng sohir lahzalari haqida hikoya qilinadi. Yig‘ilganlarga ushbu kitob sovg‘a qilindi. Sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi.
Zulayho Ahmadjonova
TAKLIFNOMA
18-sentabr kuni soat 16:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Qahramoni
HAMIDULLA BOLTABOYEV – ADABIYOT MUHIBI, USTOZ VA SHOGIRD – YALAKAT MAG‘IZ
XX asrning 70-yillarida ilk tanishganimizda Hamidulla Boltaboyev tiyrak yigit edi. U o‘qigan kitoblari, ularning “sir-sinoatlari”ni tez ilg‘ab olar, kitobni yaxlit (bir butun) tasavvur qilar, aniq, biyron so‘zlar bilan hikoya qilib berar, xorijiy tillarni ham qiynalmasdan, zo‘riqmasdan qisqa vaqt ichida o‘rganib olardi. Universitetdoshlari uning xotirasiga hayron qolardilar. Unda adabiyot ilmi – adabiyotshunoslikni bilish va tushunish uchun tabiiy tug‘ma xususiyatlar mujassamlashgandek ko‘rinardi. Sanʼatning murakkab hodisalarini tez “chaqardi”. Men Hamidulladagi tabiiy tiyraklik bilish, o‘rganish jarayonlariga, ularning qirralari tabiiy charxlanib borishiga kuchli taʼsir etsa kerak, deb o‘ylardim.
Batafsil
Батафсил
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo – Germaniya" ikkinchi sammitidagi nutqi
2024-yil 17-sentabr, Ostona sh.
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
MAKTAB OCHGAN BIRINCHI JADID
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi va Jomboy tuman hokimligi hamkorligida jadidchilik harakatining yirik namoyondasi – Saidahmad Siddiqiy-Ajziy tavalludining 160 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Jomboy tumanida keng jamoatchilik ishtirokida “Saidahmad Siddiqiy-Ajziy va uning adabiy merosi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir tumandagi muqaddas qadamjo – Imom Shamsulayimma Abdullaziz ibn Ahmad – Holvoyi maqbarasi ziyorati bilan boshlandi. Islom tarixi bo‘yicha mutaxassis, “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar Ahmedov qishloqning ming yillik tarixi, unda yetishib chiqqan allomalar haqida so‘z yuritdi.
Anjuman Ajziy tomonidan shu qishloqda 120 yil avval Markaziy Osiyodagi ilk va zamonaviy, 1903-yilda barpo etilgan maktabda davom etdi. Adabiyotshunos olimlar, taniqli shoir va yozuvchilar buyuk allomaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey faoliyati bilan tanishdi.
Tuman markazidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabida tashkil etilgan anjumanda filologiya fanlari doktorlari - Dilorom Salohiy, Mahkamoy Tursunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar- Mamatqul Hazratqulov, Farmon Toshev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov va Ajziyshunos olimlar - Sirojiddin Xo‘jaqulov, Nabijon Haqqulov, shoir Yormamat Rustamov jadidchi maʼrifatparvarning hayot va ijod yo‘li, ibrat maktabi haqida batafsil gapirib berdi. Jadid bobomizning kelajak avlodga qoldirgan boy merosi ilmiy tahlil qilindi. "Saidahmad-Siddiqiy Ajziy bobomiz jomboyliklar qalbiga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi, – dedi tuman hokimi Qayum Sobirov. – Shu bilan birgalikda hazratning xizmatlari oldida o‘zimizni maʼnaviy qarzdor his qilamiz. Joriy yil ulug‘ bobomiz tavalludlariga 160 yil to‘lmoqda. Mazkur anjuman ana shu burchimizni oz bo‘lsa-da bajarish, u kishining ilmiy-adabiy merosini chuqurroq o‘rganish, farzandlarimizga o‘rgatish yo‘lidagi kichik qadamdir."
Anjuman ishtirokchilari mahalladagi qadimiy tarix guvohi bo‘lgan 1250 yillik chinor soyasida maʼrifat, ijod haqida aholi vakillari bilan maroqli suhbat qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 17-sentyabr 189-sonidan olindi.
Читать полностью…O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/107730
Istiqlol shukuhi
“O‘zbekiston” radiokanali
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlanadi.
Shoirlar - G‘ayrat Majid, Shodi Otamurod
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
#adib_ijodxonasi
Taqiqdagi kitobxonliklar
Aqlimni tanib otam rahmatlining qo‘lida ketmon ko‘rganman. Dalada ishlardi, g‘o‘za sug‘orardi. Aslida, degrezlar avlodidanmiz, qozon quyardik, omochga tish yasardik, deganlari esimda. Otakasbni nega davom ettirmaganining sababini ancha keyin tushunganman.
Onamga kelsam… Samarqandning Xo‘jandi guzarida tug‘ilgan. Otasi Shirinxo‘ja bobomiz madrasa ko‘rgan kishi bo‘lgan. Biroq zamona ko‘tarmagani sabab ilm-u iqtidorini oshkor qilavermagan.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
"Forbes France": Bugungi kunda O'zbekiston o'zining sport tarixidagi eng yaxshi davrini boshdan kechirmoqda
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
«Нұрлы жол» gazetasining 2024-yil 14-sentabrdagi 73 (3234)-soni mutolaa uchun yuklandi.
Fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibasi Sayyora Samandar “Nazarimda” ko‘rsatuvida.
Читать полностью…Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
GʻOLIBLAR QASIDASI
Parij – 2024 Paralimpiya chempionlariga
Ey, yurtimning yot ellarda
g‘olib kelgan dilbandlari,
Parijni ham dast ko‘tarib
olib kelgan dilbandlari.
Men salgina shoirona
mahobatga izn berdim,
Jahon kurash maydoniga
sizday o‘g‘il-qizim berdim.
➡️ Davomi
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi
#13sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Шу ўринда халқимиз, зиёлиларимизнинг ўз қаҳрамон фарзандларига бўлган меҳри ва эҳтиромининг яна бир ифодаси ҳақида тўхталиб ўтмоқчиман.
Истеъдодли шоир ва адибларимиз сизларнинг жасоратингизни улуғлаб, “Олимп узра ҳилпирар Ўзбекистон байроғи” китобининг иккинчи нашрини тайёрладилар.
Бугун мана шу китобларни ҳам ҳар бирингизга эсдалик сифатида совға қиламиз ва сизларнинг номингиздан ижодкорларимизга раҳмат айтамиз.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Парижда бўлиб ўтган XVII Ёзги Паралимпия ўйинларида иштирок этган ўзбекистон спорт делегацияси вакиллари билан учрашувдаги нутқидан